Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’QITISHDA MAKEDONIYALIK ALEKSANDR DAVLATINING INQIROZI'

TARIX FANINI O’QITISHDA MAKEDONIYALIK ALEKSANDR DAVLATINING INQIROZI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1722
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Baqtra / Afinador / diadox / Arridey / Filipp II / Yevmen / Olimpiada / Perdikka / Gabiyn yonidagi hal qiluvchi jang / Roksana va Aleksandr IV / Kasandr / Ptolomey / Antigonlar / Salavka. / Bactria / Athenian / diadox / Arredey / Philip II / Yevmen / Olympia / Perdicca / the decisive battle in valley of Gabin / Roxana and Alexander IV / Cassander / Ptolomy / Antigones / Salavka.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nurbek Ilhomiddin O’g’li Shafoatov

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o’rganishimizda, juda muhum va murakkab bo’lgan davr Makedoniyalik Aleksand tuzgan davlatning inqirozi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CRISIS OF THE MACEDONIAL STATE OF ALEXANDER IN THE TEACHING OF HISTORY

Old in the article In our study of the East, we are talking about a very important and complex period, the crisis of the Macedonial state of Alexander.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA MAKEDONIYALIK ALEKSANDR DAVLATINING INQIROZI»

TARIX FANINI O'QITISHDA MAKEDONIYALIK ALEKSANDR

DAVLATINING INQIROZI

Nurbek Ilhomiddin o'g'li Shafoatov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika inistituti nurbekshafoatov04@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda, juda muhum va murakkab bo'lgan davr Makedoniyalik Aleksand tuzgan davlatning inqirozi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Baqtra, Afinador, diadox, Arridey, Filipp II, Yevmen, Olimpiada, Perdikka, Gabiyn yonidagi hal qiluvchi jang, Roksana va Aleksandr IV, Kasandr, Ptolomey, Antigonlar, Salavka.

THE CRISIS OF THE MACEDONIAL STATE OF ALEXANDER IN THE

TEACHING OF HISTORY

Nurbek Ilhomiddin ugli Shafoatov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region nurbekshafoatov04@gmail .com

ABSTRACT

Old in the article In our study of the East, we are talking about a very important and complex period, the crisis of the Macedonial state of Alexander.

Keywords: Bactria, Athenian, diadox, Arredey, Philip II, Yevmen, Olympia, Perdicca, the decisive battle in valley of Gabin, Roxana and Alexander IV, Cassander, Ptolomy, Antigones, Salavka.

KIRISH

Aleksandr Makedonskiy334 yildan 323 yilgacha dunyodagi yirik imperiyaga asos soladi. Lekin uning imperiyasida turli halq va millatlar kuch bilan bo'ysudirilgani uchun u zaif imperiya bo'lgan. Aleksandr Makedonskiy Hindisonni egallashga ketganda, mil.avv. 325 yilda Aleksandr Makedonskiy o'lganligi haqida soxta xabar tarqaladi, Baqtriya va Sug'd gornizonlari isyon ko'taradilar. 3 mingtacha askarlar Baqtra shahrini qo'lga kiritib, o'zlariga Afinador degan ismli kishini shoh qilib ko'taradilar va va Gresiyaga qaytishga qaror qiladilar. Bu g'alayon bostiriladi. Bu haqdagi xabarni Aleksandr Makedonskiyga Oksiart yetkazadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aleksandr Makedonskiy mil.avv. 323-yil 13-iyunda vafot etadi. Iskandar o'zining vorisini rasmiy jihatdan tayinlashga ulgurmadi, bu uning lashkarboshilari o'rtasida Iskandar merosi uchun uzoq kurashga olib keldi. Bu kurash bir necha o'n yillarga cho'zilib, juda ko'p qon to'kishlarga olib keldi.

Iskandarning o'limi vaqtida makedon taxtiga qonuniy da'vogarlar yo'q edi: Iskandarning xotini so'g'd malikasi Roksana hali homilador edi. Pergamda Iskandarga asir tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 yoshli noqonuniy o'g'li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning noqonuniy o'g'li aqli zaif Arridey ham da'vo qilishi mumkin edi. Makedoniyada Iskandarning yaqinlari Roksana agar o'g'il tuqsa uni podsho deb e'lon qilish, uning go'dakligi davrida hokimiyatni tajribali sarkarda Perdikka boshchigidagi davlat kengashiga topshirish kerak deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va saroy ayonlarining boshqa bir guruh Arridey nomzodini yo'qlab chiqdilar. Obro'li lashkarboshi Nearx makedon taxtiga birdan-bir da'vogar Gerakl bo'lishi mumkin deb hisobladi. Iskandarning safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana bir guruh podshoni saylash kerak emas, chunki Iskandarni o'g'illarining onalari Sharq ayollari, uning asiralaridir, oqibatda bunday da'vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy bo'ladi deb hisobladilar. Taxt vorisi to'g'risidagi munozaralar natijasida Perdikka regentligi bilan Filipp II ning noqonuniy o'g'li Arrideyni podsho deb e'lon qilish bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda Iskandarning bevasi Roksana o'g'il tug'di va unga Iskandar deb nom qo'yildi. Makedon taxtiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan Roksananing o'g'li Aleksandr IV nomi bilan podsho deb e'lon qilindi. Osiyodagi qo'shinlar qo'mondonligini o'ziga olgan Perdikka yana regent etib tayinlandi, shunday qilib u Iskandar davlatining amaldagi hokimiga aylandi. Iskandarning vafotidan keyin amalda yagona davlatning oliy hokimi bo'lgan Perdikka Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o'rtasida satrapliklarni taqsimlagan edi. Yunoniston va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr-Pitolomeyga, Kappadokiya va Paflagoniya-Yevmenga, Gellesfont Frigiyasi-Leonardga, Buyuk Frigiya- Antigonga, Suriya-Laomedontga, Midiya-Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar o'z qo'shinlari bilan o'z mulklariga jo'nab ketdilar. Iskandarning aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar) Iskandar merosi uchun qonli kurashni boshladilar.

Iskandar o'limidan keyingi ikki yil davomida Yunoniston makedon zulmidan ozod bo'lishga urindi. Antipatr yunon qo'shinlarini tor-mor qilib bu yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Er. avv. 321-yilda Misrda o'rnashib olgan va Perdikkani regentligini tan olmagan Ptolemeyga qarshi yurishda Perdikka halok bo'ldi. Endilikda davlat regenti qilib Yunoniston va Makedoniyaning hokimi keksa

Antipatr saylandi. Uning buyrug'i bilan podsho oilasi Makedoniyaga ko'chirildi. Antipatr topshirig'i bilan er. avv. 321-yilda satrapliklar qisman qayta taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salauk Bobilni o'z qo'liga oldi. Shundan ikki yil keyin er. avv. 319-yilda Antipatr vafot qildi. U regentlikka voris qilib, keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni tayinlashga ulugrgan edi.

Ammo bu Iskandarning sobiq yaqinlari yosh g'ayratli lashkarboshilarni qondirmadi. Jumladan Antipatrning bu qaroridan o'g'li Kassandr norozi bo'lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan ittifoq tuzdi. Er. avv. 316-yilda Poliperxont regentlikdan chetlashtirildi, Kassandr butun Yunonistonni egallab oldi. Lekin Antigon va Iskandarning sobiq kotibi Yevmen Kassandrni kuchayib ketishidan norozi bo'ldilar.

MUHOKAMA

Iskandar davlatini yaxlitligini saqlab qolishga uringan separat kayfiyatlarga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi Yevmen edi. U makedon podsholigining "Qonuniy" podsholari nomidan harakat qilgan, qator sabablarga ko'ra hech qanday hudud va qo'shinga ega bo'lmagan birdan-bir diadox edi. Lekin uning qo'lida Iskandar sobiq davlatining turli shaharlarida bosib olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag'lar bor edi. Yevmen ana shu mablag'lar hisobiga katta yollanma qo'shin to'plab Bobil va Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va Midiya satraplari Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi va Yevmenga qarshi yurish qildi. Er. avv. 316-yilda Gabiyn yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen bilan Antigon o'rtasida hal qiluvchi jang bo'ldi. Yevmenning yollanma qo'shinlarning xoinligi jangni Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo'lga olinib qatl qilindi.

Er. avv. 317-yilda Iskandarning onasi Olimpiada hokimiyatni Roksananing o'g'liga qoldirish uchun Filipp Arridey va uning xotini Evridikani o'ldirishga buyruq berdi. Shundan so'ng uning o'zi Kassandr tomonidan qatl qilinadi, Roksana va Iskandar IV Kassandrni asirligida bir necha yil ushlab turilib o'ldiriladi (er. avv. 311 -yil yoki 310-yil). Yuzaga kelgan bu vaziyat diadoxlarni o'z hududlarida o'z podsholik hokimiyatlarini o'rnatishga intilishlari uchun hech qanday rasmiy to'siq qolmaganini bildirar edi.

NATIJA

Diadoxlar o'rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo va Mesopotamiya asosiy jang maydonlariga aylandi. Er. avv. 306-yilda

Antigonning o'g'li Demetriy Poliorket ("shaharlarni qamal qiluvchi") makedon garnizonlarini Yunonistondan haydab yubordi, Afina va Megarada erkinlik va demokratiya e'lon qilindi. Er. avv. 306-yilda Antigon, keyinroq Ptolemey, Lisimax, Salauk va Kassandr o'zlarini podsho deb e'lon qildilar.

XULOSA

Aleksandr Makedonskiyyaratgan imperiya taxti uchun Aleksandr Makedonskiy diadox ( lashkarboshi) lari o'rtasida o'rtasida hukmronlikka intilish kayfiyati kuchaydi. Aleksandr Makedonskiyvafotidan keyin diadoxlar -lashkarboshilar o'rtasidagi kurashdan so'ng Aleksandr Makedonskiydavlati 3 qismga bo'linib ketadi. Misrda Ptolomeylar, Gresiya va Makedoniyada Antigonidlar, O'rta er dengizining sharqiy qismidan to shim.g'arbiy Hindistongacha bo'lgan xududlarda Salavkiy qo'lida bo'lgan.

REFERENCES

1. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

2. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

3. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

4. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» 1(1). 12-17.

5. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

6. Хайдаров С., А. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» 1(3). 9-14.

7. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

8. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

9. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик тащикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро конференцияси туплами. 43-46 б.

10. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.