Научная статья на тему 'TARIX FANINI O`RGANISHDA URARTU MADANIYATINING O`RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O`RGANISHDA URARTU MADANIYATINING O`RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1810
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
urartlar iyeroglif yozuvi / Argishti I yozuvi / Sarduri II yozuvi / “Mehr eshigi” / KarmirBlur / Musasir (Musasin) ibodatxonasi / mum qoliplari / ma’buda Teyshebu / Arin-berd tepaligi / tasviriy san’at / “An’anaviy shartli” uslub / amaliy san’at / uyg`un madaniyat. / urart hieroglyphic write / Argishti I Inscription / Sarduri II inscription / “the door of mercy” / Karmir –Blur / Musasir (Musasin) temple / wax molds / goddess Teyshebu / Arinberd hill / fine art / “traditional -conditional” style / practical art / compatible culture.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mahliyo Farhod Qizi Toshtemirova

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalarni o`rganishimizda, yuksak madaniyatga ega bo`lgan Urartu madaniyati haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF URARTU CULTURE IN THE STUDY OF HISTORICAL SCIENCE

The article deals with the Urartu culture, which is highly cultured in our study of sources on the history of the Ancient East.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O`RGANISHDA URARTU MADANIYATINING O`RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O RGANISHDA URARTU MADANIYATINING O RNI VA

AHAMIYATI

Mahliyo Farhod qizi Toshtemirova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalarni o'rganishimizda, yuksak madaniyatga ega bo'lgan Urartu madaniyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: urartlar iyeroglif yozuvi, Argishti I yozuvi, Sarduri II yozuvi, "Mehr eshigi", Karmir- Blur, Musasir (Musasin) ibodatxonasi, mum qoliplari, ma'buda Teyshebu, Arin-berd tepaligi, tasviriy san'at, "An'anaviy - shartli" uslub, amaliy san'at, uyg'un madaniyat.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF URARTU CULTURE IN THE STUDY OF

HISTORICAL SCIENCE

Makhliyo Farkhod kizi Toshtemirova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

The article deals with the Urartu culture, which is highly cultured in our study of sources on the history of the Ancient East.

Keywords: urart hieroglyphic write, Argishti I Inscription, Sarduri II inscription, "the door of mercy", Karmir -Blur, Musasir (Musasin) temple, wax molds, goddess Teyshebu, Arin- berd hill, fine art, "traditional -conditional" style, practical art, compatible culture.

KIRISH

Milloddan avvalgi IX - VI asrlardagi Old Osiyodagi qadimiy davlatlardan biri bu - Urartu (Van - Urartu) davlatidir. Qadimgi Urartu davlati Old Osiyodagi yuksak madaniyatli davlatlardan biri bolgan. Urartu madaniyatining shakllanishi Ossuriya, Mesopotamiya, Bobil kabi qo'shni davlatlar madaniyati bilan bogliq. Urartu davlati madaniyati Old Osiyo davlatlari madaniyatlari ortasida oziga xosligi bilan ajralib turadi. Urartu madaniyati ko'p o'rganilmagan bo'lsada, uning bizga ma'lum madaniy yodgorliklari katta ahamiyatga ega. Urartlar Mesopotamiyaning surat belgili va mix - ponasimon yozuvlaridan foydalanib

o'zlarining iyerogliflarini (yozuvlarini) yaratganlar. Bu yozuv rasm va belgilar bilan ifodalangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Arxeologik izlanishlar davomida Qadimgi Urartu hududidan yozuv namunalari topilgan. Ayniqsa, Argishti I ning xor-xor yozuvi va Sarduri II ning katta yozuvi diqqatga sazovordir. Shu bilan birgalikda Van ko'li yaqinidagi -"Mehr eshigi", Karmir - Blurdan topilgan dubulg'a, sopol va jez idish ustiga bitilgan Urartu yozuvlari alohida ahamiyatga egadir. Hududdagi Tuproq-qal'adan ham sopol parchalaridagi yozuvlar topilgan. Bu yozuvlarni M. Sibatyan, V. Nikolskiy, I.A. Orbeli va boshqa olimlar o'rganganlar. Bu yozuvlar orqali Urartu davlatining tarixini, ijtimoiy - iqtisodiy hayotini va madaniyatini o'rganish mumkin. Urartu davlatida tarix, matematika, tabobat, geografiya, astronomiya fanlari ancha rivojlangan. Shu bilan birgalikda urartlar xalq og'zaki ijodiyoti va yozma adabiyotiga ancha boy bo'lgan. Bu jihatdan M. Xorenning asarlari, Nard eposi, Dovud Sosoniy kabi dostonlar urartlar adabiyotining ajoyib namunalaridir.

Urartu davlatida me'morchilik va metallurgiya sohalari ham ancha rivoj topgan. Ustalar qal'a devorlari, ibodatxona, shoh saroyini har xil rasm va haykallar bilan bezaganlar. Musasir (Musasin) ibodatxonasining Sargon saroyi devorlarida me'morchilik namunalari saqlanib qolgan bolib, badiiy nuqtai nazardan alohida ahamiyatga ega. Ushbu ibodatxona milloddan avvalgi IX - VIII asrlarda tepalik ustiga qurilgan. Bu ibodatxonaning tomining nishobi ikki tomonga qaraganligi, peshtoqli qilib va old tomonini bezash maqsadida oltita kolonna qo'yib qurilganligi sababli, qadimgi yunon binolariga o'xshab ketadi. Bu ibodatxona yunon binolarining Old Osiyodagi timsoli bo'lgan bo'lishi ehtimoldan holi emas. Ibodatxona kolonnalarining tag qismi saqlanib qolganligi arxitekturada kolonnalar ishlatilganligini ko'rsatadi. Bunday kolonnalar tag qismining ba'zi birlari Gruziyadagi muzeyda saqlanmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Urartuda taraqqiy etgan sohalardan yana biri bu metallurgiyadir. Uning taraqqiyotini bronzadan ishlangan bir qancha badiiy buyumlarda korish mumkin. Jumladan, hashamatli taxtlarga o'rnatilgan haykalchalar, ya'ni boshi odam boshiga o'xshash qanotli hokiz haykalchalari alohida o'rin tutadi. Bu buyumlar mum qoliplarda bronzadan quyilgan, keyin esa unga naqshlar o yilib, usti juda yupqa ishlangan taxta-taxta oltin bilan qoplangan, bu bronzadan yasalgan haykalchalarning tuzilishiga mos kelgan. Naqshlari aniq va rang-barang bo'lib tovlanib turgan. Haykalchalarning oq toshdan ishlangan yuza qismi va quyma

qosh -kozi hamda qanotlarning qizil bo'yoq yuritilgan botiq yerlari kishida juda ravshan taassurot qoldirgan.

Haykaltaroshlarning jezdan ishlagan yarim odam, yarim hayvon qiyofasidagi haykali, ma'buda Teyshebuning haykalchasi, hosildorlik ma'budasining oltindan ishlangan medalionlari Urartu tasviriy san'atining nodir namunalari hisoblanadi. Metalldan buyumlar yasash plastikasida Urartu yaratgan bunday ajoyib va ifodali asarlar qadimgi Sharq xalqlari san'atida alohida muhim o'rinni egallaydi.

Milloddan avvalgi VIII asrda Arin-berd tepaligida qurilgan qal'a xarobalaridan devorlarga chizilgan rasmlarning qoldiqlari topildi, bu rasmlar Urartu tasviriy san'ati to'g'risida bir qadar tushuncha beradi. Bu qoldiqlarga qaraganda, eni 1 metrgacha bo'lgan orginal va har xil ranglar berib ishlangan friz qadimgi zal devorlarini bezatgan. Bu frizda chopib ketayotgan echkilar, muqaddas hayot daraxti (bu muqaddas hayot daraxti oldida turib odamlar ibodat qilmoqdalar), hokizlar, qanotli gardishlar, nihoyat, o'simliklar tasvirlangan va geometrik naqshlar solingan. Bu badiiy syujetlar qadimgi sharq san'ati uchun tipik bo'lsa ham, lekin shu bilan birga, ular butun Urartu madaniyati uchun xarakterli bo'lgan alohida xususiyatga ega. Urartuning mahobatli san'atini bizgacha yetib kelgn tosh relyeflar, haykaltaroshlik, devoriy suratlar orqali o'rganish mumkin. Tosh haykallar 2 xususiyatga ega. Birinchisi, Old Osiyo san'ti an'analari bilan bog'liq Urartu haykaltaroshligi namunalari. Masalan, Vandan topilgan kulrang bazalt haykalda Urartuning ilk podsholaridan biri tasvirlangan. "An'anaviy-shartli" uslub esa bronza davri an'analarini davom ettirgan. Urartuliklar amaliy san'at sohasida ham ulkan yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Urartu torevtikasining namunalari Kichik Osiyo, Egey dengizining bir qator orollari (Rodos, Samos), qit'a Yunonistoni (Delfa, Olimpiya), hatto Etruriyadan topilgan. Ibodatxonalarga qurbonlik sifatida xizmat qilgan va relyefli bezaklar bilan bezatilgan qalqonlar, sovutlar, dubulg'alar Urartu san'atining yorqin namunasidir. Urartuda shaharsozlik ham taraqqiy etgan. Arxeologik qazishmalar natijasida Teyshebani (Karmir Bilur), Eribuni (qadimgi Yerevan) va Argishtixinil (podsho Argimchi qurgan) shaharlari kuchli fortifikasiya inshoatlari bilan o'rab olingan.

XULOSA

Urartlar madaniyati bir qancha xalqlar madaniyati bilan bog'liq xolda shakllangan. Ya'ni urartlar boshqa xalqlar madaniyatining yuksak yutuqlaridan foydalanganlar. Urartlar ossuriyaliklar va mesopotamiyaliklardan mixxatni olib, ozlari uchun soddalashtirib, birmuncha mukammallashtirganlar. Urartlarda metallurgiya va tasviriy san'at sohalari ossurlar va xettlarning metal buyumlar ishlash texnikasi va badiiy ijodi bilan juda yaqin xolda rivojlangan. Qanotli

ho kizlarning badiiy obrazlari Old Osiyo xalqlari: ossurlar, xettlar va metanniylar san'atida saqlanib qolgan. Urartu qabilalari Ossuriya, Misr, Mesopotamiya, Xettlar bilan doimiy madaniy aloqada bo lib, bir birlarining madaniyatlaridan bahramand bo'lish bilan birga boshqa xalqlar madaniyatiga ham sezilarli ta'sir otkazganlar. Buning natijasida o'ziga xos uyg'un madaniyat tarkib topgan.

REFERENCES

1. V.I.Avdiyev Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent - 1964.

2. A. Kabirov Qadimgi sharq tarixi. Toshkent - 2018.

3. R. Rajabov Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent - 2009.

4. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

5. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8).

6. Хайдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

7. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

8. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

9. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистан тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

10. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

11. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

12. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Илмий-амалий конференция туплами. 43-46 б.

13. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

14. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.