Научная статья на тему 'O'QUVCHILAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH – IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA'

O'QUVCHILAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH – IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

6223
450
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy faollik / ma’naviy faollik / madaniyat / keng dunyoqarash / ijtimoiylik / pedagogik vaziyat / ko‘nikma / Social activity / spiritual activity / culture / wide outlook / socialization / teaching situation / skill

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Q. Raxmanova, Bargida Baxadirovna Mirjalilova

Maqolada o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar orqali bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik, ijtimoiy, psixologik shart-sharoitlarni o‘rganish va milliy mentalitetimizga mos keladigan tarbiya uslubini tanlash, ish jarayonida unumli foydalanish haqida so‘z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS AS A SOCIAL NEED

The article presents the issues of effective learning pedagogical, social and psychological conditions that influence the formation of the national mentality of students by using different questionnaires

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH – IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA»

O'QUVCHILAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH - IJTIMOIY

ZARURIYAT SIFATIDA

M. Q. Raxmanova

Chirchiq davlat pedagogika instituti p.f.f.d.(PhD)

Bargida Baxadirovna Mirjalilova

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchilar o'rtasida so'rovnomalar orqali bola tarbiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi pedagogik, ijtimoiy, psixologik shart-sharoitlarni o'rganish va milliy mentalitetimizga mos keladigan tarbiya uslubini tanlash, ish jarayonida unumli foydalanish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar. ijtimoiy faollik, ma'naviy faollik, madaniyat, keng dunyoqarash, ijtimoiylik, pedagogik vaziyat; ko'nikma.

INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS AS A SOCIAL

NEED

M. K. Rakhmanova

PhD, Chirchik State Pedagogical Institute

Bargida Bahadirovna Mirjalilova

Master student of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article presents the issues of effective learning pedagogical, social and psychological conditions that influence the formation of the national mentality of students by using different questionnaires.

Keywords: Social activity, spiritual activity, culture, wide outlook, socialization, teaching situation, skill.

KIRISH

O'zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta'minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yoshlar, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga

bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida: «... Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O'zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning YOshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o'z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo'nalishlaridan biri darajasiga ko'tarish bo'yicha qat'iy majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi kerak» - degan fikrlari dunyo hamjamiyati tomonidan ham keng e'tirof etilmoqda.

Yosh avlodning har tomonlama kamol topishi jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy omil bo'lishi bilan bir qatorda uning shaxs sifatida ijtimoiy faollashuvida ham etakchi o'rin tutadi. O'quvchi shaxsining ijtimoiy faolligi quyidagi ikki jihatga ko'ra muhim ahamiyatga ega: birinchidan, shaxsning jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun zamin yaratadi, ikkinchidan esa, uning bilimi, kuch-quvvati, imkoniyati hamda iqtidori jamiyat rivoji yo'lida mehnat qilishga yo'naltiriladi.

Manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatda o'quvchilar ijtimoiy faolligi o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O'quvchi-yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko'nikma va malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o'ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muammoga oid nazariy manbalar hamda uning amaliy holatini o'rganish natijalari mazkur sohada bir qator ziddiyatlarning mavjudligini ko'rsatdi. Xususan:

- demokratik jarayonda o'quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko'nikma va malakalari, mavjud ijtimoiy faollik kompetensiyalari o'rtasidagi nomutanosiblik;

- o'quvchilar ijtimoiy faolligining o'z-o'zidan yuzaga kelmasligi, balki doimiy ravishda olib boriladigan pedagogik faoliyat natijasida shakllantirilishi va bu jarayon

tadqiqiy va tahliliy yo'nalishga ega bo'lgan pedagogik tizim sifatida ko'rib chiqilmaganligi;

- o'quvchi-yoshlar ijtimoiy faollashuvining bir qator o'ziga xos xususiyatlari va omillari mavjud bo'lib, ular etarlicha o'rganilmaganligi;

- o'quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning ilmiy asoslangan samarali shakl, vosita va metodlarini qo'llanilishiga bo'lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur yo'nalishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi.

Bu vazifani samarali amalga oshirishda ijtimoiy faol shaxs xususiyatlari va shartlari tarkib toptiriladigan shakl, vosita, usul va metodlarni izlab topish, o'z navbatida «o'quvchi-yoshlar», «ijtimoiy faollik» tushunchalari mohiyatini chuqur tushunish, nazariy jihatdan ham, amaliy tomondan ham juda muhim masaladir.

O'zbek tilining izohli lug'atida «yosh» so'ziga «1. Tug'ilgan vaqtdan boshlab yashab o'tkazilgan yillar jami; umr uzoqligi. 2. Inson yoki hayvon hayotidagi bosqich, davr, umr. YOshlar tushunchasi esa navqiron yigit-qizlar» deya izohlangan

YUqoridagi ta'riflarni umumlashtirib «o'quvchi-yoshlar» tushunchasiga quyidagicha ta'rif berdik. O'quvchi-yoshlar - umumiy o'rta ta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ta'lim oluvchi navqiron yigit-qizlar guruhi.

SHu o'rinda faoliyatning o'zini ham izohlash talab etiladi.

Faollik negizida paydo bo'luvchi yangicha sifatni, o'ziga xoslikni egallagan xatti-harakatning yuksak ko'rinishi, insongagina taalluqliligi tufayli u psixologiya fanida faoliyat deb yuritiladi. Faollikning shaxsga xos ko'rinishi sifatida faoliyat vujudga kelib, u o'zining psixologik alomatlari bilan xatti-harakatdan farqlanadi. Har qanday faoliyat maqsad va natijalardan iborat jarayon ifodasi hisoblanadi. Faoliyatning ongli ravishda amalga oshirilishi jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi va yashash sharti hisoblanadi.

Faoliyat tushunchasi dunyoqarash tamoyili sifatida nemis klassik falsafasi rivojlangan davridan boshlab qaror topdi. Bu davrda Evropa madaniyatida shaxsning aql-idrok bilan ish ko'rishi, faolligi va tashabbuskorligining ko'p qirrali yo'nalishiga xos bo'lgan asosi va tamoyillari deb qarash uchun sharoit yaratildi. Bunday qarashni nemis faylasufi I.Kant boshlab berdi.

Borliqdagi jonli mavjudotlarning o'ziga xos tarzda va muayyan yo'nalishda, ma'lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr yuritadigan bo'lsak, «...ehtiyoj - jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-

sharoitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tarzida ifodalanadi».

Inson faolligi esa ana shu ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon bo'ladi.

Ehtiyojlar - organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo'lgan narsalarga talab, muhtojlik. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; ob'ektiga qarab moddiy, ma'naviy; sub'ektiga ko'ra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyojlar bo'lishi mumkin.

Inson ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya'ni madaniy jarayon bilan yaqinlasha borib shakllanadi. Chunki insonning o'z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan maqsadga yo'naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham bu muammoning turli jihatlari pedagogika fanida tadqiq etib kelinadi.

Inson o'zining ijtimoiy majburiyatlari, jamiyat oldidagi burchi, o'z mas'uliyatini tabiiy bir hol, o'z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi sifatida qabul qilgandagina ma'naviy barkamol shaxsga aylanadi.

Insonning faolligi shaxs sifatida shakllanishining asosiy omili hisoblanadi. Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib qolmasdan balki inson uni o'z xohishiga mos ravishda o'zgartiradi. Jamiyatning o'zi, uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi omillar - bularning hammasi shaxsning bunyodkorlikka asoslangan faoliyatining natijasidir.

Faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning namoyon bo'lishi demakdir. Dunyoni o'zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o'z qobiliyatlari, bilim, ko'nikma va mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtiradi. U shu asnoda o'zligini anglaydi, faol shaxs sifatida jamiyatda o'zini namoyon qiladi. Bunda insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur ehtiyojlarni qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o'sishi yuz beradi.

Shaxsning faoliyati ijtimoiy muhit va moddiy omillar ta'sirida shakllanadi. Faollik bo'lmagan joyda shaxs rivojlanmaydi va uning imkoniyatlari ro'yobga chiqmaydi. Shaxsning faolligi aniq maqsadga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda tarkib topadi. Shaxs faolligining rivojlanish tendensiyalari mehnat, o'qish, o'yin, muloqot jarayonida amalga oshadi.

Har bir inson jamiyat a'zolari bilan o'zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar, ularning mazmuni, g'oya va yo'nalishlari shaxsning shakllanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. SHaxsning faoliyati,

ijtimoiy borliqqa munosabati, hayotiy yondashuvlari, faolligi, o'z navbatida, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. SHunga ko'ra shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi va mahsuli hisoblanadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida hech qachon ijtimoiy munosabatlardan ajralgan holda yashay olmaydi.

Ma'lumki, «faollik» tushunchasi ba'zi hollar, xususan shaxs va uning faoliyatini tadqiq etuvchi fan sohalarida faoliyat tushunchasi bilan qorishtirib yuboriladi. Masalan, «Psixologiya»ga oid lug'atda mazkur tushuncha «tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro ta'sirida namoyon bo'ladi. Psixik faollik bu o'zaro ta'sir, shu asosda faoliyat ko'rsatish bilan xarakterlanadi» - deyiladi.

Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'atida «Ijtimoiy faollik - ijtimoiy sub'ektlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-ma'rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo'yilgan huquq va burchlarini to'liq amalga oshirishga intilishi», - deya ta'riflangan.

«Politologiya»dan ensiklopedik lug'atda shaxs faolligi siyosiy faollik tarzida talqin etiladi. Ushbu lug'atda faollik shunday izohlanadi: «SHaxs faolligi ob'ektiv voqelikka bo'lgan munosabatda aniq namoyon bo'ladi. Bu munosabat har bir shaxsning jamiyatda o'z mavqeiga ega bo'lishi, o'zining xilma-xil ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi ijtimoiy munosabatlarda qanchalik erkin ishtirok etsa, bu uning siyosiy faolligining o'sishiga shunchalik ta'sir ko'rsatadi», - deyilgan.

Faollik - «O'zbek tilining izohli lug'ati»da [90, 326] mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko'rsatish, ishchanlik, ta'sirchanlik deb ta'riflanadi. Bizning tadqiqotimiz nuqtai nazaridan mazkur izoh mohiyatan e'tiborlidir.

Faol (lot. «activus» so'zidan olingan bo'lib), biror ishga g'ayrat bilan kirishadigan, astoydil ishlaydigan, ishchan, aktiv deb izohlanadi.

Pedagogika ensiklopediyasi [66] da esa ijtimoiy faollik - 1. ijtimoiy sub'ektlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-ma'rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo'yilgan huquq va burchlarini to'liq amalga oshirishga intilishini ifodalovchi tushuncha. 2. Sub'ektning jamiyat hayotida ongli holda mustaqil ishtirok etishi, ma'lum ijtimoiy-ma'naviy sohada vujudga keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakatidir. Ijtimoiy faollik shaxsning jamiyatda o'z o'rnini topishi va xulq-atvorini ongli ravishda boshqarishining asosiy sharti hisoblanadi.

YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib, shaxs faolligini shunday izohlash mumkin: ijtimoiy faollik - shaxsning maqsadga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, ijtimoiy voqelikka nisbatan individual munosabati va tizimli xatti-harakatlarining yuksak ko'rinishini ifodalovchi tushuncha

Ijtimoiy faollik umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon mazmuni ustida ishlash va tarbiyaviy jarayon sub'ektlarining o'zligini namoyon qilishlarida katta imkoniyatlarga ega. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan 187-sonli «Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori asosida o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish zaruriyati ustuvor o'rin egallamoqda. Mazkur tayanch kompetensiyalar: kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasidan iborat bo'lib, ulardan ayniqsa: o'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi o'quvchilardan ham o'qituvchilardan ham ijtimoiy faollik ko'nikmalariga ega bo'lishni talab qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon ta'limi tizimida shaxs ijtimoiy faolligi masalalari bo'yicha tatqiqotlar Germaniyadagi Frontiers in Psychology (FIP)da, ta'lim jarayonida shaxs faolligini oshirish interfaol o'qitish tizimidan (interactive e-learn) foydalanish bo'yicha tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Devolopment (IISD) va Buyuk Britaniyadagi Carl Wieman Science education Initiative (CWSEI) kabi dunyoning etakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tatqiqot markazlarida olib borilmoqda.

YUrtimizda mazkur sohadagi yig'ilgan tajribalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatda o'quvchilar ijtimoiy faolligi o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O'quvchi-yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko'nikma va malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o'ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.

Avstriyalik psixolog va faylasuf V.Frankl individuallikning ahamiyati, inson shaxsining qadr-qimmati va mazmuni hamma vaqt u yashayotgan jamiyatga bog'liqligini ta'kidlaydi. Amerikalik sotsiolog T.Parkinsonning fikricha, chinakam

shaxsiy qadr-qimmat insonning o'rab turuvchi muhit bilan munosabatida, ya'ni uning faolligida ifodalanadi.

Psixologlar R.Plomin va X.Xermanslarning (1997) ta'kidlashicha, aslida shaxsning to'laqonli, barkamol shakllanishiga uchta asosiy omil ta'sir etadi:

1. Shaxsda mavjud bo'lgan biologik imkoniyatlar - bunda odamlarning o'zaro munosabatlari jarayonlariga temperament tipining ta'siri nazarda tutiladi.

2. Shaxsning sub'ektiv, ya'ni psixologik imkoniyatlari - bunda mazkur imkoniyatlar shaxslararo munosabatlar jarayonining strategiyasini tuzadi, o'zaro munosabatga kirishishni shaxsan o'zi tanlaydi hamda ijtimoiy turmushda ularni to'ldiradi va takomillashtiradi.

3. Bevosita shaxslararo munosabatlar jarayonining o'zi bo'lib, ular ijtimoiy madaniy muhitda amalga oshiriladi. Ijtimoiy madaniy muhit shaxslararo munosabatlar uchun bosh mexanizm sifatida shaxsning shakllanishini ta'minlaydi. Ammo har uchchala omil ham o'zaro uzviy bog'liqlikda bir-biriga ta'sir etadi. Bu uzviyliksiz shaxsning barkamol taraqqiyoti yuzaga kelmaydi.

Dj.Kaprara va boshqalarning (1999) tadqiqotlari natijalariga ko'ra, ijtimoiy fe'l-atvor me'yorlariga amal qilish o'zaro hamkorlik va bir-biriga yordam ko'rsatishga imkoniyat yaratadi - o'zaro simpatiyani hosil qiladi, ta'lim jarayoniga halaqit qiluvchi depressiyaga hamda muammoli fe'l-atvorga qarshi kurashishga undaydi. Shaxslararo munosabatlar jarayonida yoshlarga o'zidagi intellektual imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishga yordam ko'rsatish maqsadga muvofiq. Bu holat shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy va intellektual rivojlanish nafaqat mazkur o'quvchida, balki, tengdoshlarida ham kuchayishi kuzatilgan.

G.K.Selevko faollikning ikki darajasini farqlaydi. Birinchi, quyi daraja -insonning ma'lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini belgilab, bunda inson ko'proq boshqarilayotgan ob'ekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi faoliyat «ob'ekt faoliyati» deb nomlanadi.

Ikkinchi, yuqori darajadagi faollik - ta'lim oluvchi faoliyatining birlamchi sababi, manbasi rolini o'ynab, ijodiy, o'zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi inson sub'ektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi («sub'ekt faoliyati»).

Shaxs ijtimoiy faolligini o'rganish sohasida ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, L.I.Amanbaeva «YAngi ijtimoiy sharoitda o'quvchi-yoshlarning fuqarolik tarbiyasi», A.A.Savastina va L.B.Osipovalarning «YOshlar ijtimoiy faolligi - jamiyatning dinamik rivojlanish sharti sifatida», V.A.Sitarov va V.G.Maralovning «SHaxs ijtimoiy faolligi», «Maktabgacha ta'lim va kichik maktab

yoshidagi bolalarda ijtimoiy faollikni shakllantirish asoslari» , S.Yu.Korolkova «Yoshlar ijtimoiy faolligi» kabi ishlarda ijtimoiy faollikning nazariy asoslari, amaliy yo'nalishlari bir qadar ochib berilgan.

V.S.Merlinning fikriga ko'ra, shaxsning o'z-o'zini anglashida quyidagilar asos bo'lib xizmat qiladi: 1) o'zini qanday bo'lsa, shundayligicha anglash; 2) o'z «Meni»ni shaxs tomonidan ijobiy qabul qilinishi; 3) o'zining qanday ruhiy xususiyat va ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligini tushunishi; 4) o'ziga o'zi tomonidan beriladigan ijtimoiy-axloqiy baholar, ularning darajasini anglashi.

Ayni paytda bu muammo doirasida pedagogik, falsafiy, psixologik va turli nuqtai nazarlardan har xil yo'nalish va mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borgan zamondosh olimlarimizning ilmiy izlanishlari ham mazkur tadqiqotning dunyoga kelishiga turtki bo'lib, unda qo'yilgan muammolarni hal qilishda o'ziga xos ko'mak berdi. Jumladan, M. Maxmudova, G.J. Tulenova, T.Egamberdieva, Q.Q. Quranboev, I.R. Safarbuvaeva kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida ijtimoiy faollik va shaxsni faollashtirish muammolari pedagogik, psixologik hamda falsafiy jihatdan yoritib berilgan.

Xususan, M. Maxmudovaning ilmiy izlanishlarida kichik yoshdagi o'quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalash masalalari asoslab beriladi.

Tadqiqotchi quyidagi shartlar kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirish jarayoni samaradorligini ta'minlash uchun etarli asos bo'la oladi degan xulosaga kelgan. YA'ni:

- kichik yoshdagi o'quvchilarning ijtimoiy faolligini yaxlit tarbiya jarayonining hal qiluvchi, yakunlovchi bosqichi sifatida tadqiq etish;

- 1-4 sinf o'quvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, shakllari va metodlarini aniqlash;

- kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirish yo'llari hamda ishlab chiqilgan tizim samaradorligini o'rganish va ishonarli dalillar vositasida asoslab berish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarini ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda o'qituvchilar uchun uslubiy qo'llanma ishlab chiqish.

Q. Quranboevning tadqiqot ishi esa «Talabalarning ma'naviy-ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Yoshlar tashkilotlari misolida)» deb nomlanib, talabalarning ma'naviy-ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning uslublari va mazmuni, uning pedagogik asoslari yaratib berilgan. Muallif ilmiy kuzatishlarida ma'naviy-axloqiy muammolar, yoshlar ta'lim-tarbiyasida ongli

intizomning o'rni, burch va mas'uliyat, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish muammolari tahlil qilinadi.

Bu izlanishlar natijalarining ilmiy xulosalari ko'rsatib o'tiladi.

Har ikki tadqiqot ishida ham yuqorida bayon etilgan holatlarda talaba va kichik maktab yoshidagi o'quvchilar faoliyatini tashkil etishning mazmuni, maqsadi, metod, shakl va vositalari xususida to'xtalib o'tilgan.

A.Akramov tomonidan «SHaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirish» nomli tadqiqot ishida fuqarolik, fuqarolik pozitsiyasi, shaxsiy nuqtai nazar, fuqarolik mas'uliyati, vatanparvarlik, burchga sadoqat, fidoyilik kabi tushunchalarga mualliflik nuqtai nazaridan yondashilgan va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilarda fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy metodik asoslarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

I.R. Safarbuvaeva «O'quvchi shaxsini faollashtirishda milliy mentalitet elementlaridan foydalanishning pedagogik asoslari» nomli tadqiqot ishida o'quvchi shaxsining faollashuv jarayoniga bir qator omillar o'z ta'sirini o'tkazishini va bu ta'sirlar quyidagilardan iborat ekanligini ta'kidlab o'tgan:

- jamiyatda sog'lom ijtimoiy muhitning qaror topganligi;

- fuqarolar ma'naviy-axloqiy etukligini ta'minlash masalasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi;

- ta'lim-tarbiya ishlarining muayyan maqsad asosida tizimli, uzluksiz va izchil olib borilayotganligi;

- tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega sub'ektlar imkoniyatlarining yagona ijtimoiy maqsadni amalga oshirilishiga yo'naltirilganligi;

- shaxs omilining ijtimoiy munosabatlar jarayonida etakchi mavqega ega bo'lishi va boshqalar.

Faylasuf olima G.J.Tulenova «Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ma'naviy omilning roli (ijtimoiy-falsafiy tahlil)» nomli tadqiqot ishida ma'naviy omilning yoshlarning kasbiy xulqiga, ijtimoiy mo'ljallariga, amaliy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini falsafiy-metodologik jihatdan atroflicha o'rganish hamda mavjud muammolarni echish borasida xukumat va jamoatchilik sa'y-harakatlarini uyg'unlashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqqan.

Sotsiolog I.Ergashev tomonidan esa bozor munosabatlariga o'tish sharoitida yoshlarning ijtimoiy faolligi sotsiologik tahlil qilingan.

Yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish muammolari bo'yicha olib borilgan turli sohalardagi tadqiqotlar mazmunini o'rganish asosida quyidagicha xulosalarga keldik:

1. O'quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning mazmunini asoslash, uning metodikasini ishlab chiqish pedagogika fani va amaliyoti oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.

2. O'quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish shaxs umumiy kamolotini hamda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi, bugungi kunga qadar yaxlit pedagogik jarayon sifatida tadqiq etilmaganligi ta'kidlanadi.

3. O'quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokiga bog'liq bo'lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini belgilaydi.

O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki kunlardayoq mamlakat aholisi, shu jumladan, yoshlar o'rtasida mustaqillik g'oyalarini targ'ib etish, ularda istiqlolni mustahkamlashga yo'naltirilgan ijtimoiy faollikni qaror toptirish vazifasi kun tartibiga qo'yildi. Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda ta'lim-tarbiya jarayonining roli katta.

Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi asosida yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog'liq bo'ladi.

SHuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo'lmadi. Unda alohida bo'lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag'ishlangan. U O'zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.

SHu nuqtai nazardan, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o'zi tomonidan belgilab qo'yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo'naltirish va bandligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini rag'batlantirish shular jumlasidan.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyunni YOshlar kuni sifatida e'lon qilinishi ham juda ramziydir. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda samarali faoliyatni ta'minlaydigan, «Yoshlar - kelajak quruvchisi» shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiradigan tuzilmaga aylanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bizning fikrimizcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan - u O'zbekiston Prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ta'kidlash joizki, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotda yoshlarning faolligini rag'batlantirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yuqorida aytib o'tilganlar O'zbekistonda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o'rnini kuchaytirish bo'yicha yo'nalish belgilanganini aytish imkonini beradi. SHu bo'yicha davlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to'liq qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O'zbekistonning rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o'rin tutishini ta'kidlash mumkin.

REFERENCES

1. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O 'zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o 'rni va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education, ^(Special Issue 3).

2. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv. Science and Education, 7(7), 215-220.

3. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o' zbek tilida ifodalanishi. Science and Education, ^(Special Issue 4).

5. Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих собственных потребностей. Academic research in educational sciences, (3).

6. Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).

7. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal, (6).

8. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.

9. Samarova, S. R., & Mirzayeva, M. M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.

10. Рахманова, М. К. (2019). Ёшларнинг маънавий тарбиясида кадимги Урта Осиё маънавий-маданий меросининг ах,амияти. "Глобаллашув шароитида ватанпарварлик тарбиясининг маънавий-маърифий технологиялари " республика илмий-амалий конференцияси, 206-209.

11. Рахманова, М. К. (2019). Изучение стратегии обучения. Приориоритетные векторы развития промышленности и сельскогохозяйства материалы II международной научно-практической конференции, 7, 95-101.

12. Рахманова, М. К. (2019). Талабаларда ижтимоий фаолликни ривожлантиришнинг назарий методологик асослари. Халк таълими, (1), 24-29.

13. Рахманова, М. К. (2019). Таълим технологиялари оркали касб танлашда онгли муносабатни шакллантириш. Халцаро илмий-амалий конференцияси, 323-326.

14. Рахманова, М. (2020). Таълим жараёнида укув мунозараларини ташкил этишда укитувчининг педагогик махррати, ижодкорлиги ва фаоллиги. "Oriental Art and Culture " Scientific-Methodical Journal, 4(4), 68-73.

15. Rajabova, I. T. (2020). Лингводидактические аспекты глаголов, выражающие перемещения, на уроках русского языка с учащимися с узбекским языком обучения. Academic research in educational sciences, (4).

16. Абдуллаевна, Ш. К., & Фагимовна, Ш. Н. (2020). Нетрадиционные методы обучения русского языка и литературы. Суз санъати,(3).

17. Shokarimova, K. A. (2020). Pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratning talimtarbiya berishdagi ahamiyati. Science and Education, 1(Special Issue 2).

18. Shokarimova, K. A. (2021). The way of improving reading and writing skills during the lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).

19. Ражапова, И. Т. (2019). Методика обучения видам русского глаголав. Илм сарчашмалари.

20. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni

21. Akramov A.A. SHaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilarda fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirish: Ped.f.n. ... dis. - T.: TDPU, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.