Научная статья на тему 'DIVERSIFIKATSIYA HUDUDLAR SANOATNI MUVOZANATLI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh YO‘NALIShLARI'

DIVERSIFIKATSIYA HUDUDLAR SANOATNI MUVOZANATLI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh YO‘NALIShLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
670
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diversifikatsiyalash / yangi uklad texnologik talab / mintaqa / sanoat siyosati / koronavirus pandemiyasi. / diversification / new technological requirements / region / industrial policy / coronavirus pandemic.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Davronbek Sharibjonovich Raximov

Maqolada sanoatni diversifikatsiyalash bo‘yicha ayrim yondashuvlar tadqiq qilingan, sanoat diversifikatsiyasining asosiy natijalaridan biri ishlab chiqilgan, diversifikatsiyalashgan kompaniya, xududlarda sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIVERSIFICATION REGIONS BALANCED STRATEGIC DEVELOPMENT OF INDUSTRY

The article explores some approaches to industrial diversification, develops one of the main results of industrial diversification, a diversified company, scientific proposals and practical recommendations for the development of processes of diversification of industrial production in the regions.

Текст научной работы на тему «DIVERSIFIKATSIYA HUDUDLAR SANOATNI MUVOZANATLI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh YO‘NALIShLARI»

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

DIVERSIFIKATSIYA HUDUDLAR SANOATNI MUVOZANATLI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh YO'NALIShLARI

Davronbek Sharibjonovich Raximov

Farg 'ona davlat universiteti tayanch doktoranti [email protected]

Annotatsiya: Maqolada sanoatni diversifikatsiyalash bo'yicha ayrim yondashuvlar tadqiq qilingan, sanoat diversifikatsiyasining asosiy natijalaridan biri ishlab chiqilgan, diversifikatsiyalashgan kompaniya, xududlarda sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tayanch so'zlar: diversifikatsiyalash, yangi uklad texnologik talab, mintaqa, sanoat siyosati, koronavirus pandemiyasi.

Abstract: The article explores some approaches to industrial diversification, develops one of the main results of industrial diversification, a diversified company, scientific proposals and practical recommendations for the development of processes of diversification of industrial production in the regions.

Keywords: diversification, new technological requirements, region, industrial policy, coronavirus pandemic.

DIVERSIFICATION REGIONS BALANCED STRATEGIC DEVELOPMENT OF INDUSTRY

Davronbek Sharibjonovich Rakhimov

Fergana State University base doctoral student davronbek.raximov8 [email protected]

ДИВЕРСИФИКАЦИЯ РЕГИОНОВ СБАЛАНСИРОВАННОЕ СТРАТЕГИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ОТРАСЛИ

Давронбек Шарибжонович Рахимов

Ферганский Государственный Университет базовый докторант davronbek. raximov8 [email protected]

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

Аннотация: В статье исследуются некоторые подходы к диверсификации промышленности, разрабатывается один из основных результатов диверсификации промышленности, диверсифицированная компания, научные предложения и практические рекомендации по развитию процессов диверсификации промышленного производства в регионах.

Ключевые слова: диверсификация, новые технологические требования, регион, промышленная политика, пандемия коронавируса.

O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda va 2030 yilgacha uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va "Sanoatni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish"ga qaratilgan davlat dasturlarida mintaqalar sanoatini o'stirishni ta'minlash, iqtisodiy faoliyat alohida turlarini rivojlantirishda haddan tashqari tabaqalashuvni yo'qotishning samarali vositasi sifatida diversifikatsiyalashga katta e'tibor qaratilmoqda.

Sanoatni diversifikatsiyalash vazifasi ob'ektiv xususiyatga ega, u "bilimlarga asoslangan" axborotlashgan jamiyatga va iqtisodiyotga o'tish bilan bog'liq ravishda texnologik ta'limotlarning almashinishi, globallashuv bilan ilg'orlashgan XXI asr voqeliklari bilan belgilanadi.

Ushbu maqolaning maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishga innovasion yondashuv sifatida sanoatda diversifikatsiyalashning mazmuni va ahamiyatini yoritishdan iborat. Qo'yilgan maqsad asosida diversifikatsiya jarayoni tushunchasining mazmunini, ushbu jarayonning rivojlanish bosqichlarini tavsiflash hamda O'zbekistonda rivojlanish manbalarini ajratish ishning vazifalari hisoblanadi.

Tadqiqotning ob'ekti - hududlarda canoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash jarayonida tajribalari va amaliyoti.

Tadqiqot usullari: rasmiy-mantiqiy, tarixiy, tizimli.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, barqaror iqtisodiy o'sishning eng muhim garovi - raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko'paytirish, tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish hisoblanadi.

S.Yu. Glazev o'z asarlarida diversifikatsiya tarkibiy islohotlar singari tizimning iqtisodiy samarali unsurlarini topish jarayoni sifatida o'rganilishini qayd etadi. Ya'ni tarkibiy islohotlar samaradorlik va maqbullik kabi tushunchalar bilan bog'liqdir. O.Krasilnikov "ishlab chiqarish tarkibini progressiv rivojlantirishdan maqsad va mezoni uning samaradorligini oshirish ekanligini qayd etadi, maqbullik nuqtai

nazaridan esa "qolgan barcha sharoitlar teng bo'lganda, maqbullik - ishlab

200

KIRISH.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI.

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

chiqarishning muvaffaqiyatli amal qilishining zaruriy tarkibiy qismi va muqarrar belgisi ekanligini ta'kidlaydi». Shu sababli sanoat sektori tarkibiga tatbiqan maqbullik mezoni bo'lib muvozanatlilik belgisi xizmat qilishi mumkin bo'lib, u iqtisodiyot sanoat sektorining amal qilish samaradorligini belgilaydi. Shunday qilib, sanoat diversifikatsiyasining asosiy natijalaridan biri uning yanada muvozanatlashgan tarkibi bo'lishi zarur. Ko'plab iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyot sanoat sektorining muvozanatlashgan tarkibi tizimning maqbul holati hisoblanadi. Muvozanatlashganlik ishlab chiqarish va iste'mol sohalari o'rtasidagi nisbatlarning muvozanatini, qayta ishlovchi va undiruvchi ishlab chiqarishlar ulushlarining maqbul nisbatini ko'zda tutib, ularning muvozanati sanoatda fan va texnologiyalarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Shunday qilib, muvozanatlashganlik - bu iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichi va yangi uklad texnologik talablariga muvofiq, shakllantiriladigan tarkibiy tuzilma yangi muvozanatli holatidir.

F. Kotlerning fikricha, diversifikatsiya yangi tarmoqlarga birlashish hisobiga firmaning o'sishini amalga oshirish usuli hisoblanadi.

Hozirgi zamon lug'ati quyidagi ta'rifni beradi: "Diversifikatsiya (lot. diversus — turli + facere — qilmoq so'zidan olingan):

1) xilma-xillik, har tomonlama rivojlanish;

2) ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, transport, qurilish) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat sohalariga birlashishi; diversifikatsiya natijasida ko'p tarmoqli majmualar vujudga keladi;

3) ishlab chiqariladigan buyumlar va ko'rsatiladigan xizmatlar turlari va assortimentining kengayishi yuz beradi".

I.Ansoff tomonidan berilgan umumiy ta'rif quyidagicha: diversifikatsiya — bu aniq olingan korxonalar tomonidan mavjud resurslarni boshqa faoliyat sohalariga qayta taqsimlash jarayoniga nisbatan qo'llaniladigan tushunchadir. Ushbu jarayon yangi texnologiyalarga o'tish, yangi bozorlarga qo'shilish va yangi ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy qilish imkoniyatiga tegishlidir. Kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulot mutlaqo yangi, uni ishlab chiqarish uchun investisiya zarur bo'ladi.

T. Kononing fikricha, bir kompaniyaning mahsuloti juda tor qo'llanishga ega bo'lsa, bunday kompaniya ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Agar ular xilma-xil qo'llanishini topsa, diversifikatsiyalashgan kompaniya bo'ladi. Biroq bozor munosabatlarining rivojlanishi aniq olingan vaqtda korxonani vaqt dinamikasida ixtisoslashgan korxona diversifikatsiyalashganiga yoki aksincha, o'zgarishi mumkinligi sababli birinchi yoki ikkinchi turga mutloq va nisbiy jihatdan kiritilishiga majbur qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

B.A. Chubning fikricha, ishlab chiqarish diversifikatsiyasining mazmuni makroiqtisodiy darajadan tortib, global darajaga qadar barcha darajalarda iqtisodiy tizimlar tabaqalashganligining o'sishi ob'ektiv jarayonidan iborat. Bunda diversifikatsiya ikkita qarama-qarshi jarayonlarning dialektik birligi sifatida chiqadi: tarkibiy-funksional tabaqalashuv va ma'lum iqtisodiy tizim doirasida turli-tuman unsurlarning integratsiyalashuvi. Shu orqali ishlab chiqarishning diversifikatsiyalashuvi iqtisodiy tizimning doimiy rivojlanishi uzviy unsuri sifatida yoritiladi.

Ishlab chiqarish diversifikatsiyasining birinchi darajali ahamiyati doimiy o'sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy va ma'naviy ne'matlar xilma-xilligini oshirishning zarurligidir. Bu esa ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini tashkil qilishning innovasion shakllarini joriy qilish yordamida yangi tovarlar va xizmatlarni dinamik rivojlantirish uchun asos hisoblanadi.

Tadqiqotning uslubiy asosini dialektikaning asosiy qoidalari va tamoyillari tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash jarayonlarini o'rganishda ommaviy hodisa va voqealarni miqdoriy o'rganish, ya'ni sanoat tarmog'i ishlab chiqarishi tarkibiga oid ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish uslubiga tayanildi. Ma'lumotlardan xulosa chiqarishda mantiqiy va taqqoslama tahlil, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan.

Koronavirus pandemiyasi ta'sirida boshlangan global iqtisodiy inqirozning o'ziga xosligi, bir vaqtning o'zida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi, shuningdek, yalpi talab va yalpi taklif shoklarining bir paytda yuzaga kelganligi bilan izohlanadi. 2020 yil II choragidan boshlab jahon iqtisodiyotida, shu jumladan, asosiy savdo hamkorlarimizda iqtisodiy faollikning keskin sekinlashishi, xomashyo narxlarining tushib ketishi fonida iqtisodiy pasayish tendensiyasi kuzatila boshlandi. 2020 yilning I choragida iqtisodiyotimizda ijobiy o'sish sur'atlari kuzatilgan bo'lsa, mart oyining ikkinchi yarmidan boshlab koronavirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi kurashish borasida joriy etilgan qat'iy karantin cheklovlari ta'sirida ichki iqtisodiy faollikning pasayishi, shuningdek, asosiy savdo hamkorlarimizdagi iqtisodiy pasayish va transport-logistika sohasidagi uzilishlar sababli eksport tovarlarimizga bo'lgan tashqi talabning qisqarishi kuzatildi.

TADQIQOT METODOLOGIYaSI.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yil davomida respublika sanoat korxonalari tomonidan 331,0 trln. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,6% ni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi o'sishining asosiy omili bo'lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati 9,4% ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni kondisiyalash 0,3% ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish 6,3% ga o'sishi hisoblandi, shuningdek, tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatda 1,0% ga pasayish kuzatildi.

Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o'sishining asosiy omili bo'lib ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat - 9.4% ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni kondisiyalash - 0,3% ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish -6,3 % ga o'sishi hisoblandi. Shuningdek, tog'-nok sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida - 1,0 % ga pasayish kuzatildi (1-jadval).

1-jadval

Sanoatning yalpi qo'shilgan qiymati tarkibi, mlrd so'mda

2017 y. 2018 y. Fizik hajm indeksi, % 2019 y. Fizik hajm indeksi, %

Sanoat 59 570,4 95 083,9 110,6 331000,0 106,6

Shu jumladan:

Tog' -kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 12 052,0 24 634,0 128,2 43000,0 99,0

Ishlov beruvchi sanoat 42 243,5 63 532,8 106,4 264400,0 109,4

Boshqa sanoat tarmoqlari 5 274,9 6 917,1 104,7 23600 108,3

Hududlarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, Andijon (2018 yilga nisbatan 114,7%), Xorazm (111,7%), Toshkent (108,2%), Namangan (114,0%), Samarqand (106,1%), Buxoro (108,9%) va Surxondaryo (109,3%) viloyatlarida hamda Toshkent (111,1%) shahrida sanoat ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada fizik hajm indeksi oshishiga imkon berdi.

Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko'pi Toshkent shahri (respublika sanoat ishlab chiqarish hajmining 17,7%), Toshkent (16,3%), Navoiy (13,5%), Andijon (10,0%), Qashqadaryo (6,2%) hamda Farg'ona (5,9%) viloyatlari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Eng past ko'rsatkich esa Surxondaryo (1,3%) hamda Jizzax

203

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

(1,4%) viloyatlariga to'g'ri kelmoqda. Bu esa ushbu mintaqa ishlab chiqarish sohasi diversifikatsiyasining past darajasini ko'rsatadi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Navoiy viloyatida (45067,7 ming so'm), Toshkent shahrida (45121,1 ming so'm), Toshkent (18470,0 ming so'm) va Andijon (10663,6 ming so'm) yiloyatlarida o'rtacha respublika darajasi ko'rsatkichidan ancha yuqoriligini ko'rsatmoqda.

Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi respublika jami hajmida eng yuqori ulushi Toshkent shahriga to'g'ri kelib, 21,4%, shuningdek, Toshkent viloyati 16,4% ni, Samarqanda viloyati 9,3% ni, Qashqadaryo viloyati 6,5% ni hamda Farg'ona viloyati 6,4% ni tashkil etdi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi o'sish sur'ati respublika o'sish sur'ati (116,4%) darajasidan yuqori ko'rsatkich Namangan viloyatida (125,5%) hamda Surxondaryo viloyatida (121,7%) qayd etildi.

Hududlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi respublika jami hajmidagi eng yuqori ulushi Andijon viloyatiga to'g'ri kelib, 32,5%, shuningdek, Toshkent shahri 20,3% ni, Samarqand viloyati 8,2% ni, Toshkent viloyati 7,2% ni hamda Xorazm viloyati 5,7% ni tashkil etdi. Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi o'sish sur'ati respublika o'sish sur'ati (110,3%) darajasidan yuqori ko'rsatkich Xorazm (127,3%), Andijon (119,9%) hamda Qashqadaryo viloyatlarida (116,0%) qayd etildi.

Reytingdagi past o'rin shu bilan izohlanadiki, mintaqa ishlab chiqarish sohasi tarkibida eksportga yo'naltirilgan xom ashyo tarmoqlari - metallurgiya va kimyo ishlab chiqarishi ko'proq rivojlanishga ega bo'lib, viloyatlar sanoat ishlab chiqarishi hajmining yuqori ulushini tashkil etadi. Bu mintaqalarda monotarkibli "xomashyo" ishlab chiqarish majmuasi shakllanganligidan dalolat beradi.

2019 yil davomida kichik biznes sub'ektlari tomonidan 115,4 trln.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 34,9% ni tashkil etdi. Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Namangan (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 73,9%), Toshkent shahrida (67,4%), Jizzax (66,5%), Samarqand (53,8%), Surxondaryo (53,0%), Sirdaryo (47,2%) va Farg'ona (43,6%) viloyatlarida

Asosiy yirik ishlab chiqarish korxonalari Navoiy (12,9%), Qashqadaryo (23,2 %), Andijon (21,4 %) va Toshkent (27,6%) viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida (22,2%) joylashganligi sababli jami sanoat ishlab chiqarish hajmida kichik biznesning ulushi pastligi kuzatildi.

kuzatildi.

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

2019 yil davomida respublikada 19530 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi, shundan 2796 ta (jami yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari hajmidagi ulushi 14,3%) Toshkent shahrida, 2043 ta (10,5%) Toshkent viloyatida, 1971 ta (10,1%) Samarqand viloyatida, 1830 ta (9,4%) Andijon viloyatida hamda 1663 ta (8,5%) Farg'ona viloyatida tashkil etildi.

O'zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o'sish sur'atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat. Strategik yo'nalish sanoatning eksportga yo'naltirilgan tarkibini vujudga keltirish va eksportda xom-ashyoga nisbatan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ulushini oshirish hisoblanadi.

Sanoat sektori iqtisodiyotidagi salbiy tendensiyalarni bartaraf qilish uchun diversifikatsiya jarayonini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish zarur. Diversifikatsiya g'oyasi sanoat siyosatining aniq maqsadi va vazifalarini belgilaydi hamda sanoatni rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Shu bilan bog'liq ravishda "sanoat siyosati haqidagi" qonunni qabul qilish hamda sanoatni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanib, uning doirasida diversifikatsiyalash jarayonini boshqarish yo'nalishlari shakllantirilishi zarur. Ushbu strategiya to'g'ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tarkibning muvozanatli holatini shakllantirish uchun sanoat tarmog'ini yanada rivojlantirish yo'nalishlarini belgilash imkonini beradi.

Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai nazaridan-mintaqa sanoati raqobatbardoshligini oshirish, o'z imkoniyatlari hisobiga ichki talabni qondirish, hududlararo, respublika va xalqaro bozorlar ulushini kengaytirish, sinergetika samarasini olish, resurs tejamkor siyosatni ishlab chiqish, byudjet yig'imlarini ko'paytirish, moliyaviy barqarorlik va hududlar mustaqilligini ta'minlash muhim hisoblanadi.

Shunday qilib, sanoat majmuasini diversifikatsiyalash hududlarni nafaqat bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko'rsatishga yuqori moslashtirish, zaruriy mahsulotga o'z ehtiyojlarini qondirish, mavjud sanoat salohiyatidan yuqori foydalanish va hududlarning raqobatbardoshlik maqomini oshirish, balki uning ijtimoiy rivojlanishi muammosini ham hal qilish imkonini beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Scientific Journal Impact Factor

SJIF 2021: 5.423

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ansoff I., McDonell E. Implanting Strategic Management. Prentice Hall, 1990. —568 r.www.stat.uz

2. Chilmatova, D. A., & Oripov, A. A. (2020). XIZMAT KO'RSATISh KORXONALARIDA XARAJATLARNI TANNARXGA OLIB BORISh USULLARI. MINTAQA IQTISODIYOTINIINVESTISIYALASHNINGMOLIYAVIY-HUQUQIY VA INNOVASION JIHATLARI (pp. 582-586).

3. Isakov, M. (2020). MI Abdurahim Ortiqov, Musaxon Isakov. Industrial iqtisodiyot. O 'quv qo 'llanma.-T. TDIU, 2019. Архив научных исследований, (27).

4. Ismoilova, S. Y. (2019). Fiscal advantages and disadvantagesof local government. Образование и наука в России и за рубежом, (16), 165-170.

5. Jurayev, Sh. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARAShLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

6. Mirzakarimova, M. (2012). Issues Of Labour Potential Growth And Effective Formation Of Employment Structure In Uzbekistan. European Journal of Business and Economics, 4.

7. Mirzakarimova, M. (2015). Arrangements of formation of effective employment in Uzbekistan. Spanish Journal of Rural Development, 6.

8. Mirzakarimova, M. (2018). Issues of providing employment in Uzbekistan. International Journal of Research in Social Sciences, S(1), 523-538.

9. Mirzakarimova, M. M. (2017). Prekarizatsiya: konseptual asoslari, omillari va baholanishi. Экономика и финансы (Uzbekistan), (7).

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ID-9413-son "O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida" gi qarori.

11. Polatov, S. N. (2020). XIX ASR OXIRI XX ASR BOShLARIDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT. Academic research in educational sciences, (4).

12. Rahmonaliyevich, K. D. (2020). Choosing the optimal rule of monetary policy, taking into account changes in the main macroeconomic indicators. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCh JOURNAL, 10(12), 1351-1356.

13. Rahmonaliyevich, K. D. (2020). Role Of Innovation In The Economy. The

American Journal of Management and Economics Innovations, 2(09), 43-47.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

14. Raximov, D. Sh. (2020). PERSPEKTIVI RAZVITIYa OTRASLEY PROMIShLENNOSTI UZBEKISTANA. In MINTAQA IQTISODIYo TINI INVESTISIYaLAShNING MOLIYa VIY-HUQUQIY VA INNOVASION JIHATLARI (pp. 523-527).

15. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO 'ShGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili. Academic Research in Educational Sciences, 2, 451-455.

17. Toshpulatov, I. A. (2019). PUTI ISPOLZOVANIYa OPITA ZARUBEJNIX STRAN V OBESPEChENII KONKURENTOSPOSOBNOSTI LEGKOY PROMIShLENNOSTI UZBEKISTANA. Zbiör artykulöw naukowych recenzowanych., 50.

18. Umarov, O., & Khakimov, D. (2020). CONCEPT OF GUARANTEED DEVELOPMENT OF ENCLAVE TERRITORIES. Экономика и социум, (6), 265268.

19. Абдуллаева, Ш. Э. (2019). Современное состояние и перспективы развития банковской системы в Узбекистане. Образование и наука в России и за рубежом, (16), 180-182.

20. Глазьев С.Ю. Теория долгосрочного технико-экономического развития [Текст] / С. Ю. Глазьев. - М. : ВлаДар, 1993.

21. Котлер Ф. Маркетинг XXI века. Маркетинг от А до Я. Новые маркетинговые технологии. Десять смертных грехов маркетинга: пер. с англ. / под ред. Т.Р. Тэор.— СПб.: Нева, 2005. — 432 с.

22. Рахимов, Д. (2019). Свободно-экономические зоны-расширение экспортного потенциала Узбекистана. Архивариус, (12 (45)).

23. Уринов, А. А. (2020). СТРАТЕГИЧЕСКИЕ НАПРАВЛЕНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ ПОЛИТИКИ. In МИНТАКА ЩТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-ХУКУКИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИ^АТЛАРИ (pp. 113-119).

24. Хакимов, Д. Р. (2019). Стратегические задачи по развитию государственно-частного партнерства. Образование и наука в России и за рубежом, (16), 158-161. 25. Чуб Б.А. Диверсифицированные корпорации в современной экономике России / под ред. д.э.н. В.В. Бандурина. — М.: Буквица, 2000. — 184 с. 26. Юлбарсова, Х. А. (2016). Формирование коммуникативной компетенции будущих учителей в процессе их подготовки к технологии эффективного общения. Молодой ученый, (20), 756-757.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.