Научная статья на тему 'TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
667
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Gordiya / Sangariy / Troya jangi / Gerdot va Gomer ma'lumotlarga / Attisa / Gordion / Midas / qazilma boyliklari / qadimgi mashg'ulotlari. / Gordian / Sangarian / Battle of Troy / Gerdot and Homer data / Attis / Gordion / Midas / fossils / ancient lessons.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asror Orifjon Ogli Omonov, Sulaymon Amirqulovich Haydarov

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda juda boy ma'lumotlarga ega bo'lgan Frigiya podsholigining davlatchiligi, dini, yozuvi va xo'jaligi haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE FRIEND KINGDOM IN THE STUDY OF HISTORY

The article deals with the statehood, religion, writing, and economy of the Phrygian kingdom, which is very rich in our study of sources on the history of the Ancient East

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA

AHAMIYATI

Asror Orifjon o'g'li Omonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Ilmiy rahbar: Sulaymon Amirqulovich Haydarov

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda juda boy ma'lumotlarga ega bo'lgan Frigiya podsholigining davlatchiligi, dini, yozuvi va xo'jaligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Gordiya, Sangariy, Troya jangi, Gerdot va Gomer ma'lumotlarga, Attisa, Gordion, Midas, qazilma boyliklari, qadimgi mashg'ulotlari.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE FRIEND KINGDOM IN THE

STUDY OF HISTORY

Asror Orifjon ugli Omonov

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Research advisor: Sulaymon Amirkulovich Haydarov

ABSTRACT

The article deals with the statehood, religion, writing, and economy of the Phrygian kingdom, which is very rich in our study of sources on the history of the Ancient East

Keywords: Gordian, Sangarian, Battle of Troy, Gerdot and Homer data, Attis, Gordion, Midas, fossils, ancient lessons.

KIRISH

Frigiya podsholigi shimoli-g'arbidag qadimgi quldorlik davlatlaridan biri. U Kichik Osiyo ga'rbiy qismining o'rtasida joylashgan tog'li mamlakat. Frigiyadan ko'p irmoqli Sangariy daryosi oqib o'tadi. Uning iqlimi mo'tadil bo'lib yog'ingarchilik bahor va qish oylarida ko'proq bo'lardi. Frigiyada Xettlarga mansub qabilalar ham yashaganlar. Miloddan avvalgi ll mingyillik o'rtalarida Makedonya va Frigiyadan juda ko'p qabilalar ko'chib kelib, ular o'zlarini Frigeylar deb atashgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Miloddan avvalgi ll mingyillikning ikkinchi yarmida frigeylar Frigiya podsholigi asos solishdi.Ular Xlll asrda yunonlarning Troyaga yurishida Troyaliklar bilan yelkama- yelka turib yunonlaga qarshi kurashganlar.Troyaliklar yengilgach Frigiya Troyani o'z tasiriga oldi. Miloddan avvalgi Xll asrda Frigiya Xett davlati qulashida katta ro'l o'ynadi va uning katta qismini o'ziga qo'shib oldi. Miloddan avvalgi Xll asr oxirida frigiyaning sharqqa uyishtirgan hujimlari Ossurlar tomonidan to'xtatilgan.Tiglatpalasar l yozuvlarida Frigiya "mushkalar davlati" deb tilga olinadi (yunoncha "masxlar"). Miloddan avvalgi X-Vlll asrlarda Frigiya podsholigi kushaydi. Frigiya davlatining poytaxti Sangariy daryosining o'ng qirg'og'da Turkiyaning Bebi qishlog'i yaqinida joylashgan Gordion shahri Frigiyaliklar oddiy dehqondan chiqqan podshohlari Gordiya bilan g'rurlanganlar. Miloddan avvalgi lX asrda Frigiya Egey dengizida o'z hukimronligini o'rnatdi. Miloddan avvalgi Vlll asr o'rtalarida Frigiya davlati amalda butun kichik osiyoni Egey dengizidan Tavr va Uratugacha bosib olib o'zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. Miloddan avvalgi Vll asr oxirida esa frigiyaning xalqaro mavqeyi biroz yomonlashdi.Uning shimoliy va shimoli-g'arbiy hududlarni Yevropadan ko'chib kelayotgan yangi xalqlar egallay boshlaydi. Sharqda esa Ossuriya bilan to'qnashuvlar ko'paydi. Frigiya shohi Gordiyaning o'g'li Midas (ossurcha-Mita) davrida (mil.avv.725-696-yillar atrofida) Frigiya o'z taraqqiyotini eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Midas miloddan avvalgi. 717-yil atrofida Tavr va Kilikiyani bo'ysindirdi. 713-yili Ossuriyadan bir necha marta mag'lubiyatga uchragandan keyin Ossurlar 3000 qal'a, 10 shahar, 2400 asr va behisob boy-liklarni qo'lga kiritganlar. Midas Ossuriya hukimronligini tan olib Ossuriya shohiga o'lpon to'lash-ga majbur bo'lgan. Miloddan avvalgi Vll asr boshlarida Frigiya podsholigi kuchsizlanib dastlab Lidya tasiriga keyinchalik Eroniylar,Yunon-Makedonlar,Rimliklar,Vizantiyaliklar tasiriga tushib qolgan. 675-yilda Kimmeriy va Uratu ittfoqchi qo'shinlari zarbasi ostida Frigiya davlati quladi. Mil.avv.546-yil Forslar, mil.avv. 333-yili Aleksandrga to be bo'lgan ,mil.av. 133-yili frigiyaning bir qismi Rimliklar qo'l ostiga sharqiy qismi esa Galatiya provinsiyasi tarkibiga o'tgan. Vizantiya imperiyasi davrida Frigiya geografik va siyosiy mavqeini yo'qotgan.

MUHOKAMA

Frigiya yozuvi. Miloddan avvalgi Vll asrda paydo bo'lgan Frigiya yozuvi alifboli bo'lib, yunon alifbosi bilan o'xshash joyi bor edi, ayrim hariflarning ma'nosi hali to'iq o'rganilmagan. Shuning- dek miloddan avvalgi Vlll-Vll asrlardagi qadimgi Frigiya yozuvi Tiana, Likaoniya va Kichik Osiyo-ning boshqa o'lkalarida topilgan. Bu esa Frigiya kimmeriylar bosqiniga qadar egallangan hududni aniqlashga yordam beradi. Milodiy l asrlarga oid yangi Frigiya yozuvi asosan yunon hariflaridan iborat bo'lganini

ko'rishimiz mumkin. Sakarya (Sangariy) daryosi vohasida topilgan qadimgi Frigiya yozuvlari, shuningdek g'rbiy Kichik Osiyo va Kappadokiya shaharlaridan ham topilgan. Yozuv va ismlariga asoslangan holda aytish mumkinki frigiyaliklar tili hind-yevropa tillari turkimi-ga kirgan va yunon tili bilan bog'liqdir.

Frigiya dini. Frigiyaliklar dastlab tabiat kuchlari va buyimlarga etiqod qilganlar.Lekin ulug' ona va uning ma'shuqasi Attisa ular etiqod qilgan bosh xudo bo'lgan. Ular tabiat kuchlari va hosildorlik ramzi hisoblangan. Frigiya dini Kibela xudosi uning yori o'lib qayta tiriladigan xudo Attisaga etiqod qilish keng tarqalishi bilan ajralib turadi. Frigiya xo'jaligi va madaniyati. Frigiya qulay iqlim sharoiti daryo sohillari unimdor tuprog'i, shuningdek qazilma boyliklari xo'jalikning hamma tarmoqlarini rivojlanishiga imkon bergan.Arxeologik manbalarga asoslangan holda aytish mumkinki, dehqonchilik Frigiya jamosining iqtisodiy asosi bo'lgan. Frigiyada qazishmalar paytida topilgan sopol idishlar o'tgan davrdagi hunarmandchilik an'analarining taraqqiyot darajasini ko'rsatadi.

NATIJA

Unda Xett davlati,Kichik Osiyo va hatto Kipr kulolchiligining namunalarini ko'rishimiz mumkin.Frigiyaliklar dehqonchilik,chorvachilik bilan shuningdek marmar qazib olish,oltin konlarini o'zlashtirish,junni qayta ishlash bilan shug'ullangan. Savdo-sotiq ishlari ko'proq Yunonlar va Rimliklar bilan olib borilgan. Frigiyaliklar asosan qishloq joylarida yashagan lekin bir nechta Gordion, Kelena, Kotiy kabi katta shaharlar ham bo'lgan. Gomer va Geradot ma'lumotlariga ko'ra Frigiyaliklar uzimchilik va yilqichilikda shuhrat qozonganlar Frigiya dehqonlar va bog'bonlari arpa, bug'doy, tariq, kunjut, anjir, olma, nok kabi mevali daraxt va boshqa ekinlardan yuqori hosil olganlar. Ot, xachir, eshak va qoramollardan, ho'kizlardan xo'jalikning ishlarida keng foydalanganlar. Otlardan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Frigiya tog'laridan oltin, kumush ,mis, temir, qo'rg'shin va boshqa madanlar qazib olingan,kon qazish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan.

XULOSA

Frigiya uzoq-yaqin qo'shni mamlakatlar - Yunonlar, Misrliklar, Lidyaliklar, Ossurlar, Uratular bilan ham qizg'in savdo-sotiq ishlari olib borganlar.Frigiyaliklar ilm-fanning turli sohalarida,shuningdek adabyot sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar. Ulardan chiqqan Darete ismli shoir Gomergacha Frigiya "Iliada"sini yozganligi ma'lum.Ularda kuy, raqs, qo'shiq sa'nati ham rivoj topgan bo'lib, xilma-xil musiqa asboblari yasash va ularni ijro etishda shuhrat qozonganlar.

REFERENCES

1. R.Rajabov Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent 2009.

2. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

3. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

4. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

5. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

6. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

7. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

8. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

9. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

10. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

11. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

12. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

13. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.