Научная статья на тему 'KOMMUNIKATIV NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI'

KOMMUNIKATIV NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2165
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutqning kommunikativ vazifasi / og‟zaki nutq / grammatika / innavatsion o‟yinlar / tovush madaniyati / talabalarni so‟zlashuv nutqiga o‟rgatish / communicative function of speech / oral speech / grammar / innovative games / sound culture / teaching students to speak

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilorom Djalilova

Ushbu maqola kommunikativ nutqni oliy ta‟limda shakllantirish usullari haqida so‟z boradi. Kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning tarkibiy, model, ishlab chiqilgan bo‟lib, u o‟quvchilarning ta'lim va ijtimoiy tajribasini, o‟qitishning faol usullarini hisobga olgan holda faoliyat, izchillik tamoyillariga asoslanadi va tarkibiy qismlardan iborat: maqsadni belgilash, tashkiliy -metodologik, samarali baholaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICAL FUNDAMENTALS OF COMMUNICATIVE SPEECH DEVELOPMENT

This article discusses ways to shape communicative speech in higher education. The structure, model of formation of communicative competence is developed, which is based on the principles of activity, consistency, taking into account the educational and social experience of students, active methods of teaching and consists of components: goal setting, organizational-methodological, effective evaluates.

Текст научной работы на тему «KOMMUNIKATIV NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

KOMMUNIKATIV NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI

Dilorom Djalilova

Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali o'qituvchisi ismatovay@gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola kommunikativ nutqni oliy ta'limda shakllantirish usullari haqida so'z boradi. Kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning tarkibiy, model, ishlab chiqilgan bo'lib, u o'quvchilarning ta'lim va ijtimoiy tajribasini, o'qitishning faol usullarini hisobga olgan holda faoliyat, izchillik tamoyillariga asoslanadi va tarkibiy qismlardan iborat: maqsadni belgilash, tashkiliy -metodologik, samarali baholaydi.

Kalit so'zlar: nutqning kommunikativ vazifasi, og'zaki nutq, grammatika, innavatsion o'yinlar, tovush madaniyati, talabalarni so'zlashuv nutqiga o'rgatish.

PRACTICAL FUNDAMENTALS OF COMMUNICATIVE SPEECH

DEVELOPMENT

ABSTRACT

This article discusses ways to shape communicative speech in higher education. The structure, model of formation of communicative competence is developed, which is based on the principles of activity, consistency, taking into account the educational and social experience of students, active methods of teaching and consists of components: goal setting, organizational-methodological, effective evaluates.

Keywords: communicative function of speech, oral speech, grammar, innovative games, sound culture, teaching students to speak.

KIRISH

Eng avvalo, nutq o'stirish o'zining butun mazmuni bilan talaba shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari nutq o'stirish talabalar tomonidan og'zaki nutqni o'zlashtirish to'g'risidagi psixologiya fani ma'lumotlari, insonning bilish faoliyatinig xususiyatlari to'g'risidagi nazariyaga asoslangan. Shuningdek, nutq o'stirish talabalarning rivojlanishda nutq faoliyatining roli to'g'risidagi nazariyaga asoslangan didaktik prinsiplarga ham tayanadi: oliy o'quv yurtlarida nutq o'stirish har bir guruhda quyidagi bilimlardan iborat qilib tuzilgan;

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

1. Talabalarni tevarak - atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, chet tili lug'atini boyitish.

2. Nutqning grammatik tomonini shakillantirish.

a) Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

b) Chet tilida so'zlashuv nutqini (dialog) shakillantirish.

c) Chet el badiiy adabiyot bilan tanishtirish [8].

O'qituvchi nutq o'stirishga oid adabiyotlar bo'limlarini va har bir bo'lim talablarini yaxshi va uning mazmunini aniq belgilab olish malakasini egallagan bo'lishi kerak.

METODOLOGIYA

Masalan, o'qituvchi katta guruhdagi talabalarni "chet tilida tevarak - atrof bilan tanishtirish va nutqini o'sitirish" bo'limida ko'rsatilgan ob'ekt yoki hodisa bilan tanishtirishda lug'at ishiga qo'yiladigan aniq talablarni yaxshi bilish, talabalarni turli savollarga javob berishga o'rgatish kerak. Talabalarga og'zaki nutqni obyektiv tushintirish orqali yetkazish tasiya etiladi. Misol uchun dastlabki bilim bazasini shakllantirishda Talabalar oshxona buyumlari nomlari lug'atini boyitishda oshpazning mexnati bilan tanishish jarayonida oshpazga ovqat pishirish uchun kerak bo'ladigan maishiy xo'jalik asboblarining (go'sht maydalagich, tova, qozon, kapkir, cho'mich, taxtacha va h.k) oziq ovqat maxsulotlarining (karam, lavlagi, loviya, no'xat, qovoq, sholg'om va h.k) ovqatlarning (sho'rva, mastava, shovla, palov, do'lma, chuchvara,kotlet va h.k) ovqatlarni pishirish bilan bog'liq bo'lgan ish harakatlarining nomalarini (qovuradi, qaynatadi, suzadi va h.k) chet tilida avval shakllantrilgan lug'at, video rollick, turli kartochkalar, turli tasvirli biletlar yoki bevosita o'qituvchidan bilib oladilar va buning natijasida ularning lug'ati boyib boradi va faollashadi. Shuningdek bu odatdagi lug'at yodlash usullaridan ancha samarador hisoblanadi.

Shuning uchun ham darsda nutqning garammatik tuzulishini egallash bo'yicha ish mazmuni har bir chet tilini o'rganuvchi guruhlarda talabalarning kursi va individual xususiyatlarini hisobga olagan holda belgilangan. Birinchi kursda talablarga asosan sodda gaplar tuzilishi va ularning qo'llanilishi haqida bilim berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki talabalar chet tilidagi nutqini ona tilidan tarjima qilib yaratar ekan dastlab jumla shakli soda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Talabalar oliy o'quv yurtlariga chet tilining Grammatik hususiyatlarini chuqur o'zlashtirgan holda kelishiga qaramay ular mazkur bilimlarini ba'zan og'zaki nutqda amalda qo'llay olmaslik holati kuzatiladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

Uchinchi to'rtinchi kurslarda nutqning grammatik tuzulishini shakllantirish bo'yicha dastur vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashishi bilan ajralib turadi. Ushbu guruhdagi talabalarni o'z nutqlarida uyushiq bo'laklari, yoyiq va qo'shma gaplarning turli xillarida (bo'lgan qo'shma gap, ergashgan qo'shma gap), ko'makchi, bog'lovchi va ravishda foydalanishga o'rgatish, chet tilidagi til birliklarini to'g'ri ishlatish kabi malakalar takomillashtiriladi.

Nutqning tovush madaniyatining shakillantirish - chet tilida nutqni o'stirishning eng asosiy hossalaridan biri. Tovush va to'g'ri talaffuz chet tilidagi barcha tovushlarini to'g'ri talaffuz etilishini, diksiya hamda intonatsiyaning ifodaliligini, so'zlashgan vaqtda to'g'ri nafas olish va chiqarishni, ovoz toni va tempini tartibga solishni o'z ichiga oladi.

Talabalarni chet tilida aniq, shoshilmay, yetarlicha baland ovozda gapirishga, so'zlarni dona - dona talaffuz qilishga, unli va undosh tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga, intanatsiya vositalaridan to'g'ri foydalanishi amalga oshirishni belgilab beradi. Oliy ta'limda chet tilini o'rgatish vazifalari har bir guruhda, talabalarning kursi va pisihologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilib boriladi. Zeroki talabalarda tilni o'zlashtirish darajasi turlicha bo'lishi mumkin.

Talabalarni so'zlashuv nutqiga o'rgatish. Talabalarni so'zlashuv nutqiga o'rgatish bo'yicha dastur ishlab chiqilishi lozim bo'ladi. So'roq gap turlariga binoan chet tilida savollar oldindan tayyorlanishi tavsiya etiladi. Ularni butun guruh uchun berilgan savollarga bitta bittadan javob berishga, jamoa bo'lib so'zlashishiga, suhbatda qatnashishga, o'rtoqlarning javobini qunt bilan tinglash va o'zi ham savol berishga o'rgatilishi ularda chet tilidagi nutqning samarali darajada o'zgarishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, chet tili o'qituvchilari bilan so'zlashganda samimiy, mazmunli gapirish kabi ijobiy hislatlar ham tarbiyalanib boriladi.

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida bog'lanishli nutqni rivojlantirish, ya'ni hikoya qilishga o'rgatish metodi keng tarqalgan.

Chet el badiiy adabiyotlari bilan tanishtirish. Talabalarni chet tilidagi badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini va muhabbatlarini o'stirish va rivojlantirish maqsadida darslarda B1 darajadagi hikoyalar, she'rlar talabalarga o'qib beriladi, ertaklar hikoya qilib beriladi, she'rlar yod oldiriladi. Kitobdagi rasmlarni ko'rib chiqib, uni chet tilida to'g'ri tasvirlab berish, asar mazmunini tushunib olish, qahramonlarning xatti harakatlarini baholay olish, badiiy so'z jozibasini tarbiyalash kabi vazifalar oliy ta'lim dasturlarida ko'rsatilgan.

Oliy o'quv yurtlarida ta'lim jarayonida tevarak - atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish masalasida ikki xususiyat muhim rol o'ynaydi:

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

Oliy o'quv yurtlarida chet tilini o'rgatish va shu orqali talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishga asoslanganligidir.

Chet tilini o'rgatishga moslashtirilgan oliy ta'lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri bo'lgan talabalarni chet tilida to'g'ri va aniq gapirishga, ya'ni chet ellik sayyohlar, vakllar bilan turli faoliyatlarda, mehnat jarayonida, kundalik tartib daqiqalarda erkin, to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatishga katta ahamiyat berilgan.

Talaba nutqini rivojlantirishning asosiy vositalaridan biri bu ta'lim. Ta'limning asosiy shakli amaliy mashg'ulotdir. Chet tilida nutq o'stirish amaliy mashg'ulotlarida talaba o'z nutqining o'qituvchining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshqa talabalar bilan o'quv materiallarni bajarishga, ya'ni o'qituvchining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda kuylashga ma'lum bir ob'ektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o'rgatadi.

Chet tilini o'rgatish mashg'ulotinig didaktik maqsadga ko'ra quyidagi tiplarni ko'rsatish mumkin: yangi materiallarni bayon etuvchi mashg'ulotlar, bilim, malaka va ko'nikmalarni mustahkamlovchi mashg'ulotlar, bilimlarni umumlashtirivchi, bir tizimga soluvchi mashg'ulotlar, yakunlaovchi yoki tekshiruvchi - hisobga oluvchi -sinovchi aralash mashg'ulotlar.

Darslar jarayonida ilgari hosil qilinga bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlovchi mashg'ulotlardan keng foydalinadi.

Masalan, sayohatlari haqida hikoya qilib berish, sport xonasi haqida suhbat, ilgari o'qib yoki hikoya qilinib berilgan ertak yoki hikoyani so'zlab berish, ilgari yod olingan she'rlarni takrorlash.

Bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga soluvchi (sistema) mashg'ulotlar. ("Kimga nima kerak?" "Do'kon" o'yinlarda talabalar predmetlarni rangiga, shakliga, nima uchun mo'ljallanganiga qarab tasniflanadi)

Hisobga oluvchi mashg'ulotlar tasviriy faolyatda foydalanadi. Biroq bu mashg'ulot turi talabaning chet tili bo'yicha bilim va malaka darajasini aniqlash zarurdir.

Ayrim bilimlar bo'yicha sinov - tekshuriv mashg'ulotlarini o'quv yilining boshida yangi qabul qilingan talabalarning bilimni aniqlash maqsadida o'tkazish maqsadga muvafiqdir. Qilingan ishlarga yakun yasash maqsadidaga o'tqazish maqsadga muvafiqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chet tili o'qitishga mo'ljallangan oliy o'quv yurtlarida ko'proq aralash turdagi mashg'ulotlardan foydalanish joriy qilingan. Masalan, bir mashg'ulotning o'zida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

talabalarni yangi bilim beruvchi material bilan tanishtiriladi ilgari hosil qilingan bilim takrorlanadi va mustahkamlanadi. Nutq o'stirish mashg'ulotlarni o'ziga hos husisiyatlarga ega bo'lib, ayrim vaqtlarda mashg'ulotni o'tkazishda qiyinchiliklar vujudaga keladi.

Tasviriy - faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg'ulotlarda, hamma talabalar bir xilda faollik ko'rsatadilar, nutq o'stirish mashg'ulotida hamma talabalar birdek faol qatnashmaydilar. Rasm asosida hikoya tuzish, savollarga javob berish kabi topshiriqlarda ba'zi talabalar javob beradilar, qolganlar esa o'rtoqlarining javobini to'ldiradilar [4, 102-b.].

Har bir o'qituvchi mashg'ulotlarni tashkil etishda quyidagi didaktik talablarga qat'iy rioya qilish lozim:

1. Mashg'ulotga oldindan puxta tayyorlanish, uning mazmunini, ta'lim usullarin aniqlash

2. Aqliy ish bilan bandlik yukini taqsimlash (aqliy zo'riqishni oldindan belgilash). O'qituvchi ta'limning rivojlantiruvchi tamoyilga amal qilib, talabalardan aqliy faollikni talab etuvchi, murakkab vazifalar beradi.

3. Mashg'ulotlarning tarbiyaviy xarakteriga ega bo'lish.

4. Mashg'ulotlarning jo'shqinlik xarakteriga ega bo'lish. Mashg'ulotni boshlashdan avval talabalarda bilim olish istgini qiziquvchanligini, yangilikni bilib olishga ishtiyoqni vujudga keltirish kerak.

5 Ta'lim usullarini mashg'ulotning tuzishga qarab tanlash. Mashg'ulotning tuzilishi avvaldan aniq qilib belgilab qo'yilishi kerak. Mashg'ulotning boshida yangi material bilan tanishtirishda avvalgi mashg'ulotlarda o'rganilgan materiallar esga olinib, uni talabalar o'qituvchisi bilan bog'lanadi.

Mashg'ulotlarning boshlanish qismini ta'sirli qiziqarli qilib tashkil eti sh uning keyingi qismlariga ham talabalarda qiziqish uygo'tib, diqqatining barqarorligini ta'minlaydi. Shuning uchun chet tili darslarida interfaol o'yinlardan foydalanib o'tkazilishi sarador usul hisoblanadi.

So'ngra talabalar tomonidan mustaqil ishlar amalga oshiriladi, ammo o'qituvchi tomonidan rahbarlik qilinadi.

Mashg'ulotning yakuniy qismi qisqa va jo'shqinligi bilan ajralib turish kerak, ya'ni mashg'ulotda o'zlashtirilgan materialni mustahkamlash uchun mavzuga yaqin bo'lgan badiiy asarlar boshini o'qib berish, she'r aytib berish, topishmoq aytish didaktek o'yin kabi usullardn foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Agar mashg'ulot aralash turda bo'lsa, u holda uning birinchi qismida yangi mavzu bilan tanishtiradi, va u yuqorida aytib o'tilgan sxema asosida tuziladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

Mashg'ulotning qolgan qismlari talabalarga tanish bo'lgan materialga bag'ishlanadi, ammo bu qismlarda ham talimning o'zgarturuvchi usulardan ham ta'limning o'zgatuvchi usullardan foydalanadi. Masalan, o'qituvchi talabadan she'rni yoddan aytib berishni so'rar ekan, unga she'rni qanday(sho'x mungli yoki muloyim) aytish kerakligini va nima uchun shunday aytish kerakligini tushuntiradi.

Mashg'ulotning tuzilishini rejalashtirishda osonroqdan murakabroqga, jo'shqinlikdan yanada jo'shqinlikka o'tish hisobga olinadi. Mashg'ulot qismlari o'rtasida 1-2 daqiqalar ko'zda tutiladi.

6. Mashg'ulotlarning hamma bosqichlarida har bir bolaning nutqiy faoligini o'stirish. "Nutqiy faollik" bolaning butun mashg'ulot davomida hammaga eshitiladigan qilib gapirishga emas, balki pedagogning va tengdoshlarining nutqini faol tarzda idrok qilishi va uni tushunishi demakdir. To'g'ri tanlangan va tuzilgan savollar, topshiriqlar ham nutq faolligini ta'minlovchi vostaalardan biridir. O'qituvchi savollar topshiriqlar berganda, guruhdagi hamma talabalarga qarata murojat etadi, zarur bo'lganda uni takrorlaydi, javob beruvchiga baland, aniq, hammaga tushunarli qilib gapirish kerakligi haqida ko'rsatma beradi, nutqiy rivojlanish har hil darajada bo'lagan talabalardan navbatma-navbat so'raydi, bir boladan bir necha bor so'rayvermaydi, guruhdagi talabalarga javobi berayotgan bolaning tug'ri yoki notug'ri ekanligini nazorat qilib berishini, ularga savol bilan murojat etadi: u to'g'ri va to'liqn javob berdimi? yana nimalar haqida gapirishi kerak edi? Tartib bilan so'zlab berdimi? va hokazo

7. Ta'limning kollektiv - jamoa kasb etishini talabalarga induvdual yondoshish bilan birga qo'shib olib boorish ishning frontal shakli - bu umumiy topshiriqlar, umumiy ritm jo'r bo'lib javob berish va h.k bo'lar esa o'z navbatida talabalarga beriladigan alohida topshiriqlar bilan qo'shib olib boriladi. O'qituvchi yakka (invudual) topshiriq va usullarni tanlashda talabaning bilimi darajasini va nutqini malakasini, qiziqishini hisobga olishi kerak.

Ayniqsa targiyachi mashg'ulotda nutqi rivojlanmagan talabalarga alohida e'tbor qaratishi kerak. Shunindek, indamas, muloqat qilishni istamaydigan, o'zini tutib tura olmaydigan, ezma talabalarga yakkama-yakka yondoshishi lozim.

8. Mashg'ulotni to'g'ri tashkil qilish. Mashg'ulot vaqtida muhit estitik talablarga javob berishi lozim.

9. Mashg'ulot natijalarini hisobga olish. O'qituvchi mashgulot vaqtida bola nutqini kuzatib, uning javobini hisobga olib boruvchi daftarga belgilab qo'yadi. Bu o'qituvchi uchun kelbusi ish vazifalarini belgilab olishda yordam beradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

10. O'tilgan materyalni boshqa mashg'ulotlardan yoki boshqa favoliyatlarda mustahkamlash. Bu talabga rioya qilish juda muhimdir. Chunki talabalar nutqini rivojlantirish bo'yicha olib boriladigan ish jarayonoda mutakkab aqliy ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi. talabalarga ona tilini o'rgatish boshqa mashg'ulotlardan ham amalga oshiriladi. Bu o'z navbatida bolaning turli favoliyarlarini tashkil etishda nutqining juda kattaligidan dalolat.

Birgina mashg'ulot orqali hamma nutqiy vazifalarni (dastur talabarini) amalga oshirib bo'lmaydi. Masalan maishiy favoliyatiga, tabiat hodisalariga, qo'l mehnati va tabiatdan mehnatga talluqli so'zlar faqat taniiy holda, talabalarning shaxsan ishtiroklashi jarayonida ular lug'atga kiriladi.

Rolli o'yinlari ma'lum bir sohaga oid o'yinlarni o'zlashtirishga, o'z fikirlarini mustaqili ravishda bayon etishga o'rganadi. Kasblarda talluqli bo'lgan (shifokor uy bekasi, o'qituvchi haydovchi, sotuvchi) rolli o'yinlari kasbga oid so'zlarning bola lug'atiga jadal kirib borishga hamma madaniy so'zlashish malakasini egallashiga yordamni beradi.

Yasash qurilishga oid talabalarning lug'atining o'zlashtirishi qiyin bo'lgan so'zlar bilan o'zlashtirish va ularini nutqida faol qo'llanishda muhim.Bunday o'yinlar orqali talabalar narsalar (predmetlar )ning sifatini, o'lchamlarini, fazoviy joylashishini (yirik, yo'gon, kalta og'ir, yupqa uzun yuqoridan pastga, oldida, orqada o'ngda chapda va boshqalar) bilib oladilar va lug'atlarini boyitadilar.

XULOSA

Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish qiziqarli, ammo oson bo'lmagan vazifadir. Gapirish, ijod qilish qobiliyati asta-sekin rivojlanib boradi: bilimlar to'planadi, umumiy madaniyat, savodxonlik, o'z fikrlarini bayon qilish qobiliyati o'sadi, shaxs tarbiyalanadi va rivojlanadi. Bolalarning o'zlari o'ylashni, aks ettirishni, o'ylashni, yaratishni o'rganmaydilar, ularni asta-sekin, mohirlik bilan, eksperimental tarzda o'rgatish kerak. Ishda keltirilgan texnologiyalar ushbu natijaga erishishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Ne'matov G'., Hamroeva Sh. Lingvistik tadqiqot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. - Buxoro, 2004.-143 b.

2. O'rinboev B. O'zbek so'zlashuv nutqi. -T., 1982. -152 b.

3. Qilichev U., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.-Buxoro, 2002. B.15.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-84-91

4. Shodiyeva Q. Nutq o'stirish uslubiyoti: Pedagogik yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlarining maktabgacha ta'lim ixtisosligi talabalari uchun darslik. Toshkent: O'qituvchi, 2008. - 304 b.

5. Александрова О.В. Некоторие вопросы логики, методологии и философии языка // вопросы Языка знания. -1985. - 72-73 с.

6. Звегинцев В.А. О научном наследии Вилгелма фон Гумбольта // Гумболт В. Избранные труди по языказнанию. - М.: 1984. -86 с.

7. Сафаров Ш. Система речевого обшения. Универсальной и этноспесифической. Самарканд. Сам.отд.из-ва им. Гафура Гуляма. 1991. -170 с.

8. https://fayllar.org/i-bob-maktabgacha-yoshdagi-bolalar-nutqiga-qoyilgan-talablar.html?page=2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.