Научная статья на тему 'BO‘LAJAK IQTISODCHILARNI ELEKTRON AXBOROT MUHITIDA KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH'

BO‘LAJAK IQTISODCHILARNI ELEKTRON AXBOROT MUHITIDA KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

385
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masofaviy ta‘lim olish shakllari / ma‘ruza / konsultatsiyalar / laboratoriya ishlari / namoyish tajribalar / nazorat ishlari / mustaqil ish / vebinar / masofaviy ta‘lim olish metodlari / xulosa / axborot-reseptiv metodi / reproduktiv metod. / forms of distance learning / lectures / consultations / laboratory work / exhibition experiments / observation / independent work / webinars / distance learning methods / abstracts / information gathering method / reproductive method.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shuxrat Axtamovich Djalilov

Maqola iqtisodchi kadrlarni elektron axborot muhitida ko‗nikma malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‗yiladigan talablarni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, kasbiy faoliyati davomida davriy va uzluksiz metodik tayyorgarligini oshirish texnologiyalar masalalari bayon qilingan. Shuningdek, masofaviy ta‘lim shakllari, masofaviy ta‘lim olish metodlari va bu metodlarning ahamiyati haqida keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF KNOWLEDGE OF FUTURE ECONOMISTS IN THE ELECTRONIC INFORMATION ENVIRONMENT

The article addresses the issues the content of advanced training of economists in the electronic information environment and improvement of quality requirements based on modern approaches, periodically during professional activities and issues of improving the methodology of lifelong learning. In addition, forms of distance learning, distance learning methods and the importance of these methods.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK IQTISODCHILARNI ELEKTRON AXBOROT MUHITIDA KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

BO'LAJAK IQTISODCHILARNI ELEKTRON AXBOROT MUHITIDA KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Shuxrat Axtamovich Djalilov

Samarqand iqtisodiyot va serviz instituti d [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqola iqtisodchi kadrlarni elektron axborot muhitida ko'nikma malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, kasbiy faoliyati davomida davriy va uzluksiz metodik tayyorgarligini oshirish texnologiyalar masalalari bayon qilingan. Shuningdek, masofaviy ta'lim shakllari, masofaviy ta'lim olish metodlari va bu metodlarning ahamiyati haqida keltirilgan.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim olish shakllari, ma'ruza, konsultatsiyalar, laboratoriya ishlari, namoyish tajribalar, nazorat ishlari, mustaqil ish, vebinar, masofaviy ta'lim olish metodlari, xulosa, axborot-reseptiv metodi, reproduktiv metod.

THE DEVELOPMENT OF KNOWLEDGE OF FUTURE ECONOMISTS IN THE ELECTRONIC INFORMATION ENVIRONMENT

ABSTRACT

The article addresses the issues the content of advanced training of economists in the electronic information environment and improvement of quality requirements based on modern approaches, periodically during professional activities and issues of improving the methodology of lifelong learning. In addition, forms of distance learning, distance learning methods and the importance of these methods.

Keywords: forms of distance learning, lectures, consultations, laboratory work, exhibition experiments, observation, independent work, webinars, distance learning methods, abstracts, information gathering method, reproductive method.

KIRISH

Bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'lim jarayonining eng asosiy xususiyatlari - bu uning yaxlitligi,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

tizimliligi, davriyligi va texnologiyaviyligidir. Yaxlitlik deganda tarbiyalash va o'qitish jarayonlari, shuningdek shaxsni rivojlantirish va shakllantirish jarayonlarining ajralmas birligi tushuniladi. Tarbiyalash va o'qitish, garchi ilm-fan ularni farqlasa-da, bir-biriga bog'liq va ko'p umumiylikka ega. Tarbiyaning mazmunida me'yorlar, qoidalar, qadriyatlar ustunlik qiladi. O'qitish asosan aql-idrokka ta'sir ko'rsatadi, tarbiyalash birinchi navbatda shaxsning iste'mol sohasiga aylangan. Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq atvoriga ta'sir ko'rsatadi va uning rivojlanishiga olib keladi. Bu o'ziga xos jarayonlar bo'lib, ilm-fan ularni tarbiya nazariyasi va didaktikada alohida ko'rib chiqadi. Bunda zamonaviy shart-sharoitlarda uslubiy tamoyil va ayniqsa dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlitligi ta'minlanadi.

Bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'lim jarayonini tizimli ravishda rivojlantirish jarayonning tuzilmasini, shuningdek ular o'rtasidagi aloqalarni ajratib ko'rsatilishini ifodalaydi. Bu har birining o'ziga xos xususiyati, mohiyatini, birining boshqasiga ta'siri natijasida o'zgarishini anglab yetishga yordam beradi. Masalan, o'qitishning maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, o'zlashtirganlik darajasi esa o'qitish usullarini tanlashga ta'sir ko'rsatadi va h.k. [1].

Jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'lim jarayonining tez takomillashishini va yangi texnologik muhitga moslashishini taqozo etadi. Moslashuvchan kasbiy ta'lim jarayonini tashkil etish zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, o'quv materiallarini yaratishning turli:

• kompyuter o'rgatuvchi tizimlarini yaratish;

• amaliy o'rgatuvchi kompyuter dasturlarini shakllantirish;

• o'qitishning turli usullari va vositalari orqali kasbiy ta'lim jarayonini shakllantirish bosqichlarida moslanuvchanlik tamoyilining bo'lishini talab etadi. Bunday tamoyil asosida tayyorlangan o'quv resurslari talabaning bilim darajasi, ma-lakasi, psixologik xususiyatlari, guruhlarning o'ziga xos xususiyatlari va ta'lim ber-ishning ijtimoiy-madaniy jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi.

Kasbiy ta'lim jarayonlarini axborotlashtirish - pedagogik-psixologik maqsad-larni amalga oshirishga yo'naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalarini tashkil etish va ulardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu jarayon zamonaviy axborotlashgan jamiyatda shaxsni rivojlantirish maqsadlarida ta'lim tarbiyaning tashkiliy shakllari,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

metodlari, mazmunini tanlash va metodologiyasini takomillashtirishni hamda talabaning intellektual salohiyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 140 - son qarori. www.lex.uz. Xalq ta'limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan Davlat talablari ("O'zstandart" Davlat agentligida 2013 yil 5 martda O'zDSt 2767:2013 3523-qayd raqami bilan ro'yxatga olingan).- Toshkent, 2012, 250 b. Karimov I.A. Tinchlik va xavsizligimiz o'z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog'liq. -Toshkent: O'zbekiston, 2004. - 400 b. V.A.Adolf Teoreticheskiye osnovi formirovaniya professionalnoy kompetentnosti uchitelya: dis. ped. nauk. M., 1998. 356 s. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 27.07.2017y. PQ-3151, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 30-son, 729-modda. Abdullayeva Q.M. Maxsus fanlarni o'qitishda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. - T.: 2006. - 182 b. Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. Axborot texnologiyalari. O'quv qo'llanma. T.: Noshir. 2009, 368b. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: "Moliya", 2003, -B.192. Атутов П.Р., Ложкин В.М. Подготовки преподвателей для профессиональной подготовки учащихся // Сов. Педагогика. - Москва, 1985. - №2. - С.54-57. Авазбоев А. И. Совершенствование подготовки учителей трудового, и профессионального обучения на основе интеграции содержания учебних предметов. Автореф. канд. пед. наук — Т.: 2001. - 21 с.

MUHOKAMA

Bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'lim jarayonining rivojlantiruvchi vazifalarga yo'naltirilganlik tamoyiliga ko'ra, talabalarda ma'lum bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirayotib, aniq bir mavzu bo'yicha darsning rivojlantiruvchi salohiyatidan samarali foydalanish maqsadga muvofiq [1]. Talabalar bilimi, malaka va ko'nikmalarini nazorat qilishning asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

muvaffaqiyatlarini aniqlash, takomillashtirish yo'llarini ko'rsatish va shu asosda talabalar uchun faol ijodiy faoliyat ko'rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda, talabalar tomonidan o'quv materiallarini o'zlashtirish sifati bilan, ya'ni o'quv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog'liq. Ikkinchi tomondan, nazoratning asosiy maqsadini aniqlashtirish, o'zaro va o'z-o'zini nazorat qilish bo'yicha yondashuvlarni o'rganish hamda o'zaro va o'z-o'zini nazorat qilishga bo'lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog'liq. Uchinchidan esa, bu maqsad talabalarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon bo'lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.

Talabalar o'qishini nazorat qilishning boshqa bir muhim vazifasi ularni tarbiya qilish bilan bog'liq bo'lib, ularda o'qishga javobgarlik, intizom, saranjomlik va soflik his-tuyg'ularini tarbiya qiladi. Ularda mehnatga layoqatlilikni, g'urur va irodani hamda mehnatga nisbatan muntazam ko'nikmani shakllantiradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining kasbiy ta'lim tizimida qo'llanishi mavjud bo'lgan ayrim tushunchalarni ham mazmunan, ham mohiyatan qayta ko'rib chiqishni taqozo etdi. Shu bois kasbiy ta'lim jarayonlarini tashkil etishda kompleks yondashuvni amalga oshirish boshlandi. Ta'lim va tarbiya ishlar jarayoni murakkab jarayon bo'lib, unda ta'lim muassasasining jamoasi, murabbiy va talabalarning o'zaro munosabatidagi yaxlitlik ta'minlanadi. Endilikda ushbu jarayon elektron formatdagi o'quv resurslari - rasmiy veb-saytlar, elektron formatdagi adabiyotlar, audio va video materiallar, o'rgatuvchi kompyuter dasturlari bilan uyg'unlashib bormoqda. Bu vaziyatda kasbiy ta'lim jarayonlari ko'proq talabaning ichki imkoniyatlari, intellektual salohiyati, axborotni qabul qilish va o'zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog'liq bo'lmoqda.

Elektron formatdagi o'quv resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, ko'rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu resurslar talabada ijodiy fikrlashni, kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur o'zlashtirish imkoniyatining mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega.

Bizning fikrimizcha, bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirish ta'lim jarayonlariga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

• yangi axborot texnologiyalarini kasbiy ta'lim jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;

• kasbiy ta'lim jarayoni uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini loyihalash va qo'llash;

• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko'nikmalarini shakllantirish;

• zamonaviy texnologiyalar negizida kasbiy ta'lim jarayonlaridagi samarador-likni kafolatlash.

Bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'lim jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1-jadval

№ Bosqichlar mazmuni Kutiladigan natija

1. Kasbiy ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning mavjud holatini tahlil qilish va baholash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning mavjud holati haqidagi dastlabki xulosalar olinadi

2. Kasbiy ta'lim moddiy-texnik bazasini takomillashtirish yo'llarini belgilash Kasbiy ta'lim jarayonlarining moddiy-texnik bazasi takomillashtiriladi

3. Kasbiy ta'limga oid elektron resurslarni yaratish bo'yicha ijodiy guruhlar faoliyatini tashkil etish va vazifalarini belgilash Resurslarni yaratish bo'yicha ijodiy guruhlar shakllantiriladi, vazifalar belgilab beriladi

4. Kasbiy ta'limga oid elektron resurslarni yaratish va foydalanish uchun tayyorlash Kasbiy ta'limga oid elektron resurslar yaratiladi

5. Elektron resurslardan foydalanish mexanizmini ishlab chiqish Elektron resurslardan foydalanish mexanizmi ishlab chiqiladi

6. Kasbiy ta'limga oid elektron resurslardan foydalanish samaradorligi monitoringini tashkil etish Kasbiy ta'limga oid elektron resurslardan foydalanish monitoringi tizimi yaratiladi

1-jadvalda bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirishda ta'lim jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bosqichlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida:

• axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirish ta'lim jarayonlarini tashkillashtirishda samarali foydalaniladi;

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 795 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

• bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirish ta'limning zamonaviy vositalari - elektron resurslarni joriy etish tizimla-ri yaratiladi.

Kasbiy ta'lim bo'yicha elektron resurslarni yaratishdagi didaktik tamoyillarga tayaniladi: ta'lim jarayonining kasbiy yo'nalganligi; texnologik dunyoqarashni shakllantirish; ilmiylik; tushunarlilik va qiziqarlilik; amaliyot bilan bog'langanlik; talabalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; kasbiy ta'limning uzviyligi va uzluksizligi; aniq va abstrakt tushuncha va faktlarning birligi; bilimlarni ongli rav-ishda o'zlashtirish; ko'rgazmalilik.

Ishlab chiqilgan elektron resurslarni kasbiy ta'lim jarayoniga qo'llashdan oldin mutaxassislar guruhi uni o'rganadi. Bizning fikrimizcha, yaratilgan elektron resurs-larning ilmiylik va taqdimot sifatini baholashda quyidagi holatlarga tayangan tizimni taklif etish mumkin:

• kasbiy ta'lim maqsadiga mosligi;

• o'quv faoliyati bayoni;

• axborotlarni taqdim etish darajasi;

• manba tuzilishi;

• ko'rinishi va dizayni;

• qo'shimcha illyustratsiya.

Elektron resurslar muayyan yo'nalishda bilimlar berishdan tashqari talabalarda kasbiy fanlarga oid tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak [4].

Elektron resurslar kasbiy ta'limning kundalik turmush va ishlab chiqarish bilan o'zaro bog'lanishini amalga oshirishi, hozirgi zamonda, tabiat va jamiyatning ilmiy muammolarini tushunishda talabalarga ko'maklashishi, ularni rivojlantirishi lozim. Shuningdek, talabalarda o'z bilimlarini uzluksiz takomillashtirish va mustaqil bilim olishni davom ettirish imkoniyatlarini yaratishga yordam berishi kerak [3].

Ta'lim-tarbiya elektron resurslarining yaratilish jarayonini quyidagi bos-qichlarga bo'lish mumkin:

1. Ta'lim-tarbiya elektron resurslarini yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Loyihalashtirish.

3. Taqdim etish shakllari va axborot bloklarining dizayni (interfeys).

4. Ta'lim-tarbiyaviy resurslarni joylashtirishga tayyorlash.

5. Tayyorlangan resurslarning tuzilmali elementlarini to'ldirish.

6. Yaratilgan ta'lim-tarbiya elektron resurslarini tajribada sinash.

7. Elektron resurslarni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

Kasbiy ta'lim elektron resurslarini yaratishda quyidagi talablar e'tiborga oli-

nadi:

• resurslarning to'liqligi, uzviyligi va kasbiy ta'lim mazmuniga mosligi;

• kasbiy ta'lim o'quv jarayonini individuallashtirish darajasi (yakkalashtirish);

• kasbiy ta'limning uzviyligi va izchilligini hisobga olish zarurligi;

• resurslarda zarur bo'lgan axborotlarning taqdim etilishi shakllari;

• resurslarni tez moslashuvchan va yangilab borish imkoniyatlari;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• asosiy bloklar va ular orasidagi o'zaro aloqa usullarining tarkibi.

Tatbiq jarayoni pedagogik va dasturiy darajalarda amalga oshiriladi. Pedagogik tatbiq darajasi resurslar va ulardan foydalanish harakat algoritmini o'z ichiga oladi.

Dasturiy tatbiq darajasi bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirish ta'lim jarayonining har bir bosqichida resurslardan om-maviy foydalanish darajasini aniqlab beradi. Dasturiy tatbiq darajasida resurslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

• jarayonda qatnashuvchilarning barchasiga tushunarli bo'lishi;

• kasbiy ta'limning istalgan bosqichida tizimning har bir qadamini yetarlicha aniq yoritishni ta'minlashi;

• kasbiy ta'lim jarayonining har qanday bosqichida, hatto eng murakkab bo'g'inida ham adekvat ta'sirga ega bo'lishi;

• o'quv jarayonining barcha bosqichlarida psixologik-pedagogik o'ziga xoslikni hisobga olish;

• boshqa dasturlar bilan o'zaro aloqa imkonini ta'minlash.

Elektron resurslarini tizimlashtirish - mazmun, uslub, tashkiliy, shakl va axborot texnologiyalari vositalarining tahliliga yangicha yondashuvni talab qiladi.

Bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirish ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishning samaradorligiga quyida keltirilgan shartlar bajarilgandagina erishish mumkin:

• o'quv jarayonini axborotlashtirishning o'zi kasbiy ta'lim maqsadini o'rnatishdan tortib, yakunlash natijasigacha bo'lgan bosqichlarni loyihalashtirish tizimi sifatida namoyon bo'lsa;

• kasbiy ta'lim jarayonining axborotlashtirilishi uning barcha tashkil etuvchilariga yo'naltirilgan bo'lsa;

• elektron resurslardan foydalanish kasbiy ta'lim mazmuniga qo'yilgan talabga hamda talabaning kasbiy rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lsa.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

O'quv jarayonida individual yondashuvni tatbiq qilish ta'limning rivojlanuvchi modelini o'z ichiga olishi kerak:

• mantiqiy va tizimli fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish: ijodiy fikrlovchi qarama-qarshiliklarni ko'ra olishga layoqatli, shuningdek, mustaqil ravishda muammolarni qo'ya oluvchi va hal qila oluvchi mutaxassislarni tayyorlashni ta'minlashi;

• tizimli qaytar aloqani ta'minlash: qaytar aloqa pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri tashkil etilishi kerak, ya'ni u nafaqat yo'l qo'yilgan xatoliklar haqida, balki ularni bartaraf etish borasidagi axborotlarni ham o'z ichiga qamrab olishi;

• rivojlangan yordam tizimining mavjudligi: yordam tizimi ko'p darajali, pedagogik nuqtai nazardan asoslangan, masalaning ifodalari va uni yechish usulining o'zlashtirilishi uchun yetarli bo'lishi;

• ta'limiy resurslarning to'liqligi: axborotlar bazasi, vazifalar bankini ko'p darajali tashkil etishning mavjudligiga oid qo'yilgan talablarga rioya qilish;

• intellektual yadroning mavjudligi: dasturiy vositalar bunday yadroning ekspert tizimlari va sun'iy intellekt vositalarini qurishda berilganlarni qayta ishlash usullarini tatbiq qilish hisobiga ta'minlash;

• pedagogik moslashuvchanlik: resurslar foydalanuvchiga faoliyat strategiyalarini ixtiyoriy tanlash, axborotlarning uzatilish tezligiga mos faoliyatni tashkil etish hamda mustaqil qaror qabul qilishga imkon berishi kerak. Avval o'zlashtirilgan resurslarga kirish, ulardan ixtiyoriy vaqtda chiqish imkoniyati ta'minlangan bo'lishi;

• ikki tomonlama muloqotni ta'minlash: foydalanuvchi savol bera olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak, bunda boshqarish nafaqat kompyuter tomonidan, balki o'rganuvchi tomonidan ham amalga oshirilishi;

• orqaga qaytish imkoniyati: mustaqil ishlash davomida foydalanuvchi yo'l qo'ygan xato harakatlarini ortga qaytarish hollari ko'rib chiqilgan bo'lishi;

• foydalanuvchining refleksiyasi uchun maxsus ajratilgan joyning mavjudligi: dastur o'rgatilayotgan harakatlarni ketma-ket to'g'rilash maqsadida refleksiyaning natijalarini to'plashi;

• o'quv faoliyatining borishini va uning natijalarini hujjatlashtirish imkoniyati: dasturni tuzuvchi dasturga zaruriy axborotni to'plashi va qayta ishlashiga mo'ljallangan modullarga ega bo'lishi;

• tushunarli, qulay interfeysning mavjudligi: dastur axborotni matn, grafika,

animatsiya, gipermatn, multimedia ko'rinishida namoyon qilishning barcha

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 798 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

usullaridan adekvat foydalanilgan holda tuzilgan bo'lishi kerak. Foydalanuvchi axborot materialini har ikki tomonlama, "oldinga", "orqaga" tarzda varaqlash imkoniga ega bo'lishi kerak. Foydalanuvchi shriftning o'lchami va tipini o'rnatish, shuningdek, ixtiyoriy fragmentni istalgan marotaba qaytarish imkoniga ega bo'lishi;

• dasturning statistik (matnli, grafik, illyustrativ) qismlarining aniq nusxasini olish imkoniyatini ta'minlash: tanlangan axborotni shaxsiy elektron konspektga nusxalash, uni tahrirlash va dasturiy mahsulotdan chiqmagan holda chop etish imkoniyati.

Keyingi bosqichlarda kasbiy ta'lim elektron resurslarini bezash usullari ishlab chiqiladi. Bu jarayon WEB - dizayn bo'yicha mutaxassislar, dasturiy ta'minotni qayta ishlovchilar, shuningdek psixologlarning takliflari asosida amalga oshiriladi.

Kasbiy ta'lim resurslarni joylashtirishga tayyorlash jarayoni qat'iy texnik talablarga mos bo'lishi zarur. Buning uchun avvaldan multimedia fayllarining o'lchami va shakllari bo'yicha ma'lum imkoniyatlar yaratilishi kerak:

• rasmli va tasvirli fayllarning tipi va kompressiyaning imkoniyati;

• ovozli fayllarning tipi, kompressiyaning imkoniyati;

• video fayllarning tipi, kompressiyaning imkoniyati;

• animatsiyalarni yaratish;

• ko'rish uchun dasturiy ta'minot yaratish.

Materiallar standart dasturiy va apparatli ta'minotga, xususan, 600*800 pikselli ekranda ko'rishga moslashgan bo'lishi kerak.

Pedagogik tajriba va sinovdan o'tkazishda foydalanuvchining ixtiyoriy ho-latdagi resurslarga har bir murojaati, aloqasi va reaksiyasining to'g'riligini tekshirish, resurslarni tahrirlash uchun mos malaka va tajribaga ega bo'lgan mutaxassis jalb eti-ladi, resurslar haqida xulosa chiqarishga pedagoglar, foydalanuvchilar, ekspertlarni jalb qilish tavsiya etiladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari yordamida turli shakldagi kasbiy ta'lim bo'yicha elektron resurslar yaratishning keng imkoniyatlari mavjud. Bunda Power Point, Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muharrirlari va Microsoft Word, Adobe Photoshop, CorelDraw, Acrobat Reader, Director, Macromedia Flash kabi dasturiy vositalarning imkoniyatlari juda katta hisoblanadi.

Yuqoridagi talablarni amaliyotga joriy qilish kasbiy ta'lim bo'yicha elektron resurslar majmuasini shakllanganlik darajasiga ko'ra uni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyatini beradi. Tadqiqot ishlarimiz natijasida kasbiy ta'limga oid

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

elektron resurslar majmuasini shakllantirish va amaliyotga joriy etishning quyidagi bosqichlari taklif etildi:

• elektron resurslar majmuasini shakllantirishni birinchi bosqichida matnli, audio, video, animatsiyali axborotlarning elektron versiyalari ishlab chiqiladi;

• ikkinchi bosqichda yaratilgan majmua resurslarini joylashtirish uchun dasturiy platforma ishlab chiqiladi;

• uchinchi bosqichda elektron resurslar majmuasi yaratilib, undan foydalanishning masofali yoki aralash-an'anaviy va zamonaviy texnologiyalari bo'yicha o'zlashtirish imkoniyatlari ta'minlanadi.

XULOSA

Bo'lajak iqtisodchilarni elektron axborot muhitida ko'nikmalarini rivojlantirish ilmiy tadqiqot ishlarni va nazariy qoidalarni tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:

-loyihalashtirish hozirgi zamon ijtimoiy va pedagogik adabiyotlarda keng qo'llaniladigan va ta'lim tizimidagi o'zgarishlarning hozirgi holatini aks ettiruvchi atama;

-pedagogik loyihalashtirish pedagogika va tadqiqotchilarning pedagogik amaliyotida hozirgi zamon masalalarini yechishga imkon beruvchi modellarni yaratish, asoslash va taqdim etishga yo'naltirilgan amaliy faoliyati;

- pedagogik loyihalashtirishni pedagogik jarayondagi turli muammolarni yechishga yo'naltirilgan faoliyatning tuzilmaviy va protsessual harakteristikasi sifatida qarash mumkin;

- pedagogik loyihalashtirish ta'lim tizimi faoliyati va rivojlanishini boshqarish mexanizmlaridan biri;

-turli darajadagi va harakterdagi ta'lim tizimlari, ularning tuzilmaviy komponentlari pedagogik loyihalashtirishning ob'ektlari bo'lishi mumkin;

- pedagogik loyihalashtirish - mahsuldor faoliyat, uning mahsuli loyiha va uni joriy etish dasturi, shuningdek loyihani joriy etishdagi ta'lim natijasi;

- pedagogik loyihalashtirish uning sub'ektlarining individual va jamoaviy ilmiy va amaliy tajribasi, ularning proyektiv va ijodiy-ta'limiy faoliyati bilan o'zaro bog'liq va shuning uchun uning ishtirokchilar mazkur tajribani o'zlashtirishlari muhim hisoblanadi;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-791-801

- ta'limiy tadqiqotlar jarayonida va ta'lim amaliyotida pedagogik loyihalashtirish funksiyalarning kengligi va xilma-xilligi nazarda tutilsa, bunga har-xil kasbiy toifadagi pedagoglarni o'rgatish zarur bo'ladi.

Elektron axborot ta'lim muhitida kasbiy ta'lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirishning ob'ektiv murakkabligi, loyihalash jarayonida o'qituvchining metodik qo'llab-quvvatlash bo'yicha maxsus ishlab chiqiladigan dasturda hisobga olinishi lozim. Amaliyot ko'rsatdiki, elektron axborot ta'lim muhitida kasbiy ta'lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish qator omillarga bog'liq. Pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasi, elektron ta'lim resurslari, texnologik yondashuvlar va boshqalar shular jumlasidandir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 140 - son qarori. www.lex.uz

2. Xalq ta'limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan Davlat talablari ("O'zstandart" Davlat agentligida 2013 yil 5 martda O'zDSt 2767:2013 3523-qayd raqami bilan ro'yxatga olingan).- Toshkent, 2012, 250 b.

3. Karimov I.A. Tinchlik va xavsizligimiz o'z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog'liq. - Toshkent: O'zbekiston, 2004. - 400 b.

4. V.A.Adolf Teoreticheskiye osnovi formirovaniya professionalnoy kompetentnosti uchitelya: dis. ped. nauk. M., 1998. 356 s.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 27.07.2017y. PQ-3151, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 30-son, 729-modda

6. Abdullayeva Q.M. Maxsus fanlarni o'qitishda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. -T.: 2006. - 182 b.

7. Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. Axborot texnologiyalari. O'quv qo'llanma. T.: Noshir. 2009, 368b.

8. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: —Moliya", 2003, -B.192.

9. Атутов П.Р., Ложкин В.М. Подготовки преподвателей для профессиональной подготовки учащихся // Сов. Педагогика. - Москва, 1985. - №2. - С.54-57.

10. Авазбоев А. И. Совершенствование подготовки учителей трудового, и профессионального обучения на основе интеграции содержания учебних предметов. Автореф. канд. пед. наук — Т.: 2001. - 21 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.