Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON IQTISODYOTINI XORIJIY VA MILLIY INVESTITSIYALAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH'

O‘ZBEKISTON IQTISODYOTINI XORIJIY VA MILLIY INVESTITSIYALAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1773
262
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy islohotlar / tashqi iqtisodiy faoliyat / xorijiy investitsiyalar / to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar / xalqaro moliya institutlari. / economic reforms / foreign economic activity / foreign investment / foreign direct investment / international financial institutions

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdunor Miltikbaevich Suyunov, Go‘zalxon Jamoljon Qizi Jumanova, Zebo Sobit Qizi G‘ofurova

Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat strategiyasining muhim tarkibiy qismi ekanligi, uning asosiy yo„nalishlaridan biri respublikaga chet el investitsiyalarini jalb etish ekanligi o„rganilgan. Chet el investitsiyalarini jalb etish bo„yicha olib borilayotgan ishlar, xalqaro moliya institutlari tomonidan kiritilayotgan investitsiyalar, mamlakatning jahon savdosida o„z o„rniga ega bo„lish uchun qilinayotgan sa‟y harakatlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the regulation of foreign economic activity in the economic development of the country is an important component of the state strategy, one of its directions is to attract foreign investment to the Republic. The work carried out to attract foreign investment, investments made by international financial institutions, and the country's efforts to gain its place in world trade were analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON IQTISODYOTINI XORIJIY VA MILLIY INVESTITSIYALAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

O'ZBEKISTON IQTISODYOTINI XORIJIY VA MILLIY INVESTITSIYALAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH

Abdunor Miltikbaevich Suyunov

Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti dotsenti, f.-m.f.n.

Go'zalxon Jamoljon qizi Jumanova Zebo Sobit qizi G'ofurova

Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti kursantlari

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat strategiyasining muhim tarkibiy qismi ekanligi, uning asosiy yo'nalishlaridan biri respublikaga chet el investitsiyalarini jalb etish ekanligi o'rganilgan. Chet el investitsiyalarini jalb etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, xalqaro moliya institutlari tomonidan kiritilayotgan investitsiyalar, mamlakatning jahon savdosida o'z o'rniga ega bo'lish uchun qilinayotgan sa'y harakatlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalar, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari.

ABSTRACT

This article examines the regulation of foreign economic activity in the economic development of the country is an important component of the state strategy, one of its directions is to attract foreign investment to the Republic. The work carried out to attract foreign investment, investments made by international financial institutions, and the country's efforts to gain its place in world trade were analyzed.

Keywords: economic reforms, foreign economic activity, foreign investment, foreign direct investment, international financial institutions.

KIRISH

O'zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o'ziga xos yo'nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda va tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada jadallashtirishda milliy va xorijiy investitsiyalarning o'rni beqiyosdir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonunida "investitsiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob'ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar"1, deb keltirilgan.

Davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyasining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashuviga sabab bo'lmoqda.

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI

Hozirgi bozor islohotlari yangi strategiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni optimallashtirish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida" qonunining 9-moddasiga ko'ra, tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo'nalishlaridan biri respublikaga chet el investitsiyalarini jalb qilish hisoblanadi.

Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida "Iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi" - deb ta'kidlaganlar.

Hozirgi kunda O'zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o'zgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo'nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog'liq.

Mustaqilligimizning qisqa davrida investitsion faollikni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o'tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. Bu yo'lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirishni rag'batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O'zbekiston davlati o'z investitsiya siyosatini olib bormoqda.

Investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo'llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan

1 O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-dekabrdagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to,g,risida"gi ORQ-598 son qonuni

2 Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasida

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 421 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

investitsiya jarayoniga o'tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig'indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko'proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf yetish, muammolarni tezkorlik bilan hal yetish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining yerkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.

Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib topib, ular o'zaro bag'liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sariflashda aholi, hudud va investor manfa'tlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladiga chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq investitsiya siyosati yesa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta'minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini yeskport qilish, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo'li bilan qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.

O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar yetish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infTatuzilma ob'ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo'nalishlarga aylandi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma'naviy yeskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo'lib qolganligi; sanoat tarmog'ida moddiy texnika bazasining o'ta pastligi va ko'pgina zarar ko'rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg'arish bilan iste'mol o'rtasidagi nisbatning iste'mol tomonga ko'plab sarflanayotgani va jamg'arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi; O'zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko'plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o'sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo yetish, ularni mehnat resurslarining manbai bo'lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika

3

"Science and Education" Scientific Journal Volume lissue 4 July 2020 Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan 422

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

eksportida xom ashyo salmog'ini kamaytirish va ko'plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga yega bo'lish zarurligi va boshqalar.

Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, 2021-2023 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturida Respublikaa xomashyo bazasini kengaytirish va uni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va yuqori texnologiyalarni keng jalb qilish, investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta'minlash, shu asosda yuqori daromadli ish o'rinlarini yaratish hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qilinishi kerak bo'lgan tadbirlar keltirib o'tilgan. Jumladan:

928,3 trln so'm miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, 37,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021-2023-yillarda kapital qo'yilmalarni o'zlashtirishning yig'ma prognoz parametrlari;

226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish o'rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob'ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo'yicha manzilli dasturi ma'qullangan4. 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturida: 850,5 trln so'm investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020-2022-yillarda kapital qo'yilmalarni o'zlashtirishning yig'ma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020-2022 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o'zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;

206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o'rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish ob'ektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi ma'qullangan.5

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirishni kengaytirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturi yig'ma prognoz parametrlariga6 ko'ra:

4 O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4937 son qaroridan

5 "O'zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4563 son qaroridan

6 O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4937 son qaroridan

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 423 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

mlrd. so'm (joriy narxlarda)

Kelgusi yillar

Moliyalashtirish manbalari 2021yil uchun Shu jumladan: uchun prognoz

T/r parametrlari:

I chorak II chorak III c chorak IV chorak 2022y. 2023y.

Jami kapital kuyilmalar: 251 085 38 729 71 231 74 183 66 942 309 335 367 930

Shu jumladan: 23 035,3

1. Markazlashgan investitsiya 52 005 807 15 671 14 194 13 333 60 196 68 337

1.1. Budjet mablag'lari 17 700 2 773 6 523 5 706 2 699 19 650 22 150

1.2. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va tarakkiyot jamg'armasi (so'mda) 2 607 813 623 607 563 3 005 3 217

mln. AQSh dollarida 239 75 57 56 52 253 258

1.3. O'zbekiston Respub-likasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar (so'mda) 31 698 5 221 8 526 7 881 10 071 37 541 42 970

mln. AKSh dollarida 2 908 479,0 782,2 723,0 924,0 3 160 3 450

2. Markazlashmagan investitsiya 199 079 29 922 55 560 59 989 53 608 249 139 299 593

2.1. Korxona mablag'lari, shu jumladan korxona-larning o'z qaramog'ida qoldiradigan soliqlar. 57 551 8 460 17 610 16 287 15 193 68 233 79 926

2.2. Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lari. 39 989 6 318 11 157 11 397 11 117 49 111 57 196

2.3. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar. 83 500 10 742 20 875 27 308 24 574 110 448 137 910

mln. AKSh dollarida 7 661 985,5 1 915,1 2 505,3 2 254,5 9 297 11 073

2.4. Aholi mablag'lari 18 040 4 402 5 917 4 997 2 724 21 346 24 560

Yuqoridagi me'yoriy hujjatlarga ko'ra,O'zbekiston hududidagi qo'shma korxonalarning, shuningdek faqat xorijiy sarmoyasi bilan ishlaydigan korxonalarning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

ustav fondiga hissa qo'shish uchun mol-mulkni chetdan boj to'lovlarisiz olib kirishga ruxsati berildi.

Ta'kidlash lozimki, mamlakatda to'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta'minlash, shuningdek hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog'lom raqobat muhitini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur'atlar bilan amalga oshirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilda 6,6 mlrd. dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy sarmoyalar o'zlashtirilgan. Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreyaning ishbilarmonlari O'zbekiston iqtisodiyotiga eng ko'p sarmoya kiritgan bo'lib, investitsiya kiritgan davlatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi. 2020 yil yakuni bo'yicha 15 mlrd. dollarlik tovarlar eksporti amalga oshirilgan. Investitsiyalarning asosiy manbalari hisoblangan davlat tashqi qarzi, Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag'lari, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, shuningdek tijorat banklari kreditlarining YalMga nisbati 2019 yilda 23,1 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yil yakuniga ko'ra ushbu ko'rsatkich YalMning 20,1 foizini tashkil etdi.

Xususan, tijorat banklari tomonidan 2021 yilda 120 trln. so'm miqdoridagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ko'zda tutilgan. Qurilish hamda to'qimachilik sohasidagi ishlarni izchil davom ettirish maqsadida, 2021-2023 yillar uchun qiymati 109 trln. so'mdan ziyod 1 ming 277 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Shundan qariyb 4,9 mlrd. dollari xorijiy investitsiya va kreditlarga to'g'ri kelishi kutilmoqda. Bu sa'y-harakatlar 86 mingga yaqin ish o'rni tashkil etish imkonini beradi.2021 yilda 226 ta yirik loyihani amalga oshirish natijasida 7,5 mlrd. dollardan ziyod to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni o'zlashtirish maqsad qilingan. Shundan 69 ta istiqbolli yangi sanoat loyihasini amalga oshirib, iqtisodiyot o'sishiga qo'shimcha zaxira yaratish belgilangan. Bunda asosiy drayver sohalar bo'lgan kimyo, energetika, mashinasozlik, geologiya, elektrotexnika, farmasevtika va yengil sanoat tarmoqlariga alohida e'tibor qaratiladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

2021 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro moliya institutlari kredit mablag'lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo'yicha yangi tizim joriy etish, har bir loyihada belgilangan mablag'larni samarali o'zlashtirish va natijadorligini ta'minlash maqsadida «Loyiha ofislari» rahbar va xodimlari malakasini oshirish va ularni o'qitish yo'lga qo'yildi.

2022-2024 yillarga mo'ljallangan investitsiya Dasturining loyihasida 1 trln. so'm miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishi nazarda tutilmoqda, 230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish o'rnini yaratish nazarda tutilmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Investitsiya muhitini yaxshilash sohasida asosiy qadam xususiy va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar orqali to'liq va samarali institutsional asosni shakllantirish bo'lishi lozim.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xususiy investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan to'siqlarni aniqlash va yengib o'tish bo'yicha astoydil ish olib borish kerak.

Shu munosabat bilan investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investitsiyaviy faoliyatni rag'batlantirish, sohalarni raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to'siqlar va cheklovlarni to'liq bartaraf etish, shaffoflikni maksimal darajada ta'minlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so'rovlari bilan ishlashni tashkil etish, xorijiy investitsiyalarni O'zbekistonning istiqbolli sohalariga yo'naltirish eng muhim omillardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida" qonuni.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427

3. O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5495-son farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4563-son qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4937-son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.