Научная статья на тему 'OTMLARDA KREDIT MODUL TIZIMI SHAROITIDA “MUSTAQIL TA'LIM KO'NIKMALARI” FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI'

OTMLARDA KREDIT MODUL TIZIMI SHAROITIDA “MUSTAQIL TA'LIM KO'NIKMALARI” FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
164
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo'lajak ingliz tili o'qituvchisi / mustaqil ta'lim / mustaqil ta'limni tashkil qilish / mustaqil ta'lim ko'nikmalari / kommunikativ kompetentsiya / o'qituvchig avtonomiyasi. / future English teacher / independent learning / organization of independent learning / independent learning skills / communicative competence / teacher autonomy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sarimsakova, Dilafruz Muhamadjonovna

Mazkur maqolada filologik oliy ta'lim muassasalarida kredit modul tizimi sharoitida "mustaqil ta'lim ko'nikmalari" fanining mazmuni va mohiyati, bo'lajak ingliz tili o'qituvchisining avtonomiyasini (mustaqil ta'lim ko'nikmalari) shakllantirish, zaruriy kommunikativ kompetentsiyalarini, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kompetentsiyalarni rivojlantirishda mustaqil ta'lim ko'nikmalarini fanining ahamiyati yuqori baxolanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT AND SIGNIFICANCE OF THE SUBJECT "INDEPENDENT EDUCATIONAL SKILLS" IN THE CONTEXT OF CREDIT MODULE SYSTEM IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article highlights the content and essence of the subject "Independent learning skills" in the credit module system in philological higher education institutions, the formation of autonomy (independent learning skills) of a future English teacher and the development of communicative competencies including into linguistic, sociolinguistic, pragmatic and strategic competencies.

Текст научной работы на тему «OTMLARDA KREDIT MODUL TIZIMI SHAROITIDA “MUSTAQIL TA'LIM KO'NIKMALARI” FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

OTMLARDA KREDIT MODUL TIZIMI SHAROITIDA "MUSTAQIL TA'LIM KO'NIKMALARI" FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-601-606

Dilafruz Muhamadjonovna Sarimsakova

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti e-mail: [email protected] tel: +998913423913 ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada filologik oliy ta'lim muassasalarida kredit modul tizimi sharoitida "mustaqil ta'lim ko'nikmalari" fanining mazmuni va mohiyati, bo'lajak ingliz tili o'qituvchisining avtonomiyasini (mustaqil ta'lim ko'nikmalari) shakllantirish, zaruriy kommunikativ kompetentsiyalarini, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kompetentsiyalarni rivojlantirishda mustaqil ta'lim ko'nikmalarini fanining ahamiyatiyuqori baxolanadi.

Kalit so'zlar: bo'lajak ingliz tili o'qituvchisi, mustaqil ta'lim, mustaqil ta'limni tashkil qilish, mustaqil ta'lim ko'nikmalari, kommunikativ kompetentsiya, o'qituvchig avtonomiyasi.

CONTENT AND SIGNIFICANCE OF THE SUBJECT "INDEPENDENT EDUCATIONAL SKILLS" IN THE CONTEXT OF CREDIT MODULE SYSTEM IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS

ABSTRACT

This article highlights the content and essence of the subject "Independent learning skills" in the credit module system in philological higher education institutions, the formation of autonomy (independent learning skills) of a future English teacher and the development of communicative competencies including into linguistic, sociolinguistic, pragmatic and strategic competencies.

Keywords: future English teacher, independent learning, organization of independent learning, independent learning skills, communicative competence, teacher autonomy.

Darhaqiqat, amaldagi PreSETT o'quv dasturi umume'tirof etilgan xalqaro

me'yorlarga ko'ra, bo'lajak til o'qituvchilari o'rganilayotgan chet tilini C1 darajada

egallashlari uchun zaruriy til ko'nikmalarini integrallashgan tarzda o'rgatish,

egallagan bilim va malakalarini amaliyotda mustaqil qo'llash va madaniyatlararo

601

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

muloqot malakalarini turli ijtimoiy jonli vaziyatlarda o'rinli va faol qo'llay olishni nazarda tutadi. PreSETT o'quv dasturi tarkibiga kirgan o'quv fanlari va modullari shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodlari va chet tili o'qitishga kommunikativ yondashuvdan maksimal darajada foydalanishni talab etadi. Auditoriya mashg'ulotlarda darslik va o'quv qo'llanmalardan tashqari autentik materiallar: audio, video, gazeta va jurnallar, Internet manbalaridan, elektron ta'lim vositalari va interaktiv usullardan foydalangan holda aqliy hujum, keys-stadi, loyihalar tayyorlash, rolli o'yin, debatlar, prezentasiyalardan foydalanib, bo'lajak til o'qituvchilariga tilning og'zaki va yozma shakllarini integrallashgan holda o'rgatish, turli kontekstlardagi muloqot malakalarini mustaqil rivojlantirish, o'rganilayotgan chet tili ko'nikmalari to'g'risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko'nikma, malakalarini kasbiy faoliyatida erkin qo'llay olishlarini ta'minlaydi.

O'qishning dastlabki bosqichida mustaqil ta'lim ko'nikmalari fanining mazmuni Mazkur dasturga ko'ra, "mustaqil ta'lim ko'nikmalari" faniga 1-semestr davomida jami 60 soat (30 soat auditoriya mashg'ulotlari, 30 soat mustaqil ta'lim) o'quv yuklamasi ajiratilib, talabalar 2 kredit jamg'arishlari kerak bo'ladi [1]. Ya'ni "mustaqil ta'lim ko'nikmalari" fani talabalarga oliy ta'lim muassasasida ta'lim olishning o'ziga xos jihatlari, o'z shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib, o'qish va o'rganish usullarini mustaqil tanlash, ta'lim olishda refleksiyaning ahamiyati, o'z-o'zini baholash, bilimlarini takomillashtirish uchun maqsad va kelgusi rejalarni tuza olish borasida kerakli bilimlarni berish qatorida oliy ta'limdagi o'qish jarayonida o'z vaqtlarini to'g'ri rejalashtirish, vujudga kelishi mumkin bo'lgan stress bilan kurashish, motivasiya, vazifalarni o'z vaqtida bajarish va imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish, samarali ta'lim olish, shuningdek, kelgusi kasbiy faoliyati bilan bog'liq malaka va ko'nikmalarini muntazam takomillashtirib borish yo'llarini o'rgatishda yetakchilik qiladi.

Mustaqil ta'lim ko'nikmalari fanini o'zlashtirilishi natijasida talabalar quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni, jumladan umumiy o'rta va o'rta maxsus (maktab, lisey, kollej va oliy ta'lim tizimlarida o'quv jarayoni va ularning farqli jihatlarini taxlil qilish, o'qituvchiga tobelik tamoyilidan talaba mustaqilligiga tomon yo'lni tanlash, mustaqil bo'lishning (bilimlarni mustaqil o'zlashtirish) ahamiyati haqida tasavvurga ega bo'lish, ta'lim olish uslublari va moyilliklari, sensor ta'lim uslublari (vizual, audio, kinestet, taktil), ta'lim uslublarining Xani va Mamford tasnifi (nazariyotchi, aktivist, reflektor, pragmatik), introvert va ekstrovert ta'limni bilish, yaxshi bilim olish uchun ta'limning samarali uslublarini bilishi va ulardan oqilona foydalanish, o'zining til bilish darajasini umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlar (CEFR) ga muvofiq baholash,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Smart maqsadlarni aniqlash, chet tilini o'rganishdan maqsadni to'g'ri belgilash, refleksiya, ta'lim muassasasi va undan tashqarida vaqtdan unumli foydalanish, vazifalarni aniqlash va personalizasiya qilish, kutubxonalardan unumli foydalanish, internetdan maqsadli va samarali foydalanish, plagiat (ko'chirmakashlik) ga yo'l qo'ymaslik, imtihon va testga tayyorgarlik ko'rish kabi mustaqil ta'lim ko'nikmalarini bosqichma-bosqich egallab borish ko'nikmalariga ega bo'lishlarida tayanch vazifani bajaradi.

Mustaqil ta'limni tashkil etish, mustaqil ta'lim topshiriqlarini tanlash va ularga qo'yilgan talablar, bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini, kommunikativ kompetentligini rivojlantirish muammosi xorijlik metodist, lingvist, pedagog olimlarning ilmiy tadqiqod ishlarida o'rganilgan bo'lib, mazkur tadqiqotlar natijada ingliz tili o'qitishning talabaga yo'naltirilgan yondashuv kontekstida "avtonomlik", avtonom o'rganish (autonomous learning), "til o'rganuvchi avtonomiyasi" (learner autonomy), "mustaqil ta'lim ko'nikmalari" (independent study skills) kabi tushunchalar keng qo'llanila boshlandi. Avtonom o'rganish "mustaqil ta'lim olish", "o'z-o'zini tarbiyalash" xamda "mustaqil o'qish" uchun maksimal darajada mas'uliyatni olishi kerak degan tamoyilni anglatadi.

Yevropa Kengashining til siyosati dasturi tomonidan "chet tilini egallashning umumevropa kompetentsiyalari: o'rganish, o'rgatish va baholash" (CEFR) malaka talablari asosida ishlab chiqilgan "Yevropa tilining portfoliyosi" (The European Language Portfolio (ELP), 2009) ham talaba avtonomiyasi (learner autonomy), plurilingualizm va madaniyatlararo xabardorlik (intercultural awareness) va kommunikativ kompetentsiyalarini rivojlanishini takomillashtirishga qaratilgan bo'lib, ELP o'rganuvchilarni tilni o'rganish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga undaydi ya'ni mustaqil ta'limni zaruratini nazarda tutadi. Shuningdek, talabalarning CEFR malaka talablari asosida o'z-o'zini baxolash va mustaqil ta'lim ko'nikmalarini rivojlantib borayotganligini aniq ko'rishga ko'maklashadi va talabada o'ziga ishonch va mamnuniyat hissini oshiradi. (Deskriptorlar talabalarning tushunishlari uchun nisbatan oson, shuning uchun ular nimani maqsad qilib olganliklarini va unga erishganliklarini ko'ra oladilar. Agar talabalar taraqqiyotga erishayotganliklarini ko'ra olsalar, ularda ko'proq qoniqish hosil bo'ladi.)

V. Littlvud (1997) ingliz tili o'qituvchilarining avtonom (mustaqil) ta'lim ko'nikmalariga ega bo'lishlarini va mustaqil ta'limni tashkil etishning zaruratini quyidagicha izohlaydi:

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

1. Ingliz tili o'qituvchilari o'quvchilarini tildan jonli vaziyatlarda mustaqil muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qiladilar.

2. Ingliz tili o'qituvchilari o'quvchilarini mustaqil ta'lim olishlari uchun sinfda va auditoriadan tashqari ishlarni mas'uliyat bilan mustaqil va faol tarzda bajarishlarida yordam berishni maqsad qiladilar.

3. Ingliz til o'qituvchilari o'quvchilariga ko'proq mustaqil muloqot qilish, ko'proq mustaqil o'rganish va shaxs sifatida mustaqil bo'lish uchun talab etiladigan motivasiya, ishonch, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam berishlari kerak. [Littlvud, 1997:111]

Demak, bo'lajak ingliz tili o'qituvchisining avtonomligi, mustaqil ta'lim ko'nikmalarining rivojlantirishi, o'z-o'zini tarbiyalashi, bilim, ko'nikma va malakalarini muntazam mustaqil ta'lim vositasida rivojlantirishi uni kasbiy faoliyati davomida faol va ijodkor o'qituvchi bo'lishga undaydi. Izlanishlarimiz shundan dalolat beradiki, OTMlarda kredit movul tizimi sharoitida bo'lajak ingliz tili o'qituvchisining o'rganilayotgan chet tilini muloqot tili hamda mutahasislik fani sidatida OTMda to'rt yil davomida C1 darajada egallashi uchun mustaqil ta'limni o'qishning dastlabki bosqichida "mustaqil ta'lim ko'nikmalari" fani orqali mustaqil ravishda bilim, ko'nikma va malakalarni shaklllantirib, zaruriy kommunikativ kompetentsiyalarini, lingvistik, sosiolingvistik, pragmatik va strategik kompetentsiyalarni rivojlantirishda mustaqil ta'lim ko'nikmalarini shakllantirishga asos bo'ladi.

OTMlarda talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baxolash tartibi tug'risida namunaviy yo'riqnomada talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishni ikki turga: auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ta'lim va auditoriyadan tashqarida mustaqil ta'limga ajiratilgan. Unga ko'ra, auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ta'lim talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o'zlashtirish darajasini, amaliy mashg'ulot darslariga (seminar, amaliyot, labaratoriya) tayyorgarlik va uyga berilgan topshiriqlarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadidi joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara kabi usullardan foydalaniladi. Auditoriyadan tashqarida mustaqil ta'lim fanning ishchi o'quv dasturida belgilangan soatlar miqdorida mavzu bo'yicha qo'shimcha o'quv materiallarini mustaqil ravishda izlab topishi, taxlil qilishi, o'zlashtirishi, ijodiy yondashishini talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko'rinishida amalga oshiriladi.

OTMlarda turli darajadagi mustaqil ish turlari farqlanadi:

1. Namuna asosidagi mustaqil ish-mustaqil faoliyatning past darajasi;

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

2. Yechimni aniqlashning taniqli usulini qo'llagan holda topshiriqlarni bajarish. Bu ishlar o'qituvchi tomonidan avval ko'rsatilgan hamda talabalar tomonidan tajribadan o'tkazilgan mustaqil ishlarni qayta takrorlash asosida bajariladi;

3. Rekonsruktiv-variativ tip mustaqil faoliyatning boshlang'ich darajasi. Bilimlarni tipik vaziyatlarga ogli ravishda o'tkazish, turli hodisalar, voqealar, faktlarni tahlil qilish, bilish faoliyati metodlari va usullarini shakllantirish imkoniyatini beradi;

4. Evristik mustaqil ishlar-mustaqil faoliyatning harakatchan darajasi. Talabalarda ijodiy shaxsni shakllantirishga yordam beradi. Bu tipdagi ishlarni bajarishda doimiy ravishda yangi bilimlarni izlash, egallagan bilimlarni umumlashtirishva tizimlashtirish, ularni nostandart vaziyatlarga o'tkazishni taqozo etadi;

5. Predmet ichida va predmetlararo tadqiqot tipidagi mustaqil ishlar-mustaqil faoliyatning yuqori darajasi. Mustaqil ishlarni bajarishning eng yuqori bosqichi hisoblanib, bunday ishlarni bajarishda vazifa yechimini topish yo'llarini ishlab chiqish talab etiladi. [Qurbonova, 2021:10]

Demak, bilimlarni mustaqil ravishda egallashga yo'naltirilgan faoliyat ta'lim jarayonining ajiralmas qismi hisoblanadi. OTMlarda o'qishning dastlabki bosqichida mustaqil ishni tashkil qilish bir qator vazifalar bilan bog'liq bo'lib, mazkur jarayonda xar bir professor-o'qituvchi dastlab talabada o'z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg'otishi, ularni sabr-toqat bilan vosqichma-bosqich mustaqil ta'limni to'g'ri tashkil etishga o'rgatib borishi zarurligini isbotlaydi.

REFERENCES

1. Mustaqil ta'lim ko'nikmalari fan dasturi, №BD-5111400-2.03. 14.08.2021

2. Yevropa Kengashining til siyosati dasturining "Yevropa tilining portfoliyosi" (2009). (The European Language Portfolio https://www.coe.int/en/web/portfolio

3. Littlewood, W. (1997). Self-access work and curriculum ideologies. P.111

4. Курбонова Г, Юлдашева Ш, Мустакил ишни ташкил этиш тамоиллари. Тил ва адабиёт таълими илмий-методик журнали, 2021 йил 3-сон. 10-бет

5. Sarimsakova, D. (2021). Мустакил таълим воситасида булажак инглиз тили укитувчиларининг социолингвистик компетентлигини ривожлантиришнинг амалиётдаги холати. Журнал иностранных языков и лингвистики, 3(8).

6. Sarimsakova, D. (2021). Булажак инглиз тили укитувчилари социолингвистик компетентлигини ривожлантириш долзарб педагогик муаммо

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

сифатида . Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3). извлечено от https://pshedu.j spi.uz/index.php/fll/article/view/1013

7. Khasanova, Gulsanam Khusanovna MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/main-trends-in-the-development-of-education-and-professional-training-in-the-world (дата обращения: 05.01.2022).

8. Kh, Khasanova G., and Kenjaboev Sh Kh. "The role of education system in human capital development." Восточно-европейский научный журнал 2-1 (66) (2021): 48-51.

9. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

10. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. -Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.

11. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

12. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

13. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

14. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.