Научная статья на тему 'TALABALAR KASBIY NUTQ KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI'

TALABALAR KASBIY NUTQ KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3746
283
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / nutq / kasbiy / rivojlantirish / standart / ta’lim / yondashuv / kommunikativ / intellektual / lingvistik / sotsiolingvistik / pragmatik / moslashtirish. / competence / speech / professional / development / standard / education / approach / communicative / intellectual / linguistic / sociolinguistic / pragmatic / adapt.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Irgasheva, Umida Raimjanovna

Ushbu maqolada talabalar kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik aspektlari, kompetensiya turlari yoritilgan bo‘lib, ingliz tili darslarida kasbiy nutq kompetesiyasini takomillashtirish ahamiyati tushuntirilgan. Maqolada talabalar kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirishning samarali usullari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL ASPECTS OF STUDENT PROFESSIONAL SPEECH COMPETENCE

This article describes the pedagogical aspects of improving students' professional speech competence, types of competencies, and explains the importance of improving professional speech competence in English lessons. The effective ways of improving students’ professional speech competence are shown in the article.

Текст научной работы на тему «TALABALAR KASBIY NUTQ KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TALABALAR KASBIY NUTQ KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI

Irgasheva Umida Raimjanovna

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi umidairgasheva1978@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalar kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik aspektlari, kompetensiya turlari yoritilgan bo'lib, ingliz tili darslarida kasbiy nutq kompetesiyasini takomillashtirish ahamiyati tushuntirilgan. Maqolada talabalar kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirishning samarali usullari ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, nutq, kasbiy, rivojlantirish, standart, ta'lim, yondashuv, kommunikativ, intellektual, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, moslashtirish.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описываются педагогические аспекты совершенствования профессиональной речевой компетенции студентов, виды компетенций, а также объясняется важность совершенствования профессиональной речевой компетенции на уроках английского языка. В статье показаны эффективные способы совершенствования профессиональной речевой компетенции студентов.

Ключевые слова: компетентность, речь, профессионал, развитие, стандарт, образование, подход, коммуникативный, интеллектуальный, лингвистический, социолингвистический, прагматический, адаптировать.

ABSTRACT

This article describes the pedagogical aspects of improving students' professional speech competence, types of competencies, and explains the importance of improving professional speech competence in English lessons. The effective ways of improving students' professional speech competence are shown in the article.

Keywords: competence, speech, professional, development, standard, education, approach, communicative, intellectual, linguistic, sociolinguistic, pragmatic, adapt.

KIRISH

Respublikamizda ta'lim sohasini zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga

moslashtirish, innovasion o'qitish texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha katta

937

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tajriba to'plandi. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikaniya texnologiyalari, xorijiy tajribalar tatbiq qilinmokda. Gumanitar fanlarni o'qitishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, gumanitar fanlar bo'yicha davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish maqsadida 2020 yil 19 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining "Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori" O'zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to'g'risidagi 11-sonli buyrug'i qabul qilindi. Bu buyruq ta'lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirishda muhim omil bo'ldi. Oliy ta'limda ingliz tili darslarida talabalar kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirish maqsadida tashkil qilish va talabalarning egallagan bilimlarini amaliyotda foydalana olish malakalari takomillashtirishga olib keladi. Ta'lim jarayonini samarali tashkil qilish uchun innovasion texnologiyalardan uzviy, integrativ asosda foydalanish bugungi kun talabidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy rivojlangan jamiyatga ilmli, ma'naviyatli, barqaror rivojlanish talablariga javob beradigan, respublikamiz kelajagi uchun qayg'uradigan intellektual yetuk avlodni tarbiyalash zarur.

O'zbekiston Respublikasida ta'limning barcha bosqichlarida chet tilini o'qitishning asosiy maqsadi o'rganuvchilarning ko'p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.

Chet tili kommunikativ kompetensiyasi - o'rganilayotgan chet tili bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo'llash qobiliyatidir.

Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o'qish va yozish) bo'yicha ko'nikmalarni egallashni nazarda tutadi.

Sotsiolingvistik kompetensiya so'zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o'z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o'zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o'rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko'zda tutadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Pragmatik kompetensiya o'rganilayotgan chet tilida kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo'lganda takroran so'rash, uzr so'rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. Mazkur standartda diskurs kompetensiyasi pragmatik kompetensiya tarkibiga kiritildi. Mazkur kompetensiya og'zaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til vositalari orqali ifodalashni nazarda tutadi. Diskurs kompetensiyasi og'zaki yoki yozma nutqdagi izchillikni ta'minlashda lingvistik signallarni tushunish va interpretatsiya qilish ko'nikmalarini nazarda tutadi.

Ta'lim tizimidagi bugungi ijtimoiy talablar axborotlashtirish jarayonlarini rivojlantirishni taqozo qilmokda. Oliy ta'limni zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish, fanlardan zlektron ta'lim resurslarini takomillas htirish, talabalarning elektron manbalar bilan faol muloqotni ta'minlash, mustaqil ta'limni amalga oshirish na uz-uzini baholash, zaruriy ma'lumotni tezkor izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni xal qilish da undan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Shu nuqtai nazardan, ta'lim sifati ko'rsatkichlaridan biri kompetentlik hisoblanadi. Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mohiyatan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon qila olishni anglatadi.

Kompetentlik - ma'lum fan sohasida samarali faoliyat olib borish uchun bilim va tajribalarni egallash.

Kompetentlik (lotincha competens- mos keladigan, muvofiq keladigan, qobiliyatli, bilimli) qaysidir sohada har tomonlama mukammal bilim egallagan shaxsga xos sifat va qarashlar bo'lib, shuning uchun salmoqli, nufuzli hisoblanadi.

Kompetentlik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko'nikma va malakalardan tashqari tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyat, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish kabi sifatlar ham kiradi.

"Competence" so'zi "to compete" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "musobaqalashmok", "raqobatlashmoq", "bellashmoq" degan ma'noni bildiradi. So'zma-so'z tarjima qilinsa, "musobaqalashishga layoqatlilik" degan ma'noni ifodalaydi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda keltirilishicha, kompetensiya, kompetentlik o'ta murakkab, ko'p qismli, ko'pgina fanlar uchun mushtarak bo'lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajmi ham tarkibiga ko'ra, ham ma'nosi, ham mantikiy mazmuni jihatidan turli-tumandir. Atamaning mohiyati,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shuningdek, "samaradorlik", "moslashuvchanlik", "yutuqlilik", "muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik". "natijalilik", "o'quvlilik", "xususiyat", "sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda. "Kompetentlik", "kompetensiya" tushunchalarining tavsiflarida quyidagi holatlarga alohida e'tibor qaratiladi: bilimlar majmuining amalda qo'llanishi; shaxsning o'quvi, xislatlari, fazilatlari; amaliy faoliyatga tayyorlik darajasi; muammolarni hal qilish, amalda zarur natijalarni qo'lga kiritish layoqati; shaxsning kasbiy faoliyatini ta'minlovchi bilim, ko'nikma, malakalar yaxlitligi: faollashgan (amaliyotga tatbiq qilingan) o'quv, bilim, tajribalar majmui; shaxsning maksadga yo'naltirilgan emotsional iroda kuchi.

Bizningcha, kompetentlilik faqatgina bilim va ko'nikmalar yig'indisi bo'libgina qolmay, balki talabalarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va amaliyotda muayyan vaziyatlarda qo'llay olishi bilan ham tavsiflanadi. O'z egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini hayotda qo'llay olish tajribasi deb qarash kerak. Bunday ta'limning asosiy vazifasi talabalarni topshiriqlarni yechish faoliyatiga va hayotiy faoliyati doirasida turli muammolarni xal qilishga o'rgatish kelib chikadi.

Jahon ta'lim amaliyotida "kompetentlik" tushunchasi uzida ta'limning intellektual va malakaviy tarkibini birlashtirish, ta'lim mazmunini interpretatsiyalash g'oyasini qamrab olish bilan birga madaniyat va faoliyat sohalaridagi keng qamrovli (axborot, hukukiy va x.k.) qator ko'nikma va malakalarni integratsiyalash tabiatiga ega.

XXI asr boshlarida tadqiqotchilar tomonidan "kasbiy kompetentlik" tushunchasi asosida: predmetli-faoliyatli. ya'ni faoliyat sohasiga doir kasbiy (maxsus) kompetentlik ajratildi; o'quv fani sohasida maxsus kompetentlik tayanch kompetentlikni amalga oshirishga xizmat kiladi; predmetli- metodologik kompetensiya o'quv fani doirasida shakllantiriladigan ta'limiy predmetli kompetensiya tadqiq qilindi.

Kompetensiya-fan bo'yicha egallangan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo'llay olishdir.

Kompetensiyalarni tarkib toptirishga yo'naltirilgan ta'lim talabalarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini uz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limdir.

Hozirgi kunda yetuk mutaxassis bo'lib yetishish uchun chet tillarda, ayniqsa, ingliz tilida kasbiy nutq kompetensiyasini takomillashtirish kerak. Shu sababli, oliy ta'limdagi o'quv jarayonida talabalar kasbiy nutq kompetensiyasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Chet tili o'qituvchisini metodik tayyorlash tizimida ushbu mutaxassisni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yetarli darajada tayyorlash, unga madaniyatning alohida shakli, fikrlash vositachisi bo'lgan va shaxs tomonidan amalga oshiriladigan o'qitiladigan til, o'rgan ilayotgan til mamlakati, bu tilni o'qitish tamoyillari, usullari va vositalari haqida bilim berish katta ahamiyatga ega. Ushbu komponentlarning har biri ma'lum bir xilma-xil kasbiy faoliyatni asoslaydigan va tartibga soluvchi ma'lum nazariy bilimlar bilan birga keladi. Yetarli kasbiy malaka va kasbiy madaniyat pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shartdir.

Talaba kasbiy nutq kompetensiyasinini takomillashtirish uchun tilni maksimal darajada bilishi, til haqida malakali gapira olishi, tegishli psixologik-pedagogik va uslubiy bilimga, umumiy madaniy tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak.

Demak, chet tilini o'qitish samaradorligi ko'pgina omillar bilan belgilanadi, ulardan eng muhimi o'qituvchining darsda talabalar bilan muloqot qilish jarayonida o'qitilayotgan tildan foydalana olishidir. Kommunikativ va tarbiyaviy funksiyani amalga oshirishda o'qituvchining nutqi juda katta rol o'ynaydi. Talabalar bir biri bilan o'zaro munosabatda bo'lgan darajada kommunikativ madaniyatga ega bo'lsa, ularning mahorati namoyon bo'ladi. Biroq, amaliyot shuni ko'rsatadiki, talabalarning darsdagi nutq faoliyati hali ham zaif tomon bo'lib, aloqa muammolarini hal qilishda qiyinchiliklarga olib keladi. Ko'rinib turibdiki, bu og'zaki muloqotda yetarli darajada tayyorgarlik ko'rmaslik oqibati.

Talaba nutqi haqli ravishda ta'lim jarayonida eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Talabaning, ayniqsa chet tili darslarida mahorati bevosita so'zni bilish darajasiga bog'liq. Bu diksiya va so'z ustida, o'z fikrini aniq ifodalash va ularning to'g'riligini asosli isbotlash ustida doimiy va maqsadli ishlashni talab qiladi. Yuqorida aytilganlarning barchasi talabalarni darsda muloqot qilish ko'nikmalariga maqsadli ravishda o'rgatishda qanday rol o'ynash kerakligini belgilaydi.

Ko'rinib turibdiki, chet tili o'qituvchisining kommunikativ-pedagogik faoliyati o'ziga xos mazmun bilan to'ldiriladi. Talabalarga kasbiy nutq aloqasini qanday materialda o'rgatish mumkin, rag'batlantirish, javob berish, nazorat qilish va tartibga solish qobiliyatini o'z ichiga olgan murakkab nutq mahorati qaysi? Bizning fikrimizcha, asosiy nuqta talabalarga o'quv jarayonini boshqarish imkonini beruvchi nutqiy muloqotni o'rgatishda foydalanish mumkin bo'lgan materialni taqdim yetish, nutq birliklarini tanlashdir.

Talabalarga kasbiy nutqiy muloqotni birinchi kursdan boshlab o'rgatish kerakdek tuyuladi. Og'zaki nutq va fonetika bo'yicha amaliy mashg'ulotlar "pedagogik texnika" ning bunday tarkibiy qismlarini shakllantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, masalan: ovoz, diksiya, intonatsiya va boshqalar. Buning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sababi, birinchi yilda taqlid, xor ishiga, she'r o'qishga katta e'tibor beriladi. Bu talaffuzni yaxshilashga yordam beradi, ritm tuyg'usini, aniq diksiyani va ovozning balandligini, ya'ni chet tili o'qituvchisining muvaffaqiyatli ishlashi uchun sharoit yaratadigan texnikani rivojlantiradi. Keyingi kurslarda fonetika, og'zaki nutq, metodika fanlaridan amaliy mashg'ulotlarda kasbiy nutqiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ishlarning uzluksizligini kuzatish zarur.

O'qituvchining kasbiy faoliyatining asosiy vazifasi talabalarga ma'lum bilimlarni berishdir. Shuning uchun ham o'qituvchi nutqi shunday tashkil yetilishi va taqdim yetilishi kerakki, u uzatgan ma'lumot talabalar tomonidan to'liq va qiyinchiliksiz idrok qilinsin. Shubhasiz, talabalar e'tiborini bo'lajak kasb egalari nutqi sifatida ularning nutqi ma'lum bir baland va ravshanlik, aniqlik va ifodalilik bilan ajralib turishi zarurligiga qaratish zarur. O'qituvchining nutqi tinglovchilarga qaratilgan, u audiovizualdir. O'qituvchi hozir nima haqida gapirayotgan bo'lsa, talabalar nafaqat quloq orqali, balki idrokning vizual kanallari orqali ham idrok etadilar. "Eshitish orqali talabalar so'zni, uning asosiy ma'nosini va intonatsiyasini idrok etadilar ... vizual ravishda ... talabalar o'qituvchining yuz ifodalarini, shuningdek, bayonot bilan birga keladigan uning xatti-harakatlarining hissiy komponentining ekspressivligini idrok etadilar".

Talaba nutqi qiziqish uyg'otadigan darajada ifodali bo'lishi kerak. Afsuski, ko'pincha talaba nutqida nutqning rang-barangligi bilan ishlatiladigan intonatsiya vositalarining bir xilligini ta'kidlash kerak. Ma'lumki, "nutqning ta'sirchanligi nafaqat uning mazmuni va maqsadiga to'g'ri kelmaydigan noto'g'ri so'z vositalaridan foydalanganda, balki talabaning aytilayotgan narsalar haqida mimikasi, imo-ishoralari, umuman olganda xatti-harakati mazmunga to'g'ri kelmasa ham pasayadi". Shunday qilib, talabalar bilan nutqiy o'zaro munosabatlarning malakali qurilishi o'qituvchiga o'quv jarayonida pedagogik salohiyatdan iloji boricha samarali foydalanishga yordam beradi.

Talabalarning professional nutq kompetensiyasini takomillashtirish uchun material tanlashga to'xtalib o'tamiz. O'quv vazifalarini uch turga bo'lish mumkin:

1) reseptiv (boshqa shaxsning kommunikativ xulq-atvorining xususiyatlarini diqqat, kuzatish, tahlil qilish va tushunish uchun vazifalar);

2) reproduktiv (transformatsiyasiz ko'payish);

3) samarali (ma'lum muammoli vaziyatda o'z kommunikativ faoliyati).

Yosh mutaxassisni shakllantirishda o'qituvchi ibrati alohida o'rin tutadi. Bu to'g'ridan-to'g'ri ta'limning yuqori bosqichida professional nutqni rivojlantirish bo'yicha ko'rib chiqilayotgan masalaga tegishli. Shunday qilib, dars davomidagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nutqlarda, tinglovchilarga murojaat qilishda, iboralarni bir xilda takrorlashdan ko'ra, ingliz nutqining original namunalaridan foydalanish uchun ko'plab imkoniyatlar mavjud.

Og'zaki nutqni mashq qilish uchun talabalarni ingliz tili darslarida professional nutq aloqasiga o'rgatish o'qituvchining kommunikativ faoliyatining asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun talabalar o'zlashtirishlari kerak bo'lgan haqiqiy nutq materialini o'z ichiga olishi kerak. Talabalarni kasbiy nutq mashg'ulotlariga tayyorlash faqat taklif qilingan mashqlarni bajarish bilan cheklanib qolmaydi. Talabalarning egallagan kasbiy malakalarini saqlash, mustahkamlash va yanada takomillashtirish faoliyatini tashkil etish zarur. Kasbiy nutq kompetensiyasini oshirish bo'yicha doimiy va maqsadli ish zamonaviy o'qituvchining muvaffaqiyatli faoliyatining kalitidir.

Talabalar kasbiy nutq kompetensiyasiga asoslangan ingliz tili ta'limining asosiy mohiyati ingliz tilidan tashkil qilingan o'quv-tarbiya jarayonida talabalar tomonidan zgallangan bilim, ko'nikma va malakalarni uz shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kasbiy va ijtimoiy faoliyatda qo'llay olish kompetensiyalarini takomillashtirishga yo'naltirish sanaladi.

Kompetensiyaviy yondashuvda o'qitish maqsadlari talabalar tomonidan o'z-o'zini anglash, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quv maqsadlariga erishish yo'llarini tushunish, talabalarning o'quv-bilish faolligini oshirish, talabalarning shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantnrish orqali jamiyat va mustaqil hayotga moslashuvi, ijtimoiylashuvi kabi ustuvor yo'nalishlarni muljallashni nazarda tutish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli qarori.

2. Jalolov J. Chet til o'qitish metodikasi. O'qituvchi -2012. 79-118 bb.

3. Irgasheva, U. R. (2021). IMPROVING STUDENTS 'PROFESSIONAL SPEECH COMPETENCE BASED ON STEAM TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH AT TECHNICAL UNIVERSITIES. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 81-87.

4. Y.HprarneBa. INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALAR KASBIY NUTQ KOMPETENTSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA STEAM

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TEXNOLOGIYALAR AHAMIYATI. 2021. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 4 (1-1)

5. Irgasheva, U. R. (2021). Formation of Professional Competencies of the Students in the Process of Studying the Educational Program" STEAM-Technologies in Education". International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 7(6), 76-80.

6. Ботирбекова Г.А. Which method is the best in teaching EFL? - Молодой ученый, 2019 25-27 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.