Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4978
449
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi / kompetensiya / kompetentlik / kasbiy kompetensiya / ijtimoiy-madaniy kompetentlik / korporativ tizim / malaka talablari / model / future primary school teacher / competency / competence / professional competence / sociocultural competence / corporate system / qualification requirements / model

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Berdiyeva, Halima Bo’ronovna

Ushbu maqolada kompetensiya muammosi, uning rivojlanish tarixi va olib borilgan tadqiqot ishi natijalari tahlil qilingan. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik mazmuni, uni bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida rivojlantirish zaruriyati asoslangan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan bo’lajak o’qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ tizimi, bosqichlari hamda pedagogik modelini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF SOCIAL AND CULTURAL COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS

The article analyzes the problem of competence, the history of its development and the results of the research. The content of sociocultural competence is based on the need for its development in future primary school teachers. The article also presents the author's suggestions and recommendations for the development of a corporate system, stages and a pedagogical model for the development of socio-cultural competence in future teachers.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK

IMKONIYATLARI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -9-886-898

Berdiyeva Halima Bo'ronovna

O'zbekiston Respublikasi, Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish

kafedrasi tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kompetensiya muammosi, uning rivojlanish tarixi va olib borilgan tadqiqot ishi natijalari tahlil qilingan. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik mazmuni, uni bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida rivojlantirish zaruriyati asoslangan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ tizimi, bosqichlari hamdapedagogik modelini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'z va tushunchalar: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi, kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetensiya, ijtimoiy-madaniy kompetentlik, korporativ tizim, malaka talablari, model.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется проблема компетенции, история ее развития и результаты проведенных исследований. Содержание социокультурной компетенции основывается на необходимости ее развития у будущих учителей начальных классов. В статье также представлены предложения и рекомендации автора по развитию корпоративной системы, этапов и педагогической модели развития социокультурной компетентности у будущих учителей.

Ключевые слова и понятия: будущий учитель начальных классов, компетенция, компетентность, профессиональная компетентность, социокультурная компетентность, корпоративная система,

квалификационные требования, модель.

ABSTRACT

The article analyzes the problem of competence, the history of its development and the results of the research. The content of sociocultural competence is based on the need for its development in future primary school teachers. The article also

886

Scientific Journal Impact Factor

presents the author's suggestions and recommendations for the development of a corporate system, stages and a pedagogical model for the development of socio-cultural competence in future teachers.

Key words and concepts: future primary school teacher, competency, competence, professional competence, sociocultural competence, corporate system, qualification requirements, model

Xalqaro miqyosda bo'lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o'qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi.

Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bo'lajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan [1]. Bu borada aksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism. Kompetentlik tushunchasi ta'lim sohasiga pedagog - psixolog tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai-nazardan, kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, hamkasblari bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

KIRISH

Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni nazarda tutadi.

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar egallanishi va ularning amalda yuqori darajada qo'llay olinishi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, eng muhimi, ilmiy ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Mutaxassislarning kasbiy kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-mulohazalarning turli-tumanligi mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga imkon bermayapdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

MDH mamlakatlarining qator olimlari kompetentlik tushunchasini psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tadqiq etgan bo'lsada, so'ngi pedagogik tadqiqotlarda aynan mutaxassis - kadr kompetensiyasi masalasi o'z dolzarbligi, katta qiziqish uyg'otayotganligi va ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Ijtimoiy faol va harakatchan, tashabbus ko'rsatib, o'zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, yuksak madaniyatli, innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega va ta'limda yangiliklarni amalga oshirishga tayyor o'qituvchi shaxsini shakllantirish va ta'minlash oliy ta'lim muassasalarining muhim vazifasi hisoblanadi.

Kompetensiya - u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik. "Kompetensiya" (lot. competense - erishyapman, munosibman, loyiqman) - 1) muayyan davlat tashkiloti (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, nizom yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalar majmui [4, 5]. Mazkur tushunchaning ijtimoiy mazmuni juda keng bo'lib, u ishlab chiqarishning qariyb barcha yo'nalishlarida qo'llaniladi. Kompetensiya turli soha mutaxassislari faoliyatiga qo'yiladigan zamonaviy talablar majmuiga teng bo'lib, uning kelib chiqish tarixi boshqaruv nazariyasi, ish jarayonini ishlab chiqarish maqsadiga adekvat va to'liq mos tarzda

to'g'ri boshqarish asosida uning samaradorligini so'zsiz ta'minlash, menejmentlik

888

Scientific Journal Impact Factor

amaliyoti, ishlab chiqarish jarayonidagi yuqori va pastki xodimlar mehnat faoliyatini qo'yilgan maqsad va samaradorlikka yo'naltirish bilan bog'liqdir.

Kompetensiyaga asoslangan shaxsni boshqarish yondashuvining asoschisi sifatida David Mc Clelland nomini qayd etish zarur [3, 145 b.]. Olim ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining psixologik aspektlarini o'rgangan bo'lib, mutaxassis motivatsiyasini ishlab chiqarish jarayoni va maqsadlari bilan uzviy birlashtirish nazariyasining asoschisi sifatida taniladi.

Tarixiy jihatdan ta'lim tizimida "kompetentlik" tushunchasining kirib kelishi va uning ahamiyatining qabul qilinishiga nisbatan quyidagi bosqichlar ajratiladi: Birinchi bosqichda (1960-1970 yillar) — ilmiy doiralar va muomalaga «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari kirib keldi va ularning amal qilis h qoidalari, qo'llanilish xususiyatlari belgilandi. Birinchi bor "kompetensiya" atamasi 1965 yilda Massachusets universiteti o'qituvchisi N.Xomskiy tomonidan ishlatiladi. Bu so'zning semantik chegarasi bugungi kunda juda keng bo'lib, aslida bu so'z "kelishuv", "kelishuvchanlik", "biror bir narsaga mos kelish", "mos bo'lish" ma'nolarini anglatadi. Bugungi kunda mazkur so'z ko'proq "faoliyat olib borishning universal, ya'ni hamma uchun mos bo'lgan umumiy xususiyatlari va talablari majmuini" anglatadi.

Ikkinchi bosqichda (1970-1990 yillar) "kompetensiya" istilohining qo'llanilish doirasi keskin o'sadi, mazkur so'z maxsus istilohga aylanadi va biror bir sohaga oid xususiyatlar jamlanmasini anglata boshlaydi hamda til nazariyasi, menejment, kommunikatsiyalarni tashkil qilishda qo'llaniladi. J.Raven o'ziga ilmiy vazifa qilib, zamonaviy jamiyat nuqtai nazaridan mutaxassislik kompetensiyasi nimaga teng degan masalani qo'yadi va effektivlikni ta'minlovchi kompetensiyaning 37 ta komponentini ajratib, ko'rsatib beradi va ularni "motivatsion qobiliyat" deb ta'kidlaydi [4].

Uchinchi bosqichda (1990-2001 yillar) butun dunyo, MDH da, xususan Rossiyada "Boloniya deklaratsiyasi" ijro va ta'lim taraqqiyoti uchun qabul qilindi, ta'lim islohotlarining maqsadlaridan biri mutaxassisning kvalimetrik ko'rsatkichlarining bosh xususiyati qilib aynan "kasbiy kompetentlik" masalasi qo'yila boshladi. Bu davrda Rossiyaning qator olimlari, xususan A.K.Markova [5], Ye. F. Zeera, A. V. Xutorskiy va boshqalar kasbiy kompetentlik tushunchasini psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan ishlab chiqdilar.

Mamlakatimiz pedagog olimlari A.Abduqodirov, R.H.Jo'rayev, Z.K.Ismoilova, E.R.Yuzlikayeva, M.B.Urazova, K.D.Risqulovalarning tadqiqot ishlarida oliy ta'lim

muassalarida ta'limni intensMashtirish hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan ta'lim jarayonida foydalanish, yosh o'qituvchilarning kompetensiyasi va unga qo'yiladigan didaktik talablar, ushbu atamaning mazmuni, uning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari, ta'lim samaradorligini ta'minlashda motivatsiyaning o'rni haqidagi zamonaviy yondashuvlar kabi muammolarning ilmiy-nazariy asoslari o'z aksini topgan.

K.J.Risqulovaning fikriga ko'ra, "kompetensiya" u yoki bu kasb egasiga zarur bo'lgan kasbiy qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik me'yorlar yig'indisini anglatadi. Kompetentlik esa — shaxs amaliy faoliyati bilan bog'liq bo'lib, kompetensiya me'yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahorati bilan belgilanadi" [6, 44 b.].

MUHOKAMA

Kompetensiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylik kasb etsa, kompetentlik individuallik xarakteriga ega. Kompetentlikning asosiy mezoni mahsuldor faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash natijasi bilan belgilanadi.

Pedagogik-psixologik adabiyotlar va tadqiqot ishlarining tahlili "kompetensiya" tushunchasining turli xil ma'nolarini ajratish imkonini berdi.

Bular quyidagilar:

- ishlab chiqarish masalalarini yecha olish qobiliyati;

- aniq vaziyatlarda bilim va ko'nikmalarni qo'llay olish qobiliyati;

- tashkilot tomonidan sub'ektning sifatli faoliyatini shakllantirish maqsadida xodimga qo'yilgan talablar yig'indisi;

- xodimning xulq-atvor me'yorlarining jamiyat talablariga mosligi;

- bilim, ko'nikma va malakalar (BKM), qobiliyat, motiv, shaxs, kommunikativ sifatlar va boshqa tushunchalarning umumiy yig'indisi;

- xodimning sifatli ishga tayyorgarligi va ko'nikmasi;

- lavozim vazifalariga mas'ulligi va vakolati;

- BKM+kasbiy muhim sifatlar, tashkilotchilik konteksti bilan birgalikda;

- kasbiy tajribani chuqur anglanishi;

- shaxsiy xususiyatlar majmui, individuallik;

- samarali ishlab chiqarish faoliyati mezonlari;

- ijodkorlik va boshqalar.

Oliy ta'lim amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni ularda ijtimoiy-madaniy kompetentlik

darajasining rivojlanganligi bilan uzviy aloqador. Mazkur jihat bo'lajak boshlang'ich

890

Scientific Journal Impact Factor

sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish muammosini maxsus tadqiq etishni taqozo etadi.

Pedagogik faoliyatda kasbiy kompetentlik umumiy tuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri - bu ijtimoiy-madaniy kompetentlik hisoblanadi. Zero zamonaviy o'qituvchi nafaqat o'quvchiga bilim beradi, ma'lumot, axborot yetkazadi, balki rivojlanayotgan shaxs va jamiyat o'rtasida vositachi rolini ham bajaradi. "Bola-shaxs-jamiyat" munosabatlari o'zaro aloqasining maqsadga muvofiq bo'lishi o'qituvchining qanchalik ijtimoiy hayotda kompetentli, omilkor ekangigiga ham bog'liqdir.

Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy vazifalari sirasiga moslashish, ijtimoiy yo'nalganlik, shaxsiy va umumijtimoiy tajribalarning uyg'unlashuvi kabi jihatlarni kiritish mumkin. Shaxs ijtimoiy-madaniy kompetentligining qay darajada ekanligi o'zaro shaxslararo munosabatlarni olib borish, faoliyatni yo'lga qo'yish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, psixologlar o'tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, shaxsning yangi ijtimoiy, globallashuv shart-sharoitlariga moslashuvi jarayonida insonlardagi ijtimoiy kompetentlik darajasining shakllanganligi alohida o'rin tutadi [7, 8, 9, 10].

Ekologik, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy o'zgarishlar nafaqat ijtimoiy tafakkur rivojini belgilaydi, balki insonlarning o'zini o'zi anglashi, hayotiy qadriyatlari, shaxsiy muammolariga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu esa psixologiya fani oldiga insonning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy moslashuvi bilan bog'liq muammolarni hal qilish borasida uning kompetentlik darajasini yuksaltirishga yo'naltirilgan dasturlar yaratish vazifasini qo'yadi. Nazarimizda, mazkur vazifa nafaqat o'zaro, balki o'quvchilarning ham barkamol shaxs sifatida shakllanishiga mas'ul bo'lgan pedagoglar faoliyatiga ham alohida tegishlidir.

Shaxsning kompetentsiyaviy ijtimoiy xulq-atvori shakllanishi mexanizmlari, namoyon bo'lish tendensiyalari, motivatsiyasi, mazmuniga bo'lgan qiziqish, avvalo, "inson-jamiyat" o'zaro aloqasi xarakterining ijtimoiy ravnaqi, rivojlanishiga ko'rsatadigan ta'siri bilan tavsiflanadi.

Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning mazmunini aniqlash maqsadida o'tkazilgan ilmiy adabiyotlar tahlili uning quyidagi o'ziga xos jihatlarini ajratib ko'rsatish imkonini berdi:

birinchidan, ijtimoiy-madaniy kompetentlik o'zida jamiyat va madaniyat talablarini ifoda etishi mumkin. Bu esa, shaxsning ijtimoiy-axloqiy me'yorlar mazmuni haqidagi bilimlarga, madaniy talablar asosida faoliyat shakllarini

Scientific Journal Impact Factor

tashkillashtirish ko'nikmasiga egaligi hamda uning qadriyatli yo'nalganligi bilan izohlanadi.

ikkinchidan, ijtimoiy-madaniy kompetentlik insonning ijtimoiy o'zaro sheriklik, hamkorlik sub'yekti sifatidagi yaratuvchilik xususiyatlarini ham aks ettiradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning mavjud imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga qo'yilayotgan zamonaviy yondashuvlarni inobatga olib boshlang'ich ta'lim yo'nalishining DTS va Malaka talablari o'rganildi. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar: [2, 3 b.]

- dunyoqarash va ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liq tizimli bilimlarga ega bo'lishi; gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;

- Vatan tarixini bilishi, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o'z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo'lish;

- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lishi;

- insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma'naviy, madaniy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilish;

- axborot yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini bilishi, o'z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;

- tegishli bakalavriat yo'nalishi bo'yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo'lish;

- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o'z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;

- sog'lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to'g'risida ilmiy tassavvur hamda e'tiqodga, o'zini jismoniy chiniqtirish o'quv va ko'nikmalariga ega bo'lishi lozim.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga qo'yiladigan malaka talablari:

- pedagogik faoliyatni tashkil etish bilan bog'liq qobiliyatlar;

- ilmiy tadqiqot faoliyati bilan bog'liq qobiliyatlar;

- ma'naviy-ma'rifiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan qobiliyatlar;

- tashkiliy-boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan qobiliyatlarga ega bo'lishi talab etiladi [2, 6 b.].

Ijtimoiy-madaniy kompetentlilikni rivojlantirish jarayoni bo'lajak o'qituvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar bo'yicha tushunchalar berib borish asosida ularda kasbiy kompetentlilikni muntazam rivojlantirib borishning korporativ asoslarini inobatga olishni taqozo etadi.

"Korporativ" so'zining lug'aviy ma'nosi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da "ko'pchilikka, umumga tegishli" [11] deb ko'rsatilgan. Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni muntazam rivojlantirib borishning korporativ asoslari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin (1-rasmga qarang).

KORPORATIV ASOSLAR

Davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, zamonaviy talablar Davlat ta'lim standarti talablari Bakalavrlarning tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladigan kasbiy malaka talablari

Bakalavrlarning bilimi, ko'nikma va malakalari darajasiga qo'yilayotgan talablar Ta'lim dasturlari mazmuni va komponentlariga qo'yilayotgan talablar Fanlar bo'yicha bakalavrlarda shakllanishi zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarga belgilangan talablar

UO'TM o'qituvchi-xodimlariga qo'yiladigan talablar Pedagoglarnii vazifalari v yo'nal ng funksional /a faoliyat shlari UO'TM DTS talablari

IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIK

1-rasm. Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ asoslari

Ta'lim va tarbiya jarayonlariga tizimli yondashuv - bu o'qitish va tarbiyalash natijalariga asoslanib, mazkur jarayonlarning maqsad va vazifalarini aniqlashtirish, har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, ta'lim va tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.

Tizimli yondashuv ta'lim va tarbiya jarayonining o'zida uning ko'p omilliligi -ko'plab omillar ta'siriga uchrashi, natijalarning tezda namoyon bo'lmasligi, o'qituvchi faoliyatining (bevosita yoki bilvosita) yo'naltirilganligi, ko'p bosqic hlilik bilan bog'liq ravishda mujassamdir. Ko'p bosqichlilik bo'lajak o'qituvchilarning u yoki bu sifat haqida tasavvur darajasidan tushunchaga va keyinroq o'zlashtirilganlariga muvofiq harakat qilish ko'nikmasini shakllantirish hamda to'g'ri xulq-atvor odatlarini rivojlantirishga o'tish bilan tavsiflanadi. Talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish jarayonini pedagogik va psixologik fanlar kursi, o'quv fanlarini o'qitish metodikasi va pedagogik amaliyotni o'z ichiga olgan bir necha bosqichda amalga oshirish zarur (1-jadvalga qarang)

1-jadval

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijtimoiy-madaniy

kompetentligini rivojlantirish jarayonini tashkil etish bosqichlari

Bosqichlar MAQSAD

I. Tayyorlov bosqichi 1-2 kurs Talabalarni dastlabki psixologik-pedagogik tayyorlash. Talabalarni muayyan faoliyat turiga tayyorgarligining shakllanishiga sharoit yaratiladi. Bu bosqich pedagogika va psixologiya fanlarining integratsiyasi, shuningdek, o'quv fanlarini o'qitish metodikasi, maxsus bilimlar tizimi asosida amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichi barcha fanlar bo'yicha bo'lajak o'qituvchilar uchun tuzilish jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bir xil bo'lishi mumkin.

II. Faoliyatli-metodik bosqich 3-kurs Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni bilan bog'liq amaliy-faoliyatni tashkil etish hamda aniq metodik jihatdan ta'lim-tarbiya ishiga tayyorlash orqali tayyorgarlikning minimal reproduktivlik darajasini ta'minlash. Mazkur bosqich 3-kursda maxsus dastur bo'yicha o'quv-tarbiyaviy amaliyotni tashkil etish asosida amalga oshiriladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

III. Ijodiy-tadqiqiy bosqich 4-kurs Ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni yakunlanadi. Mazkur bosqichda bo'lajak o'qituvchilar mustaqil izlanish ko'nikmasini egallaydi, ishning samarali usullarini aniqlaydi, kelajakda o'zlarining kasbiy takomillashuvini ta'minlaydigan metodikalarni ishlab chiqadi. Uchinchi bosqichda talabalarning pedagogik faoliyatga tayyorgarligining shakllanganlik darajasi tashxis etiladi.

Scientific Journal Impact Factor

Maqolaning ilmiy mohiyati. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni o'z navbatida tizimli hamda faoliyatli yondashuvni taqozo etadi. Bunda albatta, yuqorida qayd etilgan ta'lim jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuvning asosiy maqsad va vazifalarini inobatga olgan holda mazkur jarayonning har bir bosqichini, mezonlarini, shakl, metod va vositalarini aniqlashtirish, ulardan samarali foydalanish talab etiladi. Shu sababli, tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetetntligini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi (2-rasm).

Ushbu model Oliy ta'lim tizimi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning maqsadi va undan kelib chiqib kutiladigan natijani o'zida aks ettirgan. Shuningdek, mazkur jarayon bosqichlari, asosiy pedagogik shartlar, faoliyatni tashkil etishning shakl, metod va vositalarini hamda talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar tizimini belgilab beradi. Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini ta'minlashning asosiy omillaridan biri sifatida eng avvalo professor-o'qituvchi mashg'ulot loyihasini ishlab chiqishda, asosiy maqsadni aniqlashda, pedagogik vazifalarni belgilashda mavjud shart-sharoitni, talabalarning bilim darajasini, ularning qiziqishlarini hisobga olishi, shuningdek, qo'yilgan maqsadga erishishning eng samarali yo'llari, usullarini tanlay bilishi va o'qitish jarayonida qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kelgusidagi kasbiy pedagogik faoliyati "o'qituvchi-o'quvchi" o'zaro aloqasi negizida olib boriladi, aynan shu jarayonda ta'limiy, tarbiyaviy, korreksion, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi maqsadlar amalga oshiriladi. Shuning uchun bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini o'rganishda, eng avvalo, kommunikativ (muloqot) kompetentligiga e'tibor qaratilgani maqsadga muvofiqdir.

r

Faoliyat sub'yekti: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi

MAZMUN: bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish mazmuni va mezonlari - sliakllantii iladigan bilim, ko'nikma va malaka

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"Kompetentsiya", "kompetentlik" va uning turlari to'g'risida ma'lumotlarni o'zlashtirishi, ularning mohiyatini tushunishi va o g'zaki bayon eta olishi, kasbiy

kompetentsiyalarni o'zlashtirishga nisbatan shaxsiy ehtiyojni hosil qilish.

Kompetentsiyaviy va aksiologik yondashuv, kasbiy kompetentsiya turlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish va o'z-o'zini tarbiyalash va rivojlantirish-ko'nikmalarining shakllanishi

Talabalarda o'z-o'zini boshqarish, tarbiyalash, o'z-o'zini tahlil qilish va rivojlantirishga nisbatan ehtiyojning qaror topishi.

Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish shartlari

H

1. DTS v amalaka talablari bilan tanishtirish; 2) Maxsus o'quv moduli dasturi asosida faoliyatni tashkillashtirish; 3. Hamkorlikdagi faoliyat orqali mustaqillikni ta'minlash; 4) faoliyatni tashkil etish loyihasi, uning shakl, metod va vositalarini aniqlash; 5) jarayon mohiyatini, asosiy tushunchalarni bilish, fikriy yo'nalganlik; 6) amaliy ko'nikma va tajribalarni hosil qilish; 7) talabalarning individual-psixologik

xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olish.

-CL

Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish bosqichlari

TT

-CL

Amaliy faoliyat bosqichi

if

Refleksiv-baholash

Shakllari

Metodlar

Vositalar

Kutiladigan natija:

Individual, kichik va guruhli mashg'ulotlar, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar, to'garaklar, mustaqil ish topshiriqlari, turli tadbirlar

Suhbat, kuzatish, tushuntirish, o'z-o'zini tahlil qilish, ishontirish, o'z-o'zini boshqarish, maslahat, jonli muloqot, pedagogik talab

O'quv materiallari, darsliklar, kasbiy kompetentsiyalar bo'yicha kitob va qo'llanmalar, o'qituvchi nutqi, texnik vositalar, muhit va sharoit, hamkorlikdagi

faoliyat

Hamkorlikda faoliyat yuritishga tayyor, ijtimoiy-madaniy kompetentlik borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni o'zlashtirgan hamda uni o'z faoliyatida aks ettiradigan aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlangan bo'lajak o'qituvchi SHAXSI.

2-rasm. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli

XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR

Xullas, kompetentlikga asoslangan yondashuvning maqsadi zamonaviy ta'lim nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, mutaxassisning nazariy bilimlari va uni amaliy

qo'llash o'rtasidagi uzilishni yengishga intilishdir. Shuning uchun zamonaviy o'quv

896

jarayoni amaliyotda qo'llanilishi qiyin bo'lgan bilimlarni talabalarga berishdan iborat emas, aksincha shu bilimlarni dolzarb kasbiy muammolarni hal qilish uchun safarbar etish, shuningdek o'quv jarayonida bu kabi muammolarni talabalarning o'zlari mustaqil ravishda hal qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo'lishi kerak.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning barcha xususiyatlarini to'liq o'rganish uchun quyidagi qator jihatlarga e'tibor qaratish lozim:

- ta'lim-tarbiya jarayonida milliy, ma'naviy va tarbiyaviy qadriyatlarga talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning muhim omili sifatida qarash;

- bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun ularda yuqori darajadagi kommunikativ va psixologik to'siqlarni kamaytirishga doir maxsus bilimlar tizimini shakllantirish;

- bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash masalasini hal qilish;

- ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbiy pedagogik ta'lim sharoitida ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 5111700 -Boshlang'ich ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishining malaka talablari. Toshkent. 2018.08.25. 40 b. (3 b.)

3. Richard E. Boyatzis. David C. McClelland: For The Wiley Encyclopedia of Personality and Individual Differences Volume IV: Clinical, Applied and Cross -Cultural Research. December 5, 2016

4. J.Raven (1984). Competence in modern society: Its Identification, Development and Release. - UK. P.220

5. Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: Знание, 1996. - 340 c.

6. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar - ta'lim samaradorligi omili. Monografiya. - T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 184 b.

7. Колова С.М. Формирование социокултурной компетентности будуших

специалистов. дис. ...канд. пед. наук. С. М. Колова. - Челябинск, 2002. - 190 с.

897

Scientific Journal Impact Factor

8. Елизарова, Г. В. О природе социокультурной компетенции [Текст] // Слово, предложение и текст как интерпретирующие системы. Studia Linguitica 8. СПб.: Тригон. 1998. С. 25-31.

9. Бердиева Х. Б. Развитие социокультурной компетентности у будущих учителей начальных классов //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 128-131.

10. Бердиева Х. Б., Бердиева Н. У. Проблемы развития социокультурной компетентности у школьников начальных классов //Евразийское Научное Объединение. - 2019. - №. 12-5. - С. 408-410.

11. О^Ьек Штт§ 17оЫ1 1и§'аИ / Ве§та1:оу Е., МаёуаНуеу А. уа ЬоБИдакг.; А.МаёуаНуеу 1аЪгт оБЙёа, 2-]М. - ТоБИкеП:: О'7Ьек1в1:оп тИНу епв1к1ореё1уав1, 2006. - 408 Ь.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.