Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O’RNI'

TARIX FANINI O’QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2332
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Mohenjadaro / Mahabhabharata / Xarappa (Panjob viloyati) / Veda / Avidya / Svastika / Gang / Adiryan / Bengal / Himolay / Tlidas. / Mohenjadaro / Mahabharata / Xarappa / Veda / Avidiya / Swastika / Ganges / Adiryan / Bengal / Himalayan / Tlidas

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Alisher Sohibjon O’g’li Yoriqulov, Sulaymon Amirqulovich Haydarov

Hindiston diyori jahonning qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Hindiston tarixining ibtidosi bo’lgan Qadimgi Hind sivilizatsiyasi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIAN CIVILIZATION IN THE TEACHING OF HISTORY

The land of India is conisidered one of the ancient centers of cvilization in the world. This article deals with ancient Indian civilization in the beginning of Indian history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O’RNI»

TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI

Alisher Sohibjon o'g'li Yoriqulov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika inistituti [email protected]

Ilmiy rahbar: Sulaymon Amirqulovich Haydarov

ANNOTATSIYA

Hindiston diyori jahonning qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Hindiston tarixining ibtidosi bo'lgan Qadimgi Hind sivilizatsiyasi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Mohenjadaro, Mahabhabharata, Xarappa (Panjob viloyati), Veda, Avidya, Svastika, Gang, Adiryan, Bengal, Himolay, Tlidas.

INDIAN CIVILIZATION IN THE TEACHING OF HISTORY

Alisher Sohibjon ugli Yorikulov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region [email protected]

Research advisor: Sulaymon Amirkulovich Haydarov

ABSTRACT

The land of India is conisidered one of the ancient centers of cvilization in the world. This article deals with ancient Indian civilization in the beginning of Indian history.

Keywords: Mohenjadaro, Mahabharata, Xarappa, Veda, Avidiya, Swastika, Ganges, Adiryan, Bengal, Himalayan, Tlidas,

KIRISH

Insoniyat tarixida ishlab chiqaruvchi xo'jalikning, shahar madaniyati va yozuvning, xullas, sivilizatsiyaning ilk vatani Yaqin Sharq bo'lib, insoniyatning madaniy yutuqlari shu yerdan butun ko'hna dunyoga, g'arb-u sharqqa tarqalgan degan fikr XX asr boshlarida ham hukmron ilmiy karash edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu qarashga tuzatishlar kiritib bormoqda. Dastlabki shunday kashfiyotlar XX asrning 20-yillaridayoq amalga oshirildi: hind arxeologlari Saxni va Banerji Hind daryosi bo'yida Mesopotamiyadagi shumerlar va Misrdagi ilk fir'avnlar davridayoq mavjud bo'lgan qadimgi sivilizatsiya qoldiqlarini ochdilar. Olimlar ko'z oldida rivojlangan

hunarmandchilik, ajoyib shaharlar va o'ziga xos madaniyatga ega bo'lgan sivilizatsiya namoyon bo'ldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dastlab arxeologlar ushbu sivilizatsiyaning eng yirik shahar markazlari -Xarappa va Mohenjo-Daroni ochdilar. Bu sivilizatsiya ochilgan birinchi shahar nomidan kelib chiqib, Xarappa sivilizatsiyasi deb ataldi. Shu tariqa Hind sivilizatsiyasini qadimiylik bo'yicha yer yuzida Mesopotamiya va Misr sivilizatsiyalari bilan tengdosh bo'lgan uchinchi sivilizatsiya deb atash mumkin. Ammo ba'zi tadqiqotchilar bu sivilizatsiyaning endi o'rganilayotganligini nazarda tutib, eng qadimgi bo'lishi ham mumkin, degan taxminni aytmoqdalar. Hind sivilizatsiyasi ham boshqa qadimgi sivilizatsiyalar qatori daryolar bo'yida shakllangan va sug'orma dehqonchilikka asoslangan edi. Qadimgi Hind sivilizatsiyasining qirg'oq bo'ylab tarqalish moyiligiga qarab olimlar unga Mesopotamiyaning ta'siri kuchli bo'lganligi haqida tahmin qilishadi. Darhaqiqat, Mesopotamiya sivilizatsiyasi qadimgi Hind sivilizasiyasi mavjudligidan dalolat beruvchi dastlabki manbalardan bir necha asr oldin vujudga kelgan. Bundan tashqari, ularning shahar hayotida ham anchagina umumiylik bor: «o'rta sinf» shaharliklarning nisbatan to'kis yashash darajasi, yuqori darajadagi fuqarolik ongining shakllanganligi (bu faqat Mesopotamiyadagi manbalar bilan isbotlangan bo'lib buni tasdiqlovchi hind manbalari topilmagan) bu umumiylikning eng muhim jihatlaridir Ammo shaharni rejalashtirish, ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvni chiqarishning puxtaligi Mohenjo-Daro aholisining yuksak turmush madaniyatidan dalolat beradi. Bu ikki sivilizatsiyalarning o'xshash tomonlari umumiy xarakterga ega bo'lib, mayda farqlar bilan izohlanmaydi.

MUHOKAMA

Arxeologik topilmalarga qaraganda Hindistonda qadimgi tosh asridayoq odamlar yashagan. Eneolit, ayniqsa, bronza davrida Hindistonning g'arbiy hududlarida o'ziga xos Qadimgi Hind sivilizatsiyasi shakllanadi. Uning eng rivojlangan davri mil. avv. III ming yillik - II ming yillik boshlariga to'g'ri keladi. Bu sivilizatsiya markazlari yirik shaharlar bo'lib, ularning xarobalari zamonaviy Xarappa (Panjob viloyatida) va Mohenjo-Daro (Marxumlar tepaligi, Sind vodiysida) hududlarida topilgan. Taxminlarga qaraganda, hozirgi Pokiston hududida, Hind daryosi bo'ylarida ham xuddi Misrda, Nil daryosi bo'ylaridagi singari serhosil sug'orma dehqonchilik zonasi mavjud bo'lgan. Qadimgi Hind sivilizatsiyasini olimlarning taxmin qilishlaricha, dravid5qabilalari yoki ulardan ham oldingi qabilalar yaratganlar.

Juda qadim zamonlardayoq Hindiston qadimgi sharq va antik dunyoning boshqa mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o'rnatgan bo'lib, bu o'zaro madaniy yutuqlarning

www.scientificprogress.uz

almashinuviga olib kelgan. Xarappa sivilizatsiyasi davridayoq Mesopotamiya, Eron va O'rta Osiyo bilan, Mauriylar davrida Misr, Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq bilan madaniy va savdo aloqalari o'rnatilgan. Antik mualliflarning xabar berishlaricha, hind elchilari imperatorlar Avgust, Trayan, Adrian va Avrelianlar davrida Rim imperiyasiga ham yetib borishgan9. Og'ir geografik sharoitga qaramasdan, shimoli-g'arb tomondan Hindistonga o'tish yo'li bo'lib, qadimda bu yo'ldan oriylar va O'rta Osiyolik ziro atchi qabilalari foydalanganlar. Hayoti tabiat injiqliklariga bog'liq bo'lgan aholi suvga chuqur hurmat bilan munosabatda bo'lgan. Ming yillik tarixga ega bo'lgan suvga sig'inish bugun ham davom etmoqda: hindlar sersuv daryo — Gangni muqaddas sanaydilar, unga sig'inadilar.

NATIJA

Xo'sh, shunday rivojlangan Qadimgi Hind sivilizatsiyasining inqirozi qanday yuz berdi? Olimlarning taxmin qilishlaricha, dastlab sivilizatsiyaning asosini tashkil qilgan shaharlar inqirozga yuz tutib, vayronalarga aylangan. Bunchalar rivojlangan va keng hududga tarqalgan jamiyatning tanazzuli uning har bir hududida o'zgacha yuz bergan. Mohenjo-Daroga kelsak, uning inqirozi uzoq davom etgan, intihosi esa fojiali bo'lgan. Olimlar asosiy sabab qilib yer osti suvlarining ko'tarilishi va daryo toshqinlarini ko'rsatishmoqda. Bundan tashqari, tabiat ofatlariga qarshi to'xtovsiz kurashishga, doimiy ruhiy hayajon holatida turishga majbur bo'lgan jamiyat oxir-oqibatda charchagan, qiyinchiliklar oldida taslim bo'lgan va tanazzulga yuz tutgan bo'lishi ham mumkin.

XULOSA

Xulosa o'rnida, xususan, mil.avv. I ming yillik ma'naviy g'alayonlar jarayoni bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga keldi: umuminsoniy birlik va shaxsning ma'naviy mustaqilligi. G'oyalar erkinligi boshlanib inson o'z hayotini unga asoslanib qurdi.Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G'arbga nisbatan ertaroq boshladi. Yunonlar madaniyati Qadimgi Sharq madaniyati ta'sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning o'zlari ham e'tirof etishgan. Bu ta'sirlar natijasida shunday davr boshlandiki Sharq va G'arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon-Baqtriya va gandxar san'ati, iskandariya fani, fayum prortretlari bunga misol bo'la oladi. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular "Gilgamesh" va "Mahobhorat" dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy masalalari, Misr ehromlari va Buyuk Xitoy devori va boshqalar.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

REFERENCES

1. D.G.Reder. E.A.Cherkasova. Qadimgi Dunyo tarixi I- qism. Yu.C.Krushkol tahriri ostida. Toshkent-1974.

2. V.I.Abdiyev. Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent- 1964

3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

5. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

7. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

9. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

11. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

12. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

13. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

14. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.