Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI TA'LIMIDA YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI TA'LIMIDA YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2833
219
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yozma nutq / nutq o’stirish / erkin fikrlash / so’z / so’z boyligi / so’zlarning talaffuzi. / written speech / speech development / free thinking / vocabulary / vocabulary / pronunciation of words

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zilolaxon Abdulxakim Qizi Abduganiyeva

Ushbu maqolda yozma nutqni o’stirish tushunchasi, ona tili darslarida nutq o’stirishning shakl va vositalari, nutq o’stirishda noan’anaviy usullardan foydalanish haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF WRITTEN SPEECH COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL NATIVE LANGUAGE EDUCATION

The article discusses the concept of development of written speech, forms and means of speech development in the lessons of the native language, as well as the use of non-traditional methods of speech development.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI TA'LIMIDA YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI TA'LIMIDA YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Zilolaxon Abdulxakim qizi Abdug'aniyeva

Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolda yozma nutqni o'stirish tushunchasi, ona tili darslarida nutq o'stirishning shakl va vositalari, nutq o'stirishda noan'anaviy usullardan foydalanish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: yozma nutq, nutq o'stirish, erkin fikrlash, so'z, so'z boyligi, so'zlarning talaffuzi.

DEVELOPMENT OF WRITTEN SPEECH COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL NATIVE LANGUAGE EDUCATION

Zilolakhon Abdulkhakim kizi Abduganieva

Andijan State University

ABSTRACT

The article discusses the concept of development of written speech, forms and means of speech development in the lessons of the native language, as well as the use of non-traditional methods of speech development.

Keywords: written speech, speech development, free thinking, vocabulary, vocabulary, pronunciation of words

KIRISH

Ona tili fani yosh bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o'zgalar fikrini tinglashi, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la oladigan ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi.Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir. Yozma nutqni o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi: 1) so'z ustida izlanish.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

2) so'z birikmasi va gap ustida izlanish.

3) bog'lanishli nutq ustida izlanish.

Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'z navbatida bog'lanishli nutq hikoya va insho lug'atini boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yozma nutqni rivojlantirish og'zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o'quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to'g'ri jumla qurishni, har bir so'zni o'z o'rnida to'g'ri qo'llashni,fíkrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar sosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog'liq. So'zni to'g'ri yozish, tinish belgilarini o'rinli qo'llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o'quvchidan katta mas'uliyatni talab etadi. Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi.Yozma nutqning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og'zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O'quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikka intiladi. O'qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko'pincha o'quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e'tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko'pincha mavzuga aloqasi bo'lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e'tibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo'lishi, materialning to'g'ri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to'g'ri bayon qilinishiga ham qaratilishi lozim. Ona tili darslarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki, o'quvchi yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu uni o'z nutqini takomillashtirib borishga ilhomlantiradi. O'quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalay olsalar, ona tili mashg'ulotlari samarali o'tilgan bo'ladi. Pedagogik kitoblarda berilgan ilmiy ma'lumotlarga qaraganda, 2 yoshli bolalar 30dan 100 gacha, 4 yoshli bolalar 1000 dan 4000 gacha, 7 yoshli bolalar 3000 dan 7000 gacha, 10-11 yoshli bolalar 8000 dan 15000 gacha, 14-15 yoshdagilar 11000 dan 18000 gacha so'zni bilishlari lozim. Ammo, afsuski, ona tili mashg'ulotlarida fikrni og'zaki va yozma shaklda bayon qilish zaruriyati tug'ilganda o'quvchilardagi so'z qashshoqligi darrov sezilib qoladi. Nutqda so'zlarni takroriy qo'llash, berilgan so'zni uning ma'nodoshi, uyadoshi va qarama-qarshi ma'noligi bilan almashtira olmaslik, ma'lum bir sohaga qarashli so'zlar lug'atini tuzishda uchraydigan qiyinchiliklar, shubhasiz, o'quvchilarning so'z boyligi yetarli emasligidan dalolat beradi.Ona tili mashg'ulotlarida

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

o'quvchilar nutqining rivojlanishini qiyinlashtirayotgan omillardan yana biri o'quvchilarning uyda , ko'chada yoki sinfdan tashqari paytlarda tojik, turkman, qirg'iz yoki boshqa (sheva) tilda so'zlashib, maktabda o'zbek tilida o'qishidir. Etnografik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, jumhuriyatimiz hududida juda ko'p tojiklar, turkmanlar, qirg'izlar, qozoqlar yashaydi. Ularning ko'pchiligi uyda tojik, qirg'iz va hokazo tilda so'zlashib, maktabda o'zbek tilida o'qishdi. Bu hol, shubhasiz, o'quvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holda o'z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatini chegaralaydi. Yuqorida sanab o'tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmun jihatdan bo'shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota-onalarning bola nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirishga salbiy ta'sir qiladi. Xullas, o'quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo'lib, unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta'lim mazmuni yoki o'qituvchigagina bog'liq emas. Barcha imkoniyatlar to'laligicha ishga solinsagina fikrni og'zaki va yozma ravishda to'g'ri, ravon ifodalashga o'rgatish jarayoni oson kechadi. O'quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo'l ochadi. Bizga ma'lumki, o'quvchilar bir xillikdan zerikadi. Shuning uchun ularni nutqini o'stirishda doimo har xil metod va o'yinlardan foydalanish lozim. Quyida shulardan ba'zilarini misol tariqasida keltiraman. "Hikoya" O'qituvchi xattaxtaga bir nechta so'z yozib qo'yadi. Masalan: Nafosat, yomg'ir, soat va adabiyot kabi. O'quvchilar mustaqil ravishda shu so'zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.

MUHOKAMA

"O'zaro bog'liqlik" O'quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o'quvchi rasmdagi buyum haqida gapirib beradi. Masalan: "Bu olma daraxti. Olma bog'da o'sadi va mevalarga kiradi. Uni o'quvchilar juda yaxshi ko'rishadi" Keyin ikkinchi bola ham o'zidagi buyum haqida gapiradi va o'zidagi buyum bilan birinchi o'quvchidagi buyumini o'zaro bog'liqligini aytishi kerak bo'ladi. Masalan: "Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o'quvchilar yaxshi ko'rishadi. Quyosh isitib tursa, olma va boshqa mevalar pishadi". Keyin uchinchi o'quvchi o'zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o'zidagi predmet orasidagi bog'liqlikni topishi kerak. O'yin shu tartibda davom etadi.

NATIJA

"Umumiylikni izlash" O'quvchilar aylana bo'lib o'tiradilar. Olib boruvchi o'quvchilardan biriga to'pni otayotib, bir-biri bilan bog'lanmagan ikkita so'zni aytadi. Masalan: maktab va o'quvchi, kitob va javon, quyosh va gul... To'pni tutib olgan o'quvchi so'z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to'pni qaytaradi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

"Safar" O'quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma'lum bir joygacha bo'lgan yo'lini tasvirlash topshirig'i beriladi. O'quvchilar bir necha kun davomida "obyekt"ni mustaqil kuzatadilar va uni og'zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e'tibor talab etiladigan bu o'yin vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, chor-atrofga e'tiborli bo'lish hislarini tarbiyalash mumkin.

XULOSA

Bundan tashqari, mazkur o'yinlardan foydalanganda o'quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug'at boyligi yanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. Yuqorida keltirilgan ta'limiy o'yinlar o'quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o'stirishga yo'naltirilgan har bir mashg'ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Jamiyatimizni erkinlashtirish g'oyasi bevosita ta'lim jarayonida o'z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o'zgartirish, yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta'minlanadi.

REFERENCES

1. Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. - T.:O'qituvchi, 1980.66-bet

2. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. - T.:Sharq, 2000. 110-bet

3. Muhiddinov A.G'. O'quv jarayonida nutq faoliyati. - T.: O'qituvchi, 1995. 78-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.