Научная статья на тему 'Междисциплинарная связь в повышении эффективности практической компетентности студентов'

Междисциплинарная связь в повышении эффективности практической компетентности студентов Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
63
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
компетентность / грамотное обучение / личностноориентированное образование / технологии. / competence / competent teaching / person-centered education / technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Отабек Рузимуродов, Гулобод Бердиева

В статье рассматриваются структура формирования общих компетенций у студентов, мотивационная, познавательная (потребность, постановка целей, интерес, мотивация, прогнозирование, аналитические навыки и интерпретация), деятельностная, содержание характеристик (формирование компетенций, самостоятельное применение компетенций, компетенция, самооценка) и показателей компетенции при оценке результатов. Полученные результаты могут быть использованы для повышения эффективности обучения в общеобразовательных школах, педагогического мониторинга и преподавания общеобразовательных предметов при создании учебных материалов по учебным модулям, разработке задач международных систем оценивания, а также отдельных компетенций.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Interdisciplinary connection in increasing the efficiency of students’ practical competence

The article discusses the structure of the formation of general competencies in students, motivational, cognitive (need, goal setting, interest, motivation, forecasting, analytical skills and interpretation), activity, content of characteristics (formation of competencies, independent use of competencies, competence, self-esteem) and indicators of competence when evaluating the results. The results obtained can be used to increase the effectiveness of teaching in general education schools, pedagogical monitoring and teaching of general education subjects when creating educational materials for educational modules, developing tasks for international assessment systems, as well as individual competencies.

Текст научной работы на тему «Междисциплинарная связь в повышении эффективности практической компетентности студентов»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Interdisciplinary connection in increasing the efficiency of students' practical competence

Otabek RUZIMURADOV1, Gulobod BERDIYEVA2

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

competence, competent teaching, person-centered education, technology.

The article discusses the structure of the formation of general competencies in students, motivational, cognitive (need, goal setting, interest, motivation, forecasting, analytical skills and interpretation), activity, content of characteristics (formation of competencies, independent use of competencies, competence, self-esteem) and indicators of competence when evaluating the results.

The results obtained can be used to increase the effectiveness of teaching in general education schools, pedagogical monitoring and teaching of general education subjects when creating educational materials for educational modules, developing tasks for international assessment systems, as well as individual competencies.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

O'quvchilarning amaliy kompetentligi samaradorligini oshirishda fanlararo bog'liqlik

ANNATATSIYA

Kalit so'zlar:

kompetensiya, kompetentli o'qitish, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, texnologiya.

Ushbu maqolada o'quvchilarda umumiy kompetensiyalarni shakllantirish tuzilmasi motivatsiya, kognitiv, faoliyatli va natijalarni baholash bosqichlarida kompetensiyalar xususiyatlari (ehtiyoj, maqsadni to'g'ri qo'yish, qiziqish, motivatsiya, prognoz qilish, analitik ko'nikma va interpretatsiya qilish) va ko'rsatkichlari (kompetensiyalarni shakllantirish, kompetensiyalarni mustaqil qo'llay olish, kompetentlik,

1 Lecturer, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan. E-mail: ruzimuradovotabek2021@mail.ru.

2 Lecturer, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan. E-mail: gberdiyeva2021@mail.ru.

o'z-o'zini baholay olish) mazmunini ochib berish masalalari yoritilgan.

Olingan natijalardan umumta'lim maktablarida ta'lim samaradorligini oshirishda, pedagogik monitoring va umumta'lim fanlarini o'qitishda o'quv modullari bo'yicha o'quv-uslubiy majmualarni yaratishda, xalqaro baholash tizimlari topshiriqlarini ishlab chiqishda qo'llanilishi mumkinligi hamda tanlangan kompetensiyalarning davlat ta'lim standartlariga kiritilgani bilan belgilanadi.

Междисциплинарная связь в повышении эффективности практической компетентности студентов

АННОТАЦИЯ_

В статье рассматриваются структура формирования общих компетенций у студентов, мотивационная, познавательная (потребность, постановка целей, интерес, мотивация, прогнозирование, аналитические навыки и интерпретация), деятельностная, содержание характеристик (формирование компетенций, самостоятельное применение компетенций, компетенция, самооценка) и показателей компетенции при оценке результатов.

Полученные результаты могут быть использованы для повышения эффективности обучения в общеобразовательных школах, педагогического мониторинга и преподавания общеобразовательных предметов при создании учебных материалов по учебным модулям, разработке задач международных систем оценивания, а также отдельных компетенций.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarini qo'llash. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv predmetining o'zlashtirishlariga qaratilgan ta'lim paradigmasidan kompetensiyali ta'lim tizimiga o'tish harakati kuchaydi. Shuning uchun ham jahon pedagogikasida kompetentli shaxs tarbiyasi, kompetentli o'qitish muammolari ko'tarilmoqda.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning asosiy prinsiplaridan biri o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish, ya'ni ularni egallagan bilimlaridan kundalik hayotda duch kelinadigan amaliy hamda nazariy masalalarni yechishda shuningdek, tanish yoki notanish vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashdir.

Kompetentli shaxs deganda, ma'lum sohada kelib chiqqan muammolarni hal qilishni o'z zimmasiga olish qobiliyatiga ega bo'lgan, ma'lum vazifa qo'yish va uni hal qilishda mustaqillik ko'rsata oladigan shaxs tushuniladi [1,4].

Nima uchun texnologiya ta'limi jarayoniga kompetentlilik tushunchasi kiritildi? Ta'lim jarayoniga kompetentlilik tushunchasining kiritilishi shu kunga qadar o'qitish

Ключевые слова:

компетентность,

грамотное обучение,

личностно-

ориентированное

образование,

технологии.

KIRISH

amaliyotida uchraydigan nazariy bilim bilan undan amaliyotda foydalanish o'rtasidagi o'zilish, ya'ni o'quvchi nazariy bilimga ega bo'lgan holda, undan muammoli vaziyatlarda foydalanishga qiynalish holatlarini bartaraf qiladi. Demak, ana'anaviy ta'limda ustuvor bo'lgan bilish paradigmasi o'rniga bilimlardan muammoli vaziyatlarda o'rinli foydalanish paradigmasi ustuvor paradigmaga aylanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

"Kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalari dastlab turli millat vakillarining o'zaro muloqot zaruratini ifodalagan bo'lsa, bugungi kunda ta'lim tizimi, uning mazmuni va amaliy mohiyatini ham bevosita qamrab oldi. Mazkur tushunchalarning belgilangan talablari, ta'lim tizimidagi tayanch, fanga oid va fanlararo kompetensiyalarni shakllantirish masalalariga yondashuv Yevropada birmuncha ilgari boshlangan.

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) davlatlari olimlari. P. Simonov, A.I. Subetto, A.V. Xutorskiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida shaxs kompetentligini shakllantirish va takomillashtirish tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Mehnat bozoridagi talabning tez o'zgarishi, ish beruvchilarning faqatgina uning bilimi, ko'nikmasi va malakasigagina emas, balki ularning shaxsiy sifatlariga ham e'tibor qarata boshlanganligi bilan belgilanadi. Bu borada Rossiyada pedagogika-psixologiya yo'nalishida I.Y. Lerner, V.V. Krayevskiy, V.V. Davidova va ularning izdoshlari olib borgan tadqiqotlarni misol tariqasida keltirish mumkin[5-7].

Xorijiy davlatlarda tayanch kompetensiyalar tarkibini ifodalash va uni shakllantirish jarayoni muammosi xorijiy nazariya va amaliyotida S. Sho, B. Oskarsson, A. Shelton, V.I. Baydenko, A.M. Novikov va boshqalar tomonidan, asosan, kasbiy ta'limda ko'rilgan. Ular tomonidan tayanch kompetensiya, birinchidan, shaxs faoliyatining keng qamrovdagi mutaxassislik sifatlari, ikkinchi tomondan, har qanday kasbiy hamda ish faoliyatidagi bilim va ko'nikmalarning "tunelli" bog'lanishi sifatida qaralgan, ya'ni, birinchi fikrda, shaxsning sifatlariga urg'u berilsa, ikkinchisida esa ko'nikmaning ustuvor ekanligi ta'kidlanadi. N. Xomskiy kompetensiya tushunchasiga "insonning qandaydir faoliyatni bajarish qobiliyati"ga yo'naltirilganligi sifatida qaraydi, I.A. Zimnyaya, A.A. Verbitskiy, Ye.V. Pryamikovalar ishlarida esa kompetensiya ta'lim paradigmasi sifatida qaralib, o'qituvchi rolining ta'lim tizimida obyektga, uni tashkillashtirish jarayonida esa subyektga qaratilishida mavjud muammolar yechimi bo'lishi ko'rsatilib, ta'lim beruvchi va oluvchi munosabatlarini tubdan o'zgartirish lozimligi ta'kidlanadi. Bajarilgan aksariyat ilmiy tadqiqot ishlari gumanitar yo'nalishdagi ta'lim muassasasi o'quvchilari uchun yo'naltirilgan bo'lib, aniq fanlar yo'nalishi misolida qaralmagan [8-11].

ASOSIY QISM

Ta'limda kompetensiyaviy yondashuv bilish paradigmasini inkor qilmagan holda uni muammoli vaziyatlarda qo'llay bilish paradigmasiga bo'ysunadigan ikkinchi plandagi paradigmaga aylantiradi. Lekin o'quvchi bilimni o'zlashtirmasdan turib uni amaliyotda qo'llay olmaydi.

O'quv ishlarining yakuniy natijasiga erishmoq uchun o'quv jarayonining boshlanishidayoq o'quvchi qanday koompetensiyalarni egallashi lozimligini belgilab olish lozim. Kompetensiyaviy ta'lim o'quvchilarning ma'lum bilimlar yig'indisini egallashnigina emas, balki shaxsni rivojlantirish, anglash va yaratish qobiliyatlarini o'stirishni mo'ljallaydi.

O'qitishning asosiy maqsadidan kelib chiqib kompetentli shaxs deganda mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxs tushuniladi. Shuning uchun jamiyat oldiga o'quvchi shaxsida fikrlash, o'zgalar fikrini anglash va fikr mahsulini og'zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olish, ya'ni mustaqil va ijodiy tafakkurni rivojlantirish vazifasini qo'yadi. Shundan kelib chiqib fanni o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda kompetensiyalarni egallash belgilandi.

O'qituvchi o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta'lim texnologiyalarini tanlashda sinflar kesimida tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so'ng o'rganilishi zarur bo'lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni metodini tanlab oladi.

Drslarining samaradorligi o'qituvchining o'qitish metodlarini mukammal bilishi, metodni to'g'ri tanlay olishi va ularning o'z o'rnida qo'llay olishiga bog'liq. "Metod" yunoncha "tadqiqot" yoki "bilish yo'li" ma'nolarini ifodalaydi

O'quvchi darsda faoliyati o'z-o'zidan faollashmaydi. Ta'limining mazmuni muhim va yetakchi omil sanaladi. Chunki samaradorlik avvalo o'quvchilarga "Nimani o'qitish?" masalasi bilan bog'liq. O'quvchilar egallashi lozim bo'lgan zaruriy bilimlar hamda shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko'nikmalar tizimi to'g'ri belgilansagina "Qanday o'qitish kerak?" degan savolga javob topish mumkin [12-16].

Ta'lim metodini tanlashda quyidagilarga amal qilishi lozim:

Tanlayotgan metodning o'rganilayotgan til materiali mazmuniga muvofiq kelishi, mavzuning murakkablik darajasi, o'rganilayotgan o'quv materiali yuzasidan o'quvchilarda tushunchalarning mavjudligini hisobga olib tanlash.

Tanlanayotgan metod ona tili ta'limining asosiy maqsadi va o'rganilishi ko'zda tutilgan mavzuning xususiy maqsadiga muvofiq kelishi shart.

Tanlanayotgan metod o'quvchilarning o'zlashtirishini, mustaqil ishlash darajasini, yosh va shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi lozim.

Darslarda qo'llaniladigan metod mavzulararo, bo'limlararo va fanlar aro bog'lanishlarni ham hisobga olish lozim.

Muammo: O'quv jarayonida o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda ta'lim texnologiyalarining ahamiyati nimadan iborat?

O'quv jarayonida ta'lim texnologiyalarining qo'llanilishi o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni his etish, tahlil qilish, qo'shimcha vositalardan unumli foydalanishga, eng asosiysi o'qishga , fanga , o'zi tanlagan kasbiga nisbatan qiziqishini kuchaytiradi, ta'limda samarali natijalarga erishiladi [17-20].

Pedagogik texnologiyalari qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan axborotlarni izlab topishga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratiladi.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalar:

1. Tanishuv texnologiyasi;

2. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi;

3. Didaktik o'yin texnologiyasi;

4. Muammoli o'qitish texnologiyasi;

5. Zinama-zina texnologiyasi;

6. Bumerang texnologiyasi;

7. Rezyume texnologiyasi;

8. FSMU texnologiyasi;

9. "Kichik esse" texnologiyasi.

Tanishuv texnologiyasi (izoh: aynan bugungi muhit va o'rganilayotgan mavzu doirasida ushbu texnologiyadan boshlandi).

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi - buning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qishni o'rganish.

Hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchining o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi.

Didaktik o'yin texnologiyasi. Didaktik o'yin texnologiyasi- bu ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashishidir.

Darslarda o'yin faoliyati o'zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:

- bunda-o'quvchi rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat vujudga keladi;

- ijodiy muhit tarkib topadi;

- o'yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o'zaro yordam vujudga keladi.

Muammoli o'qitish texnologiyasi. O'quvchi til hodisalarini tayyor holda

o'zlashtirmay, uni izlasa, faol ijodiy faoliyat ko'rsatsa, o'zlashtirish samarali bo'ladi. Muammoli darslarni quyidagi bosqichlar asosida tashkil etish mumkin.

"Aqliy hujum" metodi". Bevosita jamoa bo'lib "fikrlar hujumi" olib borish. bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g'oyalarni yig'ish, o'quvchilarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo'lgan fikrlarni yig'ishdir.

Bu metod bevosita o'quvchilarning o'tilgan mavzuni so'rash, yangi mavzuni mustahkamlash qismlarida qo'llanilishi mumkin.

"Tarmoqlar" metodi (klaster). Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'lagan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi.

Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:

1. Xayolga kelgan har qanday fikr bir so'z bilan ifoda etib ketma-ket yoziladi.

2. Fikrlar tugamaguncha yozishda davom etaverish kerak, Mabodo fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha biron rasm chizib turing.

Iloji boricha fikrlarning ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligini ko'paytirishga intiling.

"Yumaloqlangan qor". Bu metod har qanday tushunchaga mumkin qadar aniqroq ta'rif topishga imkon beradi, o'quvchilarga guruhlarda ishlashni, boshqalar fikriga quloq solishni va umumiy nuqtai nazarni ishlab chiqishni o'rgatadi.

Bu metod bosqichma-bosqich hamda har bir bosqichga aniq vaqt belgilanishi bilan o'tkaziladi.

1-bosqich. Har bir qatnashchi 2 minut mustaqil ishlaydi

2-bosqich. Juftlarda ishlash - uchliklarda ishlash 5 minut.

3-bosqich. To'rtliklarda ishlash - oltiliklarda ishlash 5 minut.

4-bosqich. Sakkizliklarda ishlash 5 minut.

5-bosqich. 5 minut muhokama.

Guruhlardagi ish tugashiga ko'ra har bir guruh vakillari navbati bilan o'z plakatlarini ilib qo'yadilar va uni o'qiydilar. Agar savollar bo'lsa, guruh javob beradi. O'qituvchi barcha guruhlar ishtirokidagi umumiylikni topishga yordam beradi.

XULOSA

Fanlar bo'yicha uzviylashgan fan dasturlari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish uchun biz tomondan fanlararo uzviylikka asoslangan nazariy va amaliy mashg'ulotlar tuzilmasi va har bir mavzu bo'yicha darsning texnologik xaritalari ishlab chiqildi. Dars ishlanmasida har bir mavzu bo'yicha nazariy va amaliy dars bosqichlari, faol ta'lim metodlari, fanlararo aloqadorlik, vaqt taqsimoti, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati aniq ko'rsatib berildi.

1. Har bir o'qituvchi integratsiya, integrativ yondoshuv, integrativ material va uni tanlash tamoyillari,integrativ texnalogiyalar haqida nazariy bilimlarini takomillashtirib, ularni amaliyotda qo'llash usullarini ishlab chiqarishlari lozim;

2. Har bir darsni imkoni qadar integratsiya tamoyillari asosida tashkil etishlari maqsadga muvofiqdir;

3. Dars jarayonida xar bir o'qituvchiga,uning bilim darajasini,qobiliyatini inobatga olgan holda,integrativ yondashuvni ( ayniqsa amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida) amalaga oshirish zarur;

4. Har bir mavzu uchun dars loyihasini ishlab chiqarishda eng samarali integrativ texnalogiya elementlarini tanlash va ularni darsda qo'llash joizdir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'quvchining amaliy kompetentligini tarkib toptirish uchun ta'limda tub o'zgarishlarni amalga oshirish kerak. Davlat ta'lim standarti, o'quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo'nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an'anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa-da, ta'lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Abdullayeva B.S. (2006). Fanlararo aloqadorlikda didaktik jarayonning kognitiv tuzilishi. Pedagogik ta'lim. Toshkent. (1). B. 34-37.

2. Abdullayeva B.S. (2005). Fanlararo aloqadorlik turlari haqida. Uzluksiz ta'lim. Toshkent. (1). - B. 3.

3. Абдурахманов A.A. (1990). Проблемы преемственности в развитии духовной культуры. T. Фан. - C. 158.

4. Aliqulov S.T. (2007). Talabalarning fanlararo aloqadorlik asosida bilimlarni o'zlashtirishini baholash. Kasb-hunar ta'limi. Toshkent. № 1. - B. 17.

5. Barotov M.U. (2006). Ta'lim jaraenida fanlararo aloqalarni amalga oshirish usullari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent. - B. 38-39.

6. Krayevskiy V.V. (2006). Metodologiya pedagogiki: novyy etap: ucheb. posobiye dlya stud. vyssh. ucheb. zavedeniy. M.: Izdat. tsentr Akademiya.

7. Браже Т.Г. (1996). Интеграция предметов в современной школе. Литература в школе, (5). - С. 150-154.

8. Большакова З.М., Тулькибаева Н.Н. (2009). Компетенции и компетентность. Вестник ЮУрГУ. (24). С. 13-19.

9. Булавенко О.А. (2005). Характеристики компетентности специалиста. Профессиональное образование, (4). - С. 21-21.

10. Kamolxo'jayev Sh. (2005). Mavzulararo aloqadorlik - o'qitish samaradorligini oshirish omili. Uzluksiz ta'lim. Toshkent. № 4. - B. 3.

11. Otabayeva F.T. (2008). Ta'limda integratsiya muammosi. Kasb-hunar ta'limi. Toshkent. (2.). - B. 25.

12. Бердиева, Гулобод Шоназаровна, and Наргиз Иркиновна Джумаева. "Гуманизация процесса профессионально-педагогической подготовки будущих учителей". Образование и воспитание 3 (2015): 1-2.

13. Khalilovna O.N., Lutfullayevna B.L., Kosimovich N.U., & Yusupovna R.M. (2020). Historical studies in the pedagogical training and ways to improve vocational training. Journal of Critical Reviews, 7(3). - PP. 274-277.

14. Орипова Н.Х., & Туропова М.С. (2021). Основные виды занятий для детей дошкольного возраста. Экономика и социум, (1-2). - С. 291-294.

15. Орипова Н. (2021). Bo'lajak mutaxassislarda kasbiy e'tiqodni shakllantirish bosqichlari. Общество и инновации, 2(2/S). - B. 525-529.

16. Орипова Н., & Нарзиева Л. (2020). Социально-исторические и педагогические проблемы овладения профессией. Экономика и социум, (12-1). - C. 868-871.

17. Мухаммадиева М.М. (2018). Естественный и эфективный метод образования. Журналнаучныхпубликацийаспирантовидокторантов, (1). - C. 36-37.

18. Maratovna M.M. (2020). Pedagogical technology for the formation of responsibility in children of preschool age. Journal of Critical Reviews, 7(5). - PP. 756-760.

19. Botirovna K.V. (2020). Formation of visual and imaginative thinking in preschool children through various playing activities. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(12).

20. Нуруллаева Ш.У. (2014). Технологии формирования профессиональных навыков у будущих преподавателей. Подготовка профессиональных управленческих кадров: опыт, проблемы, инновационные образовательные технологии (PP. 60-64).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.