Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI: DAVLATLARARO MEHNAT MIGRATSIYASINING RIVOJLANISHI'

O‘ZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI: DAVLATLARARO MEHNAT MIGRATSIYASINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
417
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Harakatlar strategiyasi / migratsiya / mehnat munosabatlari / investitsion hamkorlik / jinoyatchilik / ijtimoiy himoya / hukumatlararo bitim / muhojir / millatlararo totuvlik / hamkorlik / hamjihatlik / ijtimoiylashuv / madaniy aloqalar / tarixiy voqea. / Strategy of action / migration / labor relations / investment cooperation / crime / social protection / immigrant / interethnic harmony / cooperation / solidarity / socialization / cultural ties / historical event

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Jumayev, To‘lqin Xolmurodovich

Maqolada O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi bo‘yicha o‘zaro hamkolik aloqalarining rivojlanish bosqichi to‘plangan statistik ma‘lumotlarni izchillik, mantiqiylik va ilmiy tahliliy tamoyillar asosida yoritilgan. Shuningdek ikki mamlakat fuqarolarining inson resurslarini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarini hal etish orqali fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaraqtilgan hamkorlik jarayonlari ilmiy tahlildan o‘tkazilgan. Inson resurslarini rivojlantirish dasturining rivoji jarayonida nafaqat moddiy manfaatdorlik yotishi balki, ikki davlat o‘zaro yaqinlashuv jarayonida ijtimoiy-madaniy aloqalarning rivojlanish istiqbollari ilmiy asosda tahlil etildi. Mazkur tadqiqot ishi doirasida O‘zbekistondagi ijtimoiy muammolardan hisoblangan ishsizlik bilan bog‘liq holatlar va ularni bartaraf etishda inson resurslarini foydali hamda maqsadli mehnatga yo’naltirish bilan bog‘liq islohatlar mazmuni ham yoritilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN AND THE REPUBLIC OF KOREA: DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL LABOR MIGRATION

The article describes the stage of development of cooperation between Uzbekistan and the Republic of Korea on labor migration on the basis of collected statistical data adhering to the principles of consistency, logic and scientific analysis. Also, scientific analysis of cooperation processes aimed at further developing the socio-economic potential of the citizens of the two countries was carried out by solving issues in the field of human resource development. On a scientific basis, not only material interests in the development of the human resources development program were analyzed, but also the prospects for the development of socio-cultural ties in the process of rapprochement between the two countries. The study also highlights social problems in Uzbekistan, the situation with unemployment and ongoing reforms to eliminate them, based on directing human resources to useful and targeted work.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI: DAVLATLARARO MEHNAT MIGRATSIYASINING RIVOJLANISHI»

Scientific Journal Impact Factor

R

O'ZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI: DAVLATLARARO MEHNAT MIGRATSIYASINING RIVOJLANISHI

Jumayev To'lqin Xolmurodovich

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti, Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa

Maqolada O 'zbekiston va Koreya Respublikasi o 'rtasidagi mehnat migratsiyasi bo'yicha o'zaro hamkolik aloqalarining rivojlanish bosqichi to'plangan statistik ma 'lumotlarni izchillik, mantiqiylik va ilmiy tahliliy tamoyillar asosida yoritilgan. Shuningdek ikki mamlakat fuqarolarining inson resurslarini rivojlantirish bilan bog'liq muammolarini hal etish orqali fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaraqtilgan hamkorlik jarayonlari ilmiy tahlildan o 'tkazilgan. Inson resurslarini rivojlantirish dasturining rivoji jarayonida nafaqat moddiy manfaatdorlik yotishi balki, ikki davlat o 'zaro yaqinlashuv jarayonida ijtimoiy-madaniy aloqalarning rivojlanish istiqbollari ilmiy asosda tahlil etildi. Mazkur tadqiqot ishi doirasida O'zbekistondagi ijtimoiy muammolardan hisoblangan ishsizlik bilan bog'liq holatlar va ularni bartaraf etishda inson resurslarini foydali hamda maqsadli mehnatga yo 'naltirish bilan bog 'liq islohatlar mazmuni ham yoritilib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Harakatlar strategiyasi, migratsiya, mehnat munosabatlari, investitsion hamkorlik, jinoyatchilik, ijtimoiy himoya, hukumatlararo bitim, muhojir, millatlararo totuvlik, hamkorlik, hamjihatlik, ijtimoiylashuv, madaniy aloqalar, tarixiy voqea.

УЗБЕКИСТАН И РЕСПУБЛИКА КОРЕЯ: РАЗВИТИЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ

Жумаев Тулкин

доктор политических наук (PhD), доцент кафедры "Социально-гуманитарных дисциплин" Технический институт Ёджу в городе Ташкент

В статье описывается этап развития сотрудничества между Узбекистаном и Республикой Корея по вопросам трудовой миграции на основе собранных статистических данных придерживающихся принципов системности, логики и научного анализа. Также был проведен научный анализ процессов сотрудничества, направленных на дальнейшее развитие социально-

doktori (PhD) [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

R

экономического потенциала граждан двух стран путем решения вопросов в сфере развития человеческих ресурсов. На научной основе проанализированы не только материальные интересы в развитии программы развития человеческих ресурсов, но и перспективы развития социально-культурных связей в процессе сближения двух стран. В исследовании также освещаются социальные проблемы в Узбекистане, ситуацию с безработицей и проводимые реформы по их устранению, основывавшихся на направление человеческих ресурсов на полезную и целевую работу.

Ключевые слова: Стратегия действий, миграция, трудовые отношения, инвестиционное сотрудничество, преступность, социальная защита, иммигрант, межнациональное согласие, сотрудничество, солидарность, социализация, культурные связи, историческое событие

UZBEKISTAN AND THE REPUBLIC OF KOREA: DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL LABOR MIGRATION

Jumaev Tulkin

Doctor of Political Sciences (PhD), Associate Professor of the Department of social and humanitarian science of Yeoju Technical Institute in Tashkent

The article describes the stage of development of cooperation between Uzbekistan and the Republic of Korea on labor migration on the basis of collected statistical data adhering to the principles of consistency, logic and scientific analysis. Also, scientific analysis of cooperation processes aimed at further developing the socio-economic potential of the citizens of the two countries was carried out by solving issues in the field of human resource development. On a scientific basis, not only material interests in the development of the human resources development program were analyzed, but also the prospects for the development of socio-cultural ties in the process of rapprochement between the two countries. The study also highlights social problems in Uzbekistan, the situation with unemployment and ongoing reforms to eliminate them, based on directing human resources to useful and targeted work.

Keywords: Strategy of action, migration, labor relations, investment cooperation, crime, social protection, immigrant, interethnic harmony, cooperation, solidarity, socialization, cultural ties, historical event

ABSTRACT

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi hamkorlikning muhim yo'nalishlaridan biri inson resurslarini rivojlantirish bilan bog'liq loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, Koreya va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan imzolangan ishchi migrantlarni bandlikka ko'maklashish tizimi orqali Koreyaga jo'natish borasidagi Anglashuv Memorandum 1ini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.

"O'zaro anglashuv memorandumi" ga ko'ra 1995 yildan 2019 yillar davomida Koreya Respublikasidagi ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko'rsatish sohalarida 52mingdan ortiq O'zbekiston Respublikasi fuqarolari EPS (Employement Permission System) tizimi bo'yicha mehnat faoliyatini amalga oshirib keldilar.2

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Migratsiya sohasidagi hamkorlik huquqiy asosida avvalo diplomatik hamkorlikning o'rnatilishi, tashqi siyosatdagi tenglik, o'zaro ishonch yotadi. Ushbu maqsadda Koreya Respublikasi tomonidan ham O'zbekistonga kelib 3500 dan ortiq Koreya Respublikasi fuqarosi yashab, ishlashlari uchun har tomonlama keng imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, ular asosan diplomatik vakolatxona vakillari, biznessmenlar, fan va madaniyat hamda ta'lim kabi sohalarda mehnat qilishmoqda. O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda ikki tomonlama shartnomalar alohida ahamiyatga ega. 2011 yil 23 avgustda imzolangan, 2012 yil 1 martdan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati o'rtasidagi «Bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyati to'g'risida»gi bitim3, 2012 yil 13 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o'rtasida imzolangan bandlikka ruxsat berish tizimi bo'yicha ishchilarni Koreya Respublikasiga yuborish to'g'risidagi anglashuv memorandumi shunday hujjatlar sirasiga kiradi.

Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish borasida mazkur bitimni samarali amalga oshirish maqsadida 2012 yil 28 noyabrda

1 https://lex.uz/docs/2777700

2OnëT cnpaBKH/04.07.2019/N=02/00-02/11-3263

3 http://lex.uz/docs/2048490/«EHp gaB^aT ^yrçapo^apHHHHr 6omrça gaB^aT xygyguga Ba^rama MexpaT ^ao^Hara TyrpHCHga»rH 6HTHM.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilingan.4 Bu imzolangan iqtisodiy sohadagi o'zaro hamkorlik natijasida qo'shimcha ish o'rinlarini yaratilishi hamda bu borada tajriba almashinish bo'yicha ko'plab istiqbolli rejalar ijrosi ta'minlab borilayapti.

Shuningdek, 2013 yil 1 iyulda Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Prezidentining «Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilinganini qayd etish lozim.5 Mazkur qaror hamda davlatlar o'rtasida imzolangan "O'zaro anglashuv memorandumi" asosida Koreya mehnat vazirligi tomonidan quyidagi tartibdagi kvotalar soni ajratilgan bo'lib, ushbu kvotalar asosida davlatimiz tomonidan EPS (Employment permission system) tizimi bo'yicha jo'natilgan fuqarolar soni yillar kesimida ko'rsatilgan.6

Yil Ajratilgan kvotalar soni Aniq jo'natilgan fuqarolar soni O'rtadagi farq

2013 5400 3283 2117

2014 3900 2660 1240

2015 3600 2718 882

2016 3400 2446 954

2017 3000 2379 621

2018 3100 2251 849

2019 3200 844 (02.07.2019 yil holatiga ko'ra) 2356(Shu kunlarda jo'natilish jarayonida)

Jami 25600 16581 9019

Yuqorida ko'rsatilgan jadvalda Koreya mehnat vazirligi tomonidan berilgan kvotalar soni bilan, jo'natilgan fuqarolar soni o'rtasidagi farqga quyidagi holatlar sabab bo'lgan:

1. Ma'lum belgilangan yoshdan o'tganlik (shartnomada 18 yoshdan kichik bo'lmagan hamda 39 yoshdan oshmagan fuqarolarga ruxsat berilgan).

4Атабаев Р, Искандаров О. Мехнат мигрантларини сафаролди йуналтирув тадбирлари буйича минимал талаблар. Амалий кулланма. -Тошкент: 2019. -Б. 201.

5 Мусаев Б.Мехнат хукуки: уни химоя килиш борасида. Узбекистон ва Корея Республикаси хамкорлиги.-Тошкент: 2017. -Б. 76.

6 Очёт справки. N=02/00-02/11-3263. 2019. 04.07.

2. Sog'ligi nuqtai nazardan to'g'ri kelmaslik (jo'natilish oldi to'liq tibbiy ko'rikdan o'tilishi nazarda tutilgan).

3. Sud hukmi bilan xorij ga chiqib ketishga qo'yilgan ta' qiq.

4. Oilaviy sharoit tufayli shartnomani bekor qilish.

Davlatimiz tomonidan chet elga shartnoma asosida jo'natilayotgan yoki o'z imkoniyatlari asosida ishlashga ketayotgan fuqarolar yurtimizga xorij valyutasini olib kelish orqali o'z ijtimoiy holatlarini yaxshilashga katta xizmat qiladi, bu esa olib kelinayotgan valyuta hisobidan kichik bizness, oilaviy biznes hamda turli xizmat ko'rsatish korxonalarining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Natijada qo'shimcha ish o'rinlari ortadi, ishsiz yoshlar ish bilan ta'minlanadi, hukumatimiz oldida yoshlar va ishsizlar orqali vujudga kelayotgan jinoyatchilik ko'lami keskin kamayadi.

Mamlakatimiz fuqarolarni xorijga ishga jo'natishdan tashqari ularni shu yerda zamonaviy turli kasbning mohir egalari bo'lishini ta'minlash maqsadida davlat budjeti mablag'i hisobidan hamda chet el investor va homiylik tashkilotlari hisobidan kasbga yo'naltirish markazlari tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 maydagi 122-sonli "Samarqand shahrida Koreya Respublikasi grantini jalb etgan holda Kasbiy ta'lim markazini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi VMQ-135-sonli "Shahrisabz shahrida Koreya Respublikasi grantini jalb etgan holda Kasbiy ta'lim markazini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 13 avgustdagi VMQ-170-sonli "Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Kasbiy ta'lim markazini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorlari qabul qilingan7.

Koreya Respublikasi 2014 yil 5 avgustdagi grant yordamini ajratish to'g'risidagi bitim hamda dasturi asosida Koreya Respublikasi O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga "Shahrisabz shahrida Kasbiy ta'lim markazini va O'zbekistonda kasbiy ta'lim salohiyatini oshirish bo'yicha konsalting markazini tashkil etish" loyihasini amalga oshirish uchun grant ajratdi.

O'zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi o'rtasida bandlikni hal etish tizimi bo'yicha Koreya Respublikasiga ishchilarni jo'natish bo'yicha ikkinchi marta yangi tartibda qayta imzolangan o'zaro anglashuv memorandumi (Toshkent shahrida 2016 yil 31 may)ga ko'ra O'zbekiston

7https://mehnat.uz/uz/subordinate-organizations/position/244/TomKeHT iiia\;i|) HmcHî (InKupo. inpini Kac6-xyHapra yKHTHm Mapumii TyFpHCHga hhîom.

fuqarolarini uyushgan tarzda yollash va Koreya Bandlikni hal etish tizimi talablari bo'yicha jo'natish jarayonlarini tartibga soladi, shuningdek, jo'natuvchi va qabul qiluvchi tomonlar sub'ektlarini belgilaydi, ularning ish haqi uchun haq to'lashni, tilga oid va kasbiy test sinovidan o'tkazish jarayonini, nomzodlarni to'plash, ular bilan shartnoma tuzish, vizalar berish, ishchilarning kirib kelishi, joylashtirilishi, ishga joylashishni boshqarish jarayonini hukumatlararo muvofiqlashtirilishini tartibga solishi nazarda tutilgan. Koreya Respublikasiga jo'natilayotgan fuqarolarni koreys tili va madaniyatini bilish maqsadida Koreyaning ko'nikmalarni rivojlantirish instituti va O'zbekiston Respublikasi Bandlik hamda mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o'rtasidagi memorandum (2017 yil 8 noyabr) imzolandi.8 Hujjatda EPS-TOPIC testlarini bilish darajasini oshirish uchun koreys tilini o'rganish tizimini takomillashtirish maqsadida Toshkent, Farg'ona va Nukus shaharlarida koreys tilini o'rganish bo'yicha Koreys-o'zbek markazlarini tashkil etildi.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish choralari to'g'risida"gi 01.07.2013 y. №PQ-1993sonli qaroriga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasiga jo'natish bo'yicha vakolatli organ sifatida belgilangan.9

Ikki davlat o'rtasida imzolangan bitimga ko'ra shu kunga qadar 18

mingdan ortiq O'zbekiston fuqarolari Koreya Respublikasida o'quv mashg'ulotlarini o'tab, mehnat qilish imkoniga ega bo'ldilar.10

Shu bilan birga, O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish hohishini bildirgan mamlakatlar va chet el kompaniyalari soni ko'payganini hisobga olib, shuningdek, respublika fuqarolarining ishlash uchun chet elga chiqib ketishini tartibga solish, fuqarolarning chet ellarda ishga joylashishini ta'minlaydigan mehnat organlari infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida 2003 yil 12 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori11 qabul qilingan.

8Очёт справки. N=02/00-02/11-3263. 2019. 04.07.

9 http://mehnat.uz/ Узбекистан Республикаси Бандлик ва мехнат муносабатлари вазирлиги хамкорлик муносабатлари ривожи.

10http://buxoro.adliya.uz/buxoro/uz/publikatsii/detail.php?ID=20605

11 http://wwwЛex.uz/acts/246880/«Узбекистон Республикаси фукароларининг чет эллардаги мехнат фаолиятини ташкил этишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида»

Ushbu qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi Mehnat vazirligi) huzurida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, shuningdek, Toshkent shahri, Buxoro, Farg'ona, Qarshi va Nukus shaharlarida fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar tashkil qilingan. Mazkur byurolar 2008 yilda faoliyatini tugashi davrigacha bir qancha ijobiy yutuqlarga erishildi.

Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga va 1998 yil 29 yanvardagi «Mehnat daftarchasini yuritish tartibi to'g'risida»gi yo'riqnomaning 2.171-bandiga muvofiq O'zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlardagi mehnat faoliyati haqidagi yozuvlar, agar xalqaro kelishuvlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badali to'langanidan so'ng Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ma'lumotlarga asosan kiritiladi. Ushbu holat ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq Koreyada mehnat qilgan fuqarolarimizning pensiya va ijtimoiy ta'minotga oid huquqlari to'liq ta'minlanishiga xizmat qiladi.

NATIJALAR

Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketayotgan fuqarolarni o'qitish maqsadida 2003 yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qoshida fuqarolarni oldindan ko'niktirish va o'qitish markazi tashkil etilgan. 12 Markazning asosiy vazifalari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha fuqarolarni oldindan ko'niktirish va o'qitish, chet ellarga ishga ketayotgan fuqarolarga shartnoma asosida mehnat qilishga yuborilayotgan mamlakatning asosiy qonun hujjatlari, an'analari va xulq-atvor normalari to'g'risida ma'lumot berish, boriladigan mamlakat tilini muomala qilish va mehnat funksiyalarini bajarish, kontrakt bo'yicha ishga joylashadigan ishlab chiqarishlarda texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilish darajasida o'qitish, chet ellarga ishlash uchun jo'natilayotgan fuqarolarning sog'ligi holatini xorijiy ish beruvchilarning talablarini hisobga olgan holda, vakolatli tibbiyot muassasalarini jalb etib kompleks tibbiy ko'rikdan o'tkazish kabi vazifalar kiradi.13

Koreya Respublikasi hukumatining granti hamda KOICA tashkiloti ko'magida Samarqand shahrida kasb-hunarga o'qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari

l2http://www.le\.u//acts/246880/MeT эотaрra KeTaeTraH ^y^apo^apHH ogguHgaH KyHHKTHpum Ba y^mum MapKa3H TamKH^ этнm 6^HHHa.

13www.migration.uz/Chet ela ishga jo'natishdagi tibbiy ko'rik/

1059

to'g'risida"14 15.05.2015 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori migratsiya bilan bog'liq mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga hamda jahon andozalari darajasiga ko'tarishga xizmat qiladi. Unda grant yordami ajratish to'g'risida 2013 yil 3 dekabrdagi bitimga muvofiq, ikki davlat o'rtasida kasb-hunar ta'limi salohiyatini kuchaytirish" loyihasi doirasida Samarqand shahrida 240 o'rinli o'quv-mashg'ulot xonalari hamda 60 o'rinli yotoqxonaga ega bo'lgan Kasb-hunarga o'qitish markazini tashkil etish uchun 5,5 mln. AQSh dollari miqdorida grant ajratildi. Shunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 3 iyundagi 339-f-son farmoyishini bajarish yuzasidan Markaz qurilishi uchun Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Samarqand shahrida umumiy maydoni 1,6 gektar bo'lgan yer maydonini ajratish, qurilish uchastkasini tayyorlash, kommunikatsiya tarmoqlarini o'tkazish, dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlarni va loyiha-smetalarini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.15

Samarqand shahridagi ishsiz va mehnatga band bo'lmagan aholini kasb-hunarga o'qitish markazining asosiy vazifalari ishsizlarni va vaqtincha band bo'lmagan aholini, shu jumladan, kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy ishga ega bo'lmagan shaxslarni 1 yildan ortiq bo'lmagan muddatda avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillar diagnostikasi bo'yicha muxassislar), payvandlash va chilangarlik ishlari (payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari) elektr va elektronika (elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturani ta'mirlash va ularga servis xizmati ko'rsatish mutaxassislari), axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash kabi kasbga yo'naltirish bo'yicha o'qitish ko'zda tutilgan.

Kasbga yo'naltirish borasida olib borilayotgan ijtimoiy munosabatlar hamda mehnat migratsiyasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini bandlikka ko'maklashish tizimi orqali Koreyaga ishga jo'natish jarayoni samaradorligini oshirish va shu bilan tashqi migratsiya sohasidagi hamkorlik natijasida ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlash imkonini beradi.

2016 yil 31 martda O'zbekiston Respublikasi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Koreya Respublikasi mehnat vazirligi o'rtasidagi "Mehnat migrantlarini jo'natish bo'yicha" memorandumning muddati tugaganligi sababli

14http://lex.uz/docs/2648089?/Kac6-xyHapra y^rnum MapKa3HHH TamKun этнm Hopa-Tag6up^apH Tyrpucuga

15http://www.lex.uz/acts/2648089/Kac6-xyHapra y^mum MapKa3HHH TamKun этнm Hopa-Tag6up^apH Tyrpucuga

1060

Koreya Respublikasining Prezidenti tashrifi doirasida 2019 yil 19 aprel kuni ushbu soha bo'yicha hukumatlar o'rtasida yangilangan tartibdagi memorandum imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 22 noyabrdagi Koreya Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya inson resurslarini rivojlantirish instituti o'rtasida o'zaro Anglashuv Memorandumi imzolangan hamd a kadrlar tayyorlash va bandlik darajasini qo'llab-quvvatlash Dasturi tasdiqlangan edi.16

2018 yil 28 maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi axoli bandligi va mehnat munosabatlari tarkibidagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalarini ochish bo'yicha" PQ-3743 qarori qabul qilindi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yilning 28 mayida hamda shu yilning 10-14 sentabr kunlari O'zbekiston respublikasi axoli bandligi va mexnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi Koreyaning Kvanju shahriga tashrif buyurib, agentlikning filialini ochishga kelishib olindi.17 2018 yilning yanvar oyida Koreya Respublikasining Kvanju shahrida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasi ochildi. Ushbu vakolatxona Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolarini turli masalalardagi muammolarini o'z vaqtida vaqtni tejagan holda hal qilish vazifasi yuklatildi. Hozirgi kunda mazkur vakolatxona o'z faoliyatini yuqori ko'rsatkichlarda davom ettirmoqda.

MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlariga ko'ra hozirda O'zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni 19 millionga yaqin bo'lsa, band aholi soni 13 milliondan ziyod. Ularning 5 milliondan ko'prog'i rasmiy sektorda, 8 millionga yaqini norasmiy sektorda band. Xorijda ishlayotganlar soni esa 2 million 300 mingdan ziyodni tashkil etadi.18

O'tgan yillar davomida ushbu tizim orqali 31628 nafar fuqarolar ish bilan ta'minlangan. Bundan asosiy maqsad Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolar O'zbekistonga qaytib kelgach, ularning xorijda egallagan bilim va ko'nikmalarini mamlakatda amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda "Erkin yollash tizimi" orqali Koreya Respublikasi 16 davlatdan ishchi kuchini jalb qiladi. Koreya Respublikasida ishga joylashtirilgan O'zbekiston

16http://uza.uz/oz/society/zbekiston-respublikasi-bandlik-va-mexnat-munosabatlari-vazir-11-01-2018

17 OnëT cnpaBKH. N=02/00-02/11=3263/04.07.2019.

18http://uza.uz/uz/documents/aholi-bandligini-ta-minlash-borasidagi-ishlarni-takomillasht-16-07-2018.

fuqarolarining mehnat qilish muddati 4 yilu 10 oygacha bo'lgan muddatni tashkil etadi. 2019 yilda ham O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish jarayoni izchil davom etdi. Mazkur kvotalangan ish o'rinlarini to'liq qamrab olish uchun Koreya ish beruvchilariga taqdim etiladigan mavjud nomzodlarning zahiralangan soni bugungi kunda 4980 nafarni, shulardan ishlab chiqarish sohasiga 4800 nafarni va xizmat ko'rsatish sohasiga 180 nafarni tashkil etadi.19

2019 yilda butun dunyoga tarqalgan Covid-19 pandemiyasi sababli, mehnat migratsiyasi bilan bog'liq masalalarda muammolar vujudga keldi. Mazkur muammo O'zbekiston tomonidan xorijga jo'natilayotgan mehnat migrantlarining jo'nab ketish bilan bog'liq jarayonlarda ham o'z aksini topdi, natijada Koreya Respublikasiga mehnat migranti sifatida jo'natilishi kerak bo'lgan fuqarolar soni keskin qisqarib ketishiga olib keldi.

Mazkur tadqiqot ishi doirasida huhokamaga markazida turgan muammolardan hisoblanagan yangi tashkil etilgan barqaror ish o'rinlari sonining mehnat bozori talablariga mos kelmasligi mehnat bozorida muvozanatlilikning buzilishiga, respublikaning ayrim xududlarida ishsizlik darajasining oshib ketishiga, noqonuniy mehnat migratsiyasi va norasmiy bandlikning o'sishiga olib kelishini oldidni olish maqsadida ikki davlat rasmiy vakillari tomonidan turli echimlar ishlab chiqilib, ushbu masalani hal etish borasida istiqbolli rejalar ishlab chiqilib amalda tadbiq etib kelinmoqda .

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, ayni vaqtda, Koreya Respublikasida 17 mingdan ziyod O'zbekistonlik mehnat migrantlari ishlab kelmoqdalar20. Shuni ta'kidlash zarurki, Koreya Respublikasining zamonaviy korxonalarida mehnat qilish mobaynida katta tajriba va ko'nikmalarga, sarmoya va texnologiyalarga ega bo'ladilar. Vatanga qaytganlaridan so'ng, ular o'z sarmoyalari va bilimlarini, salohiyati hamda tajribalarini yurtimizdagi korxonalarda qo'llashga yoki o'z tadbirkorlik ishlarini tashkil etishga sarflaydilar, yangi ish o'rinlari yaratadilar. Mazkur sohadagi yaqin aloqalar ikki davlat o'rtasida ijtimoiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

19http ://old. mehnat.uz/cyrl/newnews/view/1584/ Узбекистан Республикаси фукароларини Корея Республикасида ишга жойлаштириш буйича 2019 йилга мулжалланган квоталар оширилди. 20.03.2019

20 Миграция со^асидаги истикболли режалар самараси // Koryo sinmun.. 7-сон (309). 2018, 31 август.

1062

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Jurnallar

1. Мнграцнa coxacugaru hcthk;6o.mh pe^anap caMapacu // Koryo sinmun.. 7-coh (309). 2018, 31 aBrycT.

2. OnëT cnpaBKH. N=02/00-02/11=3263/04.07.2019.(Tashqi migratsiya agentligi yillik hisoboti).

1. https://lex.uz/docs/2777700

2. http://lex.uz/docs/2048490/«EHp gaB.aT $y;apo.apHHHHr 6om;a gaB.aT xygyguga Ba^rahna MexpaT ^aonutfra TyrpncHga^rn öhthm.

3. TomKeHT maxap Hmcu3 $y;apo.apHH Kacö-xyHapra y^HTHrn MapKa3u Tyrpucuga HH30M.https://mehnat.uz/uz/subordinate-organizations/position/244/

4. Y3ÖeKHcTOH PecnyönHKacu EaHgnuK Ba MexHaT MyHocaöaraapu Ba3Hp.HrH x,aMKop.HK MyHocaöaraapu pHBO^H.http://mehnat.uz/

5. «Y3ÖeKHcTOH PecnyönHKacu ^y;apo.apHHHHr neT эппapдaгн MexpaT $ao.HflTHHH TamKH. этнmнн TaKOMunnamrapum nopa-TagSupnapu Tyrpucuga» http://www.lex.uz/acts/246880/

6. ^eT эппapгa KeTaëTraH ^y;apo.apHH o.guHgaH KyHHKTupum Ba yKuram MapKa3H TamKH. этнm ömnuHa. http:// www.lex. uz/acts/246880/

7. Chet elda ishga jo'natishdagi tibbiy ko'rik/www.migration.uz/

8. Kacö-xyHapra y;HTum MapKa3HHH Tamm. этнm nopa-TagSupnapu Tyrpucuga http://www.lex.uz/acts/2648089/

9. O'zbekiston-respublikasi-bandlik-va-mexnat-munosabatlari-vazir-11-01 -2018 http://uza.uz/oz/society/

10. Aholi-bandligini-ta-minlash-borasidagi-ishlarni-takomillasht-http://uza.uz/uz/documents/ 16-07-2018.

11. Y3ÖeKHcTOH Pecny6.HKacu ^y;aponapuHH Kopea Pecnyô.HKacuga umra ^ofinamTupum Syfiuna 2019 fiunra Myn^annaHraH KBOTanap omupungu. 20.03.2019http://old.mehnat.uz/cyrl/newnews/view/1584/

Vebsayt

Ikki va undan ortiq mualliflar

1. Атабаев Р, Искандаров О. Мехнат мигрантларини сафаролди йуналтирув тадбирлари буйича минимал талаблар. Амалий кулланма. -Тошкент: 2019. -Б. 201.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.