TARIX FANINI O'RGANISHDA SALAVKIYLAR DAVLATCHILIGINING
O'RNI VA AHAMIYATI
Iskandar Sunnatillo o'g'li Jalolov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada Qadimgi qadimgi sharq va Salavkiylar oid manbalar haqida, juda boy tarixga ega bo'lgan Salavkiy davlatining davlatchiligi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Antik, Salavka, Nikatorl, Yunon kalonyalari, Antiox lll, Satrapliklar, Antioxiya, eparxiya, giparxiya, tonarxiya.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF SALAVKI STATEHOOD IN THE STUDY
OF HISTORY
Iskandar Sunnatillo ugli Jalolov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
The article deals with the sources of the ancient East and the Seleucids, the statehood of the Seleucid state, which has a very rich history.
Keywords: Antiquity, Salavka, Nikatorl, Greek colonies, Antioch lll, Satrapians, Antioch, diocese, hyparchy, tonarchy.
KIRISH
Miloddan avvalgi lV -lll asrlar har bir tarixchi uchun shubhasuz qiziqarli davr hisoblanadi.Alexand Makedonski vafotidan so'ng uning ulkan imperyasi parchalandi va bu imperyaning bir qismiga Salavka o'z davlatchiligiga asos soladi. Salavkiylar davlati - Yaqin va O'rta Sharkdagi yirik davlat (mil. av. 312— 64). Aleksandr tuzgan saltanat tanazzulga uchragach paydo bo'lgan. Salavk I Nikator (yun. Seleukos Nikator — "Muzaffar") (mil. av. 358/ 354—281/280)— Salavkiylar davlati va sulolasi asoschisi. Makedoniyalik mashhur Antioxning o'g'li. 326-yil Aleksandrning Hindistonga qilgan yurishlarida mashhur sarkarda sifatida nom chiqardi. Aleksandr o'lgandan keyin uning safdoshlari (diadoxlar) bilan taxt uchun shafkatsiz kurash olib bordi. Miloddan avvalgi 321-yil Bobil satrapligini boshqarish unga topshirilgan. Miloddan avvalgi 312-yilga kelib ("salavkiylar erasi"ning boshlanishi) bu yerda mustahkam o'rnashib
olgach, Midiya, Suziana va Forsiya (Persida)ni, keyinchalik Baqtriyani ham o'z
mulkiga qo'shib oldi va o'zini shoh deb e'lon qildi. Taxminan miloddan avvalgi 305 -yilda Hindistonga muvaffaqiyatli yurish qildi, lekin G'arbdan tashvishli xabar olgandan so'ng, hind shohi Chandragupta bilan 500 fil evaziga sulh tuzdi va egallab olgan hududni qaytarib berdi. Ipsdagi jang (mil. av. 301-yil) natijasida (diadoxlar o'rtasida yer bo'linganda) Mesopotamiya va Suriyani oldi. Mil. avv 281-yil Lisimaxni tormor qilib Kichik Osiyoning deyarli hamma hududini egallab oldi. Poytaxtlari — Dajla daryosi bo'yidagi Salavkiya (300-y. gacha), 300-y. dan — Oront daryosi bo'yidagi Antioxiya bo'lgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Davlatning nomi hukmronlik qilgan sulola nomidan olingan. Ba'zan, asosiy hududining nomi bilan Suriyapodsholigi deb ham yuritilgan. Salavk I Midiya, Suziana, Forsiya (Persida) keyinchalik O'rta Osiyoning jan. — Baktriyanp bosib olgan. Mil. av. 301-y. Mesopotamiya va Suriya, mil. av. 281-y. Kichik Osiyo ham Salavkiylar davlatiga qo'shib olingan. Salavkiylar davlati hududidan o'tgan savdo yo'llari (Kichik Osiyo va Suriyani Arabiston, Fors qo'ltig'i, O'rta Osiyo, Hindiston va Xitoy bilan bog'lagan) ichki va tranzit savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Salavk I mil. av. 293-y. da o'g'li Antiox I ni O'rta Osiyoyerlariga hokim etib tayinlaydi. Salavk I Makedoniyaning podshosi bo'lish maqsadida Frakiya va Makedoniya tomon yurish boshlagan. Lekin, Ptolemey Lagning o'g'li Ptolemey Keravn tomonidan o'ldirilgan. O'rta Osiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari Salavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi bilan bog'liq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davriga oid tangalar Termiz, Taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo'lishiga qaramay, O'rta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi bo'lib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. O'rta Osiyo bo'ylab o'tgan savdo yo'llari bo'yida shaharlar va qishloklar qurdirilgani bejiz emas. Ma'muriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20—30 ta dan 72 tagacha satrapiya bo'lganligi haqida ma'lumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — eparxiya, gipparxiya, tonarxiyalarga bo'lingan. Yunon hokimlari va ular atrofida to'plangan yunon zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar.
MUHOKAMA
Salavkiylar hokimiyati, avvalo, O'rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-asrga ning o'rtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun o'zaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa O'rta
Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. avv. 250-y. da Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi.Salavkiylar podshohi Antiox III Parfiyani 209-yilda bosib oladi.Biroq salavkiylar davlatining zaiflashgandan foydalanib, Parfiya tezda o'z mustaqilligini tiklab olgan.Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o'rtalarida Baqtriya, So'g'diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo'ldi, Antiox III bu davlatlarni bo'ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo'ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo'shinlari Hindikush tog'laridan o'tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo'ldi.Antiox III ning o'g'illaridan biri Antiox IV (Er. avv. 175-yilda) shijoatli hukmdor bo'lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san'at va madaniyatga homiylik qildi.
NATIJA
Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o'tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo'shin bilan yurish boshladi. Yo'lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to'xtatadi. Aytishlaricha Salavkiylardan ko'ra qudratli bo'lgan Rim elchisi Antiox IV o'tirgan joyni atrofida doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha (Misrga yurishni to'xtatish) Antiox IVni doira ichidan chiqib ketishini taqiqladi. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to'xtatiladi.
Butun davlat inqirozga yuz tutib mil. avvalgi 64 yilda faqat hozirgi Suriya hududidan iborat bo'lib qoldi va o'sha yili Rim provinsiyasiga aylantirildi. O'rta Osiyoning Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri, yunonmakedon yurishlari paytida vayron bo'lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, sug'diylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri bo'lib qoldi.
XULOSA
Salavkiylar davlatlari sharq tarixining muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda o'lkammiz xalqlarining davlatchilik, xalq xo'jaligi va turmush tarzi moddiy va manaviy kelib chiqishi va qudrati strategik muhimligini ko'rsatadi.
REFERENCES
1. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent-2009.
2. Juravleva N.V. Salavkiylar va Bobil // Qadimgi Sharq va antiqa dunyo. № 3.
3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
4. Сулаймон Амиркулович Гайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
5. Хдйдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
7. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
8. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
9. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.
11. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.
12. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
13. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." 1(7). 610-617 б.
14. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.
15. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44
16. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792.