Научная статья на тему 'O'ZBEK AUDITORIYASI TALABALARIGA INGLIZ TILI FE'L SO'Z TURKUMI GRAMMATIK HUSUSIYATLARINI O'RGATISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR TO’PLAMINI YARATISH ASOSLARI'

O'ZBEK AUDITORIYASI TALABALARIGA INGLIZ TILI FE'L SO'Z TURKUMI GRAMMATIK HUSUSIYATLARINI O'RGATISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR TO’PLAMINI YARATISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1073
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metodika / interferensiya / kompetensiya / chog‟ishtirma tahlil / mashqlar tipologiyasi / tizimli tamoyil / CEFR darajalari / Methodology / interference / competence / contrastive analysis / typology of exercises / systematic principle / CEFR levels

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madina Jamshid Qizi Mirjalilova

Ushbu maqolada ingliz tili mutaxassisligiga asoslangan oliy bilim yurti talabalariga ingliz tili fe‟l so‟z turkumi hamda uning grammatik hususiyatlarini o‟rgatish uchun kommunikativ-integrativ mashqlar to‟plamini yaratish asoslari yoritib berilgan. Muallif tomonidan tadqiqot olib borildi, ingliz va o‟zbek tili fe‟l so‟z turkumi hususiyatlari chog‟ishtirma tahlil qilinib, interferensiya maydoni aniqlandi. Mashqlar to‟plamini yaratishda interferensiya holatlariga, tizimli va kommunikativ yondashuvda mashqlarni yaratishning asosiy mezonlarga urg‟u berildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF DESIGNING COMMUNICATIVE EXERCISES FOR TEACHING GRAMMATICAL FEATURES OF ENGLISH VERB TO UZBEK AUDITORY STUDENTS

In this article, the principles of designing communicative-integrative exercises on teaching English verb and its grammatical features are explored at the level of higher education system students with English language specialty. The research was held by the author by making contrastive analysis of English and Uzbek Verb systems and finding out the field of interferences. While designing the system of exercises, a special attention was paid at the interference cases, the principles of systematic and communicative approach to the creation of exercises

Текст научной работы на тему «O'ZBEK AUDITORIYASI TALABALARIGA INGLIZ TILI FE'L SO'Z TURKUMI GRAMMATIK HUSUSIYATLARINI O'RGATISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR TO’PLAMINI YARATISH ASOSLARI»

O'ZBEK AUDITORIYASI TALABALARIGA INGLIZ TILI FE'L SO'Z TURKUMI GRAMMATIK HUSUSIYATLARINI O'RGATISHDA

KOMMUNIKATIV MASHQLAR TO'PLAMINI YARATISH ASOSLARI

Madina Jamshid qizi Mirjalilova

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti madino4ka0993 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ingliz tili mutaxassisligiga asoslangan oliy bilim yurti talabalariga ingliz tili fe'l so'z turkumi hamda uning grammatik hususiyatlarini o'rgatish uchun kommunikativ-integrativ mashqlar to'plamini yaratish asoslari yoritib berilgan. Muallif tomonidan tadqiqot olib borildi, ingliz va o'zbek tili fe'l so'z turkumi hususiyatlari chog'ishtirma tahlil qilinib, interferensiya maydoni aniqlandi. Mashqlar to'plamini yaratishda interferensiya holatlariga, tizimli va kommunikativ yondashuvda mashqlarni yaratishning asosiy mezonlarga urg'u berildi.

Kalit so'zlar: Metodika, interferensiya, kompetensiya, chog'ishtirma tahlil, mashqlar tipologiyasi, tizimli tamoyil, CEFR darajalari.

PRINCIPLES OF DESIGNING COMMUNICATIVE EXERCISES FOR TEACHING GRAMMATICAL FEATURES OF ENGLISH VERB TO UZBEK

AUDITORY STUDENTS

Madina Jamshid kizi Mirjalilova

Uzbek State University of World Languages madino4ka0993 @mail .ru

ABSTRACT

In this article, the principles of designing communicative-integrative exercises on teaching English verb and its grammatical features are explored at the level of higher education system students with English language specialty. The research was held by the author by making contrastive analysis of English and Uzbek Verb systems and finding out the field of interferences. While designing the system of exercises, a special attention was paid at the interference cases, the principles of systematic and communicative approach to the creation of exercises.

Keywords: Methodology, interference, competence, contrastive analysis, typology of exercises, systematic principle, CEFR levels.

KIRISH

Chet tillarini o'qitish jarayonida talabalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish bugungi kun metodikasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Kommunikativ kompetensiya esa o'z navbatida bir necha kichik kompetensiyalarni o'z ichiga oladi va ulardan eng birinchisi lingvistik kompetensiyadir. Lingvistik kompetensiyaga ega bo'lish deganda, talabaning ingliz tili grammatikasi va leksikasi bo'yicha mukammal bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi tushuniladi. Buning uchun esa, ona tili va o'rganilayotgan tildagi ma'lum bir til birligini chog'ishrirma tahlil qilish va tahlil natijalariga qarab interferensiya holatlarini ko'rib chiqish zarurdir. Lingvistik interferensiya deganda biz bir tilni ikkinchi tilga ta'siri natijasida ikkinchi tilda so'zlashuvchi tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolarni tushunamiz [1]. Bunday holatlarni aniqlagandan so'ng, o'qituvchiga aynan shu muammolarni yengib o'tishda talabalarga yordam beruvchi mashqlar to'plamini yaratish kerak. Mashqlar to'plamini yaratishda esa tizimli tamoyilga, ya'ni yengildan murakkabga hamda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga hizmat qiluvchi tayyorlovchi (pre-communicative) mashqlardan asosiy (communcitive) mashqlarga o'tish maqsadga muvofiqdir. Bizning tadqiqotimizda ingliz tiliga ixtisoslashgan oliy bilim yurti birinchi bosqich talabalari uchun ingliz tili fe'l so'z turkumini grammatik husuiyatlarini o'rgatishga qaratilgan mashqlar to'plamini yaratish asosiy maqsad qilib olindi va bu maqolada tadqiqotning asosiy natijalari ko'rsatib o'tiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har qanday xorijiy tilni samarali o'qitish uchun eng avvalo, studentlarning ona tili va o'rganayotgan tillarini bir biri bilan solishtirish, ularni qiyosiy tahlil qilish kerak. Tillarni taqqoslash orqali shu tillarning o'xshash va farqli hususiyatlari namoyon bo'ladi: o'xshash hususiyatlar ikkinchi tilni osonroq o'rganishga yordam bersa, farqli hususiyatlar tilni o'rganishda qiyinchiliklar tug'diradi, va bu qiyinchiliklar o'z navbatida nutqdagi xatolarga olib keladi [1]. Misol uchun, og'zaki nutqda ba'zi studentlar to'xtab qolishlari yoki xato talaffuz qilishlari mumkin. Xorijiy tilni o'qitishda ikki tilni bir biriga taqqoslash orqali ularning o'xshash va farqli hususiyatlarini aniqlash bilan shug'ullanadigan tilshunoslik bo'limiga Kontrastiv (Chog'ishtirma) lingvistika nomi berilgan. V. B. Kashkin, rus olimining ta'rifiga ko'ra, tillarni qiyoslash bilan tilshunoslikning ikki bo'limi, qiyosiy (komparativ) va chog'ishtirma (kontrastiv) lingvistika shug'ullanadi [2]. Qiyosiy tilshunoslik o'zaro qarindosh tillarni solishtirish orqali ulardagi tarixiy rivojlanish bosqichlari, farqli va umumiy jihatlarni o'rganadi. Chog'ishtirma tilshunoslik esa dunyodagi istalgan ikki tilni solishtirish bilan shug'ullanadi, va bunda tillar qarindosh bo'lmasliglari ham

mumkin. Misol uchun, ingliz va o'zbek, rus va nemis, turk va xitoy tillarining fonetik, morfologik yoki sintaktik til birliklari o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlarni o'rganishda chog'ishtirma tilshunoslik ahamiyati katta. Lingvistik interferensiya deganda biz bir tilni ikkinchi tilga ta'siri natijasida ikkinchi tilda so'zlashuvchi tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolarni tushunamiz [1]. Talabalarning til o'rganayotganda xatolarga yo'l qo'yishi bu tabiiy holdir. "Xato-bu kasallik emas, ba'lki uning belgisidir, bu belgi o'quvchi ongida ikki tilning farqli xususiyatlari bir biriga mos kelmayotgani va unga tilni o'rganishda qiyinchilik tug'diryotganidan dalolatdir", deb ta'kidlaydi Yarseva [3]. Interferensiya holatlari, kuzatuvlar natijasiga qaraganda, ko'pincha ma'lum bir lingvistik holatlarda ko'pchilik studentlar tomonidan yo'l qo'yiladi, ya'ni studentlar aynan bir birilarinikiga o'xshash xatolarni takrorlaydilar. Bundan shu narsa ayon bo'ladiki, bu xatolarni kelib chiqishiga studentlarning individual omillari emas, ba'lki tizimli til omillari sabab bo'ladi. Xorijiy tilni o'qitayotgan pedagog albatta bunday holatlarni keltirib chiqaruvchi tillar orasidagi farqli hususiyatlardan va ularni yengib o'tish imkonini beruvchi metodlardan habardor bo'lishi zarur. Eng sodda misollar "He is a student" - "U student", "I am writing a letter" - "Men xat yozyapman" orqali biz ko'rishimiz mumkinki, ingliz tilidagi " to be" fe'li o'zbek tilida tarjima qilinmaydi. Ikkinchi misolda hozirgi zamon davom fe'li ingliz tilda "to be" yordamchi fe'li va "-ing" qo'shimchasi bilan ifodalangan bo'lsa, o'zbek tilida u faqat "-yapman" qo'shimchasi orqali ifodalangan. Hozirgi kunda ta'lim tizimining oldiga qo'ygan asosiy maqsadi har bir o'quvchining har tomonlama rivojlanishiga, o'zining jamiyatdagi o'rnini topishiga va o'zini o'zi yanada takomillashtirib borishiga qaratilgan yangi, har bir o'quvchi shaxsini e'tiborga oluvchi yondashuvga asoslangan ta'lim tizimini yaratishdir . Chet tillarini o'qitishdan maqsad ham shu yondashuvga ko'ra o'zgardi va metodikada yangi atama "kompetensiya" (mahorat, qobiliyat) tez-tez ishlatila boshladi. Kompetensiya (lotinchadan "qobiliyat") - u yoki bu o'quv predmetini o'qitish davomida shakllanadigan bilim, malaka va ko'nikmalar yig'indisi, yoki egallangan bilim va ko'nikmalar asosida qandaydir faoliyat olib borish qobiliyati. Bu atama ilk bor N. Xomskiy tomonidan tilshunoslikka kiritilgan. Keyinchalik, amerikalik olim D. Hayms (1972) bu tushunchani yanada takomillashtirgan va Kommunikativ kompetensiya atamasini fanga kiritgan. Yevropa ittifoqi tomonidan kommunikativ kompetensiya tushunchasi batafsil tahlil qilindi va uning tarkibiy qismlari ishlab chiqildi. Unga ko'ra, kommunikativ kompetensiya quyidagi kompetensiyalardan iborat: lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalar [4]. Kommunikativ yondashuvning asosiy hususiyatlariga quyidagilarni kiritishadi [5]:

• Ta'lim jarayonining nutqiy faoliyatga qaratilganligi: eshitish, gapirish, o'qish va yozish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirish;

• O'quv materiallarini tanlashda funksional yondashuv: darslarda o'quv manbalari o'quvchilarning ehtiyojlariga qarab tanlash;

• Mashqlarni turli hayotiy vaziyatlar bilan bog'lash;

• Darslarda hayotiy, tabiiy (authentic) manbalardan foydalanish, miso uchun xabarlar (news), filmlar yoki auidio materiallardan foydalanish;

• Kommunikativ mashqlar ishlatish (information gap, jigsaw, debate, interviews);

• Ta'limni individuallashtirish, ya'ni har bir o'quvchining shaxsiy o'quv qobiliyati, hususiyatlarini hisobga olish.

Hozirgi kunda ikki hil grammatika farqlanadi: lingvistik va pedagogik. Lingvistik grammatika deganda biror tilning bacha til birliklari, grammatik tuzilishi va qoidalari to'plami tushuniladi. Pedagogik grammatika esa, lingvistik grammatikaning o'quvchilarning yoshi, bilim darajasi, ona tiliga qarab moslashtirilgan varianti hisoblanadi. Bu tushuncha ilk bor N. Xomskiy tomonidan kiritilgan bo'lib, olimning ta'kidlashicha, Grammatik qoidalarning tuzilishi, ifodalanishi va tushuntirilishi ta'lim oluvchilarning individual hususiyatlari (yosh, ona tili, kasbi) ga asoslangan holda o'zgartirilishi, moslashtirilishi zarur. Misol uchun, ingliz tilidagi fe'lning Perfect kategoriyasi o'zbek tili fe'lida mavjud emas. Lekin o'zbek auditoriyasi uchun hozirgi zamonda "ravishdosh+bo'lmoq yordamchi fe'li" stukturasini Present Perfect zamoni bilan o'xshatib tushuntirish mumkin:

- Present perfect: I have done my homework.

- "Ravishdosh+bo 'lmoq yordamchi fe'li": men uyga vazifani qilib bo'ldim. Uzoq O'tgan zamon fe'li bilan Past Perfect o'xshatilsa bo'ladi:

- Past Perfect: We had watched the movie by the midnight.

- Uzoq o'tgan zamon fe'li: Yarim tungacha biz kinoni ko'rib bo'lgan edik.

Bu misollar chet tilidagi grammatik qoidalarni o'zbek auditoriyasining ona tilidagi grammatik qoidalar bilan solishtirilgan holda o'rgatilishini ko'rsatadi. Bu misollar pedagogik grammatikadagi qoidalarning tushuntirilishiga misol bo'ladi. Kommunikativ uslubda grmmatik birliklar ma'lum bir muloqot jarayonida, qandaydir kontekst orqali tushuntiriladi va olingan grammatik birliklar kommunikativ mashqlar yordamida mustahkamlanadi. An'anaviy va kommunikativ usulda ingliz tili fe'lining o'tgan zamon to'g'ri va noto'g'ri fe'llarini taqdim etishni k etma-ketligini misol qilib solishtiramiz: An'anaviy usul.

1. O'qituvchi "ed" formaning ikki talaffuz variantini orgatadi;

2. Ba'zi hollarda fe'lning oxirgi harfi "d" undoshi bilan tugasa, u ikkilanishini tushuntiradi ( wed- wedded);

3. O'quvchilarga noto'g'ri fe'llarning jadvali o'qib chiqsh uchun beriladi;

4. Noto'g'ri fe'llarning talaffuzi qaytarish usulida (mechanical drills) o'rgatiladi va o'quvchilarga ularni yodlab olish topshiriladi.

Kommunikativ usul.

1. Talabalarni ikki guriuhga ajratib ularga ikki hil matn (yaqin orada bo'lib o'tgan voqealar haqida) beriladi va matnlar bilan tanishish topshiriladi;

2. Matndagi "ed" bilan tugagan fe'llarni topishni so'raymiz va unlar to'gri fe'llar ekanligi tushuntiramiz. Keyin, boshqa to'g'ri fe'llarning o'tgan zamon shaklini ham misol qilamiz va talaffuz, ikkilanish qoidalarini tushuntiramiz;

3. Matndagi noto'g'ri fe'llarni ham ajratib tushuntiramiz;

4. O'quvchilar matnni yana bir bor o'qib tushunmagan joylarini muhokama qilishadi;

5. Bir guruhdagi talaba bilan boshqa guruhdagisi juft - juft o'tirishadi va ikki matnni bir biriga so'zlab berishadi. Yoki, bir talaba ikkinchisidan intervyu shaklida savol javob qilib matnlar nima haqida ekanligini bilib olishadi. Muloqot jarayonida o'quvchilardan o'rgatilgan fe'l shakllarini ishlatish talab etiladi.

Birinchi kurs o'zbek auditoriyalarida fe'l so'z turkumuni o'rgatish qay darajada olib borilayotganini bilish uchun albatta grammatika faniga ajratilgan o'quv rejasini tahlil qilish lozim. Ammo, dastavval, turli metodistlarning o'quv adabiyotlarida, aynan grammatika darsliklarida mavzuning yoritilishi, mashqlar to'plami va baholash usullarini tahlil qilganlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. Misol uchun, Galskova N. va Gez N. grammatikani kommunikativ yondashuvga asoslanib o'tishda o'quv manbalarini tanlashda quyidagi amallarni bajarishlari kerak deb aytishadi:

1. Materiallar tanlanayotganda ularda tilning turli muloqot jarayonidagi tabiiy ishlatilgan misollar bo'lishi kerak, o'ylab topilgan, sun'iy misollardan foydalanish to'g'ri kelmaydi;

2. O'quv manbalarida grammatik birliklarning shakli, ma'nosi va ishlatilishi qoidalari alohida alohida, tushunarli tarzda berilishi kerak. Buning sababi, talabalar bu uch bo'g'inning orasidagi bog'liqlikni turli kontekstlarda ishlatib ko'rib tushunib olishlari kerak;

3. Grammatik qoidalarni yetarli miqdorda, o'quvchilarning idrok qilsih darajasiga moslagan tarzda taqdim etish kerak;

4. Yangi mavzuni berishdan oldin avvalgisini qaytarish va ular orasidagi bog'liqlikni ko'rsatib o'tish lozim. Bunda turli ko'rgazma qurollari, jadvallar,

sxemalardan foydalansa o'quvchilarning eslab qolishiga yordam berish mumkin;

5. Grammatik qoidalar va tushuntirishlar aniq, lo'nda va oson tarzda taqdim qilinishi kerak;

6. Darsning mustahkamlash qismida talabalarning orasida interaktiv, faol mashqlarni bajarish kerak, juftlik, guruhlarda ishlash maqsadga muvofiq [6].

Mavzularni, yangi grammatik qoidalarni o'rgatish 3 bosqichdan tashkil topgan:

- Grammatik birlik yoki qoida bilan tanishtirish;

- Dastlabki mustahkamlash;

- Grammatik tushunchani og'zaki va yozma nutqda ishlata olish ko'nikmasini hosil qilish ustida ishash (rivojlantiruvchi bosqich).

Tilning qaysidir aspektini o'rganishda mashqlar to'plamining ahamiyati katta. Mashqlar yangi bilimlarni egallash va mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi. Shu sababdan, darsning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda va o'quv manbalarining samaradorligini oshirish maqsadida mashqlarni to'g'ri tashkillashtirish o'ta muhim.

NATIJALAR

Yuqoria ta'kidlanganidek, tadqiqotchi tomonidan avvalo interferensiya holatlariga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ingliz va o'zbek tillari fe'l so'z turkumining farqli hususiyatlari o'rganib chiqildi. Ularga misollar qilib quyidagailarni ko'rsatish mumkin. Majhul nisbat (passive voice) ikki tilda ham huddi Active voice kabi to'liq mos tushadi. Lekin ingliz tilida Passive constructions (majhullikni ko'rsatuvchi ko'rsatkichlar) o'zbek tilida yasaladigan majhul gaplarga nisbatan ko'proq va murakkabroq. Misol uchun:

1. Direct passive:The window was being opened (oyna ochilayotgan edi...) ;

2. Indirect passive: She is said to be a clever girl (aytishlaricha u aqlli qiz emish);

3. Prepositional passive: The doctor has been sent for (doktorga odam yuborildi);

4. Adverbial passive: the room has been lived in (xonada allaqachon yashalayotgan edi).

Ikki tildagi fe'l so'z turkumining mayl kategoriyasida ham o'xshashlik va tafovutlar mavjud. Indicative mood o'zbek tilida Xabar mayli bilan mos tushadi, Imperative mood esa Buyruq-istak mayli bilan. Lekin o'zbek tilidagi maqsad mayliga ekvivalent mayl ingliz tilida yo'q, shuning uchun u ifodalaydigan ma'noni Indicative mood (xabar mayli) bilan o'zaro bog'lashimiz mumkin. Misol uchun: U chet elga bormoqchi- She wants to go abroad.

Ingliz tilidagi Gerundning o'zbek tilida to'liq sinonimi yo'q. Gerund fe'lning fe'llik va otlik xususiyatiga ega bo'lgan shaklidir. Gerundda infinitivga qaraganda otlik xususiyati ko'proq. O'zbek tilida gerundga harakat nomi to'g'ri keladi. Reading is her favouraite occupation. O'qish — uning sevimli mashg'uloti. Lekin ba'zi hollarda gerund o'zbek tilidagi ravishdoshga va sifatdoshga ham to'g'ri keladi: I remember reading the book. Men kitobni o'qiganimni eslayman (ravishdosh); Working people should also remember about having a rest. Ishlayotgan insonlar dam olishni ham unutmasliklari kerak.

Fe'llarning tuslanishi o'zbek tilida qat'iy qoidalar asosida har bir shaxs-son ko'rsatkichiga alohida affikslarni olsa, ingliz tilida faqat 3-shaxsda tuslanishda o'zgarish mavjud. Har bir zamon, mayl, nisbat kategoriyalari o'z affiksal ko'rsatkichlari bilan farqlanishi o'zbek tili fe'liga hos hususiyatdir, chunki bu til agglutinativ tillar guruhidan joy olgan. Ingliz tili esa analitik tillardan biri hisoblangani uchun uning Grammatik qo'shimchalarga boy emasligi ma'lum. Bu hodisa fe'lning Grammatik kategoriyalarida ham ko'rinadi. Misol uchun, ingliz tilida zampn ko'rstakichlari auxiliary verbs yordamida yasaladi ( do, did, have, had, was, were, will, shall). Bundan tashqari ingliz tili modal fe'llarga juda boy, lekin o'zbek tilida bunday fe'l shakllari yo'q, modal ma'no kerak, zarur, mumkin kabi so'zlar yordamida ifodalanadi. Shu va shunga o'xshash tafovutlar o'zbek auditoriyasi studentlariga ingliz tilini o'rganishda asosiy to'siq bo'lishi va lingvistik interferensiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Tadqiqot mobaynida Kommunikativ grammatika faniga mos keluvchi, talabalarning grammatika bo'yicha, bizning ishimizda fe'l so'z turkumi bo'yicha mashqlar tipologiyasini yaratish uchun avvalo birinchi kurs o'zbek auditoriyasi studentlarining ingliz tili fe'lini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsad qilib olindi. Muallif tomonidan fe'l so'z turkumi bo'yicha test tashkil etildi va pedagogik amaliyot davrida O'zbekiston Jahon Tillari Universiteti III ingliz fakulteti 108-, 117-, 115-, 118- guruh o'zlashtirish ko'rsatkichini aniqlash uchun Kommunikativ grammatika darslari davomida o'tkazildi. Test umumiy 40 ta savoldan tashkil topdi va unga CEFR bo'yicha B1+ va B2 darajasiga mos bo'lgan topshiriqlar kiritildi. Savollarni tuzishda magistrant xorijdagi test (level test, placement test) modellari va yurtimizda B2 darajaga mos keluvchi darliklarga tayangan holda tuzishga harakat qildi. 30 ta savol ochiq test (multiple choice questions) shaklida va 5 tasi tushirib qoldirilgan bo'laklarni to'ldirish (fill in gaps) va qolgan 5 tasi ma'lum bir kontekstda Grammatik birliklarning to'g'ri yoki noto'gri qo'llanganini aniqlash (correcting the mistakes) shaklida berilgan.

4 ta birinchi bosqich guruhlarida o'tkazilgan test natijasiga ko'ra, talabalar tomonidan qilingan xatolar hisoblandi va umumiy fe'l bo'yicha bilim darajasi aniqlandi. Natija quyidagi jadvalda ko'rsatiladi:

1-jadval

Talabalar soni Savollar soni Nazariy ehtimoliy xatolar soni Amaliy bajarilgan xatolar soni Talabalarning bilim darajasi ko'rsatkichi

54 40 2160 690 68%

MUHOKAMA

Talabalarning javoblarini tahlil qilish natijasida quyidagicha xuloslarga kelindi: 1) Ingliz tili fe'lining zamon va tus kategoriyalari bo'yicha talabalarning bilimi yaxshi natijani qayd etdi; 2) Ayrim studentlar infinitive va gerudniy shakllarini to'g'ri tanlashda adashganlar, va uch valentli fe'llarga taaluqli savolda 85% talabalar xato qilganlar; 3) If bo'lakli gaplar va wish bo'lakli gaplarda ochiq testlarda eng ko'p

xatolar qilindi. Bular sirasiga "I wish i_more money". "Surely Sue

_you if she was unhappy with your work", kabi savollarda no'to'gri

javoblar belgilangan, eng ko'p xato "John and Betty are coming to visit us tomorrow

but I wish_" savolida kuzatildi; 4) Modal fe'llarga asoslangan matndagi 7 ta

savoldan asosan 3 tasiga ko'p xato javoblar berilgan. Eng ko'p xato quyidagi gapda berilgan: if the tremor is very small you might/couldn't feel nothing at all. To'g'ri javob might bo'lsa, 50% student couldn't fe'lini tanlagan, bunda talabalar couldn't fe'li ma'nosiga ko'ra to'g'ri berilgan, lekin uning shakli bo'yicha bu gapda noto'g'ri bo'ladi. Chunki ingliz tilida gapda ikkita inkor ko'rsatkichi bo'lmaydi, lekin o'zbek tilida buning aksi.

Shunday qilib, birinchi kurs o'zbek auditoriysi 4 ta guruh talabalari bilan o'tkazilgan test natijasi shuni ko'rsatadiki, talabalarning fe'l so'z turkumi bo'yicha bilimlarini kuchaytirish lozim. Conditional mood va Voice kategoriyalari, ayniqsa, ko'proq darslar o'tilishi kerak. Ochiq testlardan tashqari, matn shaklidagi topshiriqlar ham tuzish maqsadga muvofiq.

Tadqiqotchi tomonidan yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda yordam beruvchi mashqlar to'plamini yaratishda quyidagi mashq turlaridan foydalandi. 1. Grammatik birliklarni o'rganish va farqlashga oid topshiriqlar (exercises for cognition and differentiation of grammatical units);

- Matnda, og'zaki nutqda, ma'lum bir konteksda yangi Grammatik hodisani toping va uni qaytaring, yozib oling;

- Berilgan grammatik tuzilmalarning shakli va ishlatilishi bo'yicha quyidagi jadvalga to'g'ri joylashtiring;

- Berilgan matndagi grammatik birliklarni, ularning qoidasi va shu kontekstdagi ishlatilishiga bog'liq holda aniqlang, ajratib oling;

- Berilgan grammatik tuzilmalarga ekvivalent birliklarni ko'rsating (students are in a hurry- students are hurrying);

- Matnni lingvistik tahlil qiling, ya'ni undagi barcha grammatik tuzilmalar, gap. so'z birikmalari, so'zlarni tahlil qiling;

- O'ng tarafdagi gaplarning bosh qismini chap tarafdagi ularning davomiy qismi bilan bog'lang.

2. Almashtirishga asoslangan mashqlar (exercises for substitution). Bunday turdagi topshiriqlarda asosan Grammatik birliklar almashtirilmaydi, ularning negizida gapning boshqa qismlari, leksik birliklar almashtiriladi. Shu orqali aynan bir Grammatik tuzilmaning turli muloqot jarayonlarida ishlatish ko'nikmasi hosil qilinadi. Misol uchun:

Quyidagi jadvaldagi misollardan gaplar tuzing: I, he, she, They Go hiking

My mom, Family, Teacher Used to calm me down randomly The group of students do extra exercises

3. O'zgartirishga asoslangan topshiriqlar (Exercises for transformation):

- Quyidagi majhul nisbatdagi fe'llarni gapning mazmunini saqlagan holda aniq nisbatga aylantiring:

The book was written by N. Chomsky- N. Chomsky wrote the book;

- Quyidagi sodda gaplarni qo'shma gapga aylantiring:

I had breakfast. Then I went to school. - after having breakfast, I went to school; Darak gaplarni so'roq gapga aylantiring;

- Dialoglarni matnning asosiy mazmunini saqlagan holda monologga aylantiring;

4. Savol-javob tarzidagi topshiriqlar

- Guruhlarga bo'linib, tengdoshlaringizni ta'tillarini qanday o'tkazganlari haqida intervyu qiling.

- Quyidagi savollarga do'stlaringizning javoblarini aniqlang, savol va javobda Present continous yoki Present Perfect zamonidan foydalaning. Misol:

Have you finished your task?- Yes, I have already finished it. Have you done your homework? - No, I am still doing it.

5. Reproduktiv topshiriqlar:

- O'tilgan Grammatik mavzuga oid matn (dialog, qo'shiq, xabar)ni to'ldiring/ qisqartiring/ o'zgartiring va h.k.;

- Matnda tushirib qoldirilgan fe'llarni to'g'ri zamon va shaklda joylashtiring va matnni so'zlab bering.

XULOSA

Chet tillarini o'qitishda asosiy e'tibor bugunda til o'rganuvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda qaratilmoqda. Buning natijasida grammatik birliklar va qoidalarni ham an'anaviy usulda emas, ba'lki kommunikativ yondashuvga asoslangan holda o'qitish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot uchun tayyorlangan mashlqar pre-communicative va communicative exercises deb nom olgan mashqlar to'plamidan iborat bo'lib, ular osondan qiyinga qarab, Grammatik birlikning tuzilishidan uning ishlatilish qoidalari va so'zlovchining muloqot jarayonida qay hollarda qo'llanilishiga qarab ketma-ketlikda tuzildi. Tadqiqotchi mashqlar to'plamini yaratayotganda quyidagi omillarga asoslandi: 1) Talabalarga ma'lum bir mavzuni ochib berishda, ularning ona tili bilan o'rganilayotgan tillari Grammatik birliklari orasidagi o'xshash va farqli jihatlarga urg'u berildi; 2) Interfernsiya muammosi vujudga kelishi mumkin bo'lgan mavzularda bu holatni oldini olishga qaratilgan mashqlar tuzildi; 3) Mashqlar to'plamida tizimli yondashuv (принцип системности) ga tayanilgan holda topshiriqlar ketma-ketligi yaratildi, ya'ni yengildan murakkabga, tayyorlovchi (pre-communicative) mashqlardan masosiy (communcitive) mashqlarga o'tildi. 4) Imkon qadar, ingliz va o'zbek madaniyatiga xos bo'lgan kontekstlar tanlandi va mashqlarga kiritildi. 5) Davlat ta'lim standardi va studentlarning bilim ko'rstakichlariga mos ravishda, B2 darajasiga mos qiyinchilikdagi mashqlar berildi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Джусупов М. Звуковые системы русского и казахского языков. Слог. Интерференция. Обучение произношению.- Ташкент, 1991. - 240 c.

2. Кашкин В.Б. Сопоставительная лингвистика. - М.: Русский язык, 2007.-180 с.

3. Стернин И.А. Сопоставление как лингвистическая методология. - Воронеж, 2015. - 150 с.

4. "Современные языки: изучение, преподавание, оценка. Общеевропейская компетенция владения иностранным языком", Страсбург, 1966.

5. Littlewood, W. T. (1983). "Communicative approach to language teaching methodology (CLCS Occasional Paper No. 7)." Dublin: Dublin University, Trinity College, Centre for Language and Communication Studies. (EDRS No. ED 235 690, 23 pages)

6. Гальскова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам. Лингводидактика и методика: учеб.пособие для студ. лингв. ун-тов и фак. ин.яз. высш.пед.учеб. заведений / Н.Д. Гальскова, Н.И. Гез.- 3-е изд., стер.- М.: Издательский центр «Академия», 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.