Научная статья на тему 'FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ISHTIROKINING IJTIMOIY ZARURATI'

FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ISHTIROKINING IJTIMOIY ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
256
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
JAMOAT TARTIBI / JAMOAT JOYI / JAMOATCHILIK NAZORATI / FIDOKOR YOSHLAR / FAOL FUQARO

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Alimov M.I.

Ushbu maqolada jamoat tartibi va jamoat joyining tushunchasi, turlari hamda mohiyati dunyo olimlari tomonidan yoritib o‘tilgan bo‘lib, hozirgi kunda fuqarolarimizning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki ijtimoiy zarurat ekanligi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek olimlar tomonidan ilmiy tahlil qilinib, asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PARTICIPATION OF CITIZENS IN THE MAINTENANCE OF PUBLIC ORDER SOCIAL NECESSITY

In this article, the concept, types and essence of Public Order and public place are covered by scientists around the world, and the fact that the participation of our citizens in the maintenance of Public Order is a social necessity is the current normative legal acts, as well as scientific analysis and justification by scientists.

Текст научной работы на тему «FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ISHTIROKINING IJTIMOIY ZARURATI»

Alimov M.I. magistratura tinglovchisi Jamoat xavfsizligi universiteti

FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ISHTIROKINING IJTIMOIY ZARURATI

Annotattsiya: Ushbu maqolada jamoat tartibi va jamoat joyining tushunchasi, turlari hamda mohiyati dunyo olimlari tomonidan yoritib o'tilgan bo'lib, hozirgi kunda fuqarolarimizning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki ijtimoiy zarurat ekanligi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek olimlar tomonidan ilmiy tahlil qilinib, asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Jamoat tartibi, jamoat joyi, jamoatchilik nazorati, fidokor yoshlar, faol fuqaro.

Alimov M.I. graduate student University of Public Safety

PARTICIPATION OF CITIZENS IN THE MAINTENANCE OF PUBLIC

ORDER SOCIAL NECESSITY

Annotation: in this article, the concept, types and essence of Public Order and public place are covered by scientists around the world, and the fact that the participation of our citizens in the maintenance of Public Order is a social necessity is the current normative legal acts, as well as scientific analysis and justification by scientists.

Keywords: Public Order, public place, public control, selfless Youth, Active Citizen.

Bugungi kunda davlatimizning har sohada rivojlanayotganligi fuqarolarimizga qator imkoniyatlarni ochib bermoqda. Jamiyatning turli sohalarida bo'layotgan o'zgarishlar bevosita fuqarolarning faol ishtiroki asosida amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Davlat siyosatini amalga oshiruvchi barcha davlat organlari faoliyatining nazorati nafaqat qonun hujjatlari bilan balki jamoatchilik nazorati orqali ham olib borilmoqda. Bunda fuqarolarning jamoat joylarida tartibni saqlashda ishtirok etishi fikrimizning dalili bO'la oladi. Keling unda dastlab qanday joylar jamoat joylari deb atalishi haqida fikr yuritamiz. Jamoat joyi deganda biz hamma uchun to'siqlarsiz kirish (bo'lish) uchun ruxsat etilgan yoki fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga mO'ljallangan joylarning uchastkasi, binolar, inshootlar va ularning qismlari, shuningdek transport kommunikatsiyalarini tushunishimiz mumkin. Dunyo olimlarining fikricha jamoat joylari 3 ta turga bo'linadi:

1) doimiy tusdagi jamoat joylari - bunday jamoat joylari fuqarolar doimiy bO'ladigan yoki doimiy bo'lishi imkoniyati bilan tasniflanuvchi, ish vaqti rejimi bilan belgilanmagan va fuqarolarning doimiy yashash ob'ektlari mavjud bo'lgan jamoat joylari hisoblanib, ularga transport magistrallari, ko'chalar, turar mavzelar, mahallalar, dahalar, kichik tumanlarning hududlari, aeroportlar, temir yo'l va avtomobil vokzallarining binolarini kiritishimiz mumkin.

2) vaqtinchalik tusdagi jamoat joylariga biz fuqarolar vaqtinchalik bo'ladigan yoki vaqtinchalik bo'lishi imkoniyati bilan tasniflanuvchi, ish vaqti rejimi bilan belgilangan va fuqarolarning doimiy yashash ob'ektlari mavjud bo'lmagan jamoat joylarini kiritamiz.

3) bir martalik tusdagi jamoat joylari esa ommaviy jamoat tadbirlari o'tkaziladigan ob'ektlar va ommaviy jamoat, qishloq xo'jaligi va boshqa (tantanali tadbirlar va diniy marosimlar) tadbirlar o'tkazish vaqtiga mo'ljallangan ob'ektlar va alohida hududlarning ob'ektlari hisoblanadi.

Hozirgi tinch va farovon hayotimiz bardavom bo'lishligi avvalo yurtdagi siyosiy tuzumning qanday olib borilayotganligi hamda fuqarolarning olib borilayotgan bunday siyosatga qay tarzda munosabat bildirayotganligi bilan ifodalanadi. Biz bilamizki jamiyatdagi osoyishtalikni saqlash har birimizning burchimizdir. Lekin ming afsuski, davlatimiz rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi va fuqarolarnig tinchini buzuvchi harakatlar hali hamon davom etib kelmoqda. Yevropa olimlari jamoat tartibi buzilishlarini quyidagi ko'rinishlarini aytib o'tishgan:

• spirtli ichimliklarni jamoat joylarida ichish, (ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno) mast holda jamoat joylarida bo'lish;

• hovli, ayvonda, parkda, bog'chada, bozorda, transportda, plyajlarda va boshqa jamoat joylarida pul, narsalar va boshqa qimmatbaho narsalar uchun qimor o'yinlarida qatnashish (ushbu maqsadlar uchun maxsus mo'ljallangan joylar bundan mustasno);.

• jamoat joylarida fuqarolarni haqorat qilish va jamoat tartibini va fuqarolarning tinchligini buzadigan boshqa shu kabi harakatlar.

• yuk poyezdlariga, shahar poezdlari va shaharlararo poezdlarning zinapoyalari va buferlariga chiqish

• noma'lum joylarda ko'chalarning, temir yo'llarning qatnov qismidan

o'tish.

• baland ovozda kuylash, musiqa asboblarini chalish orqali sukunatni buzish; texnik vositalardan foydalangan holda kvartirani ta'mirlash

• yong'in chiqadigan narvonlarini, uylarning tomlari, chodirlari va podvallarini noto'g'ri ishlatish.

• uy atrofidagi axlatxonalarning yonishi, binolar yaqinida, o'rmon ekinzorlari va o'rmonda o't yoqish.

• taqiqlangan joylarda, daryolar va hovuzlarda cho'milish.

• maysazor va gulzorlardan gullarni kesib tashlash, himoya qilinadigan yovvoyi o'simliklarni to'plash, yashil joylarni buzish yoki yo'q qilish.

• temir yo'l, aviatsiya, avtotransport uskunalari, signalizatsiya va aloqa uskunalari, tashiladigan uskunalar, konteynerlar va boshqa mulkka zarar etkazilishi; poyezdlarga toshlar va boshqa narsalarni tashlash; buyumlarni temir yo'l izlariga qo'yish; havo, suv va temir yo'l transportining xizmat ko'rsatish zonalariga kirish.

• maishiy va sanoat chiqindilarini aniqlanmagan joyda saqlash. Turar joy binolari orasida va hovlilarda yuk mashinalarini to'xtatish. Piyoda yo'llarida haydash. Maysazorlar va o'yin maydonchalarida avtoulovlarni tO'xtatish.

• uy hayvonlarini parvarish qilish va yurish qoidalarini buzish.

• sport va ko'ngilochar tadbirlar, stendlarning yopilishi, musobaqalarni yoki boshqa tadbirlarni o'tkazish uchun stendlarga, sport maydonchalariga, yugurish maydonchalariga va boshqa joylarga o'tish, shuningdek tadbirlarni o'tkazishga xalaqit beradigan boshqa harakatlar.

• shovqin effektini yaratadigan va tomoshabinlar, sport va ko'ngil ochish tadbirlari ishtirokchilariga xalaqit beradigan narsalardan foydalanish, shuningdek to'siqlar, yoritish moslamalari, televizion tasvirlarni tushirish uchun platformalar, boshqa maqsadlar uchun yordamchi tuzilmalardan foydalanish.

• sport va ko'ngilochar tadbirlarning tashkilotchilari, ijrochilari va tomoshabinlarining qadr-qimmatini kamsitadigan va xo'rlaydigan qichqiriqlar.

• Transportning normal ishlashiga xalaqit beradigan yoki jamoat tartibini buzadigan sport va ko'ngilochar tadbirlardan keyin ko'chalarda, maydonlarda va boshqa jamoat joylarida yurishlarni tashkil etish va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan misollardan shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi paytda barcha sohalarda kelib chiqishi mumkin bo'lgan bunday tartibsizliklarni fuqarolarning ishtirokisiz tartibga solish yana boshqa yangi turdagi qiyinchilik va muammolarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan fuqarolarda jamoat tartibini saqlashga bo'lgan ishtiyoqni uyg'otish va ularning ongiga jamiyatga nisbatan befarqlik va ishonmaslik tuyg'ularini o'rniga vatanga bo'lgan muhabbat, insoniylik, halollik va birodarlik g'oyalarini singdirish zarur. Chunki sodir etilayotgan ko'plab tartibsizlik va huquqbuzarlik, shuningdek jinoyatchilik holatlari aynan fuqarolarning befarqligi, boshqalarga yordam berishni istamasligi yoki o'z vaqtini ketkazishni xohlamasligi uchun ham ochilmay qolmoqda. Bu esa nafaqat jinoyatchilikni oldini olishda, balki ularni aniqlash va bartaraf etishda ham qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Malumki, sud-huquq tizimida bu turdagi muammolarni hal etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi va bu jarayon hali ham davom etib kelmoqda. Bunga misol tartiqasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori[1] va ushbu qaror ijrosini ta'minlash, shuningdek

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolar va jamoat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan "Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag'batlantirish tartibi to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorini[2] keltirishimiz mumkin. Qarorda fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi ishtiroki uchun rag'batlantirish tartibi mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra quyidagi asoslardan biri mavjud bo'lgan taqdirda fuqarolar va jamoat tashkilotlari rag'batlantirilishi mumkinligi keltirib o'tilgan:

qasddan sodir etilishi rejalashtirilayotgan yoki sodir etilayot gan ma'muriy huquqbuzarlikning oldini olishi yoxud to'xtatishi;

tayyorgarlik ko'rilayotgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi natijasida jinoyat sodir etilishining oldi olinishi;

qasddan sodir etilayotgan jinoyatni to'xtatishi va uni to'liq fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko'maklashishi;

fosh etilmagan jinoyat bo'yicha uni fosh etishga ko'maklashuvchi dalillarni aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qayerda ekanligi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;

qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e'lon qilingan shaxsning yashiringan manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko'maklashishi;

bedarak yo'qolgan shaxs haqida bergan ma'lumoti asosida uning aniqlanishi;

aholi o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi targ'ibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etishi va uni bevosita amalga oshirishi;

jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida taklif va tashabbuslarni amalga joriy etishi.

Shuningdek, qarorda fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag'batlantirish to'g'risidagi takliflar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarga fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag'batlantirish bo'yicha taqdimnoma kiritish orqali amalga oshirilishi belgilangan. Taqdimnomaga esa ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma, jinoyat ishi qo'zg'atish to'g'risida qaror, shuningdek ushlangan qidiruvdagi shaxsga nisbatan qidiruvning bekor qilinganligi to'g'risida prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qarori yoki sudning ajrimi ilova qilinishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 12 aprel kuni "Jamoatchilik nazorati to'g'risida" gi qonunni[3] imzoladi. Mazkur qonundan ko'zlangan

asosiy maqsad davlat organlari va muassasalari foliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish va amalga oshirish sohasidagi munosbatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda fuqarolar va OAV vakillarining davlat organlari faoliyatini tekshirish va monitoring qilishdagi ishtiroki nazarda tutilgan. Qonunga ko'ra jamoatchilik nazorati subyektlariga fuqarolar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, OAV kiradi. Jamoatchilik nazorati obyektlari sifatida esa davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, ularning mansabdor shaxslari foliyati belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni[4] bilan tasdiqlangan "2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ning[5] ijrosi yuzasidan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bO'yicha yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.[6]

2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining[7] 2022-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti ko'rib chiqib, unda hukumat tomonidan Davlat dasturini tizimli tarzda va sifatli bajarish borasida bir qator tashkiliy va amaliy choralar kO'rilishi ta'minlanganligi ta'kidladi. Bundan tashqari, o'tgan davrda Davlat dasturining ustuvor yo'nalishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda qayd etilgan muhim statistik ko'rsatkichlar iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilishini ta'minlash, respublika hududlarining kompleks rivojlanish darajasini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilganligini ko'rsatib o'tdi. Bu olib borilgan barcha chora-tadbirlar zamirida mahallalarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida 6 822 ta "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhi faoliyati yo'lga qo'yilganligi ham fuqarolarimizning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki davlatimiz uchun ijtimoiy zarurat ekanligini yana bir bor ko'rsatadi.

"Ma'lumki, jamiyatdagi ijtimoiy keskinlik favqulodda vaziyatlarda: tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, ommaviy qirg'inlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, terrorchilik harakatlari paytida keskin kuchayadi. Bunday vaziyatlarda huquq-tartibotni muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga hissa qo'shadigan jamoat tuzilmalarining mavjudligi hayotiy ahamiyatga ega. Bu omillar jamoat tartibini saqlashning qo'shimcha mexanizmlarini, jumladan, jamoat tartibini muhofaza qilish

bo'yicha fuqarolarning jamoat yoki jamoat-davlat tashkilotlarini yaratishni izlash va qonun hujjatlarida rasmiylashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Zamonaviy sharoitda jamoat tartibini muhofaza qilish, huquq-tartibot rejimini ta'minlashda fuqarolarning ichki ishlar organlariga har tomonlama yordam ko'rsatishi uchun sharoit yaratishga jamoatchilikni faol jalb etish talab etilmoqda.[8]

Bu mavzu doirasida izlanishlar olib borgan olimlardan Ya.Ya. Kayl va S.V. Yepininalar jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtiroki mexanizmini Buyuk Britaniya, AQSh, Ispaniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda qo'llanilishini tahlil qiladilar.

Ularning fikricha, davlat boshqaruvi tizimi faoliyatida fuqarolarning ishtiroki qanchalik faol amalga oshirilsa, ya'ni fuqarolarning davlat ishlariga qanchalik keng jalb etilsa, siyosiy va iqtisodiy sohalar shunchalik muvaffaqiyatli rivojlanadi [9, C.33].

Aytish joizki, fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki avvalom bor ushbu ishtirokning chora-tadbirlarini belgilash, ishtirok etish usullari va hokimiyat hamda aholi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik shakllarini belgilash muhim hisoblanadi [10]. Jamoat tartibini saqlashda fuqarolar ishtirokining amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tartibga solinganligini tahlil qiladigan bo'lsak, bu borada ko'rish mumkinki, mazkur faoliyat turi qonun darajasida tartibga solinmagan.

Shuningdek, bugungi kunda ko'cha va jamoat joyida sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismi kafe-bar, tungi klublar va restoranlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, "Faol fuqaro" deb nomlangan mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiq. Xususan unga ko'ra, hududdagi har bir ko'ngilochar ob'ekt (kafe,bar...) rahbari, yuridik shaxs maqomidan foydalanib, o'z buyrug'iga asosan ishchi xodimlari orasidan bir nafarini ob'ekt hududida jamoat tartibini saqlashga mas'ul sifatida biriktiradi. Ushbu mas'ul shaxs - "Faol fuqaro"ning asosiy vazifasi hududda biriktirilgan jamoat xavfsizligini ta'minlashga javobgar organlar bilan doimiy aloqada bo'lib, ob'ekt hududida sodir etilgan har qanday noqonuniy harakatlar hamda uni sodir etish sabab va sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha murojaat qilish hisoblanadi.[11]

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash va unda fuqarolarning ishtiroki to'g'risidagi munosabatlarni qonun doirasida tartibga solinishi yuzasidan Belarus, Ukraina, Rossiya va Isroil davlatlari qonunchiligi o'rganilganda, ushbu davlatlarning qonunchilik tizimida mazkur munosabatlar qonun doirasida tartibga solinganligini ko'rish mumkin[12, B.40]

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi davrda fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki davlat siyosatining ijtimoiy zaruratiga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki inson huquqlari va erkinligi ta'minlanayotgan va fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratilayotgan zamonamizda jahon hamjamiyatining diqqat etibori davlatimizning aynan inson huquqlari sohasidagi siyosatiga qaratilgan. Bu esa davlat boshqaruv organlariga jamoat

tartibini saqlash va fuqarolar bilan ishlashda ehtiyotkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham jamiyatning har bir jabhasida jamoat tartibini saqlashda fuqarolarimizning ishtirokini ta'minlashimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bunday ishtirok fuqarolarga qiyinchilik keltirib chiqarmasligi uchun ularning huquqiy himoyasini mustahkamlash va fuqarolar ishtirokini bardavom etish maqsadida ularning ishtirok natijalarini munosib tarzda mukofotlab borish zarur. Buning uchun avvalo "Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi"[8] to'g'risidagi qonun loyihasini qaytadan ko'rib chiqish va uni qabul qilish hozirgi kundagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishi hisoblanmish, jamoat xavfsizligi ta'minlash va jamoat tartibini saqlash tizimini yanada rivojlantiradi.

Foydalanilangan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag'batlantirish tartibi to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Jamoatchilik nazorati to'g'risida" gi qonuni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni

5. 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori

7. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi

8. Alimov Muxiddin Ilxomjon o'g'li University of Public Safety Master's student lieutenant "Participation of Citizens in the Maintenance of Public Order Historical-Theoretical Significance" Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 https://zienjournals.com Date of Publication: 2410-2022

9. Кайль Я.Я. Партисипация как важный фактор повышения эффективности и результативности публичного управления субъектом Российской Федерации / Я.Я. Кайль, В.С. Епинина // Региональная экономика: теория и практика. 2013. № 16. С. 30-38 (Kyle Y.Y. Participation as an important factor in improving the efficiency and effectiveness of public administration in a constituent entity of the Russian Federation / Y.Y. Keil, V.S. Yepinina // Regional Economics: Theory and Practice. 2013. No. 16. S. 30-38.).

10. Воронина Л.И., Патюков А.В. Участие граждан в охране общественного порядка: сравнительный анализ российского и зарубежного опыта (Voronina L.I., Patyukov A.V. Participation of citizens in the protection of public order: a comparative analysis of Russian and foreign experience) // https://elar.urfu.ru/bitstream/ 10995/77051/1/978-5-7996-2729-4_1_14.pdf.

11. Ibragimov Sherzod Shakirovich O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Magistratura tinglovchisi "Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini takomoillashtirishning ayrim jihatlari" Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

12. Шарипов С.С. Ички ишлар органлари патруль-пост хизмати фаолиятини такомиллаштириш // Узбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси. - 2017. - № 3. - Б. 37-40 (Sharipov S.S. Improving the activities of the patrol and post service of law enforcement agencies // Bulletin of the Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. - 2017. - № 3. - P. 3740).

13. Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi" to'g'risidagi qonun loyihasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.