Scientific Journal Impact Factor
О
UO'K 407
TALABALAR IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA AUTENTIK MATERIALLARNING O'RNI
Omanov Po'lat Xabitovich
Ushbu maqolada autentik materiallar orqali talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmuni va shakllarini rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi. Tilda so 'zlashuvchilarning ijtimoiy va nutq odob-axloqi, ularning urf-odatlari, o 'zini tutish qoidalari, ijtimoiy stereotiplar, tarix va madaniyatning milliy va madaniy xususiyatlaridan xabardor bo'lish jarayoni va ushbu bilimlardan muloqotda foydalanish ikki tomonlama faoliyatdir.
Kalit so'zlar: autenik materiallar, ijtimoiy-madaniy kompetensiya, madaniyatlararo chorraha, autentik videomateriallar, masofaviy o'qitish.
In this article, the issue of the development of the content and forms of the development of socio-cultural competences of students through authentic materials will be discussed. The process of being aware of the social and speech morals of language speakers, their customs, rules of conduct, social stereotypes, national and cultural characteristics of history and culture, and the use of this knowledge in communication is a bilateral activity.
Keywords: authentic materials, socio-cultural competence, intercultural crossroads, authentic video materials, distance learning.
В статье рассматривается вопрос развития содержания и форм развития социокультурных компетенций студентов на аутентичных материалах. Социальный и вербальный этикет носителей языка, их обычаи, правила поведения, социальные стереотипы, процесс осознания национальных и культурных особенностей истории и культуры, а также использование этих знаний в общении являются двусторонними действиями.
Ключевые слова: аутентичные материалы, социокультурная компетентность, межкультурный перекресток, аутентичные видеоматериалы, дистанционное обучение.
O'zDJTU (PhD)
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
Umumjahon miqyosida axborot tizimining globallashib borayotgani, xalqarolashuv jarayoni kengayib borayotgani chet tillarini o'qitishni yanada optimallashtirishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy-madaniy strategiyalar samaradorligini oshirishda chet tili mutaxassislarining kasbiy va ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning didaktik va psixologik omillarini o'rganish, distant ta'lim, raqamli iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fikr almashinuv jarayonlarida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish bugungi kunda barcha sohalarda dolzarb bo'lib qolmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishda autentik materiallarga oid matnlarni tanlash, mavzularga moslashtirish hamda talabalarni mazkur mavzu leksikasiga o'rgatuvchi mashqlar va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltirdi. Tadqiqotimiz ob'ekti sifatida autentik videomateriallar tanlangani uchun biz tavsiya qilgan mashqlar tipologiyasini bevosita videomateriallarni namoyish qilish jarayoni bosqichlari bilan bog'lagan holda mashq va topshiriqlar bilan ishlashni uchta asosiy: namoyishdan oldingi, namoyish jarayonidagi, namoyishdan keyingi bosqichlarda tashkil etishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik. Autentik videomateriallar namoyishi jarayonida talabalar epizodlar orasida joy olgan muayyan mashq va topshiriqlarni bajaradilar. Bu talabalarning videolavhalar mazmunini teran his qilib, tushunib olishlariga xizmat qiladi.
Ushbu bosqichlarda qo'llanadigan mashq va topshiriqlar turlarini ishlab chiqishda asos sifatida V.A.Buxbinder va Ye.A.Lagay tomonidan yaratilgan kommunikativ mashqlardan foydalanildi. V.A.Buxbinder o'z tadqiqotlarida informasion, operasion va motivasion mashqlar turlarini ajratgan. Ularni bilim, ko'nikma va malaka berish mashqlari deb atash ham mumkin. Ye.A.Lagayning tadqiqot ishida esa mashqlar 3 turga ajratiladi: reseptiv mashqlar (tayyorlov, analitik va imitativ), reproduktiv mashqlar (sintetik, yarimkonstruktiv), produktiv mashqlar (konstruktiv va transformasion) turlariga bo'lib o'rganilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda autentik videomateriallarni namoyish etishning uch bosqichli takomillashtirilgan quyidagi tizimini taklif qildik (1- jadvalga qarang):
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1- jadval
Autentik videomateriallarni namoyish qilishning uch bosqichli tizimida
mashq va topshiriqlar turlari
Birinchi bosqich Namoyishdan oldingi jarayon 1. Autentik materialning ijtimoiy-madaniy konteksti bilan tanishish 2. Yangi so'zlar va iboralar nutqning qaysi registriga (rasmiy, norasmiy) tegishli ekanligini aniqlash; 3. So'zlarni va so'z birikmalarini tematik asosda guruhlarga birlashtirish; (mind mapping) 4. So'zlashuv yoki boshqa uslubga xos bo'lgan turg'un iboralar, klishe birikmalar tahlili (turli ijtimoiy madaniy kontekstlarga toifalash)
Reseptiv mashqlar
Ikkinchi bosqich Namoyish j arayoni 1. Sotsiolingvistik kuzatish jarayoni 2. Ijtimoiy-madaniy tahlil jarayoni
Reproduktiv mashqlar va metodlar
Uchinchi bosqich Namoyishdan keyingi bosqich (Kommunikativ holatni yaratish bosqichi) 1. Muhokama jarayoni bahs-munozara, savol-javob. 2. Hamkorlikda ishlash: "Illyustrativ aqliy hujum" ("Image Brainstorm"), "Birgalikda harakat qilish" ("Share and Care"), "Soxta vikipediya" ("Fake Wikipedia") metodi, "Mamlakat faxri" ("Pride of the Country"), "Qiyinchilik g'altagi" ("Reel of Difficulty") metodlari. 3. Simulyatsion o'yinlar orqali real komunikativ vaziyatni yaratish (ijtimoiy-madaniy kommunitkativ holat orqali til ko'nikmalari va ijtimoiy-madaniy kompetensiyani namoyish qilib berish) 4. Ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlangan holatini aniqlash
Produktiv mashqlar va metodlar
Ushbu mashq va topshiriqlar o'qituvchi tomonidan ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan autentik materiallarni talabalar tomonidan tushunib, anglab qabul qilishga yo'naltirish ko'zda tutiladi. Talabalar avvaldan shu
Scientific Journal Impact Factor
yo'nalishga tayyorlangandan so'ng, autentik materialni ko'rsa, eshitsa ularning har bir qirrasi, unsuri diqqat bilan kuzatiladi.
II. Namoyish jarayonida talabalarga autentik videomateriallarni ko'rish jarayonida 2 xil kuzatuvni amalga oshirishi topshiriladi.
1. Sotsiolingvistik kuzatuv:
- suhbatdoshlarning xususiyatlari (yoshi, jinsi, kelib chiqishi, ijtimoiy iqtisodiy holati, kasbiy faoliyat sohasi va boshqalar)ni kuzatish, nutq birliklarini va ekstralingvistik vositalarini tanlanishini hamda ularning nutqiy jarayonga ta'sirini tahlil qilish;
- suhbatdoshlarning ijtmoiy-madaniy xususiyatlariga muvofiq ravishda ularning aksenti, nutq tezligi xususiyatlarini tahlil qilish (AQSh, Buyuk Britaniya shevalari, so'zlovchilarning ona tili misolida)
2. Ijtimoiy-madaniy kuzatuv:
1) ijtimoiy-madaniy xarakterga ega so'zlarni belgilab olish, ijtimoiy madaniy xarakterga ega so'zlarning qaysi ijtimoiy-madaniy vaziyatlarda ishlatilishi aniqlash.
2) ona tilidagi ekvivalentlari va qanday ijtimoiy-madaniy vaziyatlarda qo'llanilishini ta'riflash.
3) ijtimoiy holatlarni aniqlash, ijtimoiy holatga xos iboralarni tahlil qilish.
Ushbu shakllarni namuna sifatida keltirilgan qiyoslash quyidagi jadvallar
asosida amalga oshirish mumkin. Talabalarga tarqatma material (worksheet) sifatida taqdim etilib mustaqil ishlashga imkoniyat yaratiladi. Buni tahlil varaqalarini baholash (assessement) sifatida qo'llash ham mumkin:
ANALYSIS WORKShEET (comparative language in cultural context)
English Uzbek
Cultural context
Language Structures
Pronunciation
Grammar
(grammatical structures)
Context (taboo
topics etc.)
Paralinguistic means
(gestures, mimicry etc.)
Talabalar madaniyatning til sathida, tuzilmalarida aks etishini qiyosiy tahlil qilib ushbu jadvalni to'ldirishadi. Yuqoridagi tahlil varaqasi namuna sifatida tayyorlangan bo'lib, unda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirishda videomateriallar
823
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bilan ishlashda madaniyatni til sathida aks etishini qiyosiy tahlil orqali, yani o'z madaniyati va tili bilan taqqoslab o'rganish tavsiya etilgan.
Ushbu kuzatish jarayonlari uchun tavsiya etiladigan topshiriqlardan namunalar: 1. Sotsiolingvistik kuzatish jarayoni uchun topshiriq namunasi: Quyidagi katakchalarga ekstralingvistik (tana harakati, imo-ishoralar, ko'z bilan aloqa va hokazo) va lingvistik jihatlarni yozing (bunda voqealar qanday ketayotganini so'rash bo'yicha iboralar, xususan, otaning va o'g'li so'zlaganda iboralarning qanday farq qilishiga e'tibor bering; videolarda ko'rsatilgan suhbatni o'ziga xosligini, madaniyatlardagi farqlarni taqqoslang).
2. Ijtimoiy-madaniy tahlil jarayoni uchun topshiriq namunasi 3-
jadval
ANALYSIS WORKShEET (comparative language in cultural context)
English (Whiplash) Uzbek ( Mahallada duv duv gap)
Cultural Family dinner, Oila dasturxon atrofida, ota va
context conversation between father o'g'il suhbati, hol ahvol va rejalar
and son, asking how things haqida so'rash
are going
Language How is it going? opinion Ug'lim ovqatingni yemaysanmi?
Structures means a lot to you, yeah, Boshing bir umr g'urbatdan
really well, what happened? chiqmaydi...
that is fantastic, come on,
that is stunning, it goes ok?
are you gonna tell? is it
your idea of success?
purpose of life
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Pronunciation Quick speech, assimilation of sounds, stress to words Sekin nutq, tovushlar assimilyatsiyaga uchramagan
Grammar (grammatical structures) Questions, elliptical sentences, omissions of auxiliary verbs, short sentences Qo'shma gaplar, tuganlanmagan gap, so'roq gap
Context (taboo topics etc.) No discussion about marriage or private life, mainly about career Oila qurish haqidagi suhbat, ammo o'g'il toionidan bu suhbatni davom ettirish madaniyatga va urf odatlarga zid
Paralinguistic means (gestures, mimicry etc.) Hand gestures is used, and eye contact while speaking with each other O'g'ilning otaga tik boqmasligi va hokazo
XULOSA
Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, autentik videomateriallardan foydalanish o'rganilayotgan tilga talabalaming e'tiborini jalb qilish, talabalarning chet tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishning orttirish, ularning nutq va so'z boyligini o'stirish, tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantirish uchun juda keng hajmdagi material bilan ta'minlash, talabalarga tili o'rganilayotgan mamlakat madaniyati haqida ma'lumot berish va tili o'rganilayotgan mamlakat vakillarining ijtimoiy hayotiga, til muhitiga kirib borish kabi cheksiz imkoniyatlarga ega. Autentik videomateriallar talabalarda chet tillarini o'rganishlari uchun katta motivatsiya uyg'otadigan va ayni paytda asliyatdagi nutq, material mazmunidan kelib chiqib o'zini o'zi baholash imkoniyatini beradigan o'ta samarali vosita bo'lib, offlayn ta'lim sharoitida ushbu materiallar bilan ishlashning quyidagi uchta asosiy: namoyishdan oldingi, namoyish jarayoni, namoyishdan keyingi bosqichlarini tashkil etish va ushbu bosqichlarning har biri uchun talabalarning bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mashq va topshiriqlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
Scientific Journal Impact Factor
О
ке^ qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha с^га-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3775-sonП Qarori.
3. Лагай Э.А. Лингвометодические осуны обучения учашчихся билингвов 56 классов средствам вйражения определителнйх отношений в русском язйке: Дисс. ... канд.пед.наук. - Т., 2005. - 196 п.
4. Бухбиндер В. А. О системе упражнений // Общая методика обучения иностраннйм язйкам: хрестоматия. -М., 1991. С. 92-99.