Научная статья на тему 'FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGI'

FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2639
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetensiya / kompetentlik / funksional savodxonlik / ta’lim sifati / o‘qituvchi kasbiy kompetenligi. / Competence / competence / functional literacy / quality of education / professional competence of a teacher.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kudratova, Aziza Ismatillayevna

Maqolada “kompetensiya”, “kompetentlik” tushunchalarining metodologik tahlili keltirilgan. O‘quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchining kabiy kompetentligi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHERS IN THE FORMATION OF FUNCTIONAL LITERACY

The article provides a methodological analysis of the concepts of "competence", "competence". The competence of the teacher in the formation of functional literacy of students is analyzed.

Текст научной работы на тему «FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA O'QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGI

Aziza Ismatillayevna Kudratova

Samarqand VXTXQTMOHM azizaqudratova81 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada "kompetensiya", "kompetentlik" tushunchalarining metodologik tahlili keltirilgan. O'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o 'qituvchining kabiy kompetentligi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Kompetensiya, kompetentlik, funksional savodxonlik, ta'lim sifati, o 'qituvchi kasbiy kompetenligi.

В статье дан методологический анализ понятий «компетентность», «компетенция». Проанализирована компетентность учителя в формировании функциональной грамотности учеников.

Ключевые слова. Компетентность, компетенция, функциональная грамотность, качество образования, профессиональная компетентность учителя.

The article provides a methodological analysis of the concepts of "competence ", "competence". The competence of the teacher in the formation offunctional literacy of students is analyzed.

Keywords. Competence, competence, functional literacy, quality of education, professional competence of a teacher.

Mamlakatimizda umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovasion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5712 sonli prezident farmoni tasdiqlandi. Konsepsiyada ta'lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab berildi:

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovasion loyihalarni joriy etish;

xalq ta'limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag' bilan ta'minlashning samaradorligini oshirish;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta'minlashda maktabdan tashqari ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta'lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o'rta ta'lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to'lash, moddiy rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Professional kadrlarga bo'lgan ehtiyoj monitiring natijalariga ko'ra Respublikada 59% ni tashkil etadi.

1 jadval

Respublikada o 'qituvchilarning umumiy soni Oli y toifa 1 toifa 2 toifa Mutax assis

497523 4% 10 % 27 % 59%

Bir jihatni inobatga olishimiz kerakki oliy va birinchi toifali o'qituvchilarning asosiy faoliyati o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni emas, fundamental bilimlar bazasini shakllantirishga yo'naltirilgan. Chunki amaldagi davlat ta'lim standarti

Scientific Journal Impact Factor

"Kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan" bo'lsada, dasturida nazariy ma'lumotlarga urg'u berilgan. Darsliklarda "funksional savodxonlik"ni shakllantirishga doir mavzular va topshiriqlar kiritilmagan. O'quv rejada amaliy-tadbiqiy masalalarga soatlar ajratilmagan.

Darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo'qligi ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo'lib qolmoqda hamda ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta'sir etmoqda;

davlat ta'lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligiga qaramasdan, o'qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o'quv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo'lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko'nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga to'sqinlik qilmoqda;

foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy o'quv qo'llanmalarini qo'shimcha yoki muqobil o'quv materiallari sifatida qo'llash amaliyotini yo'lga qo'yish talab etilmoqda [1].

O'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchining kacbiy kompetentligi shakllanishi "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarini anglash darajasi bilan bog'liq.

"O'zbek tilining izohli lug'ati"da kompetensiyaga - muayyan organ yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlar doirasi, vakolat; shaxsning biror bir sohadan xabardorligi, shu sohani bilish darajasi, deb ta'rif berilgan [2].

Kompetensiya (lot. competo — erishyapman, munosibman, loyiqman) — 1) muayyan davlat organi (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba [3].

Vazirlar Maqkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187 son harori bilan tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'limning Davlat Ta'lim Standartida kompetensiya tushunchasi mavjud bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo'llay olish qobiliyati sifatida ta'riflangan [4]

Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartida kompetensiya va kompetentlik tushunchalariga quyidagicha ta'riflar berilgan: kompetensiya - bilim, malaka va shaxsiy sifatlarni ma'lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo'llay olish;

Kompetentlik - shaxsning muayyan ta'lim yo'nalishi yoki mutaxassisligi bo'yicha olgan bilim, malaka va ko'nikmalari hamda shakllangan shaxsiy hislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo'llay olish qobiliyatidir [5].

Scientific Journal Impact Factor

O'zbek tilidagi «-lik» qo'shimchasi ma'lum sifatga egalik darajasini bildiradi. Shuning uchun «kompetentlik» atamasi ma'lum sifatlar va ularga egalik darajasini belgilash uchun qo'llaniladi. Kompetentlik - deganda ko'pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo'luvchi ta'lim jarayonida o'zlashtirilgan bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlari tushuniladi [6].

A.V. Xutorskiy o'z ishlarida "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarini aloxida ta'riflaydi [7].

Kompetensiya - shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko'nikma, malaka, idrok, faoliyat) ning o'zaro yig'indisi bo'lib, samarali faoliya sifatini belgilaydigan zaruriyatdir. Kompetenlik - kompetensiyaga ega insonni boqarish tushuniladi, professionallik faoliyati predmetiga tegishli xususiyatlarini o'z ichiga oladi.

Kompetentli yondashuv ilk bor Angliyada, kasbiy sohaning maqsadli buyurtmasi sifatida vujudga kelgan.

O'tgan asrning 70-yillarida AQShda biznes sohasida "kompetensiya" va "tayanch kompetensiyalar" tushunchalari muvaffaqiyatli kasb egasi sifatlarini aniqlash muammolari bilan bog'liq holda qo'llanilgan. Yevropa ta'lim fondi 1997 yilda kompetensiyani "nimanidir yaxshi yoki samarali bajara olish", "ishga qabul qilinayotganda talab qilinadigan talablarga muvofiq", "o'ziga xos mehnat vazifalarini bajara olish qobiliyati" deb izohlagan [8].

Professionallik va kompetentlik bir-biriga o'hshash bo'lsada, har xil ma'noga ega bo'lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma'lum bilimlar, balki mehnatga bo'lgan munosabat, ishning o'ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o'z ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiqaradi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo'llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. O'qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta'limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko'nikmalar boshlang'ich kompetensiya darajasini to'ldiradi. Bularning barchasi formula shaklida taqdim etilishi mumkin: Kompetentlik = Bilaman + Qila olaman + Istayman + Men qilaman. Kasbiy kompetensiya shakllanishi bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan jarayondir [9].

Scientific Journal Impact Factor

N.A. Muslimov kompetentlikni quyidagicha ta'riflagan: «kompetentlik bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga yega kasbiy faoliyatining amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning yegallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo'llay olishi bilan ifodalanadi» [10]. A.X. Mahmudov esa, kompetentlikka quyidagicha ta'rif bergan: «kompetentlik bu doimo o'zgarib borayotgan sharoitlarda yoki mutaxasisning kasbiy faoliyatini samarali olib borishga imkon beruvchi shaxsga xos integrallashgan sifatlardir» [11].

Kompetensiya - u yoki bu kasb egasiga zarur bo'lgan sotsiolingvistik qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek shaxsiy deontologik me'yorlar yig'indisini anglatadi, kompetentlik esa shaxs amaliy faoliyati bilan bog'liq bo'lib, kompetensiya meyorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir [12].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqot tahlillari asosida shuni ta'kidlashimiz mumkinki, o'qituvchining professional kompetentligi uning kasbiy (ta'limiy, texnologik, metodologik) tayyorgarlik darajasi hamda o'quvchilarning bilim olishga motivatsiyaning kuchliligi bilan baholanadi.

O'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchining kabiy kompetentligini o'rganishni quyidagi uch yo'nalishda amalga oshirishni talab etadi:

- tarkibiy tuzilishiga ko'ra (funksional savodxonlik, o'qituvchi, kasbiy kompetentlik tushunchalarining o'zaro bog'liqligi);

- funksionalligiga ko'ra (amaldagi tadbiqi);

- genetik (faoliyatni o'tmish, bugun va kelajakda o'rganish asosida o'qituvchining kabiy kompetentligini rivojlantirish ) [13].

O'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchining kasbiy kometentligini o'rganishda asosan Ye.V. Baxareva "Umumta'lim maktab o'quvchilarida funksional savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchining kasbiy kompetenligini rivojlantirish" mavzusidagi dissertatsiya ishidan foydalanildi [14].

Ye.V. Baxareva o'z tadqiqotlarida o'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchining kasbiy kompetentligini quyidagi mezon va ko'rsatkichlar asosida baholagan:

1. O'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchining kasbiy kometentligi rivojlanish darajasi. Ko'rsatkichlar: o'qituvchining fan metadologiyasi, psixologik-pedagogik kompetensiyasi, ta'lim jarayoni valeologiyasi

Scientific Journal Impact Factor

sohasidagi kompetensiyasi, kommunikativlik, tadqiqotchilik, o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyalari.

2. O'z kasbiy kompetensiyasini oshirishga bo'lgan motivatsiya darajasi. Ko'rsatkichlar: maqsadga yo'nalganlik, qatiyyatlilik, innovatsiyalarga ochiqliligi, vijdonan yondashuv kompetensiyalari.

3. O'quvchilarning funksional savodxonlik darajasi. Ko'rsatkichlar: tayanch kompetensiyalarining shakllanganligi, tanlov erkinligiga asoslangan harakatlar mustaqilligining shakllanish darajasi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Umumiy tahlil natijalaridan shuni takidlash mumkinki, o'qituvchining yuqorida ko'rsatilgan ko'rsatkich va mezonlarga egalik darajasi uning o'quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirishda kasbiy kompetentlik darajasini baholash imkonini beradi.

Mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar natijadorligi, avvalam bor o'qituvchining jamiyatda dahldorlik hisi shakllanganligi hamda komunikativlik, axborot bilan ishlash, o'zini doimiy ravishda rivojlantirish kompetensiyalariga egaligi bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. Davlat ilmiy nashriyoti, -.: 2006. -jild.557 b.).

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent. 2000.

4. Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-qunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'qrisida O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 2017 yil 6 aprel, 187-son.

5. Oliy ta'lim Davlat ta'lim strandarti. 5110100-Matematika o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo'yiladigan talablar. Rasmiy nashr. - Toshkent. - 2013.

6. Temurov S.Y. Bo'lajak matematika o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari. Monografiya. -T.: «Fan va texnologiya», 2014. 9

b.

Scientific Journal Impact Factor

7. Хуторский А.В. Инновации в общеобразовательной школе. Методы обучения. Сборник научных трудов/ под ред. А.В. Хуторского. - М.: ГНУ ИСМО РАО, 2006, С. 290.

8. Совет Европы. Ключевые компетенции для Европы: симпозиум док. DECS. Берн, 1996.С. (96) 43.

9. Тожибоева Г.Р., Пулатова Д.Т. Педагогик компетентлик: назария ва амалиёт. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020. ISSN: 2181-1385. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804

10. Муслимов Н.А. Касб таълими укитувчиларини касбий шакллантириш. Монография. - Т.: Фан. - 2004. - 127 б., Муслимов Н.А. Касб таълими укитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари. //Пед. фан. докт. дисс. - Тошкент. - 2007. - 349 б

11. Махмудов А.Х. Узлуксиз таълим жараёнига компетентлик ёндошувини жорий килишнинг дидактик асослари // Узлуксиз таълим. - 2012. - № 4. 8-12 бетлар., Махмудов А.Х. Таълим тизимида компетентлик асосида ёндашувнинг дидактик жихатлари //«Укитувчиларнинг касбий махоратини оширишда инновация технологияларининг ахамияти» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент. - 2012. 44-47 бетлар

12. Ризкулова К.Д. Булажак инглиз тили укитувчилари социолингвистик компетентлигини шакллантириш тизими. //Педагогика фанлари буйича фан доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. Т.: 2017. - 365 б.

13. Лебедев О.Е. Управление образовательными системами. Учебно -методическое пособие для вузов. - М.: Литературное агентство «Университетская книга», 2004. - 136 с.

14. Бахарева Е.В. Развитие профессиональной компетентности учителя по формированию функциональной грамотности учащихся основной школы. //Диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. М.

2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.