TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI
Oybek Uralovich Abdimurotov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola tabiiy geografiya darslarini mustaqil o'rganishda qollaniladigan interfaol metodlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: geografiya, "Toifalash" grafik organayzeri, golfstrim, Avstraliya, iqlim mintaqasi, tabiat zonasi, yozuvsiz xarita, materik, interfaol metod.
POSSIBILITIES OF USING INTERACTIVE METHODS IN INDEPENDENT STUDY OF NATURAL GEOGRAPHY LESSONS
Oybek Uralovich Abdimurotov Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region E-mail: [email protected]
ABSTRACT
This article is about the interactive methods used in the independent study of natural geography and the possibilities of their use.
Keywords: Geography, "Classification" graphic organizer, golfstream, Australia, climate zone, nature zone, unwritten map, continent, interactive method.
KIRISH
Bugungi kunda geografiya fani talabalarga tabiat va Yer haqidagi bilimlarni hamda ilmiy dunyoqarashini vujudga keltirib, yer yuzi tabiati, xo'jaligi va aholisi haqidagi turli ma'lumotlar haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi. Bu esa yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini, atrof-muhit holatini yaxshilash vositalari, insonlarda ekomadaniyatni shakllantirish usullari haqida mantiqiy fikrlashga o'rgatadi.
Tabiiy geografiya kursi talabalarda yerga, atrof-muhitga bo'lgan munosabatni, ekomadaniyatni vujudga keltirishda va shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi pandemiya sharoyitida masofaviy ta'lim tizimida talabalarni mustaqil is hlashi
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, bevosita talabalar o'zlari mustaqil kitob o'qishlari hamda mustaqil o'rganishlari talab qilinmoqda. Chunki, har bir mavzuni mustaqil o'rganishda talabalar o'z xotiralarida ma'lumotlarni ko'proq saqlay oladi lar hamda ularda mustaqil fikrlash doirasi kengayib, turli innovatsion g'oyalarni vujudga keltira boshlaydilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
AQShda B.Blum, D.Kratvoll, N.Gronlund, J.Kerol, J.Blok, A.Anderson va boshqa olimlar tamonidan rejalashtirililgan natijajalarni olishni kafolatlaydigan hamda qayta takrorlanadigan pedagogik texnologiyalar ishlab chiqildi.
Rossiyada B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.G.Guzeyev, T.S.Nazarov, P.K.Selevko va boshqalar pedogogik texnologiyalar sohasida ulkan ishlarni amalga oshirishdi.
O'zbekistonda B.P.Farberman, N.Saidahmedov, F.Jumabayev, A.Ochilov, L.Golish, B.Ziyamuhamedov, SH.Abdullayev, J.O.Tolipova, A.T.G'ofurov va bohqalar yirik ilmiy ishlar hamda o'quv qo'llanmalar yaratishdi.
Mamlakatimizda geografiya ta'limi sohasida M. Nabixonov, O.Mo'minov, T.Abdullaeva, P.Musaev, M.YUnusova, R.Qurbonniyozov, H.Vahobov, P.Baratov, O'.Safarov, P.Saidov, R.Gaypova, A.Xayitov, M.Abduraxmanov, X.Nikadamboyeva va boshqalar pedogogik texnologiyalarni qo'llash va geografik texnolo giyalarni ishlab chiqish bo'yicha ilmiy metodik ishlarni amalga oshirganlar.
NATIJALAR
Tabiiy geografiya darslarini mustaqil o'rganishda talabalar quyidagi metodlardan foydalanishi samarali hisoblanadi. Masalan, Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursidagi ma'lum turga oid ma'lumotlarni "Toifalash" grafik organayzeridan foydalanib jadval shaklida jamlash va ularni tartiblab joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, materik va okeanlarning iqlim mintaqalari hamda tabiat zonalari mavzularidagi ma'lumotlardan foydalanib yozuvsiz xaritaga ulardagi asosiy ma'lumotlarni tushirib chiqishi ma'lumotlarni yodda qolishida katta yordam beradi.
"Toifalash" grafik organayzeri talabalarni o'rganilayotgan mavzuning muhim xususiyat va jihatlarini aniqlash, ma'lumotlarni umumlashtirishga o'rgatadi. Uni qo'llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, muhim xususiyatlarni yorituvchi ma'lumotlarni muayyan tizimga keltirish ko'nikmalari shakllanadi.
Bir turdagi ma'lumotlarni jamlab jadval shakliga keltirib o'rganish interfaol metodi yangilik bo'lmasa ham hozirda ushbu metoddan foydalanuvchilar soni kamayib bormoqda bunga sabab esa dars vaqtida bu metod biroz ko'p vaqtni olishi hisoblanadi.
Lekin, bu metodni mustaqil o'rganish vaqtida yo'lga qo'yish birmuncha samarali hisoblanadi. Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi o'quv kursini mustaqil o'rganish davomida o'quvchilar quyidagi jadvallarni tuzishi samarali hisoblanadi. Geoxronologik jadval, havo haroratlari, yog'inlar, milliy bog' va qo'riqxonalar, materik burunlari, cho'qqilar, vulqonlar, tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, botiqlar, cho'kmalar, ko'llar, daryolar, ilmiy stansiyalar, tuproqlar, o'simliklar, hayvonot olami va sayohatchi geograf olimlar, Dunyo okeani dengizlari, Dunyo okeani oqimlari kabi jadvallar tuzish mumkin. Quyida ulardan misollar keltiramiz (1 va 2-jadvallar). Bu jadvalni tuzish orqali talabalar o'zi bilgan ma'lumotlarni bir tartibga keltirib olishadi hamda uni to'ldirish natijasida qo'shimcha adabiyotlar va xaritalar bilan mustaqil ishlashni o'rganishadi.
1-jadval
Oqimlar jadvali
№ Oqim nomi Turi Geografik o'rni Yo'nalishi
1 Golfstrim iliq Atlantika Shimoli-sharqqa
2-jadval
Shimoliy Amerika tabiat zonalari jadvali
Tabiat zonasi Geografik o'rni Tuproqlari O'simliklari Hayvonot dunyosi
Arktika cho'llari Grenlandiya oroli va Kanada-Arktika arepilagi - Mox va lishayniklar Oq ayiq, morj, qo'yxo'kiz va oq yapaloqqush
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini mustaqil o'rganishda yana bir ko'makchi bu yozuvsiz xarita hisoblanadi. Yozuvsiz xarita bilan ishlaganda biror materik yoki okean mavzusidagi asosiy ma'lumotlarni yozuvsiz xaritaga tushirish samarali hisoblanadi. Masalan, Avstraliya iqlim mintaqalarini yozuvsiz xaritaning iqlim mintaqalari uchun ajratilgan xaritasiga tushirish quyidagicha amalga oshirilsa, ma'lumotlarni yodda qolishi juda yuqori bo'ladi.
Materiklarning iqlim mintaqalari mavzusini yozuvsiz xaritalar orqali o'rganishda darslikdagi ma'lumotlarni (yog' in miqdorlari, havo haroratlari,
hududidagi tabiiy georgafik obyektlar) xaritaga tushirish, iqlim mintaqalari chegaralarini ajratib chiqish va turli ranglarga bo'yash talab etiladi.
1-rasm. Avstraliya materigi iqlim mintaqasi xaritasi
Materiklarning tabiat zonalari mavzusini yozuvsiz xarita orqali o'rganganda esa mavzuda keltirilgan turli ma'lumotlarni (tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi) xaritaga tushirish va tabiat zonalari chegaralarini ajratib chiqish va turli xil ranglarga bo'yash talab etiladi. Ushbu ma'lumotlarni xaritaga tushurishda turli rangdan iborat ruchkalardan foydalanish ularni takrorlash vaqtida juda foydalidir. Chunki, yashil rangli yozuvlar - o'simliklarini, qora rangli yozuvda - tuproqlari, qizil rangli yozuvda - hayvonot dunyosini anglatadi. Buning sababi o'quvchilar yozuvsiz xaritasidan foydalanib, o'qigan ma'lumotlarini takrorlaganda tezda ko'zga tashlanishi va ajralib turishi uchun turli rangli ruchkalardan foydalanish talab etiladi. Bu usulni tabiiy geografiya darslarining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Amaliy mashg'ulot darslarida talabalar materiklarning chekka nuqtalarini va relyefini yozuvsiz xaritaga tushirishadi lekin ular asosan atlasdagi mavjud geografik obyektlarni tushurishadi, lekin talaba mustaqil holda ma'ruzada olgan bilimlarini mustaxkamlash maqsadida atlasda mavjud bo'lmagan geografik obyektlarni toifaga ajratib, ularni yozuvsiz xaritaga tushirganlarida ko'proq ma'lumotlarni yodda saqlab qolishadi, bu ma'lumotlarni toifaga ajratish va yozuvsiz xaritaga tushirish ko'proq vaqtni talab qiladi, lekin talabalarni xotirasida yaxshi saqlanib qoladi.
MUHOKAMA
Oliy o'quv yurtlarida malakali geograflar tayyorlashda tabiiy geografiya kurslarining o'rni benihoya kattadir. Chunki bu kursni o'qitish orqali talabalar
sayyoramizning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarni chuqur o'rganadilar hamda tabiiy unsurlarning bir-biriga uzviy bog'liq va aloqadorlik qonuniyatlarini tushunib etadilar. Natijada sayyoramiz tabiatini chuqur va har tomonlama biluvchi uni tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanib, muhofaza qilishni yosh avlodga etkazuvchi geografiya o'qituvchilari tayyorlanadi. O'zbekiston Oliy va o'rta mahsus talim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv rejada tabiiy geografiya kurslarida nazariyaga ajratilgan soatning kamligi sababli, yer yuzi tabiatining o'ziga hos hususiyatini talabalarga chuqur o'rgatish imkoniyati cheklangan, aksincha amaliy mashg'ulotlariga va mustaqil ta'limga umumiy soatning ko'p qismi ajratilgan. Binobarin, topshiriqlarni amaliy mashg'ulot darslarida va mustqil holda puxta bajarsalar nazariyadan olgan bilimlarini mustahkamlashdan tashqari talabalarda mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. Chunki amaliy mashg'ulot darslarida va mustqil holda topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar darslik, o'quv qo'llanma, har xil adabiyotlar, xarita va atlaslardan foydalanib berilgan topshiriq va savollarni sinchkovlik bilan puxta bajarsalar ular uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi malaka va ko'nikmalar shakllanadi:
- amaliy mashg'ulotlarda tematik xaritalar va atlaslar bilan ishlab, ularni taqqoslash orqali talabalarda ma'lum tabiiy geografik obyektlarning hozirgi holati, unda sodir bo'layotgan va bo'lishi mumkin bo'lgan jarayonlarni bilish malakasi shakllandi;
-tabiatning tabiiy unsurlarini bir-biriga taqqoslab ularni ajratilgan holda emas, balki uzviy aloqada bo'lib, agar uning biror unsuriga noto'g'ri tasir etilsa, u o'z navbatida boshqa tabiat elementlarining holatini o'zgarishiga sababchi bo'lishi mumkinligi haqida talabalarda mustaqil ravishda hulosalar chiqarish malakasi vujudga keladi;
- turli hil manbalarda hamda o'quv qo'llanmalarda berilgan jadvallardan foydalanib raqamli malumotlarni tahlil qilish, profillar tuzish, grafik va diagrammalar chizish malakasi shakllanadi.
XULOSA
Yuqorida keltirib o'tilgan metodlarni mustaqil o'rganishda qo'llash juda samarali hisoblanib, talabalar ayniqsa o'z ustida ko'proq ishlovchi talabalar uchun juda foydali metod hisoblanadi. Hozirgi kunning talabi yoshlarni iqtidorli, aqlli, innovatsiyaga ega bo'lishlari bilan bir qatorda har tomonlama yetuk va barkamol shaxsga aylanishi bugungi ta'lim sohasidagi olib borilayotgan ishlarning natijasidir. Mana shunaqa turli mazmundagi jadvallarni tuzish va uni to'ldirish talabani iqtidori va innovatsiyaga intilishidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196.
2. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.
3. Туракулович, РФ (2020). Динамика и региональные особенности сельскохозяйственного производства. В Республике Узбекистан. Международный журнал психосоциальной реабилитации, 24 (2).
4. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.
5. Салиев Абдусами Салиевич, & Ражабов Фуркат Туракулович (2016). Особенности демографического и социально-экономического развития Кашкадарьинской области Республики Узбекистан. Псковский регионологический журнал, (1 (25)), 23-30.
6. Салиев, А. С., Курбанов, Ш. Б., & Ражабов, Ф. Т. (2016). СДВИГИ В ОТРАСЛЕВОЙ И ТЕРРИТОРИАЛЬНОЙ СТРУКТУРЕ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА. Социально-экономическая география. Вестник Ассоциации российских географов-обществоведов, (5), 209-218.
7. Ражабов, Ф. Т. (2015). Социально-экономическая и демографическая ситуация в Кашкадарьинской области Республики Узбекистан. Europaische Fachhochschule, (10), 33-34.
8. Ражабов, Ф. Т. (2015). Региональные особенности развития сельского хозяйства Республики Узбекистан (на примере Кашкадарьинской области). Социально-экономическая география: Вестник Ассоциации российских географов-обществоведов (АРГО), (1), 195.
9. Ражабов, Ф. Т. (2014). Фермерские хозяйства Узбекистана: развитие и региональные особенности. Позиционирование России и её регионов в современном мире: общественногеографический анализ и прогноз/под ред. АГ Дружинина. Санкт-Петербург, ЦУП, 152-157.
10. Ibroimov, S., & Madaminova, M. (2020). Maktablarda geografiya fanini о'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qо'llash. Academic research in educational sciences, (1).
11. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Махмуджон Жалолитдинович Болтаев (2020). УЗБЕКИСТОН ТОГ-ВОДИЙЛАРИНИНГ ЭКОТУРИСТИК ИМКОНИЯТЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ. Academic research in educational sciences, (1), 21-26.
12. Sultonova N.B. , Abdimurotov O.U. "Amaliy geografiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish". "Ta'lim texnologiyalari" ilmiy-uslubiy jurnal 2014-yil № 2(46). Toshkent, 55-59
13. Alimqulov N.R. Abdimurotov O.U. Yandasheva G. Sobirov E. "Umumta'lim maktablarida geografiya darslarini o'qitishda kartografik texnologiyalardan foydalanish". Farg'ona vodiysida tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning dolzarb muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Namangan, 6-7-iyun 2014-yil. 122-124-bet
14. Abdimurotov O.U. "Tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilishda interfaol metodlarning qo'llanishi". Ta'limni axborotlashtirishning zamonaviy interfaol texnologiyalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 2015-yil II-Tom 25-27-bet
15. Alimqulov N.R. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. " Umumiy yer bilimi kursida amaliy mashg'ulotlarni o'qitishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydalanish". Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20-may 2015-yil 361-364-bet
16. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. "O'zbekiston tabiiy geografiyasi kursida Keys -stadi texnologiyasidan foydalanish". Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20-may 2015-yil 423-426-bet
17. Abdimurotov O.U. Umumta'lim maktablari o'quv atlaslari mazmunini takomillashtirish (5, 6 va 7-sinf atlaslari misolida). Узбекистан Геoграфия жамияти ax6opora, 56-жилд - Т., 2019.
18. Abdimurotov O.U. The importance of preparing future geography teachers for the international PISA program. "Экoнoмика и сoциум" электрoннoе научш-практичес^е першдичесгае издание. Выпуск №5(72) май, 2020.
19. Shernayev A.O'. The System Of Working With Maps In Geography Lessons In Secondary Schools Of Uzbekistan. Jour of adv research in dynamical & control systems, vol. 12, special issue-06, 2020.