Научная статья на тему 'JIZZAX SHAHRI SHAROF RASHIDOV SHOH KO’CHASIDA AVTOMOBIL SHOVQINIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI VA SHOVQIN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH METODLARI'

JIZZAX SHAHRI SHAROF RASHIDOV SHOH KO’CHASIDA AVTOMOBIL SHOVQINIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI VA SHOVQIN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

215
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / shovqin / ko’cha / harakat xavfsizligi / shovqin manbaalari / harakat tezligi / harakat jadalligi / tirbandlik / shovqin muhofazasi / transport shovqini / dvigatel shovqini / aerodinamik shovqin / shovqinni kamaytirish. / car / noise / street / traffic safety / noise sources / traffic speed / traffic speed / congestion / noise protection / traffic noise / engine noise / aerodynamic noise / noise reduction.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akmal Azimov, Jamshid Hamroyev

Ushbu maqolada Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh ko’chasida avtomobil shovqini manbaalari va unga ta’sir etuvchi omillar tadqiq etildi. Shoh ko’chadagi avtomobillar harakat tezligi, jadalligi va yo’ldagi tormozlanish-tezlanish jarayonlarining shovqinga qay darajada ta’sir etishi tahlil etildi. Avtomobil yo’lidagi shovqin darajasi yuqori bo’lgan nuqtalarda maksimal shovqin miqdori aniqlandi va uni sabablari o’rganildi. Shuningdek transport shovqini muhofazasini tashkil etishdagi eng samarali tadbirlar va asosiy yechimlar ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING CAR NOISE ON SHAROF RASHIDOV AVENUE IN JIZZAK AND METHODS OF ORGANIZING NOISE PROTECTION

The article examines the sources of car noise on Sharof Rashidov Avenue in Jizzakh and the factors that influence it. The speed, intensity and braking-acceleration processes of cars on King Street were analyzed for their effect on noise. The maximum noise level in places with a high noise level on the highway was determined and its causes were investigated. The most effective measures and key solutions in organizing road noise protection were also developed.

Текст научной работы на тему «JIZZAX SHAHRI SHAROF RASHIDOV SHOH KO’CHASIDA AVTOMOBIL SHOVQINIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI VA SHOVQIN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH METODLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

JIZZAX SHAHRI SHAROF RASHIDOV SHOH KO'CHASIDA AVTOMOBIL

SHOVQINIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI VA SHOVQIN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH METODLARI

Akmal Azimov

Jizzax politexnika instituti assistant [email protected]

Jamshid Hamroyev

Jizzax politexnika instituti assistant [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh ko'chasida avtomobil shovqini manbaalari va unga ta'sir etuvchi omillar tadqiq etildi. Shoh ko'chadagi avtomobillar harakat tezligi, jadalligi va yo'ldagi tormozlanish-tezlanish jarayonlarining shovqinga qay darajada ta'sir etishi tahlil etildi. Avtomobil yo'lidagi shovqin darajasi yuqori bo'lgan nuqtalarda maksimal shovqin miqdori aniqlandi va uni sabablari o'rganildi. Shuningdek transport shovqini muhofazasini tashkil etishdagi eng samarali tadbirlar va asosiy yechimlar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: avtomobil, shovqin, ko'cha, harakat xavfsizligi, shovqin manbaalari, harakat tezligi, harakat jadalligi, tirbandlik, shovqin muhofazasi, transport shovqini, dvigatel shovqini, aerodinamik shovqin, shovqinni kamaytirish.

ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING CAR NOISE ON SHAROF RASHIDOV AVENUE IN JIZZAK AND METHODS OF ORGANIZING NOISE PROTECTION

ABSTRACT

The article examines the sources of car noise on Sharof Rashidov Avenue in Jizzakh and the factors that influence it. The speed, intensity and braking-acceleration processes of cars on King Street were analyzed for their effect on noise. The maximum noise level in places with a high noise level on the highway was determined and its causes were investigated. The most effective measures and key solutions in organizing road noise protection were also developed.

Keywords: car, noise, street, traffic safety, noise sources, traffic speed, traffic speed, congestion, noise protection, traffic noise, engine noise, aerodynamic noise, noise reduction.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

KIRISH

Avtomobillarning ekspluatatsiyasi jarayonidagi salbiy ta'sirlarini kamaytirish bo'yicha, bugungi kunda tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko'lami juda keng hisoblanadi, ushbu transport vositasidan foydalanuvchilar albatta eng qulay, xavfsiz, tejamkor avtomobilni tanlaydi va uni sotib oladi. O'zbekiston Respublikasida ham avtomobilsozlik sanoati kundan kunga rivojlanib, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha katta kuch va sarmoyalar kiritmoqda. Xususan, 2019-yil 18-iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar haqida»gi PQ-4397-sonli qarori [1] qabul qilinishi ham avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bo'yicha maqsadli qadamlardan bo'ldi, unda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta'minlash, ilg'or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh avtomobil markalarini ishlab chiqarishni maqsadlari belgilandi.

2022-yil yakunigacha Respublikamizning Jizzax viloyatida avtomobilsozlik sohasida 277 mln dollarlik uchta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ADM Jizzakh tomonidan yengil avtomobillar va ikkinchi bosqichda Jizzax avtomobil zavodi tomonidan Volkswagen tijoriy avtomobillari ishlab chiqarish amalga oshirildi, endilikda uchinchi bosqichda esa Auto Motors Asia tomonidan tijoriy va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish mo'ljallanmoqda [6]. Xorijiy davlatlar bilan sherikchilik asosida tashkil etilgan ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod mahsulotlariga yuqori darajadagi sifat, tejamkorlik va eng asosiysi xavfsizlik talablari qo'yilgan. Shuningdek ushbu avtomobillar ekologik jihatdan eng so'ngi jahon standart talablari asosida ishlab chiqarilmoqda.

Yuqorida aytilganidek, avtomobil ekspluatatsiya jarayonida ko'plab salbiy ta'sirlarni vujudga keltiradi, bular ichida inson organizmiga ta'siri sekin ammo asorati juda jiddiy hisoblangan transport shovqini bugungi kunda hal qilinishi zarur bo'lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Avtomobillardan chiqadigan tashqi va ichki shovqinlar nafaqat yo'l harakat qatnashchilari- haydovchi, yo'lovchi va piyodalar uchun balki yo'lga yondosh hududlarda yashaydigan insonlar uchun ham juddiy xavfni keltirib chiqaradi [5].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shovqinga qarshi kurash masalalari hozirda eng dolzarb masalalar qatoriga kiritilmoqda. Tadqiqotlarga ko'ra, uzoq vaqt davomida me'yor chegarasidan oshgan shovqin ta'sirida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati buzilishidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh og'rig'i kabi holatlarga duch kelishadi [3]. Katta shovqin ta'sirida insonning asab sistemalari zo'riqishi, yurak qon tomiri kasalliklari, eshitish organining faoliyati susayishi kabi zararli kasaliklarga sabab bo'ladi. Izlanishlar shuni ko'rsatdiki 88 dB shovqinda (avtobus kabinasida) haydovchining fikrlash qobiliyati 10% ga, agar 95 dB bo'lsa 20% ga kamayadi [2].

Shovqin manbaalari birinchi navbatda avtomobil ichki solon qismiga kuchli shovqin uzatadi. Yuqorida aytilganidek shovqin haydovchi diqqatini pasaytirib, tez charchashiga va toliqishiga sabab bo'ladi. Harakat davomida haydovchining diqqatining pasayishi, charchashi va juda ko'p hollarda uxlab qolishi mudhish yo'l transport hodisalarining keltirib chiqishiga sabab bo'lmoqda [7].

Avtomobillarning yo'ldagi harakati davomida va uning dvigateli ishlab turish jarayonida kuchli shovqin paydo bo'ladi va atrof muhitga tarqaladi. Avtomobillardan chiqadigan shovqin miqdori uning yo'llardagi harakati davomida, davomli tarzda kuchayib boradi. Avtomobil shovqinini kamaytirish, uning muhofazasini tashkil etish va shovqinga qarshi kurash choralari bo'yicha bir qator o'zbek va xorijlik olimlarning ishlarida, jumladan O.Qudratov- kuchli keskin va uzoq davom etadigan shovqin inson organizmi uchun o'ta darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi to'g'risida ilmiy izlanishlar olib borgan va bu borada tegishlicha xulosalar taklif etgan. Xorijiy olimlardan V.F.Babkov, L.E.Biryukov, V.I.Chudnov, V.N.Lukanin, I.V.Alekseevlar avtomobil shovqini manbaalari, ularni kuchaytiruvchi omillar, transport shovqinini kamaytirish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borishgan.

Avtomobil shovqinining ekspluatatsiya jarayonida kuchayishiga, avtomobil yo'llari harakat oqimida paydo bo'luchi eng asosiy shovqin manbalari hisoblangan -avtomobil dvigateli shovqini, transmissiyasi shovqini, aerodinamik shovqin va shina shovqini sabab bo'ladi [6].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

1-dvigatelga havo kiritish va chiqindi gazlarni chiqish tuynuklari; 2- shovqin so'ndirgich; 3-g'ildiraklar; 4-dvigatel; 5-transmissiya; 6-ventilyator.

Dvigatelda shovqin silindrlardagi siqilish va kengayish taktlarida hosil bo'ladi, bu o'z navbatida dvigatel tebranishlarini hosil qiladi, shovqin paydo bo'ladi [8]. Dvigatelda shovqin miqdori uning ish hajmiga, tezligiga va quvvatiga bog'liq. Ta'minlash tizimidagi shovqin kiritish va chiqarish klapnlarining ochilishi va yopilishi hisobiga kelib chiqadi, bu shovqinning intensivligi dvigatelning ish rejimiga, aylanishlar chastatasiga va havo filtrining turiga bog'liq. Sovitish tizimidagi ventilyator, generator va nasoslarning shovqini dvigatel shovqinini yanada kuchaytiradi [15]. Avtomobil transmissiyasida shovqin asosan tishli va friksion uzatmalarning ilashishi, ishqalanishi natijasida paydo bo'ladi (1-rasm).

Konstruktsiyada paydo bo'ladigan shovqin avtomobilning harakati davomida yanada kuchayadi, bunga avtomobilning harakat tezligi va yo'ldagi harakat jadalligi katta ta'sir ko'rsatadi [11] (2-rasm).

95 90

_ 85 <

ffi- 80

J-

70 65 60

IMÜT" ^ —-

P

*—--

y=9.3xLn(V)+45.8 /R2=t).31

r

30 50 70

Tezlik km/soat

95 90 __ 85

5- 80

V 75

70 65 60

y=11.9xLn (VJ+26.8 (R2=0.6)

30 so 70

Tezlik km/soat

2-rasm. Yuk(a) va yengil(b) avtomobillari tezligining shovqinga ta'siri (shovqin

darajasi 10 m masofada aniqlanganda)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

Shu bilan birga harakat oqimida mavjud dvigatel quvvati yuqori va og'ir vaznli yuk avtomobillarini mavjudligi ham shovqin darajasini kuchaytirishga sabab bo'ladi.

Shovqin miqdorini o'lchash sinovlari xalqaro standartlar asosida o'tkaziladi, bunda avtomobilning shovqin chiqaruvchi qismlarining shovqin darajalari yaxlit holatda - avtomobilning ichki va tashqi shovqinini keltirib chiqaradi. Dvigatelning normal ish jarayonlari va boshqa agregatlarning me'yorida ishlashini sinov natijalaridan olingan shovqin miqdoridan ham bilish mumkin.

NATIJALAR

Transport shovqini asosan aholi zich joylashgan shahar hududidagi magistral yo'llarda kuzatiladi, bunga asosan avtomobillar sonining kundan kunga oshib borishi va bu o'z navbatida shahar ko'chalarining serqatnovligi hisobiga yuzaga keladi. Shahar hududidagi mavjud avtomobil yo'llarida transport oqimi bo'yicha shovqin darajasi o'lchovi aniqlanadi. Sinovlar asosan transport shovqin darajasi yuqori bo'lgan avtomobil yo'llarda o'tkazila di.

3-rasm. Sinov maydonining o'lchamlari ( ^-shumomer)

Transport shovqini bo'yicha Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh ko'chasida GOST ISO 362-1-2017 "Tezlanish paytida avtomobillar chiqaradigan shovqinlarni o'lchash. Texnik usul. 1 -qism. M va N toifali transport vositalari" standartiga asosan Jizzax politexnika instituti "Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Shovqinni o'lchash "Sound Analyser Nor-140" shumomeri yordamida amalga oshirildi (3-rasm)

Tadqiqot davomida Sh. Rashidov shoh ko'chasida shovqin miqdori yuqori bo'lgan qismi va ushbu shovqin darajasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar o'rganildi.

Sinov natijalari asosida quydagilar aniqlandi:

- Sh. Rashidov shoh ko'chasining Shifokorlar, Alisher Navoiy va Islom Karimov ko'chalari bilan tutashgan chorraxalarida yuqori tirbandlik darajasi, haydovchilarning doimiy tovushli signaldan foydalanishlari va tormozlanish-tezlanishlar hisobiga shovqin darajasi 88-96 dBgacha bo'lishi aniqlandi;

- harakat tarkibida ba'zi avtomobillarning shovqin darajasi 84-89 dB bo'lgan avtomobillarning aksaryati eski rusumdagi (Жигули (ВАЗ), Москвич) va texnik nosoz avtomobillar ekanligi aniqlandi;

- shoh ko'chadagi avtomobillar harakat tezligi va jadalligining shovqin darajasiga ta'siri tahlil etildi (4-rasm);

- ushbu ko'chadagi tartibga solingan va tartibga solinmagan piyodalar o'tish joylaridagi shovqin darajasi tormozlanish-tezlanish (shina shovqini) hisobiga maksimal 93,6 dBgacha yetishi aniqlandi.

Respublikamiz hududida "СанПиН PY3N 0267-09" "Turar-joy binolarida ruxsat etilgan shovqinni ta'minlashning sanitariya me'yorlari va qoidalari" nomli sanitariya normalariga amal qilinadi va ushbu standartga binoan aholi yashash hududlarida shovqin miqdori o'rtacha 45-50 dBni tashkil etadi. Xususan, ta'lim muassasalari, davolanish maskanlari, dam olish oromgohlari uchun shovqin normasi 35-40 dBni tashkil etadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

Harakat tezligining shovqin miqdoriga ta'siri

100

20

10

0 I I I I I I I I ~

0 10 20 30 40 50 60 70 80 90

Harakat tezligi, km/s

4-rasm. Harakat tezligining shovqin miqdoriga ta 'siri Sh. Rashidov shoh ko'chasiga yondosh hududlarda maktablar, shifoxona-polikilinikalar, dam olish maskanlari, institute o'quv binolari va savdo do'konlari joylashganligini hisobga olsak ushbu hudduda shovqin muhofazasini tashkil etish qilinishi lozim bo'lgan eng muhim ishlardan hisoblanadi.

MUHOKAMA

Avtomobilda shovqinni kamaytirish va unga qarshi kurash bo'yicha asosan shovqinni uning manbaasida so'ndirish shuningdek shovqinli avtomobil qismlariga tovush yutuvchi materiallar qopolash choralari taklif etilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil harakatlanayotganda chiqadigan shovqinni kamaytirish maqsadida metall kuzovlarning ichki sirtlariga to'zitkich yoki pnevmatik purkash qurilmasi yordamida zichlagichlar va shovqinga qarshi mastikalar purkash samarali natija beradi [2].

Avtomobillardan chiqadigan shovinni so'ndirish, uning konstruktsiyasida va yo'ldagi harakatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Konstruktsiyaning o'zida shovqinni so'ndirish, shovqinli qismlarga va kuzoviga izolyatsiya materiallari qoplash, shuningdek avtomobillarda polimer va kompozitsion materiallardan foydalanish [12] orqali shovqinni kamaytirish mumkin (5-rasm).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

Shovqin

5-rasm. Avtomobil kuzovining izolyatsiya materiallari bilan qoplanishi.

Avtomobil yo'llarida shovqin muhofazasini tashkil etish va uni yo'l ko'cha sharoitida so'ndirish uchun qilingan eng samarali yechimlaridan biri bu shovqin himoyalovchi to'siqlardir. Transport shovqinini yo'l-ko'cha sharoitida so'ndirishda yo'llarda o'rnatiladigan shovqin himoyalovchi ekranlar eng samarali hisoblangan shovqin so'ndiruvchi to'siqdir, u turli xil konstruksiyalarga ega va ularning o'rnatilishi maxsus akustik talablar asosida amalga oshadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, transport shovqini muhofazasini tashkil etishdagi eng samarali tadbir, shovqin chiqaruvchi manbalarning o'zida shovqinni so'ndirishdir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

Avtomobil shovqin chiqaruvchi manbalari dvigatel, shovqin so'ndirgich, tarnsmissiya va boshqa omillarning muqobil variantini yaratish orqali shovqin muammosini bartaraf etish mumkin. Bunga elektromobillar, avtomobil kuzovini shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplash, dvigatel yonish jarayonini takomillashtirish orqali erishish mumkin. Bundan tashqari avtomobil yo'llarida harakatni tashkil etish orqali shovqinni so'ndirishda transport oqimidagi avtomobillar harakatini optimmalashtirish orqali erishish mumkin.Transport shovqinini kamaytirishda, uni paydo qilgan omillarni o'rganish va ularni ishini samarali tashkil etish bilan shovqin muhofazasiga erishish, bu muammoni hal qilishda eng oqilona yechimlarni biri hisoblanadi. Bundan tashqari shovqin yutuvchi va shovqin qaytaruvchi qurilmalar, konstruktsiyalarni yaratish samarali natija beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar haqida»gi PQ-4397-sonli qarori. 18.07.2019.

2. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi avtotransport oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. prof. Q.M.Siddiqnazarov umumiy tahriri ostida, Toshkent. VORIS-NAShRIYoT, 2008.-560 b.

3. Шум на транспорте. Пер. с англ. К.Г.Бомштейна. Под ред. В.Е. Толъского, Г.В. Бутакова, Б.Н. Мелъникова. - М.: Транспорт, 1995.-368.

4. A. Azimov "Factors affecting noise reduction on automobile roads". Scientific and technical journal of Namangan institute of engineering and technology. 2020 . 328p.

5. T.f.n J. Abdunazarov, A. Azimov "Avtomobil shovqini manbalari va uning inson salomatligiga ta'siri". "Yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda xotin-qizlarning roli" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani. JizPI, 2018-yil 18-19 may. 710 b.

6. Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari ko'rib chiqildi (https://president.uz/oz/lists /view/4165 )

7. Haydovchilarning rulda uxlab qolishi baxsiz hodisalarga sabab bo'lmoqda. (https://kun.uz/uz/news/2019/08/03/haydovchilarning-rulda-uxlab-qolishi-baxsiz-hodisalarga-sabab-bolmoqda-nazorat-haqida-masullar-nima-deydi)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1079-1088

8. By Sanja Grubesa and Mia Suhanek "Traffic Noise". Submitted: January 29th 2020 Reviewed: May 20th 2020 Published: June 18th 2020 DOI: 10. 5772/intechopen.92892

9. Braun ME., Walsh S., Horner JL., Chuter R. "Noise source characteristics in the ISO 362 vehicle pass-by noise test Literature review". Applied Acoustics. 2013;(11): 1241-1265. DOI: 10.1016/j.apacoust.2013.04.005

10.Лелюхин Антон Михайлович "Разработка методов оценки электромагнитных полей на объектах транспорта". Москва 2010. 104 c.

11. Traffic Management and Noise Reducing Pavements - Recommendations on Additional Noise Reducing Measures. SILVIA PROJECT DELIVERABLE. SILVIA-DTF-DRI-008-11-WP5-020205. Ministry of Transport - Denmark, 2005,p.90

12. A. Azimov "Avtomobilsozlik sanoatida polimer va kompozit materiallardan foydalanishning samaradorlik ko'rsatgichlari", ООО «Academic Research», Vol. 1 No. 1, 2020, (DOI: https://doi.org/10.24411/2181-1385-2020-00010)

13. Azimov A., Muxtarov A. Yo'lovchi tashuvchi avtotransport korxonalarining samaradorligini belgilovchi omillar tahlili //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 1395-1340.

14. Azimov, A., & Muxtarov, A. Avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 2(1) 2021, 258-265.

15. Азимов, А., & Хамроев, Д. (2021). Диагностика двигателя автомобиля по стандартным нормам шума. Academic research in educational sciences, 2(3), Vol. 2, No. 3, 2021, 165-173. (https://doi.org/10.24411/2181-1385-2021-00382 ).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.