Научная статья на тему 'Применение современных технологий в формировании профессиональной компетентности у преподавателей допризывного военного образования'

Применение современных технологий в формировании профессиональной компетентности у преподавателей допризывного военного образования Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
82
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
допризывная военная подготовка / современные технологии / коммуникации / армия / Вооруженные Силы / постановление Кабинета Министров и др. / military training before the call / modern technologies / communications / the army / the Armed Forces / the decision of the Cabinet of Ministers / etc.k.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Джамшид Назаров

Сегодня престиж и положение любой страны на мировой арене измеряется ее военным и экономическим потенциалом, а также уровнем осведомленности населения об информационных и коммуникационных системах и современных технологиях. Поэтому сегодня важно систематически передавать знания о современных технологиях и информационных коммуникациях во всех сферах, включая Допризывное военное образование. В данной статье автор подробно рассматривает реформы и анализ развития профессиональных компетенций преподавателей Допризывного военного образования на основе современных технологий.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Application of modern technologies in the formation of professional competence in pre-service military education teachers

Today, the prestige and position of any country on the world stage is measured by its military and economic potential, as well as the level of public awareness of information and communication systems and modern technologies. Therefore, today it is important to systematically transfer knowledge about modern technologies and information communications in all areas, including pre-service military education.In this article, the author discusses in detail the reforms and analysis of the development of professional competencies of pre-service military education teachers based on modern technologies.

Текст научной работы на тему «Применение современных технологий в формировании профессиональной компетентности у преподавателей допризывного военного образования»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Application of modern technologies in the formation of professional competence in pre-service military education teachers

Jamshid NAZAROV1

Vocational School on youth work of Muzrabot District of Surkhandarya region

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2021 Received in revised form 20 June 2021 Accepted 15 July 2021 Available online 15 August 2021

Keywords:

military training before the call,

modern technologies,

communications,

the army,

the Armed Forces,

the decision of the Cabinet of

Ministers, etck.

Today, the prestige and position of any country on the world stage is measured by its military and economic potential, as well as the level of public awareness of information and communication systems and modern technologies. Therefore, today it is important to systematically transfer knowledge about modern technologies and information communications in all areas, including pre-service military education. In this article, the author discusses in detail the reforms and analysis of the development of professional competencies of pre-service military education teachers based on modern technologies.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https: //creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning qoHanilishi

ANNOTATSIYA

Kalitso'Zar

chaqiriqqa qadar harbiy tayyorlash,

zamonaviy texnologiyalar,

kommunikatsiyalar,

armiya,

Qurolli kuchlar, Vazirlar Mahkamasi qarori va h.k.

Bugun dunyo sahnida har bir davlatning obro' va mavqeyi uning harbiy-iqtisodiy salohiyati, shuningdek aholining axborot kommunikatsiya tizimlaridan hamda zamonaviy texnologiya-lardan xabardorlik darajasi bilan o'lchanadi. Shu boisdan bugun barcha sohalarda, shu o'rinda Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishida ham zamonaviy texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalari haqidagi bilimlarni tizimli berib borish dolzarb masala kasb etadi. Ushbu maqolada muallif Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarining zamonaviy texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar va tahlillar haqida batafsil to'xtalib o'tadi.

1 director of Vocational School on youth work of Muzrabot District of Surkhandarya region, Surkhandarya, Uzbekistan.

Применение современных технологий в формировании профессиональной компетентности у преподавателей допризывного военного образования

Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitishning asosiy maqsadi: o'quvchilarga Vatan himoyasi borasida ularning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, o'z yurtini, ona tuprog'ini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin va imkoniyat yaratish, harbiy kasbga bo'lgan e'tiqod va qiziqishlarini orttirish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda o'zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma'naviy va moddiy ne'matlarini asrab-avaylash yo'lida oqilona tashabbus ko'rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a'zolarini tayyorlashdan iboratdir. Shu o'rinda aytib o'tish o'rinliki, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitishning asosiy vazifalaridan biri bu, albatta, o'quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o'tash davomida o'ziga ishonib topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy texnik ashyolardan to'g'ri va sifatli foydalanishni qisqa muddatda o'zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek, yuz berishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarda to'g'ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug'ilganda o'ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko'rsata olishni o'rgatishdan iborat.

Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik o'quv fani O'zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi. Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik o'quv dasturi chaqiruvgacha va chaqiruv yoshida bo'lgan yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida xizmatni o'tashga yondashib, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik asoslari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi. O'rta ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik o'quv fanini o'qitishning asosiy maqsadi - o'quvchilarga Vatan himoyasida o'zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o'z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo'lgan e'tiqod va qiziqishlarini orttirish, shunindek, favqulodda vaziyatlarda o'zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma'naviy va modiy ne'matlarini saqlash yo'lida oqilona tashabbus ko'rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a'zolarini tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish va amalga oshirish uchun

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

допризывная военная подготовка,

современные технологии,

коммуникации,

армия,

Вооруженные Силы, постановление Кабинета Министров и др.

Сегодня престиж и положение любой страны на мировой арене измеряется ее военным и экономическим потенциалом, а также уровнем осведомленности населения об информационных и коммуникационных системах и современных технологиях. Поэтому сегодня важно систематически передавать знания о современных технологиях и информационных коммуникациях во всех сферах, включая Допризывное военное образование. В данной статье автор подробно рассматривает реформы и анализ развития профессиональных компетенций преподавателей Допризывного военного образования на основе современных технологий.

quyidagi ta'limiy, tarbiyaviy, ruhiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo'ladi. O'quvchilarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o'tash davomida o'ziga biriktirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to'g'ri va mohirona foydalanishni qisqa muddatda o'zlashtirib olishlariga imkon yaratish, jang maydonida taktik jihatdan to'g'ri harakatlanish, shunindek, yuz berishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarda to'g'ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug'ilganda o'ziga hamda yon atrofdagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko'rsata olishni o'rgatishdan iborat. O'quvchilarga harbiy ish asoslarini berishda ularga harbiy qismlarning jangavor o'quv faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi bo'linmalarining jangavor o'quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o'rgatish kuzda tutiladi.

Dastlabki harbiy tayyorgarlik - bu bir necha hafta yoki oy davom etadigan intensiv turar joy dasturi bo'lib, u yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlarning ijtimoiy me'yorlari va asosiy vazifalariga jalb qilishga qaratilgan. Umumiy xususiyatlarga oyoq mashqlari, tekshiruvlar, jismoniy tarbiya, qurol tayyorlash va bitiruv paradi kiradi. O'quv jarayoni yangi qabul qilinganlarni harbiy hayotning ularga qo'ygan talablariga moslashtiradi. Xulq -atvor va xulq -atvorni shakllantirish uchun psixologik konditsionerlik usullari qo'llaniladi, shunda yollanganlar barcha buyruqlarga bo'ysunadilar, o'lim xavfiga duch keladilar va raqiblarini jangda o'ldiradilar. Qo'shma Shtatlar harbiy tayyorgarlik metodlari bo'yicha mutaxassis Deyv Grossmanning so'zlariga ko'ra, ishga qabul qilish mashg'ulotlari to'rt turdagi konditsionerlik usullaridan keng foydalanadi: rol modellari, klassik konditsionerlik, operativ konditsionerlik va shafqatsizlik. Induktivlar o'z harbiy qismlari uchun individualliklarini qisman cho'ktirishlari shart, bu oddiy fuqarolik hayotida bo'lmagan xatti -harakatlarni bajarish, shu jumladan o'ldirish va uzoq vaqt xavf ostida bo'lish buyruqlariga bo'ysunishni kuchaytiradi. Kanada-amerikalik sotsiolog Erving Goffman ta'riflagan "umumiy institut" uslubida ishga qabul qilinganlarning kundalik ishi juda qattiq nazorat qilinadi. Masalan, o'qitish rejimi ishga qabul qiluvchilar qanday qilib to'shaklarini, etiklarini tozalashiva kiyimlarini bir -biriga bog'lab qo'yishi kerakligini belgilaydi. O'qish davomida harbiy me'yorlarga rioya qilishlari va jamoa bo'lib ishlashlari shart. Xususan, yollanganlarga 18-asr harbiy amaliyotidan kelib chiqqan va yollanuvchi-larni hech ikkilanmasdan yoki savolsiz buyruqlarga bo'ysunishga o'rgatadigan piyodalar mashqlari deb nomlanuvchi marosimda turish, yurish va buyruqlarga javob berish buyrug'i bir necha bor beriladi. Finlandiya armiyasi qoidalariga ko'ra, masalan, oyoq mashqlari korpus va birlashish uchun zarurdir, yollanganlarni instinktiv bo'ysunishga ko'niktiradi, katta bo'linmalarni tartibli yurish va ko'chirish imkonini beradi va harakat uchun asos yaratadi.

Ta'lim jarayoniga yangi axborot - kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida kasb-hunar kollejlari litsey va oliy o'quv yurtlarida o'qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta'lim muassassalarining o'quv- labarotoriya bazasini zamonaviy turidagi o'quv va labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o'qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirish bo'yicha samarali tizimni yanada rivojlantirishdan iborat. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o'zlashtirish bugungi kundagi eng dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda. Ta'lim

tizimida o'quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan.Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani mazmunidan kelib chiqqan holda o'quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan islohotlami davom ettirib, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev: "Ko'zlangan strategik maqsadlarga yetishishda va ulami hayotga to'liq tatbiq etishda har tomonlama va puxta tayyorlangan, o'z Vataniga sodiq, yuksak tajribali harbiy kadrlami tarbiyalash, davlat tomonidan ulaming ijtimoiy himoyasini kafolatlash hal qiluvchi va asosiy omildir. Shu bois respublikaning hamma o'quv muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi to'g'risidagi fanlami tatbiq qilish va kuchaytirish bo'yicha amaliy ishlar boshlandi" deya ta'kidlab o'tdi. Yoshlaiga harbiy ta'lim berishda ularga qo'shinlarning o'quv-jangovar faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallami harbiy qismlardagiga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o'rgatish nazarda tutiladi. Bu mashqlami ko'p marotaba takroriash natijasida yoshlarda zamriy harbiy bilim va ko'nikma yuzaga keladi. Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, me'yoriy-huquqiy hujjatlami ishlab chiqish va amalga oshirish; respublika hududidagi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ulaming ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash; favqulodda vaziyatlaming oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta'minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlaming tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat ko'rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlaming oldini olish, ularni bartaraf etish uchun mo'ljallangan kuch va vositalaming doimiy tayyorligini ta'minlash; aholi va hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlami yig'ish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish; aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FYDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; favqulodda vaziyatlami bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish; aholi va hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshimvini amalga oshirish; favqulodda vaziyatlami bartaraf etish harbiy sohaning birlamchi vazifalaridan biridir.

O'quvchilariga O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda davlat maxfiyligiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda ona Vatanga chuqur muhabbat va vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-ruhiy, faol hayotiy pozitsiya, diniy ekstremizm va fundamentalizm g'oyalariga qarshi immunitet hosil qilish, shu jumladan, harbiy burchni ongli ravishda bajarishga bo'lgan munosabatni shakllantirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini anglab yetish, shuningdek yurt kelajagi va taqdiri uchun yuksak javobgarlik hissi kabi fazilatlarni shakllantirishga oid targ'ibot-tashviqot ishlarini olib boradi;

• ta'lim muassasalari o'quvchilarida yuksak fuqarolik pozitsiyasini, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan g'ururlanish tuyg'usini shakllantirish maqsadida katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan urush va mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuvlar o'tkazadi;

• doimiy ravishda ta'lim muassasasi o'quvchilarining muddatli harbiy xizmatni a'io darajada o'tagan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etadi va o'tkazadi;

• ta'lim muassasalari o'quvchilarini sport turlari bo'yicha joriy etilgan seksiyalarga jalb etish ishlarini tashkil qiladi;

• mamlakatimiz hududi va daxlsizligini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, harbiy xizmat, uning ijobiy xususiyatlari, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun joriy etilgan imtiyozlar tizimi to'g'risida ta'lim muassasalari o'quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tushuntirish ishlarini olib boradi;

• ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida ommaviy ravishda tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy va harbiy-sport tadbirlarini (yoshlar forumlari, tanlovlar, sport musobaqalari) tashkil etadi va o'tkazadi.

Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlikning asosiy yo'nalishlari o'sib kelayotgan avlodni jismoniy, ma'naviy-axloqiy, vatanparvarlik va davlat mudofaasi hamda mehnatiga shay holda turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Chaqiruvga qadar yoshlarni tayyorlashning asosiy vazifalari boshlang'ich harbiy bilimlar, jismoniy tayyorgarlik, o'z Vatanining harbiy tarixini, ramzlarini o'rganish, jangchi va vatanparvar fuqaroni shakllantirishni qamrab oladi. "Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarligi" kursining vazifasi yoshlarga ta'lim jarayonida quyidagilarni o'rgatishdan iborat:

• O'zining konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini anglash,O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini, Vatan himoyasi haqida va uni qurolli tajovuzdan himoya qilish haqida bilish;

• O'zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining mudofaaga qaratilganligini;

• O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo'shinlarning vazifalarini;

• O'zbekiston Respublikasi "Mudofaa haqida" "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi qonunlarni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xizmatini tashkillash to'g'risida"gi qarorini, "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro'yxatga kiritish va chiqarish, harbiy jinoyat sodir etganligi uchun va harbiy xizmatdan bosh tortganligi uchun jinoiy hamda ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi asosiy qoidalarini;

• O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Nizomlari va harbiy qasamyodning asosiy talablarini o'rganishni va anglashni;

• harbiy qismning qurol va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning turmush tarzi va joylashuvi bilan tanishishni;

• harbiy ish asoslari, zaruriy harbiy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish, shuningdek jismoniy chiniqish va ruhan hamda ma'nan mustahkam bo'lishni;

• fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilim asoslarini o'zlashtirishni;

Yoshlarni Chaqiruvga qadar tayyorlash jarayoni yoshlar harbiy xizmatni o'tashda o'zining konstitutsiyaviy burchini a'lo darajada bajarilishini va o'ziga topshirilgan zamonaviy jangovar qurol va harbiy texnikani qisqa muddatda o'zlashtirib olishini ta'minlashdan iborat. Yoshlarga harbiy ta'lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar o'quv-faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi qo'shinlarning jangovar o'quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o'rgatish ko'zda tutiladi. Yoshlarning chaqiriqqacha tayyorgarligiga umumiy rahbarlik va nazorat O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga va Mudofaa Vazirining harbiy ta'lim boshqarmasiga yuklatilgan. Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning nazorati O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining Birlashgan shtabi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va

o'rta maxsus ta'lim vazirligi, xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, "Vatanparvar" tashkilotining Markaziy kengashi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rejalari asosida olib boriladi.

Xulosa qilib aytganda, shuni alohida ta'kidlashimiz kerakki, bugungi kunda axborot kommunikatsiyalari kirib bormagan soha har jihatdan oqsayotgan soha demakdir. Shu jumladan harbiy sohada ham bu masala ustuvor sanaladi. Chaqiriqqa qadar yoshlarni harbiy tayyorlash jarayonida, talalabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo'yicha ta'lim-tarbiya berish, ularda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish va zamonaviy kommunikatsiyalardan foydalangan holda harbiy islohotlarni amalga oshirish kabi maqsadlarni o'z oldimizga ustuvor qilib qo'yamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Vatan himoyasi - muqaddas burch. - T., "O'zbekiston", 2001.

2. Armiya davlat tayanchi, tinchlik kafolati. - T., Mudofaa vazirligi, 2004.

3. H. Jo'rayev. Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash. - T., "Sharq", 2004.

4. Tinglovchilar uchun fuqaro muhofazasi masalalari bo'yicha o'quv qo'llanmasi. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti. -T., 2008.

5. https://lex.uz/acts/-2523455?0NDATE=22.12.2014%2000.

6. https://mudofaa.uz/uz/17955/.

7. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Recruit_training.

8. https://www.military.com/military-fitness/fitness-test-prep/training-for-military-career.

9. https://www.researchgate.net/publication/220202813_Technology_Integratio n_into_Pre-service_Teacher_Training.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.