Научная статья на тему 'Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining gidrologik tavsifi va ekologik holati'

Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining gidrologik tavsifi va ekologik holati Текст научной статьи по специальности «Нанотехнологии»

CC BY
689
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi (AAKT) / Arnasoy / Tuzkon / Aydarko’l / gidrologik ko’rsatkichlar

Аннотация научной статьи по нанотехнологиям, автор научной работы — Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, Axmadjonova Yorqinoy Tojimurodovna, Axmadjonova Umida Tojimurodovna

Maqolada respublikamiz hududidagi eng katta suv omborlaridan biri bo’lgan Aydar-Arnasoy ko’l tizimini o’rganish natijalari keltirilgan. Ushbu suv ombori hududida suvning gidrokimyoviy rejmi barqaror emas. Suv omborining ekologik holatini monitoring qilish statsionar kuzatuv tarmog’i, zamonaviy asbobuskunalar va kuzatuv usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi, bu esa atrofmuhitning antropogen o’zgarishlarini muntazamligini va toksik ta’sir ko’rsatadigan biologik tizim muammolarini baholashga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining gidrologik tavsifi va ekologik holati»

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining gidrologik tavsifi va

ekologik holati

Yaxshieva Zuxra Ziyatovna yaxshiyeva67@mail.ru Jizzax davlat pedagogika instituti Axmadjonova Yorqinoy Tojimurodovna yorqinoy.axmadjonova@bk.ru Axmadjonova Umida Tojimurodovna umida.axmadj onova@bk.ru Jizzax politexnika instituti

Annotasiya: Maqolada respublikamiz hududidagi eng katta suv omborlaridan biri bo'lgan Aydar-Arnasoy ko'l tizimini o'rganish natijalari keltirilgan. Ushbu suv ombori hududida suvning gidrokimyoviy rejmi barqaror emas. Suv omborining ekologik holatini monitoring qilish statsionar kuzatuv tarmog'i, zamonaviy asbob-uskunalar va kuzatuv usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi, bu esa atrof-muhitning antropogen o'zgarishlarini muntazamligini va toksik ta'sir ko'rsatadigan biologik tizim muammolarini baholashga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi (AAKT), Arnasoy, Tuzkon, Aydarko'l, gidrologik ko'rsatkichlar

Hydrological description and ecological condition of the Aydar-Arnasay lakes system

Yakhshiyeva Zuhra Ziyatovna yaxshiyeva67@mail.ru Jizzakh State Pedagogical Institute Axmadjonova Yorqinoy Tojimurodovna yorqinoy .axmadj onova@bk.ru Axmadjonova Umida Tojimurodovna umida.axmadj onova@bk.ru Jizzakh Polytechnic Institute

Abstract: The article presents the results of the study of the Aydar-Arnasay lake system, one of the largest reservoirs in the country. The hydrochemical regime of water in this reservoir area is not stable. Monitoring of the ecological status of the reservoir was carried out using a stationary monitoring network, modern equipment

|i 11^1

and monitoring methods, which allows to assess the regularity of anthropogenic changes in the environment and biological system problems that have toxic effects.

Keywords: Aydar-Arnasay lake system (AALS), Arnasay, Tuzkon, Aydarkol, hydrological indicators

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan bo'lib, u 1969 yil Chordara suv omboridan Arnasoy past tekisligiga 22 km3 suvning olib tashlanishi, hamda qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish natijasida hosil bo'lgan yer osti suvlarining kollektor-drenaj tizimi yordamida haydash orqali hosil bo'lgan oqova suvlar hisobiga paydo bo'lgan suv havzasidir. 1993 yildan Chordaradan suv chiqarish yana kuchaygach, suv sathi 8,7 metrga ko'tarildi. Bugun Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi (AAKT) O'zbekiston Respublikasining yangi, eng yirik ko'l tizimlaridan hisoblanadi va Aydarko'l, Tuzkon hamda Yuqori Arnasoy ko'llarini o'ziga birlashtiradi.

2003 yilning yoziga kelib ko'l tizimining umumiy maydoni 3491 km.ga, suv o'tkazish hajmi yiliga o'rtacha 3,0 km. ga yetdi. Natijada Jizzax va Navoiy viloyatida 180 ming gektar yerni (2004) suv bosdi. Yaylovlar, o'tloqlar, urug'lantirish punktlari, quduqlar, o'nlab kilometr yo'l, elektr uzatish liniyalari, gaz quvurlari va boshqa kommunikatsiya tizimlari suv ostida qoldi.

AAKT Sirdaryoning chap qirg'og'ida joylashgan bo'lib Shimoliy-G'arb tomondan, Qizilqum cho'li bilan, Sharq tomondan Mirzacho'l bilan, Janub tomondan esa Nurota tog' tizmalari bilan chegaralangan

Morfologik jihatdan AAKT quyidagi uchta tarkibiy qismlarga bo'linadi:

1. Sharqiy hudud - Arnasoy

2. Janubiy hudud- Tuzkon

3. Garbiy hudud- Aydarko'l

Arnasoy pasttekisligi mo'tadil iqlim mintaqasida joylashgan bo'lib, cho'l va chalacho'l hududlaridan iborat. Yozi quruq, uzun va issiq. Qishi esa qisqa, nam va o'ta sovuq. Iqlimning o'ziga xosligi uning geografik joylashuvi bilan, ya'ni Shimoliy Sharqiy tomoni ochiqligi, hamda G'arbiy tomondan Nurota tog' tizmalari bilan chegaralanganligidadir.

Eng yuqori havo harorati iyul-avgust oylarida 28-30 °C, eng past harorat esa 3.6 °C dekabr yanvar oylarida kuzatiladi. Qish oylarida yer qatlami 22-40 sm chuqurlikkacha muzlaydi. Arnasoy pasttekisligi iqlimning quruq bo'lishi bu yerda yog'ingarchilik miqdorining kam bo'lishiga sabab bo'ladi.

Yillik namgarchilik miqdori 240-390 mm ni tashkil etadi. Yillik namgarchilikning aksariyat qismi, ya'ni 80-90 % iyilning sovuq oylarida yog'ishi kuzatiladi. Bahor oylarida sel va ayniqsa yashinning ko'p bo'lishi bu joyning o'ziga xosligi jihatlaridan biridir. Arnasoy pasttekisligi uchun Shimoliy-g'arbiy

yo'nalishidagi 42 % shamollar xarakterlidir. Yozda shamol 2-3 m/sek, 50 %, 0,1 m/sek 30% va 4-5 m/sek 20 % tezlikda esadi. Eng kuchli shamollar G'arbiy - janubiy yo'nalishda bo'lib, ular 20-30 m/sek.

To'yinishi. Arnasoy sistemasiga 6 ta oqova kollektorning suvlari bevosita kelib quyiladi. Shulardan Qizilqum, markaziy va Kugayli kollektorlari suvini Arnasoyga, Oqbuloq kollektori va Qli daryosi suvini Tuzkonga quyadi. O'rta Osiyo gidrometeorologik ilmiy tadqiqot instituí! ma'lumotlariga ko'ra, oqova suvlarining 4 yil mobaynida (1991-94 yillar) 10-11 m dan 1292 m gacha ortishi kuzatilgan. Bugungi kunda esa AAKT asosan suv ombori hisobiga, Shuningdek Mirzacho'lning qova suvlari hisobiga to'yinadi. Sath rejimi. Aydarko'lning sath rejimida mavsumiylik kuzatiladi. Bu mavsumiylik ayniqsa oqova suvlarning sug'orish ishlaridan so'ng ortib ketish vaqtida kuzatiladi. O'rta Osiyo gidrometiriologik instituti ma'lumotlariga qaraganda, suvning eng baland sathi mart-aprel, eng past sathi esa noyabr-dekabr oylariga to'g'ri keladi. Chunki bu davrlarda suv bug'lanish jarayoni jadal amalga oshadi. Suv sathining pasayishi natijasida ko'l maydonida ham ma'lum bir o'zgarishlar, ya'ni sayoz ko'lchalarning hosil bo'lishi, o'simliklar, ayniqsa butalarning o'sib ketishi va mineralizasiya darjasining ortib ketishiga sabab bo'ladi.

Gidrologik ko'rsatkichlari. Aydarko'l tarkibidagi uchta hududning to'yinish xususiyati, chuqurligi bir-biridan farq qilganligi uchun, ularning suvi tiniqlik darajasi ham turlicha bo'lishiga sabab bo'ladi. Mazkur suv havzasining hududiy bo'linishi morfologik jihatdan uning gidrologiyasiga mos keladi. Arnasoydan maksimal tiniqlik darajasi markaziy qismlarda 1-1,5 m ni tashkil etsa, Tuzkonda o'rtacha chuqurlikdagi suvning tiniqlik darajasi 1-2,5 m ni tashkil etadi. Aydarko'lda suvning maksimal tiniqlik darajasi 2,5-6 m ni tashkil etadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'ldiki, Aydarko'lda suvning tiniqlik darajasi ayniqsa yoz oylarida yuqori, bahor va kuz oylarida past bo'lishi aniqlangan. Termik rejimi. Aydarko'lning yillik termik rejimi bahorgi va yozgi ilish, kuzgi va qishgi sovish davrlariga bo'linadi. Suvning maksimal isish darajasi iyul oyida suv harorati 29 °C bo'lganda kuzatiladi.

Gidrokimyosi. Aydarko'l suvlarining tarkibida sulfat va natriy iyonlarining miqdori jihatdan ko'pligi, uning sho'r tanga ega ekanligini belgilaydi. Suv rangi yashil-ko'kimtir. Suvning sho'rlanish darajasi 3,2-12,2 g/l gacha o'zgaradi. Eng yuqori sho'rlanish darajasi bahor oylariga to'g'ri keladi. Asta-sekinlik bilan mazkur suv havzasi suvning tarkibida tuz ionlari miqdori ortib bormoqda.

Bugungi kunda Aydarko'lning turli hududlarida suvdagi tuz miqdori 4-16,5 g/l gacha, o'rtacha 10,2 g/l ni tashkil etadi. Aydarko'l suvining ion tarkibi okean suvi tarkibiga yaqin turadi. O'rta Osiyo gidrometirialogiya ilmiy- tadqiqot instituti ma'lumotlariga ko'ra 1990 yil 2005 yilda suvning sho'rlanish darajasi sharqiy

hududda 17 g/l bugungi kunda 12,2, g/l, g'arbiy hududda 22 g/l bugungi kunda 14,5 g /1 gacha yetishi aniqlangan.

Suvning pH ko'rsatkichi Aydarko'lda 8,6 ga, Tuzkonda 8,8 ga, Arnasoyda 8,9 ga teng. Bu ko'rsatkichlar Aydarko'l suvi kuchi ishqoriy muhitga ega ekanligidan dalolat beradi.

Sirdaryoning chap qirg'og'ida, Chordara suv omborining janubiy-g'arbiy tomonida Arnasoy ko'llari joylashgan. Bu ko'llar tizmasining umumiy maydoni 180 ming gektar, shundan Tuzkon 36 ming, Aydar 140 ming, Arnasoy 6 ming gektar maydonni egallaydi. Bu ko'llar oqava suvlar va Chordara suv omboridan tushgan suvlar bilan to'lib turadi.

Tuzkon ko'li avvallari aloxida berk, biror-bir suv havza bilan bog'lanmagan, suvning sho'rligi 90 g/l ga yetgan. 1969 yili Tuzkon ko'li tor va suv oqar yo'li orqali Aydar ko'li bilan bog'lanadi. Shundan keyin Tuzkonni maydoni 413 km2 ni, uzunligi 34 km, suvning xajmi 1,07 km3, o'rtacha tiniqligi ko'l chetlarida 0,6 m ko'lni o'rtasida 2,5 m ga yetadi. Yoz faslida suvning xarorati 30 °C dan ortiq, qish faslida suvning yuzi muzlaydi.

Arnasoy ko'llar tizimida suvning chuqurligi 2-3 m, ayrim joylarda 8 m gacha yetadi. Ko'lning atrofii qalin qamish va tuqayzorlar bilan o'ralgan. Suvga botib o'suvchi o'simliklarga gichchak turlari va miriofillium turi, suvo'tlardan xaralar aralashmasi suv osti o'tloqzorlarini hosil qiladi. Ko'l chetlariga yaqin joylarda suvning yuzasida salviniyalarni qalqib turishini va yaxshi rivojlanayotganligini ko'rish mumkin.

Aydarko'li ko'li Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga kiruvchi ko'l bo'lib, bir qismi Navoyi viloyati territoriyasida joylashgan. Bu ko'llar tizimi 1969 yili Chardora suv omboridan katta miqdordagi suvning Arnasoy pastligiga quyilishi natijasida hosil bo'lgan.

Hozirgi vaqtda Qozog'iston respublikasi hududidagi Chardora suv omboridan ko'p miqdorda suv kelishi natijasida bu ko'llar tizimining maydoni yanada yildan-yilga kengayib bormoqda. Ayni vaqtda uning uzunligi 200 km oshib ketgan, maydoni 3200 km2 dan oshiq. Aydarko'l ko'lining suv xajmi 15727 mln. m3, maksimal chuqurligi-22 m, o'rtacha chuqurligi 7-9 m, suv tiniqligi 2,6-6,0 m, mineralizatsiyasi 14-18 g/l, suvdagi erigan kislorod miqdori suv yuzasida 110,9 %, suv ostki qismida 29,3 - 91,6 % ga, ko'l suvining pH ko'rsatkichi 8,2 ga teng.

Bugungi kunda Aydarko'lning turli hududlarida suvdagi tuz miqdori 4-16,5 g/l gacha, o'rtacha 10,2 g/l ni tashkil etadi. Suvning sho'rlanish darajasi 3,2-12,2 g/l gacha o'zgaradi. Eng yuqori sho'rlanish darajasi bahor oylariga to'g'ri keladi. Asta-sekinlik bilan mazkur suv havzasi suvning tarkibida tuz ionlari miqdori ortib bormoqda.

Aydarko'l ko'li suvi umumiy mineralizatsiyasi klassifikatsiyasiga muvofiq natriy-sulfatli suv tipigi mansubdir. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining ixtiofaunasining shakllanishini asosiy manbalari Sirdaryo havzalari tashlik qiladi, kollektorlar ko'llarga bog'lanishi ham ahamiyatga ega. Kiyinchalik ko'llarda tovar xo'jaliklarni tashkil qilish bilan, o'simliklar bilan oziqlanadigan baliqlar karp va kumushtovon baliqlari bilan ko'paytirilgan.

Hozirgi vaqtda Aydar-Arnasoy ko'l sistemasi ixtiofaunasining 7 oilaga mansub 21 turlari baliq uchraydi. Zooplankton biomassasi-1,83 g/m3, zoobentos biomassasi 0,41 g/m2. Shundan 16 turi ovlanish ahamiyatiga ega bo'lgan baliqlardir. Shulardan 5-6 turi asosiy ov vaqtida kuzatiladi, qolgan ayrim turlar juda kam uchraydi.

Baliqchilik - yetti xazinaning biri, degan gap hech hech qachon eskirmasa kerak. Bu ayniqsa, hududimiz dunyo dengiz, okeanlariga tutashmagan bizning mamlakatimiz uchun juda dolzarb masala. Chunki insonning sog'lom yashashida luqmai halolning alohida o'rni bor.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko'ra, har bir odam yiliga eng kami 15,6 kilogrammdan baliq go'shti iste'mol qilishi zarur ekan.

Bu me'yor dengizning qirg'og'ida yashayotganlarga ham, sahro ahliga ham birdek daxldor. Bizning dasturxonimizdagi baliq bu me'yorga etmasligi ham barchaga ma' lum.

Shu bois davlatimiz tomonidan baliqchilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Birgina keyingi yillarda Prezidentimiz, respublikamiz hukumati baliqchilikni rivojlantirish, baliq mahsulotlari etishtirishni ko'paytirish, suv havzalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha bitta emas, bir necha qarorlar qabul qilingani ham bu sohada amalga oshirilgan ishlarga qaraganda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ko'proq ekanligini ko'rsatib turibdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 martdagi "Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi 124-sonli qarori va 22.04.2019 yildagi 347-son qarori bilan Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Hujjat aholining baliq mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va o'simlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida qabul qilindi. Buning uchun quyidagi ustuvor yo'nalishlar belgilandi:

• hududda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan biologik resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;

• Tizimning biologik xilma-xilligini saqlash hamda suv havzalarida etishtirilishi mumkin bo'lgan yangi baliq turlarini baliqchilik sanoatiga kiritish;

• hududga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda baliqchilik klasterlarini tashkil etish orqali baliq etishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va eksport qilishni jadal rivojlantirish;

• Ko'llar tizimini mamlakatimizdagi baliq chavoqlarini yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylantirish;

• havaskor va sport baliq ovi turizmini, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sayyohlarga ko'rsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish.

O'zbekistonning tabiiy sharoiti, iqlimi baliqchilikni rivojlantirish uchun juda

mos.

Aydar-Arnasoy ko'llari tizimi yurtimizning eng noyob tabiiy suv havzalaridan biri. Mamlakatimizda tabiatni, tabiat boyliklarini saqlash to'g'risidagi qonunlar asosida ko'llar tizimining fauna va florasini ilmiy asosda o'rganish va asrash, undan xalqimiz farovonligi yo'lida foydalanishda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi Qozog'istonning "Chordara" suv ombori va mahalliy kollektor hamda drenajlarning oqova suvlaridan to'yinadi. Yillar davomida ko'lga toza suv kirmaganligi sababli sho'rlanish darajasi yuqorilashib, baliqlarning tabiiy ko'payishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va uning atrof-muxitga ko'rsatayotgan ta'siri eng aktual muammolardan biri bo'lganligi sababli, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va uning qirg'oq mintaqalarini ilmiy asoslangan holda o'rganib chiqish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti va Jizzax politexnika instituti "Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining shakllanishi, dinamikasi va atrof-muhitga ta'sirini tadqiq qilish, suvning sho'rligining ortishi va kamayishi, suv tarkibidan og'ir metall ionlarini aniqlash" mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot doirasida kompleks ravishda o'rganib chiqilmoqda. Hozirgacha olib borilgan tadqiqotlar landshaft komponentlarining bittasi (suv, o'simlik va boshqalar) yoki ba'zi tabiiy jarayonlar (qirg'oq emirilishi,sho'rlanish, suv sho'rligi va boshqalar) bilan chegaralangan.

Biz loyihaga kiritgan tadqiqotlar kompleks xarakterga ega bo'lib, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining paydo bo'lishidan hozirga qadar rivojlanishi hamda suv rejimi, gidrokimyosi, suv-tuz balansi, o'simliklari, hayvonot olami, ularning o'zaro ta'siri tufayli ko'llar geotizimining shakllanishi, ko'llarning o'rab turgan atrof hududlar iqlimiga, tuproqlariga, o'simliklariga, er osti suvlariga ta'sirlari tadqiq qilinadi. Albatta ilgari olingan ma'lumotlarning ham ilmiy qiymati katta. Biz hozir olgan ma'lumotlar bilan ilgari olingan ma'lumotlarni taqqoslab xulosalar beramiz. To'plangan hamma materiallar tartibga solinadi, va geografik informatsiya tizimi (GIS) asosida ro'y berayotgan jarayonlarni ko'rsatuvchi modellar tuziladi.

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va uning atrof-muhit landshaftlar dinamikasini o'rganish maqsadida olib borilgan tadqiqotlarimizda quyidagi ishlarni bajarish rejalashtirilgan:

- ko'l suvining hozirgi holatdagi kirim-chiqim balansini aniqlash;

- keyingi yillar bo'yicha tuzlarning kirim-chiqim balansini aniqlash:buning uchun ko'llarga kollektor-zovur suvlari orqali yil davomida tushadigan tuzlar miqdori aniqlanadi, har bir kollektor-zovurdan olinadigan suvlarni kimyoviy tahlil qilish ishlari bajariladi;

- ko'l suvi tarkibidagi asosiy ionlardan tashqari fenollar, nitratlar,pestitsidlar, ba'zi og'ir metallar miqdori aniqlanib ko'lning asosiy gidrokimyoviy holati baholanadi. Bu tahlillar ko'ldagi baliqlar va ba'zi suvda suzuvchi qushlarga suvdagi ortiqcha elementlarning ta'sirini o'rganish uchun zarur;

- ko'lning atrof hududlar yer osti suvlariga ta'siri: suv sathiga, yillik rejimiga, gidrokimyoviy holatiga va boshqalar;

- ko'lga tushadigan suv miqdorining ko'payish va kamayishiga bog'liq holda ko'l akvatoriyasining o'zgarishini bashoratlash;

- ko'l suvi sho'rligining ortishi va kamayishi flora hamda faunada aks etishi o'rganiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi ekologik barqarorligini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ziyatovna, Y. Z., Tojimurodovna, A. Y., & Akhmedovna, S. S. (2021). The Concept and Principles of Nature Pollution Monitoring. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 1038-1043.

2. Akhmadjonova, U. T., Akhmadjonova, Y. T., & Yakhshieva, Z. Z. (2021). Technogenic Transformations of the Aidar-Arnasay Lake System and Their Geological Consequences. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 32713275.

3. Яхшиева, З. З., & Ахмаджонова, Ё. Т. (2020). Воздействия тяжелых токсичных металлов на качество вод. Science and Education, 1(4).

4. Тайланов, Н. А., Ахмаджанова, У. Т., & Ахмаджанова, Ё. Т. (2016). Возможные применения фуллеренных нанотрубок. Ученый XXI века, 12.

5. Akhmadzhonova, Y. T., & Akhmadzhonova, U. T. (2021). "Press conference" in the delivering of chemistry. Экономика и социум, (3-1), 20-22.

6. Axmadjonova, Y. T., & Axmadjonova, U. T. (2021). Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini rivojlantirish. Development issues of innovative economy in the agricultural sector, 761-763.

7. Yaxshiyeva, Z. Z., Axmadjonova, Y. T., & Axmadjonova, U. T. (2021). Ta'lim sifatini baholash xorij tajribasi misolida o'rganilmoqda. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 383-385.

8. Яхшиева, З. З., Ахмаджонова, Ё. Т., & Ахмаджонова, У. Т. (2021). Автотранспорт чикинди газларининг атроф-мухитга ва инсон саломатлигига таъсири. Science and Education, 2(6), 119-125.

9. Жураева, Н. М., & Ахмаджонова, У. Т. (2020). Сверхпроводящие фуллерены и их применение в биофизике. Академическая публицистика, (2), 12-14.

10. Тайланов, Н. А., Ахмаджанова, У. Т., & Ахмаджанова, Ё. Т. (2016). Новый материал-графен: свойства и возможные применения. Ученый XXI века, 10, 21.

11. Тайланов, Н. А., & Ахмаджанова, У. Т. Магнето-тепловые неустойчивости критического состояния в режиме крипа потока в сверхпроводниках второго рода.

12. Мустафакулов, А. А., Нуритдинов, И., Ахмаджонова, У. Т., & Жураева, Н. М. (2020). Структура и свойства кристаллов кварца, выращенных на нейтронно-облученных затравках. Менделеев, (2), 4-7.

13. Тайланов, Н. А., & Ахмаджанова, У. Т. Переход порядок-беспорядок в высокотемпературных сверхпроводниках. Ученый XXI века, 6.

14. Жураева, Н. М., & Ахмаджонова, У. Т. (2021). Использование творческой работы в кругах. Экономика и социум, (3-1), 552-555.

15. Тайланов, Н. А., & Ахмаджанова, У. Т. Взрывообразная неустойчивость в сверхпроводниках II-рода. Ученый XXI века, 16.

16. Мустафакулов, А. А., Ахмаджонова, У. Т., & Жураева, Н. М. (2020). Инновационная технология-гидротермальный рост синтетического минерального сырья. Экономика и социум, (6), 924-927.

17. Тайланов, Н. А., & Ахмеджанова, У. Т. (2018). Теоретические исследование перехода порядок-беспорядок в высокотемпературных сверхпроводниках. Прикладная физика и математика, (3), 16-18.

18. Раббимов, Э. А., Жураева, Н. М., & Ахмаджонова, У. Т. (2020). Влияние окисной пленки на коэффициенты распыления кремния. Экономика и социум, (6-2), 187-189.

19. Taylanov, N. A., & Ahmatzhanova, U. T. (2017). Blow-up instability in type-II superconductors. Ученый XXI века, 18.

20. Раббимов, Э. А., Жураева, Н. М., & Ахмаджонова, У. Т. (2020). Исследование свойства поверхности монокристалла и создание наноразмерных структур на основе MgO для приборов электронной техники. Экономика и социум, (6-2), 190-192.

21. Тайланов, Н. А., Ахмаджанова, У. Т., Ахмедов, Э. Р., & Самадов, М. Х. (2015). Осцилляция магнитного потока при неустойчивости в сверхпроводниках. Молодой ученый, (12), 27-30.

22. Тайланов, Н. А., & Ахмаджанова, У. Т. (2019). Роторный кавитационный теплогенератор. Вопросы науки и образования, (3 (47)).

References

1. Ziyatovna, Y. Z., Tojimurodovna, A. Y., & Akhmedovna, S. S. (2021). The Concept and Principles of Nature Pollution Monitoring. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 1038-1043.

2. Akhmadjonova, U. T., Akhmadjonova, Y. T., & Yakhshieva, Z. Z. (2021). Technogenic Transformations of the Aidar-Arnasay Lake System and Their Geological Consequences. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 32713275.

3. Akhmadzhonova, Y. T., & Yakhshieva, Z. Z. (2020). Effects of heavy toxic metals on water quality. Science and Edication No, 7, 8-11.

4. Taylanov, N. A., Ahmatzhanova, U. T., & Ahmatzhanovna, Y. T. (2016). Possible applications of fullerene nanotubes. Ученый XXI века, 13.

5. Akhmadzhonova, Y. T., & Akhmadzhonova, U. T. (2021). "Press conference" in the delivering of chemistry. Экономика и социум, (3-1), 20-22.

6. Axmadjonova, Y. T., & Axmadjonova, U. T. (2021). Development of agro-industrial complex. Development issues of innovative economy in the agricultural sector, 761-763.

7. Yaxshiyeva, Z. Z., Axmadjonova, Y. T., & Axmadjonova, U. T. (2021). Evaluation of the quality of education is studied on the basis of foreign experience. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 383-385.

8. Яхшиева, З. З., Ахмаджонова, Ё. Т., & Ахмаджонова, У. Т. (2021). Impact of vehicle emissions on the environment and human health. Science and Education, 2(6), 119-125.

9. Juraeva, N.M., & Akhmadjonova, W.T. (2020). Superconducting fullerenes and their application in biophysics. Academic journalism, (2), 12-14.

10. Tailanov, N. A., Akhmadzhanova, U. T., & Akhmadzhanova, Y. T. (2016). New material - graphene: properties and possible applications. Scientist of the XXI century, 10.

11. Tailanov, N. A., & Akhmadzhanova, U. T. Magneto-thermal instabilities of the critical state in the flux creep regime in type II superconductors.

12. Mustafakulov, A.A., Nuritdinov, I., Akhmadjonova, U. T., & Juraeva, N.M. (2020). Structure and properties of quartz crystals grown on neutron-irradiated seeds. Mendeleev, (2), 4-7.

13. Tailanov, N. A., & Akhmadzhanova, U. T. Order-disorder transition in high-temperature superconductors. Scientist of the XXI century, 6.

14. Juraeva, N.M., & Akhmadjonova, U.T. (2021). Using creative work in circles Economy and society, (3-1), 552-555.

15. Tailanov, N. A., & Akhmadzhanova, U. T. Explosive instability in type II superconductors. Scientist of the XXI century, 16

16. Mustafakulov, A.A., Akhmadzhonova, U.T., & Juraeva, N.M. (2020). Innovative technology - hydrothermal growth of synthetic mineral raw materials. Economy and Society, (6), 924-927.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Taylanov, N.A., & Akhmedzhanova, U.T. (2018). Theoretical study of the order-disorder transition in high temperature superconductors Applied Physics and Mathematics, (3), 16-18.

18. Rabbimov, E.A., Juraeva, N.M., & Akhmadzhonova, U.T. (2020). Influence of oxide film on silicon sputtering coefficients. Economy and Society, (6-2), 187-189.

19. Taylanov, N. A., & Ahmatzhanova, U. T. (2017). Blow-up instability in type-ii superconductors. Ученый XXI века, 18.

20. Rabbimov, E.A., Juraeva, N.M., & Akhmadjonova, W.T. (2020). Investigation of the properties of the surface of a single crystal and the creation of nanoscale structures based on MgO for electronic devices. Economy and Society, (62), 190-192.

21. Tailanov, N.A., Akhmadzhanova, U.T., Akhmedov, E.R., & Samadov, M.Kh. (2015). Oscillation of magnetic flux with instability in superconductors. Young Scientist, (12), 27-30.

22. Taylanov, N.A., & Akhmadzhanova, U. T. (2019). Rotary cavitation heat generator. Questions of science and education, (3 (47)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.