Научная статья на тему 'TARIX FANINI O`RGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING O`RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O`RGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING O`RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2147
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Shumer-Akkad / Gilgamish / Uruk Lagash / Xammurapi / Frot / Dajla / Mesopatamiya / Sargon I / Shumer-Akkad / Gilgamish / Uruk Lagash / Xammurapi / Frot / Dajla / Mesopatamiya / Sargon I

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirshod Dilshod Ogli Nematov, Sulaymon Haydarov

Maqolada qadimgi tarixni o`rganishda muhim bo`lgan davlatlardan biri Shumer Akkad haqida so`z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SHUMER-ACCESS IN THE STUDY HISTORICAL SCIENCE

The article is about Shumer-Akkad, one of the most important countries in the study of the ancient history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O`RGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING O`RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O RGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING

ORNI VA AHAMIYATI

Mirshod Dilshod o'g'li Ne'matov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ilmiy maslahatchi: Sulaymon Haydarov

ANNOTATSIYA

Maqolada qadimgi tarixni o'rganishda muhim bo'lgan davlatlardan biri Shumer Akkad haqida so'z boradi

Kalit so'zlar: Shumer-Akkad, Gilgamish, Uruk Lagash, Xammurapi, Frot, Dajla, Mesopatamiya, Sargon I

THE ROLE OF SHUMER-ACCESS IN THE STUDY HISTORICAL SCIENCE

Mirshod Dilshod ugli Ne'matov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

Scientific adviser: Sulaymon Haydarov

ABSTRACT

The article is about Shumer-Akkad, one of the most important countries in the study of the ancient history.

Keywords: Shumer-Akkad, Gilgamish, Uruk Lagash, Xammurapi, Frot, Dajla, Mesopatamiya, Sargon I

KIRISH

Qadimgi ikki daryo oralig'i tarixini o'rganish uchun Bibliyadagi, Gerodot asaridagi ma'lumotlardan foydalaniladi. Ayniqsa, miloddan avvalgi III asrda Bobilda yashagan Beros tomonidan yozilgan «Bobil tarixi»da qimmatli ma'lumotlar ko'p. VII-XVIII asrlarda Persepol saroyidan topilib, nemis olimi Grotefend tomonidan o'qib chiqilgan Bexistun mixxat yozuvlarida, XIX asrning 40- yillarida arxeolog Leyard tomonidan Nineviya xarobalaridan topilgan 20 ming sopol kitoblardagi ma'lumotlar qimmatli manbalardir. XIX asr oxirida kovlab olingan Bobil, XX asr boshlarida ochilgan Suza shaxarlaridan topilgan moddiy ashyoviy dalillar va Xamurapi qonunlari ma'lumotlari asosida bu o'lka tarixi bizga ma'lum bo'ldi.Qadimgi Mesopatamiya tarixiga oid manbaalar uch asosiy guruhga bo'linadi: 1) Qadimgi Sharq yozuvi yodgorliklari,2)Moddiy madaniyat yodgorliklari 3) Antik zamon tarixchilarining ma'lumotlari.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mesopotamiyadagi Dajla daryosining chap irmog'i bo'ylaridan bundan 70-80 ming yil oldindan boshlab aholi yashab kelgan bo'lsa, pasttekislik qismiga ov zururiyatidan miloddan avvalgi IX-VIII ming yilliklardan boshlab odamlar olib joylasha boshlagan. Keyinchalik Mesopotamiyaga Arabiston yarim oroli, Shimoliy Afrikadan semit qabilalari, janubi-sharq tomondan esa boshqa qabilalar kirib kelib joylashganlar. Miloddan avvalgi IV—III ming yilliklarda tog'li joylarda yashagan elam qabilalari janubi-sharq tomondan bostirib kirib, Mesopotamiya janubidagi Shumerga o'mashib qolganlar. Keyinchalik bu yerga arameylar, eronliklar, parfiyaliklar, yunonlar, rimliklar va boshqa qabilalar ham kirib kelishgan. Shunday qilib, Mesopotamiya xalqlari atrofdan kelgan juda ko'p qabilalarning mahalliy aholi bilan qo'shilib aralashuvi natijasida vujudga kelgan. Qadimda mamlakat janubini Shumer, aholisini shumerlar. shimoldagi yerlarni Akkad, aholisini esa akkadlar deb atashgan.

Shumer va Akkad aholisi tashqi qiyofalari jihatidan bir-birlaridan farq qilganlar.Shumerlar past bo'yli, kaltabaqay, jussador, kulcha yuzli, tanqaygan burunli, soqol va mo'ylovining siyrakligi bilan akkadlardan ajralib turganlar. Semit qabilalariga mansub akkadlar esa kelishgan jussali, norg'il, qirra burun, yuzlari cho'ziq, ko'zlari katta-katta, sersoqol va sermo'ylov bo'lishgan.Miloddan avvalgi V-IV yilliklarda irrigatsiya va qishloq xo'jaligining rivojlanishi natijasida Ur, Uruk, Erudu, Larsa, Kish, Lagash, Umma singari katta-katta qishloqlar paydo bo'ldi.

Miloddan avvalgi IV ming yilliklarda Janubiy Mesopotamiyaga janubi-sharq tomondan shumerlar kelib joylashganlar. Shu vaqtdan boshlab bu joy Shumer viloyati nomini olgan. Janubiy Mesopotamiyada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida badavlat kishilar, erkin jamoachi dehqonlar. Hunarmandlar va qullar ko'paya boshlagan. Bu Mesopotamiya dunyosidagi tabaqalar edi. Har bir shahar-davlatning o'z podshosi, amaldorlari, vaziru vuzarolari, qo'shinlari, qo'riqchilari, ruhoniylari, jinoyatchilarini jazolovchilari va qamoqxonalari bo'lgan. Butun shahar, unga qarashli qishloq ahli podshoning fuqarosi hisoblangan. Qadimgi Mesopotamiya shahar-davlatlarini faqat jazolovchi tashkilot deb qarash kerak emas. Bu shahar-davlatlar zimmasida sug'orish inshootlarini tartibga keltirish, dehqonchilikni, chorvachilikni, hunarmandchilikni, savdo-sotiqni rivojlantirish va mamlakatni mudofaa qilishdek juda muhim ishlar turgan. Bu jarayonlar Mesopotamiyada miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmi va III ming yillik boshlarida sodir bo'lgan. Miloddan avvalgi III ming yillik boshlarida Janubiy Mesopotamiyada turli xil tillarda gaplashuvchi qabilalar yashar edi. Janubda mahalliy aholi bilan aralashgan shumerlar, Dajla va Frot vohasining o'rta qismida esa mahalliy aholi bilan birga

akkadlar ham yashar edilar. III ming yillikning birinchi yarmida Shumerda Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Lagash, Umma, Shuruppak, Isin, Nishur, Kish, ulardan shimolda esa Ashshur, Mari, Nineviya va boshka yirik shahar-davlatlar bor edi.

MUHOKAMA

Qattiq urushlardan so'ng miloddan avvalgi XXV—XXIV asrlarda Ur shahar-davlati kuchayib, Ur sulolasi vakillari Shumerda hukmronlik qiladilar. Undan keyin bu o'lkada Lagash kuchayadi. Podsho Eannatum zamonida butun Shumer Lagash hukmronligiga o'tadi. Eannatum Elam ustidan ham g'alaba qiladi. Mamlakatning Lagash qo'l ostida birlashtirilishi xo'jalikning rivojlanishiga yordam bergan bo'lsa ham, miloddan avvalgi XXIV asr oxiriga kelib mamlakatdagi tinimsiz urush, og'ir soliqlardan aholining noroziligi kuchaygan. Natijada Lagashda davlat to'ntarishi bo'lib, hokimiyat tepasiga Uruinimgin keladi (2318—2312). U Lagashda 6 yil podsholik qilib, ba'zi islohotlar o'tkazib, aholiga ancha yengilliklar bergan va o'z mavqeini mustahkamlab olgan. Lekin Lagashning ravnaqi uzoq davom etmagan. Miloddan avvalgi XXIV asr oxirida Umma shahar-davlati kuchaygan va butun Shumer ustidan hukmronlik qilgan. Uruinimgin podsholigining so'nggi yilida Umma shahar-davlati hokimi Lugal-zaggisi Lagashga bostirib kirib, uni vayron qilgan, boyliklarini talagan. U Ur, Uruk, Larsa, Adab, Nishur shahar-davlatlarni o'ziga itoat ettirib, Shumer podsholigini tashkil etgan. Lugal-zaggisi davrida Shumer birmuncha ravnak topgan. Ammo Shumer podsholigining mustaqilligi uzoq davom etmagan. Akkadlarning hujumi uni barbod qilgan. Mamlakat janubida yashagan shumerlar bilan shimolda yashagan semitlar o'rtasida qonli urushlar davom etgan. Uzoq davom etgan janglar natijasida semitlar g'olib chiqqanlar va Akkad davlatini tuzganlar. Bu davlatning asoschisi o'z davrining yirik siyoiy arbobi Sargon I (2316—2261) edi. O'sha davrdan qolgan afsonalarda Sargonning tashlandiq bola bo'lganligi aytiladi. Hikoyada aytilishicha, uning onasi kambag'al bir ayol bo'lgan. U go'dak o'g'lini boqa olmay, qamishdan yasalgan savatga solib Frot daryosi bo'yiga tashlab ketgan. Akki degan suv tashuvchi— meshkob uni topib olib tarbiya qilgan. Ma'buda Ishtar voyaga yetgan Sargonni yaxshi ko'rib qolib, uni Akkadga podsho qilib qo'ygan. Sargon (haqiqiy podsho degani) dastlab Akkadda o'z hokimiyatini mustahkamlab olgach, yanada kuchli qo'shin tuzib, Kishni bosib olgan. O'zini "Kish podshosi" va "Akkad podshosi" deb e'lon qilgan.

NATIJA

Sargon I butun Shumerni o'ziga qaratib, Elamga qo'shin tortib, uning bir qancha shaharlarini bosib olgan. Fors qo'ltig'ida ham o'z hokimiyatini

mustahkamlagan. Sargon. I navbatdagi hujumlarini Akkadning shimol va shimoli-g'arbidagi o'lkalariga qaratgan. Uning qo'shinlari Suriya, Falastinni bosib olib, O'rta yer dengizi sohillariga chiqqan. Sargon I Elam, butun Mesopotamiya va Old Osiyoni o'z ichiga olgan g'oyat katta harbiy davlat barpo etib, o'zini "to'rt iqlim podshosi" deb e'lon qilgan. Bu Janubi-G'arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki quldorlik davlati edi. Sargon I 55 yil bu saltanatning podshosi bo'lib turgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topgan. Yirik sug'orish inshootlari qurilgan, ayniqsa savdo-sotiqqa keng yo'l ochib berilgan. Ammo Sargon I podsholigining oxirlarida Mesopotamiyada ham, boshqa o'lkalardagidek, noroziliklar kuchayib, qo'zg'olonlar boshlangan. Sargon I qo'shinlari bu qo'zg'olonlarni qiyinchilik bilan bostirganlar. Sargon I vafotidan keyin uning taxtiga vorislari Rimush, Manishtush, Karamsin va boshqalar (2261— 2200) o'tirib davlatni boshqarganlar. Rimush qo'zg'olon ko'targan Shumer shaharlari va Elam ustiga bir necha bor qo'shin tortgan. U qo'zg'olonni bostirib, qo'zg'olonchilardan shafqatsizlik bilan o'ch olgan. Ularni qaytadan o'ziga bo'ysundirgan. U Akkadning yanada ravnaq topishiga erishgan Rimushning vafotidan keyin taxtga uning ukasi Manishtush o'tirgan. U ham mustaqillik uchun kurash boshlagan qo'zg'olonchilarni tor-mor qilgan. U Shumer va Elamdagi ruhoniy aslzodalarga katta-katta hadyalar berib, ularni o'ziga qaratib olgan. Manishtush Akkad va Shumer aslzodalariga va o'z askarlariga yerlar bo'lib bergan.

XULOSA

Shu yo'l bilan markaziy hokimiyatni mustahkamlab olishga harakat qilgan. U ham fitnachilar tomonidan o'ldirilgan. Sargoniylardan chiqqan so'nggi podsho Sharkalisharri davrida mamlakatning turli burchaklarida isyonlar yana kuchaygan. Mesopotamiyaga shimoli-g'arbdan amoriylar, janubi-sharqdan elamliklar bostirib kirganlar. Sharkalisharri shiddatli janglardan so'ng o'z dushmanlari ustidan g'alaba qozongan. Ammo shu davrda Zagros tog'lari ortida yashovchi guteylar Mesopotamiyaga bostirib kirib, g'olib chiqqanlar. Shu bilan sargoniylar saltanati yemirilgan va qulagan.

REFERENCES

1. V.Avdiyev "Qadimgi Sharq tarixi" Toshkent-1964

2. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANANI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 7(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HrA XOCHHTH. Scientific progress, 1(3).

10. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.