Научная статья на тему '“YEVROSIYO MATERIGI”NI O'QITISHDA “KEYS STADI” METODIDAN FOYDALANISH USULLARI'

“YEVROSIYO MATERIGI”NI O'QITISHDA “KEYS STADI” METODIDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

857
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim mazmuni / hozirgi zamon tabiiy geografiyaning muammolari / muammoli vaziyat hosil qilish / muammoli ta’lim texnologiyalari / “Keys stadi” metodi. / educational content / problems of modern natural geography / problem solving / problem learning technologies / case study method.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oybek Uralovich Abdimurotov

Mazkur maqolada tabiiy geografiya ta’limining mazmuni, muammoli o`qitish texnologiyalari, muammoli vaziyatni yuzaga keltirish, Yevrosiyoda mavjud muammolar va ularning yechimi, “Yevrosiyo materigi”ni o`qitishda “Keys stadi” metodini qo`llash bo`yicha ko`rsatmalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CASE STUDY TEACHING METHODS IN TEACHING THE EURASIAN CONTINENT

The article provides instructions on the content of natural geography education, problem-based learning technologies, problem-solving, problems in Eurasia and their solutions, the use of the "Case Study" method in teaching the "Eurasian continent".

Текст научной работы на тему «“YEVROSIYO MATERIGI”NI O'QITISHDA “KEYS STADI” METODIDAN FOYDALANISH USULLARI»

"YEVROSIYO MATERIGP'NI O'QITISHDA "KEYS STADI" METODIDAN

FOYDALANISH USULLARI

Oybek Uralovich Abdimurotov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Geografiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tabiiy geografiya ta'limining mazmuni, muammoli oqitish texnologiyalari, muammoli vaziyatni yuzaga keltirish, Yevrosiyoda mavjud muammolar va ularning yechimi, "Yevrosiyo materigi"ni o'qitishda "Keys stadi" metodini qollash boyicha korsatmalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim mazmuni, hozirgi zamon tabiiy geografiyaning muammolari, muammoli vaziyat hosil qilish, muammoli ta'lim texnologiyalari, "Keys stadi" metodi.

CASE STUDY TEACHING METHODS IN TEACHING THE EURASIAN

CONTINENT

Oybek Uralovich Abdimurotov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region Teacher of the Department of Geography

ABSTRACT

The article provides instructions on the content of natural geography education, problem-based learning technologies, problem-solving, problems in Eurasia and their solutions, the use of the "Case Study" method in teaching the "Eurasian continent".

Keywords: educational content, problems of modern natural geography, problem solving, problem learning technologies, case study method.

KIRISH

Respublikamizda uzluksiz ta'limni joriy etish jarayonida ta'lim mazmuni yangilandi, o quv dasturlari va o quv dasturlari va o quv fanlari bo yicha DTS modernizatsiyalandi. Ushbu jarayon ta'lim-tarbiya jarayonining boshqa tarkibiy

qismlari: o qitish metodlari, vositalari va shakllarini innovatsiya kiritish orqali modernizatsiyalashni talab etmoqda.

Zamon bilan hamnafas pedagogik faoliyat yuritiyotgan moderator o' qituvchilar yuqorida qayd etilgan talablarga monand holda o qitishda interfaol metodlar, pedagogik va axborot -kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish boyicha dastlabki tajribalarni egallamoqda.

Oliy ta'lim muassasalarida oqitiladigan barcha fanlar qatori, tabiiy geografiyaning ham, hozirgi vaqtda o zgartirilishi ular ilmiy darajasini keskin ko tarishga qaratilgan, fanlarning ilmiy darajasini ko tarish fan-texnika tez o sib borayotganligi sababli ayqniqsa zarurdir. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida masalalarga e'tibor ancha kuchaymoqda, asosiy tabiiy geografik tushunchalar soni kopaymoqda, ular mazmunini mukammal analiz qilishga, sabab-oqibat aloqalarini tushuntirishga koproq ahamiyat berilmoqda. Shu munosabat bilan talabalarni tabiiy geografiyaning ilmiy asosini tashkil etuvchi nazariy masalalar bilan birga hozirgi zamon tabiiy geografiyasining eng muhim muammolari bilan tanishtirish, Dunyoda ro'y berayotgan muammolarning shu vaqtgacha kuzatilmagan darajada katta ko lamda ekanligi va ularning juda tez rivojlanib borayotganligi bunday masalalarni organishni juda murakkablashtirib boradi. Buning yechimlaridan biri sifatida geografiya darslarida muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muammoli o qitishning asosiy shartlaridan biri muammoli vaziyatni tashkil qilish hisoblanadi. Muammoli vaziyat deganda yechilishi talabalar uchun qiyin tuyulgan va uni yechish uchun yangi izlanish va yondashishlarni talab qiladigan muammoga aytiladi. Muammoli vaziyatni yuzaga kelishi talabalar uchun qiyin tushuniladigan holat bilan bogliq boladi. Agar mazkur vaziyatni tahlili davomida talabalar uning mohiyatini tushunib yetishiga va uni yechish yo llarini topsa, muammoli vaziyat muammoga aylanadi.

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan xususan, "Yevrosiyo materigi"ni o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan biri hisoblangan "Keys Stadi" metodidan foydalanish orqali talabalar Yevrosiyoda mavjud bo lgan muammolarni tahlil qiladi, uning sabablari aniqlaydi, shu boyicha misollarni korib chiqadi, guruh talabalari tomonidan berilgan taqdimotining keys yechimi bilan taqqoslanadi. Berilgan muammo yuzasidan xulosa chiqaradi. Keys stadi metodini qollash jarayonida talabalar keysning bir necha bosqichlarini bajarishi kerak boladi.

NATIJA

"Keys-stadi" metodi 1-keys

Bizga ma'lumki, Yevrosiyo materigi maydoniga ko'ra dunyoda eng katta materik hisoblanadi. Bu materikda shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakillangan. Lekin shunga qaramasdan bu yerda bitta iqlim (mo'tadil) doirasida bir necha iqlim tipi va tabiat zonalari g'arbdan sharqqa tomon o'zgarib boradi. Shuningdek, Yevrosiya materigi eng yirik litosfera pilitalaridan birida joylashganligi sababli seysmik harakatlar ko p kuzatiladi. Bu ikki omil natijasida mintaqada yashaydigan insonlar tabiiy talofotlarga ko'p uchramoqda va insonlarga oz salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

Savollar:

1. Muammo nimadan iborat?

2. Siz bu muammoga qanday yechimlar taklif qilasiz?

3. Mazkur muammoni hal etish uchun Yevrosiyoda qanday ishlarni olib borishi lozim deb oylaysiz?

Manba: Yevrosiyo materigiga oid adabiyotlar, internet ma'lumotlari

Talabalar uchun ko'rsatmalar:

1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.

2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.

3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko proq daxldor bo' lgan omilni ajrating.

4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.

5. Oz fikringizni bayon eting.

Keysni yechish jarayoni

1. Talabalar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilinadi.

2. Talaba kichik guruh a'zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.

3. Muammoni xal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.

4. Kichik guruh a'zolari u umiy fikr asosida ang muhim omillarni bayon etadi.

5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.

MUHOKAMA

O'qituvchining yechimi: 1-omil: Materik asosiy qismining ekvator bilan shimoliy qutbiy doira oralig'ida joy lashganligi, sharqiy va markaziy qismlarning yaxlit ekanligi, g'arbiy va janubiy qismlarining esa parchalanganligi, okean havzalarining ta'siri, orografiyasining murakkabligi Yevrosiyo iqlim sharoitining nihoyatda xilma-xil bo'lishiga olib kelgan. Yevrosiyoning katta qismidagi asosiy atmosfera protsessi havo massalarining g' arbdan sharqqa tomon harakat qilishi va u bilan bog'liq bo'lgan siklonlar faoliyati bilan bog'liq. G'arbda n materikka yil bo'yi Atlantika havo massalari kirib keladi va bu havo massalari materikning sharqiy chekkalarigacha yetib boradi. Atlantika havosi sharqqa tomon harakat qilar ekan, namini yo'qotadi, qishda sovib, yozda isib kontinental havoga aylanadi. Natijada harorat va yog'in miqdori g'arbdan sharqqa tomon o'zgarib boradi, bu esa iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa tomon o'zgarishiga olib keladi. Shu sababli yog'in ko'p yog'adigan hududlarga tez tez sel toshqinlari, yog'in kam yog'adigan hududlarda qurg'oqchiliklar ro'y beradi.

2-omil: Bunday tabiiy ofatlarni oldini olish uchun daryo suv rejimini tartibga solib turuvchi suv omborlarni qurish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yog'in kam yog'adigan hududlarda qurg'oqchilikni oldini olish maqsadida daryo suvlaridan samarali foydalanish uchun qishloq xo'jaligini yuritishd a tomchilatib sug'orish tizimidan foydalanish lozim.

3-omil: Yevrosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean „olovli halqasi". Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez bo'lib turadi. Bu mintaqa tog'lari yosh, burmali, palaxsali tog'lar bo'lib, ba'zi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda tog' tugunlarini (masalan, Pomir, Tibet) hosil qiladi. Tabiiyki bunday mintaqalarda seysmik harakatlarni faol kechadi. Shuni hisobga olgan holda suv omborlarni, sanoat korxonalarini, shahar binolarini rejali asosida qurish va fan texnikaning eng so'ngi yutuqlaridan oqilona foydalanish orqali muammolarning yechimini xal qilsa bo'ladi.

XULOSA

Yevrosiyo materigini o'qitishda "Keys stadi" metodidan foydalanish orqali talabalar faqat tabiat va jamiyat to'g'risida yangi bilimlarnigina topib qolmasdan mazkur muammoni yechishning yangi samarali yo'llarini ham izlaydi. Bu esa talabalarni ijodiy tafakkurini rivojlantirishga, yangi metodlarni o'rganishga hamda ularda ijodiy faoliyat ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Shernaev, A. O. (2020). GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA ATLAS VA XARITALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI. Academic research in educational sciences, (4), 657-662.

2. Ражабов, Ф. Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). УЗБЕКИСТОН ФЕРМЕР ХУЖАЛИКЛАРИ: РИВОЖЛАНИШИ, ИХТИСОСЛАШУВИ, ГЕОГРАФИЯСИ. Academic research in educational sciences,(3), 674-686.

3. Jurayeva, L. V., & Yeshinbetova, G. A. (2020). NOZOOGEOGRAFIK VAZIYATNI YAXSHILASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI O'RGANISH PRINSIPLARI. Academic research in educational sciences, (4), 630-638.

4. Джумабаева, С. К. (2020). ГЕОГРАФИЯ ФАНИНИ У^ИТИШ МЕТОДИКАСИ ФАНИНИ У^ИТИШДА НОАНЪАНАВИЙ МЕТОДЛАРНИНГ УРНИ ВА АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2020). TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI. Academic research in educational sciences, (3), 1306-1312.

6. Sherzod Ibroimov, & Muhayyo Madaminova (2020). MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О^ГШН SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО'LLASH. Academic research in educational sciences, (1), 54-60. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00009

7. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КУРСЛАРИДА АМАЛИЙ МАШЕУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ ^ИЛИШДА ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ^УЛЛАШ УСЛУБИЁТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

8. Shernayev Akbar (2020/1/30) Abstracts of V International Scientific and Practical Conference Osaka, Japan 29-31 January 2020,189-193.

9. Шерзод Иброим Утаи Иброимов, & Махмуджон Жалолитдинович Болтаев (2020). УЗБЕКИСТОН ТОЕ-ВОДИЙЛАРИНИНГ ЭКОТУРИСТИК ИМКОНИЯТЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ. Academic research in educational sciences, (1), 21-26. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00004

10. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АХДМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

11. Иброимов, Ш. Махмуд Болтаев, & Максуда Сатторова (2020). МАКТАБ УКУВЧИЛАРИ ОНГИДА РЕКРЕАЦИЯ ТУШУНЧАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences,(3), 146-151.

12. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196. doi:10.31838/icr.07.Q6.214

13. Иброимов, Ш. И. У. Мансур Фарманович Бурибеков, & Максуда Анвар Кизи Сатторова (2020). ЁШ АВЛОДГА ЭКОЛОГИК ТУРИЗМНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИНИ ЕТКАЗИШ. Academic research in educational sciences,(3), 275-279.

14. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.

15. Шерзод Иброим ^ли Иброимов (2020). РЕКРЕАЦИЯ ВА ЭКОТУРИЗМ ЖИХДТЛАРИ (САМАРКАНД ВИЛОЯТИ) МИСОЛИДА. Academic research in educational sciences, (4), 486-491.

16. Turakulovich RF (2020). Dynamics and Regional Features of Agricultural Production. In the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), 1264-1269.

17. Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, & Abdurauf Abdurahim Ogli Yusubaxmedov (2020). O'ZBEKISTON HUDUDINI TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI. Academic research in educational sciences, (4), 418-424.

18. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbano v, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.

19. Шерзод Иброим ^ли Иброимов (2020). ГЕОГРАФИЯ ДАРСЛАРИДА ТАЛАБАЛАР БИЛИМИНИ НАЗОРАТ ^ИЛИШ УСУЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (4), 412-417.

20. Sharipov Shavkat Mukhamajanovich, Shomurodova Shahnoza Gayratovna, Gudalov Mirkomil Ravshanovich (2020) THE USE OF THE MOUNTAIN KARS IN THE TOURISM SPHERE IN CORT AND RECREATION ZONE OF CHIMGAN-CHARVAK. Journal of Critical Reviews, 7 (3), 475-481.

21. Ibroimov, S. I. (2020). BUGUNGI KUNDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNI TARIX DARSLARIDA QO'LLANILISHI. Academic research in educational sciences, (4), 59-63.

22. Abdimurotov, OU (2020). XALQARO PISA DASTURI UChUN KELAJAKLARGA GEOGRAFIYA O'QITUVCHILARINI TAYYORLAShNING MUHIMI. Iqtisodiyot va sotsium , (5-1), 3-8.

23. Шомуродова Шахноза Гайратовна Природные озера Тянь-Шаня в зоне отдыха Чимган-Чарвак // Европейское научное обозрение. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (дата обращения: 15.12.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.