Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1086-1091
O'QUVCHILARGA TEXNOLOGIK TA'LIM DARSLARINI O'QITISHDA MEHNAT MUHOFAZASINI O'RGATISHNING PEDAGOGIK
MUAMMOLARI
Raxmatilla Sadiqovich Shermuhamedov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti texnologik ta' lim
kafedrasi mudiri [email protected]
Muborak Sobirovna Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti texnologik ta'lim
kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada o'quvchilarga mehnat muhafazasini o'rgatish va ularda bu to'g'risida ko'nikma, malakalarni shklantirish haqida fikr yuritildi.
Tayanch iboralar: Mehnat muhofazasi, tenika xavfsizligi, mexnat kodeksi, mehnat havfsizligi, mehnat jarayonidagi xavfsizligi, mehnat huquqi.
PEDAGOGICAL PROBLEMS OF TEACHING COCKTAIL CONSERVANCY IN TEACHING TECHNOLOGICAL EDUCATION
LESSONS TO STUDENTS
ABSTRACT
In this article, the students were given an idea of teaching labor protection and about skills and skills in it.
Keywords: labor protection, safety of tennis, cocktail code, labor security, safety in the labor process, labor law.
KIRISH
Ma'lumki 2020 yilda O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuniga o'zgartirishlar kiritildi. Mazkur qonunda aynan o'quvchi-yoshlarni kasb hunar egallashlariga alohida urg'u berildi. Yani 2-3 ta'lim turi zamonaviy talablar asosida kadrlarni ishla chiqarishga to'xtalib o'tilgan. Shundamn kelib chiqib
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1086-1091
o'quvchi-yoshlarga mehnat ta'limini berish qatorida ularni aynan mexnat muhafazasini olib borishga alohida to'xtalmoqchimiz. Mehnat muhofazasi inson mehnati, sog'lig'i va hayotiga bevosita daxldor masala bo'lib, uni o'z mohiyatidan kelib chiqqan holda keng va tor ma'noda anglamoq lozim.
Keng ma'nodagi mehnat muhofazasi-bu mehnat faoliyati jarayonida inson hayoti va sog'lig'ining xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya va boshqa tadbirlar tizimidan iboratdir. Mehnat muhofazasining bunday keng manodagi tushunchasi xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, barcha vositalarni, ya'ni huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy, tibbiy va boshqalarni o'z tarkibiga oladi. Bu tadbir Ozbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to,g,risida"1993 yil 6 maydagi qonunida mujassamlashgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shuni alohida ta'kidlash joizki, faqat mehnat muhofazasining keng manodagi tushunchasi xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitini ta'minlab bera oladi. Agar uning birorta komponenti (huquqiy, tibbiy, iqtisodiy yoki texnikaviy) etarli ta'minlanmasa, umuman mehnat muhofazasi ta'minlanmay qoladi. Shu bois mehnat muhofazasi masalalari turli institutlarda o'qitiladi.
Mehnat muhofazasining mehnat huquqi institut sifatida tor manodagi tushunchasi-bu huquqiy normalar yig'indisidan iborat bo'lib, xodimning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati jarayonida uning hayoti va sog'lig'i uchun xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitini yaratib berishga qaratilgan. Bundan tashqari, mehnat muhofazasiga mehnat huquqi institutining asosiy printsiplaridan biri, ya'ni mehnat muhofazasini ta'minlash printsipi, shuningdek xodimning mehnat muhofazasiga bo'lgan sub'ektiv huquqi sifatida qaraladi. Bu erda xodimning xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlariga ega bo'lish, uni ta'minlashni esa ish beruvchida talab qilish imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Har tomonlama mehnat muhofazasi muhim ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahamiyatlarga egadir. Mehnat muhofazasiga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda Ozbekiston Respublikasining yuqorida zikr etilgan "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida" 1993 yil 6 maydagi qonuni va "Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida" 1996 yil 29 avgustdagi qonunlari muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat'iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi. Mazkur qonun
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1086-1091
fuqarolarning sog'lig'i va mehnatni muhofaza qilinishini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, uning 1-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinish huquqiga egadirlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mazkur qonunning 2-moddasida mehnat muhofazasining tushunchasi keng tarzda bayon etib berilgan. Bunga ko'ra, mehnatni muhofaza qilish-bu tegishli qonun va boshqa normativ hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taminlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, taxnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir.
Mazkur qonun ishlab chiqarishda sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'min etishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek:
1.Mehnatkashlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarini amalga oshirish;
2.Mulkning barcha shaklidagi korxonalarida xodimlar bilan ish beruvchi o'rtasidagi mehnat muhofazasiga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning yagona tartibini belgilab beradi va uni ta'minlaydi;
3. Xodimlar uchun sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishni yo'lga qo'yadi va amalga oshiradi.
Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar, ularning qollanish sohasi jihatidan juda kengdir.
Mazkur qonun mulk va xo'jalik yuritish shakli turlicha bo'lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha xodimlar, kooperativlarning a'zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o'tagan Oliy o'quv yurtlari talabalari, o'rta maxsus o'quv yurtlari, xunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta'lim maktablarining o'quvchilari, korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar, muqobil xizmatni o'tayotgan fuqarolar, sud hukmi bilan jazoni o'tayotgan shaxslar, axloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan tadbiq etiladi. SHuni alohida ta'kidlash lozimki, mehnat muhofazasini huquqiy jihatdan tartibga solishda mehnat qonunlarining markazlashtirilgan tartibdagi normalari bilan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1086-1091
jamoa shartnomalari, kelishuvlari, mehnat shartnomalari asosida kelishilgan shartlari uyg'un holda qo'llaniladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR:
Ma'lumki, markazlashtirilgan tartibdagi huquq normalari bilan mehnat muhofazasi borasidagi huquqlarning eng quyi darajasi belgilangan bo'lib, bu masalaga oid loqal hujjatlar orqali minimum huquqlar oshiriladi va aniqlashtiriladi. Mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi Mehnat muhofazasidagi davlat siyosati:
korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligi;
mehnat muhofazasi sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'iy nazar, barcha korxonalar uchun mehnat muhofazasi sohasida yagona tartib, qoidalar belgilab qo'yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash;
korxonalarda mehnat muhofazasi talablari hamma joyda bajarilishini nazorat
qilish;
mehnat muhofazasini mablag' bilan ta'minlashda davlatning ishtirok etishi; oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash;
tenika xavfsizligi, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag'batlantirish;
fan-texnika yutuqlaridan hamda mehnat muhofazasi bo'yicha vatanimiz va chet el ilg'or tajribasidan keng foydalanish;
xodimlarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta'minlash;
korxonalarda sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga ko'maklshuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz xodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda xisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1086-1091
ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo'liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnat muhofazasini ta'minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo'llab quvvatlash;
mazkur mehnat muhofazasiga oid muammolarni hal etish chog'ida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish printsiplariga asoslanadi.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib mexnat muhofazsini bugungi kunda oliy o'quv yurtlarida talabalarga, bo'lajak mutaxassislar sifatida o'rgatish o'ta dolzarb va muhim hisoblanmoqda. Bu to'g'risida bilimlarni berish esa professor-o'qituvchilarni mexnat muhofazasiga oid tajribalarni egallash bilan bir qatorda pedagogik metodikalarni samarali qo'llashlari lozim hisoblanadi.
REFERENCES
1. Абдуллаева, М. С. (2021). У^УВЧИЛАР КАСБ - ^УНАР КУНИКМАЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА РОБОТОТЕХНИКАНИНГ УРНИ. Academic Research in Educational Sciences, 2(12), 221-227.
2. Шермухамедов Р., & Бурханов А. (2020). СУЩНОСТЬ ВОСПИТАНИЯ И ЕГО МЕСТО В ЦЕЛОСТНОЙ СТРУКТУРЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА. XALQ TA'LIMI, 3(1), 120-123.
3. Bahromova, M. M. (2022). ZAMONAVIY KASBLARNI EGALLASHDA MATEMATIK MANTIQNING O'RNI VA USHBU KASBLARGA YO'NALTIRISH QAMROVINI KENGAYTIRISH. Ekonomika i sotsium, 1(92), 1334-1339.
4. Bahromova, M. M. (2021). The importance and necessity of teaching computer science and programming for primary school students. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 162-166.
5. Bahromova, M. M. (2021). MULTIMEDIALI INTELLEKTUAL O'YINLAR ORQALI BOLALARDA DASTURLASH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(6), 1189-1193.
6. Ornbaevna, A. S. (2020). Descriptive geometry and modern possibilities in the process ofstudying it. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(11),9094.
7. Orinbaevna, A. S., Mukhamatsultonovna, M. I. & Sergeevich, P. D. (2020). Psychologicaland pedagogical problems of spatial thinking development in drawing
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1086-1091
lessons. EuropeanJournal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, ^(1), 1-5.
8. Юсупова, Г. (2021). Состояние концепций моделирования обучения в системе образования. УзМУ ХАБАРЛАРИ ВЕСТНИК НУУз, 6(6), 243-246.
9. Юсупова, Г. Ю., Выборнов, С. (2021). «ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ПРОФОРИЕНТАЦИОННОЙ РАБОТЫ НА УРОКЕ ИНФОРМАТИКИ». INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 1(6), 342-349.
10. Юсупова, Г. Ю. (2021). Формирование и подготовка компетентности учителей информатики с использованием ресурсов информационно-образовательной среды. Fizika matematika va informatika, 1(4), 42-49.
11. Yusupova, G. (2021). Model of development of model competences of a future teacher of informatics. Экономика и социум, 9(88), 1022-1031.
12. Юсупова, Г. Ю. (2021). Формирование компетентности у учителей информатики с использованием ресурсов информационно-образовательной среды. Педагогика журнали, 2(2), 56-58.
13. Zuparova, S., Shegay, A., & Orazova, F. (2020). Approaches to Learning English as the Source of All. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(5).
14. Zuparova, S., Shegay, A. (2021). Methods of Teaching Foreign Languages. Eastern European Scientific Journal, 1(7), 141-143.
15. Djurayeva, Y., Ayatov, R., & Shegay, A. (2020). Current Problems and Resolutions of Teaching English Grammar. Academic research in educational sciences, 1(3).
16. Djurayeva, Y., Ayatov, R., & Shegay, A. (2020). Current Problems and Resolutions of Teaching English Grammar. Academic research in educational sciences, 1(3).
17. Ruzmetova, M., Orazova, F., & Kayumova, G. (2020). The Role of Teaching Vocabulary Competence in English. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 509-513.
18. Ruzmetova, M., Otajonova, D., & Babadjanova, N. (2021). CONSIDERATIONS ON UNDERSTANDING THE MEANING OF A WORD. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(2), 1238-1242.
19. Krivosheyeva, G., Zuparova, S., & Shodiyeva, N. (2020). INTERACTIVE WAY TO FURTHER IMPROVE TEACHING LISTENING SKILLS. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 520-525.