Научная статья на тему 'QURILISH VA ISHLAB CHIQARISH SOXASIDA XAVFSIZ VA SOG’LOM MEHNAT SHAROITLARI VA YOLLANMA ISHCHILAR MEHNAT MUHOFAZASI'

QURILISH VA ISHLAB CHIQARISH SOXASIDA XAVFSIZ VA SOG’LOM MEHNAT SHAROITLARI VA YOLLANMA ISHCHILAR MEHNAT MUHOFAZASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2403
217
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehnatni muhofaza qilishda attistatsiyalash / qurilishda havfsizlik texnikasi / xafsiz va sog’lom mehnat sharoiti / mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati / yollanma ishchilar mehnat muhofazasi. / specialization in labor protection / safety in construction / safe and healthy working conditions / state policy in the field of labor protection / labor protection of employees.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Otabullayev, D. Xudoyshukurov

Mazkur maqolada qurilish va ishlab chiqarish soxasida xafsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratib berish uchun mavjud mumomolar va ularni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari ifodalangan. Shuningdek, maqolada mazkur masala yuzasidan mualif tomonidan shakllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar o’z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SAFE AND HEALTHY WORKING CONDITIONS AND LABOR PROTECTION OF EMPLOYEES IN THE FIELD OF CONSTRUCTION AND PRODUCTION

This article describes the existing problems in order to create safe and healthy working conditions in the field of construction and production and the results of scientific research to eliminate them. In addition, the article reflects the scientific proposals and practical recommendations made by the author on this issue.

Текст научной работы на тему «QURILISH VA ISHLAB CHIQARISH SOXASIDA XAVFSIZ VA SOG’LOM MEHNAT SHAROITLARI VA YOLLANMA ISHCHILAR MEHNAT MUHOFAZASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

QURILISH VA ISHLAB CHIQARISH SOXASIDA XAVFSIZ VA SOG'LOM MEHNAT SHAROITLARI VA YOLLANMA ISHCHILAR MEHNAT MUHOFAZASI Otabullayev Muzaffar Nematullo o'g'li Xudoyshukurov Doston Sohibnazar o'g'li

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti Aholi bandligini ta'minlashning xududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy baxolash bo'yicha loyiha kichik ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7027011 Annotatsiya. Mazkur maqolada qurilish va ishlab chiqarish soxasida xafsiz va sog'lom mehnat sharoitlariniyaratib berish uchun mavjudmumomolar va ularni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari ifodalangan. Shuningdek, maqolada mazkur masala yuzasidan mualif tomonidan shakllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: mehnatni muhofaza qilishda attistatsiyalash, qurilishda havfsizlik texnikasi, xafsiz va sog'lom mehnat sharoiti, mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati, yollanma ishchilar mehnat muhofazasi.

БЕЗОПАСНЫЕ И ЗДОРОВЫЕ УСЛОВИЯ ТРУДА И ОХРАНА ТРУДА НАЕМНЫХ РАБОТНИКОВ В СФЕРЕ СТРОИТЕЛЬСТВА И ПРОИЗВОДСТВА Аннотация. В данной статье описаны существующие проблемы в целях создания безопасных и здоровых условий труда в сфере строительства и производства и результаты научных исследований по их устранению. Кроме того, в статье нашли свое отражение научные предложения и практические рекомендации, сделанные автором по данному вопросу.

Ключевые слова: специализация по охране труда, техника безопасности в строительстве, безопасные и здоровые условия труда, государственная политика в области охраны труда, охрана труда наемных работников.

SAFE AND HEALTHY WORKING CONDITIONS AND LABOR PROTECTION OF EMPLOYEES IN THE FIELD OF CONSTRUCTION AND PRODUCTION Abstract. This article describes the existing problems in order to create safe and healthy working conditions in the field of construction and production and the results of scientific research to eliminate them. In addition, the article reflects the scientific proposals and practical recommendations made by the author on this issue.

Keywords: specialization in labor protection, safety in construction, safe and healthy working conditions, state policy in the field of labor protection, labor protection of employees.

KIRISH

Dunyodagi barcha davlatlar ham shahar va boshqa aholi yashash manzilgohlariga o'ziga xos ulug'vorlik beruvchi binolar qurilishiga alohida e'tibor qaratadi. Sababi, dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kirishda davlat tashkiloti muassasalari va aholi uchun qulay turar joy binolarining mavjudligi muhim omildir.

O'zbekistonda ham qurilayotgan bino va inshootlar me'morchiligiga alohida e'tibor qaratilishi natijasida ushbu yo'nalish so'nggi yillardagi eng tez o'sayotgan sohalardan biriga aylandi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bugun yurtimizdagi qaysi manzilda bo'lmang albatta qurilish va bunyodkorliklar ustidan chiqasiz.

Qurilish, me'morchilik haqida gap ketar ekan, unda quruvchilar mehnati va xavfsizligini alohida ta'kidlash lozim.

Afsuski, bugungi kunda ko'pchilik qurilish jarayonlarida ishchilarning hayot xavfsizligi to'la ta'minlangan, deb bo'lmaydi. Biz 20-30 metr balandlikda ham quruvchilarning ishonchsiz havozalar ustida, o'ta xavfli sharoitda mehnat qilayotganiga ko'p bora guvoh bo'lganmiz. Biz yuqorida osmono'par binolarning ahamiyati xususida fikr bildirdik, ammo shuni ham ta'kidlash kerakki, hech bir bino qurilishi inson hayotini xavf ostiga qo'yishga arzimaydi. Aytingchi, siz o'zingiz yoki yaqinlaringizni qurilish jarayonlarida 20-30 metr balandlikdagi xavfsizligi ta'minlanmagan havozalar ustida ishlashiga rozi bo'larmidingiz? Respublikamizda barcha faoliyat turlari uchun mehnat xavfsizligi qoidalari belgilangan. Shu nuqtai nazardan baholaganda ham quruvchilarning hayot xavfsizligi qurilish tashkilotlarini jiddiy o'ylantirishi kerak.

So'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasida qurillish soxasida keng ko'lamli ishlar amalga oshib borilyabdi,Inson qadri tamoili asosida yosh oylalar va ehtiyojman qatlamlar uchun yangi turarjoy binolari va yangi O'zbekiston massivlari barpo etilyabdi. Bundan ko'rinadiki ishchi kuchiga bo'lgan talab oshadi yurtimizda Qurilish soxasida faolyat olib borayotkan korxonalar soni 43minga yetkan bu 2017-yildagidan 2 barobar ko'p.Qurilish tashkilotlarda ish o'rinlarida xafsiz va sog'lom mehnat sharoiti yaratish dolzarbligicha qolishi inson xayotiga sog'ligiga xaf soluvchi omillar yetarlicha ekanligi va bu ish o'rinlarini Attistatsiyadan o'tkazish kasp lavozimidan kelib chiqib ishchilarni malaka oshirishi uchun talab ortadi. Ish o'rinlarining mehnat sharoitlari bo'yicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish o'rinlaridagi mehnat jarayoni og'irligi va tig'izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va yoki xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o'tkaziladigan tadbirlar majmuidir.Bu ishchilarga nima beradi, ish o'rinlarini attestatsiyadan o'tkazishdan maqsad - og'ir ishlarda, noqulay, zararli va yoki xavfli ishlarda band bo'lgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalarni belgilash, kasbiy xavfni baholash, xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari bilan ta'minlash, shuningdek, kasb kasalligi tashxisini aniqlashdan iborat. Shuningdek, nogironlar band bo'lgan ish joylari, xavfli ishlab chiqarish ob'yektlaridagi barcha ish o'rinlari va kasblar attestatsiyadan o'tkazilishi majburiy hisoblanadi.bundan ish beruvchi manfaadormi allbatta ish o'rinlari attestatsiyadan o'tkazilmagan taqdirda,ularda mehnat qilayotkanlar mehnat muhofazasi talablari buzilganligi oqibatida bajarayotkan ishlari o'zlarining sog'lig'iga va hayotiga xaft solayabdi degan taqdirda ,turli xil kompensatsiyalarni talab qilishi va ishni bajarishni rad etishga xaqli.buni natijasida korxonaning iqtisodiy samaradorligi va maxsulot ishlab chiqarishini kamayishiga va boshqa korxona iqtisodyotiga tasir qilishga omil yaratadi. Sababi attestatsiyadan o'tkazilmagan ish o'rinilarida mexnat sharoitlari xafsiz deyish mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun (14-modda), shuningdek, ish o'rinlari attestatsiyadan o'tkazilgan tashkilotlarda qonun bilan nizolar ehtimoli pasayadi,kasb kasalliklari,jarohatlar soni kamayadi,kampensatsiya to'lovlariga sarf-xarajatlar maqbullashtirilib kelgusida ular ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qurilishda havfsizlik texnikasi qurilish maydonchasida va uchastkalardagi ishlarni bajarishga kichik pudratchi tashkilotlarni (yakka tarzda mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolarni ham o'z ichiga olishi shart) jalb qilgan holda ishlar bajarilayotganda, bosh pudratchi qo'yidagilarni bajarishga majburdir: Qurilish maydonlariga nisbatan mehnatni muhofaza qilish standartlarini amalga oshirishga qo'yiladigan talablar. Ish paytida eng ko'p uchraydigan shikastlanishlar va baxtsiz hodisalar.

Jalb qilinuvchi kichik ko'rsatkichlar bilan birgalikda qurilishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar va shaxslar uchun majburiy bo'lgan bosh pudratchi va kichik pudratchi tashkilotlar munosabatlari qoidalariga mos tarzda ishlarni havfsiz sharoitlarini ta'minlovchi tadbirlar (birgalikda bajariladigan ishlar grafigi) rejasi ishlab chiqishi lozim;

O'zlari rejalashtirgan tadbirlarning bajarilishini hamda kichik pudratchilarning o'zlariga biriktirilgan ish uchastkalarida qurilish havfsizligini bajarish qismini amalga oshirishi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ko'p qurilish tashkilotlari yer uchaskalarini olib kichik pudrachi tashkilotlar hatoki serifikati yoq davlat royixatidan o'tmagan pudrachilarga topshirilishi,kichik pudrachi tashkilotlarda ishchilar soni 50tadan ko'p bo'lgandaham mehnatni muxofaza qilish bo'yicha shtat yo'qligi u ishilarning mexnat xafsizligi sharoitlari ta'minlash bo'yicha tadbirlarni bajarishda bilimsizligi ko'plab mutxish voqiyalarga sabab bo'lmoqda bu esa kimdir nogiron bo'lishiga bir oylaning boquvchisidan ajralishiga jaroxatlanishiga hatokiy o'limxolatlarini yuzaga keltirib chiqarmoqda. Unga ko'ra, joriy yilning 6 oyi davomida 14 mingta korxonalarda nazorat tadbirlari o'tkazilgan bo'lib, unda 41 ming 150 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan, ularni bartaraf etish bo'yicha ish beruvchilarga 5 ming 688 ta yozma ko'rsatma va 1 ming 866 ta taqdimnoma kiritildi, 5 ming 935 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 12 mlrd. so'mdan ortiq miqdorda ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

3 ming 146 ta holatda ish haqini belgilangan muddatlarda to'lab bermaslik, 3 ming 123 ta holatda ta'tillar berish tartibiga rioya etmaslik, 1 ming 627 ta holatda aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish, 1 ming 116 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish, 782 ta holatda mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan foydalanish, 756 ta noqonuniy ishdan bo'shatish holatlari aniqlangan.

Shuningdek 13 ming 868 ta xolatda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik aniklangan. Jumladan, 1 ming 835 ta holatda xodimlar mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yo'l yo'riqlaridan o'tkazilmasdan ishlashiga ruxsat berilgan, 1 ming 605 ta holatda korxonada mehnatni muhofaza qilish bo'yicha xodimlarni o'qitish va bilimlarini tekshirish tashkil etilmagan, 878 ta holatda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar va rejalar ishlab chiqilmagan, 796 ta holatda xodimlar maxsus kiyimlar bilan ta'minlanmagan, 719 ta korxonalarda xodimlar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmagan, 639 ta tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilmagan, mehnat sharoitlari attestasiyadan o'tkazilishi majburiy bo'lgan 501 ta korxonalar ushbu attestasiyani o'tkazmagan.

Ishlab chiqarishda yuz bergan 357 baxtsiz hodisalar belgilangan tartibda maxsus tekshirildi, shulardan 76 tasi o'lim bilan tugagan, 257 tasi ta oqibati og'ir va 24 tasi guruxiy baxtsiz hodisalarni tashkil etdi.

Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 105 nafar xodim halok bo'lgan, 277 nafar xodim og'ir tan jarohati va 9 nafari yengil tan jarohati olgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

977 ta holatda qurilishda, 1 ming 127 ta oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida, 716 ta neft-gaz korxonalarida, 552 ta transport sohasida, 444 ta sanoat korxonalarida va 356 ta savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarida mansabdor shaxslari tomonidan konun buzilish sodir etilgan.Birgina qurillish soxasida 977 ta va jaroxatlanish shikaslanish ko'rsatkichiyam katta bo'ladi shu qatorda ishlab chiqarish soxasidagi o'lim ko'rsatgichi yuqori.

Pudrat shartnomalarini tuzishda qurilish maydonlari va ish uchastkalari hududlarida mehnat havfsizligi sharoitlarini ta'minlash bo'yicha tadbirlarni bajarishga tomonlarning o'zaro mas'ulligi hamda tashkilot shtatiga yangidan qabul qilingan hamda ishga olish haqidagi buyruqda ishlarni bajarishda havfsiz usullarga o'rganmagan ishchilar ishga olinganidan ko'pi bilan bir oy ichida kamida 10 soatli dastur bo'yicha, mehnat havfsizligi bo'yicha 1.23-6.ga kura qo'shimcha talablar qo'yiladigan ishlarni bajarishga qo'yiluvchi ishchilar esa, ishlashni boshlaguncha kamida 20 soatlik dastur bo'yicha o'qitishlari lozim. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun (25-modda )

Mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati bu siyosatningham o'z yo'nalishlari bo'lib har bir yo'nalish Inson qadri xodimning xayoti va sog'lig'i ustuvorligini taminlashdan iboratdir.Xozirgi dajal rivojlanayotkan davlatimizda ish bajarishda energiya sarfini kamaytirish, ish unumini oshirish, ish sharoitini yaxshilashni taminlovchi masalalarni hal etishda o'zining pazitsiyasini tutadi. Insonning o'rni qisman o'zgarib borishi yoki tizimning takomillashib borishiga qaramay inson faktori muammolari doimo o'z echimini kutib qoladi.Mehnatni muhofaza qilish soxasida davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish,davlat va xo'jalik boshqaruv organlarining,mahalliy davlat xokimyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faolyatini muofiqlashtiradi,barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish talablarni belgilashda,mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshuruvini amalga oshiradi ishlab chiqarishdagi baxsiz xodisalardan jabirlangan yoki kasp kasalliligiga chalingan xodimlarni ishtimoiy ximoya qilish ustidan nazorat qiladi xo'sh bu ishlar amalda bajarilyabdimi degan savol tug'ulishi mumkin hozirgi paytda kelib majburiy mehnatga yo'lqo'ymaslik ustidan ancha dolzarb ishlar olib borildi buni birgina misolda ko'rsagam bo'ladi O'zbekistonda paxta yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni mamlakatning o'zida tashkil qilish imkoni bor. Bu esa xalqaro hamjamiyatni o'ziga jalb qila oladi va ish o'rinlarini yaratishga yordam beradi.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi o'zbek paxtasini boykot qilish to'xtatilganini ma'lum qildi. Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda "Cotton Sampaign" koalitsiyasi direktori Partitsiya Jurevich va O'zbekiston rasmiylari boykotning bekor qilinishi O'zbekiston uchun qay darajada ahamiyatli ekani haqida ma'lumot berdi bu O'zbekiston paxtasini ozida qayta ishlab tayyor mahsulot holatiga keltirib eksport qilinishi yangi xoriji kampanyalarn jalb qilinishi yangi ish o'rinlari demak dir.Albata bu katta yutuq bunga erishish uchun qancha kuch sarf qilingani va voyaga yetmagan yoshlarni mehnatini muhofaza qilish orqali majburiy mehnatga chek qo'yish orqali erishildi ko'p yillik majburiy hamda yoshlarni voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilish ustidan nazoratni kuchaytirish sog'lom xafsiz mehnat sharoitlarini yaratish ustida ilmiy amaliy ishlar hamda harbir tuman viloyatlar hokimyatlar respublika miqyosida mehnatni muhofaza qilish to'grisida seminarlar tashkil etildi. Mehnatni muhofaza qilish rejasini tuzishda oldingi davrlardagi statistik ma'lumotlarga tayangan holda, shuningdek, tashkilotdagi mehnat sharoitlarini, chora-tadbirlarni amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini o'rganishni hisobga olgan holda ishdagi holatlar tahlili o'tkazish orqali kelgusi yildagi rejalar tuzish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

lozim.Davlat tashkilotlari hamda xususiy nodavlat tashkilotlari raxbarlariga mehnatni muhofaza qilishda davlatning prinsplari qonun qoydalari majburiy mehnat hamda nosog'lom og'ir mehnat sharoitlarida ishlayotkan ishchilarni huquqini ximoya qilishini harbir tashkilot rahbarlariga tushuntirish ishlarini olib borish ularga munosib ish o'rinlarini yaratish yuzasidan suhbatlar olib borilishi lozim,Majburiy mehnat davlatimiz bu bosqichdan o'tishi bilan bizga mehnat faolyatini boshlagan har bir fuqoroga munosib mehnat sharoitlarini yaratish ish beruvchilarga buni tushuntirishni to'g'ri relisini qo'yish vazifasi qolmoqda va bu har bir korxona raxbarlari davlat tashkilotlari raxbarlari bilan seminarlar tashkil qilinib ularga tushuntirish ishlari xozirda olib borilmoqda.

MUHOKAMA

Yollanma ishchilar mehnat muhofazasi. O'rganishlar natijalari shuni ko'rsatdiki, birinchidan, qurilish materiallari, sement, shifer, yog'och va yog'och mahsulotlari hajmining kattaligi va vaznining og'irligi sababli, xususiy tadbirkorlar ushbu mahsulotlarni trasport vositalariga yuklash, tashish, tushirish, qadoqlash, qo'riqlash va sotishni ruxsat etilgan bir nafar yollanma ishchi bilan bajara olmayotganliklari sababli qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha xodimlarni yollab norasmiy ishlatishga majbur bo'lmoqda bu faqat bir qurilish soxasida emas ishlab chiqarishda qishloq xo'jaligida sanoatda ko'pkina tarmoqlarda shu kabi xolatlar ko'p,qurillishda pudrachi tashkilotlarlarda yollanib ishlaydigan ishchilar va davlatimizda qurillishlar ortgani sababli alyuminiy (plastik) profillardan eshik, deraza va boshqa buyumlarni tayyorlash yirik uskunalardan foydalanilgan holda, sanoat usulida amalga oshirilishi shuningdek, xom-ashyo materiallari va tayyor mahsulotlarni ortish, tashish, tushirish va o'rnatish uchun ko'p ishchi kuchi talab etilishi sababli xodimlarni norasmiy yollab ishlatishga to'g'ri kelmoqda. Shu kabi holatlar avtomobillarni yuvish faoliyati bo'yicha ham kuzatilmoqda. Natijada, norasmiy yollangan xodimlarning mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligi ta'minlanmasdan, mehnat stajlari yuritilmasligiga hamda kelgusida asoslangan pensiya to'lovi kafolatlanmasdan qolishiga sabab bo'lmoqda, va bu nizollarni ortishiga mehnat muhofazasi talablari buzilishlariga olib kelmoqda O'zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuniga binoan yuk ortish va tushirish ishlari og'ir va xavfli ishlar toifasiga kiritilgan bo'lib, ish jarayonida bir xodimning doimiy ko'taradigan yuk og'irligi 15 kilogrammdan va ish smenasi davomida jami ko'taradigan yuk og'irligi 870 kilogrammdan ortiq bo'lmasligi lozim. Lekin sement (1 qopi 50 kg), shifer, va yog'och mahsulotlari sotishda (1 nafar ishchi bilan) mazkur normalarga amal qilib bo'lmaydi.

Yuqoridagi sabablarga ko'ra, xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlarini qayta ko'rib chiqish ehtiyoji yuzaga keldi. Qarordagi shu kabi 17 faoliyat turlariga tegishli o'zgartirishlar kiritildi va 2 faoliyat turi faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.17 faoliyat turiga o'zgartirishlar kiritildi lekin yollanma ishchilar mehnat muhofazasi dolzarbligicha qolmoqda bunga misollar ish o'rnini yuqotmasdan shu tashkilot talablariga ko'nib ishlash ish o'rinlari ko'p va yaxshi haq to'lanadigan ish o'rinlarini yaratishga extiyoj juda katta sababi bizda Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo'lib, ishsizlik darajasi 8.8 foizga yetdi. Resbuplika miqyosida olib borilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari yildan yilga oshishi natijasida bugungi kunda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish talablariga e'tiborsizlik va xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilmaganligi natijasida ishlab chiqarish bilan bog'liq holdagi baxtsiz hodisalar soni ko'payotganligi kuzatilmoqda. Ishlab chiqarishdagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shikastlanish sabablari va qurilishda avariya turlari. Mehnat xavfsizligi bo'yicha me'yoriy-huquqiy baza. Qurilish tashkilotida shikastlanishlarni tahlil qilish va hisobga olish. Kasbiy xavfni kamaytirish va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarning mukamal tuzilmagani guvoxi bo'lamiz.

Baxtsiz hodisalar sabablari xilma-xil bo'lishiga qaramay, ularni sodir bo'lishining umumiy sharoitlari bo'lib, bozor iqtisodiyotiga utish davrida daromad orqasidan quvish yo'lida ko'plab qurilish tashkilotlari ish beruvchilari va xodimlari qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi hisoblanadi. tezis, https://fotochlenov.ru/14/11/2017 qo'shilgan

Shu maqsadda, qurilish tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish ishlarini to'g'ri tashkil etish, ishchi-xodimlarga sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratilishini ta'minlash hamda baxtsiz xodisalarni oldini olishda kamchiliklar kuzatilyabdi, qurilish ishlari ustidan nazorat o'lchovini amalga oshirish hamda obyektlarda nazorat tizimli ta'minlanmagani, shuningdek qurilishni tashkil etish va ishlab chiqarish loyihalarini qurilish jarayoniga joriy qilishning huquqiy mexanizmi mavjud emasligi mas'ullar javobgarligini aniq belgilashga to'siq bo'lmoqda; XULOSA

O'zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda mehnat jarayonida insonning xavfsizligi, hayoti va sog'lig'i, ish qobiliyati saqlanishini ta'minlash borasida keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy to'rtta vakolatlarni amalga oshirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga o'tkazib berilishi, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat va jamoat nazorati kuchaytilishi borasidagi barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar eng avvalo korxona va tashkilotlarda, ish o'rinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan.Shunday bo'lsada ko'plab xolatlarda baxsiz xodisalar guvohi bo'lmoqdamiz bunga sabab gohida ish beruvchining layoqatsizligi yoki ish jaroyonida ishlayotkan ishchilar bilimsizligi va bir nechta omillar asosida yuzaga kelmoqda bu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif shundan iboratki. Mehnatni muhofaza qilish yuzasidan kamisya tuzish, sabab korxonalarda faolyat keng qamrovli mehnatni muxofaza qilish texnik xafsizligi sanoat xafsizligi juda bir keng qamrovda,buni jamlab olish zarur bo'ladi bunga bita odamning yani mehnatni muxofaza qilish muxandisini kuchi yetmaydi,har kuni har ish joylarida harxil kamchiliklar bo'lishi mumkin bu xato kamchiliklar avalam bor kimga tasir qiladi insonga shu ish joylarida ishlovchilar hayotiga sog'lig'iga tasir qiladi,Biz har birimiz bu kamchiliklarni ko'rib joyida va o'z vaqtida bartaraf etishimiz lozim bo'ladi,bu degani bir odamga harbir narsani yuklab qo'ymasdan har bir kishi o'zining hayoti sog'ligi uchun kurashishi kerak yani tan jaroxat olmasdan ishlashi,Kamisya tuzish kerak bu kamisyada mehnatni muxofazasi va sanoat muxofazasi bilim ko'nikmasiga ega bo'lishi,kamisyaga azo bo'lgan har bir shaxs ko'rinib turibdiki bir lavozim egasi xisoblanadi uning qo'l ostida ishlovchilari bor bu ish jaroyonida ularning hayoti va sog'lig'iga javobgar shaxs xisoblanadi,Bu kamisya faqat bilim saviyasini tekshirish bilan chegaralanib qolmaydi bu kamisya harxil ishlarni bajaradi masalan,ishlab chiqarishdagi ish sharoyitlarini yaxshilash jaroxatlanish va kasp kasaliklarini uchrash xolatlarini oldini olish bo'yicha jamoadan kelgan takliflar asosida ish beruvchiga taqdim qilish uchun dasturlar ishlab chiqish takliflar ishlab chiqishda malum mudat har bir ish joyida bo'limda sektirda mehnat muxofazasiga oid uch bosqichli nazorat olib borilganda aniqlangan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kamchiliklardan ishlab chiqarishda sodir bo'lgan baxsiz xodisalar sabab taxlilaridan foydalanishi kerak mexnatni muhofaza qilish bo'yicha kamisya azolari xamjixatlikda shu korxonada sodir bo'lgan baxsiz xodisa sabablarini o'rganib chiqib uni kelajakda yana qayta sodir bo'lishini oldini olish uchun shu uch bosqichli nazoratdan mukammal o'rganib chiqib dastur ishlab chiqishi uchun mehnatni muhofaza qilish doyimiy kamisya bu joylarda juda katta yordam berishi kerak chora tadbirlarni ishlab chiqishda har yili yil oxirida keyingi yil uchun mehnatni muxofaza qilish bo'yicha qancha sarf xarajatlar ketadi qanday chora tadbirlar ishlab chiqiladi qanday ishlar bajarilishi kerak dastur va chora tadbirlar ishlab chiqadi guvohi bo'lamizki mehnat muxofazi qilish muxandisi kamchiliklarni to'plab nachalnik sexga ko'rsatadi yoki masterga ko'rsatadi nachalnik sex yoki master buni ko'rishga vaqti bo'lmaydi yoki xoxlamaydi xa bo'ldi deydida shu bilan bu narsa chora tadbirga kiritiladi keying yilga bu narsani kamchiligi kelib chiqadi yoki bunda oldingi qilingan dasturlarni nachalnik sex bosh mexanik bosh energetik bularga qatnashmagani yaqqol ko'rinib turadi keyin boshlanadi muomolar pul yetmasligi va boshqa shuning uchun mehnat muhofazasi doyimiy azolari yetuk kasp egalari yani bu joyda bosh mexanik bosh energetik kerak bo'lsa sex boshliqlari praraplar shular hamjixatlikda mehnat muhofazasini olib borishda bir biriga yordam berishi shart bular bir biriga yordam berib tuziladigan chora tadbirlar dasturlarxam mukammal bo'ladi keying yilga o'tilganda muomolar kelib chiqmaydi raxbaryatga keying yilni mehnat muhofazasi qilishda ketadigan sarf xarajatlari qilinadigan ishlarni asoslab berishga bu kamisyani xamjixatlikda ishlagani asos bo'ladi bir odam buni asoslab bera olmaydi harbir kamisya azosi o'zining mehnat lavozimiy yo'riqnomasidan kelib chiqib mehnat muxofazasi bo'yicha takliflar tayorlashi kerak agar takliflar berilmay etiborsizlik bo'lsa mehnat muxofaza qilish muxandisi yakka tartibdagi ximoya vositalarimi yoki zararli ishlarda ishlaydigan ishchilarga berilishi kerak bo'lgan sut maxsulotlarini berish bo'yicha chora tadbirlar qiladi yoki raxbaryadga aytadida lekin yolg'izlanib qoladi bunga kamisya azolari bilan kelishim kimga qanday shaxsiy ximoya vositalari zararli va xafli ishlarda ishlayotkan ishchilarga qanday imtiyozlar kampinsatsiyalar berish kerak bulani kelishib takliflar berilishi kerak buyerda albata doyimiy faolyat olib boruvchi kamisya azolari mehnati juda katta bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi O'RQ-410-sonli "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.09.2014 yildagi 263-son.

3. avtoreferat 04.04.2018 da qo'shilgan.

4. https://fotochlenov.ru/14/11/2017

5. Mehnat muxofazasi va texnik xafsizlik O'.R.YO'LDOSHEV TOSHKENT - 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.