Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O’RGANILISHI'

TARIX FANINI O’QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O’RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1006
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
"Sharq bolalari" / Vaal / Aliya / Xurriylar / Amoriylar / Ras-shamra. / "Children of the East / " Vaal / Aliya / Hurrians / Amorites / Ras-shamra.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Yulduz Ilhom Qizi Fayziyeva, Sulaymon Amirqulovich Haydarov

Ushbu maqola Suriya va Finikiya podsholigining hududi, aholisi, madaniyati va dini haqida malumotlar beradi. Manbalardagi malumotlar arxiv hujjatlar, olimlarning ilmiy tahlillari va Tavrotda keltirilgan ma'lumotlar asosida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STUDY OF THE KINGDOM OF SYRIA AND PHYNICIA IN THE TEACHING OF HISTORY

This article provides information about the territory, population, culture and religion of the kingdoms of Syria and Phenicia. The information in the sources is based on archival documents, scientific analysis by scholars, and information from the Torah.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O’RGANILISHI»

TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI

O'RGANILISHI

Yulduz Ilhom qizi Fayziyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Ilmiy rahbar: Sulaymon Amirqulovich Haydarov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Suriya va Finikiya podsholigining hududi, aholisi, madaniyati va dini haqida malumotlar beradi. Manbalardagi malumotlar arxiv hujjatlar, olimlarning ilmiy tahlillari va Tavrotda keltirilgan ma'lumotlar asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: "Sharq bolalari", Vaal, Aliya, Xurriylar, Amoriylar, Ras-shamra.

THE STUDY OF THE KINGDOM OF SYRIA AND PHYNICIA IN THE

TEACHING OF HISTORY

Yulduz Ilhom kizi Fayzieva

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

Research advisor: Sulaymon Amirkulovich Haydarov

ABSTRACT

This article provides information about the territory, population, culture and religion of the kingdoms of Syria and Phenicia. The information in the sources is based on archival documents, scientific analysis by scholars, and information from the Torah.

Keywords: "Children of the East," Vaal, Aliya, Hurrians, Amorites, Ras-shamra.

KIRISH

Suriya bilan Finikiyaning geografik o'mi o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Suriya 3 materik orasida joylashgan,Suriyaning kontinent qismi Old Osiyoga tutashgan: Suriyaning sharqiy qismi Suriya-Mesopotamiya dashtiga,shimoliy qismi Kichik Osiyoga, janubiy qismi Finikiya bilan birga Arabiston yarimoroliga chegaradosh hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Suriyaning Finikiya deb ataladigan qirg'oq qismi qadimgi vaqtda savdo yo'llari orqali O'rta yer dengizining sharqidagi orollar bilan Kipr, Krit va Egey dengizi arxipelagi bilan yaqin aloqada bo'lgan. Suriya va Finikiya asosan o'z tarixining davomida bir-biri bilan o'zaro urushib kelgan bir qator mayda davlatlarga bo'linib

www.scientificprogress.uz

ketgan desa bo'ladi.Asosan Avdiyev bunga shunday munosabat bildirgan: Suriya bilan Finikiya qadim zamonlardan beri har tarafdan madaniy va qudratli davlatlar bilan o'ralganligi tufayli bu davlatlar bu boy o'lkalarni istilo qilishga va ularning ravnaq topgan savdo shaharlarini bosib olishga doim intiq bo'lgan.

Bundan ko'rishimiz mumkinki Suriya va Finikiya davlatlarini o'rab olgan qo'shni davlatlar Misr, Bobil, Ossuriya, Mitani, Xet va O'rta yer dengizi davlati Krit doimiy ravishda Suriya va Finikiyaga hujumlar uyushtirib madaniy shaharlarini vayron etib ularning rivojlanishiga to'siq bo'lib kelgan.

Aholisi. Finikiya va Suriya aholisi haqida Avdiyev chuqur izlanishlar olib brogan. Uning ma'lumotlariga ko'ra: Finikiya va Suriya aholisi bir biri bilan singishib ketgan. Avdiyev Finikiya va Suriya aholisi haqida qadimgi manbalar,misr,finikiya va xet yozuvlari tavrot hamda antik avtorlarning ma'lumotlariga va shuningdek lingvistik ma'lumotlarni o'rganib chiqqan holda shunday deydi:"Finikiya va Suriyaning qadimgi aholisi mil.avv 3-mingyillikdayoq juda murakkab konglomeratdan iborat bo'lgan. Eng qadimgi qabilalardan biri xurriylar bo'lib ular shimoli-g'arbiy Mesopotamiyada va shimoliy Suriyada yashagan.Avdiyevning fikricha ular Suriyaning chegaradosh rayonlari orqali o'tib Finikiyaga,Falastinga tarqalgan.Xurriylar qabilasining nomi tavrotning bir necha joyida uchraydi.Finikiya va Suriya aholisi haqida Kabirov quyidagi ma'lumotlarni beradi: "Finikiya va Suriyada odamlar qadim zamonlardan buyon yashab kelganlar. Bu o'lkaning eng qadimgi aholisi xurriylar,amoriylar "sharq bolalari"deb atalgan qabilalar bo'lishgan.Keyinchalik bu yerga xetlar,somiylar,eroniylar,yunonlar va rimliklar kirib kelgan.

Madaniyati. Finikiya madaniyatining eng katta yutug'I Finikiyada mil.avv,XIII asrda vujudga kelgan yozuvning alifbo sistemasidir.Savdoning birmuncha rivojlanib borishi rasmiy hujjatlarni juda tez tuzish uchun imkon beradigan eng soda yozuv sistemasini vujudga keltirishni talab qilgan. Shuning uchun ham yozuvning eng sodda va qulay sistemasi bo'lmish alifbe Finikiyada vujudga kelgan. Finikiyaliklar alifbeni yaratishda bobil va misrning bu boradagi madaniy yutuqlaridan foydalanishgan.Ayrim alifbe shaklidagi belgilar II ming yil avval shimoliy Suriyada ham topilgan hisoblanadi.Unda bobil mixxati bir muncha soddalashtirilgan va shu asosda 25 ta alifbe belgisidan iborat Suriya alifbe mixxati vujudga kelgan.Ras-Sharmadan topilgan juda ko'p yozuvlar shu mixxat alifbe asosida yozilgan.

MUHOKAMA

Olim Avdiyevning ma'lumot berishicha Suriya-Finikiya qabilalarining eng qadimgi dini jamoa-dehqonchilik e'tiqodlariga borib taqaladi.Qadimgi finikiyaliklarning diniy tasavvurlarida o'luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi Vaal va uning o'g'li Aliyaning obrazi alohida o'rin tutgan.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

Dengizchilik va savdo: Finikiyada qo'rqmasdengizchilar va ishbilarmon savdogarlar ko'p bo'lgan. Ular Mil. avv. 16 asrdayoq Kipr oroli Kichik Osiyoning janubiy sohillari va butunlay Egey dengizi orollarida o'z manzilgohlarini barpo qilganlar. Keyinchalik esa Finikiyaliklar O'rtayer dengizining g'arb tomonidagi Sitsilliya Sardiniya Malta va Baler oroliga qadar suzib borib, Finikiya shaharlarini barpo qilganlar.Finikiya dengizchilari gibraltar bo'g'ozidan Atlantika okeaniga chiqib Ispaniya va Galliya sohillari bo'ylab shimol tomon borganlar va u yerda o'z shaharlarini barpo qilganlar. Mil. av. 9 asrda ular Afrika shimolidagiba'zi joylarni bosib olib, u yerlarda ham o'zlarining qator qishloq va shaharlarini barpo qilganlar. Bu jihatdan Karfagen alohida ahamiyatga ega Mil. av. 5 asr o'rtalarida Karfagen katta davlatning markaziga aylangan. Finikiyaliklar Marmar dengizi orqali Qora dengizga kirib Kichik Osiyoning shimoliy sohillarida ham o'z manzilgohlarini barpo etishgan. Ular Bolqon yarimorolidan ichkari qismga ham kitib borishgan. Ular Afrikani ham aylanib chiqqanlar.Finikiya savdogarlari Ispaniyadan kumush, Britaniyadan qalayi, Baltika qirg'oqlaridan esa qahrabo olib kelganlar.

NATIJA

Finkiya va Suriya quruqlik yo'li orqali Arabiston, Kichik Osiyo Misr, Armaniston va Mesopotamiya bog'langan edi. Quruqlik va suv yo'llari orqali Suriya va Finikiyada chet mamlakatlarga shisha,oyna, zaytun, musallas, qimmatbaho matolar, yog'och kedr, zeb-ziynat buyumlari chiqarilgan. Chet ellarda Finikiyaning qirmizi bo'yoqlari olqish qozongan. Chet ellarda Finikiyaga ziravor, oltin, kumush, Arabiston va Sharq mamlakatlaridan ziravorlar keltirilgan.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki Suriya va Finikiya qadimda ko'p davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari olib borgan. Shu tufayli bu o'lkada Matematika, geometriya, astronomiya, dengizchilik, geografiya, Yer bilimlari va kimyo sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Gerodotning ma'lumotlariga ko'ra Mil. av. 6 asrda yashagan Meletlik mashhur matematik,fizik,astronom va faylasuf Faske asli finikiyalik bo'lgan. Bundan xulosa chiqarishimiz mumkunki Suriya va Finikiya ham qadimga davrda o'ziga xos madaniyat beshiklaridan biri bo'lgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston tarixi, Sagdullayev A, Eshov B, tahriri ostida Toshkent. Universitet

2. Kabirov.A Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent-2016.

3. С.А. Хдйдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. Сулаймон Амиркулович Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

5. Хдйдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

7. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

9. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

11. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

12. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

13. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

14. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

15. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44

16. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.