Научная статья на тему 'XORIJIY INVESTITSIYALARNING MILLIY IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI'

XORIJIY INVESTITSIYALARNING MILLIY IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3359
455
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat dasturi / xorijiy investisiyalar / milliy iqtisodiyot / innovatsiyalar / samaradorlik / byudjet / moliya / investorlar. / Government program / foreign investment / national economy / innovation / efficiency / budget / finance / investors.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatov, Sirojiddin Asomiddinovich

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yukori sur’atlarini ta’minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy investisiyalar muhim o‘rin tutadi. Investisiyalarga e’tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOREIGN INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL ECONOMY

Investments, including foreign ones, play an important role in the rapid development and introduction of innovations in the production of the national economy and ensuring macroeconomic stability and high rates of economic growth in the economy of our country. Increased attention to investment has led to the development of investment activity in our country.

Текст научной работы на тему «XORIJIY INVESTITSIYALARNING MILLIY IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

XORIJIY INVESTITSIYALARNING MILLIY IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI

Mamatov Sirojiddin Asomiddinovich

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash departamenti birinchi toifali ish yurituvchi-kotibi

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o 'sishning yukori sur 'atlarini ta 'minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy investisiyalar muhim o'rin tutadi. Investisiyalarga e'tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.

Kalit so'zlar. Davlat dasturi, xorijiy investisiyalar, milliy iqtisodiyot, innovatsiyalar, samaradorlik, byudjet, moliya, investorlar.

Инвестиции, в том числе иностранные, играют важную роль в быстром развитии и внедрении инноваций в производство национальной экономики, обеспечении макроэкономической стабильности и высоких темпов экономического роста в экономике нашей страны. Повышенное внимание к инвестициям привело к развитию инвестиционной активности в нашей стране.

Ключевые слова. Государственная программа, иностранные инвестиции, национальная экономика, инновации, эффективность, бюджет, финансы, инвесторы.

Investments, including foreign ones, play an important role in the rapid development and introduction of innovations in the production of the national economy and ensuring macroeconomic stability and high rates of economic growth in the economy of our country. Increased attention to investment has led to the development of investment activity in our country.

Keywords. Government program, foreign investment, national economy, innovation, efficiency, budget, finance, investors.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Investision faoliyatda erishilgan aniq yutuq va muvaffaqiyatlarning keng va atroflicha tahlili, shu asosdagi muhim amaliy xulosalar, kelgusida e'tibor qaratishimiz lozim bo'lgan eng dolzarb masalalar orasida mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari va rivojlanish dasturlarini belgilashda, albatta, asosiy e'tibor xorijiy investisiyalarga qaratilayotganligini ta'kidlash kerak. Investision jozibadorlikni oshirish orqali quyidagilarga erishish mumkin:

- iqtisodiyotga milliy va xorijiy investisiya kirishi faollashadi, undan to'g'ri foydalanish natijasida real sektorga zamonaviy va resurs tejamkor texnika-texnologiya olib kelinadi, mavjudlari modernizatsiya qilinadi va tannarxi nisbatan past raqobatbardosh, exportga va milliy bozorga mo'ljallangan tovar ishlab chiqariladi;

- milliy va xorijiy investisiyadan foydalangan xolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi, sanoat va xizmat ko'rsatish singari tarmoqlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi;

- mamlakatda yangi tadbirkorlik sub'ektlarini shakllantirish va shu orqali ichki bozorda raqobat muxitini yaxshilash, axolini sifatli va arzon maxsulotlar bilan ta'minlash imkoni bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Investisiya faoliyatini moliyalashtirish bir qancha manbalardan xosil bo'ladi. Hozirgi kunda Respublikamizda investisiya faoliyatini moliyalashtirishning kuyidagi manbalari mavjuddir:

1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg'armalari.

2. Bank kreditlari xisobidan moliyalashtirish.

3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashkari fondlar mablag'lari xisobiga moliyalashtirish.

4. Xorijiy investisiyalar.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, xorij kapitali, xususan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb etish investisiyalashda eng samarali vosita hisoblanadi. Aynan xorijiy investisiyalar mamlakatda iqtisodiy va texnologik jarayonini harakatlantiruvchi omili bo'lib xizmat qiladi.

Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to'g'risida xabardor qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

o'zlashtirish sohasida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29-apreldagi PQ-4300 sonli "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan quyidagi yo'nalishlarda Davlat dasturi belgilab olindi:

• kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, bank-sug'urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish;

• to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun tayyor investisiya takliflarini ishlab chiqish;

• investisiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

• davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni tashkil etish.

Investision jozibadorlikni oshirish maqsadida ushbu qaror doirasida chet el investorlariga istiqbolli investisiya loyihalari taklif qilindi:

- Yoqilg'i-energetika va neft-kimyo tarmoqlarida investisiya takliflari (takliflar soni — 20, takliflar qiymati — 4 447,6 mln AQSh.doll.)

- Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlari va yengil sanoat sohalarida investisiya takliflari (takliflar soni- 13, takliflar qiymati — 537,3 mln AQSh.doll.)

- Qishloq xo'jaligi va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 26, takliflar qiymati — 551,2 mln AQSh.doll.)

- Yo'l-transport infratuzilmasi, kommunal uy-xo'jaligi qurilishi va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 5, takliflar qiymati — 534,3 mln AQSh.doll.)

- Ijtimoiy, turistik va farmasevtika sohalarida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 22, takliflar qiymati — 160,6 mln. AQSh doll.)

Hisobotga ko'ra, 2020 yilda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar quyidagi tarmoqlarda investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobardan ziyod (2,4 mlrd dollardan 3,5 mlrd dollargacha) o'sdi1, jumladan:

• NKMK — 636,5 mln dollar;

1 Stat.uz pacMHH cairn MainyMoraapu acocuga Ty3H^raH.

402

Scientific Journal Impact Factor

• «O'zbekneftgaz» AJ — 154,8 mln dollar («Sho'rtan GKM» MChJ — ishlab chiqarish quvvatini oshirish" — 122,7 mln dollar);

• «O'zeltexsanoat» AJ — 101,8 mln dollar (maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarish — 48 mln dollar);

• ATKR vazirligi — 89,4 mln dollar (keng polosali telekommuni-katsiya tarmog'ini rivojlantirish — 35,5 mln dollar);

• «O'zqurilishmateriallari» AJ — 91 mln dollar.

Davlatning investisiya faoliyati, davlatni o'zining funksiyalarini bajarish jarayonida vujudga keladi, ya'ni, iqtisodiy, mudofaa, huquqni himoya qilish, islohotchilik, ekologik, ijtimoiy va boshqalar. Investisiya faoliyati orqali davlat iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga real ta'sir ko'rsatadi, xalq xo'jaligi samaradorligini o'sishini, alohida tarmoq va hududlarni rivojlanishidagi to'sqinliklarni yo'q qilishni, yagona iqtisodiy hududni saqlab qolishni ta'minlaydi.

Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlatning markazlashtirilgan kapital quyilmalari faqat quyidagilarga ajratiladi;

- respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha investisiya loyihalarini davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;

- egasining nomi ko'rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo'yicha uy-joy qurilishiga;

- aholi yashaydigan joylarning, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;

- yangi yerlarni o'zlashtirish va sug'oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo'jaligi qurilishi va kichiq gidroenergetikani rivojlantirishga;

- maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infrato'zilmasining boshqa tarmoqlari ob'ektlarini qurilishiga;

- davlat boshqaruvi organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga;

- umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshoatlarini qurishga.

Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirildigan markazlashtirilgan kapital qo'yilmalar limitlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:

- davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag'lari belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetini shakllantirish chog'ida va yig'ma byudjet tarkibida tasdiqlanadi. Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investisiyalar va kreditlar esa, alohida ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosida

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tasdiqlanadi. Mamlakatimiz hududidagi korxonalarning asosiy vositalariga kiritilayotgan investisiyalarda xorijiy investisiyalarning salmog'i yildan yilga ortib bormoqda. Yillar kesimida asosiy vostilarga kiritilayotgan investisiyalar miqdorini tahlil qiladigan bo'lsak, 2016 yilda 51232.0 mlrd so'mni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2017 yilga kelib 72155.2 mlrd so'mga yetdi, ya'ni 20923.2 mlrd so'mga oshgan. 2018 yilda esa 124231.3 mlrd so'm, yani 2017 yilga nisbatan 72999.3 mlrd so'mga oshgan va 2019 yilda 195927.3 mlrd so'mni, 2020 yilda esa 202000.1 mlrd so'mni tashkil etgan. 2020 yil yakuniga ko'ra, asosiy kapitalga qo'yilgan investisiyalar hajmi real qiymatida 2019 yilga nisbatan 8,2 foizga kamaygan va 202 trln so'mni tashkil qilgan. Markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan investisiyalar hajmi 34,9 foizga kamayib, 39,3 trln so'mni tashkil etgan. Shuningdek, byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiyalar 33,6 foizga, O'TTJ mablag'lari 75,7 foizga, hukumat tomonidan ta'minlangan xorijiy investisiyalar va kreditlar 28 foizga kamaygan. 2020 yilda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar hajmi 32,7 foizga (kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni inobatga olmagan holda) kamayib, 2,9 mlrd dollarni (dollar ekvivalentida pasayish 33,8 foizga yetdi) tashkil etgan.

1-jadval

2016 y 2017y 2018y 2019y 2020 y

Davlat byudjeti(%) 4.3 4.8 4.5 8.5 6.5

Tijorat 10.8 12.6 17.8 15.7 14.1

kreditlarii(%)

Chet el 20.7 23.8 24.3 39.2 42.9

investisiyalari(%)

Investisiyalar moliyalashtirish manbalari2

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investision muhitni yanada yaxshilash, ishlab chiqarishni kengaytirish va uning samaradorligini oshirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, jahon amaliyoti va tajribasidan kelib chiqib, biznesning investisiya va innovasion faoliyatiga to'sqinlik qilayotgan muammolarni endi oddiy vositalar bilan, ya'ni imtiyozlar berish yoki yangi

2 Stat.uz pacMHH caftm MainyMOTnapu acocuga Ty3HnraH.

404

Scientific Journal Impact Factor

deklarativ me'yorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo'q. Xususiy investisiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan to'siqlarni aniqlash va yengib o'tish bo'yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faol ish olib borish orqali xorijiy investisiyalar oqimini ko'paytirish mumkin. Birinchidan, iqtisodiy o'sishning bir maromdagi yuqori va barqaror sur'atlarini saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo'lida bo'lgan modelini shakllantirish zarur. Ikkinchidan, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan biri bo'lgan infratuzilmaga yo'naltirilgan investisiyalarining jadal o'sishini ta'minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investisiyaviy faoliyatni rag'batlantirish ham faol tarzda olib borish.

Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investisiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to'siqlar va cheklovlarni to'liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o'rtasidagi munosabatlar optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada ta'minlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so'rovlari bilan ishlashni tashkil etish sifati yaxshilash.

To'rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarining kamaytirish.

Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi uchun zamin yaratishi mumkin bo'lgan O'zbekistonning eng istiqbolli sohalariga yo'naltirilgan investisiya siyosati strategiyasi ishlab chiqish.

Investisiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga ta'sir ko'rsatishini inobatga olgan holda, islohotlar ko'lami iqtisodiy, institusional, ta'lim, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, suv ta'minoti, energetika, transport va boshqa yo'nalishlarni qamrab oladi.

REFERENCES

1. "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi qonun. 2012 y. Qayumov R.I. Investisii. Uchebnoe posobie -2010 g. Toshkent. TDIU: 510 b.

Scientific Journal Impact Factor

2. Raimjonova M.A. O'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investisiyalarni jalb qilishni faollashtirish. Iqt. fan. nom. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. - T.: «BMA»,

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5621-son Farmoni.

4. "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo'ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PK-4937-son.

5. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 maydagi "O'zbekiston Respublikasining to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 420-sonli qarori.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4300 sonli qarori.

7. "Innovatsiya: iqtisod va fan" iqtisodiy ilmiy-amaliy oylik nashr., T.: 2020yil.

2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.