Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA OSSURIYA DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA OSSURIYA DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
994
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Osurshunoslik / sikl nazariyasi / T.Ravilson / dastlabki imperiya / savdo kaloniyalari / Amorey qabilasi / kassit / ishshiakum / Ashshur / “Buyuk podsho” / Ashurbanipal II. / Assyrian studies / cycle theory / T. Ravilson / the first empire / trade colonies / the amorean tribe / cassite / ishshiakum / Ashshur / “the Great King” / Ashurbanipal II.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Suhrob Oʻralov

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o’rganishimizda, juda boy arxivga ega bo’lgan Ossuriya davlatining davlatchiligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ASSYRIAN STATEHOOD IN THE STUDY OF HISTORICAL SCIENCE

The article tells about the statehood of the Assyrianstate, wich has a very rich archive, in our study of sources on the history of the Ancient East.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA OSSURIYA DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA OSSURIYA DAVLATCHILIGINING O'RNI

VA AHAMIYATI

Suhrob O'ralov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda, juda boy arxivga ega bo'lgan Ossuriya davlatining davlatchiligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Osurshunoslik, sikl nazariyasi, T.Ravilson, dastlabki imperiya, savdo kaloniyalari, Amorey qabilasi, kassit, ishshiakum, Ashshur, "Buyuk podsho", Ashurbanipal II.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ASSYRIAN STATEHOOD IN THE

STUDY OF HISTORICAL SCIENCE

Suhrob O'ralov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

The article tells about the statehood of the Assyrianstate, wich has a very rich archive, in our study of sources on the history of the Ancient East.

Keywords: Assyrian studies, cycle theory, T. Ravilson, the first empire, trade colonies, the amorean tribe, cassite, ishshiakum, Ashshur, "the Great King", Ashurbanipal II.

KIRISH

XIX asr oxiri XX asr boshlarida sikl nazariyasi yetakchi o'rin egallagan, ushbu nazariya har qanday sivilizatsiya fedal tizimdan boshlanadi, kapitalizm darajasiga yetib keyin ichki qarama-qarshiliklar tufayli halokatga uchraydi, shundan so'ng,sikl yana qaytariladi degan g'oyani ilgari suradi.Shunga ko'ra, XX asr boshlarida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyati deb baho beradilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ossuriya haqida birinchi eslatmalar mualliflar Gerodot, Ksenofon, Strabon, Aristotel kabi qadimiy mualliflarning asarlarida uchraydi ular yarim afsonaviydir. Ossuriya qadimgi dunyoning birinchi imperiyasi edi.Ushbu davlat dunyo xaritasida

deyarli 2000 yil, miloddan avvalgi 24-asrdan 7-asrgacha va taxminan 609-yilgacha mavjud bo'lgan. Ossuriya Dajlaning yuqorgi qismida, janubda Zabning quyi oqimidan sharqda Zagra tog'lariga va shimoli g'arbda Masios tog'lariga qadar cho'zilgan kichik maydonni egallagan, eng kata rivojlanish davrida Ossuriyaning uzunligi 350 mil, eni (Dajla va Evfrat) 170 dan 300 milgacha yetgan. Ingliz sayyohi T. Ravilsonning so'zlariga ko'ra, Ossuriya egallagan butun maydon "7500 kv mildan kam bo'lmasligi kerak, ya'ni bu Avstriya yoki Prussiya egallagan maydondan katta, Portugaliyadan 2 baravar kata va Buyuk Britaniyadan sal kamroq". G'arbning shimo liy qismida Sinjar tog'lari kesib o'tgan ulkan Suriya Mesopotamiya dashti ocilgan. Ushbu kichik maydonda turli vaqtlarda Ashuriya, Nineviya, Arbela, Kalach, va Dur-Sharukin kabi Ossuriya shaharlari paydo bo'lgan. Ossuriya, bu "unumdor yarim oy" oddiyroq qi lib aytganda Mesopotamiya hududida paydo bo'lgan. Qadimgi Ossuriya podsholigi orqasida ko'plab madaniy va tarixiy yodgorliklarni qoldirgan. Podsholar va zodagonlar hayoti manzaralari aks etgan ko'plab baralyeflar, olti metrli qanotli xudolarning haykallari, ko'plab sopol buyumlar va zargarlik buyumlari bizning davrimizgacha etib kelgan. Qadimgi dunyo haqidagi bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan kashf etilgan kutubxona Ashurbanipalning o'ttiz ming gil lavhasida tibbiyot, astronomiya, muhandislik bo'yicha bilimlar to'plangan va hatto Buyuk To'fon haqida ham so'z yuritilgan. Qadimgi Sharq mutloq hokimligi faqat tashqi jamoadagina qudratli va mustahkam davlatlar bo'lib ko'ringan, aslida esa ular ichki tomondan ancha zaif davlatlar bo'lgan. Misr, Eron va shu qatorda Ossuriya ham biror istilochi vafotidan keyin o'z tarkibiy qismlarga bo'linib, tarqalib ketgan va birlashtirish, tiklash uchun doimo qurol ishlatishga majbur bo'lgan. Ossuriya - "jahon imperiyasi" ni yaratish va barbod bo'lishning birinchi tajribasi hisoblanadi. Qadimgi Ossuriya markazi Ashshur bo'lgan kichik hududni o'z ichiga olgan edi. .Er.avv XVI asrgacha Ossuriya podsholari Alum-Ashshur, Shahar jamoa esa Ashshur deb atalgan, "Kichik va ulug'lar" xalq yig'ini o'z ahamiyatini yo'qotib borgan, hokimyatning oliy o'rgani "Shahar Uyi" boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi bo'lgan. Shahar - davlatning ososiy hokimi "ishshiakum" lavozimi ham mavjud bo'lib, u diniy vazifalarni bajarib, ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. Ossuriya orqali Kichik Osiyo va Kavkaz ortidan Tigr daryosi bo'ylab o'rta va Janubiy Ikki daryo oralig'i va Elamga, Sharqiy O'rtayer dengizidan muhim savdo yo'llari o'tgan edi.Ashshur shahri o'z kaloniyalarini barpo qilishga uringan va Kichik Osiyoning sharqiy qismini faol kalonizatsiya qilgan. Ammo ilk Ossuriya jamiyatida ya'ni II ming yillik boshlarida xalqaro vaziyat Ossuriya uchun nobop holat kasb etgan. Amorey qabilalarining Shimoliy Mesopotamiyada joylashishi, O'rta Evfratda Mari davlatining ko'tarilishi Ossuriya uchun g'arbda savdo qilishiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O'ta faol tashqi siyosat Amorey sardori, Xammurapining katta zamondoshi Shamshi-Adad(er.avv 1824-tax 1780 yillar) vaqtida olib borilgan. Er.avv

XIX-XVIII asrlarda Ashshur Old Osiyoning yirik davlat markaziga aylandi va Shamshi-Adad I "ko'pchilik shoxi" unvonini o'zlashtirib oldi. U Ikki daryo oralig'ining shimolidagi shahaгlarni bosib oladi, Marini bo'ysundiгib, Kaгxemish bilan ittifoq tuzadi. Er.avv 1757-yilda Shamshi - Adadning o'g'li Ishme - Dagan davrida Ashshurni Hammurapi bosib oladi. Er.avv 1740-yillar atrofida kassitlarning Mesopotamiyaga hujumi davrida Shamshi - Adadning avlodlari hokimyatni o'z qo'liga olishgan. Er.avv XVI asгda Bobil sulolasi qulagach, Ashshur qudгatli qo'shni davlat Mitannining tazyiqiga qaгshi Misг bilan diplomatik aloqa o'matgan. Mitannining podshosi Shaushaattar esa Ashshurni bosib oladi va g'arbga chiqadigan savdo yo'lidan mahmm etadi.Ashshur Bobilning hukmronligini tan olish evaziga Mitannining zulmidan ozod bo'lib, biroz vaqtdan so'ng mustaqil bo'ladi. Er.avv 1353-1318- yillarda podsho Ashshuribalit Ossuriyani qaudratli davlatga aylantiradi. Xettlarning tazyiqidan qochib Ossuriyaga ittifoqchi bo'lgan Mitanni va keyinchalik Bobil ham Ossuriyaning tasiгiga tushib qoladi. Ossuriya davlatinin shakllanishi er.avv 1295-1264-yillarda podsho Adad-Nirari davrida tugaydi.

MUHOKAMA VA NATI JA

U o'ziga rasmiy гavishda podsho unvonini berib "Buyuk podsho" mavqeiga davo qilgan.Er.avv XIII-XII asr boshlarida yuqori Mesopotamiyaning qashni hududlarini to'rt maгta o'ziga qoshib olib to'rt maгta yo'qotgan.Ossuгiyaning siyosatida sifatli siljishlar Shalmaneseг I davгida bo'lgan. Ossuriyaliklarning o'ta shavqatsizligi ham aynan ushbu qirol davrida Mitanni davlatidan asir tushganlarga nisbatan haqoratli ravishda oldirish va 14400 asirni ko'г qilishga buyurgan. Bunday shavqatsizliklar Shalmaneseг III davrida ham lo'rishimiz mumkin. Ashshurnatsirapal II ning ushbu so'zlari ham bunga dalil bo'ladi " Men shaharni oldim, askarlarning boshini kesib oldim, shahar oldida bosh va tanalar minorasini qurdim va qoziqlarga boylangan qiz va yigitlarni tiriklayin yoqib yubordim" Ossuriya shohlarining yozuvlari nafaqat ichki, ma'muriy ma'noga ega, balki ular targ'ibot ma'nosiga ham ega. Ossuriya o'z hududiga kelgan oromiy qabilalarini yo'q qilgandan keyin rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Huddi shu davrda yaratilgan davlat esa insoniyat tarixidagi birinchi imperiya bo'ladi.Keyingi davrlarda taxtda bo'lgan podsholar Urartu zarbalariga bardosh bera olishmagan va ichki siyosatda savodsizlik, oldindan ko'ra bilmasligi sababli davlatni sezilarli darajada zaiflashtirib qo'ygan. Ossuriyaning so'nggi kuchli shohi Ashurbanipal bo'lgan u Ossuriyaning eng savodli hukmdori sifatida tanilgan.Uning podsholik davri, mustaqilligini qo'lga olmoqchi bo'lgan vassal davlatlar bilan jang olib borishi bolan xarakterlanadi. Ashurbanipral Lidiya , Midiya, Frigiya ustidan o'z ta'sirini yoydi va Fivani mag'lub qildi. Hususan, er.avv IX-VII asrlarda Ossuriya davlat boshqaruvi quyidagi shaklda bo'lgan: bosib olingan hududlarning ko'pchiligida

provinsiyalar (Ossuriya, Kichik Osiyoning ayrim shaharlari va viloyatlari, Xaldey va Oromiy knyazliklari) tashkil qilingan.

XULOSA

Ular Ossuriya noiblari tomonidan boshqarilgan. Xiroj to'laydigan qaram podsholiklar (Finikiya shaharlari,Yahudiya, Moav, Edem, Tabal, Manna) saqlanib qolgan. Ossuriyadan uzoqdagi bir qadar kuchli davlatlar o'z mustaqilligini ma'lum darajada saqlab qolgan (Lidiya, Urartu, Midiya, Elam, va Shimoliy Arabiston yerlari). Misr 20 ta kichik hududga bi'linib mahalliy hokimlar (podsho, nomarx, kohinlar) boshqargan.Ossuriyaning ko'p sonli amaldorlar apparati va harbiy ma'muriyati qoldirilgan. Bobil alohida boshqarilib podsholari rasman o'z mustaqilligini saqlab qoladi.

REFERENCES

1. Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2009.

2. Kabirov A.Qadimgi sharq tarixi.Toshkent-2018.

3. С.А. Гайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. Сулаймон Амиркулович Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

5. Хдйдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

7. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистан тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

9. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

11. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

12. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

13. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

14. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.