Научная статья на тему 'JAMOAT XAVFSIZLIGIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O'RNI'

JAMOAT XAVFSIZLIGIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

749
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamoat xavfsizligi / axborot texnologiyalari / “Yo‟l xaritasi” / axborotni muhofaza qilish / konsepsiya / axborot texnologiyalari. / public safety / information technology / roadmap / information security / concept / information technology

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jumanazar Turgunovich Azimov

Ushbu maqolada jamoat xavfsizligida axborot texnologiyalarini o'rni batavsil yoritilgan. Shuningdek, Jamoat xavfsizligini ta‟minlashda qonun xujjatlarni qabul qilingan va “Yo‟l xaritasi”ni amalga oshirishda tahdidlar va chora-tadbirlar tahlil qilingan. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini zarurligi va bu orqali mamlakatning iqtisodiy o‟sishni ta‟minlash mumkinligi ilmiy asoslangan. Qolaversa, axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko„rsatadiki, jamoat xavfsizligini to„liq shakllanishi uchun konsepsiyasini joriy etilishi zarurligi tadqiqotimizda asoslangan. Bundan tashaqari, jamoat xavfsizligida axborot texnologiyalarini o'rni oshirish bo‟yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article details the role of information technology in public safety. Legislation on public safety has also been enacted and threats and measures have been analyzed in the implementation of the Road Map. It is scientifically based on the need to inform the public and the country's economic growth. In addition, the analysis of the state of affairs in the field of information security shows that the need to implement the concept for the full formation of public security is based on our research. In addition, conclusions and recommendations have been developed to enhance the role of information technology in public safety.

Текст научной работы на тему «JAMOAT XAVFSIZLIGIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O'RNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

JAMOAT XAVFSIZLIGIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O'RNI

Jumanazar Turg'unovich Azimov

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Qo'shinlar kundalik faoliyatini boshqarish kafedrasi dotsenti. [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamoat xavfsizligida axborot texnologiyalarini o'rni batavsil yoritilgan. Shuningdek, Jamoat xavfsizligini ta'minlashda qonun xujjatlarni qabul qilingan va "Yo'l xaritasi"ni amalga oshirishda tahdidlar va chora-tadbirlar tahlil qilingan. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini zarurligi va bu orqali mamlakatning iqtisodiy o'sishni ta'minlash mumkinligi ilmiy asoslangan. Qolaversa, axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko'rsatadiki, jamoat xavfsizligini to'liq shakllanishi uchun konsepsiyasini joriy etilishi zarurligi tadqiqotimizda asoslangan. Bundan tashaqari, jamoat xavfsizligida axborot texnologiyalarini o'rni oshirish bo'yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: jamoat xavfsizligi, axborot texnologiyalari, "Yo'l xaritasi", axborotni muhofaza qilish, konsepsiya, axborot texnologiyalari.

THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN PUBLIC

SECURITY

ABSTRACT

This article details the role of information technology in public safety. Legislation on public safety has also been enacted and threats and measures have been analyzed in the implementation of the Road Map. It is scientifically based on the need to inform the public and the country's economic growth. In addition, the analysis of the state of affairs in the field of information security shows that the need to implement the concept for the full formation of public security is based on our research. In addition, conclusions and recommendations have been developed to enhance the role of information technology in public safety.

Keywords: public safety, information technology, roadmap, information security, concept, information technology.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

KIRISH

Jamiyatni axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy jarayonidir. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni quyidagi qator muammolarning hal etilishini talab etadi [1]:

1. Hisoblash texnikasi vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq qilish.

2. Jamiyat a'zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o'rgatish.

3. Jamiyat a'zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to'la va samarali foydalanishlarini ta'minlash.

Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o'ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o'tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo'yicha ko'plab nashrlar e'lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o'z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma'lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko'rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya'ni qimmat turadigan jarayondir. Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta'minlashni ham taqozo etayotir [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib qo'shildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, "Xavfsiz shahar" yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasining o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash vazifalari belgilandi. Quydagi sohaning eng asosiy vazifalari hisoblanadi [3]:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

> axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va to'plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta'minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul qilish bo'yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

> axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo'yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

> qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provaydyerlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

> amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o'tkazish;

> davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko'maklashish;

> davlat axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog'i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

> Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog'i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo'layotgan tahdidlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo'yicha maslahat xizmatlari ko'rsatish;

> Jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta'minlash tizimini to'laqonli tashkil etish maqsadida "Xavfsiz shahar" yagona apparat-dasturiy kompleksini ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda "Elektron hukumat" tizimlariga integratsiya qilinishi sharti bilan yaratish;

> "Xavfsiz shahar" yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va keyinchalik uni butun respublika hududi bo'yicha joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish;

> jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta'minlash sohasida faoliyatning samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati va ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

> manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi texnologiyalardan foydalangan holda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta'minlash sohasida tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda qoidalarni ishlab chiqish;

> belgilangan vazifalarga muvofiq axborot xavfsizligi va jamoat huquq-tartibotini profilaktika qilish va ta'minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish.

Zamonaviy jamiyat hayotida ta'limning o'rni asosan axborot jamiyati tushunchalarida, axborot sivilizatsiyasini shakllantirish va ta'limni axborotlashtirishda o'z aksini topgan bilim va ma'lumotlarning rolining oshishi bilan belgilanadi. Kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish natijasida kelib chiqayotgan jamiyatda yuz berayotgan innovatsion o'zgarishlar sharoitida chet ellarda zamonaviy ta'limni rivojlantirishning eng dolzarb vazifalaridan biri bu axborotlashtirish va axborot jamiyatida ta'limni rivojlantirishning global tendentsiyalarini amalga oshirishdir [4].

Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo'nalishga ajratish mumkin: -mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish;

- ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish;

- tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish;

- aholiga xizmat ko'rsatish sohasini axbomatlashtirish;

- ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Har qanday fan borliqning ba'zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga bog'langan holda o'rganadi. Masalan, fanlarni o'qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. O'qitishning asosini nazariy bilim va o'zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi [5]. Har ikkala holda ham materialni o'zlashtirishda ma'lum darajadagi axborotlar majmui o'quvchilar ongiga yetkaziladi. Bilim olishda, yani ma'lum turdagi axborotlarni o'zlashtishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko'rinishda ifodalanishdan qat'iy nazar, uni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi: Birinchidan, o'qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an'anaviy) tizimga nisbatan o'quv jarayonini jadallashtirib, o'quvchida ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o'stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, o'quvchini o'quv jarayonining subyektiga aylantiradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta'lim - tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo'ladi [6]:

- muayyan predmetlarni o'qitishda kompyuter darslari;

- kompyuter darslari - ko'rgazmali material sifatida;

- o'quvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

- o'quvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

- o'quvchilarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h.k.

Umumta'lim maktablarida fanlarni o'rganish jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan bevosita muloqot qilishda o'quvchilar kompyuter texnologiyalardan kelgusida o'zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo'ladilar.

Shu bilan birga o'quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo'lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o'zgaradi. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning nafaqat o'qitiladigan fanlar bo'yicha, balki kompyuter va axborot texnologiyalari bo'yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo'lishlariga imkon yaratadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Tadqiqot davomida jamoat xavfsizligida axborot texnologiyalarini o'rni oshrish maqsadida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borishning mushohada, induktsiya va deduktsiya, dinamik qatorlar, analiz va sintez, monografik tadqiq etish, tizimli tahlil, taqqoslash va boshqa usullardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko'rsatadiki, muhofaza qilishning to'liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: - sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o'ta takomillashgan texnik vositalari; - axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi; - ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; -yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar. Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko'ra ma'lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo'q, aksincha barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'lib bormoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

ta'minlash yo'nalishidagi ishlarni "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o'zaro maqsadli hamkorligi yo'lga qo'yildi (1-rasm) [7].

1-rasm. Jamoat xavfsizligida axborotni muhofaza qilishning o'rni

Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas'ul davlat tuzilmalariga o'z faoliyatini "Barcha sa'y-harakatlar inson qadri uchun" degan ustuvor g'oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo'nalishlarini belgilangan [8].

Jamoat xavfsizligini ta'minlashdagi ilg'or xorijiy va milliy tajribalar asosida ishlab chiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilish maqsadida [9]:

O'zbekiston Respublikasijamoat xavfsizligi konsepsiyasini qabul qilish;

2022-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqish;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

2022-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasqidlash.

Konsepsiya va Strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi o'rnatish maqsadga muofiq:

2023-2025-yillarda har yili jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy qilish bo'yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi - har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining "Yo'l xaritasi" va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli chora-tadbirlar dasturlari ijrosi, shu jumladan, mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratlarni amalga oshrish (2-rasm).

2-rasm. Jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy qilish sxemasi

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rinda aytish mumkinki, axborot xavfsizligi tizimi - davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog'laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1301 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1295-1302

siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O'zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik yo'nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o'zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko'maklashish, axborotni muhofaza qilishning usul va vositalarini yaratish dolzarb masalalardan biridir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, axborotni muhofaza qilishda yetarli darajadagi yutuqlarga erishish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni birgalikda amalga oshirish zarur. Bu himoyalanadigan axborotning konfedensialligi, tahdidning tasnifi va himoya vositalarining mavjudligi bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. Maraximov A.R.. Raxmankulova SI. Internet va undan foydalanish,- Toshkent, 2001 y.

2. Abduqodirov A., Xaitov A., Rashidov R. Axborot texnologiyalari.- T.: «O'qituvchi», 2002 y.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Qodirov T., Ernazarov A. Kompioterda ishlashni o'rganamiz. Metodik qo'llanma. -A.Avloniy nomndagi XTXQTMOMI, 2006 y.

4. Ikromova X.Z. AKT va Internet texnologiyalaridan foydalanishni o'rganish. - Toshkent: O'zMU nashriyoti, 2010 y.

5. B.Boltayev, A.Azamatov va boshqalar.Informatika. 7-sinf uchun darslik(tajriba-sinov).-T., 2017 y.

6. B.Boltaev, A.Azamatov va boshqalar.Kompyuterning arifmetik asoslari // Toshkent, 2017.

7. Уктамов Х.Ф. Саноат корхоналари ицтисодий хавфсизлигини таъминлаш йуллари. «O'zbekistonda ilm- fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar» mavzusidagi 33-son. Konferensiya materiallari. 171-173 б. https://t.me/online_conference_materials

8. Уктамов Х.Ф., Файзиев. Р. А. Роль эконометрического моделирования в обеспечения устойчивого экономического роста страны. Молодежь в науке: новые аргументы новые аргументы 2018 й. 16-феврал. 45-50 б. file:///C:/Users/Admin/Downloads/2308

9. Uktamov X.F. Korxonalarning iqtisodiy xavfsizlik tizimini tashkil etishning nazariy asoslari."Узбекистон иктисодиётининг инновацион ривожланиши доир асида ташки иктисодий фаолиятни давлат томонидан тартибга солишнинг долзарб муаммолари" мавзусида республика илмий - амалий анжумани материаллари туплами. Тошкент: ТДИУ, 24.04.2019 йил. 126-129 б. file:///C:/Users/Admin/Downloads/2388

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1302 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.