Научная статья на тему 'AVTOMOBIL YO’LARIDA KO’NDALANG VA BO’YLAMA SHOVQIN TASMALARINING QO’LLANILISHI'

AVTOMOBIL YO’LARIDA KO’NDALANG VA BO’YLAMA SHOVQIN TASMALARINING QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
3150
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harakatlanish tasmasi / yo’l-transport hodisalari / ko’ndalang shovqin tasmalari / tebranish / shovqin / termoplastika / shovqin tasmalari bloki / yo’l belgi chiziqlari / shovqin tasmalari / ko’ndalang shovqin tasmalari / bo’ylama shovqin tasmalari / frezalash. / lane / traffic accidents / transverse rumble strips noise / vibration / noise / thermoplastic / block of noise lanes / road markings / noise lanes / transverse noise lanes / longitudinal noise lanes / milling.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Yunusov Abduvohid Gofurovich, Xoliqov Bexzodjon Ayubjon O’g’li, Normuxammadov Asilbek Alimardanovich

Yo’l transportining jiddiy muammolaridan biri uzoq vaqt davomida yuqori va barqaror tezlikda harakatlanishiga imkon beradigan yo’l bo’laklarida haydovchilarning hushyorligini yo’qotishi va uxlab qolishidir. Yo’ldagi vaziyatning bir xilligi (monoton), yo’l qoplamasining ravonligi haydovchilar e’tiborining xiralashishiga, uxlab qolishlariga va natijada asosiy harakatlanish tasmasidan chetga chiqib ketishiga yoki qarama-qarshi harakatlanish tasmalariga chiqishiga olib keladi. Ushbu sabablarga ko’ra baxtsiz hodisalar jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Maqolada avtomobil yo’llaridagi yo’l-transport hodisalari kuzatilayotgan xavfli uchastkalarida ko’ndalang shovqin tasmalarni joylashtirish hududlari, uning geometrik elementlar va ularga qo’yilgan talablar keltirilgan va avtomobil yo’llarida qo’llaniladigan bo’ylama shovqin tasmasi haqida ma’mulot berib o’tilgan. Bu tasmada harakatlanganda, avtomobil haydovchisi kuchli shovqin va tebranish ta’sirini sezishi va diqqatini keskin oshirishi haqida aytib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF CROSSING AND LONGING NOISE ROBBES ON ROADS

One of the major problems in road transport is that drivers lose focus and fall asleep on sections of the road that allow them to drive at high and consistent speeds for extended periods of time. The uniformity of the situation on the road (monotony), the evenness of the road surface leads to the distraction of drivers, drowsiness and, as a result, deviates from the main lane or goes into oncoming lanes. For these reasons, accidents have serious consequences. The article provides information on the zones of the location of transverse rumble strips noise at hazardous areas of road traffic accidents, their geometric elements and their requirements, as well as on the longitudinal noise stripes used on highways. When driving in this lane, the driver of the car will feel the impact of strong noise and vibration, and his attention will increase dramatically.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL YO’LARIDA KO’NDALANG VA BO’YLAMA SHOVQIN TASMALARINING QO’LLANILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

AVTOMOBIL YO'LARIDA KO'NDALANG VA BO'YLAMA SHOVQIN TASMALARINING QO'LLANILISHI

Yunusov Abduvohid Gofurovich (PhD, dotsent) e-mail: [email protected] Xoliqov Bexzodjon Ayubjon o 'g'li (assistent) e-mail: [email protected]

Normuxammadov Asilbek Alimardanovich (assistent) e-mail: [email protected] Toshkent davlat transport universiteti

Annotatsiya: Yo'l transportining jiddiy muammolaridan biri uzoq vaqt davomida yuqori va barqaror tezlikda harakatlanishiga imkon beradigan yo'l bo 'laklarida haydovchilarning hushyorligini yo 'qotishi va uxlab qolishidir. Yo 'ldagi vaziyatning bir xilligi (monoton), yo 'l qoplamasining ravonligi haydovchilar e'tiborining xiralashishiga, uxlab qolishlariga va natijada asosiy harakatlanish tasmasidan chetga chiqib ketishiga yoki qarama-qarshi harakatlanish tasmalariga chiqishiga olib keladi. Ushbu sabablarga ko 'ra baxtsiz hodisalar jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Maqolada avtomobil yo'llaridagi yo'l-transport hodisalari kuzatilayotgan xavfli uchastkalarida ko 'ndalang shovqin tasmalarni joylashtirish hududlari, uning geometrik elementlar va ularga qo 'yilgan talablar keltirilgan va avtomobil yo'llarida qo'llaniladigan bo'ylama shovqin tasmasi haqida ma'mulot berib o 'tilgan. Bu tasmada harakatlanganda, avtomobil haydovchisi kuchli shovqin va tebranish ta 'sirini sezishi va diqqatini keskin oshirishi haqida aytib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: harakatlanish tasmasi, yo'l-transport hodisalari, ko'ndalang shovqin tasmalari, tebranish, shovqin, termoplastika, shovqin tasmalari bloki, yo'l belgi chiziqlari, shovqin tasmalari, ko 'ndalang shovqin tasmalari, bo 'ylama shovqin tasmalari, frezalash.

APPLICATION OF LONGITUDINAL AND TRANSVERSE RUMBLE STRIPS NOISE ON AUTOMOBILE ROADS

Yunusov Abduvokhid Gofurovich (PhD, associate professor) e-mail: [email protected] Xoliqov Bekhzodjon Ayubjon o'g'li (assistent) e-mail: [email protected]

Normukhammadov Asilbek Alimardanovich (assistent) e-mail: [email protected] Toshkent state transport university

Scientific Journal Impact Factor

Abstract: One of the major problems in road transport is that drivers lose focus and fall asleep on sections of the road that allow them to drive at high and consistent speeds for extended periods of time. The uniformity of the situation on the road (monotony), the evenness of the road surface leads to the distraction of drivers, drowsiness and, as a result, deviates from the main lane or goes into oncoming lanes. For these reasons, accidents have serious consequences.

The article provides information on the zones of the location of transverse rumble strips noise at hazardous areas of road traffic accidents, their geometric elements and their requirements, as well as on the longitudinal noise stripes used on highways. When driving in this lane, the driver of the car will feel the impact of strong noise and vibration, and his attention will increase dramatically.

Key words: lane, traffic accidents, transverse rumble strips noise, vibration, noise, thermoplastic, block of noise lanes, road markings, noise lanes, transverse noise lanes, longitudinal noise lanes, milling.

ПРИМЕНЕНИЕ ПОПЕРЕЧНЫХ И ПРОДОЛЬНЫХ ШУМОВЫХ ПОЛОС НА АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГАХ

Юнусов Абдувохид Гофурович (PhD, доцент) e-mail: abduvokhid. yunusov@gmail. com Холиков Бекзоджон Аюбжон угли (ассистент) e-mail: bekhzod.xoliqov. uzrp@mail. ru

Нормухаммадов Асилбек Алимарданович (ассистент) e-mail: normukhammadov@gmail. com Ташкентский государственный транспортный университет

Аннотация: Одна из серьезных проблем дорожного транспорта заключается в том, что водители теряют внимательность и засыпают на участках автомобильной дороги, которые позволяют им двигаться на высоких и постоянных скоростях в течение длительных периодов времени. Равномерность ситуации на дороге (монотонность), ровность дорожного покрытия приводит к отвлечению водителей, сонливости и, как следствие, автомобиль отклоняется от основной полосы движения или уходит на встречные полосы. Несчастные случаи возникающие по этим причинам имеют серьезные последствия.

В статье приведены сведения о зонах размещении поперечных шумовых полос на опасных участках, их геометрических элементах и требований к ним, о дорожно-транспортных происшествий, а также о продольных шумовых

Scientific Journal Impact Factor

полосах, применяемых на автомобильных дорогах. При движении по этой полосе, водитель автомобиля почувствует воздействие сильного шума и вибрации, и его внимание резко возрастет.

Ключевые слова: полоса движения, дорожно-транспортные происшествия, поперечные шумовые полосы, вибрация, шум, термопластика, блок шумовых полос, дорожная разметка, шумовые полосы, поперечные шумовые полосы, продольные шумовые полосы, фрезерование.

Bugungi kunda avtomobil yollarida harakatlanayotgan avtomobillarning yuqori tezlikda harakatlana olish imkoniyati kengligi hamda harakat jadalligini oshib borishi natijasida, yo'l-transport hodisalari (YTH) ni ortishiga sabab bo'lmoqda. Yuqori toifali avtomobil yo'llarida ushbu ko'rsatkich sezilarli darajada ortmoqda. Bundan ko'гinadiki, Respublikamiz avtomobil yo'llaгidagi YTH kuzatilayotgan xavfli uchastkalaгida yo'l harakati xavfsizligini oshirish bo'yicha keskin chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishni taqazo etadi. YTH ni kamaytirishning bir nechta usullari mavjud bo'lib, ulardan shovqin chiqaruvchi tasmalarni joriy etish usuli samarali hisoblanadi.

Ushbu tadqiqod bo'yicha quyidagi ilmiy manbaalar [1-11] da xarakat xavfsizligini oshirish uchun, ko'ndalang va bo'ylama shovqin chiqaruvchi tasmalarni qurish usullari keng yoritilgan. Ammo ko'ndalang shovqin tasmalaridan chiqadigan shovqinni yo'l bo'yida joylashgan aholi punktiga tasiri to'liq o'rganilmagan. Avtomobil yo'llarida sodir bo'layotgan turli xil yo'l-transport xodislarini oldini olishga qaratilgan ko'ndalang va bo'ylama shovqin tasmalarini qo'llash usullaridan foydalanildi. Yuqorida keltirilgan adabiyotlar va internet saytlari metodologik manba bo'lib xizmat qildi.

Yo'l harakati xavfsizligini oshirish vositalaridan biri - bu "Ko'ndalang shovqin tasmalari"ni [9]) chizishdir [2]. 2003 yil Texasda o'tkazilgan YTH kamaytirish sifatida ko'ndalang shovqin tasmalarini o'rnatgandan so'ng baxtsiz hodisalar yuqori darajada kamayganligi (40% dan 100% gacha) qayd etilgan [7].

Avtotransport vositasi haydovchisi shovqin tasmasida harakatlanganda sezilarli tebranish va shovqin ta'sirini seza boshlaydi, bu esa o'z navbatida uning yo'ldagi vaziyatga e'tiborini kuchaytiradi, tanlangan tasmadan chiqib ketish yoki yo'lning xavfli qismiga yaqinlashishi to'g'risida ogohlantiradi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shovqin tasmasining asosiy maqsadi-haydovchini uyg'otish, uning e'tiborini kuchaytirishdir [2, 3].

Shovqin tasmalarni qo'llash sohasi - bu harakatlanish tezligi yuqori bo'lgan, tezlikni cheklash yoki harakat yo'nalishini o'zgartirishni talab qiladigan avtomagistrallarning xavfli uchastkalarida qo'llaniladi. Shahar ko'chalarida shovqin chiziqlari kamdan-kam qo'llaniladi, chunki shaharda 70 km/soat dan kam tezlik bilan cheklanganda, shovqinning kutilgan natijasiga erishilmaydi [3].

1-rasm. Ko'ndalang chiziq ko'rinishidagi shovqin tasmasi

Ko'ndalang shovqin tasmalarini quyidagi yo'l bo'laklarida tashkil qilish tavsiya etiladi [3, 5-8]:

- tartibga solinmagan piyodalar o'tish joylari oldida,

- tartibsiz chorrahalar va tutashmalarda;

- qachonki, chorrahada yoki qatnov qismida harakatni boshqarish moslamasiga rioya qilmaslik natijasida avtohalokatlar sodir bo'lgan bo'lsa;

- to'siqsiz temir yo'l kesishmalarining old qismida;

- yo'l-transport hodisalari ko'p uchraydigan yo'l bo'lagida va ularga yaqinlashish joylarida;

- rejadagi egri radiusi me'yordan kam bo'lgan yo'l uchastkalarida;

- ko'rinishi ta'minlanmagan joylarda;

- ko'tarilish va tushish yo'l bo'laklarida.

Ko'ndalang shovqin tasmalari uchun termoplastika, sovuq plastmassa va rangli sirpanishga qarshi qoplamalari qo'llaniladi [4].

Rangli sirpanishga qarshi qoplamalardan yasalgan ko'ndalang shovqin tasmaning kengligi (1,00 ± 0,05) m bo'lishi kerak. Gorizontal yo'l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyorlangan shovqin tasmalari kengligi (0,15 ± 0, 0 1) m bo'lgan to'rtta element yoki kengligi (0,10 ± 0,01) m bo'lgan beshta elementdan iborat bo'lgan hamda ular orasidagi oraliq masofasi (interval) bir biri bilan teng bo'lgan blokdan iborat bo'lishi kerak (2-rasmga qarang) [4].

Scientific Journal Impact Factor

2-rasm. Shovqin tasmasining umumiy ko'rinishi:

1. Rangli sirpanishga qarshi qoplamalardan yasalgan ko'ndalang shovqin tasmasi;

2. Blokdan iborat gorizontal yo'l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyor-langan shovqin tasmasi. Kengligi (0,15 ± 0, 0 1) m bo'lgan to'rtta elementdan iborat;

3. Blokdan iborat gorizontal yo'l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyorlangan shovqin tasmasi. Kengligi (0,10 ± 0,01) m bo'lgan 5 ta elementdan iborat;

3-rasm. Gorizontal yo'l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyorlangan shovqin tasmalari kompleksini joylashtirish sxemasi:

L-ko'ndalang shovqin tasmasining kengligi;

a- shovqin tasma blok elementining kengligi;

b-ko'ndalang shovqin tasma bloklari elementlari orasidagi bo'shliq (interval)ning kengligi.

I- xavfli yo'l bo'lagidan birinchi shovqin tasmasigacha bo'lgan masofa;

II-I3- shovqin tasmalari orasidagi tavsiya etilgan interval, mos ravishda 1-jadvaldan olinadi [5, 6];

1-4- ko'ndalang shovqin tasmalari bloki.

Xavfli joylar oldidagi shovqin tasmalarining parametrlari va ularning soni harakatlanish tezligi talab qilinadigan pasaytirish qiymatiga (foiz hisobida, %) bog'liq ravishda 1-jadvalda ko'rsatilganlarga mos kelishi kerak.

1-jadval.

Shovqin tasmalarining parametrlari

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Tala b qilinayotga n tezlikni pasaytirish qiymati, % Ker akli ko'ndalan g tasmalar soni, don a Xavfli yo'l bo'lagidan birinchi shovqin tasmasigacha bo'lgan masofa, m Tasmalar orasidagi masofa, m

-2 -3 -4 -5 -6 -7 -8 -9

20 4 10 0 5 0

25 5 6 0 5 0

30 6 6 0 5 0

40 8 3 0 5 0

50 9 3 0 5 0

Inson hayoti xavfsizligi barcha infratuzilma ob'yektlarini yaratishda eng ustuvor vazifamizdir. Yo'l harakati xavfsizligini oshirish ushbu strategiyaning muhim qismidir. Yevropa va AQSH mamlakatlarida shovqin tasmalarini chizish ularni qo'llash samarasini allaqachon isbotlagan [7] va Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi yo'llarida ham tobora keng tarqalmoqda.

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning ushbu muammosi davlat ahamiyati maqomiga ega bo'ldi. Yo'llarga kelsak, yo'l harakati xavfsizligi deganda ishtirokchilarni yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoya qiladigan muhandislik, rejalashtirish va tashkiliy yechimlar va choralar kompleksi tushunilishi kerak. Hozirda Respublikamiz avtomobil yo'llarida turli materiallar va mahsulotlardan foydalanilgan holda gorizantal yo'l belgi chiziqlari chizilmoqda: kraskalar, termoplast, polimer lentalar va boshqalar. Eng muhimi, yo'l belgi chiziqlari uzoq vaqt xizmat qilishi, kunning istalgan vaqtida ko'rinishi va xavfsizlikni ta'minlashi kerak va birinchi navbatda, yo'l belgi chiziqlari, tormozlash paytida hech qanday uyum bo'lmasligi uchun transport vositasining g'ildiragi bilan yuqori ilashuvchan bo'lishi kerak. Olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki, yo'l belgi chiziqlarining xizmat qilish muddati quyidagi omillarga bog'liq: yo'l qoplamasining

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

sifati va uni belgilashga tayyorgarlik, markirovkalash joyidagi harakatlanish sharoiti, yo'l belgi chiziqlarini chizish texnologiyasiga rioya qilish va yo'l qoplamasini saqlashga [1].

Ekspluatatsiya sharoitlariga qarab yo'l belgi chiziqlari uchun materiallarni to'g'ri tanlash, ularning chidamliligini oshirish va yo'llarda avariya holatlarini kamaytirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Avtotransport haydovchilari tez-tez uzoq safarlarni bajarishlari kerak va imkon qadar tezroq o'z manzillariga yetib borishga harakat qilishlari sababli, ko'pincha mashinani haddan tashqari charchagan holatda boshqarishadi. Bu avtomobilni boshqarish paytida uxlab qolishga va natijada yon ariqlarga yoki qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga o'tib ketishga olib keladi. Avtomobillarni harakatlanish tasmasidan chiqib ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun, haydovchini uyg'otadigan belgi moslamasi yordamida yo'l-transport hodisalarini kamaytirish usullaridan foydalanishimiz zarur.

Yo'l-transport hodisalarini kamaytirishning usullaridan bir shovqin tasmalaridan (rumble strip) foydalanishdir.

Bo'ylama shovqin tasmalari qoplamani frezalash usuli bilan bajariladi [1].

Bo'ylama shovqin tasmalari quyidagi hollarda qo'llaniladi:

- quvib o'tish taqiqlangan yo'l bo'laklarida (yo'lning o'qi bo'ylab);

- yo'l yoqasining chetki mustahkamlangan tasmasida.

4-rasm. Yo'l yoqasining chetki mustahkamlangan tasmasidagi shovqin

tasmalari.

Bo'ylama shovqin tasmalari quyidagi hollarda o'rnatishga yo'l qo'yilmaydi: -yo'l o'tkazgichlarda, ko'priklar va ushbu ob'ektlarga yaqinlashadigan yo'llarda;

- avtomobil yo'lining torayish zonasida;

- ikki tasmali yo'l bo'laklarida, agar ularda quvib o'tish imkoniyati bo'lsa;

- tutashma va chorrahalarda;

- chorrahaning boshidan 10 m masofada;

- shovqin darajasi chegaralangan yo'l bo'laklarida.

5-rasm. Yo'l oqi bo'ylab to'g'ri to'rtburcha shakldagi shovqin tasmasi sxemasi.

6-rasm. Yo'l cheti bo'ylab to'g'ri to'rtburcha shakldagi shovqin tasmasi sxemasi.

bu yerda:

A-yo'l belgi chizig'idan shovqin tasmasigacha bo'lgan masofa.

B-shovqin tasmasi kengligi;

C-shovqin tasmasi uzunligi;

E-elementlar orasidagi masofa (interval);

D- shovqin tasmasining maksimal chuqurligi;

Frezalash usuli bilan tayyorlangan shovqin tasmalari, kengligi 0,20 dan 0,40 m gacha va uzunligi 0,10 dan 0,20 m gacha bo'lgan alohida alternativ elementlardan iborat bo'lishi kerak. Elementlarning chuqurligi 1,0 dan 2,0 sm gacha bo'lishi kerak, qo'shni elementlarning o'qlari orasidagi interval kamida ikkita element uzunligi va 1,2 m dan oshmasligi kerak (5-6-rasmlarga qarang) Shovqin tasmasining asosiy maqsadi - haydovchini uyg'otish, uning diqqatini oshirishdir. Bunday tasmada harakatlanganda, mashina haydovchisi kuchli shovqin va tebranish ta'sirini sezadi. Shunday qilib, shovqin tasmasi uni uyg'otishga majburlaydi, diqqatini keskin oshiradi va o'z vaqtida transport vositasini harakatlanish tasmasiga qaytaradi [11].

XULOSA

Avtomobil yo'llarining o'ta xavfli bo'laklarida bunday shovqin tasmalarini qo'llanilishi natijasida mamlakatimiz yo'llaridagi yo'l-transport hodisalarini kamayishiga olib keladi.

Yo'l harakati xavfsizligini oshirishning istiqbolli chora-tadbirlarini takomillashtirish va Respublikamizda qo'lanilayotgan shovqin tasmalarini yo'l bo'laklarida to'g'ri qo'llash uchun quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin:

- Respublika yo'l sharoitini inobatga olgan holda ko'ndalang va bo'ylama shovqin tasmalarini qo'llash bo'yicha me'yoriy hujjat ishlab chiqish;

- shovqin tasmalarini faqat ekspluatatsiya jarayonida emas, balki loyihalash bosqichida ham (xavflilik ehtimoli yuqori bo'lgan yo'l bo'laklarida) ko'zda tutish:

- shovqin tasmalardan chiqadigan shovqin darajasini yo'l bo'yidagi aholi punktiga ta'sirini baholash bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Юшков В.С. Шумовые полосы для снижения аварийности на автомобильных дорогах «Молодой учёный» № 3 (38) / 2012 г. Москва. С. 86-87.

2. Xoliqov B. A., Raxmatov S. S. Avtomobil yo'larida bo'ylama shovqin tasmasi // «O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim: innovatsiya va tadqiqot» respublika konferensiya materiallari/ Toshkent 2020 y. 42-45 bet.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. http: //www.unidorstroy.kiev.ua/wiki-asphalting/shumovaya-polosa. html

4. ГОСТ 33025-2014 /Дороги автомобильные общего пользования, ПОЛОСЫ ШУМОВЫЕ. Технические условия/.

Scientific Journal Impact Factor

5. Национальный стандарт РФ ГОСТ Р 52766-2007 "Дороги автомобильные общего пользования. Элементы обустройства. OT" (от 23 октября 2007 г. N 270-ст).

6. КР СТ 2068-2010. Дороги автомобильные общего пользования. Элементы обустройства. Общие требования. Астана 2010 г. 72-стр.

7. Paul J. Carlson, P.E. Jeff D. Miles. Effectiveness Of Rumble Strips On Texas Highways: First Year Report. Associate Research Engineer Texas Transportation Institute. Texas. 2003 year. 70 p.

8. https: //avtobd.ru/company/articles/1694/

9. Darlene Gorrill. Transverse Rumble Strips // Transportation research synthesis. Minnesota (USA). 2007. 5 p.

10. Fontaine, Michael, Paul Carlson, and Gene Hawkins. Evaluation of Traffic Control Devices for Rural High-Speed Maintenance Work Zones: Second Year Activities and Final Recommendations. Report FHWA/TX-01/1879-2. Texas Transportation Institute, 2000.

11. Габдуллин Т. Р. Шумовые полосы на дорожном покрытии// Известия КГАСУ, 2018, № 1 (43). С. 241-248.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.