Научная статья на тему 'BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‟QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI'

BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‟QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1438
252
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetensiya / kasbiy kompetentlik / zamonaviy mutaxassis / Insert metodi / an‟anaviy dars / professional tayyorgarlik / professional faoliyat / Competence / professional competence / modern specialist / Insert method / traditional lesson / professional training / professional activity

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baxtiyor Baxriddinovich Ergashev, Jasur Doniyor Ogli Saidov, Sait Xalilovich Islikov

Ushbu maqolada kasbiy kompetentlik, zamonaviy mutaxassislarga qo‟yiladigan malaka talablari, informatika va axborot texnologiyalari o‟qituvchilari tayyorlash jarayonida ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodlar va vositalardan samarali foydalanish jarayoni tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOOLS AND METHODS OF FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHERS OF FUTURE INFORMATICS AND INFORMATION TECHNOLOGIES

This article analyzes the process of effective use of methods and tools aimed at the formation of professional competence in the training of teachers of computer science and information technology, professional competence, qualification requirements for modern professionals

Текст научной работы на тему «BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‟QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI»

BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O'QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH

VOSITALARI VA METODLARI

Baxtiyor Baxriddinovich Ergashev

Guliston davlat universiteti katta o' qituvchisi

Jasur Doniyor o'g'li Saidov

Guliston davlat universiteti o' qituvchisi

Sait Xalilovich Islikov

Guliston davlat universiteti katta o' qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kasbiy kompetentlik, zamonaviy mutaxassislarga qo'yiladigan malaka talablari, informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilari tayyorlash jarayonida ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodlar va vositalardan samarali foydalanish jarayoni tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Kompetensiya, kasbiy kompetentlik, zamonaviy mutaxassis, Insert metodi, an'anaviy dars, professional tayyorgarlik, professional faoliyat.

TOOLS AND METHODS OF FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHERS OF FUTURE INFORMATICS AND INFORMATION TECHNOLOGIES

Bakhtiyor Bakhriddinovich Ergashev

Senior Teacher, Gulistan State University

Jasur Daniyor ogli Saidov

Teacher, Gulistan State University

Sait Khalilovich Islikov

Senior Teacher, Gulistan State University

ABSTRACT

This article analyzes the process of effective use of methods and tools aimed at the formation of professional competence in the training of teachers of computer science

and information technology, professional competence, qualification requirements for modern professionals.

Keywords: Competence, professional competence, modern specialist, Insert method, traditional lesson, professional training, professional activity.

KIRISH

Bugun ta'lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo'ymoqda. Ta'limning sifati va samarasi faqatgina tayyorlangan kadrlarga ko'ra belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir. Kompetentli yondashuv tushunchasi, o'rganilishi, o'rni va ahamiyati. Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng qo'llaniladigan termin bo'lib, ta'lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta'limning muvaffaqiyatligi, professional yo'naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ma'no nuqtai nazaridan oxirgacha aniqlashtirilmagan deb hisoblanadi. 1970-yillarda ko'pgina G'arb Yevropa davlatlarida paydo bo'lib, bunda kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo'nalishini ko'rsatadigan bo'ldi. «Kompetentlik» termini ta'lim faqatgina individual, texnik yoki tajribaviy bilim va qobiliyatni egallash masalalari bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik rivojlantirishga baza bo'lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko'nikmalari majmuasini ifoda qiladi. Ammo bu g'oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o'z ifodasini topdi. Masalan, Germaniyada 1980-yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlangich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bo'lgan maqsadni ifodalagan. Bu o'qitish kursi o'zaro bog'liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig'indisidan iborat bo'lib, bu bitiruvchiga turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka o'zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda mehnat dunyosining talablari va shartlari ham o'zgarib turadi.[1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchi va mutaxassislarni tayyorlash muammolari respublikamiz va chet ellik mutaxassislar tomonidan bir qator adabiyotlarda yoritilgan. Oliy ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchi va mutaxassis shaxsini shakllantirish masalalari M.A.Abdullajonova, O.A.Abdulina, A.A.Akbarov, X.A.Abduraxmanova, S.V.Safonova, N.A.Muslimovlarning tadqiqotlarida o'rganilgan. O'qituvchining kasbiy mahoratini tadqiq qilgan pedagog olimlar

H.Abdukarimov, N.Azizxo'jaeva, A.Aliev, Yu.A.Axrorov, A.A.Verbitskiy, R.H.Jo'raev, B.R.Jo'raeva, J.G'.Yo'ldoshev, S.M.Markova, G.M.Maxmutova, A.A.Hamidov, F.R.Yuzlikaevlarning ishlarida tadqiq etilgan.

Kompetentlik-biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ma'lum bir kasbda qo'llaniladigan standartlar bo'yicha bajara olish qobiliyati.

Quyidagi kompetentlik turlari mavjud:

- Ozini tutish(individual)

- Texnik (pofessional)

- Umumiy

- Maxsus

- Boshlang'ich (porogovaya)

- Ijrochi

- Differensial

1. Ozini tutish (povedencheskaya) kompetentligi- o'zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi. 2. Texnik (professional) kompetentlik- bu mexnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog'liq bulgan kompetentlik tushuniladi.

3. Umumiy kompetentlik-ma'lum bir kasb bilan shug'ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik xisoblanadi.

4. Maxsus kompetentlik- aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo'lgan kompetentlik tushuniladi.

5. Boshlang'ich kompetentlik-topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo'lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi.

6. Ijrochilik kompetentligi- erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir.

7. Differensial kompetentlik - u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o'qitish jarayonida kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan ta'lim metodlari va vositalaridan foydalanish.

Pedagog shaxsiga qo'yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi[10]:

- pedagogning faoliyat sohalari: ta'lim; boshqaruv.

- pedagogning faoliyat turlari: o'quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.

- pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; maktabdan tashqari ta'lim; ta'limni boshqarish organlari. Pedagog shaxsiga qo'yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi.

NATIJALAR

Berilayotgan axborotlar mashg'ulot mavzusining mazmuniga mos bo'lishi bilan birga talabalarda zarur ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o'zlashtirishi lozim bo'lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma'lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar tayyorgarlik darajasiga mos bo'lishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun'iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.

O'qitish metodlari ko'p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko'plab tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo'yicha jamlanadi.

1. An'anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.

-Amaliy : Tajriba, Mashqlar qilish , Mustaqil ish , Laboratoriya ishi.

-Ko'rgazmali : Illyustratsiya , Kuzatish.

-Og'zaki : Tushuntirish, Hikoya qilish, Suhbat, Ma'ruza.

- Kitob bilan ishlash: O'qish, Tez ko'rib chiqish, Sitata olish, Bayon etish, qayta so'zlab berish, Konspekt.

-Video metod : Ko'rib chiqish, Mashq ishlash.

2. Hozirgi kunda o'qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida ajratilgandir:

- o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;

- o'quv-bilish faoliyatini nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari;

- o'quv-bilish faoliyatini rag'batlantirish va motivatsiya metodlari;

Ma'lumki, "Informatika va axborot texnologiyalari" o'quv predmetining asosiy

vazifasi o'quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba'zi bir umumiy

g'oyalari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ro'lini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o'quvchilarga nafaqat faktlarning qat'iy ilmiy bayonini berish, balki o'qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo'llashi lozim.

Bugungi kunda talabalarni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi asosiy maqsadlardan biri qilib qo'yilgan. Ushbu masalani hal etilishi ko'p jihatdan o'qitishning interfaol metodlarini qo'llashga ham bog'liq. Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan so'z inglizcha "interact" so'zidan kelib chiqqan. "Inter" - o'zaro, "act" - ish ko'rmoq, ishlamoq degan ma'nolarni anglatadi. Bunday metodlar hamkorlikda ishlashni talab etib auditoriyadagi barchani qamrab olishga qaratilagn. Interfaol o'qitishning mohiyati o'quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o'quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.

Interfaol metoddan foydalanib o'qitishni tashkilotchilari uchun, sof o'quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

- guruhdagi o'quvchilarning o'zaro muloqotlari jarayonida, boshqalarning qobilyatlarini tushunib yetish; - boshqalar bilan o'zaro muloqotda bo'lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;

- o'quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

Shuning uchun interfaol usullardan foydalanib o'qitish guruhlarida

muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:

- o'qitishning pragmatik jihati qo'yilgan o'quv masalasini yechishlikning shartligi;

- tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a'zolariga yordam ko'rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).

Interfaol metodlarga misol tariqasida "Insert metodini" keltirish mumkin. Ushbu metod yangi matn bilan ishlashga mo'ljallangan bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. Matnni qo'lda qalam bilan o'qib chiqish.

2. O'qish davomida matnda maxsus belgilar qo'yib borish:

+ buni bilaman;

- buni bilmas edim;

? buni mukammal bilmoqchi edim;

3. Matn bilan to'la tanishib chiqilgandan so'ng quyidagi jadval to'ldiriladi: Insert tenologiyasining jadvali

Buni bilar edim Buni bilmas edim Mukammal bilishni xohlayman

+ — ?

Ma'lumotlar bazasi fanidan ishchi o'quv dasturi asosida dars ishlanma.

Mavzu: Microsoft Access dasturida so'rovlar yaratish.

Mashg'ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 15

Mashg 'ulot shakli Axborotli ma'ruza

Ma 'ruza rejasi l.So'rovlar yaratish va uning ahamiyati. 2.Oddiy so'rovlar yaratish. 3 .So'rovlar konstruktori.

O'quv mashg'ulotining maqsadi: talabalarga Microsoft Access dasturida so'rovlar yaratish, uning ahamiyati, So'rovlar konstruktoridan foydalanish, so'rovlar yordamida ma'lumotlarni boshqarish haqida tushuncha berish,

Pedagogik vazifalar: -So'rovlar haqida tushuncha berish; -So'rovlarni yaratish bosqichlari va uning imkoniyatlarini ko'rsatib berish; - Microsoft Access dasturining so'rovlar bilan ishlash imkoniyati haqida talabalar bilimini shakllantirish. O 'quv faoliyati natijalari: -So'rovlar haqida aytib bera oladi; - So'rovlarni yaratish bosqichlari va uning imkoniyatlarini ochib bera oladi; - Microsoft Access dasturi yordamida so'rovlar yaratish jarayonini yoritib bera oladi.

Guruh o'quvchilari 2 guruhga bo'linadi va bir a'lochi talaba eksport etib saylanadi. Quyidagicha joylashadi

O'QUV MASHG'ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI

Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni

ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilar

1. Mavzug a kirish bosqichi (20 daqiqa) 1.1. Mavzu nomini, mavzu rejasini, maqsadini aytadi va slayd orqali namoyish etadi. 1.2. Mavzuga doir tayanch so'z va iboralarni tanishtiradi; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxatini aytadi. 1.3. Dars mobaynida foydalanilayotgan usul va vositalar, baholash mezonlari bilan tanishtiradilar Tinglaydilar, yozib oladilar. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar

2. Asosiy bosqich (50 daqiqa) 2.1. Power Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash bilan mavzu bo'yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi 2.2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun guruhlar "Ikki qismli kundalik" jadvalini to'ldiradi 2.3 Ma'ruza rejasi va tuzilishiga muvofiq ta'lim jarayonini tashkil etish bo'yicha harakatlar tartibini bayon etadilar. 2.4 O'qituvchi talabalar bilan birgalikda mavzuni "Nima uchun" sxemasidan foydalanib mustahkamlaydi. to'ldiriladi. 2.5 "Aqliy hujum" usulidan Tinglaydilar, yozadilar. Berilgan savollarga javob beradi. Guruhlarda ishlaydilar. Ilovadagi jadval-larni to'ldiradilar

foydalanib, yangi mavzu mustahkamlanadi

3. Yakuniy bosqich (10 daqiqa) 3.1. Mavzu bo'yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi. 3.2. Baholash mezoni bo'yicha talabar bahosini e'lon qiladilar. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: "Rezyume" jadvali Savollar beradi. Vazifani yozib oladi.

MUHOKAMALAR

Ta'lim jarayonining mohiyatini o'zaro bog'langan uchta-o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi omillar tashkil etadi. Mavzu bo'yicha ko'plab adabiyotlar tahlil qilindi. Olimlarning qarashlari va tadqiqotlari o'rganildi. Ular tavsiya qilgan metod va vositalar tahlil qilindi. Shu asosida mashg'ulot mavzusi va maqsadidan kelib chiqqan holda mashg'ulotni tashkil qilgan samarali va tinglovchi o'zlashtirishi uchun maqbul boTishi asoslandi.

XULOSA

Xulosa o'rnida har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo talaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompitentligini shakillantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo'lib yetishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash avvalo kelgusida ham ta'lim va tarbiya beradigan dargohidan salohiyatli yoshlar yetishib chiqishini ta'minlaydi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. A.A. Shayusupova S.R.Kamalova "Malaka va kompetensiyalarni baholash" O'quv qo'llanma TOSHKENT-2012.

2. Abduqodirov A. A. va boshq. Axborot texnologiyasi fani bo'yicha kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi. - Toshkent: 2000.- 8 bet.

3. Abduqodirov A. A.. va boshq. Axborot texnologiyalari.: Akademik litsey va kasb -hunar kollejlari uchun darslik. / Abdukodirov A.,

4. A.A.Abduqodirov, A.G'.Hayitov, R.R.Shodiev «Axborot texnologiyalari» T. -"O'qituvchi" - 2002 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.