Научная статья на тему 'FARG‘ONA TUMANINING EKOLOGIK-XO‘JALIK HOLATINI BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISHNING GEOEKOLOGIK JIHATLARI'

FARG‘ONA TUMANINING EKOLOGIK-XO‘JALIK HOLATINI BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISHNING GEOEKOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

188
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
barqaror rivojlanish / ekologik-xo„jalik muvozanat / muhofaza etiladigan tabiiy hududlar / antropogen bosim / tabiiy himoyalanish ko„rsatkichi. / sustainable development / ecological and economic balance / protected natural areas / anthropogenic pressure / indicators of natural protection

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Olimjon Isomiddinovich Abdug‘aniev, Shaxloxon Xakimjon Qizi Turdiboeva

Farg„ona tumani hududining ekologik-xo„jalik holatini turli darajadagi antropogen yuk ko„rsatkichi bilan tasniflanadigan yerdan foydalanishning asosiy toifalari bo„yicha baholab chiqildi. Hududning nisbiy va mutloq ekologik zo„riqish darajasi hamda tabiiy himoyalanish ko„rsatkichlari aniqlangan. Ekologik-xo„jalik holatining zo„riqish darajasi eng yuqori va eng past bo„lgan hududlar ajratib ko„rsatilgan. Yerdan foydalanish tarkibini takomillashtirish asosida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni maydonini kengaytirish bo„yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The ecological and economic situation of the Fergana region was assessed by the main categories of land use, which are classified by different levels of anthropogenic load. The relative and absolute ecological stress levels and natural protection indicators of the region have been determined. Areas with the highest and lowest levels of environmental stress are identified. Areas with the highest and lowest levels of environmental stress are identified. Based on the improvement of land use structure, proposals have been developed to expand the area of protected natural areas.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA TUMANINING EKOLOGIK-XO‘JALIK HOLATINI BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISHNING GEOEKOLOGIK JIHATLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

FARG'ONA TUMANINING EKOLOGIK-XO' JALIK HOLATINI

BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISHNING GEOEKOLOGIK

JIHATLARI

Olimjon Isomiddinovich Abdug'aniev

Geografiya fanlari nomzodi Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti [email protected]

Shaxloxon Xakimjon qizi Turdiboeva

Farg'ona davlat universiteti geografiya yo'nalishi magistranti shahloturdiboeva1993@gmail .com

ANNOTATSIYA

Farg'ona tumani hududining ekologik-xo'jalik holatini turli darajadagi antropogen yuk ko'rsatkichi bilan tasniflanadigan yerdan foydalanishning asosiy toifalari bo'yicha baholab chiqildi. Hududning nisbiy va mutloq ekologik zo'riqish darajasi hamda tabiiy himoyalanish ko'rsatkichlari aniqlangan. Ekologik-xo'jalik holatining zo'riqish darajasi eng yuqori va eng past bo'lgan hududlar ajratib ko'rsatilgan. Yerdan foydalanish tarkibini takomillashtirish asosida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni maydonini kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlarlar: barqaror rivojlanish, ekologik-xo'jalik muvozanat, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, antropogen bosim, tabiiy himoyalanish ko'rsatkichi.

ABSTRACT

The ecological and economic situation of the Fergana region was assessed by the main categories of land use, which are classified by different levels of anthropogenic load. The relative and absolute ecological stress levels and natural protection indicators of the region have been determined. Areas with the highest and lowest levels of environmental stress are identified. Areas with the highest and lowest levels of environmental stress are identified. Based on the improvement of land use structure, proposals have been developed to expand the area of protected natural areas.

Keywords: sustainable development, ecological and economic balance, protected natural areas, anthropogenic pressure, indicators of natural protection.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

KIRISH

Tabiiy landshaftlarning takror ishlab chiqarish imkoniyati va resurs salohiyatini saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish - O'zbekistonning 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish strategik rejasida belgilangan asosiy milliy maqsad va vazifalardan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida qayd etilganidek, "xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, qishloq xo'jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash hamda atrof-tabiiy muhit, aholi sog'lig'i va genofondiga putur etkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish" muhim hisoblanadi [1].

Bunday maqsad va vazifalarga erishishda ekologik karkas tuzilmasi elementlarining optimal nisbatini aniqlash talab etiladi. Bu esa, tovar ishlab chiqarishga nisbatan xom ashyo resurslarini tayoyrlash ustun bo'lgan, qishloq xo'jaligi rivojlangan va aholining asosiy qismi qishloq tumanlarda yashaydigan mintaqalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Shuni alohida qayd etish kerakki, ko'p hollarda qishloq joylarning ekologik holati boshqa hududlarga, masalan, shaharlarga nisbatan ijobiy baholanadi, biroq, tabiatga ta'siri ko'lami va davomiyligi, landshaft-ekologik holatning o'zgarganligi qishloq joylarda etarli muammolar borligini ko'rsatadi [5].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jahondagi barqaror rivojlanish va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, qishloq joylaridagi geografik tadqiqotlarda geoekologik yo'nalishga e'tibor kuchaymoqda. Bunday muammolarni aniqlash va echimidagi samarali yondashuvlardan biri ekologik-xo'jalik holatni (EXH) baholash konsepsiyasi hisoblanadi. Mintaqaning EXH tahlil qilish bo'yicha dastlabki metodik yondashuvlar B.Kochurov, Yu.Ivanov va V.Lobkovskiylar tomonidan ishlab chiqilgan [6, 8, 9]. Ekologik-xo'jalik holatini baholash konsepsiyasi yerdan foydalanish tarkibini takomillshatirishga qaratilgan bo'lib, olingan natijalar mintaqaning iqtisodiy va ekologik jihatdan barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun asos bo'ladi. EXH konsepsiyasida asosiy e'tibor, mamlakat yer fondining toifalari va turlariga mos keluvchi antropogen yuk darajasini aniqlash hamda yerdan foydalanish tuzilmasini ekologiyalashtirishga qaratilgan [3,4, 5, 7].

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

Farg'ona tumanining ekologik-xo'jalik holatini tadqiq etish maqsadida 20102021 yillar bo'yicha yerdan foydalanish tuzilmasi tahlil qilindi. Tadqiqotda B.Kochurov (1999), V.Lobkovskiy (2005), Yu.Ivanov (2005), Yu.Ahmadaliev (2007), O.Abdug'aniev (2020) va boshqalarning ishlarida keltirilgan baholash uslublardan foydalanildi. Ma'muriy birliklar doirasida yer fondining holati, ularning miqdor va sifat jihatdan o'zgarishini taxlil qilish orqali ekologik muammolarni aniqlash hamda ularni oldini olish bo'yicha tezkor chora tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'linadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Landshaftlarda yuz berayotgan qayta tiklanmaydigan o'zgarishlar mamalkat iqtisodiyotidagi ma'qul ekologik diversifikatsiya imkoniyatlarini kamaytiradi, bu esa o'z navbatida aholining yashash muhitini yomonlashib borishiga ta'sir ko'rsatadi. SHuning uchun, har bir tumanga mos keladigan ma'qul ekologik diversifikatsiya imkoniyatini aniqlash zururdir [3, 8]. Bu ko'rsatkichni aniqlashda B.Kochurov (1999, 2003) tomonidan ishlab chiqilgan ekologik-xo'jalik holatni baholash koeffitsientlaridan foydalanamiz (1-jadval).

Hududining EXHni baholash uchun quyidagi ko'rsatkichlar: yerlarning turi va toifasi bo'yicha taqsimlanishi, METHlarning maydoni, antropogen bosimning turi va darajasi, hududning antropogen zo'riqish darajasi, antropogen yukning intensivligi, tabiiy himoyalanish imkoniyati hamda ekologik zahira uchun ajratilgan yerlarning holati va miqdori taxlil qilinadi. Yerdan foydalanish tuzilmasining tahlili yer kadastri klasssifikatsiyasidagi asosiy yer toifalari va turlari bo'yicha amalga oshirildi. Mintaqadagi yer toifalariga mos keluvchi antropogen yuk (AYu) darajasi ekspert baholash ballari asosida aniqlandi, unga muvofiq har bir yerdan foydalanish turlari mos holda ball belgilanadi. Bunday yondashuv yerdan foydalanish turlarini ball ko'rsatkichi bo'yicha guruhlarga ajratish imkonini beradi [3, 4, 8]. Mintaqadagi AYu baholash uchun ekspertlar tomonidan to'plangan ball shkalasi ishlab chiqiladi. Unga muvofiq har bir yerdan foydalanish turi ma'lum bir ball oladi. SHunday qilib, barcha yer fondi xo'jalik faoliyat turiga va yerdan foydalanish intensivligiga ko'ra oltita toifaga ajratildi. Bunday yondashuv yerdan foydalanish turlarini ball ko'rsatkichi bo'yicha guruhlarga ajratish imkonini beradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

1-jadval

Mintaqaning ekologik-xo'jalik holatni baholash koeffitsientlari (B.Kochurov, 1999, 2003).

Koeffitsientlarini nomlanishi va formulasi Foydalaniladigan manbaalar Olingan natija yoki qiymatlarni o'zgarish xususiyati

Kmez - mutloq ekologik zo'riqish koeffitsienti, AYu6 M33 AYul Antropogen yuk yuqori bo'lgan yer maydonlari- AYu6; antropogen yuk past bo'lgan (METH) yer maydonlari- AYu1. Kmez Î - zo'riqish ko'rsatkichini o'sib borishini bildiradi.

K„ez - nisbatan ekologik zo'riqish koeffitsienti, AYu4 + AYu5 + AYu6 H33 AYul + AYu2 + AYu3 Mintaqadagi antropogen yuk ko'rsatkichi yuqori bo'lgan (AYu4, AYu5, AYu6) va nisbatan past bo'lgan (AYu1, AYu2, AYu3) yer toifalarini o'zaro nisbati taxlil qilinadi. Knez ^ 1 mintaqadagi EXMning zo'riqish darajasi me'yorida; Knez Î - zo'riqish ko'rsatkichini o'sib borishini bildiradi.

Kth - tabiiy himoyalanish koeffitsienti, P J/" X33 TX p xye$ Rxuef - tadqiq etiladyotgan hudud yer fondining umumiy maydoni. KthÎ - tabiiy himoyalanish koeffitsientini o'sishi; Kth ^ 0.5 tabiiy himoyalanishi kritik darajada.

Rxeze - ekologik zahira yerlari, PH3 = P1+0,8 x P2+0,6 x P3+0,4 x P4 Rxeze - hududning ekologik zahira yerlarining umumlashtirilgan maydoni bo'lib, asosan, muhit hosil qiluvchi va resurs saqlovchi funksiyalarining barqarorligini ta'minlanganligi bilan belgilanadi. Rheze ko'rsatkichi mintaqaning tabiiy himoyalanish darajasini belgilab beradi.

Sanoat, transport, aloqa, mudofa yerlari, aholi punktlari, qishloq xo'jaligi yerlari va turli infratuzilmalardan iborat yerlarda AYu katta bo'lganligi uchun zng yuqori ballga ega. Eng past ball bilan tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo'lgan hududlar, suv ostidagi yerlari va tabiiy o'rmonlar baholandi (2-jadval). Farg'ona tumanining umumiy yer maydoni 61270 gektar bo'lib, shundan boshqa tumanlarda foydalanadigan yerlar 1109 gektarni tashkil etadi. Tumanning ekologik-xo'jalik holatini baholashda 3-jadvalda keltirilgan yer fondining toifalari va turlaridan foydalanildi. Qishloq fuqarolari yig'inlari (QFY) bo'yicha ekologik zo'riqish va tabiiy himoyalanish koeffitsientlarini aniqlash asosida Farg'ona tumani ekologik-

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

xo'jalik holatini baholash ishlari amalga oshirildi. SHuningdek, har-bir QFYlar bo'yicha ekologik zahira yerlarini kengaytirish asosida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari aniqlandi.

2-jadval

Yer fondining toifalar va turlarini antropogen yuk darajasi bo'yicha tasniflanishi

№ Yerdan foydalanish turlarini Antropogen yuk (AYu)

Toifasi Ball AYu darajasi

1 Ijtimoiy bino yerlari, imorat bilan band yerlar, meliorativ qurilish xolatidagi yerlar, bo'z yerlar, ijtimoiy hovli, ko'cha va maydon yo'llari AYu 6 6 Juda yuqori

2 Qishloq xo'jaligi va tomorqalardagi ekin yerlari AYu 5 5 Nisbatan yuqori

3 Suv ostidagi yerlar (suv omborlar va suv xavzalari, kanal, kolletor va zovurlar), bog' va sabzovotchilik uyushmalari yerlari AYu 4 4 YUqori

4 Bog'lar, uzumzorlar, tutzorlar, bog' va mevali daraxtzorlar, METHlar (VI toifalari) yerlari AYu 3 3 O'rta

5 Qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yerlar, yaylovlar, pichanzorlar, o'rmonzorlar (ixota va terakzorlar), METHlar (V toifa) yerlari AYu 2 2 Past

6 METHlar (1-IV toifalari), suv ostidagi yerlar (daryo, soy va ko'llar), muhofaza qilinadigan o'rmonlarning yerlari AYu 1 1 Juda past

Farg'ona tumani QFYlar bo'yicha mutloq ekologik zo'riqish, nisbatan ekologik zo'riqish va tabiiy himoyalanish koeffitsientlari hisoblab chiqildi. Ekologik-xo'jalik holatini baholash natijalari quyidagi 4-jadvalda berilgan. Aniqlangan Kmez mutloq ekologik zo'riqish koeffitsienti qiymatlari mintaqadagi antropogen ta'sir intensivligini belgilab beradi. Bu orqali esa, mintaqada tabiiy landshaftlar va resurslarni qayta tiklanish imkonyati saqlanganlik darajasini aniqlashimiz mumkin. Bunday tashxiz natijasida mintaqada qanday toifadagi METHlarni tashkil etish zaruriyati va ular uchun talab etilgan maydon kattaligi ham aniqlanadi. Koeffitsient qiymatlari qanchalik past bo'lsa, tadqiq etilayotgan hududning ekologik holat shunchalik qulay bo'ladi [2, 3]. KMEZ-mutloq ekologik zo'riqish koeffitsienti 1 dan yuqori bo'lsa zo'riqish ko'rsatkichini o'sib borishini bildiradi (4-jadval).

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

3-jadval

Farg'ona tumani QFYlari bo'yicha yer toifalarini va antropogen yuk darajasining

taqsimlanishi.

T/r QFY AYu 1 AYu 2 AYu 3 AYu 4 AYu 5 AYu 6 Jami

1 Avval 259 117,0 312,3 267,2 1262 418,1 2635,7

2 Xonqiz 746 391,1 381 154,5 1188,8 415,8 3277,3

3 Vodil 483,8 42,7 853,0 252,6 1588 546,1 3766,4

4 Gulshan 580 51,7 353,3 155,3 1524 1969,2 4633,3

5 Damko'l 311 42,9 634,1 149,8 1167 266,6 2571,5

6 Kaptarxona 90,2 124 923,1 161,7 1105,8 268,9 2673,8

7 Qo'rg'ontepa 565 56,8 198,8 186,3 1020,6 336,6 2364,2

8 Log'on 1280 105,6 696,3 153,4 1184,1 343,9 3762,9

9 Log'on Mashaal 111 63,4 128,5 100,7 536,0 108,3 1048,1

10 Mindon 331,6 64 343 197,5 892,1 2089,7 3918,0

11 Novkent 116 9,2 406,8 120,2 976,4 121,9 1750,8

12 Oqbilol 2170 230,8 646,6 153,1 763,6 172,0 4136,4

13 T.SHodieva 41 13,0 823,8 69,9 340,7 183,2 1471,1

14 Chimyon 98,8 40,0 570,6 204,1 1118,1 633,8 2665,5

15 Cheksho'ra 340,8 15,5 435,8 119,3 1526,0 1808,3 4245,9

16 Soybo'yi 2675 1549,6 562 94,5 754 504,9 6140,1

17 Shohimardon Yordon 3159,3 143,5 64,4 48,6 232,2 174,6 3822,6

18 Shohimardon-obod 107,9 113,2 659,4 142,3 1353,7 105,7 2482,4

19 Yuqori Vodil 259,8 107,0 338,2 97,8 762 226,5 1791,4

20 Boshqa tumanlarda 56 21 203 50 723 56 1109

JAMI: 13872,3 3301,8 9633,5 2946,6 20587,6 10928,9 61270

Yuqoridagi jadvalga muvofiq, Avval, Vodil, Gulshan, Kaptarxona, Mindon, T.SHodieva, Chimyon, Cheksho'ra kabi QFYlarda antropogen zo'riqish ko'rsatkichini o'sib borayotganligini ko'rishimiz mumkin. Qolgan Xonqiz, Damko'l, Qo'rg'ontepa, Log'on, Log'on Mashaal, Oqbilol, Soybo'yi, Shohimardon Yordon, SHohimardonobod va Yuqori Vodil QFYlarida ekologik zo'riqish past darajada. Knez - nisbatan ekologik zo'riqish koeffitsientni baholash jarayonida o'rganilayotgan hududdagi barcha yerdan foydalanish turlari hisobga olinadi. KNEZ ko'rsatkichini aniqlash uchun o'rganilayotgan hududdagi antropogen yuk ko'rsatkichi yuqori bo'lgan (AYu4, AYu5, AYu6) va nisbatan past bo'lgan (AYul, AYu2, AYu3) yer

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

toifalarini o'zaro nisbati tahlil qilinadi. Agar, Kkez qiymati 1 ga yaqin bo'lsa, u holda AYu bo'yicha hududda muvozanat saqlanganligi kuzatiladi. Shunga muvofiq Log'on, Oqbilol, T.Shodieva, So'ybo'yi, Shohimardon Yordon kabi QFYlarda nisbatan ekologik zo'riqish darajasi me'yorida ekanligini ko'rsatadi. Nisbiy ekologik zo'riqish koeffitsienti 1 dan yuqori bo'lsa, antropogen zo'riqish ko'rsatkichini o'sib borishini bildiradi [4, 6, 7].

4-jadval

Farg'ona tumanida ekologik xo'jalik muvozanatni baholash natijalari

T/r QFYlar Kmez Knez Kth Rheze

1 Avval 1,6 2,8 0,2 646,9

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2 Xonqiz 0,5 1,1 0,4 1349,3

3 Vodil 1,1 1,7 0,3 1130,8

4 Gulshan 3,3 3,7 0,1 895,3

5 Damko'l 0,8 1,6 0,3 785,7

6 Kaptarxona 2,9 1,3 0,3 808

7 Qo'rg'optepa 0,5 1,8 0,3 804,2

8 Log'on 0,2 0,8 0,4 1843,2

9 Log'on Mashaal 0,9 2,4 0,2 279,1

10 Mindon 6,3 4,3 0,1 667,6

11 Novkent 1,0 2,2 0,2 415,6

12 Oqbilol 0,07 0,3 0,6 2803,9

13 T.SHodieva 4,4 0,6 0,3 573,7

14 CHimyon 6,4 2,7 0,2 554,8

15 CHeksho'ra 5,3 4,3 0,1 662,5

16 Soybo'yi 0,1 0,2 0,6 4289,7

17 SHohimardon YOrdon 0,05 0,1 0,8 3332,1

18 SHohimardonobod 0,9 1,8 0,2 651,08

19 YUqori Vodil 0,8 1,5 0,3 587,4

Agar, o'rganilayotgan hududning umumiy maydoniga nisbatan Rhez yer uchastkalari maydonining o'zaro nisbati aniqlansa, u holda hududning tabiiy himoyalangan koeffitsientiga (Kth) ega bo'lamiz. SHuningdek, Ktht bo'lsa, tabiiy himoyalanish koeffitsienti yuqori va ortib borishini bildiradi; Kth < 0.5 bo'lsa, kritik darajani ko'rsatadi. Demak, Avval, Xonqiz, Vodil, Gulshan, Damko'l, Kaptarxona, Qo'rg'ontepa, Log'on Mashaal, Mindon, Novkent, Chimyon, Cheksho'ra, Shohimardonobod va Yuqori Vodil QFYlarida nisbatan ekologik zo'riqish ko'rsatkichi o'sib borayotganligini ko'rishimiz mumkin (1-rasm).

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

f C

1-rasm. Farg'ona tumani qishloq fuqoralar yig'inlari bo'yicha nisbiy ekologik

zo'riqish ko'rsatkichi.

Rhez ko'rsatkichini mintaqadagi tabiiy landshaftlar, biotsenozlar, muhofaza etiladigan hududlar, o'rmonlar, suv fondi yerlari, zahira yerlarning maydonlari tashkil etadi.

Shuningdek, Rhez ko'rsatkichi mintaqaning tabiiy himoyalanish darajasini belgilab beradi. Hududning tabiiy himoyalanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, landshaftning barqarorligi ham mos holda yuqori bo'ladi. Shuningdek, hududning tabiiy muhofazalanishi yer uchastkalaridagi antropogen yuk darajasini taqsimlanishiga ham bog'liqdir. Yuqori ko'rsatkichga ega antropogen yuk bilan tavsiflanadigan hududlar, odatda, past tabiiy himoyalanish darajasiga ega bo'ladi. Tabiiy himoyalanish koeffitsienti (Kth) 0,5 dan kichik yoki teng bo'lsa, tabiiy himoyalanish kritik darajada bo'ladi (2-rasm).

Shunga ko'ra tadqiq etilayotgan Farg'ona tumanining Avval, Xonqiz, Vodil, Gulshan, Damko'l, Kaptarxona, Qo'rg'ontepa, Log'on, Log'on Mashaal, Mindon, Novkent, T.SHodieva, CHimyon, CHeksho'ra, SHohimardonobod va Yuqori Vodil kabi QFYlarida tabiiy himoyalanish ko'rsatkichi kritik holatda ekanligi aniqlandi (3-

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

rasm). Mintaqada tabiiy himoyalanish koeffitsienti qiymatining ortib borishi EXHning barqarorligini ko'rsatadi.

2-rasm. Farg'ona tumani qishloq fuqoralar yig'inlari bo'yicha tabiiy himoyalanish

ko'rsatkichi.

XULOSA

Yer toifalari va turlarining maydonlaridagi o'zgarishlar tahlili shuni ko'rsatadiki, so'ngi yillarda qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarni, ayniqsa aholi punktlarining maydoni ko'payib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Farg'ona tumani qishloq fuqoralar yig'ini doirasida antropogen bosim ko'rsatkichlarini aniqlash va METHlar tizimini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishda hududning EXHni baholash eng muhim metodologik yondashuvlardan biri hisoblanadi. EXHni baholash yer fondining toifa va turlariga mos holda, antropogen yuk darajasini aniqlash imkonini beradi. Shu bois, EXH konsepsiyasidan mamlakat hududi va ma'muriy tumanlarda yer tuzish sohasini ekologiyalashtirishga asoslangan chora-tadbirlarni va kompleks dasturlarni ishlab chiqishda foydalanish maqsadga muvofiq.

Olingan natijalar asosida yerdan foydalanish tuzilmasini ekologiyalashtirish bo'yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: natijalarni umumlashtirib yerdan foydalanish tuzilmasini o'zgartirish bo'yicha tavsiyalar, yani ayrim yer toifalarini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-247-256

maydonini kiskartirish, ekologik zaxira yerlar maydonini optimal kattaligini ushlab turish, ekologik zo'riqish darajasi yuqori bo'lgan tumanlarda o'rmon fondi yerlarini kengaytirish va boshqalar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fevralb. http: //lex.uz/pages/getpage.

2. Abduganiyev O.I. Comparative analysis of the protected natural territories of the republic of Uzbekistan and the international union of nature protection. «European science review» («East West» Association for Advanced Studies and Higher Education GmbH) № 5, Vienna, 2018. 67-70 p.

3. Abduganiev O.I., Turdiboyeva Sh.. Estimation of ecological-economic condition of territories (on the example of Ferghana regions). Mejdunarodnbiy nauchno-prakticheskiy jurnal «Ekonomika i sotsium» № 9 (64), 2019. B. 371-378.

4. Abduvaliyev H. A. GEOGRAPHICAL DIRECTIONS OF THE STUDY OF THE TERRITORIAL ORGANIZATION OF THE POPULATION //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 6. - С.

5. Axmadaliev YU. Yer resurslaridan foydalanish geoekologiyasi. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. -340 b.

6. Makhkamov E. G. USE OF NATURAL CONDITIONS OF THE FERGANA REGION FOR RECREATION AND TOURISM //Экономика и социум. - 2020. -№. 4. - С. 63-65.

7. Mahkamov E. GEOGRAPHICAL DISTRIBUTION OF MEDICAL PLANTS OF THE FERGANA VALLEY, RECREATION POSSIBILITIES AND GEOECOLOGICAL ASPECTS OF THEIR PROTECTION //Конференции. - 2021.

8. TOPVOLDIEVICH, PIRNAZAROV RAVSHAN, and MUHITDINOV ILHOMJON IKHTIYORJON UGLI. "Hydrological Description of Some Small Mountain Rivers in the Fergana Valley." JournalNX 6.12: 264-267.

9. Абдуганиев О. И., Махкамов Э. Г. ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ ТУРИСТСКО-РЕКРЕАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ОХРАНЯЕМЫХ ПРИРОДНЫХ ТЕРРИТОРИЙ //Экономика и социум. - 2019. -№. 9. - С. 383-390.

10. Абдуганиев О. И., Махкамов Э. Г., Комилова Т. Д. ГЕОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ //Экономика и социум. - 2020. - №. 4. - С. 1072-1077.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.