Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA MESOPATAMIYA DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA MESOPATAMIYA DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1885
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qadimgi Mesopatamiya tarixiga doir manbalar 1)qadimgi sharq yozuviga doir 2)moddiy madaniy yodgorliklar 3)antik zamon avtorlarining ma’lumotlari / Vsevolod Abdiyev-Qadimgi sharq tarixi. / Sources on the history of ancient Mesopotamia 1) on the ancient oriental script 2) material cultural monuments 3) information about the authors of antiquity / Vsevolod Abdiev-History of the ancient east.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Hayotbek Sobirov

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o’rganishimizda, juda boy arxivga ega bo’lgan Mesopatamiya davlatining davlatchiligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE MESOPATHIAN STATE IN THE STUDY OF HISTORY

The article discusses the statehood of the state of Mesopotamia, which has a very rich archive, as we study the sources on the history of the Ancient East

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA MESOPATAMIYA DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA MESOPATAMIYA DAVLATINING O'RNI

VA AHAMIYATI

Hayotbek Sobirov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda, juda boy arxivga ega bo'lgan Mesopatamiya davlatining davlatchiligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Qadimgi Mesopatamiya tarixiga doir manbalar 1)qadimgi sharq yozuviga doir 2)moddiy madaniy yodgorliklar 3)antik zamon avtorlarining ma'lumotlari, Vsevolod Abdiyev-Qadimgi sharq tarixi.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE MESOPATHIAN STATE IN THE

STUDY OF HISTORY

Hayotbek Sobirov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region [email protected]

ABSTRACT

The article discusses the statehood of the state of Mesopotamia, which has a very rich archive, as we study the sources on the history of the Ancient East

Keywords: Sources on the history of ancient Mesopotamia 1) on the ancient oriental script 2) material cultural monuments 3) information about the authors of antiquity, Vsevolod Abdiev-History of the ancient east.

KIRISH

Mesopotamiya bu yozuvlar yaratilgandan va miloddan avvalgi 539-yilda forslar Bobilni bosib olish bilan tugagan davrdan boshlab taxminan 25 asr davomida mavjud edi O'rta Sharqdagi tarixiy va geografik mintaqa, ikkita buyuk daryo - Dajla va Evfrat vodiysida joylashgan. Zamonaviy davlatlar, jumladan Mesopotamiya yerlari - Iroq, Suriya, Turkiya. Ilmiy adabiyotlarda mintaqaning muqobil belgilari mavjud -Dvurechye va Mesopotamiya, ular turli xil ma'nolarga ega. Mesopotamiya - bu insoniyat tarixidagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan biri - Qadimgi Mesopotamiyadir. "Mesopotamiya" qadimgi yunon kelib chiqishi toponimi bo'lib, "ikki daryo orasidagi mamlakat", "o'zaro oqim" deb tarjima qilingan. Bu atama Buyuk

Iskandar o'z davlatining bir qismi sifatida ushbu nom bilan satrapiya yaratganida paydo bo'lgan. Yangi ma'muriy-hududiy birlik Ahamoniylar satrapiyalari, birinchi navbatda Bobil va ehtimol tuman okruglaridan tashkil topgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Quyi Mesopotamiya eng qadimiy yozma manbalarda "Shumer va Akkad" deb nomlangan, u ikki qismga bo'lingan: Shumer - Dajla va Furotning quyi qismida, va Akkad - oqimning yuqori qismida. Keyinchalik "Bobil" nomi Akkad viloyati va Shumerning bir qismiga tarqaldi. Shumerning yana bir qismi va Fors ko'rfazi suvlarining chekinishi natijasida vujudga kelgan yangi yerlar "Primorye" deb nomlana boshlagan va miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan boshlab- Xaldey, antik davrdan boshlab "Bobil" nomi bu yerlar uchun umumiy belgiga aylandi. Mesopotamiya xalqi voha va tog' oldi rayonlarida yashashgan bo'lib neolit davriga kelib o'lka rivojlanadi. Bu davr tarixini ochib beradigan yozuv paydo bo'lgunga qadar mavjud madaniyat o'choqlari, Xassun va Xalaf manzilgoxlarini aytib o'tish lozim. Bu xalqlar tarixini ochib berishga V-ming yillik oxiri, IV-ming yillikda ancha rivojlangan El'-Ubayda manzilgohini misol qilish mumkin. Shummerliklar davri manzilgohi bo'lishi mumkin. Chunki Shummerliklarni kelib chiqishi xozirgacha muloxazalarga boy. Mesopotamiyaning Shimoliy qismiga sharqiy Semit qabilalari o'rnashdilar hamda ular III-ming yillikka kelib butun Mesopotamiyaga yoyildilar va Shumer tili va adabiyoti Akkadliklar ta'sirida o'z ahamiyatini yo'qotdi. Mesopotamiyaga G'arbiy Semit qabilalari Amorey qabilalari, Xurritlar va boshqa qabilalarni kirib kelishi kuzatiladi. Mesopotamiya tarixini o'rganishda ayniqsa, xo'jalik xujjatlari qulchilik maxsulot turlari, loy taxtachalarga yozilgan III-ming yillikka oid Jamded nasr manzilgoxini aloxida takidlash kerak. Shuningdek yuridik xujjatlari Shulgi qonunlari, Larsa - Issim qonunlari, Hamurappi konunlari Diplomatik xujjatlar Mesopotamiya tarixini yoritishga xizmat qiladi. Vavilon, Mali, Suriya, Finikiya knyazliklari bilam umumiy yozishmalari qayd etilgan. III-asrda Akkad podshosi Naram Suen bilan Elam podshosi o'rtasidagi shartnoma nusxalari mavjud. Mesopotamiya tarixini o'rganishda ingliz olimi G.Leyyard, Fransuz A.Parro va sobiq ittifoq olimlari V.Shleyko, V.Struve, B.Turaevlarning ilmiy ishlarini aytib o'tish lozim.

MUHOKAMA

Mamlakatning birlashishi tezda sodir bo'lmagan eramizdan avvalgi III-ming yillikning boshlarida bu erda bir necha 10 lab shaxar davlatlarni uchratamiz. O'sha zamonda shaxar bir qancha qishloq jamoalarinig birga qo'shiluvidan iborat bo'lib, bunda o'zlarini - o'zi idora qiluvchi kvartallar vujudga keltirilgan. Har qaysi kvartalning markazida mahalliy xudo ibodatxonasi bo'lgan. Tevarak atrofdagi kichik

qishloqlarga xokim bosh bo'lgan va markazga bo'ysunishgan xokim ayni zamonida lashkarboshi va oliy kohin hisoblangan. Biror shaxar kuchaya borib, boshqa shaxarlarni o'ziga bo'sundirgan vaqtda uning xokimi podsho unvonini olgan. Davlat xokimiyati asta-sekin kuchaya borgan, podsholar ayonlarga va oliy kohinlarga suyanib, oddiy fuqarolarni pisand qilmay qo'yishgan va ularni har turli majburiy ishlarga torta berishgan. Urug'dan patriarxat oilaga va qishloq jamoasiga, qabiladan davlatga o'tishning ana shu butun jarayoni uzoq va asta-sekin davom etgan bo'lib, taxminan eramizdan avvalgi V-ming yillikning oxiridan III-mingyillikning o'rtalarigacha, arxeologik terminologiyaga ko'ra eneolitgacha bo'lgan davrni o'z ichiga qamrab oladi. Neolit davridan ayniqsa VII-ming yillikdan keyin axolinnng joylashuvi tarixini ochib berishda Jarmo madaniyati muxim rol o'ynaydi. VI-ming yillikning oxiri V-ming yillikning boshlarida Mesopotamiyaga turli xalqlarning kelishi kuzatiladi. Ular asosan chorvachilik dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Buni biz Xassun, Tel-Xalaf manzilgoxlaridan bilib olamiz. Bu manzi^ox^ qishloq xo'jaligi, dastlabki dinlaming paydo bo'lishi to'g'risida muxim ma'lumotlarni beradi bu yerdan har-xil ayol xaykalchalari topilgan. Mesopotamiyaning eng Qadimgi shahar-davlatlariga asosan Ered, Ur, Uruk shaharlarini misol keltirishimiz mumkin. Shu vaqtdan boshlab sugorma dexkonchilik, xunarmandchilik ayniqsa sopolchilik rang-barang bo'lganligi bunga misol bo'ladi. Axoli punktlarining kegayishi ma'muriy boshqaruv, yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Mesopotamiyaning janyubida dastlabki etnik guruxlar paydo bo'ldi, jumladan Shummerliklar ham va nixoyat III-ming yillikda Akkadliklar, Xurritlar, Shumerliklar istiqomat qilgan. Ularning joylashuvi va o'zaro munosabati tufayli dastlabki shaharlar yuzaga keldi. Masalan: Ashshur, Mari, Nineviya. Shu davrdan ya'ni III-ming yillikning 1 - yarmidan shumerliklar joylashgan janubiy o'lkalarda dastlabki Ered, Ur, Larsa, Uruk, Lagash, Umma va Kish kabi shahar davlatlari shumerliklar nomi bilan paydo bo'ldi. Bu Shemur shahar -davlatlari har tomonlama rivojlangan edi. Bu rivojlanish Suriya, Kavkazorti, Eron hamda Fors ko'rfazi bilan bo'lib turgan doimiy aloqalar tufayli deyishimiz mumkin.

NATIJA

Dajla va Frot havzasida yaratilgan madaniyat bir qancha xalqlar ijodiy faoliyatlarining natijasi bo'lib, ular adabiyot, fan, qurilish ishi va san'at sohasidagi yutuqlari bilan o'zaro bir-birlarini boyita borganlar. Birqancha xollarda birinchilik shumerliklarga tegishli bo'lgan. Ammo semit qabilalari - akkadlar va o'zlarining shimoliy avlodlari bo'lgan ossurlar, shuningdek, amoriylar ham katta xissa qo'shganlar. Bobil yuksalgan zamonda bu kompleksli madaniyat Bobil madaniyati degan umumiy nom olgan edi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, shumerlar boshqa xalqlarga qo'shilib aralashib ketishgan lekin ularning merosi, semit halqlariga shunchalik kuchli ta'sir

ko'rsatganki, Bobil madaniyati haqida emas, balki, Shumer-Bobil madaniyati haqida gapirish to'g'riroq bo'ladi. Harbiy to'qnashuvlar shummerliklar bilan akkadliklaring o'zaro ijobiy ta'sir ko'rsatishlariga xalaqit bera olmagan. Eramizdan avvalgi II-ming yillikda semit markazlari siyosiy ustunlikka ega bo'lgan va boshqa xalqlar asta-sekin qo' shila borishgan. Akkad tili shummer tili o'rnini egalladi Uruk podshosi Jmerkar to'g'risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo'lishi uchun kurashi to'g'risidagi aniq ma'lumotlar mavjud.

XULOSA

Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to'g'risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan. Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II-ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.

REFERENCES

1. Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2009.

2. Vsevolod Avdiyev.Qadimgi sharq tarixi.Toshkent-1964.

3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбeкистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. Сулаймон Амиркулович Гайдаров. (2020). Тарих дарсларида интeграциялашган тeхнологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

5. Хдйдаров С. (2020). Узбeкистон тарихи дарсларида тедагогик тeхнологияларни уйгунлашган холда куллашнинг мeтодик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

7. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбeкистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

9. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

11. Хдйдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

12. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

13. С. А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

14. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.