Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA INSON KAPITALINING YOSHLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA RIVOJLANISH TENDENSIYASI'

O’ZBEKISTONDA INSON KAPITALINING YOSHLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA RIVOJLANISH TENDENSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1052
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / kapital / jamiyat / yoshlar / resurslar va yalpi ichki mahsulot. / people / capital / society / youth / resources and GDP.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bobur Ubaydullayev, Absalom Umarov

Ushbu maqolada O’zbekiston va jahonda inson kapitalining rivojlanish bosqichlari, jamiyat va yoshlar hayotida tutgan o’rni haqida bir qancha tahliliy va daliliy hujjatlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF HUMAN CAPITAL IN THE LIFE OF YOUNG PEOPLE IN UZBEKISTAN DEVELOPMENT TENDENCY

This article contains a number of analytical and factual documents on the stages of development of human capital in Uzbekistan and the world, its role in society and youth.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA INSON KAPITALINING YOSHLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA RIVOJLANISH TENDENSIYASI»

O'ZBEKISTONDA INSON KAPITALINING YOSHLAR HAYOTIDA TUTGAN

O'RNI VA RIVOJLANISH TENDENSIYASI

Bobur Ubaydullayev Absalom Umarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat Sotsologiya fanlari doktori, professor instituti 2-kurs magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston va jahonda inson kapitalining rivojlanish bosqichlari, jamiyat va yoshlar hayotida tutgan o'rni haqida bir qancha tahliliy va daliliy hujjatlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: inson, kapital, jamiyat, yoshlar, resurslar va yalpi ichki mahsulot.

THE ROLE OF HUMAN CAPITAL IN THE LIFE OF YOUNG PEOPLE IN

UZBEKISTAN DEVELOPMENT TENDENCY

Bobur Ubaydullaev Absalom Umarov

Master of the 2nd year of the Uzbek State Doctor of Sociological Sciences, Professor Institute of Arts and Culture

ABSTRACT

This article contains a number of analytical and factual documents on the stages of development of human capital in Uzbekistan and the world, its role in society and youth.

Keywords: people, capital, society, youth, resources and GDP.

KIRISH

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan islohotlar insonni rivojlantirish maqsadiga yo'naltirilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev alohida ta'kidlab o'tganidek, bizning o'z oldimizga qo'ygan asosiy maqsadimiz - "barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so'zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan, jahon miqyosida obro'-e'tibor qozongan jamiyat barpo etish"dir.

O'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari insonning jamiyatdagi o'rni, uning ulkan salohiyatiga yuqori baho berganlar, inson har taraflama kamol topishining ahamiyatini uqtirganlar. Jumladan, Alisher Navoiy inson o'z tafakkuri bilan har qanday vazifani hal eta olishini ta'kidlagan:

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Abu Ali ibn Sino: "inson boshqalarning ehtiyojlarini qondirishi sababligina inson bo 'ladi, boshqalar ham shunday yo 'l tutadi. Birov ekin ekadi, boshqa odam non yopadi, uchinchisi kiyim tikadi, to'rtinchisi igna yasaydi va hamma bir-birining ehtiyojini qondirish uchun to 'planadi" deb ko'rsatgan.

Uzoq vaqt davomida iqtisodiy taffakur moddiy boylik ortirish sohasida ro'y berayotgan jarayonlar ta'sirida edi. Moddiy omillarga universal va hal qiluvchi vosita sifatida qaralardi.

Iqtisodiy o'sish mamlakat umumiy boyligini ko'paytirishga, davlatning qashshoqlik, ochlik, boshqa ijtimoiy muammolarni hal etish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Huddi shuning uchun iqtisodiy o'sishning yuqori darajasi jahondagi ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning eng asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo'lib, bu bosqichda iqtisodiy o'sish omillarining roli va o'rni o'zgarmoqda. An'anaviy hisoblab kelingan uch: mehnat, yer, kapital omillariga fan-texnika tarraqiyoti omili ham qo'shildi, axborot va bilimlar esa eng muhim resurslarga aylandi. Innovatsion iqtisodiyot bevosita ana shu asosda shakllanib, ushbu iqtisodiyotda inson va uning salohiyati hal qiluvchi rol o'ynamoqda.

Moddiy boylik jamiyatda va inson hayotida ulkan rol o'ynaydi. Daromadlar ortishiga moddiy va ma'naviy qoniqish hosil qilinadigan nufuzli ishda band bo'lish kabi inson imkoniyatlarini kengaytiradigan asosiy vosita sifatida qaralishi mumkin. Bundan tashqari daromad soliqlar va boshqa tushumlar manbai bo'lib, ular aholining nochor qatlamlari ijtimoiy muhofaza qilinishini kafolatlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, ya'ni moddiy ne'matlarni qayta taqsimlashni amalga oshirish uchun zarurdir.

Resurslarni adolatli ravishda taqsimlash jamiyat barcha azolari uchun ne'matlarni tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek turmush sifatini oshirish negizini yaratadi. Daromadlar va inson turmushi o'rtasidagi bog'liqlik soliq-byudjet va ijtimoiy siyosat choralarini qamrab oladigan davlat strategiyasi yordamida shakllantirilishi kerak.

MUHOKAMA

Jahon amaliyotidan faqat YAIM ortishining o'zi ta'lim darajasi yuksalishi, odamlar salomatligi mustahkamlanishi, inson huquq va erkinliklari ta'minlanishiga olib kelmasligiga doir ko'plab misollar keltirish mumkin. Hatto daromadlarining o'rtacha ko'rsatkichlari deyarli bir xil bo'lgan mamlakatlarda turmush sifati ko'rsatkichlari bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin.

Insonni rivojlantirish konsepsiyasida an'anavaiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, shu jumladan YAIM hajmi va jon boshiga o'rtacha daromad ijtimoiy resurslarni

taqsimlashda yoki mamlakatlarni rivojlantirish darajasi bo'yicha tasniflashda universal mezon vazifasini o'ta olmaydi. Tobora ko'proq miqdorda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish turmush darajasini oshirish hamda boshqa umummilliy vazifalarni eng oqilona hal etish vositasi ekanligi to'g'risidagi tasavvurlar muayyan darajada bir yoqlama yondashuvdir. Bunday qarashlar noiqtisodiy xisoblangan ko'pgina boshqa rivojlantirish mezonlariga yetarli darajada baho bermaslikka sabab bo'ladi. Iqtisodiy o'sish sur'atlari rasmiy jihatdan yuqori bo'lganda ham odamlarning turmush darajasi nisbatan past bo'lishi mumkin. Buning aksi - iqtisodiy o'sishdagi natijalar salmoqli bo'lmaganda ham turmush darjasining nisbatan yuqoriligi ham kuzatiladi.

Jamiyatda sanoat rivojlanishi bosqichidan avval iqtisodiy o'sishni ta'minlashda tabiiy va mehnat resurslariga, sanoat rivojlanishi bosqichida moddiy resurslarga ustuvorlik berilgan bo'lsa, sanoat rivojlanishidan keyingi hozirgi bosqichda intellektual va axborot resurslarining roli birinchi o'ringa chiqmoqda. Jahonning yetakchi mamlakatlari taraqqiyoti yangi - bilimlar, innovatsiyalar, global axborot tizimlari, yangi texnologiyalar va venchur biznesi iqtisodiyotini shakllantirishga olib keldi.

Innovatsion iqtisodiyotning asosini hozirgi davr jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hal qiluvchi kuchi hisoblangan inson kapitali tashkil etadi. Ya'ni inson tafakkuri ishlab chiqarish tizimining shunchaki muayyan unsuri bo'lib qolmasdan, balki bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Dastavval insonni rivojlantirish tushunchasining tarkibiy qismlari u qadar ko'p bo'lmasdan, tarbiya, ta'lim, bilim, salomatlikni qamrab olardi. Shu bilan birga uzoq vaqt davomida insonni rivojlantirishga iqtisodiy o'sish nazariyasi nuqtai nazaridan tarraqiy etishning ijtimoiy, ya'ni chiqimli omili sifatida qaralardi. Tarbiya, ta'limga investitsiyalar noishlab chiqarish xarajatlari hisoblanardi. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab inson kapitali va ta'limga nisbatan munosabat asta-sekin tubdan o'zgara boshladi.

NATIJA

Ijtimoiy rivojlanishda insonga faqat ma'naviy sohadagina emas, balki takror hosil qilish aloqalarida ham markaziy o'rin ajratila boshlandi. Zero, bevosita inson avloddan avlodga meros bo'lib qoladigan bilimlarni egallash va ulardan samarali foydalanish qobiliyatiga egadir. "Inson kapitali" iqtisodiy kategoriyasida o'z ifodasini topgan bu g'oya jahon BMT ekspertlari tomonidan inson salohiyatining insonni rivojlantirish dinamikasiga ta'sirini aniqlaydigan modellar yordamida ishlab chiqilgan yangi "Insoniyatni barqaror rivojlantirish" nazariyalari, "Milliy boylik konsepsiyasi" kabi ijtimoiy tafakkur negizini tashkil etadi.

Inson kapitalini rivojlantirish ustuvorligi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham, barqaror iqtisodiyotlar va modernizatsiyani amalga oshirayotgan tizimlar uchun ham universal xususiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlash

lozim. Bu jahonning yetakchi olimlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan juda ko'p tadqiqotlarda o'z tasdig'ini topgan.

Insonni rivojlantirish - odamlarning uzoq va sog'lom, munosib turmush kechirishlari, ma'lumotli bo'lishlari uchun zarur vositalardan foydalanishlari imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ammo bu imkoniyatlarni odamlarning o'zlari tanlaydilar. Rivojlantirish jarayoni insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq ravishda o'zini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak.

Insonni rivojlantirish tushunchasi uning qobiliyati va imkoniyatlarini shunchaki shakllantirishga qaraganda ancha kengroqdir. U, shuningdek, bu imkoniyatlardan mehnat jarayonida, dam olish va ijtimoiy faoliyatda foydalanishni ham nazarda tutadi. Imkoniyatlarni shakllantirish va ularni ishga solish o'rtasida mutanosiblik bo'lmas ekan, inson salohiyatidan foydalanilmay qolinadi.

Insonni rivojlantirishning asosiy mezoni umr ko'rish davomiyligi, savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda etadigan Insonni rivojlantirish indeksidir. Davlatning farovonligi faqat daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan qanday foydalanilishiga ham bog'liqdir. Daromadlar mo'may bo'lishining o'zi insonni rivojlantirishni kafolatlamaydi. Shunday ekan, insonni rivojlantirishning ikki xususiyati - imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni farqlash kerak. Insonni barqaror rivojlantirish faqat iqtisodiy o'sishni ta'minlabgina qolmasdan, uning natijalarini adolatli taqsimlashni ham nazarda tutadi. Bunday rivojlanish aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini, ular imkoniyatlarini kengaytirishni, ularning o'z turmushlariga ta'sir ko'rsatadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishlarini ta'minlashni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish insonlar manfaatini ko'zlaydi, ular uchun ish joylarni ko'paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy jamg'armalar miq doriga qaraganda yuqoriroq bo'lmoqda. Ishlab chiqarishga investitsiyalar kiritish qanchalik muhim bo'lmasin, insonni rivojlantirishga sarmoyalarga tobora ko'proq ustuvorlik berilmoqda. YA'ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddi y o'zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir bo'lmoqda.

Insonni rivojlantirish konsepsiyasi nihoyatda ko'p qirrali, uning inson va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo'llanilishi imkoniyatlari keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi insonni rivojlantirish to'g'risidagi ma'ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma'ruzalari huddi shundan dalolat beradi.

BMT Rivojlanish dasturining 1990 yildagi bunday birinchi ma'ruzasida insonni rivojlantirish nazariyasi va uni o'lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda urbanizatsiya muammolariga bag'ishlangan qism ham mavjud edi. Ana shundan keyingi ma'ruzalar mavzulari hayotiy extiyojlar, odamlar xavfsizligining turli

mezonlari, harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari, hamkorlikning yangi yo'nalishlari, qashshoqlik bilan kurash, ish biland bandlikka globallashuvning ta'siri, iste'mol modellari, insonni rivojlantirish bilan barqaror ekologik rivojlanish mezonlari o'rtasidagi bog'liqlik kabi ko'pgina masalalarni qamrab olgan.

Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni fakat ijtimoiy hayotning an'anaviy ma'naviy sohasidagina emas, takror hosil qilish jarayonlarida ham insonga markaziy o'rinni ajratadi. Bunda inson ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning birlamchi va pirovard maqsadi ekanligi e'tirof etiladi. Ya'ni rivojlantirishning insoniy yoki ijtimoiy mezoni dominanta bo'lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu rivojlanishning sharti deb belgilanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so'ng va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgach, xalqaro hamjamiyatga qo'shilishidan kelib chiqadigan majburiyatlarni zimmasiga oldi. Mamlakatimiz insonni rivojlantirish konsepsiyasini BMTning boshqa a'zolari ham shunday qilganliklari uchungina emas, balki mazkur konsepsiyaning g'oyalari va qoidalari o'zbek xalqining ko'p asrlik hayotiy maqsadlariga mos ekanligi uchun qabul qildi.

XX asrning 90-yillari birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi bo'yicha ma'lumotlar ham BMTning Rivojlanish dasturi tomonidan tuzuladigan jahon (global) va mintaqaviy ma'ruzalariga kiritila boshlandi. O'zbekistonning insonni rivojlantirishi to'g'risidagi birinchi ma'ruzasi esa 1995 yilda tayyorlangan edi. Bu bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning u yoki bu ustuvor sohasidagi masalalar xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan taxlil qilinishi va baholanishiga, shuningdek bu ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos solindi.

O'zbekistonda insonni rivojlantirish soxasida erishilgan tarraqiyot aniq-ravshandir. Ayniqsa iqtisodiy sohada yuqori natijalarga erishildi. Milliy ma'ruzalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda so'nggi 10 yillikda aholi jon boshga to'g'ri keladigan YAIMning o'sishi insonni rivojlantirish umumiy indeksi o'sishidan uch baravar yuqori bo'ldi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o'sdi, o'rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf-xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko'paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo'naltirilmokda.

Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan ta'minlash 83,5 foizga yetdi, sog'liqni saklash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o'ta og'ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat'iy choralar ko'rildi. Onalar o'limi darajasi 2 baravardan ko'proq, bolalar o'limi 3 baravar kamaydi. Ushbu davrda, ya'ni qariyb 20 yil mobaynida odamlarning o'rtacha umr ko'rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr ko'rishi esa 75 yoshgacha

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

oshdi. Bugun mamlakatimizda ish bilan band bo'lgan aholining 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

XULOSA

O'zbekistonda ta'limga xarajatlar YAIMning 10,0-12,0 % ni tashkil etadi, holbuki jaxon amaliyotida bu ko'rsatkich 3,0-5,0% dan ortmaydi. Mamlakatda noyob Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur amalga oshirilmoqda, 2017 yildan e'tiboran 11 yillik majburiy ta'lim joriy etildi.

Insonni rivojlantirish sohasida erishilgan natijalar iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh etishning to'g'ri tanlangan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan "Harakatlar strategiyasi"ning samarasi ekanligi shubhasizdir.

REFERENCES

1. www.Uza.uz

2. www.lex.uz

3. www.gov.uz

4. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.