Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON DININING O’RNI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON DININING O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2227
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Agni / Indra / Aditinani / Hinduizm / Vishna / Shiva / Bxagavadgita / Mahabxarata / Braxmanizm / Vedika / Buddizm / Dxarma / Sangxa / Sitharta Gautama. / Agni / Indra / Aditinani / Hinduism / Vishna / Shiva / Bhagavadgita / Mahabharata / Brahmanism / Vedika / Buddhism / Dharma / Sangha / Sitharta Gautama.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulrux Ashurova

Ushbu maqola arxiv hujjatlar va ilmiy tahlil asosida yoritilgan bo’lib, qadimgi Hindiston dini haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ANCIENT INDIAN RELIGION IN THE STUDY OF HISTORY

This article is based on archival documents and scientific analysis and discusses the religion of ancient India.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON DININING O’RNI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON DININING O'RNI

Gulrux Ashurova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola arxiv hujjatlar va ilmiy tahlil asosida yoritilgan bo'lib, qadimgi Hindiston dini haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Agni, Indra, Aditinani, Hinduizm, Vishna, Shiva, Bxagavadgita, Mahabxarata, Braxmanizm, Vedika, Buddizm, Dxarma,Sangxa, Sitharta Gautama.

THE ROLE OF ANCIENT INDIAN RELIGION IN THE STUDY OF HISTORY

Gulrukh Ashurova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

This article is based on archival documents and scientific analysis and discusses the religion of ancient India.

Keywords: Agni, Indra, Aditinani, Hinduism, Vishna, Shiva, Bhagavadgita, Mahabharata, Brahmanism, Vedika, Buddhism, Dharma, Sangha, Sitharta Gautama.

KIRISH

Qadimgi Hindistonda juda ko'p urug', qabila va elatlar yashaganlar. Ularning xo'jaligi, turmush tarzi har xil bo'lganligi uchun diniy e'tiqodlari ham turlicha bo'lgan. Hindistonda yashagan aholi ko'p zamonlar tabiat hodisalariga ajdodlar ruhiga tog'-toshlarga, hayvonlarga suv va daraxtlarga sig'inish uzoq davom etgan. Ularda oy, quyosh va olovga sig'inish keng tarqalgan edi. Hindlarda Agni olov, Indra momaqaldiroq, Aditinani esa hosildorlik xudosi deb bilgan.

Hindistonda diniy e'tiqodlarning kelib chiqishi ham boshqa xalqlar kabi ularning turmush tarzi va xo'jaligiga bog'liq bo'lgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hindistonning qadimiy dinlaridan biri bu hinduizm dinidir. Hinduizm dinining asosini qadimgi Hindistonning arxiak e'tiqodlari daraxtlar, tog', suv havzalari, ilon, sigir va maymun kabilarga sig'inish katta ro'l o'ynaydi. Bu dinda bosh yaratuvchi-xudo g'oyasi mavjud. Bu xudo Vishna hisoblanadi. U hayvonlar sirtlon, baliq, toshbaqa yoki insonlar odatda qora tanli podsho yoki cho'pon yani Kirishnalar qiyofasida namoyon

bo'lgan. Vishna o'z navbatida ko'nservator nomi bilan tanilgan. U oliy mavjudot sifatida hurmatga sazovor bo'lgan. Vishna dharma tamoyillarinining himoyachisi ularni tartibsizlik va halokat oldida himoya qiladi. Boshqa bir hinduist jamoalari esa bosh hudo deb sopol parchalrini osgan asket yoki darvish yoki raqqos qiyofasida tasvirlanadigan Shivani tan olishadi.Unga ko'pincha muqaddas ho'kiz hamkorlik qilgan. Shiva hudosi Mahadeva nomi bilan mashhur bo'lib, bugungi kunda hinduizmning xudolaridan biridir. Hinduistlar qadimgi davr oxiri va hozirgi kunlarda Vishna va Shivaga e'tiqod qiluvchilar jamoasiga bo'linadi.

Hinduizm dini mafkurasining asosiy belgilari "Bxagavadgita poemasi" bo'lib "Xudo qo'shiqlari" degamn ma'noni anglatadi. Bu poema Maxabxarata tarkibiga kiritilgan. Hinduizm dinida cheksiz sabr-toqat qilishga chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda asa inson muloqati o'z ijtimoiy doirasi bilan cheklanish kerak deb hisoblaydi. Ya'ni kasta bo'yicha kasbni o'zgartirish taqiqlanadi. Nikohni bolaligidan o'qitish odati tarqalgan. Bevani o'z eri gulxanida kuydirgan paytda o'zini olovga berishi eng savobli ish hisoblanadi.

MUHOKAMA

Hindistonda davlatlar vujudga kelishi munosabati bilan Hindistonning ko'p joylarida Braxman dini keng yoyilgan. Braxmanizm Vedika davrida mil.avv 1500-yildan boshlangan. Braxmanizm asosan metafizik ma'naviyatga asoslangan, shuning uchun uning ko'pgina tushunchalari jismoniy muhitdan tashqarida bo'lgan savollar bilan bog'liq. Braxmanizm dinining bosh xudosi Braxma hisoblangan. U yaratuvchi va o'z navbatida hech qachon yaratilmagan xudo sifatida tan olinadi. Braxmanizm dinining ruhoniylari Braxmanlar deb atalgan. Keyinchalik mil.avv 500-yillarga kelib yuqorida ta'kidlab o'tilganidek hinduizm paydo bo'lishi bilan sig'inish Shiva va Vishna kabi boshqa xudolarga ham qaratila boshlagan.

Hindistondagi diniy e'tiqodlardan yana biri bu buddizm bo'lgan. Bu dinning asoschisi Shakyamuni qabilasidan bo'lgan Sitharta Gautamadir. U buddizm diniga mil.avv VII-VI asrlarda asos solgan.Sitharta Gautama Budda - Marifatlangan laqabi bilan o'z ta'limotini mamlakat bo'ylab 40 yil targ'ib qilgan. Buddizm dinining boshqa dinlardan farqi shundaki hech qanday o'zgarmas narsa yo'q, hatto xudo ham ozgaruvchan deb uqtiriladi. Buddizin zaminida Budda Dharma va Sangxaga e'tiqod qiladi. Budda oliy haqiqatga etishishning yorqin timsoli sifatida qaraladi. Dharma esa Sitharta Gautama qoldirgan ta'limot.

NATIJA

Bu ta'limotning eng qisqa bayoni "to'rt oliy haqiqat"dan ibirat deb hisoblagan. Birinchisi azob - uqubat mavjud, ikkinchisi, azob-uqubatning sababi mavjud,

uchinchisi, azob-uqubatning tugashi mavjud, to'rtinchisi, azob-uqubatning tugashiga olib keladigan sakkiz bosqichli yo'li mavjud. Sangxaga to'xtaladigan bo'lsak Budda asos solgan va hozircha faoliyat ko'rsatib kelayotgan rohiblar jamoasidir.

Buddizm tarixiga nazar soladigan bo'lsak 2500 yildan ortiq davrni o'z ichiga oladi. Unga dastlab Braxmanizm va Jaynizmning ta'siri kuchli bo'lgan. Imperator Ashoka davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllanadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki Qadimgi Hindistonda ko'plab dinlar mavjud bo'lgan. Hindistonning qadimgi dinlariga tarixiy jihatdan nazar tashlaydigan bo'lsak qadimdan mavjud bo'lgan dinlar nafaqat avval balki hozirgi zamonda ham ma'lum darajada saqlanib qolgan. Bu dinlarning urf-odati, marosimlari, bayram kunlari hind aholisi o'rtasida amal qilinmoqda. Qadimgi dinlar nafaqat Hindistonda balki boshqa hududlarda ham keng tarqalgan. Bunga misol tariqasida hozirgi kunda dunyoviy dinga aylanib ulgurgan Buddaviylik dinidir. Bu dinga hozirgi kunda 500 milliondan ortiq odamlar e'tiqod qiladi.

REFERENCES

1. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

2. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

3. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган хрлда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

4. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

5. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

7. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

8. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

9. Хдйдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

10. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

11. С. А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.