Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON HUDUDINI TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI'

O'ZBEKISTON HUDUDINI TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

866
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
endokrin / nozogeografik indeks / voxa / vodiy / rel'ef / endocrine / nosogeographic index / oasis / valley / relief

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, Abdurauf Abdurahim Ogli Yusubaxmedov

Hozirgi paytda hududlarda tibbiy geografik rayonlarga ajratilganda uning har qaysi mintaqasi va ma’muriy hududdariga xos bo`lgan tipik kasallik guruhlari, aholi o`limi, umumiy kasallanganlik darajasi kabi holatlarni taqqoslash, mintaqalarda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish tarmoqlari faoliyatini yanada yaxshilash va sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF MEDICAL AND GEOGRAPHICAL ASSESSMENT OF THE TERRITORY OF UZBEKISTAN

At present, when dividing the regions into medical geographical regions, it is necessary to compare the typical disease groups, mortality, general morbidity rates specific to each region and administrative region, to further improve the functioning of health services in the regions and to improve health. plays a major role in reforming the conservation system.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON HUDUDINI TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 O'ZBEKISTON HUDUDINI TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI

Sherzod Ibroim o'g'li Ibroimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Abdurauf Abdurahim o'g'li Yusubaxmedov

O'zbekiston Milliy universiteti

ANNOTATSIYA

Hozirgi paytda hududlarda tibbiy geografik rayonlarga ajratilganda uning har qaysi mintaqasi va ma'muriy hududdariga xos bolgan tipik kasallik guruhlari, aholi o limi, umumiy kasallanganlik darajasi kabi holatlarni taqqoslash, mintaqalarda aholiga tibbiy xizmat korsatish tarmoqlari faoliyatini yanada yaxshilash va sogliqni saqlash tizimini isloh qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: endokrin, nozogeografik indeks, voxa, vodiy, rel'ef

METHODS OF MEDICAL AND GEOGRAPHICAL ASSESSMENT OF THE

TERRITORY OF UZBEKISTAN

Sherzod Ibroim ugli Ibroimov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Abdurauf Abdurahim ugli Yusubakhmedov

National University of Uzbekistan

ABSTRACT

At present, when dividing the regions into medical geographical regions, it is necessary to compare the typical disease groups, mortality, general morbidity rates specific to each region and administrative region, to further improve the functioning of health services in the regions and to improve health. plays a major role in reforming the conservation system.

Keywords: endocrine, nosogeographic index, oasis, valley, relief

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi hududini tibbiy geografik rayonlashtyarishda dastlab mamlakat hududini kompleks xolda tibbiy geografik baholash talab etiladi. Chunki, respublikamiz hududlari bir-biridan nafaqat tabiiy geografik xususiyatlari, qolaversa,

ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik xususiyatlariga ko'ra ham farqlanadi. Bunda hududlarning rel' efi va iqlimi, tuproqlari, yer osti va yer usti suvlari, hayvonot va o' simliklar olami, aholi zichligi va urbanizatsiya darajasi, sanoat hamda transport tugunlari singari omillar bevosita e'tiborga olinadi.

O'zbekiston Respublikasi hududini rayonlashtirishda ko'p uchraydigan ayrim kasallik guruhlarini tibbiy geografik jihatdan rayonlashtirish ham alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan tadqiqotda respublika mintaqalarida keng tarqalgan endokrin, yurak qon-tomir, o'sma va yuqumli kasalliklar tarkibiga kiruvchi sil kasalligi areallarini ajratishga e'tibor karatildi.

Respublika hududi tibbiy geografik rayonlarga ajratilganda uning har qaysi mintaqasi va ma'muriy hududdariga xos bo'lgan tipik kasallik guruqlari, aholi o'limi, umumiy kasallanganlik darajasi kabi holatlarni taqqoslash mumkin bo'ladi. Bu esa mintaqalarda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tarmoqlari faoliyatini yanada yaxshilash va sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimiz hududi o'ziga xos tabiiy sharoiti, aholi orasida mavjud kasalliklarning tarkibi va miqdori jihatidan geografik xususiyatlarga ega. Tarixiy ma'lumotlar shundan guvohlik beradiki, qadim davrlarda respublikamiz hududi ayrim yuqumli kasalliklarning (vabo, o'lat, bezgak, rishta va b.) endemik o'chog'i bo'lib kelgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagi kasalliklar batamom yo' qolib, ayrimlari birmuncha kamaygan bolsada, biroq yuqumli bo'lmagan kasalliklar orasida yurak, qon-tomir, nafas olish, havfli o'sma, endokrin tizimiga tegishli xastaliklar bilan aholining kasallanishi bo'yicha yurtimiz qo'shni davlatlar doirasida farq qiladi. Mazkur holat asosan mamlakat tabiiy va ekologik sharoiti, shu jumladan ichimlik suv tarkibi, aholi zichligi, xo'jalik tarmoklarining ixtisoslashuvi, mintakalarning sanoatlashganlik va urbanizatsiya jihatlariga bog' liq.

Hududlarda umumiy va alohida kasalliklarning tarkalganlishni ko'rsatish uchun prof. A.S.Soliev tomonidan taklif etilgan hududlar aholisining kasallanganlik darajasi yoki nozogeografik indeksi aniq ma'lumotlar beradi. Ushbu ko'rsatkich ikki ko'rinishda hisoblab chiqiladi:

1. Umumiy nozogeografik indeks. Uni aniqlashda jami respublika aholi kasallanishidagi ulushining shu hududning respublika aholisi ulushidagi nisbati e'tiborga olinadi.

2. Xususiy nozogeografik indeksni topishda muayyan kasallik bo'yicha hududning o'zidan kapa tizimdagi ulushining shu hududning umumiy kasallanishidagi ulushiga nisbati tushuniladi.

NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasining asosiy iqtisodiy mintaqalari va ularga mos holda ajratilgan tibbiy geografik rayonlar o'zlarining nozogeografik vaziyati bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqqan holda tadqiqot ishida cho'l, tog', voxa, vodiy uchun xos tabiiy sharoitlar, ularnilg salomatlik bilan bog'liq jihatlari va ular bilan aloqador kasalliklarga ham urg'u berilgan. Tadqiqot ishida Toshkent tibbiy geografik rayoni nozogeografik jihatdan baholanganda koproq texnogen omillar ta'sirining yuqoriligi bilan ajralib tursa, Quyi Amudaryo rayonida ko'proq geoekologik omillar ta'siri sezilib turadi. Shu orinda ta'kidlash joizki, Toshkent tibbiy geografik rayoni iqtisodiyoti industrial-agrar yo'nalishga ega. Jumladan, Angrek-Olmaliq sanoat rayoni ko'pgina mineral xom ashyo zaxiralariga ega. Shu bilan birga, mazkur sanoat tuguni ekologik vaziyati nuqgai nazaridan ham boshqa o'lkalardan tubdan farq kiladi. Hudud aholisi orasidagi kasalliklarning keng avj olishini mintakadagi aynan Angren-Olmaliqqa o'xshash ekologik tang nuqtalarning mavjudligi bilan izohlash mumkin.

MUHOKAMA

Boshqa mintaqalarga nisbatan sanoat korxonalari sonining ko'pligi, aholi soni va zichligidagi holatlar ushbu hudud nozogeografik vaziyatiga o ziga xos ta'sir ko'rsatadi, kasallik guruhlari (qon aylanish, havfli o'sma, asab tizimi, tug'ma nuqsonlar va b.) bilan aholining kasallanishi asosan mazkur mintaqaning yirik aholi va sanoat markazlarida kuzatiladi. Toshkent, Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari ekologik ifloslanishi bo'yicha nafaqat mintakada, balki mamlakatimizda ham alohida ko'zga tashlanadi. Ayni vaqtda, mazkur tibbiy geografik rayon respublikamizda aholining umumiy o'lim ko'rsatkichlari bo'yicha eng yuqori o'rinni egallaydi.

2010 yilda respublikada aholining barcha sabablarga ko'ra o'lim ko'rsatkichlari orasida qon aylanish tizimi bo'yicha o'lim 64,0 foizni tashkil etgan holda, bu raqam Toshkent shahrida 65,6 foizga, havfli o'smalar bilan bog'liq o'lim mamlakatimizda 8,02 foizga teng bo'lsa, poytaxtda u 11,6 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, asab tizimi, ruhiy buzilishlar, nafas olish tizimi kasalliklari bo'yicha mintaqa respublikada eng yuqori o rinni egallaydi. Tahlillar ko rsatadiki, ushbu mintaqada o zining salbiy xususiyatlariga ko'ra, eng avvalo, aholi sonining ko'pligi, sanoat tarmoqlariniig, xususan ekologik havfli sanoat korxonalarining' mujassamlashganligi (kimyo, issiqlik elektr stantsiyalari, sement ishlab chiqarish, qora va rangdor metallurgiya) nozogeografik vaziyatning shakllanishiga kuchli ta'sir qiladi. Shuning uchun bolsa

kerak, rayon mamlakatimizda go'daklar va onalar o'limi, aholining umumiy o'lim ko'rsatkichlari bo'yicha ham oldingi o'rinni egallaydi.

2010 yilda aholining umumiy o'lim ko'rsatkichi Olmaliq shahrida 7,7, Yangiyo'lda 9,5, Chirchiqda 9,9 promillega teng bo'ldi. Go'daklar o'limi bo'yicha mazkur yilda respublika ko'rsatkichi 10,9 promilleni tashkil qilgan holda, mintaqadagi ayrim aholi manzilgohlarida, jumladan, Parkent tumani (18,4), Olmalik (15,6) va Ohangaron (15,1) shaharlarida bu ko'rsatkich yuqori. Yana shuni ta'kidlash zarurki, ushbu mintaqa onalar o'limi ko'rsatkichlari bo'yicha ham respublikamizda eng salbiy holatdadir. Ko'rilayotgan yilda mamlakatimizda har 100 ming tirik tug'ilgan go'daklarga nisbatan onalar o'limi 21,4 kishini tashkil etgan bo'lsa, mazkur rayon tarkibiga kiruvchi ayrim hududlarda, chunonchi Olmaliq shahrida (88,3) Chirchiq (86,2) va Yangiyo'l shahrida (82,0) vaziyat respublika darajasidan birmuncha yuqoriroqdir. Ushbu tadqiqotda nozogeografik vaziyatni yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida aholi orasida keng tarqalgan ayrim ijtimoiy kasalliklar holatini aniklashga e'tibor qaratildi. Chunki, aynan shu mintaqa respublikamizning boshqa hududlaridan ijtimoiy kasalliklar salmog'ining eng yuqoriligi bilan tavsiflanadi. 2010 yilda mamlakatimizda har 100 ming aholiga Havfli o'sma kasalliklari 67,7 kishini tashkil etgan holda, mintaqaning Chirchiq (110,3), Yangiyo'l (109,9) va Toshkent shaharlarida (109,8) birmuncha achinarli vaziyat yuzaga kelgan. Ruxiy kasalliklar salmog'iga ko'ra ham Chirchiq, Olmalik shaharlari alohida ajralib turadi. Hatto O'rta Chirchik qishlok tumani ham aholining ruhiy kasalliklarga chalinish ko'rsatkichlari (227,7) bo'yicha respublika darajasidan (130,1) ancha yuqori.

So'nggi yillarda jahon mamlakatlarida, qolaversa, Markaziy Osiyo respublikalarida aholining narkologik buzilishlar bilan bog' lik kasalliklari tobora ortib bormoqda. Mazkur mintaqa esa bunday kasalliklar bilan og'rish bo'yicha eng oldingi o'rinni egallamoqda. Ushbu kasallik bilan mamlakat aholisining umumiy kasallanishi 2010 yilda har 100 ming kishiga 26,8 kishini tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida bu ko'rsatkich 44,4 kishiga teng bo'lgan. Shunga o'xshash vaziyat Yangiyo'l shahrida ham qayd etiladi. Shuningdek, asab tizimi, ruhiy buzilishlar bilan bog'liq kasalliklarga chalinish holatlari bo'yicha ham rayon O'zbekistonda birinchi o'rinni egallaydi.

O'z-ozidan ma'lumki, yuqorida aytib o tilgan kasallik guruhlari asosan transport va sanoat tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan yirik shaharlarda ko'p uchraydi. Eslatish lozimki, bunday kasalliklar ko'pgina manbalarda taraqqiyot yoki sivilizatsiya kasalliklari deb nomlanadi. Aynan mana shunday kasalliklar bo'yicha Toshkent tibbiy geografik rayoni respublikada eng oldingi o'rinda turadi.

O'zbekiston hududlari tibbiy geografik jihatdan baholanganda Quyi Zarafshon tibbiy geografik rayoni ham alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa Buxoro

viloyati hududidayer osti suvlarining yer yuzasiga yaqin joylashganligi, yerlarning katta miqdordagi qismining sho'rlanib borayotganligi, shu jumladan ichimlik suv tarkibida tuz miqdorining me'yoridan ortikchaligi aholining salomatlik holatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bu yerda xususan buyrakda tuz yig'ilishi, siydik-ayirish a'zolari, teri, sil kasalliklari nihoyatda keng tarqalgan.

Aholi orasida eng ko'p uchraydigan hamda aholi o'limiga asosiy sabab bo'layotgan ayrim kasallik guruhlarining nozogeografik rayonlari ajratilgan. Jumladan, respublikamiz aholisi orasida keng tarkalgan sil kasalligining mintaqalarda taqsimlanish holatini tibbiy geografik jihatdan tahlil qilish natijasida Quyi Amudaryo rayoni tarkibidagi Qoraqalpog' iston Respublikasining bu borada alohida ajralib turishi ma'lum bo'ldi. Oxirgi 10-15 yillik statistik ma'lumotlar shundan guvoxdik beradiki, sil kasalligi ko'rsatkichlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar aynan Qoraqalpog'iston Respublikasiga to'g'ri kelgan. 1991 yilda sil bilan kasallanish har 100 ming aholiga mazkur hududda 97,3 kishini, 2002 yilda 183,0 kishini tashkil qilgan xolda, 2010 yilda bu ko'rsatkich 122,4 kishiga teng bo'lgan (2010 yilda mamlakatimizda mazkur ko'rsatkich 61,3 kishini tashkil etgan). Qoraqalpog'istonning tabiiy-ekologik sharoiti, aholining ijtimoiy holatidagi o'ziga xos muammolar ushbu kasallikning hududda keng tarqalishiga sabab bo'lmoada. Mintaqaning xususan Qorao'zak, Mo'ynoq va Chimboy tumanlarida ahvol nihoyatda tang. Shu sababli mazkur nozogeografik rayon ushbu kasallikning tipik o'chog'i sanaladi.

XULOSA

Tadqiqotda xuddi shu tarzda qon aylanish, onkologik, endokrin tizim kasalliklari ham tahlil qilingan. Umuman olganda, respublika hududini tibbiy geografik jihatdan tahlil etishda mamlakatimizda mavjud mintaqalar nozogeografik jihatdan baholangan va bunda Quyi Amudaryo va Toshkent mintaqalari nisbatan og'ir ahvolda ekanligi e'tirof etilgan. Ayni vaqtda tabiiy geografik jihatdan kasalliklar hududiy tarkibini respublikaning cho'l, voha va vodiy, tog' va tog' oldi, daryo havzalari miqyosida ham o'rganilgan. Jumladan, daryolar xavzasi hamda, ularning yuqori va quyi qismlarida o'ziga xos nozogeografik o'choqlar vujudga kelganligi asoslab berilgan.

REFERENCES

1. Tojieva Zulxumor Nazarovna, Dusmanov Farhod Azamqulovich, Muhamedova Nazokat Jurayevna, & Haydarova Surayyo Abdusalomovna (2016). Mustaqillikdan keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisining o'limi va umr ko'rish davomiyligi. Evropa ilmiy sharhi, (3-4), 24-27.

2. Shernayev Akbar (2020/1/30) Abstracts of V International Scientific and Practical Conference Osaka, Japan 29-31 January 2020,189-193.

3. Иброимов, Ш. И. У., & Болтаев, М. Ж. (2020). Узбекистан TOF-водийларининг экотуристик имкониятлари ва улардан фойдаланиш. Academic Research in Educational Sciences, (1).

4. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2020). TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI. Academic research in educational sciences, (3), 1306-1312.

6. Ibroimov, S., & Madaminova, M. (2020). Maktablarda geografiya fanini о 'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qо 'llash. Academic research in educational sciences, (1).

7. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.

8. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.

9. Шерзод Иброим Угли Иброимов, Мансур Фарманович Бурибеков, & Максуда Анвар Кизи Сатторова (2020). ЁШ АВЛОДГА ЭКОЛОГИК ТУРИЗМНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИНИ ЕТКАЗИШ. Academic research in educational sciences, (3), 275-279.

10. Turakulovich RF (2020). Dynamics and Regional Features of Agricultural Production. In the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), 1264-1269.

11. Фуркат Ражабов, Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). УЗБЕКИСТОН ФЕРМЕР ХУЖАЛИКЛАРИ: РИВОЖЛАНИШИ, ИХТИСОСЛАШУВИ, ГЕОГРАФИЯСИ. Academic research in educational sciences, (3), 674-686.

12. Шерзод Иброимов, Махмуд Болтаев, & Максуда Сатторова (2020). МАКТАБ УКУВЧИЛАРИ ОНГИДА РЕКРЕАЦИЯ ТУШУНЧАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, (3), 146-151.

13. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АХДМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

14. Sharipov Shavkat Mukhamajanovich, Shomurodova Shahnoza Gayratovna, Gudalov Mirkomil Ravshanovich (2020) THE USE OF THE MOUNTAIN KARS IN THE TOURISM SPHERE IN CORT AND RECREATION ZONE OF CHIMGAN-CHARVAK. Journal of Critical Reviews, 7 (3), 475-481.

15. Шомуродова Шахноза Гайратовна Природные озера Тянь-Шаня в зоне отдыха Чимган-Чарвак // Европейское научное обозрение. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (дата обращения: 15.12.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.