Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV'

CHET TILLARINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1394
199
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ideal tarjima / tarjima kompetensiyasi / leksika / grammatika / kommunikatsiya / kommunikativ yondashuv / tahlil va analiz. / Ideal translation / translation competence / vocabulary / grammar / communication / communicative approach / analysis and analysis.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saydalieva, Nigora Faxritdinovna

Bu maqola ideal tarjima ma'nosi aniq va ishlatilgan retseptorlari til shakllari uchun tabiiy bo‘lishi kerakligi haqida yozilgan va shu mavzuga bag‘ishlanadi. Dastlabki matn bilan tanish bo'lmagan maqsadli auditoriya uni osonlikcha tushunadi. Tarjimaning muvaffaqiyati uning ushbu ideallarga qanchalik yaqin ekanligi bilan o'lchanadi. Shunday qilib, tarjima manba tili matnining leksikasini, grammatik tuzilishini, aloqa holatini va madaniy kontekstini o'rganish, uning ma'nosini aniqlash uchun tahlil qilish, so'ngra tegishli bo'lgan leksika va grammatik tuzilish yordamida shu ma'noni qayta tuzishdan iborat. retseptor tili va uning madaniy konteksti haqida ham ma‘lumot berilgan. Quyidagi maqolada kommunikativ yondashuv va uning chet tillarini o‘qitishda qanday foydalansih to‘g‘risida ham ma‘lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMUNICATIVE APPROACH TO FOREIGN LANGUAGE TEACHING

This article is devoted to the topic of the ideal translation, in which the meaning is clear and the receptors used must be natural to the language forms. The target audience, unfamiliar with the original text, will easily understand it. The success of a translation is measured by how close it is to these ideals. Thus, translation consists of studying the lexicon, grammatical structure, state of communication, and cultural context of the source language text, analyzing it to determine its meaning, and then reconstructing that meaning using appropriate lexicon and grammatical structure. receptor language and its cultural context. The following article also discusses the communicative approach and how to use it in foreign language teaching.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

CHET TILLARINI O'QITISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV (Communicative approach to foreign language teaching)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-275-281

Saydalieva Nigora Faxritdinovna

O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti xitoy tili o'qituvchisi Email: sonyang@mail .ru tel: 909498875

ANNOTATSIYA

Bu maqola ideal tarjima ma'nosi aniq va ishlatilgan retseptorlari til shakllari uchun tabiiy bo'lishi kerakligi haqida yozilgan va shu mavzuga bag'ishlanadi. Dastlabki matn bilan tanish bo'lmagan maqsadli auditoriya uni osonlikcha tushunadi. Tarjimaning muvaffaqiyati uning ushbu ideallarga qanchalik yaqin ekanligi bilan o'lchanadi. Shunday qilib, tarjima manba tili matnining leksikasini, grammatik tuzilishini, aloqa holatini va madaniy kontekstini o'rganish, uning ma'nosini aniqlash uchun tahlil qilish, so'ngra tegishli bo'lgan leksika va grammatik tuzilish yordamida shu ma'noni qayta tuzishdan iborat. retseptor tili va uning madaniy konteksti haqida ham ma 'lumot berilgan. Quyidagi maqolada kommunikativ yondashuv va uning chet tillarini o 'qitishda qanday foydalansih to 'g'risida ham ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Ideal tarjima, tarjima kompetensiyasi, leksika, grammatika, kommunikatsiya, kommunikativ yondashuv, tahlil va analiz.

ABSTRACT

This article is devoted to the topic of the ideal translation, in which the meaning is clear and the receptors used must be natural to the language forms. The target audience, unfamiliar with the original text, will easily understand it. The success of a translation is measured by how close it is to these ideals. Thus, translation consists of studying the lexicon, grammatical structure, state of communication, and cultural context of the source language text, analyzing it to determine its meaning, and then reconstructing that meaning using appropriate lexicon and grammatical structure. receptor language and its cultural context. The following article also discusses the communicative approach and how to use it in foreign language teaching.

Keywords: Ideal translation, translation competence, vocabulary, grammar, communication, communicative approach, analysis and analysis.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

KIRISH

Hozirgi kunda jamiyatimizda talabalami tarjima kompetensiyasini shakllantirishda ustozlar innovatsion texnologiylar va g'oyalardan foydalanib, ta'lim berish jarayonida avval tilning fundamental bilimni shakllantirib, so'ngra bosqichma - bosqich ularda tarjima tushunchasini shakllantiradilar va tarjima kompetensiyasini rivojlantiradilar. Oxirgi paytlarda tarjimaga bo'lgan ehtiyoj ham avvalgiga qaraganda ancha katta. Bu esa o'z navbatida bizlardan jamiyatimizga yetuk mutaxasislarni ya'ni tarjimonlarni tayyorlab berishimizni talab etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarjimonlarni tayyorlashda xorijiy tillarni o'qitishda o'qituvchilar talabalarga xitoy tilidagi matnlarni audio yozuvlarni eshitish orqali va ularga xitoy filmlarini qo'yib berish orqali ham yuqori natijalarga erishish mumkin.

Mashxur olim S.I.Ojogov talabalarda tarjima kompetensiyasini shakllantirish uchun quyidagi jadvaldagi tushunchalarni shakllantirish kerak degan xulosaga keldi: (1.1 jadval)

1.1 jadval

Talabalar uchun ishlangan maxsus tarjima kompetensiyasi Talabalarga tarjima kompetensiyasini tushuntirish uchun yaratilgan dastur

Tarjima kompetensiyasi haqidagi ilk tushunchalar

Jadvalda keltirilgan ta'rifga ko'ra, matn tarjimasi yoki og'zaki tarjimlar turlicha bo'lishi mumkin. Bunda bu talabalarning bilimiga bog'liq bo'ladi bu ularning xitoy tilini bilish darajasiga tayanadi. Tarjima qaysi soxaga tegishli ekanligi haqida gap ketadi. Bu ta'rifda quyidagi jadval misol bo'la oladi:

S.I.Ojogov yana quyidagi jadvalni ham talabalarda tarjima kompetensiyasini shakllantirishda foydalanishni tavsiya etadi. [MacnoBe^ 2019:23 ]

Xitoylik olim ^ ( Dong Liu) tarjima kompetensiyasi amalga oshirish uchun

quyidagilar zarur deb aytadi, ya'ni:

1. Tarjima qanday soxaga tegishliligi;

2. Qaysi kitobdan tarjima qilishni bilish va tarjima mahorati;

3. Terminologiya bilan ishlashni bilish;

4. Maxsus tarjima teoriyasini bilishdan iborat.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Yozma tarjima ilmiy-texnik matnlardan, ish jarayonidagi yozishmlarda, ustavlarda,shartnomalarda, iqtisodiy shartnomalarni tuzishda, proektlarni amalga oshirishda, sudlarda, aktlar tuzishda va ekspertizalarni yozishda ishlatiladi.

Sinxron tarjimada ko'rib o'g'zaki yoki yozma audio orqali ilmiy va amaliy konferensiyalarda va leksiyalarda ishtirok etishda ishlatiladi.

"Yondashuv" atamasi adabiyotda ham keng ma'noda, ham tor ma'noda ishlatilishi mumkin. So'zning keng ma'nosidagi yondashuv haqida gapirganda, biz ushbu kontseptsiyaning uchta tarkibiy qismini nazarda tutamiz:

Lingvistik tarkibiy qism - o'rganish uchun til vositalarini qanday tanlashimiz

Didaktik komponent - biz qanday texnika va texnologiyalarni qo'llaymiz, o'quv materialini ishlab chiqishni qanday tashkil qilamiz.

O'qitishning psixolingvistik asoslari - talabalar va o'qituvchilarning o'rni qanday, ularning o'zaro munosabatlari qanday, talabalar tomonidan til materialini idrok etishning o'ziga xos xususiyatlari qanday hisobga olingan [Ochilova, 2019:24].

Kommunikativ yondashuv- bu usulning yetakchi yo'nalishi aloqa hisoblanadi. Talabalar o'zlarining til qobiliyatlari va ko'nikmalarini haqiqiy chet tillari bilan aloqa qilish sharoitlarida qo'llaydilar. Bunday imkoniyatlar tufayli o'quvchilar oldinroq olingan bilim va ko'nikmalardan foydalangan holda o'z fikrlarini chet tilida erkin bayon qilishlari mumkin [CaBHHa,2017:45].

Kommunikativ yondashuv quyidagilar bilan tavsiflanadi:

Til o'rganish - bu muloqot qilishni o'rganish;

Til individual sinov va xatolar tufayli yaratiladi;

Kommunikativ kompetensiya - bu istalgan maqsad (til tizimidan samarali va to'g'ri foydalanish qobiliyati);

O'qituvchilar talabalarga til bilan ishlashga turtki beradigan tarzda yordam berishadi;

Til kontekstda o'qitiladi;

Muloqotga urinishlar boshidanoq rag'batlantiriladi.

Shuning uchun biz quyidagi xulosaga keldik, ya'ni kommunikativ yondashuv tarjima kompetensiyasi bilan bog'liqligi shundaki, bunda talabalar turli davlat vakillari bilan aloqa qilish maqsadida til - ularning quroli hisoblanadi, kommunikati yovdashuv esa talabalar va ta'lim berayotgan o'qituvchi tomonidan bo'lishi ham zarur.

Xitoy tilini o'rganishda kommunikativ yondashuv

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Kelajakda jamiyatga kerakli mutaxasislarni tayyorlashda biz kabi o'qituvchilar talabalarga xorijiy tillarni o'qitishimiz zarur. Bu esa faqatgina muloqot uchun emas, balki tildan tashqari ulaning shu xalqning o'rganayotgan til vakiklarining madaniyati bilan tanishishga ham juda katta imkoniyat yaratib beradi.Globallashuv jarayonida bu insoniyat tarixining faoliyati bilan bog 'liq holda muloqot qiluvchilarning ko'payish jarayoniga olib keladi. Agar muloqot qiluvchilar tilni mukammal bilsalar bir-birlarini to'liq tushunadilar va so'zlashgan vaqtlarida hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Buni amalga oshirishda nafaqat shaxsni shakllantirish ya'ni talaba dialog madaniyatini ham rivojlantiradi. Xorijiy tillarni o'qitishda turli xil metodlar usullar qo'llaniladi. Ular yildan yilga o'zgaradi va yangilanib boradi [>'J №,2019:65].

Demak, bu usullarni ko'rsatishimizdan maqsad shuki, olimlar turli usullar yoradimda chet tilini tarjima kompetensiyasiga shakllantirishhda usullar yordamida talabalarga matnlarni yozma va og'zaki tarjima qilish jarayonida shu usullar orqali mukammal bilim egallashlari mumkin.

Xitoy tilini o'qitish jarayonida birinchidan, o'z yurtida boshqa millat vakillarining madaniyatini qanday qabul qiladi. Ikkinchidan, talabaning intellektual va psixofiziologik mexanizmlari qanday ishlaydi, yuksak aqliy faoliyati qay darajada ishlaydi bu juda muhimdir. Uchinchidan, - bu talabalarni o'zaro dialog madaniyatiga o'rgatadi, bu esa hozirgi zamonning eng dolzarb muamolaridan biridir. Biz bilim berayotganimzda nafaqat ularning og'zaki nutqini, shu bilan birga ularning aqliy faoliyati va muloqotga kirishish jarayonini ham ularga o'rgatishimiz lozim .

Bu ikkita olimlarning fikrlarini bir-biriga yaqin tomoni shundaki, talabalar xitoy tilini tarjima kompetensiyasini shakllanishida talabalar kommunikativ yondashuvdan foydalanib, matnlarni o'zi mustaqil holda o'qituvchining yo'llanmasi asosida tarjima qilishga kirishadi va uni a'lo darajadi bajarishga harakat qiladi. Kommunikativ usul orqali talabalar aqliy bilimlari asosida boshqa millat vakillari bilan muloqot jarayoniga kirishadi va ular bilan so'zlashish jarayonini boshlaydi. [Киров, 2018:56]

20-asrning 60-yillarida E.I.Passov xorijiy tillarni o'rganishda kommunikativ usuli ishlab chiqdi. Uning bu usuli 40 yil davomida Rossiya va boshqa shaharlarda ham foydalanib kelinmoqda. Xorijiy tillarni o'qitishdagi kommunikativ usul unda turli xil modifikatsiyalardan foydalaniladi. Kommunikativ usulning yondashuvi bu dasturlarni tuzib, xorijiy tillarni so'zlashuv uslubda qo'llash juda ham muhimdir. Bunda biz tanishuvni yo'lga qo'yamiz, yangilik eshitamiz, so'zlashuvchiga nisbatan o'z fikrimizni bildira olishimiz mumkin .

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Muallim-metodist tavsiyasi bilan va bolalar boshchiligida talabalar "Metodik papka" tutadilar. Unda yozgan leksiya daftari, seminar va laborotoriya mashg'ulotlaridan konspekti, pedagogika amaliyotida o'tgan darslarning rejalari, qo'lbola albomlar, ko'rgazmalilik, didaktik tarrqatma materiallar jamlanadi. O'quv-metodik adabiyot, matbaa yo'li bilan chop etilgan va qo'lda yasalgan audiovisual (eshitish va ko'rishga mo'ljallangan ) vositalar amaliyot jarayonida yozilgan o'quv va tarbiyaviy rejalar talabaning ish boshlashi uchun darkor " Metodik papka "ning ichiga kiradi [CnHëBa, 2016:45].

Biz mazkur tadqiqot ishimizda tarjima kompetensiyasi tushunchsiga ta'rif berishdan avval kompetensiya so'zining o'zi nimani anglatishini bilishimiz lozim. Shuning uchun biz bu so'z qanday ma'noni anglatishiga to'xtalib o'tamiz.

Berilgan ko'plab ta'riflarni umumlashtirgan holda, ushbu tushunchalarni sharxlashda quyidagi xulosaga keldik: "Kompetensiya " -ma'lum bir soxada faoliyat yuritish jarayonida shasiy sifatlar hamda bilim , ko'nikma va malakalarning samarali qo'llanilishi, "kompetentlik " esa muayyan faoliyat ni amalga oshirish uchun mavjud hamda yuzaga chiqishi m'umkin bo'lgan layoqatdir.

"Kompetent yondashuv" tushunchasi XXI asr boshida ta'limni moderenizatsiya qilish muammolari va yo'llari borasidagi munozaralar jarayonida ommalashdi. Rus tilshunosligida ta'lim jarayoniga kompetent yondashuv masalasi dastlab I.Zimnaya, A.Xutorskiy, B.Elkonin kabi ko'plab olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo'lib, ularning ishlarida kompetensiyaga ega muataxassis malakali muatxassisdan nafaqat ma'lum darajadagi bilim, ko'nikma va malakalarga egaligi,balki ularni ish faoliyatida qo'llay bilishi hamda samarali qo'lllashi bilan samarali farq qilishi ta'qiqlanadi. Kompetent yondashuv ta'lim maqsadlarini belgilashning umumiy tamoyillari, ta'lim mazmunini tanlash, ta'lim jarayonini tashkil qilish va ta'lim natijalarini baxolash yig'indisidir .

O.Permyakov ta'rifida kompetentlik deganda shaxsning kasbiy ta'lim muassasi bitiruvchisini tayyorlash natijasi sifatida ma'lum sohalarada faoliyat yuritish uchun umumlashtilirgan sifatlari tavsifi tushuniladi. Uning fikricha, " kompetensiya -faoliyat subyektning layoqati, bilim, ko'nikma va malakalarni yaxlit ajralmas tarzda aks ettirib, uning muayyan faoliyat turi doirasidagi funksiyalarni bajarishdagi tayyorligini ko'rsatadi"

Iqtisodiy-sotsial o'zgarishlar va informatsion rivojlanish jarayonida O'zbekiston Respublikasida hozirgi kunda Bldarajadagi talabalarda tarjima kompetensiyasini shakllantirish uchun yangi interaktiv metodlar yaratildi. Yangi

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

kadrlarni tayyorlashda esa bu malalakali kompetent ko'nikmaga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlash dolzarb muammolardan biridir. Bunday natijaga erishish uchun biz o'quv jarayonida yangi texnologiya, usullar va va o'qitishning yangi usullariga tayanamiz. Dunyo bo'yicha talabalar 2011-2020 yillardagi ta'lim jarayonidagi talabalar quyidagi kompetensiyalarga ega bo'lishilari kerak:

1. O'z kuchiga va bilimiga tayangan holda Vatani uchun bilim va ko'nikmalarini namoyon etish;

2. O'ziga tayangan holda qaror qabul qilish;

3. Texnologik va information bilimlaridan keng foydalanish;

4. Og'zaki va yozma jarayondagi muloqotga tayyor turish;

5. Kelajakdagi sotsial hamkorlikka tayyor turish;

6. O'zini -o'zi rivojlanirishga tayyor turish va yuksalishga erishish.

XULOSA

Bo'lajak kadrlarni va yetuk mutaxasislarni tayyorlashda bugungi kunda ustozlar ham interaktiv yangi usullarga tayanadilar. Yetuk mutaxassislar nafaqat tilni mukammal bilishi, undan tashqari kompyuter soxasini ham, ilmiy-amaliy ish olib borishni va uni tahlil qilishni ham bilishi kerak. Shu sababli ham o'qituvchi ishlash jarayonida o'z pedagogik qo'llanmalari va interaktiv usullardan foydalangan holda dars beradilar. Bizning davlatimiz demokratik yo'lni tanlagani uchun, talabalarda biz ohirgi paytda interaktiv usullardan foydalanyapmiz. Bu interaktiv usullar oson ko'ringani bilan lekin juda ham murakkab va ularni qo'llash ham unchalik oson emas. Shuning uchun ham talabalar bu kabi kompetensiyalarga ega bo'lishlari uchun biz o'qituvchilar ularga tarjima kompetensiyasini shakllantirish jarayonida ularga modul texnologiyasi va interfaol usullardan foydalangan holda ta'lim berishimiz zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Пассов И. Принципи обучения иностранного языка. -Москва: Просвещение.-2010 г.-С.15.

2. Диордиященко О.В. Принципы обучения иностранному языку. Харьков. Харьковский государственный университет питания и торговли.Первомайский факультет.-2015 г.-С.-23.

3. Шакирова А.А.ПРИНЦИПЫ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ. ФГАОУ ВПО "Казанский (Приволжский) федеральный университет. Журнал Современные проблемы науки и образования. - 2015. - № 1 (часть 1) Дата публикации 07.04.2015.-C.-1.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

4. Lei Vu. Translation competence for teaching foreign languages.- Beijing.-2015 y-

5. Масловец О.А. Основы обучения китайскому языку в школе и в вузе.-Москва. 2019-С.13 -14.

6. Khusanovna K. G. Essential features of vocational education systems in Uzbekistan and Japan //European science review. - 2018. - №. 3-4.

7. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

8. Хашимова, С. А. (2021). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

9. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

10. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 139-146.

11. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

P.15-16.

257-262.

268-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.