Научная статья на тему 'AHOLINING HUDUDIY TARKIBINI TABIIY-LANDSHAFT BIRLIKLARI BO‘YICHA TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI'

AHOLINING HUDUDIY TARKIBINI TABIIY-LANDSHAFT BIRLIKLARI BO‘YICHA TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

528
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy-landshaft omili / aholi zichligi / ishchi kuchi / mehnat resursi / ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish / aholi joylashuvi / hududiy tashkil etish. / natural landscape factor / population density / labor force / labor force / production location / population distribution / territorial organization.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hayitboy Abduganiyevich Abduvaliyev, Munira Xasanovna Jarqinova

Muallif maqolada O‘zbekistonda aholining hududiy tarkibini tadqiq etishdagi o‘ziga xos qonuniyatlarni, shuningdek, aholining hududiy tarkibini shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy-landshaft va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning rolini tahlil etadi. Muallif aholini hududiy tashkil etilishiga tabiiy-landshaft omilining rolini o‘rganish va baholash orqali geodemografik muammolarga to‘g‘ri yechim topish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The author analyzes the patterns of studying the territorial composition of the population of Uzbekistan, as well as the role of natural landscape and socio-economic factors affecting the formation of the territorial composition of the population. The author gives recommendations on the possibility of correctly solving geodemographic problems by studying and assessing the role of the natural landscape factor in the territorial organization of the population

Текст научной работы на тему «AHOLINING HUDUDIY TARKIBINI TABIIY-LANDSHAFT BIRLIKLARI BO‘YICHA TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-33-38

AHOLINING HUDUDIY TARKIBINI TABIIY-LANDSHAFT BIRLIKLARI BO'YICHA TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

Hayitboy Abduganiyevich Abduvaliyev

Farg'ona davlat universiteti goografiya kafedrasi katta o'qituvchisi, g.f.f.d. (PhD)

Munira Xasanovna Jarqinova

Farg'ona davlat universiteti geografiya mutaxasisligi magistranti

ANNOTATSIYA

Muallif maqolada O'zbekistonda aholining hududiy tarkibini tadqiq etishdagi o'ziga xos qonuniyatlarni, shuningdek, aholining hududiy tarkibini shakllanishiga ta'sir etuvchi tabiiy-landshaft va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning rolini tahlil etadi. Muallif aholini hududiy tashkil etilishiga tabiiy-landshaft omilining rolini o'rganish va baholash orqali geodemografik muammolarga to'g'ri yechim topish mumkinligi bo'yicha tavsiyalar beradi.

Kalit so'zlar: tabiiy-landshaft omili, aholi zichligi, ishchi kuchi, mehnat resursi, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish, aholi joylashuvi, hududiy tashkil etish.

ABSTRACT

The author analyzes the patterns of studying the territorial composition of the population of Uzbekistan, as well as the role of natural landscape and socio-economic factors affecting the formation of the territorial composition of the population. The author gives recommendations on the possibility of correctly solving geodemographic problems by studying and assessing the role of the natural landscape factor in the territorial organization of the population.

Keywords: natural landscape factor, population density, labor force, labor force, production location, population distribution, territorial organization.

KIRISH

Keyingi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy baholash va bashoratlashda hududlarning tabiiy landshaft imkoniyatlarini hisobga olmaslik, hududlar uchun xos bo'lgan tabiiy (yer, suv, iqlim) ko'rsatkichlarni aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdorlarini aniqlashda yalpi (umumiy) ma'lumotlarni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-33-38

qo'llanishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Natijada hududlarda, ayniqsa ma'muriy tumanlar doirasida, real geografik voqeyliklarni aniq namoyon bo'lmayotganligi bilan bog'liq muammolari ko'zga tashlanmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aholi geografik tadqiqotlarning dastlabki bosqichlarida ishchi kuchi, mehnat resursi, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirishning omili sifatida o'rganilgan. Bugungi kunda esa aholi asosan ijtimoiy (sotsial) tushuncha sifatida qaralib, uning yashash sharoiti va turmush tarzi, takror barpo etilishi, hududiy joylashuviga boshqa omillarning jumladan, resurslar bilan ta'minlanganlik, ekologiya, tibbiy xizmatni xolati kabilarning ta'siri jihatlarini tadqiq qilish ustuvor ahamiyatga ega bo'lmoqda. Aynan shu jihatlarga e'tibor qaratilishi iqtisodiy geografiya fani rivojlanishidagi ijtimoiylashuvi, ekologiyalashuvi, gumanitarlashuvi jarayonlari oqibatidir.

Aholi geografiyasi o'zaro bog'langan ikki turdagi hududiy tizimlarni ya'ni, aholi va aholi punktlarini o'rganadi. Birinchisi, aholining hududiy guruhlari bilan shug'ullanib, maqsadiga qarab, qit'alar, davlatlar, mamlakatlar va ularning ayrim qismlari (rayon, shahar, qishloq, mahalla) aholisini qiyosiy o'rganadi. Ikkinchisi, aholining aholi punktlari bo'yicha taqsimlanishi va joylanishini tadqiq etishdir. Aholining geografik joylashuvi o'z navbatida hududning tabiiy landshaft sharoitiga, tabiiy resurslari bilan ta'minlanganligiga, hududning o'zlashtirilish darajasiga bog'liqdir.

Aholi va aholi punktlarining makon va zamondagi o'zgarish xususiyatlari yuz yillar davomida geografik tadqiqotlar markaziga qo'yilmoqda. Aholining falsafiy ma'noda makonda joylashishish geografiya fanida «hududiy tashkil etish» tushunchasi bilan ifodalanadi. Shuning uchun aholi tushunchasi har doim hudud tushunchasi bilan yonma-yon, o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi. Hudud, yer, makon, joy tushunchalarga nisbatan kengroq ma'noda ishlatiladi. Arab tilidan olingan bu so'z had, haddi, sarhad so'zlari bilan o'zakdosh bo'lib chegara, kimgadir qarashli yer ma'nosini anglatadi. Hudud deganda - o'zida tabiiy va inson tomonidan yaratilgan barcha resurslarni jamlagan, sanoatda, transport, qurilish va aholi manzilgohlarini tashkil etishda muhim omil vazifasini o'taydigan, o'ziga xos geografik o'ringa, ma'lum tabiiy landshaft va xo'jalik xususiyatlariga ega bo'lgan maydon tushuniladi. Aholining zamondagi o'zgarishi ko'proq uning miqdoriy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-33-38

ko'rsatkichlarini dinamikasi bilan bog'liq bo'lib, demografiya yo'nalishidagi tadqiqotlar o'zagini tashkil etadi.

Geografik tadqiqotlar doirasida «aholi joylashuvi» tushunchasi ikki xil ma'noda qo'llaniladi. Birinchisida u aholining yashash joylari bo'yicha joylanishi tushuniladi. Bunda yashash joy sifatida ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, hudud, mintaqa, mamlakat yoki qit'a tushunilishi mumkin. Ikkinchisida «aholi joylashuvi» turg'unlik va dinamik o'sish tushunchalarida o'z aksini topadi. Aholi punktlari va ularning rivojlanish jarayoni ichki tizimlar va elementlar o'rtasidagi munosabatlarning murakkab va ko'pincha qarama-qarshi xususiyatiga ega bo'lgan hudud ichki potentsialida namayon bo'ladi. Ushbu munosabatlar ma'lum bir geografik makonning xususiyatini belgilaydi. Bu geografik makonning bir qismi bo'lgan aholi va aholi punktlarining asosiy mezoni bu hududiylikdir. Aholi joylashuvining barcha elementlari hududiy xususiyatga ega.

«Hududiy tashkil etish» iborasi dastlab aholiga nisbatan (A.E.Probst, 1982) «ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish» iborasi sifatida qo'llanilgan. Aholini hududiy tashkil etish iborasi oddiy yoki tabiiy aholi joylashuvi, uning hududiy tarkibidan ancha yuqori turadi. Sababi aholi va aholi punktlarini hududiy tashkil etish, shaxmat doskasiga toshlarni ma'lum maqsad bilan, (bu yerda g'alaba qozonish uchun) joylashtirishga o'xshaydi. Aholining hududiy tashkil etishda «g'alabaga erishish» bu - boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik jihatlaridan samarali bo'lishini ta'minlashdir. Bunday shakldagi aholi joylashuvi maxsus hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni shakllantiradi [3, 4].

B.S.Xorev, S.A.Kavalev, Yu.A.Simaginlar aholini hududiy tashkil etish tushunchasiga bergan takliflarni umumlashtirib, unga shunday ta'rif berish mumkin. Aholini hududiy tashkil etish bu - uning joylashish jarayonlari bilan mavjud hududiy tarkibini optimallashtirish maqsadida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishni ta'minlash uchun tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy yo'nalishdir. Bugungi kunda aholini hududiy tashkil etishning dolzarb muammolari turli davlatlar, mintaqalar, kichik mintaqalar va xatto aholi punktlari uchun ham bir-biridan farq qiladi. Biroq, aholini hududiy tashkil etishning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha mintaqalar uchun umumiy bo'lgan jihatlar ham mavjud. Ulardan biri aholi zichligidir. Aholi zichligi ma'lum bir hududda joylashgan aholi sonini ifodalovchi iqtisodiy geografik mezon bo'lib, u resurslar manbai hisoblangan hududdagi kishilarning hayot kechirishi va ishlab chiqarishi uyg'unlashgan munosabatni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-33-38

ifodalaydi. «Aholi zichligi» hududning sig'imini tavsiflaydigan ma'lum ko'rsatkich -bu aholi sonining u egallagan hududga bo'lgan nisbatida namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqot mavzusidan kelib chiqib, aholini hududiy tashkil etishni quyidagi yo'nalishlarini tadqiq etish tanlab olindi:

- aholini hududiy tashkil etilishiga ta'sir etuvchi omillardan tabiiy landshaft omilini o'rganish va baholash;

- aholini mavjud hududiy tashkil etilishini yangi usullarda baholash, taxlil qilish, diagnoz qo'yish, muammolarni aniqlash;

- aholini hududiy tashkil etilishini mavjud xolatni baholash, tabiiy-demografik imkoniyatlari asosida takomillashtirish bo'yicha takliflar berish.

Aholining hududiy tarkibini tabiiy-landshaft omili imkoniyatlaridan foydalangan holda takomillashtirish yo'nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar uzviy ketma-ketlikda ma'lum bosqichda olib borgan ma'qul hisoblanadi [2].

Dastlabki bosqichda, aholini hududiy tashkil etilishiga ta'sir etuvchi ma'lumotlar (axborotlar) jamlanadi. Ushbu tadqiqotda asosiy e'tibor aholining hududiy tarkibiga ta'sir etuvchi tabiiy-landshaft omiliga qaratiladi. Yig'ilgan axborotlarni taxlili etishda A.Kashin, Sh.Jumaxanov, Sh.Sharipov, Yu.Ahmadaliev, H.Abduvaliyevlar tomonidan ilgari surilgan nazariy bilimlarga tayaniladi. Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib bevosita aholining hududiy tarkibiga ta'sir etuvchi tabiiy-landshaft omillari geomorfologik (yer usti tuzilishi, relyef), iqlimiy (quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi, qulay iqlim mintaqalarida joylashuv), tuproq (mexanik tarkibi, gumus miqdori), gidrologik (daryo va soylar bo'yida joylashuv) qismlarga ajratib tavsiflanadi [1, 3, 4, 5].

Bu 4 ta omillar ta'sirida shakllangan aholining mavjud hududiy tashkil etilishi majmuali-geografik asosda baholanadi.

Ikkinchi bosqichda aholi zichligini ortib ketishi, yer-suv resurslarining aholi jon boshiga yetishmay qolishi kabi jihatlari o'rganiladi. Baholash natijalari aholining hududiy tashkil etilishi bilan bog'liq bo'lgan muammo va muammoli vaziyatlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Tadqiqotning yakuniy bosqichida aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi.

Aholi hududiy tarkibini tadqiq etishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda yangicha uslubiy yondashuvda tadqiqot olib borish zarurati yuzaga kelmoqda. Taxlillardan aholi zichligini hisoblashni ma'muriy-hududiy usuli mavjud holatni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-33-38

to'liq aks ettirmasligi, resurslarni aholi jon boshiga taqsimlashda mutloqo noto'g'ri ko'rsatkichlarni keltirib chiqarishi ayon bo'ldi. Buning oqibatida aholi jon boshiga hisoblaganda asosiy mehnat vositasi bo'lgan yer resurslarining yetishmasligi, bandlik va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muammoli xolatlar yuzaga kelmoqda. Fikrmizni Farg'ona viloyati So'x tumani misolida asoslashga harakat qilamiz. So'x tumanida aholi zichligi 2019 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra, an'anaviy usulda hisoblanganda 250,6 kishini tashkil etib, vodiyning 40 ta ma'muriy tumanlar orasida 38 o'rinda. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yer resurslar bo'yicha nafaqat viloyatda balki vodiyda yetakchi o'rinda turadi. Bu ko'rsatkichdan hozirda So'x tumanida o'zlashtirish imkoniyati bor yerlar mavjud degan xulosa chiqarish mumkin. Biroq, zichlikni biz taklif etayotgan, aholi joylashishidagi cheklovchi yoki chorlovchi omillarini e'tiborga oluvchi, landshaftli usulda baholansa aniq muammoli vaziyat namoyon bo'ladi. Tumanda aholini joylashishiga chorlovchi ta'sir ko'rsatuvchi omillar ta'siridagi tekislik yerlar to'liq o'zlashtirilgan. Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida «cheklovchi» tabiiy omillar ta'sirida aholini hududiy tashkil etish imkonoi bo'lmagan tog'li hududlarni hisobdan chiqarib, aholi zichligi aniqlandi, u tog' oldi tekislik landshaftlarida 716,5 kishini, sug'oriladigan yerlarda 4370 kishini tashkil etadi. Bunday hisobda aholining mavjud, foydalanish imkoniyati bor yer resurslari bilan ta'minlanishi bo'yicha So'x tumani nafaqat vodiyda balki respublikada oxirgi o'rinda turadi. Bu esa tumandagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo'lmoqda.

XULOSA

Mazkur usuldan foydalanish, birinchidan, ma'muriy tumanlar iqtisodiy rivojlanishi va xo'jalik tarmoqlari tarkibining bugungi kunida aholini joylashtirish va foydalanish imkoni bo'lmagan hududlarni vaqtincha hisobdan chiqarib aholi zichligini, real demografik yuk miqdorini aniqlashda;

ikkinchidan, aholini landshaft balandlik mintaqalari bo'yicha joylashish xususiyatlarini aniqlash va uni hududiy joylashishini takomillashtirish bo'ycha taklif va tavsiya ishlab chiqishda har bir landshaft balandlik mintaqasidagi mavjud demografik yuk hamda hududning tabiiy-demografik imkoniyatini qiyosiy baholashda;

uchinchidan, har bir landshaft balandlik mintaqalari bo'yicha aholini joylashtirishning optimal miqdorlarini (yer sig'imini) belgilash, cheklovchi omillar kuchli bo'lgan landshaftlardan kelajakda foydalanish (masalan, muhofaza etiladagan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-33-38

hududlar, rekreatsiya va turizm, o'rmon bog'dorchiligi) yo'nalishlarini belgilashda foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Abduvaliev H. A. LANDSCAPE APPROACH TO THE STUDY OF NATURE MANAGEMENT //Экономика и социум. - 2019. - №. 10. - С. 3-6.

2. Абдувалиев X,. А. Geographical trends of the ethnoecological researches //Узбекистан ва Россияда география фани: умумий муаммолар, хдмкорлик салохдяти ва истикболи. - 2019. - С. 14-17.

3. Ахдоадалиев Ю. И., Абдувалиев X. А., Алимджанов Н. Н. ABOUT THE ETHOGEOGRAPHIC ROOTS OF PROBLEMS OF THE CONSUMING WATER AND GROUND RESOURCE //Геоэкологические проблемы бассейна Аральского моря: научные идеи, исследования, инновации. Сборник материалов Международной научно-практической конференции. - 2019. - С. 107-111.

4. Жумаханов Ш., Мирзаахмедов X. Дарё хдвзаларида ахрли жойлашувининг узига хос хусусиятлари // Узбекистан география жамиятининг ахборотномаси, 36-жилд. -Т., 2010. -Б. 80-83.

5. Кашин А.А. Исследование ландшафтной организации территории Удмуртии как фактора хозяйственного освоения и расселения населения. Дисс. ... канд. геог. наук. -Ижевск, 2015. - 184 с. (https://www.dissercat.com)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.