Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2670
163
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
vedalar / adabiyot / me’morchilik va san’at / din / Sidxartxa Gautama / Budda / Gandxara. / Vedas / literature / architecture and art / religion Siddhartha Gautama / Buddha / Gandhara.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Noila Xasan Qizi Ashirova, Sulaymon Amirqulovich Haydarov

Maqolada Qadimgi tarixni o’rganishda juda boy va kerakli arxivga ega bo’lgan Hindiston madaniyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ANCIENT INDIAN CULTURE IN THE STUDY OF HISTORY

The article dealis with Indian culture, which is very rich and has a major archive in the study of ancient history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING

O'RNI VA AHAMIYATI

Noila Xasan qizi Ashirova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ilmiy rahbar: Sulaymon Amirqulovich Haydarov

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi tarixni o'rganishda juda boy va kerakli arxivga ega bo'lgan Hindiston madaniyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: vedalar, adabiyot, me'morchilik va san'at, din, Sidxartxa Gautama, Budda, Gandxara.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ANCIENT INDIAN CULTURE IN THE

STUDY OF HISTORY

Noila Xasan kizi Ashirova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region Research advisor: Sulaymon Amirkulovich Haydarov

ABSTRACT

The article dealis with Indian culture, which is very rich and has a major archive in the study of ancient history.

Keywords: Vedas, literature, architecture and art, religion Siddhartha Gautama, Buddha, Gandhara.

KIRISH

Qadimdan biz bilamizki Hindiston kuchli va qudratli davlat. Hind madaniyati ham katta o'ringa egadir. Ko'p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi hind madaniyati bir qator qo'shni xalqlar madaniyatining rivojlanishiga ancha kuchli ta'sir ko'rsatgan. Ko'pgina diniy to'plamlar saqlanib qolganligi sababli qadimgi hind xalqlarining dini to'g'risida ayniqsa yaxshi ma'lumotlarga egamiz. Qadimgi hind adabiyotining yodgorligi "Rigveda''ning minglab madhiyalari va so'nggi veda adabiyotlari oriylarning diniy e'tiqodlari to'g'risida boy ma'lumotlar beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qadimgi Hindistonda xudolar pog'onasi mavjud emas. Xudolar samoda yashaydi.Oriylar xudolar tasviriga sig'inganlar. Dastlab ibodatxonalar qurish rasm

www.scientificprogress.uz

bo'lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa bo'lgan. So'nggi veda davrida kohinlar alohida toifa, braxmanlar varnasini tashkil qilganlar va boshqa varnalardan mavqelari yuqoriligiga da'vo qilganlar. Uch varnadan birortasining to'la huquqli a'zosi bo'lish uchun faqat bu varnada tug'ilish emas balki braxman o'quvchisining uyida o'qish va diniy sirlarni bilish huquqini bergan. Veda matnlarini o'qituvchidan o'quvchiga faqat og'zaki uzatganlar. Natijada vaqt o'tishi bilan matnlar mazmuni o'zgarib ketgan. Er.avv.I ming yillik o'rtalarida yangi diniy e'tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda dinining ,,Uch qimmat'' I edi. Bu Buddaning o'zi,draxma uning ta'limoti va sangxa unga e'tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq'ya zodagon urug'iodan bo'lgan shahzoda Sidxartxa Gautama hisoblanadi. Budda ta'limotining o'zig xos xususiyatlari u hayotni azoblanish deb tushuntiradi. Azoblanish o'lim va kasalliklar bilangina bog'liq emas, balki eng yaxshi bo'lib qayta tug'ilishlar zanjiri bilan bog'langan. Diniy urf-odatlar murakkablashib borishi bilan birga maxsus kohinlik ham vujudga kelib, bu kohinlik asta-sekin kastaga birlashib ketadi. Braxmanlarning alohida ideologiyasi paydo bo'ladi va braxmanlar kastasining mustahkam tashkiloti ham vujudga keladi.

MUHOKAMA

Qadimgi diniy to'plamlar - Vedalar, Diniy-filosofik faoliyat hiyla taraqqiy etishi natijasida paydo bo'lgan sharh va izohlar bilan to'lib ketadi. Braxmanlar ta'limotiga ko'ra, faqat braxmanlar kastasiga mansub kishilargina muqaddas diniy marosimlarni o'tashi, odamlarga diniy ta'lim berishi mumkin bo'lgan. Keyinchalik vaqt otib qadimgi braxman dini va u bilan birga qadimgi kasta sistemasi ham sekin-asta o'z ichidan buzila boshlaydi. Qadimgi Hindiston adabiyotida markaziy o'rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi. Ularning eng qadimgiari vedalar, o'qituvchidan o'quvchiga og'zaki uzatilgan.Veda madhiyalarining katta qismi qurbonlik rasm-rusmlariga bag'ishlangan. Er.avv I-ming yillikning II yarmida budda adabiyoti shakllangan. Hindistonda yozuv nisbatan kechroq paydo bo'lgan. Uning ilk namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir. Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta yutuqlarga erishdilar. Matematika, astranomiya fanlari bo'yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida aylanishini faraz qiladi.

NATIJA

Matematikada nolni kiritilishi, arab raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi. Er.avv I asrlarida turli adabiy janrlar mavjud bo'lgan. Bu davrda mashhur dramaturg Shakun Kalidasa ijod qiladi. ,,Panchatatra''deb atalgan kitobda masallar to'planadi, uning arabcha tarimasi Kalila va Dimna deb ataladi. Hind

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

yozuvining eng qadimgi asarlari Shimoliy Hindistonda urug'chilik tuzumining yemirilishi davridan boshlab eng qadimgi quldorlik davlatlarining tashkil topishiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo'lishi va eng qadimgi tarkib topishini kuzatib borish imkonini beradi. Moxenjadaro va Xarappadagi katta shaharlar harobalaridan topilgan ieroglif yozuvlar shuni ko'rsatadiki, er.avv ming yillikdayoq Hindistonda o'ziga xos ravishda vujudga kelgan sur'atli yozuv mavjud bo'lgan. Hindistonda alfabit bo'g'inli yozuv III asrda tarqalgan. Kxaroshti yozuvidagi yozuvlar shu davrga oiddir, bu yozuv oromiy yozuvini qo'llanish negizida vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Ashoka yozuvlarining ko'pi braxma yozuvining original qadimgi hind sistemasi ko'lamida yozilgan bo'lib, bu yozuvdan devapagari, shuningdek ko'p sonli boshqa hind alifbelarining ancha keying klassik sistemasi taraqqiy etgan. Maurilar davridan so'ng, g'isht va toshdan qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha obidalar g'arbiy Hindistondagi budda monastrlari diqqatga sazovor. Maurilardan so'ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari shimoliy-g'arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va Dekan viloyatidagi maktablardir. Bu maktablar Hind tasviriy san'ati asosida an'analari bilan ko'proq bog'langan. Ana shu maktablar asosida o'rta asrlar hind va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati shakllandi.

XULOSA

Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo'lib, asrlar davomida og'zaki shaklda yashab keldi. Tibbiyot fani ham rivojlangan. Bu tog'risidagi eng qadimgi ma'lumotlar diniy Veda to'plamlarida, jumladan Rigveda madhiyalarida va Atharvavedada saqlanib qolganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Aynan muqaddas matnlarni eslab qolish,lingvistika,falsafa va mantiq kabi bir qator fanlarning rivojiga sabab bo'ldi. Diniy-sehriy dunyoqarash hukmronlik qilgan davrda qadimgi Sharqdagi boshqa xalqlarda bo'lgani kabi, qadimgi hindularda ham fanning boshlang'ich formalari diniy chirmashib ketgan.

REFERENCES

1. Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2009.

2. A.Kabirov.Qadimgi Sharq tarixi.Toshkent-2018.

3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671.

5. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

6. Хайдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

7. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

8. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

9. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

10. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

11. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

12. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

13. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

14. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

15. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

16. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44

17. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.