Научная статья на тему 'ПРИРОДНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ЛАНДШАФТОВ'

ПРИРОДНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ЛАНДШАФТОВ Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
492
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ПОТЕНЦИАЛ / ПРИРОДНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ / ПРИРОДНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ЛАДШАФТА / РЕСУРСНЫЙПОТЕНЦИАЛ ЛАДШАФТА / ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ ЛАДШАФТА / ОЦЕНКА ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА / POTENSIAL / NATURAL POTENSIAL / NATURAL POTENTIAL OF LANDSCAPE / RESOURSE POTENTIAL OF LAMDSCAPE / EKOLOGIKAL POTENTIAL OF LAMDSCAPE / ESTIMATIONOF THE ECOLOGICAL POTENSIAL / SALOHIYAT / TABIAT SALOHIYATI / LANDSHAFTNING TABIIY SALOHIYATI / LANDSHAFTNING RESURSLI SALOHIYATI / LANDSHATNING EKOLOGIK SALOHIYATI / EKOLOGIK SALOHIYATNI BAHOLASH

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Абдуллаев Суюн Исматович, Муртазаев Бахром Чориевич, Назаров Максуд Гелдиёрович

Maqolada tabiiy salohiyat va mohiyatiga ko`ra unga yaqin tushunchalargabo`lgan qarashlarbayon qilinadi.Unda ekologik salohiyatga berilgan bir qancha ta’riflar qarab chiqilgan, ekologik salohiyatning asosiy turlarining xususiyatlari tahlil qilingan.В статьи рассматриваются взгляды н априродный потенциали близких по значению понятия. Приводится ряд определений экологического потенциала. Обосновывается структура и анализируется содержание основных видов экологического потенциала.This article focuses on the viewson the ekological potential and related consepts. The article describesthe structure of the ecological potential Analyzedthe main category of the ekological potencial.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ПРИРОДНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ЛАНДШАФТОВ»

DOI: 10.24411/2181- 0761/2021-10027 ПРИРОДНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ЛАНДШАФТОВ

Абдуллаев Суюн Исматович Муртазаев Бахром Чориевич Назаров Максуд Гелдиёрович

Каршинский государственный университет

В статьи рассматриваются взгляды н априродный потенциали близких по значению понятия. Приводится ряд определений экологического потенциала. Обосновывается структура и анализируется содержание основных видов экологического потенциала.

Ключевые слова: потенциал, природный потенциал, природный потенциал ладшафта, ресурсныйпотенциал ладшафта, экологический потенциал ладшафта, оценка экологического потенциала.

Abdullayev Suyun Ismatovich - Qarshi DU geografiya kafedrasining dotsenti, g.f.n.

Murtazayev Bahrom Choriyevich - Qarshi DU geografiya kafedrasining katta o'qituvchisi Nazarov Maqsud Geldiyorovich - Qarshi DU geografiya kafedrasining PhD. katta o'qituvchisi

LANSHAFTNING TABIIY SALOHIYATI

Maqolada tabiiy salohiyat va mohiyatiga ko'ra unga yaqin tushunchalargabo'lgan qarashlarbayon qilinadi.Unda ekologik salohiyatga berilgan bir qancha ta'riflar qarab chiqilgan, ekologik salohiyatning asosiy turlarining xususiyatlari tahlil qilingan.

Tayanch so'zlar: salohiyat, tabiat salohiyati, landshaftning tabiiy salohiyati, landshaftning resursli salohiyati, landshatning ekologik salohiyati, ekologik salohiyatni baholash.

THE NATURAL POTEHTIAL OF THE LANDSCAPE

This article focuses on the viewson the ekological potential and related consepts. The article describesthe structure of the ecological potential Analyzedthe main category of the ekological potencial.

Keywords: potensial, natural potensial, natural potential of landscape, resourse potential of lamdscape, ekologikal potential of lamdscape, estimationof the ecological potensial.

Landshaft - geografiya ilmiy muammolarining yechimi va tabiatdan oqilona foydalanish maqsadida olib boriladigan muhim tadqiqot obyektidir. Landshaftkompleks tadqiqoti uning tabiiy salohiyatini hisoblash, barcha salohiyatli imkoniyatlari va ulardan inson tomonidan foydalanish yo'llarini aniqlash, foydalanishning biror-bir metodining oqibatlarini bashorat qilish va pirovardida muayyan hududda tabiatdan oqilona

foydalanish rejasini ishlab chiqishga imkon beradi.

Maqolaning maqsadi va vazifalari.

Hozirgi ilmiy adabiyotlarda "tabiat salohiyati", "ekologik salohiyat", "geoekologik salohiyat", "tabiiysalohiyat" va boshqa tushunchalar keng qo'llaniladi.

Landshaftning tabiiy salohiyatiga tabiiy resurslar va sharoitlar bilan bir qatorda tabiiy muhitning insonning faoliyatini ta'minlaydigan ekologik

imkoniyatlarini ham o'z ichiga oladi. Shu sabablilandshaftning tabiiy salohiyati tabiiy resurslar salohiyatiga va ekologik salohiyatiga ajratilishi mumkin. To'g'ri aniqlangan "ekologik salohiyat" tushunchasi undan foydalanish jabhasining g'oyasi, shuningdek bu tushuncha bilan bog'liq bo'lgan yordamchi

tushunchalarning aniq ochib berilishi landshaftlarning strukturaviy- funksional uyushuvida hozirgi antropogen o'zgarishining mohiyatini ochib berish va bu salohiyatdan samarali foydalanishga yo'naltirilgan xo'jalik faoliyatining yo'nalishlarini asoslash uchun muhim bo'lishi mumkin.

Asosiy natijalar va ularning muhokamasi. Geografik qobiqda turli tabiat komponentlari (relyef, iqlim, yuza suvlari, tuproqlar, o'simlik, hayvonot dunyosi) qonuniy tabiiy komplekslarni-landshaftlarni hosil qiladi.Landshaft barcha tizimlar kabi emerjentlik xususiyatiga ega bo'lgangeosistemadan iborat.

Landshaft va inson munosabatlarida landshaftning resurs hosil qiluvchi ahamiyati yaqqol namoyon bo'ladi. Har bir landshaft o'ziga xos "ishlab chiqarish korxonasi" bo'lib, u tuproq, nurash po'sti, fitomassa, zoomassa, oqim va boshqa "tabiiy mahsulotlarni" ishlab chiqaradi, quyosh radiatsiyasini yutadi, uni energiyaning boshqa turlariga aylantiradi, nam aylanishini, organik moddaning minerallashuvini va boshqa jarayonlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, landshaftlar tabiiy sharoit, tabiiy resurslar produsenti, maishiy - xo'jalik faoliyati qoldiqlari tashlanadigan joy va redutsentlaridir. Shuningdek, landshaft hududiy asos (xo'jalik faoliyati amalga oshiriladigan va aholi yashaydigan joylar) bo'lib xizmat qiladi. Xullas, landshaftlar -tabiiy resurslarga ega bo'lgan va resurslar qayta tiklanadigan hamda genofond saqlanadigan tabiiy sistema, insonning hayoti va faoliyati kechadigan muhit, tabiiy

laboratoriya va estetik idrok qilish manbaidir (Nazarov, 2013).

Xo'jalik tarmoqlari uchun landshaft qayta tiklanadigan resurslarni ishlab chiqarish manbai, qishloq va o'rmon xo'jaligi uchun biomassa qayta

tiklanishining tabiiy mexanizmidir. Landshaftlar resursli tabiiy tizim sifatida muhofaza qilinayotganda uning resurslarni qayta tiklaydigan xossalarini asrash, eroziya, sho'rlanish va zax bosish, ifloslanish tufayli buzilishidan saqlash kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim. Shu sabablilandshaftlarni, ularning tabiiy salohiyatini, shu jumladan ekologik salohiyatini o'rganish muhim umumilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Salohiyat-muayyan bir vazifalarniyechish, ma'lum bir maqsadga erishish uchunfoydalaniladigan manbalar, imkoniyatlar, vositalar, resurslar. "Salohiyat" tushunchasini faoliyat subyektlaridan ajratib bo'lmaydi hamda moddiy va nomoddiy vositalardan tashqari jamiyatning tabiat resurslardan hamda hayotni ta'minlaydigan sharoitlaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklash imkoniyatlarini ham ifodalashi lozim.

Tabiat salohiyati- landshaftning uni eng katta miqdordagi mumkin bo'lgan strukturaviy-funksional parametrlari (energetik, tashkiliy, biokimyoviy, suvni o'zgartiruvchi, muhit) va inson foydalanishi mumkin bo'lgan foydali (himoyaviy, ishlab chiqarish, rekreatsion, reduksion, resurs, ekologik, estetik) funksiyalarining moddiy-energetik resurslari va xossalarining majmuasi.

Landshaft salohiyati - bu landshaft tomonidan jamiyatning turli xil

ehtiyojlarini qondirishda landshaftning mumkin bo'lgan ishtiroki darajasini ifodalaydigan sotsial-iqtisodiy funksiyalarni bajara olish tadbirlarining tavsifidir (OxpaHanpHpogbi, 1982).Landshaft

salohiyati landshaftning moddiy-enegetik resurslari va xossalarining majmuasi bo'lib, ular bu majmuani inson tomonidan

foydalanilishi mumkin bo'lgan imkon darajada ko'proq strukturaviy-funksional parametrlar (energetik, biokimyoviy, muhit) va foydali (himoyaviy, ishlab chiqarish, rekreatsion, resursli, estetik) funksiyalar bilan ta'minlaydi.

Landshaft salohiyati uning tabiiy xossalariga, foydalanishning yo'nalishiga va shakllariga bogliq. Landshaft salohiyati ikki asosiy turdan - landshaftning resursli salohiyati va landshaftning ekologik salohiyatidan iborat.

Landshaftning resursli salohiyati uning juz'iy (biotik, suv, rekreatsion va b.) salohiyatlariningmajmuasidan iborat. Landshaftning resursli(resurslarni saqlash, resurslarni qayta tiklash) funktsiyalari asosan ishlab chiqarish (qazlov sanoati, energetika, qishloq, o'rmon, suv xo'jaligi) bilan bog'liq. Landshaft resurs ahamiyatiga ega bo'lgan holda resurslarni asrash va qayta tiklash imkoniyatiga ega. Resurslarga ega bo'lgan tizim sifatida landshaft tiklanmaydigan (foydali qazilmalar, hududlar) va tiklanadigan (suv, o'rmon, fauna) resurslarga ega.Landshaftning resurslarni tiklash xossalari to'g'risida so'z ketganda uning ayrim tiklanadigan (biologik) va qisman tiklanadigan (suv) resurslarni qayta tiklash imkoniyatlari nazarda tutiladi.

Landshaftni resursli tizim sifatida qarash uni dastavval foydalanish jarayonida muhofaza qilishga munosabatni ham belgilaydi. Bunday holda landshaftni muhofaza qilish asosan landshaftning resurslarni qayta tiklash xossalarini asrash zarurligini e'tiborga oladigan resurslarni tejash strategiyasi, samarali texnologiya bilan belgilanadi. Ayni paytda landshaft o'zgarishlarining monitoringgi, uning tiklash xossalarini boshqarish va tartibga solish yordamida optimal darajada asrash bo'yicha tadbirlar o'tkazish ehtiyoji tug'iladi.

Ta'kidlash joizki, landshaftdan resurslarni tiklovchi tizim sifatida foydalanilganda u doimo muayyan darajada

o'zgartiriladi. Ko'pincha tabiiy o'simlik madaniy ekin bilan almashtiriladi, ya'ni ekinzorlar, o'tloqzorlar va boshqa tabiiy-antropogen tizimlar yaratiladi. Shu sababli xo'jalikda foydalaniladigan landshaftlarning ko'pchiligini

foydalanishdan emas, balki foydalanish jarayonida muhofaza qilish zarur bo'ladi. Bunday holda landshaftlarni muhofaza qilish dastavval resurslarni tiklashga qodirligidan foydalanishni e'tiborga oladigan o'qilona texnologiya bilan belgilanadi. Tiklanadigan (havo, chuchuk suvlar, tuproq hosildorligi, jonli organizmlar) resurslarga nisbatan landshaftning resurslik funksiyasini asrash ularning tugamasligini ta'minlaydi, uning buzilishi esa tugamaydigan resurslarning tugashiga olib keladi.

Ekologik geografiya hamda inson va tabiat o'zaro ta'sirining geografik nazariyasining tushunchasi sifatida tadqiq qilinadiganlandshaftning ekologik salohiyati insoniyatni yashashi uchun barcha zarur vositalar bilan ta'minlay olish imkoniyatidir (Isachenko, 2001). Ekologik salohiyat inson manfaatlari uchun biosferaning tabiiy tizimlarini va barcha komponentlaridan oqilona foydalanish, asrash va faoliyat ko'rsatish imkoniyatini ifodalaydi.

N.F.Reymers(1994) landshaftning "ekologik salohiyati" tushunchasini "tabiat resursi salohiyati" tushunchasining sinonimi sifatida qaraydi. Uning fikricha, tabiat resursi salohiyatiYer va yaqin koinot tabiiy resurslarining bir qismi bo'lib, jamiyatning hozirgi texnika va sotsial-iqtisodiyimkoniyatlari sharoitlarida

insoniyatning hayot muhitini asragan holda xo'jalik faoliyatiga amalda jalb qilinishi mumkin. Landshaftning ekologik salohiyati landshaftning moddiy-energetik resurslari va xossalarining majmuasi bo'lib, uni inson tomonidan foydalanilishi mumkin bo'lgan imkon darajada ko'proq strukturaviy-funksional parametrlar (energetik, biokimyoviy, muhit) va foydali (himoyaviy,

ishlab chiqarish, rekreatsion, resursli, estetik) funksiyalarini o'z ichiga oladi.

Bir qator tadqiqotchilar landshaftning ekologik salohiyatini geoekologik salohiyat sifatida

qaraydilar.Geoekologik salohiyat

geosistemalarning imkoniyatlari sifatida jamiyatga ularning bir butunligini buzmagan holdauzoq muddatli istiqbolda"xizmat" ko'rsatishdan iborat (3a6ypaeBa, 2QQ4). Hozirgi geoekologiyada landshaftlarning xilma-xil ekologik funktsiyalarijuz'iy ekologik (resursli, muhitni qayta tiklash, tabiatni muhofazalovchi) va sotsial - ekologik (an'anaviy tabiatdan foydalanish, ilmiy, ma'rifiy-tarbiyaviy, estetik-badiiy,

rekreatsion) funksiyalar toifalariga birlashtiriladi.

Landshaftning ekologik funksiyalari - ularning tabiiy muhitning o'ziga xos parametrlarini asray olish (muayyan chegaralarda, me'yorlar doirasida) va qayta tiklash xossasidir. Landshaftning ekologik funksiyalari to'g'risidagi tasavvur landshaftlardan eng optimal foydalanish va tabiatidan foydalanishni ta'minlaydigan hududiy rejalashtirishning muhim jihatlaridan biridir. Yaxlit

hududiy tizim sifatidagi landshaft muayyan ekologik salohiyatga, ya'ni unda yashaydigan kishilarni zaruriy hayot sharoitlari (issiqlik, suv, oziq-ovqat vositalari, ochiq havoda mehnat qilish sharoitlari, hordiq chiqarish imkoniyatlari) bilan ta'minlay olish va davolanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Landshaftning ekologik salohiyati dastavval iqlim bilan belgilanadi. Issiqlik bilan ta'minlanganlik va termik qulaylik bilan bir qatorda aholi hayoti uchun atmosfera yog'inlari, namlik, shamol tezligi, xavfli iqlim hodisalari muhim ekologik ahamiyatga ega. Landshaftning ekologik salohiyati shuningdek suv bilan ta'minlanganlik (ichimlik suvining yetarliligi va sifati) darajasiga ko'ra ham belgilanadi.Inson uchun landshaftning biotexnik komponentlarining ekologik

ahamiyati juda murakkab va xilma xil. Tabiiy o'simlik qoplami - bu kislorod, oziq-ovqat vositalari va dorivor vositalarning manbai, uning rekreatsion va estetik ahamiyati ham beqiyos.

Tabiatdan oqilona foydalanish to'g'risida so'z borganda hududning ekologik sig'imini oshirmaslik yoki uning ekologik salohiyatining tugab qolmasligi to'g'risida so'z yuritiladi.Ekologik sig'im ekologik faoliyat samaradorliginining muhim ko'rsatkichidir.Ekologik sig'im tushunchasi salohiyat bilan mujassam bog'langan va ko'pincha bu terminlar sinonimlar sifatida qaraladi. Ammo salohiyat tushunchasi tabiatga, sig'im tushunchasi esainsonga

yo"naltirilgan.A.G.Isachenkoning fikricha (1991), landshaft o'zining faoliyati va ekologik salohiyatiga zarar etkazmagan holda tabiiy ekologik resurslar bilan ta'minlashi mumkin bo'lgan aholi soni landshaftning ekologik sig'imidir.

Landshaftning ekologik salohiyatini baholashdan maqsad ularda kishilarning hayot sharoiti (faoliyati) to'g'risida umumiy tasavvur berishdan, oqilona regional ekologik siyosatuchun tabiiy-ilmiy asos yaratish, aholi joylashuvi va sotsial jabha tizimini takomillashtirish va aholi salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Tabiiy muhitning ekologik salohiyati tuzilmasida iqlim, birinchi navbatda issiqlik va nam bilan ta'minlanganlik, eng muhim mavqelardan biriga ega. Ular nafaqat universal va bevosita ekologik ahamiyatga ega bo'lib qolmasdan, ko'pgina boshqa ekologik, shu jumladan biokimyoviy va biologik ko'rsatkichlarning hududiy tabaqalashuvini ham belgilaydi.Ularga biologik hosildorlik, o'simliklar sajiyasi, kasalliklarning tarqalishi bevosita bo'g'liq.

Ko'rsatkichlarning alohida bir guruhi suv bilan ta'minlanganlikka bog'liq. Nafaqat chuchuk suvning yetarligini, balki uning sifatini - minerallashuv, kimyolashtirish darajasini, bakteriologik tarkibini e'tiborga olish muhim. Shu sababli

biokimyoviy sharoitlar, ya'ni tabiiy muhitda (shu jumladan suvda va gruntlarda) yod, ftor, kalsiy, mis,kobalt va boshqa hayotni ta'minlash uchun zarur bo'lgan kimyoviy elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi muhim ahamiyatga ega.

Inson uchun landshaftning kislorod, fitonsidlar, dorivor vositalar

manbaibo'lgan tabiiy o'simlik qoplami va ularning sog'lomlashtirish, rekreatsion va estetik jihatlarining ahamiyati juda katta. O'simliklar orasida inson uchun zararli bo'lgan (zaharli, allergen) turlar ham oz emas. Hayvonot dunyosida inson

uchun xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ko'plab tashuvchilar (kana ensefaliti, vabo, tulyaremiya va b.) bor.Ekologik salohiyatni aniqlash maqsadida stixiyali tabiat hodisalari va boshqa ekstremal tabiiy sharoitlarning takrorlanishini, ya'ni tabiiy muhitning sanitariya-gigiena, tibbiy-geografik va rekreatsiya xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.Kartalarni yaratish jarayonida ekologik salohiyatni ifodalovchi ko'rsatkichlar: tabiiy landshaftlarning xillari (tog' va tekislik), iqlimning biologik samaradorlik ko'rsatkichlari(qulay ob-havo sharoitlari bo'ladigan kunlar soni), havoning faol haroratlarining yig'indisi, namlanish koeffitsiyenti, yog'inlarning yillik miqdori, biologik mahsuldorlik, noqulay tabiiy-antropogen jarayonlar foydalanilishi mumkin.

Ko'pgina tadqiqotchilar ekologik salohiyatni landshaftning (ekosistemaning) barqarorlik chegaralarini aniqlash sifatida qarashadi.Landshaftning ekologik

xossalarini baholash landshaftning ekologik salohiyatini, xususan uning barqarorligini, y'ani antropogen ta'sirlardagi me'yoriy holatini saqlab turish qobiliyatlarini (imkoniyatlarini) aniqlash bilan mujassam bo'g'liq(Mca4eHKO, 1991).Landshaftning bunday holati uning barqarorlik salohiyati deb ataladi."Barqarorlik" tushunchasi landshaftning ekologik salohiyatini aniqlashning barcha turlari uchun

muhimdir.Ammo landshaft barqarorligi yetarli darajada aniq belgilanmagan. Landshaftlarholatiga ko'ra barqaror, nisbatan barqaror va suksession landshaftlarga ajratladi. Landshaftning barqaror holati deb uning rivojlanishida ilgarigi muvozanat sharoitlarini tiklash tendesiyasi ustuvorlik qiladigan holatga aytiladi. Landshaftlarda uncha kuchli bo'lmagan tashqi ta'sirlar tufayli qiyofasi va tuzilmasidagi sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lsa, ular nisbatan barqaror hisoblanadi. Muayyan jarayonlarning faol kechishida kuchli o'zgargan, ya'ni o'zining tashqi ko'rinishi va ichki tuzilmasini nisbatan tez o'zgartiradigan landshaftlar suksession landshaftlarga mansub bo'ladi. Bunday hollarda yangi tabiiy yoki antropogen landshaftlar hosil bo'ladi. Landshaftlarning barqarorligi, dinamikasi va muvozanatini o'rganish muammosi juda murakkab, ammo eng zarur masalalardir. Tabiatdan oqilona foydalanishning asosiy vazifalarigan birini landshaftlarning o'ta ortiqcha texnogen yuklanishdan asrash va shuningdek, landshaftning barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni belgilash tashkil etadi.

Landshaftlar dinamikasidagi inson aralashuvi taqozasiga bog'liq yangi tendensiyani aniqlashda qaytadigan va qaytmaydigan o'zgarishlarning

mavjudligini, ularning ham geosistemaning tabiiy tuzilmasiga, ham inson ta'sirining sajiyasiga va intensivligiga bog'liqligini aniqlash muhim. Bu masala landshaft barqarorligiga, ularning o'z-o'zini tartibga solish va o'z-o'zini tiklay olish qobiliyatiga bog'liq. Shu sababli o'z-o'zini tiklay olish qobiliyatining yo'nalishi va tezliginini tadqiq qilish zarur. Bu tadqiqotlar turli ko'lamlardagi (mahalliy, regional va global) geosistemalarning o'ziga hos

xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki, mahalliy (morfologik yoki topologik) kattalikdagi geosistema nisbatan sodda tuzilishga ega bo'ladi va kam barqarorlikka ega. Shu

sababli ular tubdan o'zgartirilishiva hatto, yo'qotilishi ham mumkin (masalan, ochiq kon qazlov, shaharlarning qurilishi va boshqa jarayonlar natijasida). Regional darajadagi geosistemalar (landshaftlar, landshaft provinsiyalari va h.k.) nisbatan ancha barqaror bo'ladi va ular o'zlarining muhim tabiiy xossalarini (iqlim, geologik poydevor, relyefning morfostrukturaviy qismlari va b.) inson ta'siri ancha kuchli bo'lganda ham saqlab qoladi. Global miqyosdagi geosistema - geografik qobiq juda ham barqarorligi bilan tavsiflanadi.

Ayni paytda insonning landshaft tuzilmasiga mahalliy miqyosdagi aralashuvi geografik qobiqdagi "gorizontal'Vzaro aloqalar tufayli keng ta'sir radiusiga ega bo'lib bormoqda. Bu xildagi ta'sirlar atmosfera va nam sirkulyatsiyasi, organizmlar migratsiyasida va boshqa jarayonlarda namoyon bo'lmoqda. Mahalliy ta'sirlarning yalpi yig'indisi to'plana borib pirovardida regional va hatto global ahamiyatga ega bo'lmoqda.

Landshaftning muhitni tiklovchi funksiyalari geosistemaning muhitni tiklaydigan funktsiyalari geosistemalarning kishilar hayotining asosiy fiziologik va sotsial - psixologik omillar (atmosfera havosining tarkibi, suvlarning sifati, estetik xilma-xillik)ni qayta tiklashda, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (rekreatsion, sport va b.) faoliyatining ayrim turlari va shakllarini qayta tiklanishi bilan bog'liq. Landshaft kishilarning hayoti

uchun sharoit yaratar ekan, u muhit hosil qiluvchi va muhitni qayta tiklaydigan tizim bo'la olishga qodir. Landshaft muhitning insonning fiziologik va psixologik ahamiyati nuqtai nazaridan tutgan o'rnida mavjudligi uchun zarur bo'lgan xossalarini uzluksiz ta'minlaydi, o'zgartiradi va qayta tiklaydi. Landshaftlarning tabiiy xususiyatlari atrof muhitning inson uchun juda zarur bo'lgan gaz tarkibi, yuza va yer osti suvlarining kimyoviy va biologik tarkibi, issiqlik rejimi kabi xossalarini shakllanishida ishtirok etadi. Shuningdek, ular havo, suv, tuproq, biotani ifloslanishdan o"z-o"zini tozalashda katta ahamiyatga ega.

Xulosa. Landshaft tabiatning tarkibiy qismi sifatida atrof muhitni o'zining ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish uchun foydalanadigan inson bilan doimiy o'zaro ta'sirda bo'ladi.Landshaft -insonning hayoti va turli xil faoliyatining muhiti sifatida qaraladi. Insonning hayot faoliyatining muhitini o'rganishda nafaqat ishlab chiqarish va sotsial - maishiy vaziyat, balki landshaftning tabiiy xossalari ham nazarda tutilishi lozim. Landshaftning muhitni qayta tiklaydigan tizim bo'lishdek, kishilarning hayoti uchun zarur bo'lgan sharoitlarni (havoning gaz tarkibi, suvning tarkibi va b.) doimiy holda qayta tiklash kabi muhim xossalarini saqlab qolish zarur.Ekologik salohiyat muhitning kishilarning faoliyati uchun yaroqliligi, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari, mehnat, hordiq va davolanish sharoitlari bilan ta'minlay olish imkoniyatlaridir.

ADABIYOTLAR:

1. Нaзapoв М.Г. Лaндшaфтнинг экoлoгик xoссaлapи //Зaмoнaвий ижтимoий-ик;тиeoдий гeoгpaфия: мyaммoлap вa исти;бoллap. Рeспyбликa илмий-aмaлий кoнфepeнцияси. Т., 2013. 234-236 б.

2. Егopeнкoв Л.И., Koчypoв Б.И. Гeoэкoлoгия. Moe^a, 2005.

3. Иcaчeнкo А.Г. О^нга и кapтoгpaфиpoвaниe экoлoгичecкoгo пoтeнциaлa лaндшaфтoв Рoccии // Изв.Вcecoюзн.гeoгp.o-вa. 1991. Т.123. вып. 6.

4. Иcaчeнкo А.Г. Экoлoгичecкий пoтeнциaл лaндшaфтa, pacceлeниe, xoзяйcтвeннaя ocвoeннocть тeppитopии // Гeoгpaфия в шкoлe. 2001. № 3.CTp. 3-ll.

5. Oxpaнa лaндшaфтoв. Тoлкoвый cлoвapь. Mocквa, 1982.

6. Зaбypaeвa Ч.Ш. Гeoэкoлoгичecкий пoтeнциaл ycтoйчивoгo paзвития: эвoлюция пoнятия и ero cTpyKTypa // Beer Бaлтийcкoгo фeдepaльнoгo yн-тa им. И.Kaнтa. Еcтeccтвeнныe и мeдицинcкиe муки. 2014. Вып. 1.Стp. 175-l8l.

7. Рeймepc Ф.Н. Пpиpoдoпoльзoвaниe. Слoвapь-eпpaвoчник. М., «Мысль», l99Q.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.