Научная статья на тему 'FARG’ONA VILOYATIDA TURIZM RIVOJLANISHINING HUDUDIY TAFOVUTLARI VA ULARNI GURUHLASHTIRISH'

FARG’ONA VILOYATIDA TURIZM RIVOJLANISHINING HUDUDIY TAFOVUTLARI VA ULARNI GURUHLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1235
165
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turistik guruhlashtirish / turistik areal / infrastruktura / indeks / ekoturizm / agroturizm / tarixiy turizm / savdo turizmi / etnoturizm(madaniy turizm) / rekreatsiya / milliy hunarmandchiligi. / tourist grouping / tourist area / infrastructure / index / ecotourism / agrotourism / historical tourism / trade tourism / ethnotourism (cultural tourism) / recreation / national crafts

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Komilova Nilufar Qarshiboyevna, Nosirov Bunyodjon G’offorali O’g’li

Ushbu maqolada Farg’ona viloyati hududlarida Turizm rivojlanishi va uning muammolarini aniqlash va baholash maqsadida hududlar bir nechta indekslar asosida guruhlashtirilgan. Bunda sosiy 5 ta turistik ko’rsatkichlar asos qilib olingan va shakllantirilgan har bir guruh tahlil qilingan. Shuningdek viloyat hududlarida mavjud lekin past darajada rivojlangan turizm xo’jaliklari ham tahlil qilingan, muammolari aniqlanib amaliy takliflar ichlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERRITORIAL DIFFERENCES AND GROUPING OF TOURISM DEVELOPMENT IN FERGANA REGION

In this article, the regions of Fergana region are grouped on the basis of several indices in order to identify and assess the development of tourism and its problems. Each group was analyzed based on 5 main tourist indicators. Existing but underdeveloped tourism farms in the region were also analyzed, problems were identified and practical recommendations were developed.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VILOYATIDA TURIZM RIVOJLANISHINING HUDUDIY TAFOVUTLARI VA ULARNI GURUHLASHTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor

FARG'ONA VILOYATIDA TURIZM RIVOJLANISHINING HUDUDIY TAFOVUTLARI VA ULARNI GURUHLASHTIRISH

Komilova Nilufar Qarshiboyevna O'zbekiston Milliy Universiteti, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi professori Nosirov Bunyodjon G'offorali o'g'li O'zbekiston Milliy Universiteti 2-kurs magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg 'ona viloyati hududlarida Turizm rivojlanishi va uning muammolarini aniqlash va baholash maqsadida hududlar bir nechta indekslar asosida guruhlashtirilgan. Bunda sosiy 5 ta turistik ko 'rsatkichlar asos qilib olingan va shakllantirilgan har bir guruh tahlil qilingan. Shuningdek viloyat hududlarida mavjud lekin past darajada rivojlangan turizm xo'jaliklari ham tahlil qilingan, muammolari aniqlanib amaliy takliflar ichlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Turistik guruhlashtirish, turistik areal, infrastruktura, indeks, ekoturizm, agroturizm, tarixiy turizm, savdo turizmi, etnoturizm(madaniy turizm), rekreatsiya, milliy hunarmandchiligi.

Abstract: In this article, the regions of Fergana region are grouped on the basis of several indices in order to identify and assess the development of tourism and its problems. Each group was analyzed based on 5 main tourist indicators. Existing but underdeveloped tourism farms in the region were also analyzed, problems were identified and practical recommendations were developed.

Keywords: tourist grouping, tourist area, infrastructure, index, ecotourism, agrotourism, historical tourism, trade tourism, ethnotourism (cultural tourism), recreation, national crafts.

Аннотация: В данной статье регионы Ферганской области сгруппированы по нескольким показателям с целью выявления и оценки развития туризма и его проблем. Каждая группа была проанализирована по 5 основным туристическим показателям. Также были проанализированы существующие, но недостаточно развитые туристические фермы в регионе, выявлены проблемы и разработаны практические рекомендации.

Ключевые слова: туристическая группировка, туристическая зона, инфраструктура, индекс, экотуризм, агротуризм, исторический туризм, торговый туризм, этнотуризм (культурный туризм), отдых, народные промыслы,

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

XXI asrda davlat iqtisodiyotining asosiy mablag' keltiruvchi tarmoqlaridan biri albatta - Turizmdir. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mamlakatimizda ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur. Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo'nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, heliski, geoturizm, ta'lim turizmi, tibbiy turizm, etnoturizm kabi yangi sayyohlik yo'nalishlari ommalashmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi 2019-yil davomida qabul qilingan quyidagi:

- O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni - 5 ta

- O'zbekiston Respublikasi prezidenti qarori - 1 ta

- Vazirlar Mahkamasi qarori - 6 ta

- Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi qarori - 3 ta

- 2025 yilgacha bo'lgan davrda turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi

kabi normativ huquqiy hujjatlari turizmni rivojlantirish bo'yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy dasturlar ishlab chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog'ining oyoqqa turishi uchun me'yoriy-huquqiy baza yaratish asosida turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktyabrda qabul qilgan "Farg'ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risida qarori esa Farg'ona viloyatida turizm rivojlanishida katta qadam hisoblanib, amalga oshirilayotgan loyihalar viloyat industriyasi va iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Turizmning rivojlanishi va turlari haqida B.Azar, B.Kristanov, N.Burgakov, A.Kondratyev, o'zbek olimlaridan G.Nazarova, T.Tashmuratov, A.Saidov, N.Abdusalamova, N.Fayziyev va O.Hamidov, M.Q.Pardayev kabi tadqiqotchilarning ishlari turistik marketing, menejment, ta'lim, tarbiya va turizmning yangi yo'nalishlariga bag'ishlangan bo'lib, ularda tabiatga qilinadigan turizm orqali olinadigan ma'naviy estetik zavq va turizmning boshqa afzalliklariga to'xtalib o'tilgan bo'lsada ular umumiy qarashlarni ifodalashgan. Farg'ona viloyatida turizmning umumiy rivojlanish holati va tendensiyalari hali to'liq o'rganilmagan edi.

Har bir ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida o'rganilayotgan hududni yanada mukammal tadqiq etish, asosiy muammo va yechimlarni aniqlash uchun hudud xususiyatlaridan kelib chiqib rayonlarga ajratish yaxshi samara beradi. O'zbekiston Respublikasida Geografiya fanlar tizimida shu paytga iqtisodiy va tabiiy

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

jihatdan bir necha marta har xil soha va yo'nalishlarga oid rayonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Masalan A.Soliyev hududni iqtisodiy mezonlar asosida iqtisodiy rayonlashtirgan (1998yil), T.Djumayev tadqiqotlarida O'zbekiston tog'li hududlari ekologik va iqtisodiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirgan (2004 yil), N.Komilovaning ilmiy ishlarida tibbiy-geografik rayonlashtirishga sos solingan (2012 yil), Z.Tojiyevaning tadqiqotlarida esa demografik rayonlashtirish amalga oshirilgan (2017 yil).

Ammo ba'zi hollarda o'rganilayotgan hudud yoki uning ayrim qismlari o'zaro bog'lanmaydi, yoki bir-biriga o'xshash xususiyatlarni namoyon qilmaydi. Bunday holatlarda guruhlarga ajratish va ularni taqqoslash mazkur holat uchun eng qulay yechim sifatida baholanadi. Bunday holat hududiy jihatdan turli tuzilishga ega, iqtisodiy holati ham turlicha shakllangan Farg'ona viloyati hududlarini turistik jihatdan o'rganishda ham yaqqol aks etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur tadqiqot ishida turistik hududlarni rayonlarga ajratish emas, balki guruhlarga ajratish asos sifatida olindi.

Turistik guruhlashtirish - bu hududlarni turistik resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi, salohiyati, ularning rivojlanish darajasi, yillik turistik sig'imi va imkoniyatlari bilan bog'liq sabablar hamda holatlari bir-biriga o'xshash hududlarga ajratishdir. Bu kabi guruhlashtirishga odatda hududlardagi ma'lum bir davrda va shu hududgas xos ko'rsatkichlar asos qilib olinadi. Bu esa hududni iqtisodiy-ijtimoiy holatini, turistik-rekreatsion vaziyatini baholashda muhim ro'l o'ynaydi.

Turistik infratuzilmani shakllantirish, uning hududiy rivojlanishi va iqtisodiyotga ta'sirini o'rganish, turizmga ta'sir etuvchi tabiiy-ekologik, iqtisodiy omillarni baholashda teristik-rekreatsion guruhlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Viloyatning o'ziga xos geografik joylashuvi, reyef xususiyatlari, iqtisodiy holati va aholi joylashuvi o'ziga xos hududiy tafovutlarni vujudga keltirgan va bu turistik-rekreatsion guruhlarga ajratishda bir muncha noqulayliklarga sabab boladi. Shu sabab viloyat hududini guruhlarga ajratishda turistik resurslar bilan ta'minlanish darajasi, turistik resurs turlari, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi asosida guruhlarga bo'lib tadqiq etiladi. Guruhlashtirish o'z mohiyatiga ko'ra bir necha xil bo'lishi mumkin, ya'ni unda viloyat yoki tuman hududiga yillik tashrif buyuradigan turistlarning umumiy koeffitsienti asosida tuziladi. Guruhlashtirishning foydalanish qulay bo'lgan turlaridan biri mintaqalarda mavjud ayrim turizm turlari, ularning areallarini aniqlash hisoblanadi. Lekin shuni alohida takidlash zarurki turistik guruhlashtirish juda murakkab bo'lib, viloyat hududi turistik resurslar bilan bir xil darajada ta'minlanmaganligi, ba'zi tumanlarda faqatgina 2-3ta turizm turigina

Scientific Journal Impact Factor

rivojlanganligi sababli, tumanlar o'rtasida keskin tafovut vujudga keladi. Natijada tuman areallarida nomutanosiblik shakllanib, bir-biridan uzoqda, o'zaro bog'lanmagan hududlar shakllanib qoladi. Bunday hududlarni turistik tarqoq yoki uzuq areallar deb nomlash maqsadga muvofiq.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, turistik jihatdan rivojlanish viloyatning hududiy birliklarida o'ziga xos hususiyat kasb etib, rivojlangan turizm turi, tashrif buyuruvchilar soni, infrastruktura shakllanganligi, undan olinadigan daromad ko'rsatkichlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bunday hududiy tafovutlarni moslashtirish va umumiylashtirish maqsadida guruhlarga ajratish yaxshi samara beradi. Farg'ona viloyatini turistik jihatdan baholash va guruhlashtirishda hududda mavjud turistik resurslar soni, tashrif buyurgan umumiy turistlar soni, tashrif buyuruvchilarning yosh hususiyatlari, tashrif buyurishdan maqsad, joylashtirish obyektlari ko'rsatkichlari asosiy indeks hisoblangan. Viloyat hududini turistik jihatdan guruhlashtirish kelajakda qaysi hududlarda iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi, qaysi hududlarga ko'proq e'tibor qaratishni, viloyatda qaysi turizm yo'nalishiga va guruhlariga ko'p e'tibor qaratishni aniqlab beradi va umumiy rivojlanishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Viloyatning turistik ko'rsatkichlari holatini o'rganish, uni tahlil qilish hamda indeks ko'rsatkichini ishlab chiqish har bir hududni alohida baholashga xizmat qiladi. Jadval ma'lumotlariga ko'ra Qo'qon, Farg'ona va Marg'ilon shaharlari ko'rsatkichlari viloyat ko'rsatkichidan yuqoriligi aniqlandi. Bu hududlarni tadqiqot ishining oldingi boblarida ham tavsiflab o'tilgan bo'lib, ularda avvalo shahar turmush tarzining tarixan shakllanganligi, turistik resurslar bilan boshqa hududlarga nisbatan ko'proq ta'minlanganligi, iqtisodiy markaz vazifasini bajarishi kabi xususiyatlari ushbu hududlarning turistik jihatdan qulayligini ifodalaydi. Turistik guruhlashtirish hududiy yaxlitlikka, aniq chegaralarga bo'ysunmasada, o'rganish va tahlil ma'muriy birliklar(shahar va tumanlar)ga asosan olib borildi. Viloyat hududida mavjud vaziyatda hududiy tafovutlar yuqori bo'lib, guruhlarga ajratishda ko'plab muammolar ko'zga tashlandi. Shu sabab shahar va tumanlarning 5ta indeks bo'yicha umumiy ko'rsatkichlarini hisobga olib (Farg'ona viloyatining o'rtacha ko'rsatkichlari asos qilib olindi- viloyatda turistik obyektlar bilan o'rtacha ta'minlanish ko'rsatkichi -22ta, Turistik firmalar soni -1ta, joylashtirish obyektlari -3ta, sotilgan sayyohlik yo'llanmalari soni - 339ta ) quyidagicha guruhlashtirildi:

Yuqori turistik guruh: Ushbu guruhga asosan shahar hududlari kiritilib, ularda barcha tanlab olingan ko'rsatkichlar yuqori qiymatga ega. Bunday hududlarga Qo'qon, Farg'ona va Marg'ilon shaharlari kiritildi. Bu hududlar boshqa hududlardan Turistik resurslar bilan ta'minlanganligi, mavjud xizmat ko'rsatish tarmoqlarining

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

rivojlanganlik darajasi va turistlarning tashrif ko'rsatkichlari bo'yicha alohida ajralib turadi. Ushbu hududlarda aholi soni ko'p va xizmat ko'rsatish, transport, savdo yaxshi rivojlangan. Bu hududlar ba'zi indekslar bo'yicha viloyatlar ko'rsatkichlaridan ham yuqori qiymatga ega. Ammo aholi zichligi, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va transport tarmoqlarining zich joylashuvi hududdagi ekologik vaziyatni hamda shovqinning normal ko'rsatkichlaridan oshib ketishiga sabab bo'lmoqda.

O'rta turistik guruh: Bu guruhga kiruvchi tuman va shaharlar belgilangan indekslarning ayrimlarida yuqori ko'rsatkichlarni namoyon qilsada, asosiy ko'rsatkichlarda o'rtacha natijalarni qayd etmoqda. O'zbekiston, Oltiariq, Farg'ona, Buvayda, Rishton, Toshloq tumanlari hamda Quvasoy shahri ushbu gururhni tashkil etadi. O'zbekiston, Farg'ona va Oltiariq tumanlarida turistik resurslar yetarli bo'lsada, joylashtirish obyektlari- mehmonxona, pansionat, hotellar va xizmat ko'rsatish tarmoqlari juda past ko'rsatkichlarga ega. Qolgan tumanlarda esa barcha indekslar o'rtacha qiymatga ega.

Quyi turistik guruh: Eng ko'p hududni o'z ichiga olgan guruh quyi guruh bo'lib, bu o'z navbatida hududlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasi bilan ham bevosita bog'liq. Bu guruh tarkibiga Beshariq, Dang'ara, Quva, Qo'shtepa, Bog'dod, Uchko'prik, So'x, Yozyovon, Furqat tumanlari kiritildi. Bu hududlarda turizmning ayrim turlarini yuqori darajada rivojlantirishning imkoni bo'lsada (masalan So'x tog'li hududlarida, Yozyovonda Suv omborida ekoturizmni rivojlantirish) infrastrukturaning rivojlanish darajasi, transport tarmog'i bilan bog'langanlik darajasi yuqori darajada emas.

Farg'ona viloyatini Turistik guruhlashtirish indeksi (2019 yil ma'lumotlari asosida)

Turistik guruhla r Asosiy turistik indikatorlar

Hududda mavjud turistik resurslar soni Turistik firmalar soni joylashtirish obyektlari soni Infrastruktura va xizmat ko'rsatishning rivojlanish darajasi Hududlar bo'yicha sotilgan sayyohlik yo'llanmalari soni

I. Yuqori Qo'qon sh, Farg'ona, Marg'ilon sh, Quva Farg'ona sh, Qo'qon sh, Marg'ilon sh, O'zbekiston, Qo'qon sh, Farg'ona sh, Marg'ilon sh. Qo'qon sh, Farg'ona sh, Marg'ilon sh. Farg'ona sh, O'zbekiston t., Marg'ilon sh.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

II. O'rta Oltiariq, Oltiariq, Farg'ona, Farg'ona, Buvayda,

Farg'ona sh, Buvayda Rishton, Rishton, Qo'qon sh.,

Uchko'prik, So'x, So'x, Oltiariq

Buvayda, Dang'ara, Dang'ara,

Rishton, Toshloq, Toshloq,

Toshloq, O'zbekiston, O'zbekiston,

Yozyovon Buvayda, Buvayda,

Oltiariq Oltiariq

III. Quyi Beshariq, Quvasoy Quvasoy, Quvasoy, Quvasoy sh,

Qo'shtepa, sh., Qo'shtepa, Qo'shtepa, Qo'shtepa,

Quvasoy sh, Qo'shtepa, Bog'dod, Bog'dod, Bog'dod,

Bog'dod, Bog'dod, Beshariq, Beshariq, Beshariq,

So'x, Beshariq, Quva, Quva, Quva,

Dang'ara, Quva, Uchko'prik, Uchko'prik, Uchko'prik,

O'zbekiston, Uchko'prik, Furqat, Furqat, Furqat,

Furqat Rishton, Yozyovon Yozyovon Yozyovon,

So'x, Dang'ara,

Toshloq, Farg'ona,

Dang'ara, So'x,

Furqat, Toshloq

Yozyovon,

Farg'ona,

Jadval muallif tomonidan davlat Statistika qo'mitasi Farg'ona viloyati bo'limi ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

XULOSA

Farg'ona viloyati turizm sanoatida so'nggi yillarda rivojlanib borayotgan ekoturizm, agroturizm va hunarmandchilik turizmini xorijiy va mahalliy investitsiyalar yordamida yanada rivojlantirish viloyat hamda hududlar aholisi iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Ammo dunyo miqyosida katta qiziqishlarga sabab bo'layotgan, Respublikamizning bir nechta viloyatlaridagina tashkil etilgan "Qishloq turizmi"ga hamda turli millat vakillaridan iborat Farg'ona hududida "Etnoturizm" turlariga kam e'tibor qaratilayotgani asosiy muammolardan biridir. Amalga oshirilgan guruhlashtirish va shakllantirilgan jadvallarda Farg'ona viloyatining turistik resurslari, hududlarning ta'minlanish darajasi, salohiyati va turistlarni qabul qila olish sig'imi o'rganilib, tahlil qilindi, hududiy tafovutlar, mavjud muammolar aniqlandi, amaliy takliflar tayyorlandi. Amalga oshirilgan tadqiqot ishi

Scientific Journal Impact Factor

natijalari viloyat hududida turizmni yanada keng rivojlantirish, hududlardagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, hududlarning iqtisodiy holatini, aholining kundalik daromadlarini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktyabrda qabul qilgan "Farg'ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risida qarori.

2. Nosirov B.G'., O'zbekistonda turizmni rivojlanish tahlili va istiqbollari. "O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim", ilmiy konferensiya materiallari - Qo'qon, 2020

3. https: //www.tourism.uz

4. Nosirov B.G'., Farg'ona viloyati turistik salohiyati, milliy va xalqaro turizmda tutgan o'rni. "Ilm-fan taraqqiyoti yosh olim nigohida" Respublika online konferensiya materiallari. Yoshlar nashriyot uyi - Toshkent, 2020

5. Nosirov B.G'., Farg'ona viloyatiga iqtisodiy tavsif va unda turizmning ahamiyati. Электронное научно-практическое периодическое издание "Экономика и социум" №10(77) Rossiya, 2020 г.

6. https: //www. ddsmfa. uz

7. https: //www. uzbek-travel .com

8. https: //www. farstat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.