Научная статья на тему 'Развитие навыков письменности, чтения, разговорной речи и понимания при аудировании в обучении иностранному языку'

Развитие навыков письменности, чтения, разговорной речи и понимания при аудировании в обучении иностранному языку Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
97
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
иностранный язык / компонент / компетенция / коммуникативный / социолингвистический / ИКТ / методология / национальная учебная программа и др. / foreign language / component / competence / communicative / socio-linguistic / ICT / methodology / national curriculum / ETC.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Дильноза Салихова

Наиболее важными компонентами изучения иностранного языка являются аудирование, разговаривание, чтение и письменность. В любой форме образования языковые компетенции должны быть широкими, сквозными, многогранными и фундаментальными для всех людей, а также должны быть присущи каждой научной культуре и дисциплине. В этой статье автор подробно обсуждает важность преподавания иностранных языков в современных образовательных учреждениях и использования четырех элементов, а также объясняет развитие этих четырех навыков: письма, чтения, разговорной речи и аудирования с точки зрения предоставления анализа и фактов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Develop writing, reading, speaking and listening comprehension skills in foreign language teaching

The most important components of learning a foreign language are listening, speaking, reading and writing. In any form of education, linguistic competencies must be broad, transverse, multifaceted, and fundamental to all people, as well as inherent in every scientific culture and discipline. In this article, the author discusses in detail about the importance of teaching foreign languages in contemporary educational institutions and the use of four elements and she explains about the development of these 4 skills: writing, reading, speaking and listening in terms of providing analysis and facts.

Текст научной работы на тему «Развитие навыков письменности, чтения, разговорной речи и понимания при аудировании в обучении иностранному языку»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Develop writing, reading, speaking and listening comprehension skills in foreign language teaching

Dilnoza SALIKHOVA 1

Bukhara Regional Law College

ARTICLE INFO

Article history:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021

Keywords:

foreign language, component, competence, communicative, socio-linguistic, ICT,

methodology, national curriculum, ETC.

Chet tilini o'qitishda yozuv, o'qish, gapirish hamda tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish

ANNOTATSIYA_

Xorijiy tilni o'rganishdagi muhim komponentlar bu - tinglash, talaffuz qilish, o'qish va yozishdan iboratdir. Ta'limning har qanday shaklida, lingvistik kompetensiyalar barcha odamlar uchun keng, shaffof, ko'p qirrali va asosiy bo'lishi kerak, shuningdek har bir ilmiy madaniyat va intizomga xosdir deyish mumkin. Ushbu maqolada muallif bugun ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitishning muhim ahamiyati, ularni talabalarga o'rgatishda til o'rganishning to'rt unsuridan foydalanish va chet tilini o'rgatishda yozuv, o'qish, gapirish hamda tinglab tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish haqida batafsil bayon qiladi, tahlillar va faktlar keltiradi.

ABSTRACT_

The most important components of learning a foreign language are listening, speaking, reading and writing. In any form of education, linguistic competencies must be broad, transverse, multifaceted, and fundamental to all people, as well as inherent in every scientific culture and discipline. In this article, the author discusses in detail about the importance of teaching foreign languages in contemporary educational institutions and the use of four elements and she explains about the development of these 4 skills: writing, reading, speaking and listening in terms of providing analysis and facts.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Kalit soZlar:

xorijiy til,

komponent,

kompetensiya,

kommunikativlik,

ijtimoiy-lingvistik,

AKT,

metodika,

milliy o'quv dasturi va h.k.

1 First deputy chief of staff of the director, Bukhara Regional Law College, Bukhara, Uzbekistan.

Science

Развитие навыков письменности, чтения, разговорной речи и понимания при аудировании в обучении иностранному языку

Tilga oid to'rtta asosiy ko'nikmalar, tinglash, o'qish, so'zlash va yozish tillarni o'rgatishning ajralmas qismidir. Chet tili kurslarida muvaffaqiyatli va samarali ta'lim olish va o'qitish uchun ushbu to'rtta asosiy til ko'nikmalarini o'rganish darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish va mustahkamlash zarur. Muammo chet tillarini o'qitishda to'rtta asosiy ko'nikmalarning mavqeini aniqlashda yoki uning ta'rifiga shubha qilishda emas, balki muammo bu to'rtta asosiy ko'nikmalarni talabalarning qanday yaqinlashishini va o'zlashtirganligini ko'rsatishdir. Talabalar chet tili darslarini to'g'ri eshitganda va tushunganlarida, ular to'g'ri va samarali gaplasha olsalar, yanada muvaffaqiyatli va tayyor bo'lishadi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy ilm-fan doirasida chet tillarini samarali o'rganish hamda yangi lug'at boyligini yanada osonroq o'zlashtirish masalasibir qancha olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo'lsa-da, doim dolzarb masala bo'lib kelgan. Bugungi jahon globallashuvi davrida zamon talabi bilan mazkur masalaga bunday yondashilishi tabiiy holdir. Ko'pincha chet tilini o'rganishda bilingual ta'lim tizimining tashkil etilishi bir necha chet tillarini chuqurlashtirib o'rganishga imkon yaratadi.Ba'zan chet tillarini o'rganishga ajratilgan dars soatlari va maxsus darsliklar soni darsni o'zlashtirishga yetarli darajada bo'lmasligi xorijiy tillarni mukammal o'rganishda muammolariga sabab bo'lishi mumkin. Mazkur muammolar yechimini topishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texno-logiyalari (AKT) hamda Internet tarmog'idagi onlayn resurslar muhim o'rin tutadi.

Talaba-yoshlarning darsga qiziqishini oshirishda AKT va Internet tarmog'idagi resurslar ta'lim samarasini va shu jumladan, til o'rganishga motivatsiyani oshiruvchi omil bo'la oladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o'qituvchi o'z shaxsiy elektron ta'limiy resurslarini yaratib borishi imkoniyati mazkur soha rivojida muhim ahamiyatga molikdir.Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, agar talaba o'z ona tilini yaxshi bilsa, til qonun-qoidalariga amal qilish malakasiga ega bo'lsa, uning mavjud lingvistik tajribasi boshqa chet tilini o'zlashtirishiga ham zamin yarata oladi. Shuningdek, tilning grammatik tushunchalarini va atamalarini tezroq o'zlashtirishiga yordam beradi. Shu tariqa, tillararo o'xshashlik va farq qiluvchi omillarini o'rganib, boshqa xorijiy tilni ham oson o'zlashtiradi. Fonetik, leksikvagrammatik darajada til hodisalarini solishtirish

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

иностранный язык,

компонент,

компетенция,

коммуникативный,

социолингвистический,

ИКТ,

методология, национальная учебная программа и др.

Наиболее важными компонентами изучения иностранного языка являются аудирование, разговаривание, чтение и письменность. В любой форме образования языковые компетенции должны быть широкими, сквозными, многогранными и фундаментальными для всех людей, а также должны быть присущи каждой научной культуре и дисциплине. В этой статье автор подробно обсуждает важность преподавания иностранных языков в современных образовательных учреждениях и использования четырех элементов, а также объясняет развитие этих четырех навыков: письма, чтения, разговорной речи и аудирования с точки зрения предоставления анализа и фактов.

lingvistika sohasini boyituvchi material bo'ladi. Shu boisdan, tillararo qiyosiy tahlil muhim ahamiyatga molik. Bu chet tilidagi yangi materialni shunchaki o'zlashtirishgina emas, balki unga talabalarda alohida qiziqish bilan yondashuvni ham ta'minlaydi. Agar talaba bir tilning qonun-qoidalari va asosiy tushunchalarini yaxshi bilsa, boshqa tilni ham o'rgana olishiga o'zida chuqur ishonch bilan qaraydi.

Xorijiy til ta'limiga innovatsionva yangi pedagogik texnologiyalarning tadbiq qilinishi - shaxsni jamiyatning talabiga ko'ra yo'naltirish, ta'limni shu talablar asosida tashkil etish hamda ta'lim tamoyillari, metodlari va aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama yetuk kadr qilib shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to'liq namoyon etishi va rivojlantirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Pedagogik innovatsion texnologiyalarning yana bir o'ziga xos xususiyati o'qituvchi faoliyatining ustuvorligida, ta'lim jarayonida talaba yoki o'quvchinining asosiy figura ekanligidadir. Ta'lim jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarni to'g'ri shakllantirish, talabalar ongida bilimlar sistemasini, o'z - o'zini nazorat qilish ko'nikmasini to'g'ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonidagi eng samarali, o'qituvchi -pedagoglar ko'zlagan maqsadlarga erishishning kafolatlangan o'qitish uslublariva ta'lim metodlari talabalarda mustaqil fikrlash, erkin qaror chiqarish ko'nikmasini shakllantiribgina qolmay, ularni muammolarni yechishlari va bunday o'qitish uslublari pedagogik texnologiyaning eng ilg'or xususiyatidir. Mashhur nemis olimi Y.V. fon Gyote ta'kidlaganidek: "Kim bitta bo'lsa-da chet tilini bilmasa, demak, u o'z tilini ham bilmaydi". Shu sababdan nafaqat xorijiy til mutaxassislari, balki tilga ixtisoslashmagan boshqa oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha bo'lajak kadrlar chet tillarini o'rganib, ularda erkin fikr almasha olishni shakllantirish g'oyat muhim vazifalardan sanaladi.Shubha yo'qki, bugungi kunda kadrlar oldiga qo'yiladigan asosiy talablardan biri chet tillarini mukammal bilishdir.Barcha sohalardagi kadrlar tayyorlash jarayonlarida ta'lim tizimining ustuvorligini, shu jumladan, chet tillarini o'qitishning yangi texnologiya- mexanizmlarining joriy etilishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.Chet tilini o'qitish maqsadlari jamiyat talabi, ijtimoiy buyurtmasi, sharoiti, siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Chet tili o'qitish maqsadlari jamiyat taraqqiyotiga va rivoj-lanishiga bog'liq. Oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tilni o'qitishni boshlashdan avval, chet tilidan ta'lim berayotgan barcha murabbiylar, albatta, uni oldindan aniqlab olmog'i va talabalarga uni o'rgatishning yangi uslublarini joriy qilmog'i darkor.

IHRT (2007) kabi xalqaro tashkilotlarning fikriga ko'ra, til kompetensiyalari turli xil dasturlarga ega, ayniqsa og'zaki, yozma va AKTdan foydalanish ona tilida ham, boshqa tillarda ham ifodalangan. Ammo, ularning yozma tilda qo'llanilishi ta'kidlanadi, boisi esa bu shaxsning, muassasaning, mintaqaning yoki ilmiy intizomning ilmiy qismi sifatida ro'yxatga olinishi va o'lchanishi mumkin bo'lgan ilmiy mahsulotlarni nashr etishda hal qiluvchi element hisoblanadi. Ilmiy matnlar va gap strukturalarini hosil qilish uchun lingvistik vakolatlardan foydalanish quyidagilarni nazarda tutadi:

• ishlab chiqilayotgan mavzu bo'yicha ma'lum bilim darajasi mavjudligi, bu ayniqsa ilmiy adabiyotlardan foydalanish;

• ishtirokchilar orasida sintaktik va leksik konvensiyalar bo'yicha individual hamda jamoaviy faoliyatni rivojlantirish;

• tildan yetarli darajada foydalanish to'g'ri yozish uslubidan tashqari, olingan tanqidlarni tushunish, qaror qilish va harakat qilish qobiliyatiga ega bo'lib, fikrlar, faktlar, farazlar va nazariyalarni farqlay olish;

• yozma ravishda aytilgan narsalarning oqibatlarini yengish qobiliyati, chunki bu bilimlarni ishlab chiqaradi, bunday g'oyalar ilmiy intizomdagi epistemik omillarga aylanadi, bu yangi hissa yoki oldingilaridan keyingi ishlanma bo'lishi mumkin (Reyzabal, 2012).

Har bir kompetensiyani ilmiy ishlab chiqarish va aloqada qo'llash darajasi ilmiy intizomga qarab o'zgaradi. Shu jumladan, professor va tadqiqotchilar eng kamida o'zlarining ilmiy intizomi doirasida o'rganilayotgan mavzularni aniqlash, tushuntirish, isbotlash va asoslash borasida yuqori darajadagi til vakolatlarini namoyish etishlari lozim (Camacho-Gonzalez & Quintanilla-Gatica, 2008). Bundan farqli o'laroq, axborot mutaxas-sislari ular hamkorlik qilayotgan ilmiy fanlar bilan bog'liq bo'lgan bir nechta bilimga ega bo'lishlari kerak, shuningdek ular boshqa fanlar bilan ishlashga moslasha olishlari kerak. Tilshunoslik kompetensiyasi va ilmiy ishlab chiqarish va aloqa o'rtasidagi bog'liqlik quyidagilarni anglatadi: (1) yetkazilishi mo'ljallangan narsaning kontekstual elementlarini aniqlash; (2) ilmiy ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish; (3) ilmiy tildan to'g'ri foydalanish; (4) matnlarni aniq va yetarli darajada taqdim etish uchun semantik normalarni qo'llash.Lisoniy tavsiflash obyekti bo'lgan fonologiya, leksika va sintaksis aloqa uchun ishlatiladigan kod tarkibidagi elementlarning faqat bir qismini tashkil etadi. Gapning (gaplar, iboralar, so'zlar va h.k.) ma'nosi to'liq shakliga bog'liq emas. Boshqacha aytganda, nutq aytilgan vaziyatning konteksti juda ham muhimdir. Ushbu kompetensiyalar o'qish kabi boshqa shaxsiy qobiliyatlar bilan juda bog'liq, chunki kim o'qimasa, to'g'ri yoza olmaydi. Bu vakolatlar esa mutaxassislar yoki keng jamoatchilikning turli guruhlardagi odamlarning jamoaviy o'zaro ta'siri va bilimlarini ishlab chiqarish uchun zarurdir. Biror xorijiy tilda gapirish ko'nikmasini rivojlantirish uchun eng avvallo, talaffuzga e'tibor berishimiz kerak. Agar chet tilidagi so'zlarni to'g'ri talaffuz qila olmasak, nutqimiz boshqalar uchun tushunarsiz bo'lib qolishi mumkin. Bunday holat yuz bermasligi uchun esa so'z boyligimizda mavjud bo'lgan barcha xorijiy tildagiso'z va iboralarimizning to'g'ri talaffuzini birma-bir tekshirib, o'rganib chiqishimiz kerak bo'ladi.

Kommunikativ kompetensiya haqiqatdan ham tilshunoslik kompetensiyasini, shuningdek, ijtimoiy-lingvistik pragmatik kompetensiyaga kiruvchi faktlar shaklinio'z ichiga oladi (til predmetlarini kontekstda ishlatish qoidalari va konvensiyalari va boshqa omillar, masalan, munosabatlar va boshqalar). Professor Dell Hymes biror xorijiy tilni o'rganayotgan kishi quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerakligini aytadi: "shuni hisobga olish kerakki, oddiy bola jumlalarni nafaqat grammatik jihatdan, balki lug'at boyligi jihatidan ham mukammal ravishda ham bilishi mumkin. U qachon va nima haqida gaplashish kerakligi hamda ushbu muloqot kim bilan, qayerda, qanday shaklda bo'lishi kerakligini biladi. Bir so'z bilan aytganda, bola nutq aktida ishtirok etish va boshqalar tomonidan bajarilishini baholash uchun nutq aktining repertuarini (inson ega bo'lgan va foydalana oladigan barcha ko'nikmalar va boshqalar) egallaydi".Xomskiyning fikriga ko'ra, lisoniy kompetensiyani qolgan kommunikativ kompetensiyadan ajratib, alohida holda o'rganish mumkin, ammo Dell Hymes singari ijtimoiy-tilshunoslar til kompetensiyasi tushunchasi real emas va u tilshunoslikda jiddiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas deb hisoblashadi.

Kommunikativ kompetensiyani tushunishda foydali bo'lgan yana bir tushuncha - bu fatik-birlik tushunchasi. Fatik-birliktushunchasining maqsadlaridan biri jim bo'lmaslikdir, chunki bu kerak bo'lmaganda dushmanlik yoki sharmandalikni anglatishi mumkin. Masalan, ibodatxonada sukut saqlash hurmat belgisi bo'lishi mumkin, lekin ikkita tanishlar

uchrashib, jim bo'lib qolishsa, ularning sukuti hurmatsizlik yoki hech bo'lmaganda befarqlik sifatida talqin qilinishi mumkin. "Salom", "xayrli tong" va boshqa kirish so'zlari kabi ba'zi iboralar juda odatiy, ammo ularning buzilishi aloqa shakllariga salbiy ta'sir qiladi, aksariyat hollarda o'zaro munosabat ishtirokchilarining noqulayligiga olib keladi.Dell Hymes tomonidan kiritilgan kommunikativ kompetensiya tushunchasi til pedagogikasida yondashuv usuli va texnikasida o'zgarishlarga olib keldi. Tilshunos mutaxassislarning ta'kidlashicha, "qoidalar mavjud, ularsiz grammatika foydasiz bo'lib qoladi". Til o'rganuvchilarga to'g'ri jumlalarni tuzishga imkon beradigan grammatik qoidalar va boshqa kommunikativ maqsadlarni amalga oshirish uchun tillardan foydalanish qoidalari ishlab chiqiladi.

Yevropaning umumiy bozori xorijiy tillarni o'rganishda kommunikativ yondashuvga yordam berdi. O'zaro ta'sir kuchayishi uchun kattalarga Yevropaning umumiy bozorining asosiy tillarini o'qitish ehtiyojlari ortdi. Uilkins o'zining "Milliy o'quv dasturi" (1976) kitobida sharqiy-funksional o'quv dasturini targ'ib qilgan. U til ishlatiladigan funksiyalar haqida to'xtalib o'tadi: Masalan, bitta ma'lumotni so'rash bo'yicha, boshqasida kechirim so'rash va uchinchi darsda minnatdorchilik bildirish bo'yicha rejalashtirish mumkin. Tilshunoslar funksiyalar, tushunchalar va tuzilmalarning inventarizatsiyasini qilishgan, ammo foydalanish uchun materiallar gradatsiyasi to'g'risida taklif berishmagan. Sintaktik murakkablik va funksiyani ajratilgan yoki turli xil parametrlarga bo'lishini sodda sababga ko'ra funksional murakkablik bo'yicha baholash ularning ma'nosini bermadi. Ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda mediata'lim vositalaridan foydalanishning samarali tizimi xorijiy tilni o'rgatishdan asosiy maqsad kommunikatsiya, aloqa vositasi sifatida qo'llashni o'rgatishdir. Nutq faoliyati turlarini o'rgatmay turib ushbu maqsadga erishib bo'lmaydi, chunki nutq faoliyati turlari orqaligina o'zgaga ma'lumot beriladi va olinadi. Bir necha kuzatuvlardan ma'lum bo'lishicha, chet tili darslarida nutq faoliyati turlari mashg'ulotlar davomida alohida-alohida o'rganilmoqda.Buning boisi esa, barcha nutq kompetensiyasi turlarini bitta darsga qamrab olishga vaqtning yetishmasligidadir.Qolaversa, ba'zan o'qituvchilarda ham nutq faoliyati turlari ustida ishlash taktikasining yo'qligi talabalarning nutqiy kompeten-siyalarini turli dars-mashg'ulotlari davomida alohida o'zlashtirib borilishiga sabab bo'lmoqda.Ushbu kamchiliklarni bartaraf etishning eng samarali yo'li esa multimedia vositalar yordamida talabalarga til o'rgatish kompetensiyalarini boyitishdir.

Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy tilni o'rgatish ko'proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, u o'z-o'zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlash-tirish ko'nikmalariga egadir. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir. Shunga amin holda o'qituvchilar eng ilg'or yondoshuvlar bilan tanishishlari va keyinchalik ularni birlashtirishi va o'z ishlarida foydalangan holda ta'lim tizimida sezilarli o'sishga erishishlari mumkin. Ta'lim jarayonida o'tkaziladigan chet tilini o'qitishga yo'naltirilgan dars treninglarida nutq ko'nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga yetarli e'tibor berilishi kerak. Bundan tashqari ta'limda har bir darsning muvaffaqiyati ko'p jihatdan mashg'ulotni to'g'ri tashkil etishga bog'liqdir. Dars o'qituvchi va talabaning ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina talabalar mustaqil erkin fikrlay oladilar hamda til o'rganishga nisbatan qiziqishi shakllanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirolyubov A.A., Raxmanov I.V., Setlin V.S. Taxriri ostida. O'rta maktabda chet tillar o'qitishning umumiy metodikasi. - T.: O'qituvchi. 1974.

2. Tursunov I.Y. Xalq pedagogikasing dolzarb muammolari. - T.: "O'qituvchi", 1990.

3. Oxford L.L. Language learning strategies: What Every Teacher should know. - N.Y. New Bury House Publishers 1990.

4. ies.ccsenet.org International Education Studies Vol. 11, No. 7; 2018, 178.

5. ingiliz Dili Bolumlerinde Uygulani^i (Yayimlanmami^ Doktora Tezi). Ataturk Universitesi/Sosyal Bilimler.

6. Enstitusu, Gngiliz Dili Ve Edebiyati Anabilim Dali, Erzurum. Barin, M. (2002). Yabanci Dil Ogretiminde Dinleme Becerisin Onemi. Ataturk Universitesi Journal of Social Sciences, 2(28-29), 17-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.