Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA ATLAS VA XARITALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI'

GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA ATLAS VA XARITALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

2278
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geografiya / xarita / shartli belgilar / masshtab / geografik koordinata / kenglik / uzunlik / balandlik shkalasi / chuqurlik shkalasi / sayohat / marshrut / atlaslar / globus. / Geography / map / symbols / scale / geographical coordinates / latitude / longitude / altitude scale / depth scale / travel / route / atlases / globe.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Shernaev Akbar Orolovich

Ushbu maqolaning mazmun va mohiyati o’quvchilarning geografik bilimlarni puxta egallashda yordamchi hisoblangan geografik xaritalarni o’qitishga qaratilgan. Geografik xaritalarni o’qiy olgan o’quvchi kreativ fikrlay oladi, dunyoqarashi kengayadi, to’g’ri va mustaqil xulosa chiqara oladi, xotirasi mustahkamlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGIES OF WORKING WITH ATLAS AND MAPS IN TEACHING GEOGRAPHY LESSONS

The content and essence of this article is aimed at teaching geographical maps, which are considered to help students gain a thorough knowledge of geography. A student who is able to read geographical maps will be able to think creatively, expand their worldview, draw correct and independent conclusions, and strengthen their memory.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA ATLAS VA XARITALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI»

GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA ATLAS VA XARITALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI

Akbar O'rolovich Shernaev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolaning mazmun va mohiyati o'quvchilarning geografik bilimlarni puxta egallashda yordamchi hisoblangan geografik xaritalarni o'qitishga qaratilgan. Geografik xaritalarni o'qiy olgan o'quvchi kreativ fikrlay oladi, dunyoqarashi kengayadi, to'g'ri va mustaqil xulosa chiqara oladi, xotirasi mustahkamlanadi.

Kalit so'zlar: Geografiya, xarita, shartli belgilar, masshtab, geografik koordinata, kenglik, uzunlik, balandlik shkalasi, chuqurlik shkalasi, sayohat, marshrut, atlaslar, globus.

TECHNOLOGIES OF WORKING WITH ATLAS AND MAPS IN TEACHING GEOGRAPHY LESSONS.

Akbar Urolovich Shernaev

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The content and essence of this article is aimed at teaching geographical maps, which are considered to help students gain a thorough knowledge of geography. A student who is able to read geographical maps will be able to think creatively, expand their worldview, draw correct and independent conclusions, and strengthen their memory.

Keywords: Geography, map, symbols, scale, geographical coordinates, latitude, longitude, altitude scale, depth scale, travel, route, atlases, globe.

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor berilmoqda. Geografiya fanini o'rganishda xaritalar katta ahamiyatga ega bo'lib, o'z navbatida barcha geografik tadqiqotlar ham xaritalar vositasida amalga oshiriladi.

Ishning maqsadi o'quvchilarni geografiya darslarida xaritalar bilan ishlash texnologiyalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ishni bajarishda umumta'lim maktablari uchun mo'ljallangan o'quv atlaslarida berilgan xaritalardan hamda xaritalarni o'zaro taqqoslash, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.

NATIJA

Geografiya fanini xaritasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Xarita geografiya o'rganadigan barcha predmet va hodisalar haqida hikoya qiladi, xaritalar geografik ma'lumotlarni tez, aniq va lo'nda qilib hikoya qilishda geografiya darsliklariga tenglashtiriladi. Geografiya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqotlar ham xaritalar bilan bog'liq ravishda bajariladi.

Geografiya ta'limining mazmunli va qiziqarli bo'lishida hamda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda ko'rgazmali qurollar, xususan, xaritalarning o'rni va ahamiyati katta bo'lib, darslarda yuqori samaradorlikka erishish uchun matnli ma'lumotlar berish bilan birga muntazam ravishda turli mavzulardagi va masshtabdagi o'quv xaritalari, atlaslar, globuslar, yozuvsiz xaritalar bilan ishlash talab etiladi. Binobarin, o'quvchilar turli geografik ob'ektlarning geografik o'rnini bilmay turib, ular haqidagi ma'lumotlarni ongli holda o'zlashtira olmaydilar. O'qituvchi o'quvchilarni yangi geografik ob'ektlar bilan tanishtirish jarayonida ularni devoriy xaritadan ko'rsatib, bu ob'ektlarni atlas yoki darslik xaritasidan topishni va ularning geografik o'rnini tahlil qilishni o'rgatishi maqsadga muvofiqdir.

Xarita mavzusi bilan tanishtirilib, asosan nimalar tasvirlanishi zarurligi aytib o'tiladi. Masalan, "Dunyoning tabiiy xaritasida" materik va okeanlarning chegaralari, relyefi, qismlari, geografik obyektlari, quruqlikdagi relyef shakllari, suv havzalari, relyefning asosiy baland va past joylari, muhim bo'lgan aholi punktlari, okeanning suvosti relyefi, qismlari va hakozolar.

Xaritaning masshtabi haqida tushuncha beriladi. Masshtabning turlari, undan foydalanish, nomli, sonli, chiziqli masshtablar bilan ishlash, masshtab yordamida masofani aniqlash ko'nikmalarini shakllantirish zarur. Bunda o'quvchilarga sonli masshtabni nomli masshtabda ifodalashni tushuntirish kerak. Chunki aksariyat xaritalarda sonli masshtabdan foydalaniladi. Sonli masshtabni nomli masshtabga o'tkazishda kilometrda ifodalash uchun 5 ta nol(0), metrda ifodalash uchun 2 ta nol(0)ni o'chirib hisoblashga o'rgatish yaxshi samara beradi.

Xaritalarda har bir geografik obyekt va hodisalar o'ziga xos shartli belgi bilan tasvirlanishi aytib o'tiladi. Shartli belgilarning turlari, yozuvli, geometrik shaklli,

chiziqli, rangli, nuqtali, harfli, raqamli, ko'rsatkichli, rasmli va boshqa shartli belgilar ko'rsatilib, misollar keltiriladi. O'quvchilarda shartli belgilarni o'qish ko'nikmasi shakllantiriladi. Jumladan, yozuvli shartli belgilar bilan ishlaganda o'quvchi geografik obyektlar nomini o'qib, yozuvlarni bir-biridan farqlay olishni o'rganishi kerak. Bunda geografik obyektlar nomlari yozilgan harflar bir-biridan katta-kichikligi, yo'g'onligi, ranggi, hajmi bilan farq qiladi. Masalan, materik va okean nomlari yirik harflar bilan, o'lkalar, davlatlar, dengizlar ularga nisbatan kichikroq harflar bilan yoziladi. Geografik obyektning maydoniga mos holda yozuv kichrayib boradi. Geometrik shakllar bilan foydali qazilmalar, chiziqli shartli belgilar bilan geografik obyektlarning chegaralari, yo'llar, daryolar tasvirlanadi. Chiziqli shartli belgilar yo'g'onligi, ranglari, kesmalarga bo'linganligi va uzuq-uzuq chiziqli bo'lishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu o'quvchiga alohida ta'kidlab o'tilishi shart, chunki o'quvchi davlat chegarasi bilan uning ma'muriy hududlari chegarasini farqlay olishi lozim. Yo'llarni tasvirlashda ham chiziqning yo'g'onligiga, turli kesmalar bilan bo'linganligiga, rangiga qarab so'qmoq yo'l, asfalt yo'l, beton yo'l yoki temiryo'l ekanligini bilishi zarur. Chiziqli shartli belgi bilan yana har xil liniyalar - elektr liniyalari, bir xil voqea va hodisalarni tutashtiradigan izochiziqlar ham tasvirlanadi. Bunday belgilar ranggi bilan ham farqlanadi.

Rangli shartli belgilar voqea va hodisalarni bir-biridan farqlashda: quruqlik va suv havzalarini, relyefini, tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, davlatlar, aholi va sanoat obyektlarini tasvirlaganda ishlatiladi. Ranglar yana och va to'qligi bilan ham voqea hodisalarni o'zgarib borishini tushuntiradi. Masalan, suv havzalarida moviy rangning to'qlashib borishi suv havzasining chuqurlashib borayotganini bildiradi. Yoki aholi xaritalarida aholi zichligi jigar rangda tasvirlanadi. Och jigar rangdagi hududlar aholi siyrakligini bildirsa, rang to'qlashib borishi aholi zichligining ortib borishini tushuntiriladi. Shuningdik, o'quvchilar keyinchalik xaritada berilmagan ayrim ma'lumotlarni ham bilib olishga intiladilar. Xaritani o'qish asosida tegishli xulosa va yakunlar chiqara olishlari uchun o'quvchilarga beriladigan savollar nazariy bilimlarga asoslanuvchi, hodisa sabablarini aniqlovchi savollar bo'lishi kerak. Masalan: Himolay tog'larining janubda yog' in nima uchun juda ko'p-u, shimolida kam? Qoraqum bilan Qizilqumning cho'l bo'lishiga sabab nima? degan savollar. O'quvchilarniig xaritadan oladigan bilimlari ma'lum bir tartib, reja asosida (masalan, joyning geografik o'rni quyidagi tartibda: joyning nomi, u joylashgan materik, uning geografik kengligi va uzunligi, dengiz va quruqlikdagi chegaralari, geografik o'rnining qulay va noqulayligi) bo'lishi kerak.

MUHOKAMA

Xaritani o'qish ko'nikmalarini takomillashtirishda xarita bo'ylab "sayohat"ning ahamiyati katta. O'quvchilarni "sayohat" marshrutlari bilan tanishtirish kerak. Xaritada qilinadigan "sayohat" bilan o'quvchilar xaritani jonlantiradilar, xaritadagi ob'ektlarni o'zlari o'sha joylarda bo'lgandek hikoya qilib beradilar. Evrosiyo mavzusiga oid bir necha «sayohat» marshrutlarini ko'rib chiqaylik.

1- marshrut. Londondan Evrosiyoning janubiy qirg'oqlari bo'ylab kemada Vladivostokkacha sayohat.

2- marshrut. Toshkent - Kobul - Dehli (avtomashinada) - Kalbkutta (poezdda) - Jakarta (kemada) sayohati.

3- marshrut. Toshkent kengligi bo'ylab Evrosiyoning g'arbiy chekkasndan sharqiy chekkasigacha samolyotda sayohat.

Bu sayohatlarda o'quvchilar Evrosiyoning turli mazmundagi xaritalari, rasmlar, gerbariylardan foydalanadilar. Birinchi marshrutda o'quvchilar kanday okean, dengiz, bo'g'oz orqali, qaysi yarimorol va orollar yonidan o'tganliklari haqida dengizlarning muzlash yoki muzlamaslik sabablari haqida so'zlab beradilar. Ikkinchi va uchinchi marshrutlarda yo'lda uchragan har bir joyning er yuzasi, dengizlar, iqlimning o'ziga xos xususiyati, daryo va ularning xususiyati, o'simlig va hayvonot olami, aholisi haqida, shuningdek sayohat uchun qulay vaqt va yo'lda uchraydigan qiyinchiliklar haqida gapirib beradilar. "Sayohat" vaqtida har bir joyning tabiiy sharoitini o'z o'lkasining tabiiy sharoiti bilan taqqoslab boradilar. Bir marshrutga 2-3 o'quvchi (marshrutni bir necha qismga bo'lib) javob berishi mumkin.

Xarita bo'ylab qilingan sayohat o'rganilgan materialni mustahkamlash va takrorlash maqsadida tashkil etilishi mumkin.

XULOSA

Geografiya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqotlar ham xaritalar bilan bog'liq ravishda bajariladi. Xarita - geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. SHunday ekan har bir o'quvchi xaritani o'qiy olishi lozim. Agar o'quvchi xaritaga qarab o'rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog'larning balandligi va yo'nalishini aniqlay olsa, ma'lum bir joyning er yuzasini yoki iqlimini ta'riflay olsa, bu o'quvchi xaritani biladi, deyish mumkin.

Xaritani o'qishdan avval xaritani tushunish kerak. Xaritani tushunish uchun esa xaritaning shartli belgilarni bilish zarur. Ammo o'quvchiga xarita shartli belgilar o'rgatilsayu, xaritani o'qishga oid mashqlar o'tkazilmasa, u samarali natija bermaydi. Xaritalarni odatda suhbat yo'li bilan taqqoslanadi, masalan, o'qituvchi o'quvchilarga

savol beradi, o'quvchilar savollarga xaritalar asosida javob berish bilan faktik ma'lumotlarni aniqlaydilar va bu xaritalarni bir-biriga solishtirib tegishli xulosalar chiqaradilar. Xullas, geografik xaritalarni o'rganish davomida o'quvchilarning geografik dunyoqarashi, voqea, hodisa va jarayonlarni anglab yetishi, tushuntirishi va xulosa chiqarishi, hayotda qo'llay olishi, turli mazmundagi xaitalarni o'qib, ulardan to'g'ri foydalanish ko'nikmalari shakllanib boradi.

REFERENCES

1. Tojieva Zulxumor Nazarovna, Dusmanov Farhod Azamqulovich, Muhamedova Nazokat Jurayevna, & Haydarova Surayyo Abdusalomovna (2016). Mustaqillikdan keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisining o'limi va umr ko'rish davomiyligi. Evropa ilmiy sharhi, (3-4), 24-27.

2. Shernayev Akbar (2020/1/30) Abstracts of V International Scientific and Practical Conference Osaka, Japan 29-31 January 2020,189-193.

3. Иброимов, Ш. И. У., & Болтаев, М. Ж. (2020). Узбекистан TOF-водийларининг экотуристик имкониятлари ва улардан фойдаланиш. Academic Research in Educational Sciences, (1).

4. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2020). TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI. Academic research in educational sciences, (3), 1306-1312.

6. Ibroimov, S., & Madaminova, M. (2020). Maktablarda geografiya fanini о 'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qо 'llash. Academic research in educational sciences, (1).

7. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.

8. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.

9. Шерзод Иброим Угли Иброимов, Мансур Фарманович Бурибеков, & Максуда Анвар Кизи Сатторова (2020). ЁШ АВЛОДГА ЭКОЛОГИК

ТУРИЗМНИНГ МАЗМУН-МО^ИЯТИНИ ЕТКАЗИШ. Academic research in educational sciences, (3), 275-279.

10. Turakulovich RF (2020). Dynamics and Regional Features of Agricultural Production. In the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), 1264-1269.

11. Фуркат Ражабов, Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). УЗБЕКИСТОН ФЕРМЕР ХУЖАЛИКЛАРИ: РИВОЖЛАНИШИ, ИХТИСОСЛАШУВИ, ГЕОГРАФИЯСИ. Academic research in educational sciences, (3), 674-686.

12. Шерзод Иброимов, Махмуд Болтаев, & Максуда Сатторова (2020). МАКТАБ У^УВЧИЛАРИ ОНГИДА РЕКРЕАЦИЯ ТУШУНЧАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, (3), 146-151.

13. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ А^АМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

14. Sharipov Shavkat Mukhamajanovich, Shomurodova Shahnoza Gayratovna, Gudalov Mirkomil Ravshanovich (2020) THE USE OF THE MOUNTAIN KARS IN THE TOURISM SPHERE IN CORT AND RECREATION ZONE OF CHIMGAN-CHARVAK. Journal of Critical Reviews, 7 (3), 475-481.

15. Шомуродова Шахноза Гайратовна Природные озера Тянь-Шаня в зоне отдыха Чимган-Чарвак // Европейское научное обозрение. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (дата обращения: 15.12.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.