Scientific Journal Impact Factor
BUXORO SHAHRIDA ZAMONAVIY IQTISODIY INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Hayotova Nafisa Zakirovna BuxDU, "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy Buxoro shahrida iqtisodiy infratuzilmaning rivojlanish masalalari, sovet davrida tashkil etilgan va faoliyat ko'rsatgan sanoat korxonalarining taqdiri, mustamlakachilik siyosati sanoat korxonalarida ham namoyon bo'lganligi haqida fikrrlar bildirilgan. Mustaqillikka erishilgandan so'ng iqtisodiy infratuzmalardagi muammolarning vujudga kelishi, birin-ketin yirik sanoat korxonalarining faoliyati to'xtatilishiga sabab bo'ldi. Dastlabki yillardagi iqtisodiy tanglik, xususiylashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, xorijiy investorlarni jalb qilishdagi muammolar iqtisodiyotni rivojlanishiga ta 'sir ko 'rsatdi. Shahardagi mavjud korxonalar, jumladan 8 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta poyafzal va 4 ta tikuvchilik fabrikasi, Buxoro konserva zavodi, un kombinati, Buxoro to 'qimachilik kombinati kabilarda qoloq texnologiya ta 'minoti bu korxonalarning bankrot holatiga olib keldi. 80 yillarning oxirida Buxoro shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Buxoro Paxta tozalash zavodi va yog'-ekstratsiya zavodi shahar tashqarisiga chiqarilishi to'g'risida qaror qabul qilinadi, lekin bu qarorning amalda oshirilishi 2000yillarga to 'g'ri keldi.
Bugungi kunda Buxoro shahri sanoat infratuzilmasining rivojlanishi va xususiy korxonalarning ko'payishi Buxoro shahar iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qilmoqda. 2020 yil davomida pandemiya oqibatlariga qaramasdan, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoit yengilliklar tufayli Buxoro shahar mahalliy byudjetining qo 'shimcha daromadlari 1 395 mln. so 'mni tashkil etdi.
Tayanch so'zlar: trikotaj, pillakashlik, bozor iqtisodiyoti, zamonaviy texnologiya, Klimsk mashinasozlik zavodi, jinsi matosi, infrastruktura, islohot, xalq iste'mol mollari, Buxoro paxta to 'qimachiligi.
Abstract: This article discusses the development of economic infrastructure in the modern city of Bukhara, the fate of industrial enterprises established and operating in the Soviet era, the colonial policy is also reflected in industrial enterprises. After independence, problems with economic infrastructure led to the closure of a number of large industrial enterprises. The economic crisis of the first years, the gradual implementation ofprivatization, the problems of attracting foreign investors have affected the development of the economy. The existing enterprises in
the city, including 8 light industry enterprises, 2 shoe and 4 sewing factories, Bukhara cannery, flour mill, Bukhara textile factory, etc., have been left behind due to the backward technology supply. In the late 1980s, in order to improve the environmental situation in Bukhara, a decision was made to move the Bukhara Cotton Ginning Plant and Oil Extraction Plant out of the city, but this decision was implemented in the 2000s.
Today, the development of industrial infrastructure of Bukhara and the growth ofprivate enterprises have a positive impact on the economy of Bukhara. Despite the consequences of the pandemic in 2020, due to the opportunities and favorable conditions created by President Shavkat Mirziyoyev, additional revenues of the local budget of Bukhara will amount to 1,395 million soums.
Key words: knitwear, silkworm breeding, market economy, modern technology, Klimsk machine-building plant, denim fabric, infrastructure, reform, consumer goods, Bukhara cotton textile
KIRISH
Buxoro shahri O'zbekistonning tarixiy shaharlaridan biri bo'libgina qolmay balki zamonaviy shahar sifatida iqtisodiy jihatdan ham muhim o'rinda turadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda shu jumladan qadimiy Buxoroda ham ildam ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Buxoro viloyatining tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va ma'naviy salohiyati, boy milliy-madaniy merosi nafaqat siyosatchilar, tadbirkorlarni va turli soha vakillarini, balki shu bilan birga, qadimiy ruhi va qiyofasini saqlab qolishga intilayotgan Buxoro shahri bilan qiziquvchi xorijlik sayyohlarni ham hozirgi kunga qadar o'ziga jalb qilib kelmoqda.
Zamonaviy shahar madaniyati taraqqiyotiga zamonaviy iqtisodiy infratuzilmalar, logistika va kommunikatsiya tuzilmalari xizmatlari alohida o'rinni egallaydi. Bu sohalarning rivojlanishi, shahar aholisining turmush tarzini yaxshilanishi va qulayliklarni yaratish bilan birga shahar ijtimoiy-iqtisodiy sohasining rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mustaqillik yillarida Buxoro shahri respublika hukumatining ijtimoiy yo'sindagi bozor iqtisodiyotining bosqichma-bosqich shakllanishini, tashabbuskorlik va ishchanlikni har tomonlama kuchaytirish, iqtisodiyotni markazlashuvdan va monopoliyadan chiqarish, korxona va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirish, davlatning to'g'ridan-to'g'ri xo'jalik ishlariga aralashuvidan voz kechishdan iborat siyosatni og'ishmay amalga oshirdi. Shahar sanoatning turli sohalari rivojlanayotgan ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylandi. Xususan, shahardagi yengil sanoat korxonalari - ip-gazlama ishlab chiqarish, tikuvchilik, mebel, trikotaj, pillakashlik, zardo'zlik, qorako'l teri ishlab chiqarish, chinni ishlab chiqarish, oziq-ovqat
1190
Scientific Journal Impact Factor
sanoatiga qarashli makaron, sut-moy, go'sht, spirtli va alkogolsiz ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalarda zamonaviy texnologiyalar o'rnatilib, ishlab chiqarish jarayoni kuchaytirildi. Vaholanki, XX asrning 80-90 yillarida Buxoro shahridagi sanoat korxonalarining ta'minotdagi muammolar sababli ishlab chiqarish pasayib ketgan edi. SHahardagi mavjud korxonalar, jumladan 8 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta poyafzal va 4 ta tikuvchilik fabrikasi, Buxoro konserva zavodi, un kombinati, Buxoro to'qimachilik kombinati kabilarda qoloq texnologiya ta'minoti bu korxonalarning bankrot holatiga olib keldi. Masalan, 1974 yilda ish faoliyatini boshlagan Buxoro to'qimachilik fabrikasida to'quv stanoklari Klimsk mashinasozlik zavodining mahsulotlari bo'lib, ular 1893 yilda ishlab chiqarilgan texnikaviy holatda edi [1]. Sexda 1600 ta dastgoh bo'lib, ular ishlab turganda hech kim birovning gapini, so'zini eshita olmas, sex ichidagi shovqin sanitar normalari ko'rsatgichidan bir yarim baravar yuqori edi. Holbuki o'sha yillarda Ivanova, Minsk, Ukraina shaharlaridagi fabrikalarda zamonaviy tovushi past, "pnevmo pryadilno" (havo yordamida to'qiydigan) uskunalar bor edi. Yevropa fabrikalarida esa "Beningir" kabi avtomat to'quv stanoklaridan foylalanilgan. Shu sababli fabrikada o'rnatilgan to'quv va yigiruv stanoklarining ishlab chiqarish samarasi past va sifati ham jahon standartlariga javob bermas edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar xalqaro bozorgir emas, faqat mahalliy bozorlarga sotilgan xolos.Texnologik nomutanosiblik, sansolarlik, sifatsiz mahsulotlar oxir oqibat 12-16 ming ishchi-xizmatchiga ega bo'lgan fabrikani bankrotlikka olib keldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab "Buxorotekst" hissadorlik jamiyatida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Fabrika chet davlatlarga, jumladan Avstriya, Shveysariya, Slovakiya, Rossiya va MDH mamlakatlariga o'z mahsulotini yetkazib berishni yo'lga qo'ydi. Ammo korxona o'zini oqlamagani uchun 2007 yilga kelib fabrika o'z faoliyatini to'xtatdi va Xitoy, Turkiya investorlariga sotildi. Umuman SSSR davrida Buxoroda barpo qilingan zavod va fabrikalarda markaz manfaatiga xizmat qilgan holda, tayyor mahsulot emas, balki xom-ashyoga dastlabki ishlov berish yo'lga qo'yilgan edi.
2017 yilda sobiq Buxoro paxta fabrikasining 10 gektar tashlandiq yerida BCT (Bukhara Cotton Textile) xususiy korxona tashkil etish ishlari boshlanib yuboriladi. Shu asosda 2019 yilda Buxoro shahrida sobiq paxta fabrikasi xududida jinsi matosi ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi. Bugungi kunda korxona 8,2 million dollarlik mahsulotni eksport qiladi va o'z brendini rivojlantirmoqda. Bukhara Cotton Textile (Buxoro paxta to'qimachiligi) klasterini yaratish g'oyasi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilgan qishloq xo'jaligini isloh qilish natijasida vujudga keldi. Bukhara Cotton Textile O'zbekistondagi tajriba klasteriga aylandi. Klasterlash orqali toladan tayyor kiyim olib, brend yaratish, paxta
1191
Scientific Journal Impact Factor
urug'ini moyga qayta ishlash va tarkibida oqsil miqdori yuqori bo'lgan chorva oziqasini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Korxonada dastlab barcha mahsulotlar eksport uchun ishlab chiqarildi. Jinsi matolarni Rossiya va Ukrainaga sotish yo'lga qo'yilgan. Hozirda mahalliy tikuvchilik korxonalari ham matolarni sotib olishmoqda. 2019 - yilda VST o'zining B Jeans brendiga ega bo'ldi.
Buxoro shahrida sobiq sovet davrida bir qancha gigant zavod va fabrikalar ishga tushirilgan edi. Jumladan, ikkinchi jahon urushi davrida Buxoro xududiga ham Xarkov velosiped zavodi ko'chirilib keltiriladi. Zavod "20 лет ВЛКСМ" nomli tikuv fabrikasining 30 gektarlik yeriga qayta quriladi va urush yillarida qurol-yarog' ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod, urush tugaganidan so'ng ikkiga ajratilib, shahar markazida Paxta tozalash zavodi va Qishloq xo'jalik mashinalarini remont qiluvchi zavod tashkil etiladi. Mustaqillik yillarida Buxoro shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 2000 yilga kelib Buxoro Paxta tozalash zavodi va Yog' -ekstratsiya zavodi shahar tashqarisiga, paxta tozalash zavodi Buxoro tumaniga, Yog'- ekstratsiya zavodi Kogon tumaniga joylashtirildi. Shu bilan birga shahardagi Go'sht zavodi, G'isht zavodi, 2 ta Poyafzal fabrikalari tugatilib, xususiy tadbirkorlarga xududi sotildi.
20-asrning 80-90 yillarida aholining oziq-ovqat mahsulotlari, g'alla, kartoshka, go'sht, sut hamda qandolat kabi mahsulotlarning katta qismi import hisobidan qoplanar edi. Istiqlol yillari davomida bu mahsulotlarning 90 foizidan ko'proq qismi respublikaning o'zida yetishtirilmoqda. Bu esa o'z navbatida oziq-ovqat sanoatining o'sishiga olib keldi.
1996 yilda Buxoro viloyat sanoat korxonalarining umumiy soni 969 ta bo'lib, 2006 yilda ular soni 1713 tani, 2020 yil dekabr oyi ma'lumotlariga ko'ra 4432 tani tashkil qildi[2]. Shundan 135 tasi tog'-kon va ochiq konlarni ishlash, 4210 ta ishlab chiqarish sanoati, 17 tasi elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash hamda havoni konditsiyalash, 70 tasi suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish hissasiga to'g'ri keladi [2]. Hozirgi kunda mavjud sanoat korxonalardan 1221 tasi Buxoro shahriga to'g'ri keladi [3].
Istiqlol yillarida shaharda sanoat ishlab chiqarish tobora o'sib bordi. Buxoro iqtisodiyotini isloh etish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, 1994 yilning birinchi yarmida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 503 million so'mni, xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish 367 million so'mni [4] tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda Buxoro shahrida sanoat ishlab chiqarish hajmi 183,7 mlrd so'mni, iste'mol mollari ishlab chiqarish 92,4 mlrd so'mni tashkil etdi [2]. Bu ko'rsatgich o'tgan yillarga nisbatan sanoat 111,0 foizni, is'temol mollari 126,0 foizga o'sganini ko'rsatadi [5]. Buxoro shahrida korxonalarning sanoat mahsulotlarining ishlab
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
chiqarish ulushi yildan yilga o'sib borgan, faqat 2020 yilda pandemiya tufayli viloyatdagi ulushi 2019 yilda 13,0 % tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatgich 2020 yilda 12,2 %ni tashkil etdi [3].
2020 yilda yurtimizning barcha hududida pandemiya bo'lishiga qaramay ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta'minlovchi ko'plab istiqbolli loyihalar ro'yobga chiqarildi. Dunyodagi pandemiya sharoiti barcha davlatlarning, shu jumladan O'zbekistonning ham iqtisodiyotiga katta ta'sir o'tkazdi. Ammo Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan vaqtida va keskin qo'llanilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida inqirozga duch kelmaslik choralari ko'rildi. Natijada 2020 yilda Buxoro shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2257,9 mlrd.so'm (109,4 %)ga, hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 1057,3 mlrd.so'm (100,5 %), qishloq xo'jalik yalpi mahsuloti 334,5 mlrd.so'm (100,0 %)ga, qurilish-pudrat ishlari 1176,6 mlrd.so'm (105,7 %)ga, chakana savdo hajmi 3970,3 mlrd.so'm (100,8 %)ga, jami xizmatlar hajmi esa 4126,2 mlrd.so'mga bajarildi [6].
Mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish va tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi izchil islohotlar Buxoro shahrida ham o'z ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko'rsatkichlari bo'yicha shaharda 2020 yilning o'tgan 10 oyi mobaynida aholi jon boshiga hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 mln. 836,7 ming so'mga, xizmatlar hajmi 12 mln. 858,1 ming so'mga, shundan chakana savdo xizmatlari 10 mln. 799,6 ming so'mga to'g'ri keldi [5].
Buxoro shahri bo'yicha 2020 yil uchun byudjetga 517,1 mlrd.so'm tushumlar rejasi belgilangan bo'lib, yil yakuniga 103,5 foizga ya'ni, 18,3 mlrd.so'mga ko'p tushum ta'minlandi. Mahalliy byudjetga tushumlar borasida 2020 yil uchun belgilangan 56,5 mlrd.so'm reja yil yakunida 103,2 foizga, ya'ni 1,8 mlrd.so'mga ortig'i bilan bajarildi. 2020 yil davomida pandemiya oqibatlariga qaramasdan, Buxoro shahar mahalliy byudjetining qo'shimcha daromadlari 1 395 mln. so'mni tashkil etdi [6].
2020 yil 9 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasining 2020 - 2022 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4563-sonli qaroriga asosan shaharda 9 ta loyiha doirasida 69,2 mln. AQSH dollarlik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishi rejalashtirilgan edi. Bu borada 6 ta loyiha doirasida 2020 yilning 9 oyida 8,62 mln. AQSH dollarlik va 29 ta qo'shimcha loyihalar doirasida 44,5 mln. AQSH dollarlik to'g'ridan-to'g'ri va xorijiy kreditlar hisobidan mablag'lar o'zlashtirilib, natijada 1450 ta ish o'rinlari yaratildi [5]. Qo'shimcha loyihalarni to'g'ridan-to'g'ri va xorijiy kreditlari jalb etish hisobidan 2020 yilning
Scientific Journal Impact Factor
oxiriga qadar yillik prognoz ko'rsatgich 102 %ga, ya'ni 70,5 mln. AQSH dollariga bajarilishi ta'minlandi.
Bozor sharoitida raqobatni yanada rivojlantirish, tadbirkorlikning yangi yo'nalishlarini rivojlantirishga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, fuqarolarining ishchanlik faolligini oshirish, aholiga xizmat qo'rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shu qatori 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq "Davlat funksiyalari- biznes uchun imkoniyat" loyihasi yo'lga qo'yildi. Shuningdek Prezident SH.Mirziyoevning 2020 yil 7 dekabrda "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorning qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirishda amalda mavjud imkoniyatlarni kengaytirdi.
2020-2021 yillarga mo'ljallangan hududiy investitsiya dasturi bo'yicha qiymati 3 306,8 mlrd. so'mlik 132 ta loyihalar bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda qiymati 391,7 mlrd.so'mlik 57 ta loyihalar ishga tushirildi [6].
2020 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan qiymati 296,8 mlrd. so'mlik 9 ta loyihalar pandemiya sabab o'z muddatida ishga tushmaslik xavf mavjud bo'lganligini inobatga olib, ushbu loyihalar qiymatidan kam bo'lmagan 36 ta yangi loyihalar taklif berildi va natijada 573 mlrd. so'mlik qiymatdagi loyihalar ishga tushirilganligi haqida dalolatnomalar rasmiylashtirildi [5].
Buxoro shahrida kichik tadbirkorlik sub'ektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va faoliyatini kengaytirishda kichik sanoat zonalarining o'rni juda muhim hisoblanadi. Hozirgacha, shaharning 5 ta hududida 13,0 gektar er maydonida kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo'lib, shundan "lot"larga ajratilgan 64 ta tadbirkorlik sub'ektlariga berilgan. Bularda jami 1160 ta ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan. 2019-2020 yillarning o'tgan davrida jami 8,7 gektar er maydoni (67 %), umumiy qiymati 29,8 mlrd. so'm investitsiya kiritish va 796 ta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan 47 ta tadbirkorlarga ajratib berildi.
2020 yilning o'tgan davri mobaynida 21 ta loyiha ishga tushirilgan bo'lib, mazkur korxonalar tomonidan jami 25,3 mlrd.so'm investitsiya kiritildi. Mazkur korxonalar tomonidan 16,7 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
2020 yil yakuniga qadar yana 2 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 2,4 mlrd.so'm investitsiya kiritilib, 43 ta yangi ish o'rinlari yaratildi, shu qatori Buxoro shahrida ro'yxatdan o'tib, faoliyat olib borayotgan 14 ta tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan jami 4908,3 ming. dollarlik uskunalar import qilingan [5].
Bugungi kunda shahardagi 12 ta korxona tomonidan 15 turdagi import o'rnini bosuvchi mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan bo'lib, joriy o'tgan davr mobaynida 37,8 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib,
mahalliylashtirishning o'rtacha darajasi 49 foizni tashkil qildi. Investitsiya dasturi doirasida import o'rnini bosuvchi mahalliylashtirish loyihalar "Jihoz-nur konstruksiya" MCHJ negizida (metal profil quvur) "Omad Gvozd Shurup" MCHJ negizida (sim va armatura) "Sayfullo Mangu" MCHJ negizida (transformator va butlovchi qismlar) kabi korxonalar ishga tushirildi. Misol uchun "Buxoro tib-texnika" MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan 6 turdagi tibbiyot anjomlari mahalliylashtirish bilan birga yangi mahsulot bo'lib ham hisoblanadi. Bular: murakkab jarrohlik operatsiyalarida qo'llaniladigan - koronar stendlar, katetr va introdyuserlardir. Jahon bozorida ularning har birining o'rtacha narxi 1000-3000 AQSH dollarigacha tursa, o'zimizda 300 ming - 1 mln. so'm atrofidagi qiymatda ishlab chiqarilmoqda.
Importni optimallashtirish chora-tadbirlari hisobiga hamda pandemiya sabab 2020 yilda asosan oziq-ovqat mahsulotlari import qilinib, ularning hajmi bugungi kungacha 3 mln. 919,5 ming AQSH dollarni tashkil qildi [5].
Buxoro shahrida 2020 yilda umumiy qiymati 35 397,7 ming. AQSH dollarlik 66 ta eksportyor korxonaga eksport rejasi o'rnatilgan. Hozirda prognoz rejalari o'rnatilmagan qo'shimcha eksportni amalga oshirayotgan 22 ta yangi eksportchi korxonalar bo'lib, jami korxonalar soni 95 tani tashkil etmoqda.
Buxoro shahridan eksport mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Polsha, Germaniya, Belorussiya, Tojikiston, Azarbayjon, Pokiston, Afg'oniston, Xitoy va boshqa 30 dan ortiq davlatlarga amalga oshirilgan. 2020 yil uchun belgilangan eksport prognoz reja ko'rsatgichlarini bajarish va amalga oshirish bo'yicha yil davomida prognoz rejalari o'rganilib boriladi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy Buxoro shahrida iqtisodiy infratuzilmalarning rivojlanishi ijobiy natijalarga olib keladi. Aholi bandligi bilan bog'liq muammolar hal qilinadi va xalqning iqtisodiy farovonligi ta'minlanadi. Mazkur jarayonda korxonada ishlab chiqariladigan eksport tovarlarining yillik miqdori, mahsulotlar bo'yicha tijorat takliflari, korxona omborida mavjud eksport mahsulotlarining miqdorlari, eksportni ko'paytirish, qo'shimcha xorijiy hamkorlar topish, aylanma mablag' olishda korxonalarga ko'maklashish, eksport qilingan mahsulot uchun qo'shimcha qiymat soliqlarini qaytarish, elektr energiya va gaz ta'minotini yaxshilash kabi qator masalalar hal qilinib boriladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. S.Barotov "Mehnat yaratgan mo'jiza", "Buxoro",2018 y, 22-bet. ( S.Barotov "Miracle created by labor", "Bukhara", 2018, page 22
2. Buxoro shahar stasistika boshqarmasi ma'lumotlari
1195
3. buxstat.uz
4. Buxoro sharq durdonasi.T.1997 y,165-b. (Bukhara eastern pearl.T.1997, 165-p)
5. Buxoro shahar hokimligi ma'lumotlari
6. Z.Komilov. "YUtuqlar ko'p, ammo..." , Buxoronoma, 2020 yil 12 dekabr, №94,1-b (Z.Komilov. "There are many achievements, but ...", Bukhara, December 12, 2020, №94.1-p)