Научная статья на тему 'IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA: SHAKLLANISHI, RIVOJLANISHI VA MUAMMOLARIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR'

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA: SHAKLLANISHI, RIVOJLANISHI VA MUAMMOLARIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2938
178
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy va ijtimoiy geografiya / tabiiy geografiya / aholi / hududiy mehnat taqsimoti (HMT) / rayon / mintaqaviy iqtisodiyot / economic and social geography / natural geography / population / territorial division of labor (HDI) / region / regional economy

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jo‘rabek Abduazizovich Namozov

Maqolada iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani shakllanishi va rivojlanishi hamda uning tarmoqlanish jarayoni to‘g‘risida mulohazalar keltirib o‘tilgan. Fanning rivojlanishi jarayonida metodologiyasi va nazariyasining o‘zgarib borishi bilan bog‘liq muammolar ilmiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC AND SOCIAL GEOGRAPHY: SOME CONSIDERATIONS ABOUT FORMATION, DEVELOPMENT AND PROBLEMS

The article discusses the formation and development of economic and social geography, as well as its branching process. Problems related to changes in methodology and theory during the development of science have been scientifically analyzed.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA: SHAKLLANISHI, RIVOJLANISHI VA MUAMMOLARIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA: SHAKLLANISHI, RIVOJLANISHI VA MUAMMOLARIGA OID BA'ZI MULOHAZALAR

Jo'rabek Abduazizovich Namozov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani shakllanishi va rivojlanishi hamda uning tarmoqlanish jarayoni to'g'risida mulohazalar keltirib o'tilgan. Fanning rivojlanishi jarayonida metodologiyasi va nazariyasining o'zgarib borishi bilan bog'liq muammolar ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, tabiiy geografiya, aholi, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), rayon, mintaqaviy iqtisodiyot

ECONOMIC AND SOCIAL GEOGRAPHY: SOME CONSIDERATIONS ABOUT FORMATION, DEVELOPMENT AND PROBLEMS

ABSTRACT

The article discusses the formation and development of economic and social geography, as well as its branching process. Problems related to changes in methodology and theory during the development of science have been scientifically analyzed.

Keywords: economic and social geography, natural geography, population, territorial division of labor (HDI), region, regional economy

KIRISH

Fanlar o'rtasida differensiatsiya jarayoni boshlangach, alohida - alohida fan tarmoqlari vujudga kela boshladi. Bunda dastlabkilari keyingilari rivojlanishiga yordamchi vazifasini bajarib berdi deyish mumkin. Tarixdan ma'lumki, har bir davrda ayrim fanlarga ehtiyoj boshqalariga nisbatan ko'proq bo'ladi. Chunki, shu vaqtda, ma'lum bir joydagi vaziyat shuni taqozo etadi. Masalan: olam va odamni o'rganishga bo'lgan qiziqishlar orqali dastlabki fan "falsafa" vujudga keldi va rivojlandi (mil.avv. V-XI asrlar). Undan amaliy falsafa ajralib chiqdi, so'ngra boshqa fanlar mana shu ikki fan negizida shakllanib tarmoqlana boshladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

Geografiya fani ham kishilarning atrof - muhitga bo'lgan qiziqishlar orqali yuzaga keldi. Bu haqda dastlab, qadimgi yunon olimi, ushbu fanning otasi Eratosfen aniq ma'lumot berdi, "geografiya" terminini ilk bora fanda ishlatdi. Strabon ham geografiya to'g'risida 17 ta kitob yozib, juda ko'p ma'lumot qoldirdi. Biroq XV-XVIII asrlarga kelibgina, ya'ni "buyuk geografik kashfiyotlar" davrida, bu fan ayniqsa juda tezlik bilan rivojlanib ketdi. Ushbu jarayon dunyoning barcha joylari o'rganilib bo'lguncha davom etdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya metodologiyasiga oid tadqiqotlar bilan juda ko'p geograf olimlar shug'ullanishgan. Bu borada rus geograflaridan dastlab E.Den fanning iqtisodiy geografiyani ishlab chiqarish bilan bog'lagan bo'lsa (Дэн Э.М. «Курс экономической географии»), N.Baranskiy va A.Grigoryev rayonlar ahamiyatini kuchaytirib berdi (Баранский Н.Н. Избранные труды. Научные проблемы географии). Saushkin esa fanning fundamental tushunchasi bo'lgan "hududiy mehnat taqsimotini asoslab berdi".

O'zbek olimlaridan Z.Akramov, T.Raimov, A.Qayumov va boshqalar fanning turli yo'nalishlari bo'yicha tadqiqot olib bordilar. Ayniqsa, A.Soliyev iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nazariyasi hamda metodologiyasiga oid asarlari bilan fanning rivojlanishiga ulkan hissasini qo'shdi (Солиев А.С. Иктисодий география: назария, методика, амалиёт).

NATIJALAR

Geografiya ham fundamental fanlar qatoriga kirganligi uchun, jamiyat rivojini usiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Biroq so'nggi yillarda, dunyo miqyosida, shular qatori yurtimizda ham bu fanga bo'lgan qiziqish susayib ketdi, aniqroq aytganda, jahonda, ayniqsa yurtimizda rivojlanishi sekinlashib qoldi. Mamlakatimizda geografiya fanining bunday holga tushib qolmasligi uchun zamonaviy nazariya va metodikalar bilan boyitish zarur. Bu borada qilinayotgan ishlar juda kamligi sababi ko'pchilik fanlar kabi, bu yerda ham (to'g'ri ma'nodagi) raqobatning sustligidir. Boshqa fanlar qatori bu yerda ham differensiya jarayoni to'xtovsiz davom etmoqda, ammo integratsiya (birlashish, hamkorlik) ancha orqada qolmoqda. Natijada geografiyaning tarixiy yutuqlaridan (landshaft, region yoki mintaqa, rayon va boshqalar) boshqa fan vakillari ustalik bilan foydalanishmoqda.

Academic Research in Educational Sciences

VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

Dastlab geografiya fani ichidagi jarayonlar haqida qisqacha to'xtalib o'tsak. Geografiya ya'ni umumiy geografiya (yoki umumiy yer bilimi) ikki yirik guruhga bo'linadi:

1. Tabiiy geografiya

2. Iqtisodiy (va ijtimoiy) geografiya

Bulardan biri tabiiy fanlar qatoriga kirsa, ikkinchisi ijtimoiy sohalarga yaqin kelib qolgan, yoki shu yo'nalish muammolari bilan ko'proq shug'ulanyapti. Eng birinchi va asosiy differensiatsiya jarayoni ham mana shu yerda kuzatiladi va bu geografiya fanidagi ilk uzilish bo'lib hisoblanadi. Boshqa fundamental fanlarda bo'lganidek, geografiya ham zamon bilan hamnafas rivojlanib bormoqda, yangidan -yangi yo'nalishlar vujudga kelmoqda. Biroq asosiy jihatni esdan chiqarmaslik lozim, bular o'zining asosi, o'zagi bo'lmish tabiiy geografiyadan uzoqlashib bormoqda. Boshqa geografiyaga yaqin fanlar qatori iqtisodiy geografiya ham usiz (tabiiy geografiyasiz) rivojlana olmaydi. Sababi tabiiy geografiya (oliy o'quv yurtlarida "umumiy yer bilimi" o'qitiladiki, tabiiy geografiyaning asosiy barcha tushunchalari mana shu fan orqali o'rgatiladi) barcha geografiya fanlari uchun fundament vazifasini bajaradi. O'z navbatida geografiyani zamonaviy fanlar qatoriga qo'shgan, uni iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga, ayniqsa insonga yaqinlashtirgan tarmog'i bu iqtisodiy yoki iqtisodiy va ijtimoiy geografiyadir. Demak ikkalasi bir - biriga chambarchas bog'langan, biri ikkinchisini taqozo etadi, keyingisi oldingisisiz

rivojlana olmaydi.

O'zi iqtisodiy geografiya qachon paydo bo'lib qoldi? Amaliy jihatdan ushbu fan XIX asrda, Germaniyada vujudga kelgan bo'lib, u nemis kameral statistikasi, ingliz tijorat geografiyasi (kommercheskaya geografiya) hamda eng asosiysi Fransiya (va Rossiya) regional geografiyasi (peysaj) asosida shakllandi va rivojlana boshladi. Bundan taxminan bir asr oldin (1760 y.) rus olimi M.V.Lomonosov ushbu atamani fanda birinchi marta ishlatgan edi. Nazariy jihatdan esa iqtisodiy geografiya yer yuzida inson paydo bo'lgandan (tabiiy geografiya esa yer shakllangandan) so'ng vujudga kelgan deb hisoblash mumkin. YA'ni odamzod tabiatdan, iste'mol maqsadi uchun foydalana boshlashi bilan iqtisodiy geografiya (aniqrog'i iqtisod hamda uning

Iqtisodiy va ijtimoiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

hududiy xususiyatlari) shakllana boshlagan edi. Garchi odamlar dastlab, hech narsa yaratmagan, ishlab chiqarmagan, tabiatdan faqat tayyor mahsulotlarni olgan bo'lsa ham, ma'lum bir (geografik) qonuniyatlar asosida hayot kechirishgan. Masalan: har bir kishi bir umr yashashi, hayot kechirishi uchun (u paytda o'rtacha umr ko'rish yoshi taxminan 20 - 25 lar atrofida bo'lgan) unga 500 gektar yer kerak bo'lgan, kuniga 30 - 35 km yo'l bosishga majbur bo'lishgan [1].

Iqtisodiy geografiyani aholi bilan bog'liq bo'lgan jihati, ushbu fanning as osida, markazida inson yoki aholining turishidir. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu fan geografiyani, insonga, jamiyatga yaqinlashtirdi.

Umuman olganda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning o'zi ham uchta asosiy bo'limdan iborat (A.Soliyev).

Iqtisodiy geografiya: sof iqtisodiy geografik masalalarni o'rganadi. Bularga sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya: iqtisodiy geografiyani insoniyat bilan bog'liq muammolarini o'rganadi: aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi, aholi manzilgohlari geografiyasi, shaharlar geografiyasi, qishloq joylari geografiyasi va hok.

Sotsial geografiya: Sotsial geografiya tor ma'nodagi ijtimoiy geografiya bo'lib, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bu yo'nalishida, insonni, jamiyatni hududlarga bog'liq holda o'rganadi. Bular: tibbiyot, din, jinoyat, fan va ilmiy tadqiqotlar geografiyasi va boshqalar.

Fanda aslida to'rtinchi tarmoq ham mavjud va u oldinroq paydo bo'lgan. Bu siyosiy geografiya (dastlab harbiy geografiya deb atalgan) bo'lib, u ham bir necha tarmoqlarga bo'linadi. Bular, elektoral (saylovlar) geografiya, limologiya (chegaralar haqidagi fan), konfliktologiya va boshqa yo'nalishlardan iborat. Bir vaqtlari geografiya ham siyosiy yoki harbiy geografiyaning ichida vujudga kelgan.

MUHOKAMA

Shu o'rinda bir qiziq holatni kuzatish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya umumiy geografiyani odamga, aholiga qanchalik yaqinlashtirgan bo'lsa, sotsial geografiya jamiyat hayotiga yanada chuqurroq kirib borganligini qayd qilish lozim. Aynan mana shu uchinchi bo'lim o'zining asosidan, bazisdan ajralgandek ko'rinmoqda, go'yo. E'tibor bering o'y - xayollar geografiyasi, xulq - atvor geografiyasi, sport geografiyasi va hok. Bizda ushbu yo'nalishlar o'rganilgani yo'q,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME l \ ISSUE 12 \ 2021

ISSN: l181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

ammo XX asrning o'ttizinchi yillaridayoq iqtisodiy geografiyaning asoschilaridan biri N.N.Baranskiy "iqtisodiy geografiya insonni nafaqat ishlab chiqarishdagi ishtiroki, yashash sharoiti va faoliyatini, balki uning o'y - xayollarini o'rganishi lozim" deb aytgan edi ("geologiyadan idealogiyagacha"). Bizda hali bu borada ko'zga tashlanarli ishlar qilingani yo'q, borlarini ham faqat shu sohani mutaxassislari yaxshi tushunishi mumkin, boshqalar esa bu yo'nalishlarni geografiyaga tegishli emas deb hisoblashadi. Umuman ushbu sohalarni o'rganish uchun talabning o'zi ham yetarli emas.

Yuqorida ta'kidlanganidek iqtisodiy geografiya bevosita aholi bilan bog'langan, uning diqqat - markazida inson va u bilan bog'liq omillar turadi (o'zi ishlab chiqaradi, o'zi iste'mol qiladi). Demak bu fan uchun inson yoki aholining o'rni be'qiyos, shuning uchun uni o'rganadigan alohida "aholi geografiyasi" fani vujudga kelgan. O'z navbatida aholi geografiyasi ham bir necha qismlarga bo'linadi (etnogeografiya, geodemografiya, aholi manzilgohlari geografiyasi va boshqalar). Aholi manzilgohlari geografiyasi nisbatan avvalroq o'rganilgan bo'lib, u o'z navbatida ikki yirik tarmoqqa shaharlar va qishloq joylari geografiyasiga bo'linadi. Bularning ichida shaharlar geografiyasi dunyo miqyosida, shu jumladan respublikamizda ham ancha yaxshi tadqiq etilgan.

Geodemografiya aholi geografiyasining muhim qismi bo'lib, zero u aholini miqdoriy jihatdan rivojlanishini, ya'ni takror barpo bo'lishini o'rganadi. Chunki, aholi soni muntazam ravishda o'zgarib, o'sib borgan. Ana shunday keskin o'zgarishlardan biri, aholini keskin ko'payishi, yoki demografik revolyutsiya (inqilob)dir. Milodning boshigacha bo'lgan davrda ushbu jarayon asosan ikki marta sodir bo'ldi.

Olovning kashf qilinishi (miloddan avvalgi 60 minginchi yillarda).

Ulkan sivilizatsiyaning vujudga kelishi (bronza davrida, miloddan avvalgi 3 minginchi yillarda).

Olovning kashf qilinishi insoniyat hayotini tubdan o'zgartirib yubordi. Jumladan;

> tug'ilishning yuqori ko'rsatkichlari saqlangan holda, o'lim holatlari keskin kamaydi;

> yashash areali ancha kengaydi (odamlar sovuq joylarda ham yashay boshlashdi)

> shu asosda aholining o'rtacha umr ko'rish darajasi uzayib bordi;

> umuman olganda insonlar birinchi marta tabiatdan ustun kela boshladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

Ma'lum bir davrda, har qanday jamiyatda o'ziga xos qonuniyatlar shakllanadiki, odamlar unga qat'iy bo'ysunadi, yo'riqlariga amal qiladi. Bundan tashqari bu qonuniyatlar vaqt davomida o'zgaradi, rivojlanadi va takomillashib boradi. Ularni o'zgartirish uchun kuchli sabab (turtki) kerak bo'ladi. Bunga olovning ixtiro qilinishini misol qilib keltirish mumkin. Keyinchalik odamlar faqat tayyor mahsulotlarga qarab qolmasdan, balki o'zlari ham mehnat qilib, kerakli ozuqalar yetishtira boshlashdi. Dastlab chorvachilik ovchilikdan, so'ng dehqonchilik chorvachilikdan ajralib chiqdi va o'zi mustaqil rivojlana boshladi. Bu iqtisodiy geografiya tarixidagi ilk geografik (hududiy) mehnat taqsimotidir.

Hududiy mehnat taqsimoti (HMT) - biror joyning ma'lum bir mahsulot yetishtirishga ixtisoslashuvidir. U ijtimoiy mehnat taqsimotining (IjMT ) bir qismi, iqtisodiy geografiyaning to'rt asosiy tushunchasidan biridir. IjMT - bu mehnatni, ishlab chiqarishni xalqlarning (dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, hunarmandlar va boshqalar) orasidagi taqsimlanishi bo'lib, HMT dan ancha oldin vujudga kelgan edi. HMT iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fundamental tushunchasi bo'lganligi uchun, bu voqea muhim ahamiyat kasb etadi. Demak iqtisodiy geografiya shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sabablar birma - bir sodir bo'la boshladi.

S yer yuzida hayotning paydo bo'lishi (tabiiy geografiya);

S insoniyatning vujudga kelishi;

S birinchi hududiy mehnat taqsimoti

S karta (xarita)ning vujudga kelishi va rivojlantirilishi.

Iqtisodiy geografiya rivojlanish davrida, nafaqat o'z nomini, shu bilan bog'liq ravishda, maqsadi va vazifalari, predmeti va obyektini o'zgartirdi (kengaytirdi), rivojlantirdi. Iqtisodiy geografiyani amaliy jihatdan rivojlanishiga sabab, iqtisodiyot fani ichida vujudga kelganligidir (1924 yil, V.E.Den). Biroq haqiqiy iqtisodiy geografik fan sifatida faqatgina "rayon" tushunchasi kiritilgandagina shakllandi, iqtisoddan ajralib chiqdi (1930 yil, N.N.Baranskiy). Agar tabiiy geografiyada landshaft asosiy, birlamchi tushuncha bo'lsa, iqtisodiy geografiyada bu rayondir (A.Lyosh fikricha, iqtisodiy landshaft). Zero iqtisodiy geografiya bu iqtisodiy rayondir (A.A.Soliyev).

Bizga ma'lumki, geografiyadan ko'ra iqtisodiyot fanlari aholi hayot faoliyati bilan yaqinroq shug'ullanadi. Iqtisodiy geografiya iqtisoddan ajralib chiqqandan so'ng, mamlakat hududlarining iqtisodiy jihatlarini o'rganadigan alohida fanga ehtiyoj tug'ila boshladi. Bunga AQShda 1929-1933 yillarda yuz bergan iqtisodiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

bo'hron (krizis) katta turtki berdi. Mamlakatning kichik bir joyida boshlangan ocharchilik keyinchalik butun hududiga o'z ta'sirini o'tkaza boshlagan, bu esa ulkan inqirozning vujudga kelishiga sababchi bo'lgan edi. Voqea har tomonlama o'rganilgach, uning yana takrorlanmasligi choralari ko'rila boshlandi. Ushbu muammolarni hal qilish asnosida yangi fan shakllana boshladi. Aynan mintaqaviy iqtisodiyot fani, iqtisodiy geografiya sodir etgan bo'shliqni to'ldirgan edi.

50 yillarning boshlarida bir qator mintaqashunoslik fanlari vujudga kela boshladi (mintaqaviy demografiya, mintaqaviy sotsiologiya va boshqalar). Uning asoschisi amerikalik geograf olim U. Izard hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiyot ham mintaqashunoslik fanlari qatoriga kiradi. Ushbu fan yuqorida qayd qilinganidek qaysidir ma'noda iqtisodiy geografiyani o'rnini egallay boshlagan edi. Bunga sabab ikkala fanning ham vazifasi, hamda tadqiqot doirasining bir-biriga o'xshashligidir. Chunki, ta'kidlab o'tilganidek, bir vaqtlari (XX asr boshlari, Den) iqtisodiy geografiya iqtisod fanining tarmog'i hisoblanar edi. U geografiya fanining bir qismiga aylangach, uning o'rnini mintaqaviy iqtisodiyot egalladi hamda ushbu ikki fan olimlari o'rtasida turli bahs - munozaralar vujudga kela boshladi. Bu yerda go'yoki, obyekt va predmet bir xil bo'lib qolgan ekan. Bundan xulosa qilsa bo'ladiki, bularning qaysisidir ortiqcha (kimlarningdir fikricha, keraksiz) fan bo'lib qoladi. Mana shunday jiddiylashib ketgan muammo esa juda g'alati usulda (1980 yilda) hal etildi. Iqtisodiy geografiya bu iqtisodiylashgan geografiya bo'lsa, mintaqaviy iqtisodiyot esa geografiyalashgan iqtisod deb tan olindi. Bu yerda iqtisodiy geografiyaga berilgan ta'rif qaysidir ma'noda mos kelishi mumkin. Biroq, mintaqaviy iqtisodiyot, bizningcha sof iqtisodga, aniqrog'i makroiqtisodiyotga, boshqa tomondan esa mintaqashunoslik fanlariga tegishlidir. Demak bu fanlarning har birini o'z o'rni, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari bor ekan. Ular jamiyatda vujudga keladigan muammolarni birgalikda, aniqrog'i birin-ketin o'rganadilar. Bunda taxminan quyidagicha ko'rinishda zanjir vujudga keladi.

Tabiiy Iqtisodiy Mintaqaviy

i ^

geografiya geografiya iqtisodiyot

Iqtisodiy geografiya boshqa tabiiy resurslarning ham xo'jalikda foydalanish nuqtai-nazaridan hududlar bo'yicha oqilona taqsimlashni yo'lga qo'yish bilan shug'ullanadi. Bu jihat ushbu fanning asosiy yutug'i bo'lishi bilan birga, jiddiy kamchiligi hamdir. Chunki tabiiy resurslar, shu jumladan, yer va suvdan hududlardan tashqari tarmoqlarda ham turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Bu borada uning eng yaqin hamkori, sohasi hamda raqobatdoshi mintaqaviy iqtisodiyot fanidir. Chunki

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 I ISSUE 12 I 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

ushbu fan tarmoqlar bo'yicha ham tadqiqot olib boradi, bundan tashqari uning asosiy maqsadi resurslarning foydalilik koeffitsiyentini o'rganishdan iborat. Demak mazkur fan iqtisodiy geografiyaga nisbatan amaliyotga ancha yaqinroq turadi. Biroq mintaqaviy iqtisodiyot asosan tarmoqlar bilan bog'langan. Iqtisodiyot tarmoqlarning tabiiy-xo'jalik xususiyatlari, tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, xususan, yer va suv resurslarining hududiy jihatlarini o'rganishda, iqtisodiy geografiya fani asosiy rol o'ynaydi. Tabiiy sharoit va resurslarni shakllanishi, ularning zonal xususiyatlarini tabiiy geografiya aniqlab beradi. Demak, mintaqaviy iqtisodiyot iqtisodiy geografiyaga, iqtisodiy geografiya esa tabiiy geografiyaga bevosita bog'langan. Mazkur bog'lanishni ikki tomondan yana uzaytirish ham mumkin. Masalan, tabiiy geografiya geologiya va geomorfologiya, bular yana paleogeografiyaga, mintaqaviy iqtisodiyot esa makroiqtisodiyotga va hokazo. Biroq bu yerda asosiy maqsad tabiiy boyliklarni tadqiq qilish uchun faqatgina mazkur tabiat unsurlarini xo'jalikdagi ahamiyatini o'rganish bilan shug'ullanadigan fanlar aloqasidan foydalanishdan iborat. Barcha tabiat komponentlari tabiatda, tabiiy holda shakllanadi hamda xo'jalik maqsadlarida ishlatiladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. Bundan tashqari iqtisodiy (va ijtimoiy) geografiya nafaqat iqtisodiylashgan, shu bilan birga ijtimoiylashgan geografiya hamdir.

XULOSA

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yanada ijtimoiylashib quloch yoyib rivojlanib bormoqda. Ammo sof iqtisodiy geografik tadqiqotlar biroz susaygandek, sekinlashgandek go'yo-ki. Bunga sabab esa birinchidan qaysidir ma'noda unga ehtiyojning kamligi bo'lsa, ikkinchidan shu bilan bog'liq ravishda fanning o'qitilish jarayoniga etiborning ozligidir. Ayniqsa, maktab darsliklarida u faqat tasviriy fan bo'lib, asosiy qonuniyatlari to'g'risida umuman so'z yuritilmagan. Uning amaliy ahamiyati haqidaku gapirmasa ham bo'ladi. Shuning uchun o'rtada katta tortishuv boshlangan. Geografiya (iqtisodiy va ijtimoiy geografiya) o'zi qanday fan? Tasviriymi yoki amaliy? Geografiya fani atrofdagilar uni amaliy deyishsa, boshqalar faqatgina tasvirlab beruvchi fan deyishmoqda. Shubhasiz u amaliy, ammo bizningcha esa bu fan ham tasviriy, ham amaliy fandir, ya'ni har doim tasviriydan amaliyga aylanib boradigan fan desa ham bo'ladi (avval tasvirlaydi, so'ng amaliy ish bajaradi). Demak bu borada hammasi tushunarli, faqatgina boshqa soha kishilariga ham buni isbotlash lozim. Buning uchun esa fanni yangi (zamonga mos) tadqiqotlar bilan boyitib borish kerak.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

REFERENCES

1. Баранский Н.Н. Избранные труды. Научные проблемы географии. — М.: Мысль, 1980.

2. Дэн Э.М. «Курс экономической географии» (1924).

3. Изард У. Методы регионального анализа: введение в науку о регионах = Methods of Regional Analysis: an Introduction to Regional Science: 1960 / Пер. с англ. В. М. Гохмана, Ю. Г. Липеца, С. Н. Тагера. - М. : Прогресс, 1966. -660 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Колосовский Н.Н. Избранные труды. - Смоленск, 2006.

5. Кистанов В.В. Территориальная организация производства. -М., 1981.

6. Лапкин К.И. Размещение и специализация сельскохозяйственного производства Узбекистана. -Т., 1966.

7. Липец Ю.Г., Пуляркин В.А., Шлихтер С.Б. География мирового хозяйства. -М., 1999.

8. Саушкин Ю.Г. История и методология географической науки. - М.: МГУ, 1976.

9. Солиев А.С. Иктисодий география: назария, методика, амалиёт. - Т.: Университет, 2013.

10. Чистобаев А.И., Баженов Ю.Н. Территориальные комплексные программы. -Ленинград, 1984.

11. Abduazizovich, N. J., Muxamajanovich, S. S., & Amanovich, U. E. (2016). The territorial features of effective use of water resources (as Zarafshan basin). European science review, (1-2).

12. Namozov, J. A., Khamroeva, F. A., & Dovulov, N. L. (2021, September). Specific and integral efficiency use of land and water resources. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 839, No. 2, p. 022025). IOP Publishing.

13. Umirkulovich, S. A., Abduazizovich, N. J., & Turakulovich, R. F. (2021). Pasture Livestock Effects on Agricultural Land in Samarkand Region. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 447-451.

14. Саттаров Абдисамат Умиркулович, Намозов Джурабек Абдуазизович, Раджабов Фуркат Туракулович. (2021 год). Влияние пастбищного животноводства на сельскохозяйственные угодья Самаркандской области. Annals of the Romanian Society for Cell Biology , 25 (2), 447-451. Получено с http: //annalsofrscb .ro/index.php/i ournal/article/view/969

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-427-436

15. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АХДМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

16. Oybek Uralovich Abdimurotov (2021). "YEVROSIYO MATERIGI"NI O'QITISHDA "KEYS STADI" METODIDAN FOYDALANISH USULLARI. Academic research in educational sciences, 2 (1), 377-382. doi: 10.24411/2181-13852021-00048

17. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Гулчехра Курдашевна Юсупова (2021). БОШЛАНГИЧ СИНФЛАРДА У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (ТАБИАТШУНОСЛИК ФАНИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 370-378.

18. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КУРСЛАРИДА АМАЛИЙ МАШТУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ ^ИЛИШДА ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ УСЛУБИЁТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

19. Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, & Maxina Anarbayevna Usmanova (2021). GEOGRAFIYANI O'QITISHDA OGZAKI BAYON QILISH METODLARI. Academic research in educational sciences, 2 (10), 961-970.

20. Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, & Munisa Maxkambayevna Fatxullayeva (2021). MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH. Academic research in educational sciences, 2 (10), 1148-1157.

21. Ibroimov Sherzod Ibroim Ogli, & Ismoilov Azamat Adxamovich (2021). O'ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR. Academic research in educational sciences, 2 (10), 999-1007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.