Научная статья на тему 'TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA SODIR BO‘LGAN TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR OQIBATLARINI BARTARAF ETISHDA AVARIYA QUTQARUV ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA SODIR BO‘LGAN TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR OQIBATLARINI BARTARAF ETISHDA AVARIYA QUTQARUV ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
2020
162
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zaxira / resurslar / favqulodda vaziyatlar / boshqaruv organlari / obyektlar / yong‘in sabablari / backup / resources / emergencies / authorities / facilities / causes of fire.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Shahobiddinov, Vohidjon Erkinovich, Khodjayev, Oybek Shavkatovich, Oripov, Sohibjon G‘ayratjon O‘gli

Baxtsiz hodisalar va avariyalarning asosiy sabablari: yo‘l, harakat tarkibi va texnik boshqaruvning ishlamay qolishi; poyezdlar harakati xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan xodimlarning xatolari; temir yo‘llarni avtomobil transportida o‘tkazish qoidalari buzilganda; temir yo‘l ishchilari xatti-harakatlarining xatoligi. Avariyalar orasida poyezd halokati va baxtsiz hodisalar ajralib turadi: relsdan chiqqan harakatlanuvchi tarkib, to‘qnashuvlar, pereyezdlardagi to‘siqlar bilan to‘qnashuvlar, harakatdagi tarkibidagi yong‘inlar va portlashlar, poyezdlarning o‘zaro to‘qnashuvi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING EMERGENCY RESCUE RESULTS IN ELIMINATING THE CONSEQUENCES OF NATURAL AND TECHNOGENIC EMERGENCIES IN RAILWAY TRANSPORT

The main causes of accidents and accidents are: failure of roads, traffic and technical management; errors of train safety personnel; violation of the rules of rail transport by road; misconduct of railway workers. Accidents include train crashes and accidents: derailed rolling stock, collisions, collisions with obstructions on trains, fires and explosions in rolling stock, and collisions between trains.

Текст научной работы на тему «TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA SODIR BO‘LGAN TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR OQIBATLARINI BARTARAF ETISHDA AVARIYA QUTQARUV ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor

TEMIR YO'L TRANSPORTIDA SODIR BO'LGAN TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR OQIBATLARINI BARTARAF ETISHDA AVARIYA QUTQARUV ISHLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Shahobiddinov Vohidjon Erkinovich

Katta o'qituvchi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti

Khodjayev Oybek Shavkatovich

o'qituvchi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti harbiy

Baxtsiz hodisalar va avariyalarning asosiy sabablari: yo 'l, harakat tarkibi va texnik boshqaruvning ishlamay qolishi; poyezdlar harakati xavfsizligi uchun javobgar bo'lgan xodimlarning xatolari; temir yo'llarni avtomobil transportida o 'tkazish qoidalari buzilganda; temir yo 'l ishchilari xatti-harakatlarining xatoligi. Avariyalar orasida poyezd halokati va baxtsiz hodisalar ajralib turadi: relsdan chiqqan harakatlanuvchi tarkib, to 'qnashuvlar, pereyezdlardagi to 'siqlar bilan to'qnashuvlar, harakatdagi tarkibidagi yong'inlar va portlashlar, poyezdlarning o 'zaro to 'qnashuvi.

Kalit so'zlar: zaxira, resurslar, favqulodda vaziyatlar, boshqaruv organlari, obyektlar, yong 'in sabablari.

Основными причинами аварий и происшествий являются: выход из строя дорог, дорожного движения и технического управления; ошибки персонала по безопасности поездов; нарушение правил железнодорожного транспорта автомобильным транспортом; неправомерное поведение железнодорожников. К авариям относятся аварии поездов и аварии: сошедший с рельсов подвижной состав, столкновения, столкновения с препятствиями на поездах, пожары и взрывы в подвижном составе, а также столкновения поездов.

Ключевые слова: резервирование, ресурсы, чрезвычайные ситуации, органы власти, объекты, причины пожара.

harbiy tayyorgarlik o'quv markazi

tayyorgarlik o'quv markazi Oripov Sohibjon G'ayratjon o'gli

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

ABSTRACT

The main causes of accidents and accidents are: failure of roads, traffic and technical management; errors of train safety personnel; violation of the rules of rail transport by road; misconduct of railway workers. Accidents include train crashes and accidents: derailed rolling stock, collisions, collisions with obstructions on trains, fires and explosions in rolling stock, and collisions between trains.

Keywords: backup, resources, emergencies, authorities, facilities, causes of fire.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ulaming oldini olish va harakat qilish masalalari davlat tizimi tomonidan hal etilishi ko'zda tutiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-dekabrda qabul qilingan 558-sonli «O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to'g'risida»gi qarori asosida boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish muhimdir. Ya'ni, fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish vakolatiga ega korxonalar va muassasalari. Ushbu ishlar obyektlarning, vazirliklar (idoralar) va, hokimliklarning tezkor guruhlari (mutaxassislari) rahbarlarining bevosita boshchiligida bajariladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta'minlashga mo'ljallangan. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining asosiy vazifalari:

1. Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofazaqilish sohasida huquqiy va iqtisodiy, me'yoriy hujjatlarning yagona Konstitutsiya asosida belgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Respublika hududida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.

3. Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta'minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo'ysunishidan qat'iy nazar, iqtisodiyot tarmo qlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat ko'rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4. Boshqaruv organlari va tizimlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning bartaraf etish uchun mo'ljallangan kuch va vositalarini doimiy tayyorligini ta'minlash.

5. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig'ish, ishlab chiqish, almashish va berish.

6. Aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, favqulodda vaziyatlarda, ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining asosiy vazifalari kuchlari hamda vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash.

7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish.

8. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.

9. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish.

10. Favqulodda vaziyatlardan zarar ko'rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.

11. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish.

12. Aholi va hududarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Transport avariyalari va halokatlari: ekipaj a'zolari va yo'lovchilarning o'limiga, havo kemalarining to'liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar, yong'inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo'lgan va temiryo'l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo'l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo'lgan odamlar o'limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta'sir ko'rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo'l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag'darilishlar); portlashlarga, yong'inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo'lishiga va odamlar o'limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo'ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo'l-transport hodisalari; odamlarning o'limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong'inlar;

gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va

989

Scientific Journal Impact Factor

gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo'ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari.

Texnogen tusdagi halokatlarning asosiy sabablari quydagilardan iborat:

- inshootlarni loyihalashda yo'l qo'yilgan kamchiliklar;

- texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik;

- ishlab chiqarishda doimiy nazoratning susayishi va ayniqsa, yengil alanga oluvchi, yong'inga xavfli moddalardan foydalanishda e'tiborsizlik;

- ishlab chiqarish texnologiyasida yo'l qo'yilgan xatolik, jihozlarni, mashina va mexanizmlarni o'z vaqtida ta'mirlamaslik;

- mehnat va ishlab chiqarish intizomining pastligi;

- qo'shni ishlab chiqarish korxonalarda yoki energetika, gaz tarmoqlarida yuz bergan halokat;

- halokatlarni keltirib chiqaruvchi tabiiy favqulodda hodisalar.

Texnogen favqulodda vaziyatlar natijasida insonlar qurbon bo'lishi, turli darajada shikastlanishi, atrof-tabiiy muhitning, atmosfera havosining turli zaharli moddalar bilan ifloslanishi, o'simliklar dunyosi, hayvonot olami nobud bo'lishi, juda katta moddiy zarar ko'rishga olib kelishi kabi oqibatlari kuzatiladi.

Temir yo'l halokati-temir yo'ldagi avariya, odatda, qurbonlar bilan baxtsiz hodisalar va avariyalarning asosiy sabablari:

-yo'l, harakat tarkibi va texnik boshqaruvning ishlamay qolishi;

-poyezdlar harakati xavfsizligi uchun javobgar bo'lgan xodimlarning xatolari;

-temir yo'llarni avtomobil transportida o'tkazish qoidalari buzilganda;

-temir yo'l ishchilari xatti-harakatlarining xatoligi.

Avariyalar orasida poyezd halokati va baxtsiz hodisalar ajralib turadi, relsdan chiqqan harakatlanuvchi tarkib, to'qnashuvlar, pereyezdlardagi to'siqlar bilan to'qnashuvlar, harakatdagi tarkibdagi yong'inlar va portlashlar, poezdlarning o'zaro to'qnashuvi. Stansiyalar va peregonlardagi avariyalar va falokatlarning oqibatlari quyidagilardan iborat: yo'l, harakatlanuvchi tarkib, inshootlarning yo'q qilinishiga olib keladigan xavfli yuklarning portlashi; agressiv yoki toksik moddalarni atmosferaga to'kish yoki chiqarib yuborish; harakatlanuvchi tarkib, stantsiya binolari va boshqa inshootlarning yong'inlari; temir yo'l ishchilarini, yo'lovchilarni yong'in, portlashlar, zaharli suyuqliklar va gazlarni yo'qotish; tashilayotgan tovarlarni yo'q qilish.

Jabrlanganlar soniga qarab temir yo'ldagi avariyalar va tabiiy ofatlarning toifasi mavjud:

Scientific Journal Impact Factor

Xavfsizlik choralari

Temir yo'l transporti xizmatlaridan foydalanganda quyidagilar zarur: poezdning o'rtasida bo'lish; avtomobilning yuqori tokchalariga og'ir va katta narsalarni qo'ymang; kechalari o'tish joylarini bepul qoldirish; Shaxsiy buyumlarning (hujjatlar, pullar, boyliklar) joylashgan joyini unutmang; stolda hech qanday begona narsalar (idishlar, oziq-ovqat mahsulotlari) bo'lmasligi kerak. Poyezd halokati yoki favqulodda tormozlanish paytida: tutqichlarni ushlang va oyoqlaringiz bilan biror narsaga suyaning; esda tutish kerakki, birinchi zarbadan keyin boshqalar ham bo'lishi mumkin, uni ushlab turishda davom eting; ish tashlashlar to'xtatilgandan so'ng, mashinani tark eting, aks holda yong'in bo'lishi mumkin, jarohat olganlarga birinchi yordam ko'rsatishga harakat qiling, yo'lovchilarni vahima qo'zg'atmasdan tinchlantiring; eshiklar olomon tomonidan bloklangan bo'lsa, derazalardan foydalaning favqulodda chiqish joylari, shuningdek biron bir bo'linmaning oynasi orqali, lekin uning kuchi tufayli sinish shikastlanishga olib kelishi mumkin; mashinadan chiqayotganda, hujjatlar, pul va zarur kiyimlarni tortib olish; boshqa yo'lovchilar ham tashqariga chiqishsin, tashqaridagi mashinalarning derazalarini sindirish.

Vagonda yong'in sodir bo'lgan taqdirda, yo'lovchi quyidagilarni bajarishi shart:tutun yoki olov bo'lsa, shoshilinch ravishda sharfni, nafas olish tizimini himoya qilish uchun suyuqlik bilan namlangan matolardan foydalaning; xonada uzoq vaqt qolish xavfli, chunki cheklangan kosmosdagi harorat tezda ko'tariladi va o'pkalarni bir nafas bilan yoqish va yonish paytida chiqadigan xavfli zaharli gazdan hushini yo'qotish mumkin; odamlar bilan to'lib ketganda, avtomobildagi vestibuladan chiqish, favqulodda chiqish yo'lidan foydalanish; Supero'tkazuvchilar ko'rsatmalariga qat'iy amal qiling; avtoulovni tark etish, qutqaruv ishlariga kirishish, xavfsizlik choralariga rioya qilish (singan simlar tufayli kuchlanish xavfi, kelayotgan poyezdlardan o'tish, yoqilg'ining to'kilishi va boshqalar).

Hozirgi sharoitda mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot obyekt-obyektlarni muhofaza qilish ishlarini ustuvor vazifaga ko'tarish, ularni turli falokatlardan saqlab qolish borasidagi ishlar, davlat miqyosida olib borilayotgan islohotlar qatorida, alohida o'rin egallaydi. Shunday ekan, mamlakatimizda buni hisobga olgan davlatimiz rahbariyati mazkur masala bilan maxsus shug'ullanuvchi tashkilot Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etdi. Uning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish biIan bir qatorda, yuz bergan taqdirda uning oqibatlarini bartaraf qilish, zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog'liq . Ayniqsa, favqulodda vaziyatlarning

Scientific Journal Impact Factor

oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv ishlarini qisqa muddatlarda tezkor o'tikazilishi birlamchi vazifalarga kiradi. Ushbu vazifalami bajarish uchun «Hayot faoliyati xavfsizligi» yo'nalishi bo'yicha tayyorlanadigan mutaxassislar quyidagi ishlarni amalga oshira bilishlari kerak. Bular avariya holatida o'z vaqtida harakat qilish, oqibatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarni tezkor amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarda insonlarning hayotini, sog'lig'ini saqlab qolish, zararini kamaytirish vazifalari kiradi. Ushbu ishlarni malakali mutaxassislar amalga oshirsa avariya-qutqaruv ishlari (AQI)ni muvaffaqiyatini ta'minlaydi. FVda soha mutaxassislari quyidagi ishlarni amalga oshirishlari zarur bo'ladi:

- favqulodda vaziyatga tezkor kirishish, uni cheklash va oqibatlarini bartaraf etishda samarali harakatlarga shay turish;

- razvedka o'tkazish, vaziyatni baholash va yuqori tashkilotlarga tezkor ma'lumot yuborish;

- jarohatlanganlarni, moddiy boyliklarni qidirib topish, qidiruv-qutqaruv ishlarni o'tkazish va shu kabilar;

Qutqarish ishlarining mazmuni quyidagicha:

- tuzilmalarning harakat yo'nalishlari va ish uchastkalarini qidirish;

- tadbirlarni amalga oshirish uchastkalarida va ularga o'tish yo'llarida yong'inning kengayishini oldini olish, uni o'chirish,

- buyumlar, qo'lagan va yonayotgan binolardan, gaz va tutun bosgan xonalardan shikastlanganlarni qidirish va olib chiqishi;

- buzilgan, shikastlangan, ustini uyumlar bosib qolgan inshootlarni ochish va ulardagi odamlarni qutqarish;

- shakastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va ularni davolash muassasalariga olib borish;

- odamlarni kuchli ta'sir etuvchi zaharli modda (KTZM) bilan zararlangan xavfli joylardan, suv bosadigan hududlardan havfsiz joylarga olib chiqish va shu kabi ishlar. Qutqaruv hamda shoshilinch avariya-tiklash ishlarini murakkab sharoitlarda vayronalarda, kuchli yong'inlarda, yer qimirlaganda, radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik zararlanganda, suv toshqini, sel bosgan hududlarda amalga oshiriladi. Iqtisodiyot obyektlarida tabiiy ofatlar (zilzilalar, to'fonlar, suv toshqinlari, tog' ko'chkilari, o'rmondagi yong'inlar va boshqalar), har xil tabiiy va iqlim sharoitlarida, ulardan kelib chiqquvchi asoratlarni bartaraf qilish masalalari dolzarb hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordamni ko'rsatishdan iborat. Qutqarish va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar quyidagilardan iborat:

Scientific Journal Impact Factor

1. Odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish.

2. Yong'inlar, falokatlarning kengayishiga yo'l qo'ymaslik va kommunal energetika hamda texnologiya tarmoqlaridagi avariyalarni bartaraf etish.

3. Iqtisodiyot obyektlarida bundan keyingi bo'ladigan tiklash ishlarini o'tkazish uchun sharoitlar yaratish va boshqalar. Avariya qutqaruv ishlari va tabiiy ofatlarning kelib chiqish sabablarini, nazariy-amaliy masalalarni, shuningdek, avariyalardan keyin tiklash ishlarini olib borish jarayonini o'rganishni o'z ichiga oladi.

Ushbu ishlar obyektlarning, vazirliklar (idoralar) va hokimliklarning tezkor guruhlari (mutaxassislari) rahbarlarining bevosita boshchiligida bajariladi. Favqulodda vaziyatning ko'lamini mavjud kuchlar va vositalar yordamida bartaraf etish mumkin bo'lmagan holda, zaruriy yordam ko'rsatish uchun Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining yuqori rahbar organiga yordam so'rab murojaat qilinadi. Shu bilan birga favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha tadbirlami mablag' bilan ta'minlash favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududda joylashgan obyektlarning, vazirliklar va idoralarning mablag'lari, tegishli budjetlar, sug'urta jam g'armalari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda ko'rsatilgan mablag'lari yetarli yoki mavjud bo'lmagan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasidan ajratilishi ko'zda tutiladi. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda keltirilgan talofat va zarrining miqdorini kamaytirish bo'yicha oldindan choralar ko'rish yoki yuzaga kelganida harakat qilish bo'yicha Respublika idoralarining rejasi asosida, obyektlarning harakat qilish rejalarini hokimliklar va boshqa organlar tomonidan davlat tizimining barcha darajalari favqulodda vaziyatlarda uning oldini olishda o'zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi. Fuqaro muhofazasi barcha tadbirlarini favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tomonidan amalga oshirish uchun kuch va vositalar avvaldan, iqtisodiy, tabiiy va boshqa ko'rsatkichlarni, hududning xususiyatlarini va favqulodda vaziyatning yuz berish ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.

REFERENCES

1. Akobirov, S. R. (2021). HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI: Sh. R. Akobirov Navoiy Davlat

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Pedagogika Instituti, Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, 2(3), 265-272. 2. Yormatov G'.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.: "Aloqachi", 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.