Научная статья на тему 'KICHIK SANOAT ZONALARI: QULAY BIZNES MUHITINI YARATISH VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM OMIL SIFATIDA'

KICHIK SANOAT ZONALARI: QULAY BIZNES MUHITINI YARATISH VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM OMIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1220
204
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin iqtisodiy zonalar / texnopark / kichik sanoat zonalari / kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / imtiyozlar / perefensiyalar. / free economic zones / technopark / small industrial zones / small business / private entrepreneurship / benefits / benefits.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ashurov, Muxammadjon Murodovich

Maqolada kichik sanoat zonalarini tashkil etish va kichik sanoat zonalarining faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rilgan. Kichik sanoat zonalarini rivojlanishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o‘sishi bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This is article discusses issues to improve the efficiency of existing and the creation of new small industrial zones. The author has scientifically substantiated the relationship between the development of small industrial zones and increasing the competitiveness of the national economy.

Текст научной работы на тему «KICHIK SANOAT ZONALARI: QULAY BIZNES MUHITINI YARATISH VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM OMIL SIFATIDA»

KICHIK SANOAT ZONALARI: QULAY BIZNES MUHITINI YARATISH VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM OMIL

SIFATIDA

Ashurov Muxammadjon Murodovich

Xonobod shahar Moliya bo'limi bosh hisobchi

ANNOTATSIYA

Maqolada kichik sanoat zonalarini tashkil etish va kichik sanoat zonalarining faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko'rilgan. Kichik sanoat zonalarini rivojlanishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o 'sishi bilan uzviy bog'liqligi ilmiy asoslangan.

Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy zonalar, texnopark, kichik sanoat zonalari, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, imtiyozlar, perefensiyalar.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются вопросы повышение эффективности действующих и созданию новых малых промышленных зон. Автором научно обоснована взаимосвязь развития малых промышленных зон с повышением конкурентоспособности национальной экономики.

Ключевые слова: свободные экономические зоны, технопарк, малые индустриальные зоны, малый бизнес, частное предпринимательство, льготы, льготы.

ABSTRACT

This is article discusses issues to improve the efficiency of existing and the creation of new small industrial zones. The author has scientifically substantiated the relationship between the development of small industrial zones and increasing the competitiveness of the national economy.

Keywords: free economic zones, technopark, small industrial zones, small business, private entrepreneurship, benefits, benefits.

KIRISH

Mamlakatimizda mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etish, hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asnoda yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishning muhim omili sifatida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini barpo etishga alohida e'tibor berilmoqda. Kichik sanoat zonalarining tashkil qilinishi zamonaviy raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish turlarini tashkil etish, yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholi daromadlarining o'sishini

ta'minlashga, mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish va hududlarni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Xususan, Prezident Sh. Mirziyoev tomonidan ta'kidlab o'tilganidek: "Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo'yicha investisiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub'ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim"1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanishda kichik biznes sektorini qo'llab-quvvatlash va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish sohasidagi davlat siyosati 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi belgilangan ustuvor yo'nalishlar asosida olib borilmoqda . Jumladan, Harakatlar strategiyasida faoliyat ko'rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish, yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat mulki xususiylashtirilgan ob'ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish vazifalari belgilangan.

Shuni ta'kidlash lozimki, o'rta va kichik biznes tushunchasini aniqlashda yagona yondashuv mavjud emas. Iqtisodiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, kichik va o'rta biznes mezonlarini aniqlash uchun ikkita umumiy yondashuv mavjud bo'lib, birinchi miqdoriy yondashuv o'z ichiga ishlovchilar soni, ishlab chiqarish quvvati, sotish hajmi, aktivlar qiymati va shu kabi mezonlarni qamrab oladi. Boshqa tomondan, sifat yondashuviga ustunlik berilganda, ya'ni biznesning ta'sischilari va boshqaruvchilari o'rtasidagi konsensus, ta'sischilar yoki boshqaruvchilarni o'z zimmasiga olishi mumkin bo'lgan biznes riskining darajasi, ta'sischilar yoki boshqaruvchilarning biznes ishidagi pozisiyasi va raqobat doirasida biznesdagi vaziyatga bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda ba'zi mezonlar sub'ektiv xarakterga ega bo'lib qolishi mumkin. Xususan, Turkiyada kichik va o'rta biznesni aniqlashda "Sanoat va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish va majburiyatlari to'g'risida"gi qonunga qo'shimcha moddalariga asosan xodimlar soni 250 nafar va yillik sotishdan tushgan tushum yoki balans qiymati 25 mln. turk lirasigacha bo'lgan mezonlar

1 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3Hgemu fflaBKaT Mnp3HëeBHHHr O^HH Marnera Mypo^aaraoMacn. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018.

2 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn npe3ngeHTHHHHr 2017 HHÏÏ 7 ^eBpangarn «Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHH aHaga pHBO^naHTupum 6ynHHa X,apaKaraap crpaTernacH TyFpncHga»rH n®-4947-coH^n ^apMOHH.

383

Scientific Journal Impact Factor

belgilangan. 2012 yida mazkur qoidalarga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, xodimlar soni 250 nafar va yillik sotishdan tushgan tushum yoki balans qiymati 40 mln. turk lirasigacha bo'lgan mezonlar asosida aniqlanadi.

Baginova va Belomestnovlar (2015) ta'kidlashicha, jahon iqtisodiyotining rivojlanish tajribasidan ko'rinib turibdiki, davlatning xavfsizligi, raqobatbardoshligi va barqarorligi kichik biznesning rivojlanish darajasiga bog'liqdir. Kichik biznesni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ularning qo'llab-quvvatlashni moliyaviy, mulkiy, huquqiy, infratuzilmaviy, uslubiy va boshqa barcha spektrdagi mexanizmlarini sifatli yangi darajadagi chora-tadbirlar va insturmentlarni shakllantirish bilan belgilanadi (Kolpakidi, 2019). Jahon iqtisodiyotida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasi ko'rsatmoqdaki, mazkur mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali, aholining turmush darajasini yuksaltirishga erishilgan. Masalan, Yelga a'zo mamlakatlarda 67 foiz, Germaniyada 65 foiz, AQShda 52 foiz, Yaponiyada 80 foiz va YeI mamlakatlarida 70 foiz banda aholining ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to'g'ri keladi (Zunnunova X., 2018).

Grishin (2006) fikricha, sanoat sohasidagi kichik biznes-bu boshqa tarmoqlardagi kichik korxonalardan farqli ravishda yanada yuqori qo'shilgan qiymat ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan murakkab tizimdir. Ushakova (2011) ta'kidlashicha, sanoat biznesidagi kichik korxonalarning faoliyat sohasi ishlab chiqarish resurslariga nisbatan yuqori bo'lmagan ehtiyoj va kam sonli bo'lgan iste'molchilar uchun ko'p bo'lmagan miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarish zaruriyatidan yuzaga kelgan. O'z navbatida, Aleksandrova (2011) kichik sanoat tadbirkorligini sanoat ishlab chiqarish sektoridagi kichik korxonalarning foyda olishga yo'naltirilgan faoliyati sifatida ko'rsatib o'tgan.

Baltimore (1967) fikriga ko'ra, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan 1962 yilda Ispaniyada olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib berilgan tavsiyalar bo'yicha hududlarda sanoat komplekslarini tashkil etish va rivojlantirish uchun sanoat-ishlab chiqarish erkin iqtisodiy zonalari barpo etilgan. Mazkur territoriyada faoliyat ko'rsatayotgan yoki faoliyat yuritmoqchi bo'lgan davlat va xususiy kompaniyalarga mahalliy sanoatga minimal hajmdagi investisiya va ma'lum miqdordagi bo'sh ish o'rinlari yaratilishi sharoitlarida tanlov asosida davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash va soliq perefensiyalari kafolatlangan.

Kuznesov va Kuznesovalar (2015) ta'kidlashicha, Ispaniyada hududiy rivojlanish vazifasi kichik va o'rta biznesni shuningdek, turizm sohasida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat bo'lib, maxsus iqtisodiy zonalar hududlar rivojlanishidagi muhim insturment bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda, mamlakatda turli shakldagi zonalar

Scientific Journal Impact Factor

faoliyat yuritib, bularga innovasion faoliyat uchun texnologik parklar, zamonaviy sanoat-ishlab chiqarish komplekslarini rivojlanishi uchun sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalar kiradi. Shu o'rinda, AQShning tadbirkorlik zonalari va texnoparklar tashkil etish tajribasiga alohida e'tibor qaratish lozim. AQShdagi tadbirkorlik zonalari uzoq davr davomida iqtisodiy faollik pasayishi kuzatilgan shahar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy yordam ko'rsatish dasturlarini federal byujetdan muqobil to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirish hisoblanadi.

Davlat boshqaruvining 3ta darajasidagi hokimiyat organlari qaroriga asosan tashkil etilishiga ko'ra, tadbirkorlik zonalari yuridik statusi bo'yicha federal, shtat va mahalliyga ajratiladi (Basenko, 2002). Tuman yoki shahar tadbirkorlik zonasi statusiga olish uchun quyidagi talablar qo'yiladi:

• mazkur tumanda yashovchi 70 foizdan ortiq aholining daromadi boshqa hududlar yoki mamlakat bo'yicha aholi o'rtacha daromadining 80 foizidan kam bo'lishi;

• mazkur tumanda ishsizlik darajasining boshqa hududlar yoki mamlakat bo'yicha o'rtacha darajadan sezilarli yuqori bo'lishi;

• amal qilish muddatini cheklanishi: 10-20 yil (federal tadbirkorlik zonalari 20 yilgacha tashkil etiladi);

• tegishli hokimiyat organlari qaroriga asosan tashkil tadbirkorlik zonalarining faoliyati uy-joy qurilishi va shaharni rivojlantirish vazirligi tomonidan nazorat qilinishi;

• tashkil etilgan tadbirkorlik zonalariga shtatlar darajasida beriladigan imtiyozlar (soliq, ma'muriy va boshqalar) bo'yicha majburiyatlarni aniq belgilanishi.

Hozirda ishlab chiqarishni rivojlantirish va ishsizlik darajasini kamaytirish ko'zda tutilgan davlat dasturlariga asosan AQShning 700ta shahar va tumanlarida 1500dan ortiq faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik zonalaridagi kompaniyalar uchun federal, shtat va mahalliy organlar tomonidan iqtisodiy hamda boshqa imtiyozlar berilgan. Xususan, qurilish va remont ishlariga federal soliqlar bo'yicha 5 foiz miqdorida soliq chegirmalari, kapital o'sishiga soliq to'lashdan ozod qilingan bo'lsa, shtatlar darajasidagi kompaniyalar to'laydigan daromad soliqlaridan 50 foiz miqdorida soliq chegirmalari belgilangan. Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun iqtisodiy rag'batlantirishlardan tashqari hisobotlar yuritishni soddalashtirilgan tartibi, atrof-muhitni muhofazasi va xavfsizlik normalari bo'yicha standartlarga talablarni kamaytirish ko'zda tutilgan. Raimjanova (2017) fikricha, har bir viloyatning o'z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda (ayniqsa aholi zichligini hisobga olgan holda) tadbirkorlik zonalari tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lib, ) tadbirkorlik zonalari mahalliy kapital va ishchi kuchiga tayangan holda ichki iqtisodiy vazifalarning

Scientific Journal Impact Factor

yechimiga qaratiladi. Shuningdek, tadbirkorlik zonalari tashkil etish dasturi sodda va tushunarli bo'lishi va asosiy e'tibor rag'batlar va imtiyozlar tizimiga qaratilishi lozim.

Adrianov (1997) fikriga ko'ra, erkin iqtisodiy hududlar milliy hududning bir qismi bo'lib, iqtisodiy muammolar yechimini topishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. T.P.Danko va Z.M. (1998) tomonidan erkin iqtisodiy hududlarni qulay investisiya muhitini yaratish hamda ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, ilmiy faoliyatni rag'batlantirish mexanizmi sifatida baholashgan. Sh.I.Mustafaqulov (2001) ta'kidlashicha, erkin iqtisodiy hudud - bu mamlakatning imidji ham. Erkin iqtisodiy hududlar, hatto, èmon faoliyat yuritgan taqdirda ham mamlakatni liberallashuviga xizmat qiladi. Erkin iqtisodiy hudud qaysi mamlakatda, uning qaysi hududida yaratilmasin, u ijtimoiy loyihadir. Hududni yaratish nafaqat hudud uchun qo'shimcha daromad keltiradi, balki butun mamlakat uchun turli shaklda foydali qaytim beradi.

Kolpakidi (2019) ta'kilashicha hududlarni rivojlantirish milliy loyihasidagi ko'rsatkichlarning bajarilishini ta'minlashda davlat darajasida tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirish ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu insturmentlar sifatida maxsus iqtisodiy zonalar, industrial sanoat parklari, texnoparklar, hududiy klasterlar, hududiy rivojlanish zonalari va boshqalarni keltirib o'tish mumkin. Mazkur ko'rsatib o'tilgan insturmentlar tadbirkorlik faoliyatini yuritishning qonunchilik bilan o'rnatilgan imtiyozli rejimda iqtisodiyotning ustuvor yo'nalish turlarini rivojlantirishda to'g'ridan-to'g'ri investisiyalarni jalb qilish imkoniyatini beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi "Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-2973-son qaroriga asosan kichik sanoat zonasi hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik sub'ektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik ijara muddatini yana 10 yilga uzaytirish imkoniyati bilan (loyihalarni amalga oshirish to'g'risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lash sharti bilan) ijara to'lovining quyidagi imtiyozli stavkalari asosida beriladi:

ishlab chiqarish maydonlari uchun - ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffisientni qo'llamasdan, davlat ko'chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to'lovining eng kam stavkasi miqdorida amalga oshirilishi;

yer uchastkalari uchun - qo'shimcha koeffisientlarni qo'llamasdan, Toshkent shahridagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan yer solig'ining eng kam stavkasi miqdorida o'rnatilishi.

Shu bilan birga, mazkur qarorda bir qator yengilliklar va soliqlar bo'yicha quyidagi imtiyozlar belgilangan:

Scientific Journal Impact Factor

Kichik sanoat zonalarining (keyingi o'rinlarda - KSZ) zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish uning chegarasiga tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirish bo'yicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent shahrining shahar byudjeti mablag'lari, shuningdek, «O'zbekenergo» AJ, «O'ztransgaz» AKning shaxsiy mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi;

KSZ ko'chmas mulkiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish davlat yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri korxonalari tomonidan to'lov undirilmasligi.

Ushbu qarorga muvofiq, tashkil etilayotgan KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarni xo'jalik yurituvchi sub'ektni KSZ hududida joylashtirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran, ikki yil muddatga yuridik shaxslarga solinadigan mulk solig'i va foyda solig'i, shuningdek yagona soliq to'lovidan (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo'llayotgan sub'ektlar uchun) ozod qilingan.

Biroq, nazarda tutilgan soliq imtiyozlari KSZ ishtirokchilari tomonidan eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda investisiya kiritilgandagina taqdim etiladi. Bundan tashqari, KSZ ishtirokchisining yillik tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam bo'lsa, ushbu nazarda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi, ularni tegishli hisobot yili uchun qonunchilikda belgilangan tartibda to'lash majburiyati tiklanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3356-son qaroriga asosan 2017 yilning 1 dekabridan boshlab erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini boshqarish hamda ular faoliyatini tashkil etishning yangi tizimi joriy etilishi, jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha tashkil qilingan hududiy komissiyalar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma'muriy kengashlari etib qayta tashkil qilinib, ularning asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari belgilab berildi va Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma'muriy kengashlari to'g'risidagi va erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi to'g'risidagi Nizomlar tasdiqlangan. Ushbu qarorda quyidagi tartiblar o'rnatilgan:

> O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida loyihalarni moliyalashtirayotgan barcha tijorat banklariga, tasdiqlangan kvotalar doirasida, kredit liniyalari ochilishini ta'minlash;

Scientific Journal Impact Factor

> ma'muriy kengashlarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari tashkil etilgan barcha hududlardagi yer uchastkalarini, shu jumladan, davlat mulki bo'lgan faoliyat yuritmayotgan bo'sh ob'ektlar va bo'sh yer maydonlarini tasarruf etish huquqi berilishi;

> erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish quvvatlari, birinchi navbatda, tortib kelingan muhandislik infrastrukturasiga ega bo'lgan hududlarda va faoliyat ko'rsatmayotgan bo'sh binolar, inshootlar hamda qurib bitkazilmagan ob'ektlar bazasida joylashtirilishi;

> 2018 yilning 1 martidan boshlab investorlar erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalariga axborot tizimlarini ko'llagan holda interfaol shaklda investisiya buyurtmanomalarini taqdim etishlari;

> investisiya kiritish to'g'risidagi bitimlarda nazarda tutilgan investisiya loyihasi parametrlarini bajarish bo'yicha belgilangan majburiyatlarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan bajarilmasligi tadbirkorlik sub'ektini erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan belgilangan tartibda mahrum etish uchun asos hisoblanishi;

> tadbirkorni erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uning erkin iqtisodiy zona hududidagi faoliyatini, shuningdek erkin iqtisodiy zona ishtirokchisiga mulk egaligi huquqi bilan tegishli bo'lgan boshqa ob'ektlarga nisbatan huquqlari to'xtatilishiga olib kelmasligi va bunda ushbu tadbirkorlik sub'ekti EIZ ishtirokchilari uchun berilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanmasligi;

> erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum bo'lgan tadbirkorlik sub'ektidan, zarur hollarda, yer uchastkasini olib qo'yish qonunchilikka hamda investor bilan tuzilgan investisiya kiritish to'g'risidagi bitim yoki boshqa shartnomalarga muvofiq amalga oshirilishi.

Mazkur qarorda soliq qonunchiligi o'zgarganda, KSZlarning ishtirokchilari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha amal qiladigan norma va qoidalarni qo'llash tartibi va 2017 yilning 1 noyabridan boshlab erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari-tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tuziladigan import shartnomalarini ekspertizadan o'tkazish talabi bekor qilinishi ko'rsatib o'tilgan.

Jahon tajribasidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosiy o'rinni egallaydi. Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan va tez o'zgaruvchan bozor iqtisodiyoti talablariga tezda moslashuvchan hisoblanadi. Bundan tashqari bu soha aholini ish bilan ta'minlashda, ularning daromadlarini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

Respublikada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay biznes muhitini yaratishga va va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini

shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jahon banki tomonidan har yillik nashr etib boriladigan "Biznes yuritish" hisobotida biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha dunyodagi mamlakatlarning reytingi taqdim etiladi. Mazkur reytingni tuzishda birinchi navbatda, kichik va o'rta biznes korxonalarning hayot sikli jarayonida, tashkil etilishidan to likvidatsiyaga bo'lgan davrda ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni o'zgarishlar kuzatilib va tahlilchilar tomonidan baholanib boriladi. "Doing Business" bo'yicha mamlakatlarning dunyo reytingida 190 ta mamlakat ichida 76 o'rinni (jadval) egallab turibdi.

Jadval

"Doing Business" bo'yicha mamlakatlarning dunyo reytingi*

Re yting Mamlakatlar EODB score EODB score change

1 Yangi Zealandiya 86.59 0.00

2 Singapur 85.24 +0.27

3 Daniya 84.64 +0.59

4 Gong Kong 84.22 +0.04

5 Koreya 84.14 -0.01

6 Gruziya 83.23 +0.48

31 Rossiya 77.37 +0.61

76 O'zbekistan 67.40 +1.08

77 Hindiston 67.23 +6.63

12 6 Tojikiston 57.11 +0.08

19 0 Somaliya 20.04 +0.06

*Manba: http://www.doingbusiness.org/methodology.

Shuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo'llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo'yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 12-o'rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta'minlash bo'yicha 41-o'rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo'llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo'yicha 91 -o'rinni egallab turibdi.

"Biznes yuritish"da baholangan o'n sohadan uchtasi: jumladan, xalqaro savdo, minoritar investorlarni himoya qilish va soliqqa tortishda yaxshilanishga erishgan. Jumladan, o'tgan yilga nisbatan savdo aloqalari, eksport import operatsiyalari hamda chegaralararo savdo (Trading across Borders) yo'nalishida - 5,5 foizga; soliq ma'murchiligida va sohadagi tub o'zgarishlar hamda soliq to'lovchilarda soliq madaniyatining oshishi natijasida soliqlarning to'lanishi (Paying Taxes) yo'nalishida

- 2,2 foizga; mamlakatga investisiyalar kiritish va investorlarni qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilish natijasida mvestorlarni himoya qilish (Protecting Minority Investors) yo'nalishida - 1,7 foiz o'sib, boshqa

-5

yo'nalishlarga nisbatan yuqori ko'rsatkich qayd etilgan .

Jahon bankining ma'ruzasida O'zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o'nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan. Ana shu yo'nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 59,4 foizga yoki 1,9 barobarga o'sgan. Shu bilan birga, jami sanoat mahsulotlarining 37,4 foizni, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholining 76,3 foizi mazkur sohada mehnat qiladi4.

Rasm. 2000-2018 yillarda kichik biznesning YaIMdagi ulushi o'zgarishi dinamikasi (YalM ga nisbatan % da)5

Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab quvvatlash va yanada rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida uning YaIM dagi ulushi 2000 yildagi 31,0 %dan 2018 yilda 59,4 %gacha yetdi (rasm). 2018 yil 1 mart holatiga mamlakat hududlari bo'yicha kichik sanoat zonalari umumiy qiymati 990 mlrd. so'mga teng 711 loyiha amalga oshirilgan, 15 mingdan ziyod ish o'rni yaratilgan6.

3https://uzlidep.uz/news-of-party/3976.

4-

http 5http 6http

//uza.uz/oz/politics.

//stat.uz.

//parliament.gov.uz/uz/events/committee/23612/.

Scientific Journal Impact Factor

Shu bilan birga, KSZ hududlarida joylashtirish uchun loyihalarni tanlashning aniq mezonlari mavjud emasligiga, loyihalarga muvofiq zarur muhandislik kommunikatsiya va infratuzilmalar qurilishini ta'minlash ishlari yetarli darajada emasligi, berilgan imtiyoz va qulayliklar bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmayotganligi, KSZlarini elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minotidagi hamda hududga olib boruvchi yo'llarning holati kabi muammolar mavjud. Xususan, viloyat tashkil etilgan KSZlarining 50 foizidan ortig'i suv, tabiiy gaz va elektr tarmog'iga ulanmagan, aksariyat ichki yo'llar yaroqsiz holatda va kanalizatsiya mavjud emas.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatdosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mineral-xomashyo va qishloq xo'jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo'yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etishga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda, hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish hamda aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirishda KSZlarning faoliyatini samarali tashkil etishda quyidagilar muhim hisoblanadi.

1. Kichik sanoat zonalarini tashkil etishda muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish bo'yicha loyihalarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash.

2. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, kichik sanoat zonalarida faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlariga ijara to'lovlarini tabaqalashtirish, iqtisodiy faol bo'lmagan hududlardagi kichik sanoat zonalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida respublika byudjetidan moliyalashtirish.

3. Kichik sanoat zonalarida faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlariga berilayotgan soliq va majburiy to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berish tartibini faoliyat turlari bo'yicha qayta ko'rib ko'rib chiqish.

REFERENCES

1. Ayranci A.E. & Ayranci E. (2015). A Research on Job Satisfaction Factors of Private Entrepreneurs: The Case of Beylikduzu Organized Industrial Zone. Procedia -Social and Behavioral Sciences. 268 - 277.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Celik, A. & Akgemici, T. (2007). Girisimcilik kulturu ve Kobi'ler [The culture of entrepreneurship and SMEs]. Ankara: Gazi Publications.

3. http://parliament.gov.uz/uz/events/committee/23612/.

4. http://stat.uz.

Scientific Journal Impact Factor

5. http://uza.uz/oz/politics.

6. http: //www.do ingbusiness. org/data.

7. https://uzlidep.uz/news-of-party/3976.

8. Smallbone, D., Piasecki, B., Venesaar, U., Todorov, K. & Labrianidis, L. (1999). Internationalization and SME development in transition economies: An international comparison. Journal for Small Business and Enterprise Development, 5(4), 363-375.

9. Stevenson, L. (2010). Private sector and enterprise development: Fostering growth in the Middle East and North Africa. Canada: IDRC Publications.

10. The economic development of Spain / International Bank for Reconstruction and Development (IBRD) -Baltimore, 1967.

11. Yoruk, N. & Ban, U. (2003). Kobi'lerin finansman sorunlari ve finansman sorunlarinin kaynaklarinin belirlenmesine yonelik bir uygulama [Fi nancial problems of SMEs and a research to determine the sources of financial problems]. Ankara: Gazi Publications.

12. Адрианов В.Д. Специальные экономические зоны. Журнал «ЭКО», 1997,(№3), С: 42.

13. Александрова Е. А. Управление развитием малого промышленного предпринимательства в условиях глобализации экономики : автореф. дис. ... канд. экон. наук : 08.00.05 / Е. А. Александрова. - СПб., 2011. - 217 с.

14. Багинова В. М., Беломестнов В. Г. Потенциал развития малого промышленного предпринимательства в регионе. Известия Иркутской государственной экономической академии. -2015. -Т. 25, № 6. - С. 999-003.

15. Басенко А.М. Функции свободных экономических зон в механизме интеграции национальной экономики в систему мирохозяйственных связей: Дис. д-ра экон. наук. - Ростов н/Д, 2002.

16. Гришин И. А. Особенности развития малого предпринимательства в российской промышленности / И. А. Гришин // Российское предпринимательство. 2006. № 7 (79). С. 24-29.

17. Данько Т.Л. Свободные экономические зоны в мировом хозяйстве// ИНФРА-М.-1998. С:168.

18. Зуннунова Х.М. Кредитование малого бизнеса - залог развития страны. кономические науки. 2018 г. с. 18-21.

19. Колпакиди Д.В. Современные инструменты развития малого и среднего предпринимательства в России: особые экономические зоны. Государственное регулирование экономики. ст.57-64.

Scientific Journal Impact Factor

20. Мирзалиева С.С. Эркин иктисодий зоналарни ривожлантиришнинг хориж тажрибаси: и.ф.н. илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация Автореферати . Тошкент. ТДИУ, 2001. 8-бет.

21. Мустафакулов Ш.И. Инвестицион мухит жозибадорлиги: назария, методология ва амалиет. Монография Тошкент. "Iqtisod-Moliya", 201. 326-бет.

22. Раимжанова М.А. Эркин тадбиркорлик худудлари фаолиятини ривожлантириш кичик бизнес ва тадбиркорликни ракобатбардошлигини ошириш омили сифатида. "Халкаро молия ва хисоб" илмий электрон журнали. № 4, август, 2017 йил.

23. Региональная политика: зарубежный опыт и российские реалии / Под ред. А.В. Кузнецова, О.В. Кузнецовой. - М.: ИМЭМО РАН, 2015. - 137 с.

24. Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://uza. uz/oz/poHtics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018.

25. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Хдракатлар стратегияси тугрисида»ги ПФ-4947-сонли фармони.

26. Ушакова О. А. Возрастание роли малого промышленного бизнеса в модернизации экономики / О. А. Ушакова / Известия высших учебных заведений. Поволжский регион. Общественные науки. - 2011. № 2 (18). - С. 178-

181.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.